109
LISHAYNIKLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI
Ikromova Shahriniso Nizomiddin qizi
Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15101181
Abstract:
This article provides information on the morphology, anatomy, systematics,
reproduction, distribution, ecology and significance of lichens. Lichens are used in the
production of dyes, perfumes and in medicine. The science of lichens is called "lichenology".
The science knows 26,000 species belonging to 400 families.
Keywords:
lichenology, bark-like, leaf-like, fungus-like, conidia, pycnospora, parasitism,
litmus.
Аннотация:
В статье представлены сведения о морфологии, анатомии,
систематике, размножении, распространении, экологии и значении лишайников.
Лишайники используются в производстве красок, парфюмерии и лекарств. Наука о
лишайниках называется «лихенология». Науке известно 26 000 видов, принадлежащих
к 400 семействам.
Ключевые слова:
лихенология, накипные, листовидные, клубневые, конидии,
пикноспоры, паразитизм, лакмус.
Lishayniklar (
Lichenes
) zamburugʻlar va suvoʻtlarI yoki sianobakteriyalarning simbiotik
majmualari boʻlmish organizmlardir. Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va
biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda
xilma - xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin, shu
bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir. Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab
chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi. Lishayniklar haqidagi fan ”lixenologiya” deb
ataladi. Fanga 400 turkumga mansub 26000 turi ma’lum. Jinssiz spora hosil qilishiga binoan,
ikki sinf: xaltachali lishayniklar (maʼlum boʻlgan deyarli hamma lishayniklar) va bazidiyali
lishayniklarga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq - yashil yoki yashil suvoʻtlar
lishayniklarning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, lishayniklarning har bir turiga
maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi. Lishayniklarning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon
shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon lishayniklar sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq
shaklida. Bargsimon lishayniklar birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida.
Butasimon lishayniklar ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik
oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. Lishayniklar anatomik tuzilishiga koʻra gomomer (suvoʻtlar
lishayniklar tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar lishayniklar tanasining
faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi. Lishayniklar jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi.
Jinssiz koʻpayishda lishayniklar zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali lishayniklar)
yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali lishayniklar) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar
va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari oʻsadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan
birlashib, yangi lishayniklar tallomi - vegetativ tana hosil qiladi, lishayniklar tallomning kichik
qismi orqali vegetativ koʻpayadi. Lishayniklardagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa
avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda lishayniklar tanasidagi suvoʻtlar va
zamburugʻlar alohida koʻpayadi. Lishayniklarning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni
ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi lishayniklar
110
tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; lishayniklar qurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki
toʻxtaydi. Poʻstloqsimon lishayniklar butasimon lishayniklarga nisbatan sekin o’sadi.
Lishayniklar yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha o’sadi. Haroratning koʻtarilishi yoki
pasayishi lishayniklarga uncha taʼsir qilmaydi. Lishayniklar yaxshi yoritilgan turli xil
substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak,
qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. Lishayniklar hamma materiklarda
mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan.
Yaqingacha lishayniklar tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat
simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat parazitizmga
asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi.
Lishayniklar unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi
butasimon lishayniklar esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni keltiradigan,
yumshatadigan, qon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) lishayniklar ham bor.
Lishayniklardan mikroblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim lishayniklardan
parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida
oʻsadigan poʻstloq lishayniklari zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli
salbiy ahamiyatga ega. Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyati ham beqiyos kattadir. Tundra
sharoitida o‘sadigan lishayniklar bug‘ular uchun asosiy oziqa hisoblanadi. Umuman esa
lishayniklar toshlarda o‘sib, ularni parchalaydi va tuproq hosil qilishda katta rol o‘ynaydi.
Shuningdek, lishayniklar qimmatbaho bo‘yoqlar, parfumeriya mahsulotlari tayyorlashda ham
ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006.
2.
Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn
qisqаrtirilgаn tаrjimа).
3.
Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», 1976.
4.
5.
6.
