TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG'LARNING UMUMIY TAVSIFI, ASOSIY VAKILLARI

Аннотация

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug'larning kelib chiqishi , botanika fanidagi ahamiyati, hamda ularning asosiy vakillari, o'ziga xos hisusiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan .

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
78-80
62

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Oqyo’lova , G. . (2025). TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG’LARNING UMUMIY TAVSIFI, ASOSIY VAKILLARI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 78–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/73642
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug'larning kelib chiqishi , botanika fanidagi ahamiyati, hamda ularning asosiy vakillari, o'ziga xos hisusiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan .


background image

78

TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG'LARNING UMUMIY TAVSIFI, ASOSIY

VAKILLARI

ОБЩАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА НЕВИДИМЫХ ГРИБОВ, ОСНОВНЫЕ

ПРЕДСТАВИТЕЛИ

GENERAL DESCRIPTION OF UNPERFORMED FUNGI, MAIN

REPRESENTATIVES

Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi

Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich

Email: sardorbekoqyolov779@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15076345

Annotatsiya:

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug'larning kelib chiqishi ,

botanika fanidagi ahamiyati, hamda ularning asosiy vakillari, o'ziga xos hisusiyatlari haqida
ma'lumotlar keltirilgan .

Kalit so‘zlar:

Zamburug' , mitselliy, deyteromitset, mikrosiklik,kondiogren , nojinsiy

meva tanachalari, arxiaskomitsetlar sinfi, Saxaromitsetales tartibi, kleystotetsiyli, peritetsiyli,
apotetsiyli askomitsetlar, lokuloaskomitsetlar va boshqa askomitset zamburug'lar.

Аннотация:

В статье представлена информация о происхождении примитивных

грибов, их значении в ботанике, а также об их основных представителях и уникальных
характеристиках.

Ключевые слова: Г

рибы, мицелий, дейтеромицет, микроциклические,

кондиогрон, бесполые плодовые тела, класс археомицетов, порядок сахаромицетов,
клейстотеций, перитеций, апотеций аскомицетов, локулоаскомицетов и другие
аскомицетовые грибы.

Abstract:

This article provides information about the origin of primitive fungi, their

importance in botany, as well as their main representatives and unique characteristics.

Key words

: Fungi, mycelium, deuteromycete, microcyclic, condiogron, asexual fruiting

bodies, class Archaeomycetes, order Saccharomycetales, cleistothecium, perithecium,
apothecium ascomycetes, loculoascomycetes and other ascomycetes fungi.

Kirish.

Tabiatda zamburug'larning jinsiy ko‘payishi yo'qolishining sabablari.

Deyteromitset zamburug'larning yashash muhitlari, nojinsiy ko'payish a’zolari, nojinsiy meva
tanachalari.

Deyteromitsetlarning

makrosiklik

va

mikrosiklik

konidiyalashi.

Deyteromitsetlarning konidiogen hujayralari: fialidalar va anneloforlar. Konidiyalar
ontogenezi, ular hosil bo'lishining blastik va tallik usullari. Konidiyalar zanjirchasi hosil
bo'lishining bazipetal va akropetal ketma-ketliklari. Konidiyalar konidiogen hujayradan
ajralishining shizolitik va reksolitik usullari. Deyteromitsetlarning konidiyalaridan boshqa
nojinsiy propagulalari.Deyteromitset zamburug'lar guruhining zamonaviy klassifikatsiyasi.
Deyteromitsetlarning yashash tarzlari va muhitlari. Yirtqich deyteromitsetlar. Bo'g'imoyoqli
hayvonlar bilan aloqada yashovchi deyteromitsetlarning guruhlari; nekrotrof va biotrof
parazitlar, hasharotlarning endosimbiontlari. Mikangiylar. Zararli hasharotlarga qarshi
biologik kurashda ishlatiladigan zamburug' turiari. Tibbiyot sohasida muhim bo'lgan
deyteromitsetlar. Qishloq xo'jalik ekinlari uchun jiddiy xavf tug'diruvi fitopatogen


background image

79

deyteromitset zamburug'lar. Aeromikologiya. Nojinsiy zamburug'larning taksonomik
guruhlar asosidagi namoyandalari. Arxiaskomitsetlar sinfi, Saxaromitsetales tartibi,
kleystotetsiyli, peritetsiyli, apotetsiyli askomitsetlar, lokuloaskomitsetlar va boshqa
askomitset zamburug'larning hamda bazidiomitsetlarning anamorfalari .

