
289
1-rasm. Gidropereeterifikatlarning asosiy hossalari
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Hodjaev S.F., Abdurahimov S.A., Akramova R.R., Hamidova M.O. [The study of
quality indicators of the fat base of margarine when replacing traditional cottonseed oil with
safflower].
Universum: Khimiyaibiologiya
, 2018, vol.2, no.10, pp.15-18.(In Russ.) Available
at:
http://7universum.com/ru/nature/archive/item/ 6421;
2.
Ruzibayev A.T., Salijanova Sh.D., Rakhimov D.P. Cottonseed oil as a valuable raw
material to obtain trans-free margarine.
Journal of Critical Reviews
,2020, vol.7, no.9, pp.572-
3.
Handa. C. Performance and fatty acid profiling of interesterified trans free bakery
shortening in short dough biscuit/C. Handa. S. Goomer. A. Sidahu.
International Journal of
Food Science & Technology
.2010.Vol. 45, no. 5, pp.1002-1008.
O‗ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN
INULA
L. TURKUMI TURLARINING
TARQALISHI
Qarshiboyev Zufar Zafar o‗g‗li
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filliali
―Biotexnologiya‖ yoʻnalishi talabasi
O‗ralov Abdumannon Iskandarovich
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filliali
―Biotexnologiya‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Hozirgi vaqtda respublikamizda 112 tur dorivor o‗simliklar rasmiy
tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo‗lib, shu dorivor o‗simliklarning 80 % ni tabiiy holda
o‗suvchi o‗simliklar tashkil etadi. Ana shunday dorivor o‗simliklarni o‗zida mujassam etgan
istiqbolli vakillari (Asteraceae) murakkabguldoshlar oilasiga mansub Inula L. turkumi
vakillarining O‘zbekiston hududida tarqalishi o‘rganildi.
Kalit soʻzlar:
Dorivor, inula, andiz, Toshkent, Samarqand, turkum.
O‗zbekiston (Eron-Turon) florasi shifobaxsh o‗simliklarning xilma-xilligi bo‗yicha yer
yuzidagi floristik hududlar qatorida Sharqiy Osiyo (Tibet) florasidan keyin ikkinchi o‗rinni
egallaydi [1,2] Tabobatda ishlatiladigan dori vositalarning 70-80 % o‗simliklardan olinadi.
O‗zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‗simliklarga boy hududdir. Bu hududda tabiiy

290
holda 4350 turdan ortiq yuksak gulli o‗simliklar uchraydi [3,4,5]. Shulardan 1200 ga yaqin
o‗simlik turlari dorivorlik xususiyatiga ega bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi o‗simliklar
dunyosining boyligidan dalolat beradi [6].
Tabiiy holda o‗suvchi dorivor o‗simliklarning xom-ashyo zahirasi chegaralangan bo‗lib,
ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o‗rganish, xom-ashyo zahirasidan to‗g‗ri
foydalanish va ko‗paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb
muammolardan biridir [7,8]. So‗nggi yillarda dorivor o‗simliklarga talab oshib bormoqda. Ana
shunday dorivor o‗simliklarni o‗zida mujassam etgan istiqbolli vakillari (Asteraceae)
murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‗simlik turlaridir. Murakkabguldoshlar oilasi ikki
urug‗pallali o‗simliklar ichida eng katta oilalardan sanaladi, ularning yer yuzida 1150 dan 1300
ga yaqin turkumi hamda 20000 dan ortiq turi mavjud. Ushbu oilaga mansub
Inula
turkumiga
mansub o‗simliklarning 100 ga yaqin turlari Yevro Osiyo (Kanar orollaridan to Yaponiyagacha)
hamda Afrika va Madakaskarda uchraydi, MDH davlatlari hududida esa 32 turi tarqalgan
[9,10,11].
Mamlakatimiz hududida Inula turkumiga mansub turlarning quyida keltirilgan 10 turi
aniqlangan jumladan:
Inula helenium
L.–Baland bo‗yli andiz,
Inula grandis
Schrenk – Sariq
andiz,
Inula salicina
L. – Tolbarg andiz,
Inula glauca
C.Winkl. – Kulrang andiz,
Inula caspica
Blume – Kaspiy andiz,
Inula britannica
L.– Britaniya andizi,
Inula macrolepis
Bunge –
Yirikbarg andiz,
Inula rhizocephala
Schrenk – Asosiy ildizli andiz,
Inula multicaulis
Fisch. &
C.A.Mey. – Ko‗p poyali andiz,
Inula rhizocephaliformis
Kamelin & Turak. – Ildizbosh kabi
andiz turkumi turlari mavjud [8,9,10, 12,13].
Inula grandis
Schrenk – Sariq andiz Andijon, Farg‗ona, Toshkent viloyatining
Bo‗stonliq, Parkent, Angren, Samarqand viloyatining Urgut, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‗, Dehqonobod, Qamashi, Shahrisabz, Surxondaryo
viloyatining Boysun va Uzun tumanlarining mayin tuproqli tog‗ yonbag‗rlarida, tog‗larning o‗rta
va pastki hududlarida yuksak o‗simliklar dominant bo‗lgan joylarda tarqalgan. Dunyo miqyosida
esa O‗rta Osiyo, Eron, Afg‗oniston hududlarida uchraydi [12,13,14]
Inula glauca
C.Winkl. – Kulrang andiz tog‗larning o‗rta qismlaridagi qoya yoriqlarida
respublikamizning Surxondaryo viloyatida tarqalgan. Umumiy tarqalish areali O‗rta Osiyo,
(Pomir-Oloy) tog‗ tizmalarida uchraydi [8,9,10,12,13]
Inula caspica
Blume - Kaspiy andiz Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‗ona, Toshkent,
Andijon va Surxondaryo viloyatlari hududida tarqalgan bo‗lib, quyoshli qirg‗oq bo‗ylarida,
daryo va ko‗llar atrofida hamda kamdan kam sug‗oriladigan yerlarda, ariqlar bo‗ylarida
uchraydi. Umumiy tarqalish areallari O‗rta Osiyo, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Eron, Sinszyan
hududlarida tarqalgan [8,9,10,]
Inula britannica
L. – Britaniya andizi mamlakatimizning Toshkent, Samarqand,
Farg‗ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan bo‗lib, o‗tloqlarda, butazorlar orasida,
daryo qirg‗oq bo‗ylarida, yo‗l bo‗ylarida, aholi yashash joylarida tashlandiq joylarda o‗sadi.
Umumiy tarqalish areali O‗rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz, Yevropa, Malayziya, Eron,
Mongoliya, Xitoy, Yaponiya hududlarida keng tarqalgan [8,9,10,12,13]
Inula macrolepis
Bunge – Yirikbarg andiz respublikamizning Samarqand viloyatida
endem tur sifatida Zarafshon daryosi qirg‗oqlarida to‗qayzorlar atrofida uchraydi [8,9,10, 12,13]
Inula rhizocephala
Schrenk – Asosiy ildizli andiz Toshkent, Samarqand, Andijon va
Farg‗ona viloyatlari hududlarida mayin tuproqli va toshli shag‗alli tog‗larning yuqori qismlarida
uchraydi. Umumiy tarqalish areallari O‗rta Osiyo, Eron, Afg‗oniston [8,9,10,12].
Inula multicaulis
Fisch. & C.A.Mey. – Ko‗p poyali andiz Qoraqalpog‗iston Respublikasi
(Ustyurt) hududlarida mayin tuproqli toshli joylarda tarqalgan. Umumiy tarqalish areali O‗rta
Osiyo (Kaspiy oldi cho‗llari) Qizilqum cho‗llarida tarqalgan [8,9,10,14,12,].
Hozirgi vaqtda respublikamizda 112 tur dorivor o‗simliklar rasmiy tabobatda
foydalanishga ruxsat berilgan bo‗lib, shu dorivor o‗simliklarning 80 % ni tabiiy holda o‗suvchi
o‗simliklar tashkil etadi. Ana shunday dorivor o‗simliklarni o‗zida mujassam etgan istiqbolli

291
vakillari (Asteraceae) murakkabguldoshlar oilasiga mansub
Inula
L. turkumi vakillarining
O‘zbekiston hududida tarqalishi o‘rganildi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.To‗xtayev B., Axmedov E., Yodgorov Z. Dorivor o‗simliklar: introduksiya va
plantasiyalar tashkil etish. O‗zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari
doktori, professor K.S. Safarovning ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag‗ishlangan ―O‗simliklar
introduksiyasi: yutuqlari va istiqbollari‖ mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman Materiallari.
Toshkent, 2018.
2. Белолипов И.В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной
флоры Средней Азии в Ботаническом саду АН УзССР // Интродукция и акклиматизация
растений: Сб. науч. тр. – Ташкент: БС АН УзССР, 1976.
3. М.Д. Тургунов, В.П. Печеницын, Н.Ю. Бешко, Д.А. Абдуллаев, Уралов А.И.
Биологические особенности редких видов семейства Iridaceae Juss. флоры Узбекистана в
условиях ex situ Acta Biologica Sibirica, 2019, 5(2), P.17-22.
4. Тамахина А.Я., Локьяева Ж.Р. Селекция и культивирование девясила высокого.
Аграрная наука – сельскохозяйственному производству Сибири, Казахстана, Монголии,
Беларуси и Болгарии Сборник научных докладов XX Международной научно-
практической конференции. – Новосибирск, 2017.
5. Акопов И.Э. Важнейших отечественных лекарственных растения и их
применение. – Москва: Медицина, 1986.
6. Ibragimov A.Yu. Shifobaxsh ne‘matlar. – Toshkent: Navro‗z nashriyoti, 2016.
7. To‗xtayev B.Yo., Mahkamov T.X., To‗laganov A.A. Dorivor va ozuqabop o‗simliklar
plantasiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo‗yicha yo‗riqnoma. – Toshkent,
2015.
8. O‗zbekiston tabiati. O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga
bag‗ishlanadi. – Toshkent: Chinor ENK ekologik-nashriyot kompaniyasi, 2011.
9. Тахтаджяна А.П. Жизнь растений. Москва: Просвещение, 1981.
10. Маевский, П.Ф. Флора средней полосы Европейской части России
11. Барыкина Р.П., Веселова Т.Д., Девятов А.Г. и др., Справочник по ботанической
микротехнике (основы и методы). – Москва
12. Горшкова С.Г. Девясил –
Inula L
. Флора СССР. – Т. 25. – Л.: АН СССР, 1959.
13. Ҳожиматов Қ., Оллоѐров М. Ўзбекистоннинг шифобахш ўсимликлари ва
уларни муҳофаза этиш. – Т.: Фан нашриѐти, 1988.
14. Закиров К.З. Растительный покров Узбекистана и пути его рационального
использования. – Ташкент: Фан УзССР, 1984. Том IV.
DORIVOR VALERIANA – VALERIANA OFFICINALIS NING DORIVORLIK
XUSUSIYATLARI
Qozoqboyev Nurbek Sherqoʻzi oʻgʻli
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Biotexnologiya‖ yoʻnalishi talabasi
O‗ralov Abdumannon Iskandarovich
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Biotexnologiya‖ kafedrasi katta – o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Oʻsimlik tarkibida (ildizi va ildizpoyasi tarkibida 0.5-2 % efir moyi va sof
holda izovalerian kislotasi bo‘ladi. Valeriananing efir moyi asosan ingichka ildizlarida,
izovalerian kislota esa yo‘g‘on va qari ildizpoyalarda ko‘proq bo‘ladi. Terpeniol, pinen, kamfen,
azulen, kessil spirit (proazulen), limonen, sof holdagi barneol, izovalerian kislota va boshqa