PISTANAMOLAR (BURSERALES) QABILASI TAVSIFI VA SISTEMATIKASI

Abstract

Ushbu maqolada Pistanamolar (Burserales) qabilasi tarkibidagi Pistadoshlar oilasi va uning muhim vakillari, jumladan, Kotinus (Cotinus Hill.), Sirka daraxti (Rhus L.), Toksikodendron (Toxicodendron Nill.) va Pista (Pistacia L.) haqida ilmiy ma’lumotlar keltiriladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
83-85
21

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Odiljonova , D. . (2025). PISTANAMOLAR (BURSERALES) QABILASI TAVSIFI VA SISTEMATIKASI. Natural Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(3), 83–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/73829
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Pistanamolar (Burserales) qabilasi tarkibidagi Pistadoshlar oilasi va uning muhim vakillari, jumladan, Kotinus (Cotinus Hill.), Sirka daraxti (Rhus L.), Toksikodendron (Toxicodendron Nill.) va Pista (Pistacia L.) haqida ilmiy ma’lumotlar keltiriladi.


background image

83

PISTANAMOLAR (BURSERALES) QABILASI TAVSIFI VA SISTEMATIKASI

Odiljonova Dilshodaxon Jasurbek qizi

Andijon davlat pedogogika instituti tabiiy fanlar fakulteti

biologiya yoʻnalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15082088

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Pistanamolar (Burserales) qabilasi tarkibidagi

Pistadoshlar oilasi va uning muhim vakillari, jumladan, Kotinus (Cotinus Hill.), Sirka daraxti
(Rhus L.), Toksikodendron (Toxicodendron Nill.) va Pista (Pistacia L.) haqida ilmiy
ma’lumotlar keltiriladi.

Annotation:

This article provides scientific information about the Pistachos family

within the tribe Pistanamos (Burserales) and its important representatives, including Cotinus
(Cotinus Hill.), Vinegar Tree (Rhus L.), Toxoidendron (Toxicodendron Nill.), and Pista
(Pistacia L.)

Аннотация

: В этой статье представлена научная информация о семействе

фисташек в трибе Pistanamos (Burserales) и его важных представителях, включая
Cotinus (Cotinus Hill.), уксусное дерево (Rhus L.), токсоидендрон (Toxicodendron Nill.) и
писта (Pistacia L.)

Kalit soʻzlar:

Roʻvak, tuguncha, yongʻoqcha, mastika, zaharli sumax, antioksidant,

Keywords

: fast, knot, nut, sealant, poisonous sumac, antioxidant,

Ключевые слова

: быстро, узел, орех, герметик, ядовитый сумах, антиоксидант,

Pistanamolar (Burserales) – Сумаховые
Pistanamolar (Burserales) qabilasi tarkibidagi Pistadoshlar (Anacardiaceae Lindl.) oilasi

turli xil biologik va ekologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
oila tarkibida oziq-ovqat, dorivor va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan turlar mavjud bo‘lib, ular,
asosan, tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan.

Pistadoshlar oilasi — Anacardiaceae
Bu oilaga bir yoki ikki uyli daraxt va butalar kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab,

yonbargchasiz. To‘kiladigan yoki doim yashil, shoxlarida smola yo‘llari bor. To‘pgullari ro‘vak.
Gullari mayda, ikki yoki bir jinsli, aktinomorf. Kosacha va gulliqobig‘i 3—5 tadan, ba’zan
gulliqobig‘i oddiy. Changchisi 5 yoki 10 ta, ba’zan ko‘p yoki aksincha kamroq. Tugunchasi
ustki, bir yoki 3—5 ta erkin yoki qo‘shilib o‘sgan urug‘chibarglardan iborat. Gul formulasi:
Ca₃₋₅ Co₃₋₅ A₃₋₁₀ G₁₋₃₋₅. Mevasi danakcha yoki yong‘oqcha.

Pistadoshlar oilasiga 80—85 turkum va 600 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan tropik va

subtropik hamda issiq mo‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan. O‘rta Osiyoda 2 turkumga
mansub 3 turi, O‘zbekistonda esa 2 turkumga oid 2 turi o‘sadi.

Totum (Rhus) turkumi
Oilani O‘zbekistonda tarqalgan turkumlaridan biri Totum (Rhus) hisoblanadi. Bu

turkumga butalar va daraxtlar kiradi. Barglari navbat bilan joylashgan, oddiy yoki murakkab.
Kosachasi gulliqobig‘i 5 tadan, changchisi 5 ta. Mevasi mayda, qizil rangli danakcha.

O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda 1 ta turi totum (Rhus coriaria) o‘sadi. U

kichik, kam shoxlangan daraxt yoki buta. Bo‘yi 1—3(5) m gacha yetadi. Barglari tog‘ patsimon,
uzunligi 15—18 sm. Bargechalari tukli, bandsiz, cho‘ziq-tuxumsimon yoki nashtarsimon,
chetlari yirik kungirak-arrasim. Gullari ro‘vakda joylashgan. Changchi va urug‘chi gullari
alohida-alohida ro‘vaklarda joylashgan. Changchisi 5 ta, ba’zan 10 ta. Mevasi asosan


background image

84

sharsimon, shirali. O‘zbekistonda Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li tumanlarida
o‘sadi. Totum barglarida tanid moddasi bor.

Totumdan olingan tanid tibbiyotda, vinochilikda, to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi.

Totum barglari va novdalaridan qora, mevalaridan qizil, ildiz po‘stlog‘idan jigarrang bo‘yoq
olinadi.

Pista (Pistacia) turkumi
Pista turkumi vakillari daraxt yoki butalar. Barglari ko‘pincha 3 ta bargchadan iborat,

kamdan-kam bargchalari bandsiz, qalin, qattiq, silliq, och yashil. Keng ellipssimon yoki
dumaloq-tuxumsimon. Gullari juda mayda, bir jinsli, ikki uyli. Changchisi 4—5 ta. Urug‘chisi 3
mebargchali, tugunchasi ustki, bir uyali. Bu oilaga mansub oʻsimliklarning baʼzilari allergik
reaksiyalar yoki zaharli taʼsirlar chaqirishi mumkin.

O‘rta Osiyoda 2 turi, O‘zbekistonda esa 1 turi xandon pista — P. Vera o‘sadi. U daraxt

yoki buta, bo‘yi 5—7 m. Barglari ko‘pincha 3 bargchali, bargchalari yaltiroq-yashil,
ellipssimon yoki dumaloq-tuxumsimon, qisqa bandli. Changchi gullari tig‘iz, murakkab
ro‘vakda, urug‘chi gullari esa siyrak ro‘vakda to‘plangan. Mevasi cho‘ziq-nashtarsimon,
ingichka-tuxumsimon, ko‘pincha dumaloq. O‘zbekistonda Bobotog‘ va Janubi-G‘arbiy Hisorda,
Turkiston tog‘ tizmalari va G‘arbiy Tiyonshanda tarqalgan.[ 1]

Oilaning yana bir necha muhim vakillari.
Kotinus (Cotinus Hill.) – Скумпия. Barg to‘kuvchi butalar yoki kichik daraxtlar.Barglari

oddiy, butun qirrali, yashil yoki qizg‘ish tusga ega.Gullari mayda, yashil yoki sarg‘ish, katta
to‘pgul hosil qiladi. Kuz faslida barglari yorqin qizil yoki binafsha rangga aylanganligi uchun
bezak sifatida foydalanadilar. Cotinus coggygria – bezak o‘simligi sifatida yetishtiriladi.
Cotinus obovatus – Shimoliy Amerikada o‘sadigan turi. Bezak o‘simligi sifatida bog‘ va parklar
uchun ekiladi. Dorivor maqsadlar uchun qobig‘i va barglari antiseptik xususiyatlarga ega.[2]

Sirka daraxti (Rhus L.) – Сумах. Barg to‘kuvchi yoki doim yashil butalar va daraxtlar.

Barglari murakkab, patsimon, kuzda qizg‘ish tusga ega bo‘ladi. Gullari mayda, yashil yoki
qizg‘ish, zich to‘pgul hosil qiladi. Mevalari mayda, qizil yoki jigarrang, nordon ta’mga ega.

Asosiy vakillari: Rhus coriaria – ziravor sifatida ishlatiladi hamda Rhus typhina – bezak

va sanoat uchun ekiladi.

Bu tur va turkumlarni ahamiyati asosan oziq-ovqat sanoatida mevasi ziravor sifatida

ishlatiladi. Dorivor xususiyatlaridan antibakterial, antioksidant va oshqozon faoliyatini
yaxshilovchi ta’sirga ega. Toksikodendron (Toxicodendron Nill.) – Токсикодендрон. Ko‘p
yillik butalar yoki daraxtlar. Barglari murakkab, uchlik yoki patsimon shaklda. Tarkibida
urushiol zaharli moddasi mavjud bo‘lib, teriga tegsa allergik reaksiyalar chaqiradi.
Toxicodendron radicans – zaharli sarmaşiq (poison ivy). Toxicodendron vernix – zaharli
sumax (poison sumac) asosiy vakillari hisoblanadi. Bu turlar o‘rmon ekotizimida muhim o‘rin
tutadi.

Pista (Pistacia L.) – Фисташка. Doim yashil yoki barg to‘kuvchi daraxt va butalar.

Barglari murakkab, patsimon tuzilgan. Gullari mayda, to‘pgul hosil qiladi. Mevalari
yong‘oqsimon, ichi yog‘li urug‘ bilan to‘ldirilgan. Asosiy vakillari: Pistacia vera – haqiqiy pista,
oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. Pistacia lentiscus – mastika daraxti, efir moy va
qatron olish uchun. Pistacia atlantica – sanoat uchun efir moy va qatron yetishtirish
maqsadida ekiladi.[2]

Pista daraxtining ahamiyati


background image

85

1.

Oziq-ovqat sanoatida Pistacia vera ning mevasi pista yong‘og‘i sifatida iste’mol qilinadi.

Hamda qandolat mahsulotlari va muzqaymoqlarda ishlatiladi.
2.

Dorivor xususiyatlari quyidagilar boʻlib yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tabiiy antioksidant xususiyatlarga ega.
3.

Texnik va sanoat ahamiyati Pistacia lentiscus – mastika qatroni olinadi, u tibbiyot va

kosmetika sohalarida ishlatiladi.Yelim va lak sanoatida qo‘llaniladi.

Xulosa

Pistadoshlar (Anacardiaceae) oilasi tarkibida oziq-ovqat, dorivor va sanoat uchun

muhim bo‘lgan o‘simliklar mavjud. Kotinus va Sirka daraxti bezak o‘simliklari sifatida,
Toksikodendron ekologik jihatdan muhim bo‘lsa, Pista oziq-ovqat va sanoat uchun bebaho
resurs hisoblanadi. Pista daraxtining yong‘oqlari dunyoda keng iste’mol qilinadi, shuningdek,
uning moyi va qatroni turli sohalarda foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Botanika( morfologiya, anatomiya, sistematika geobotanika) Pratov 0‘.Р.

2.

O‘zbekiston yuksak o ‘simliklarining zamonaviy tizimi Pratov 0‘.Р.

3.

Botanika. Yuksak oʻsimliklar sistematikasi. Shu. J. Tojiboyev, N. H Qarshiboyeva

4.

Haydarov X.Q., Tashpulatov Y.SH. Mukumov I.U. O`SIMLIKLAR SISTEMATIKASI

(YUKSAK O`SIMLIKLAR)

References

Botanika( morfologiya, anatomiya, sistematika geobotanika) Pratov 0‘.Р.

O‘zbekiston yuksak o ‘simliklarining zamonaviy tizimi Pratov 0‘.Р.

Botanika. Yuksak oʻsimliklar sistematikasi. Shu. J. Tojiboyev, N. H Qarshiboyeva

Haydarov X.Q., Tashpulatov Y.SH. Mukumov I.U. O`SIMLIKLAR SISTEMATIKASI (YUKSAK O`SIMLIKLAR)