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ /

LITERATURE REVIEW)

Bulami deyteromitsetlar (Deuteromycetes) yoki takomillashmagan zamburug‘lar (Fungi

imperfecti) debatalishining sababi ular «takomillashgan», ya’ni jinsiy ko‘payishga ega bo‘lgan
zamburug‘larga nisbatan ikkinchi (deutero- ikkinchi) darajali, yoki «takomillashmagan» (ya’ni
jinsiy bosqichiga ega bo‘lmagan) ekanligiga urg‘u berish uchun ulami shunday nomlar bilan
atashgan. Keyinroq bu zamburug'larni alohida Deuteromycota (yoki AnamorphicFungi) nomli
filumga kiritilgan, ammo, ulaming kamroq sun’iy taksonomik sistemalari foydasiga bu
sistemalamingbarchasidan voz kechishgan. Hozirgi davrda AQSHning birnecha informatsion
markazlarining ma’lumotlar banklari kataloglarida nojinsiy zamburug4 turlari, norasmiy
bo‘Isa ham,ulaming jinsiy jarayoni ma’lum bo‘lgan «qarindoshlari» bilanbirga
joylashtirilmoqda. Xalqaro mikologiya institutitomonidan chop etilgan Dictionary of Fungi
kitobining 8-nashrida askomitset va bazidiomitsetlaming jinsiy va nojinsiy bosqichlari
oralaridagi korrelyatsiyalar ko‘rsatilishi ham muhim hisoblanadi (Hawksworth et al., 1995).
Undan tashqari, anamorf bosqichlar va jinsiy bosqichlar oralaridagi aloqalar intemetda
elektron ma’lumotlar banklari (AnaNet)da mavjud va ulardan bu mavzuda elektron
ma’lumotlami olish uchun. Mycology Home Page saytidan foydalanish mumkin.Bir qator
deyteromitset turlarning (masalan, askomitset bosqichi keyinchalik topilgan Aspergillus,
Penicillium,Fusarium va ko‘p boshqa turkumlar turlarining) xaltachali, juda kam hollarda
bazidial bosqichlari mavjudligi aniqlangan. Deyteromitsetlaming aksariyati filogenezda
askomitsetlar (va faqat bir neehasi bazidiomitsetlar) bilan bog‘liqligi sababli, fitopatologlar va
mikologlar zamburuglaming zamonaviy sistematikalarida bu guruhni doim Askomikota filumi
bilan yonma-yon joylashtirishadi.Ayrim zamburug1 turlari jinsiy ko‘payishini butunlay
yo‘qotganligini 1887-yilda hali Anton de Bari ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, ko‘p boshqa
zamburugiaming jinsiy jarayoni tasodifiy ravishda kuzatiladi, masalan, juda ko‘p fitopatogen
turlarning jinsiy ko‘payishi yiliga bir marta - ulaming xo‘jayin o‘simliklari nobud bo‘lganidan
keyin hosil bo‘ladi. Shusababdan jinsiy jarayonga ega bo‘lgan askomitset va bazidiomitset
zamburuglaming ko‘p turlarini odatda biztabiatda faqat nojinsiy bosqichida uchratamiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMA (РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ / RESULTS AND

