
280
Xulosa qilib aytganda, kovrak urug‗larning unuvchanligini yuqori emasligi,
ko‗chatlarning yillar davomida saqlanib qolish ko‗rsatkichlari kamayib borishi, smola ajralishi
uchun 5 yil muddat talab etilishi plantatsiyalar tashkil etishdagi muammolardan hisoblanadi.
In
vitro
sharoitida o‗stirish va bioo‗g‗itlardan foydalanish ekin maydonlaridan samarali
foydalanishga, o‗simlik unumdorligini oshirishga, smola ajralishi unumdorligini yuqori
bo‗lishiga hamda mahsulotni olish uchun talab qilinadigan vaqt va mablag‗larning tejab
qolinishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Avalboyev O.N. ―G‗arbiy Pomir – Oloy tizmasi
Ferula
L. turlarining bioekologiyasi
va ulardan oqilona foydalanish usullarini takomillashtirish‖ 03.00.05. Biologiya fanlari bo‗yicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Samarqand – 2022;
2.
Xalquziyeva M.A. ―Smola saqlovchi
Ferula tadshikorum
Pimenov va
Ferula foetida
(Bunge) Regel larning biomorfologik xususiyatlari va ulardan O‗zbekistonda plantatsiyalar
tashkil etish istiqbollari‖ 03.00.05. Biologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Guliston- 2022;
3.
Qurbonov I.Sh. Ergashev A. M.
O‗
simliklarni klonli mikroko‗paytirish usullari va uni qishloq
xo‗jaligiga tadbiq qilish
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 4-
сон;
4.
Raxmonkulov U., O.N. Avalboev.O‗zbekiston kovraklari (Biologiyasi, resurslari va
ulardan oqilona foydalanish). - T., 2016.128 – bet;
5.
https://russian.alibaba.com/product-detail/Galbanum-Essential-Oil-
anufacturer-INDIA-50038938879.html;
6. https://www.kavrak.live/;
7. LIU Yonghong, GUO Jianwei, LI Li, Mipeshwaree D ASEM, ZHANG Yongguang,
Osama A MOHAMAD, Nimaichand SALAM, LI Wenjun.
Endophytic bacteria associated with
endangered plant
Ferula sinkiangensis
K. M. Shen in an arid land: diversity and plant growth-
promoting traits;
8. BIOFERTILIZERS towards sustainable agricultural development 2015-1-BG01-
KA202-014258.
JIZZAX VILOYATIDA TARQALGAN DORIVOR OʻSIMLIKLAR
Nurullayeva Nozila Gayratovna,
Oʻralov Abdumannon Iskandarovich
OʻzMU Jizzax filiali KFU Farmatsiya yo ‗nalishi talabasi
OʻzMU Jizzax filiali Fakultetlararo kafedrasi katta o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Jizzax viloyati hududida tarqalgan dorivor
o`simliklar.Ularning tarkibi va dorivorlik xususiyati, inson uchun foydaliligi va xalq tabobatida
qo`llanilishi haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.
Kalit soʻzlar:
Zomin, Baxmal, Forish tumanlaridagi dorivor o`simliklar, zirk o`simligi,
dorivor limonoʻt, katta zubturum.
Hozirgi kunda Respublikamizda ro‗yxatda o‗tgan va biokimyoviy tarkibi o‗rganilgan 600
turga yaqin yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mavjuddir. Ularning aksariyati tog‗
o‗rmonlarida tarqalgan. Ushbu dorivor o‗simliklarning 230 turining xom-ashyosi farmatsevtika
sanoati ehtiyojlari uchun tayyorlanadi, ko‗pchiligi madaniylashtirilgan holda yetishtiriladi va
ularning xom-ashyosi asosida 254 xilga yaqin dorivor preparatlar tayyorlanadi [1,2,3].

281
Jizzax viloyatida asosan 3 tuman: Zomin, Baxmal, Forish tumanlari dorivor o`simliklar
manbai hisoblanadi. Jizzax viloyatida o`sadigan va zaxirasi aniqlangan dorivor o`simliklar
quyidagilar: tog`rayhon(, qizilpoycha, sariq choy(
Hypericum perforatum
), qizil zirk (
Berberius
vulgaris
), dorivor limono`t (
Melissa officinalis
), katta zubturum (Plantago) va boshqalar.
Zirk (
Berberius vulgaris
L) qora-qand –zirkdoshlar oilasiga mansub butalar turkumi.
Barglari qalin, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Guli sariq, qo`sh gulqo`rg`onli,shingilga
to`plangan; mevasi rezavor. 194 turi bor. 45 turi iqlimlashtirilgan. Zirk bargi tarkibida berberin,
oksikontin, berbamin va boshqa alkoloidlar bor. Tabobatda
jigar xastaliklarini davolashda,
isitmani pasaytiruvchi, ich ketishni to`xtatuvchi va yurakni mustahkamlovchi vosita sifatida
qo`llaniladi. [3,4]
Mevasi – past oziqa qiymatiga ega bo`lgan parxez maxsuloti. Uning 100 gida 29 kkal
quvvat bor. Mevasi takibida karatinoidlar (ksantofil, lyutein, auroksantin, flavoksantin
kapsantin), uglevodlar, xushbo`y hamda pektin moddalari, organik kislotalar, makro va
mikroelementlar, E va S vitaminlari va beta-karotin moddalari bor.
Mevasining sharbati issiqni tushirish, mikroblarni o`ldirish, qon ketishini to`xtatish
xususiyatlariga ega. Uni iste‘smol qilish va shuningdek organizmni tozalash, toksinlarni chiqarib
yuborish, qarish jarayonlarini sekinlashtirish maqsadkarida ham tavsiya etiladi. Jigar
xastaliklarida, revmatizm, peshob yo`llari va buyrak shamollashlaridan forig` bo`lish maqsadida
yangi pishgan zirk mevasini taomga qo`shib iste`mol qilish lozim bo`ladi.
Zirkda o‗t haydash xususiyatiga ega bo‗lgan berberin alkaloidi bor.Bu modda
shuningdek, ichkilik ichish va kashandalikdan qutilish yo`liga kirgan kishilarga ham yordam
beradi. Dorixonalarda berberin nomli dori sotiladi, uni zirkdan ajratib olinadigan moddadan
tayyorlanadi. Bu dori oʻt qopida paydo bo`lgan tosh va xoletsistitni davolashda qo`llaniladi.
Katta zubturum (
Plantaginis Majoris
) – Zubturumdoshlar oilasiga mansub. Katta
zubturum barglari polisaxaridlar rinantin va aukibin glikozidi, limon kislotasi, karotin, C
vitamin, oshlovchi moddalar saqlaydi. Balg`am ko`chiruvchi,yalliglanishga qarshi va
burishtiruvchu tasir ko`rsatadi.Yo`tal bilan kechuvchi yuqori nafas yo`llarining kasalliklari,
me`da ichak yo`llarining kasalliklarini davolashda, ishtaxani pasayishida qo`llaniladi.
Xulosa o‗rinda shuni takidlash joyizki Jizzax viloyatida tarqalgan dorivor o‗simliklar
tog`rayhon(, qizilpoycha, sariq choy(
Hypericum perforatum
), qizil zirk (
Berberius vulgaris
),
dorivor limono`t (
Melissa officinalis
), katta zubturum
(Plantago
) kabi dorivor o‘simliklarni
yetishtirish, ularni plantatsiyasini yaratish, muhofaza qilish, farmasevtika sanoatiga tatbiq etish
muhim amaliy axamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. М.Д. Тургунов, В.П. Печеницын, Н.Ю. Бешко, Д.А. Абдуллаев, Уралов А.И.
Биологические особенности редких видов семейства Iridaceae Juss. флоры Узбекистана в
условиях ex situ Acta Biologica Sibirica, 2019, 5(2), P.17-22.
2. Ibragimov A.Yu. Shifobaxsh ne‘matlar. – Toshkent: Navro‗z nashriyoti, 2016.
3. To‗xtayev B.Yo., Mahkamov T.X., To‗laganov A.A. Dorivor va ozuqabop o‗simliklar
plantasiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo‗yicha yo‗riqnoma. – Toshkent,
2015.
4. Ҳожиматов Қ., Оллоѐров М. Ўзбекистоннинг шифобахш ўсимликлари ва уларни
муҳофаза этиш. – Т.: Фан нашриѐти, 1988.
DORIVOR LIMONO‗T – MELISSA OFFICINALIS L.NING DORIVORLIK
XUSUSIYATI
Xayrullayeva Odina Sayfiddin qizi
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Biotexnalogiya‖ yo‗nalishi talabasi
O‗ralov Abdumannon Iskandarovich