PULPIT ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI

Аннотация

Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib, ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir. Xususan pulpit tish kasalligi boʻlib, kasalligining oʻtkir va surunkali turlari, ularning kelib chiqish sabablari(etiologiyasi), patogenezi, ularni qiyosiy va differensial tashxislash va davo choralari qoʻllaniladi. Pulpitni davolash va diagnostik usullarni yangilanib borishi - bu klinik endodontistlarning uzoq muddatli izlanishlari va ilmiy ishlarining samarasidir. Pulpitni rivojlanishida zararli omillarni ta’siri xususan ularni taʼsir kuchining miqdori va vaqti katta ahamiyatni kasb etishi tabiiydir. Undan tashqari organizmni umumiy va mahalliy immun ximoya mexanizmlarni kuchi ham ahamiyatlidir.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
33-37
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Egamberdiyev, M., & Boysafarov , H. (2025). PULPIT ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 33–37. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/73652
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib, ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir. Xususan pulpit tish kasalligi boʻlib, kasalligining oʻtkir va surunkali turlari, ularning kelib chiqish sabablari(etiologiyasi), patogenezi, ularni qiyosiy va differensial tashxislash va davo choralari qoʻllaniladi. Pulpitni davolash va diagnostik usullarni yangilanib borishi - bu klinik endodontistlarning uzoq muddatli izlanishlari va ilmiy ishlarining samarasidir. Pulpitni rivojlanishida zararli omillarni ta’siri xususan ularni taʼsir kuchining miqdori va vaqti katta ahamiyatni kasb etishi tabiiydir. Undan tashqari organizmni umumiy va mahalliy immun ximoya mexanizmlarni kuchi ham ahamiyatlidir.


background image

33

PULPIT ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI

Egamberdiyev Muhammadali

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, assistent,

Fergana, Uzbekistan,

Boysafarov Hayotbek

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, talaba,

Fergana, Uzbekistan

https://doi.org/10.5281/zenodo.15048997

Annotatsiya:

Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib,

ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir. Xususan pulpit tish kasalligi boʻlib,
kasalligining oʻtkir va surunkali turlari, ularning kelib chiqish sabablari(etiologiyasi),
patogenezi, ularni qiyosiy va differensial tashxislash va davo choralari qoʻllaniladi. Pulpitni
davolash va diagnostik usullarni yangilanib borishi - bu klinik endodontistlarning uzoq
muddatli izlanishlari va ilmiy ishlarining samarasidir. Pulpitni rivojlanishida zararli omillarni
ta’siri xususan ularni taʼsir kuchining miqdori va vaqti katta ahamiyatni kasb etishi tabiiydir.
Undan tashqari organizmni umumiy va mahalliy immun ximoya mexanizmlarni kuchi ham
ahamiyatlidir.

Kalit so`zlar:

pulpit, sepsis, retsidiv pulpit, fokal pulpit, giperplastik pulpit.

Mavzuning dolzarbligi:

Ko'rib chiqilgan barcha manbalar ichida oʻtkir pulpit 34,58%ni

va surunkali apikal periodontit 34,89%ga mos ravishda eng ko'p tarqalgan pulpa va
periapikal toʻqima patologiyalari ekanligi isbotlangan. Ayollar jinsiga kiruvchilarda esa
65,36%ni tashkil etadi. Ko'rib chiqilgan maʼlumotlar va manbalarga aniqligi, ishonchliligiga
ko'ra, eng ko'p endodontik davolanishni talab etuvchilarning yoshi 60 va undan kattalarda
36,99%ni tashkil etadi. Eng koʻp holatlar yoshlar va kattalarda kuzatiladi. Eng ko'p
endodontik davo qoʻllangan tishlar ichida yuqori birinchi molyar tishlar boʻlib, umumiy
miqdorning 24,15%ni va pastki jagʻ tishlarida 36,71%ni, eng ko'p tarqalgan etiologik omil
sifatida esa tish karieslari boʻlib umumiy miqdorning 84,07%ni tashkil etishi isbotlangan.

Kirish:

Pulpit, tish pulpasining yallig'lanishi bilan bog'liq boʻlgan, aholi oʻrtasida keng

tarqalgan tish kasalliklaridan biridir. Uning asosiy etimologik faktorlarga hozirgi kunda
maʼlum boʻlib bularga quyidagilar kiradi: tish karieslari, travmalar, dentinda yuzaga kelgan
yorilishlar, himoyalanmagan va apikal sohadagi oʻzgarishlar va dentin kanalchalari orqali tish
pulpasiga mikroorganizmlarning kirib borishi bilan tasniflanadi. Pulpit asosan, karies bilan
bog'liq mikroorganizmlarning dentinning eng ostki qismiga va pulpa ichiga kirib borishi bilan
qo'zg'atiladigan immunitet reaktsiyasi sifatida tavsiflanadi[1]. Yallig'lanish sabablari
quyidagicha boʻlishi mumkin:

Rivojlanib shakllanib borayotgan tish karieslari, Bruksizm sababli tishlarning patologik

yemirilishi tufayli tishlarning parchalanishi va pulpit shakllanishi, Tishning travmatik
shikastlanishlari, Davolovchi shifokorning savodsizligi tufayli paydo boʻlishi, Bakteriyalar va
infektsiyalarning tishning chuqur qatlamlariga kirib borishi, Agressiv, kimyoviy birikmalar va
preparatlarning ta'siri tufayli toksik shikastlanishi, Sinusit, periodontal kasallik, qo'shni
tishning periodontiti, sepsis va boshqa oʻtkir infeksion kasalliklar boʻlishi mumkin[2,3].
Tishlarni bruksizmi tufayli oʻtkir pulpit kuchli, o'z-o'zidan shakllanuvchi og'riq, issiq va sovuq
haroratga sezgirlik va tungi og'riq reaktsiyasi bilan tavsiflanadi va bemorlar og'riq tufayli
uxlashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Simptomatik pulpit maxalliy harorat bilan bog'liq


background image

34

kuchli og'riqlar va o'z-o'zidan paydo boʻluvchi tishlarning oʻtkir og'rig'iga olib kelishi mumkin
va bemorlarning stomatologik davolanishga murojaat qilishlarining asosiy sabablaridan
biridir. O'tkir pulpit bilan og'rigan bemorlarning jami 74,5 foizi o'z-o'zidan shakllanuvchi,
paydo bo'ladigan kuchli og'riqni va qo'zg'aluvchi, doimiy bezovta qiluvchi og'riqni boshdan
kechiradi[4]. Shu sababli, o'tkir pulpit og'rig'ining sabablari va potentsial mexanizmlarini
chuqur tushunish - o'tkir pulpit og'rig'ini bartaraf etish strategiyalarini aniqlash uchun katta
ahamiyatga ega, ammo bu sabablar va mexanizmlar hali to'liq tushuntirilmagan. Pulpit - og'iz
bo'shlig'ida patologiyasi mavjud bo'lgan bemorlarning 20-25 foizida uchraydigan keng
tarqalgan tish kasalligi hisoblanadi[5]. Kasallik ham yirik chsynov tishlarida ham asosiy
kesuvchi tishlarda ham boʻlishi mumkin. Bolalarning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda, kariesdan pulpitga o'tish juda tez sodir bo'ladi.

Hozirgi kunda pulpitning bir nechta turlari mavjud:

Fokal retsudiv pulpit - bu o'tkir,

yengil xoldagi yallig'lanishli pulpa reaktsiyasining bir turi bo'lib, u odatda tishning karies
kovagi sababli tishning strukturasi buzilishi yoki izolyatsion matriks oqsillari bo'lmaganda
yoki shikastlanganda keyin ham sodir bo'ladi[7], ammo mikroskopik kesmalarda buni
tushunish qiyin boʻladi.

O'tkir pulpitlarga

: O'tkir pulpitning yallig'lanish reaktsiyasi fokal retsidiv pulpitning

rivojlanishi sifatida paydo bo'lishi mumkin yoki allaqachon shakllangan, patologiya
qoʻzgʻatayotgan surunkali pulpitning o'tkir kuchayishini ko'rsatishi mumkin[6]. Pulpa
shikastlanishining

og'irligi

oddiy

o'tkir

yallig'lanishdan

tomir

kengayishi,

ekssudatsiya va neytrofil kimyotaksisi bilan ajralib turadi. O'tkir pulpitning dastlabki
bosqichlarida tish elektr stimulyatsiyasiga giperreaktiv bo'lishi mumkin, ammo pulpaning
shikastlanishi ortib borayotganligi sababli, sezgirlik hech qanday tarzda kamaymaydi.
Ekssudat asosan periapikal to'qimalarda emas, balki pulpa bilan chegaralanganligi sababli,
perkussiya testlari odatdagidan ozgina farq qiladigan javobni keltirib chiqaradi
mumkindir[8].

Surunkali pulpit

Surunkali pulpit - bu yallig'lanish reaktsiyasi bo'lib, surunkali yallig'langan pulpada uzoq

muddatli, past darajadagi shikastlanish kuzatilib, pulpada fibroz toʻqima paydo bo'ladi.
Surunkali jarayonning o'tkir kuchayishi sodir bo'lmasa, neytrofillar aniq ko'rinmaydi. Shu
sababli u retsidiv bilan farq qilib turadi[9].

Surunkali giperplastik pulpit

Surunkali pulpitning bu maxsus shakli yirik chaynov tishlarida qon ta'minoti oqimlarida

paydo bo'ladi. Alomatlar kamdan-kam hollarda shakllanadi va paydo bo'ladi, chunki bosim
ostida ekssudat mavjud boʻlmaydi va odatda granulyatsiya to'qimasida hech ul bilan nerv
to'qimasi ko'paymaydi va paydo boʻlib qolmaydi. Pulpa to'qimasi hayotiy bo'lsa-da, jarayon
qaytarilmaydi va endodontik terapiya yoki tishni olish kerak bo'lishi mumkin[9].

Pulpit diagnostikasi va davolash usullari

Pulpitning asosiy belgisi kuchli og'riqdir. Noxush hissiyotlar, ta'sirlangan tishga sovuq

yoki issiq qo'llanilganda va dam olish, uxlash vaqtida namoyon boʻladi.

Gorizontal holatda qon qon

- tomir orqali boshning quyi qismiga oʻtasi natijada,

haddan tashqari bosim tufayli - asab tugunlari signallarni miyaga faolroq uzatadi. Og'riq
sindromi eng kuchli tarzda shakllanib[10], tungi soat 12 : 00 dan ertalabki 5 : 00 gacha
namoyon bo'ladi. Pulpitning turli shakllarida og'riq sindromining xususiyatlari turlichadir.


background image

35

Pulpitning xarakterli belgilari mavjud, ammo patologiyaning turli shakllarida simptomlar farq
qilishi mumkin.

Kasallikning turli shakllarining belgilari: O'tkir fokal pulpit

. Uzoq tanaffuslar bilan

to'satdan, qisqa muddatli og'riqli holatlar uni xarakterlaydi. Noxush tuyg'ular ko'pincha
yalligʻlanish stimullariga ta'sir qilish bilan bog'liq. Og'riq aniq lokalizatsiyaga ega boʻladi, bu
esa kechasi yomonlashadi, tungi ogʻriqlar beradi. Tekshiruv vaqtida chuqur karioz
bo'shligʻining pastki qismi og'riqli kechadi. O'tkir diffuz pulpit. Og'riqli holatlar qisqa vaqt
oralig'ida kuchli zarba beradi. Og'riq kuchli, ayniqsa kechasi yuqori choʻqqisiga chiqadi. Kasal
tishdan oʻgʻriq noqulaylik tugʻdirgan holda jag'ga, quloqqa va ko'zga tarqaladi. Karies
bo'shlig'i chuqur boʻlib, butun pastki yuzasi bilan og'riqli kichadi[11]. Yiringli pulpit. Qattiq
og'riq beradi, to'satdan, ko'pincha kechasi paydo bo'ladi va bemor qaysi tish og'riyotganini
aniqlay olmaydi. Yuqori darajali oʻgʻriq, yoqimsiz his-tuyg'ularni kuchaytiradi; sovuq og'riqni
biroz kamaytirishga yordam beradi. Zaharlanish belgilari mavjud boʻladi - zaiflik, bosh og'rig'i,
isitma, ishtahaning etishmasligi va boshqalar.

Surunkali pulpit

. Tish biroz va qisqa vaqt davomida og'riydi va insonni bezovta qiladi.

Surunkali gangrenoz shakli. Tish og'rig'i asosan issiq, sovuq haroratlarda, ovqat yoki
ichimliklar iste'mol qilgandan keyin paydo bo'ladi. Bundan tashqari, yoqimsiz chirigan hid
kelishi bilan differensial diagnostika qilish mumkin[4,5,6,7,]. O'tkir og'riq ko'pincha
trigeminal asab yo'nalishi bo'yicha tarqaladi va qaysi tish ogʻriyotganini aniqlash biroz qiyin
boʻladi. Surunkali giperplastik shakl. Og'riq sindromi deyarli yo'q, ammo yallig'langan pulpada
qon ketishi kuzatilishi mumkin. Asosiy diagnostika usullari:

Tekshiruv.

Qattiq to'qimalarning holatini, dentinni, tish bo'shlig'ining yaxlitligini

baholash va og'riqni aniqlash uchun protseduralar qoʻllaniladi. Tish shifokori periodontal
cho'ntaklarning chuqurligini va qo'shni plomba moddasining sifatini baholaydi va kerakli
hulosaga keladi[12].

Perkussiya. Kasallikning o'tkir shaklida og'riq paydo bo'ladi. Oʻgʻriq stimulyatirlariga

reaktsiyani baholash. Kasal tish issiq, sovuqda taʼsirlanadi va tish karies toʻqimasi olib
tashlaganidan keyin og'riq yo'qolmaydi. Pulpaning elektr qo'zg'aluvchanligini maxsus qurilma
bilan o'lchash. Pulpa yallig'lanishida ko'rsatkichlar 18-60 mkA ni tashkil qiladi.

Rentgen nurlari

. Yashirin karioz bo'shliqni aniqlash va plomba mosligini baholash

uchun buyuriladi. Ba'zida tish ildizi hududida pulpit bilan kengaygan periodontal bo'shliqlar
paydo boʻladi[4,9].

Pulpa olib tashlash usullari:
Pulpektomiya - pulpitning barcha turlarini davolashda qo'llaniladigan butun pulpani

olib tashlashda foydalaniladigan yagona mingdan bir usuldir. Endodontik davolash
bosqichlari: Anesteziya bosqichi: Dastlab kariyes bo'shlig'ini tayyorlanadi. Ta'sirlangan va
zararlangan tish to'qimasini olib tashlash. Ildiz kanallari kengaytirilib, konusga aylantiriladi.
Pulpa qoldiqlarini, toksik to'qimalarni parchalanish mahsulotlarini va kanalni kengaytirish
amalga oshiriladi[12,13].

Kanallarni antiseptik moddalar bilan yuviladi. Kanallarga antibiotik, yallig'lanishga

qarshi pasta qo'yiladi va 1-2 kun davomida vaqtinchalik plomba qo'yish bilan birinchi qatnov
tugatiladi. Pulpitning ayrim shakllarida bu bosqich o'tkazib yuboriladi, kanallar irrigatsiyadan
keyin quritiladi. Ildiz kanallarini to'ldirish. Sink oksidi va eugenol, epoksi qatronlar va gutta-
percha asosidagi materiallar qo'llaniladi.


background image

36

Xulosa:

Afsuski, bemor o'zi qo'llashi mumkin bo'lgan pulpitni davolash vositalari juda

ko'p emas. Aksariyat hollarda yagona yechim stomatolog qabuliga yozilish va koʻrikdan
oʻtishdir. Biroq, muolajalar pulpit turiga qarab farq qilishi mumkin. Buni unutmaslik
lozim[14]. Pulpit - bu ogʻir tish kasalligi boʻlib, ammo uni osongina oldini olish mumkin.
Buning uchun odam shaxsiy og'iz bo'shlig'i gigienasiga rioya qilishi (tish iplari va tish
cho'tkalar) va muntazam ravishda tish shifokoriga tashrif buyurishi kerak. Bitta sogʻlom inson
oʻrtacha olti oydan bir yilda bir marotaba tish tishifokori qabuliga yozilish va koʻrikdan oʻtish
lozim. Shuningdek, alkogolsiz ichimliklar, tort va konfet kabi shirinliklarni kamaytirish
pulpitning oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari qabul qilinayotgan
taomlanish ratsioni va turli ikkilamchi kasalliklarni davolash muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

GT Huang , AP Potente , JW Kim , N. Chugal , X. Zhang. Yallig'langan inson tish pulpalarida

interleykin-8 ekspressiyasining kuchayishi. Oral Surg Oral Med Oral Pathol Oral Radiol Endod,
88 ( 1999 ) , 214-220 - betlar.
2.

PC Adams. A diagnostic approach to non-high transferrin saturation hyperferritinemia,

Journal of J Hepatol, (2011), pp. 32 - 51.
3.

Ergashev Bekzod. (2024). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator

ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR). 1(1). 627- 632.
4.

Ergashev Bekzod. (2023). Tish toshlari. tishda tosh to'planishining sabablari va ularni

oldini olish usullari aholi o'rtasida ommalashgan savollarga to'liq javob berish va ommaga
tadbiq etish. models and methods for increasing the efficiency of innovative research. 1(2). 67
- 75.
5.

Chjan Y, Lei Y, Nobbs A, Khammanivong A, Herzberg MC: Streptococcus gordonii SspAB

ning inaktivatsiyasi bir nechta adezin genlarining ifodasini o'zgartiradi. Immunitetni
yuqtirish. 2005, 73: 3351-3357.
6.

Ergashev Bekzod. Gingivitning bakteriologik etiologiyasi va profilaktikasi. International

Scientific Conference "Innovative Trends in Science, Practise and Education", 1 (1), 122 – 128.
7.

2 BJ Schlosser. Oral manifestations of hematological and nutritional disorders. Journal of

Otolaryngol Clin N Am, (2011), pp. 78 - 98.
8.

Wade V: Og'iz biofilmlarida o'stirilmaydigan bakteriyalar. Tish blyashka qayta ko'rib

chiqildi. Salomatlik va kasallikdagi og'iz biofilmlari. Tahrirlangan: Newman HN, Wilson M.
1999, Cardiff: BioLine, 313-322.
9.

Ergashev Bekzod, Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko’nikmalari. New renaissance

2025. 3: 151-156.
10.

Эргашев Бекзод. Этиология инфекционных заболеваний тканей пародонта. 2025.

2: 31-35.
11.

G. Bergenholtz , S. Nagaoka , M. Jontell. Eksperimental ravishda qo'zg'atilgan pulpitda II

sinf antigenini ifodalovchi hujayralar. Int Endod J , 24 ( 1991 ) , 8-14 - betlar.
12.

T. Okiji , M. Jontell , P. Belichenko , G. Bergenholtz , A. Dahlstrom. Inson tish pulpasining

perivaskulyar dendritik hujayralari. Acta Physiol Scand , 159 ( 1997 ) , 163-169- betlar.
13.

M. Jontell , MN Gunraj , G. Bergenholtz. Oddiy tish pulpasida immunokompetent


background image

37

hujayralar. J Dent Res , 66 ( 1987 ) , 1149-1153 - betlar.
14.

AJ Sloan , JB Metyus , AJ Smit. Inson odontoblastlari va pulpa hujayralarida TGF-beta

retseptorlari ifodasi. Histochem J , 31 ( 1999 ) , 565-569 - betlar.

Библиографические ссылки

GT Huang , AP Potente , JW Kim , N. Chugal , X. Zhang. Yallig'langan inson tish pulpalarida interleykin-8 ekspressiyasining kuchayishi. Oral Surg Oral Med Oral Pathol Oral Radiol Endod, 88 ( 1999 ) , 214-220 - betlar.

PC Adams. A diagnostic approach to non-high transferrin saturation hyperferritinemia, Journal of J Hepatol, (2011), pp. 32 - 51.

Ergashev Bekzod. (2024). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR). 1(1). 627- 632.

Ergashev Bekzod. (2023). Tish toshlari. tishda tosh to'planishining sabablari va ularni oldini olish usullari aholi o'rtasida ommalashgan savollarga to'liq javob berish va ommaga tadbiq etish. models and methods for increasing the efficiency of innovative research. 1(2). 67 - 75.

Chjan Y, Lei Y, Nobbs A, Khammanivong A, Herzberg MC: Streptococcus gordonii SspAB ning inaktivatsiyasi bir nechta adezin genlarining ifodasini o'zgartiradi. Immunitetni yuqtirish. 2005, 73: 3351-3357.

Ergashev Bekzod. Gingivitning bakteriologik etiologiyasi va profilaktikasi. International Scientific Conference "Innovative Trends in Science, Practise and Education", 1 (1), 122 – 128.

BJ Schlosser. Oral manifestations of hematological and nutritional disorders. Journal of Otolaryngol Clin N Am, (2011), pp. 78 - 98.

Wade V: Og'iz biofilmlarida o'stirilmaydigan bakteriyalar. Tish blyashka qayta ko'rib chiqildi. Salomatlik va kasallikdagi og'iz biofilmlari. Tahrirlangan: Newman HN, Wilson M. 1999, Cardiff: BioLine, 313-322.

Ergashev Bekzod, Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko’nikmalari. New renaissance 2025. 3: 151-156.

Эргашев Бекзод. Этиология инфекционных заболеваний тканей пародонта. 2025. 2: 31-35.

G. Bergenholtz , S. Nagaoka , M. Jontell. Eksperimental ravishda qo'zg'atilgan pulpitda II sinf antigenini ifodalovchi hujayralar. Int Endod J , 24 ( 1991 ) , 8-14 - betlar.

T. Okiji , M. Jontell , P. Belichenko , G. Bergenholtz , A. Dahlstrom. Inson tish pulpasining perivaskulyar dendritik hujayralari. Acta Physiol Scand , 159 ( 1997 ) , 163-169- betlar.

M. Jontell , MN Gunraj , G. Bergenholtz. Oddiy tish pulpasida immunokompetent hujayralar. J Dent Res , 66 ( 1987 ) , 1149-1153 - betlar.

AJ Sloan , JB Metyus , AJ Smit. Inson odontoblastlari va pulpa hujayralarida TGF-beta retseptorlari ifodasi. Histochem J , 31 ( 1999 ) , 565-569 - betlar.