DISCUSSI

Deyteromitset zamburug lam ing mitseliylari, ularning jinsiy jarayoni mavjud boigan

qarindoshlariniki kabi, odatda yaxshi rivojlangan, septalangan (ko‘p hujayrali) va shoxlangan
gifalardan iborat. Ular orasida nojinsiy kurtaklanib ko‘payuvchi deyteromitset drojjalar ham
mavjud. Deyteromitsetlarning vegetativ belgilari (masalan, septa porasi tuzilishi) ularning
askomitset va bazidiomitset qarindoshlariniki bilan bir xil. Undan tashqari, ba’zi konidial
zamburuglar apressoriylar, gaustoriylar, konidiyalar va ular bilan bogiiq tuzilmalardir.
Ularning belgilari filogenetik va taksonomik ahamiyatga ega. Bu zamburuglar bilan ishlashni
qulaylashtirish uchun ularning konidiyalarini guruhlarga ajratishgan. Ilk bor 1899-yilda
italyan mikologi P.A. Sakkardo tuzgan konidiyalar guruhlari hozirgacha amaliyotda (faqat
zamburuglar klassifikatsiyasi bilan bogiiq boimagan hollarda) qoilaniiladi. .Konidial


background image

80

zamburug lam ing keyingi sistemasi va uning modifikatsiyalari, konidiya morfologiyasidan
tashqari, uning rivojlanish jarayoni va konidiogen hujayra tuzilishiga asoslangan.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkinki, Konidial zamburugiar tabiatda juda keng

tarqalgan va ular jinsiy ko‘payishi ma’lum «boigan qarindoshlari bilan birga ayni muhitlami
egallaydi, aksariyati yer ustida, anchasi dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Oziqlanish
tipiga ko‘ra deyteromitsetlarning ko‘pchiligi saprotroflar yoki o‘simliklaming zaif
parazitlaridir. Ko‘p saprotrof turlar tuproqda organik moddalar parchalanishida qatnashadi
hamda ulardan ba’zilari antibiotik va boshqa metabolitlarni sintez qilib, fitopatogen
mikroorganizmlarga nisbatan antogonistik xususiyat namoyon qiladi. Ba’zi turlari saprotrof
oziqlanishiga qo‘shimcha ravishda nematodalami ovlaydi va ular bilan ham oziqlanadi. Ayrim
deyteromitsetlar lishayniklarning mikobiontlari boiib, boshqalari yopiq urugli o‘simliklar
bilan mikoriza hosil qiladi. Bir necha deyteromitset turlari boshqa zamburuglarda yoki
lishayniklarda parazitlik qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Xamrayev A.Sh., Hasanov В.А., Azimov J.A., va b. Biozararlanish asoslari. Oliy va o‘rta-

maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. - Toshkent: «Fan va texnologiya», 2013,320
bet.
2.

Xamrayev A.Sh., Hasanov B.A., va b. Biozararlanish. Oliy o‘quv yurtlari biologiya

mutaxassisligi uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent, ToshDAU, 2009, 318 b.
3.

Hasanov B.A. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.

Magistratura talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent, ToshDAU, 2011,208 bet.
4.

Чикин Ю.А. Общая фитопатология. Част 1. Учебное пособие. - Томск, 2001, 170 стр.

(www).
5.

Ячевский А.А. Основы микологии. - M.-L., 1933, 1036 стр.

6.

http://www.ziyonet.uz

7.

http://www.wikipedia.ru

Библиографические ссылки

Xamrayev A.Sh., Hasanov В.А., Azimov J.A., va b. Biozararlanish asoslari. Oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. - Toshkent: «Fan va texnologiya», 2013,320 bet.

Xamrayev A.Sh., Hasanov B.A., va b. Biozararlanish. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent, ToshDAU, 2009, 318 b.

Hasanov B.A. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Magistratura talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent, ToshDAU, 2011,208 bet.

Чикин Ю.А. Общая фитопатология. Част 1. Учебное пособие. - Томск, 2001, 170 стр. (www).

Ячевский А.А. Основы микологии. - M.-L., 1933, 1036 стр.

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru