Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalari)an foydalanish

CC BY f
217-219
432
66
Поделиться
Туранова, И. (2022). Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalari)an foydalanish. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 217–219. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5169
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada asosan oliy ta'lim tizimida innovatsion ta'lim texnologiyalari hususan FLICKERS texnologiyasini qo'llash dars samaradorligini oshirishi haqida filer уuritilgan.

Похожие статьи


background image

217

boʻlmagan kontrast joylarini ishlov berilgan tasvirda ekranning toʻliq dinamik diapazonidan
foydalanish bilan bog'liq bo‘ladi.[6]

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Tojiyev, M. (2021). Image segmentation in open cv and python. Scienceweb academic papers

collection.

2.

Ruzibaev, O., Muhamediyeva, D., & Ismailov, I. (2021, November). Selecting a Suitable

Initial Approximation Of Multi-Component Cross-Diffusion Systems. In 2021 International
Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT) (pp. 1-4).
IEEE.
3.

Kabilovna, M. D., & Shaazizova, M. E. (2021). Neural Network Method For Solving A

Nonlinear Problem Of Cross-Diffusion Task With Variable Density. Annals of the Romanian
Society for Cell Biology, 666-679.
4.

Khasanov, D., & Primqulov, O. (2021, November). Gradient descent in machine learning. In

2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies
(ICISCT) (pp. 1-3). IEEE
5.

Achilovich, Q. O. (2021). Efficiency of Using Smart Technologies in Teaching Technical

Sciences in Higher Educational Institutions. Middle European Scientific Bulletin, 17, 133-137.
6.

Kayumov, O. (2021). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF DEVELOPMENT

AND INTRODUCTION OF INNOVATIVE METHODS IN INCLUSIVE EDUCATION.
Scienceweb academic papers collection.

OLIY TA‘LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Turanova Iroda

Guliston davlat universiteti ―Boshlang‗ich ta`lim metodikasi‖ kafedrasi o‗qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada asosan oliy ta`lim tizimida innovatsion ta`lim

texnologiyalari hususan PLICKERS texnologiyasini qoʻllash dars samaradorligini oshirishi
haqida fikr yuritilgan.

Kalit

soʻzlar:

innovatsion

texnologiyalar,

axborot

texnologiyalari,

ta`limni

texnologiyalashtirish, interfaol uslub, PLICKERS texnologiyasi.

Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot

texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llashga bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan - kunga kuchayib
bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an‘anaviy ta‘limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni
egallashga o‗rgatilgan bo‗lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‗zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o‗rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‗zlari keltirib
chiqarishlariga o‗rgatadi. O‗qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarini –
malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‗qitish metodlari, innovatsion, pedagogik va
axborot texnologiyalarining o‗rni va ahamiyati benihoya kattadir. Ushbu maqsaddan kelib
chiqqan holda oliy ta‘lim jarayonini amalga oshirish, ta‘lim-tarbiya ishlarini yaxshilash,
zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga tatbiq etish,
ilg‗or ish tajribalarini ommalashtirish, jamoatchilik asosida ta‘lim muassasasi o‗rtasidagi
hamkorlikni yuzaga keltirish, uni mustahkamlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Ta‘limni texnologiyalashtirish – bu o‗qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida

ta‘lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‗llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va
qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‗nalishdir.

Ta‘lim texnologiyasi – bu mavjud sharoit va o‗rnatilgan vaqtda belgilangan ta‘limiy

maqsad va ko‗zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta‘minlovchi, muloqot,
axborot, boshqaruv va o‗qitishning eng qulay yo‗l va vositalarining tartibli yig‗indisi (ta‘lim
berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati); bu mavjud yuzaga kelgan ta‘limiy jarayon


background image

218

sub‘yektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta‘lim berish texnologiyasining amaliy-
jarayon jihati) tartibi. Innovatsiya – yangilanishni, o‗zgarishni amalga joriy etish jarayoni va
faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari
va ilg‗or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi
sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalari va doiralarda qo‗llanishini aks
ettiradi.

1

―Innovatsion‖ (yangilik kiritish) ta‘limni o‗ziga xos xususiyatlari:

1. Oldindan ko‗ra bilish, ya‘ni, talabani avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‗qitish emas, balki
uni uzoq kelajakni mo‗ljallashga o‗rgatishdan iborat bo‗lib, talaba ijtimoiy hayot va kasbiy
faoliyatda tahmin qilish, ko‗zlash, modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi
zarur.
2. Talabalarning hamkorlikda ta‘lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan
tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal
etish)da faol ishtirok etishini ta‘minlash.

2

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyatiga

yangilik, o‗zgarishlar kiritish bo‗lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan
foydalaniladi. Interfaol (―Inter‖ - bu o‗zaro, ―act‖ – harakat qilmoq) – o‗zaro harakat qilmoq
yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‗lishni anglatadi.

Bugungi kun o‗qituvchisi universal mutaxassis, ham o‗rgatuvchi, ham o‗rganuvchi

bo‗lishi, ya`ni o‗z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak. O‗qituvchilar
zimmasidagi mas`uliyatli vazifani to‗laqonli uddalash uchun ta`lim va tarbiyaning zamonaviy
usullaridan keng foydalanishga harakat qilish zarur.

3

Dars jarayonlariga axborot komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish talabalarning fan

sirlarini puxta egallashlariga keng yo‗l ochadi.Ularning dunyoqarashini kengaytirib,intellectual
salohiyatini oshiradi.Ana shunday innovatsion texnologiyalardan biri bu PLICKERS dasturidir.

Xorijiy davlatlarda ta`lim tizimiga mazkur dasturning tadbiq etila boshlanganiga ancha

bo‗ldi.O‗qitish jarayonlarida PLICKERS dasturidan foydalanayotgan pedagog sifatida
talabalarning bilim olish samaradorligi yuqorilayotganligining guvohi bo‗ldim.Chunki mazkur
dastur talabaning o‗tilgan mashg‗ulotlar va uyga berilgan vazifalarni chuqur o‗zlashtirishiga
keng imkoniyat yaratadi.Bu dasturning ta`lim jarayoniga tadbiq etilishi har bir talabaning bilim
darajasini sezilarli oshirish barobarida ularning dunyoqarashini kengaytiradi.

Joriy o‗quv yilidan o‗zim faoliyat yuritayotgan ta`lim dargohidagi dars jarayonida

PLICKERS dasturidan foydalana boshladim.Har qanday yangilik qo‗shimcha bilim va mahorat,
sabr-toqat talab etadi.Dastlab qandaydir muammolar tug‗dirgan dastur bugunga kelib
o‗tilayotgan darslarda berilgan bilimlarni mustahkamlash,uyga berilgan topshiriqlarni talabalar
qay darajada tayyorlab kelganligini bir zumda aniqlash imkoninin berayapti.

E`tiborli tomoni shundaki, dastur nihoyatda soda va qulay.Undan foydalangan o‗qituvchi

talabalar auditoriyasi bilan tezkor aloqani amalga oshirishga ega bo‗ladi.

PLICKERS dasturini dars jarayoniga tadbiq etish alohida kompyuter sinfi yoki talabalarni

boshqa jihozlar bilan ta`minlashga ehtiyoj tug‗dirmaydi.Mashg‗ulot o‗qituvchining plansheti
yoki mobil telefoni orqali boshqariladi. Bu o‗quvchilar uchun ham juda qiziqarli. Chunki dars
jarayonida berilgan savollarga kim tez va to‗g‗ri javob topishi kabi o‗yin elementlari paydo
bo‗ladi.

Mazkur dastur bo‗yicha dars o‗tmoqchi bo‗lgan o‗qituvchi smartfon yoki telefoniga

internet tarmog‗idan PLICKERS mobil ilovasini yuklab olishi kerak.Ushbu ilovaning afzalligi
shundaki, o‗qituvchining planshetiga o‗rnatilgan mobil ilova o‗quvchilarga tarqatilgan qog‗oz
kartalaridagi QR ( Quisk Response-inglizcha tezkor javob mazmunini anglatadi) kodlarni
o‗qiydi.O‗qituvchi proyektori bo‗lgan kompyuter orqali o‗quvchilarga savol yo‗llaydi.So‗rov
ohirida uning natijasi ekranda paydo bo‗ladi.

PLICKERS texnologiyasidan foydalangan holda darslarni tashkil etish samarali natijalar

bera boshladi. Mazkur dastur bir vaqtning o‗zida butun guruh talabalarining bilim darajasini
aniqlab, guruhning umumiy o‗zlashtirishini shaffof tarzda, o‗sha daqiqaning o‗zida ekranda


background image

219

namoyon etadi.Bu usul talabalrdakatta taassurot qoldirib,dars jarayonida ularning faolligini
oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Pedagogik texnologiya: muammo va istiqbollar (zamonaviy pedagogik texnologiyaning

ilmiy-nazariy asoslari).Mualliflar guruhi./T.:OO‗MQHTRM, 320-bet;

2.

Ergashev

R.N,Ergasheva

G.M,

Eshonqulova

M.X.

Boshlang‗ich

ta`lim

pedagogikasi,innovatsiya va integratsiyasi.-T.:Toshkent,2021.-119bet;

3.

Ibragimov X.,Abdullayeva Sh.Pedagogika nazariyasi.-T.:‖Fan va texnologiya‖,2008.-225-bet.

RADIOALOQA SIGNALLARI YORDAMIDA BOG‘LANISH TAMOYILLARI

Turdaliyev Mansur Normamatovich

O‗zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali stajyor-tadqiqotchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ishlab chiqarish va masofaviy boshqaruvning ixcham va

samarali boglovchi radio signallar haqida fikr yuritilgan. Signallarni aniqlashda oddiy kuzatuv
va eksperimentlar orqali to‘plangan bilimlar orqali yoritish nazarda tutilgan. Insonlarni o‘zaro
ma‘lumot almashinishida, bo‘glanishda radio signalli texnik qurilmallardan foydalana olish
tehnik xususiyatlari haqida muhim tushunchalarga to‗xtalib o‘tilgan.

Kalit soʻzlar:

Radioaloqa, ratsiya, fazoviy chastota, elektromagnitli signal, raqamli

tizim, korporativ tizim, dupleks.

Radioaloqa signallari yordamida bog‘lanish tamoyillari

Uyali telefonlar foydalanuvchilarga bevosita abonent bilan abonentning boglanishini

ta`minlaydi. Oddiy peyjer esa ma`lumki, bir tomonlama aloqani taklif etadi. Ikki tomonlama
radioaloqa esa bir aloqa seansi davomida ko‘plab abonentlar bilan operativ aloqani, bir kanal
band bo‘lsa navbatdagi bironta band bo‘lmagan yigirma va undan ko‘p aloqa kanallarini aloqa
almashinishni ta`minlaydi. Uyali telefon bir vaqtda bir necha abonentlar bilan aloqa qilish uchun
ammo Peyjing, hatto ikki tomonlamaliligi ham, abonentlar uchun to‘laqonli ravishda ikki
tomonlama aloqani ta`minlay olmaydi.

Radioaloqa (DPR) ayniqsa, quyidagi masalalarni hal etishda juda ham zarurdir:

• Qisqa vaqt (soniya)da, bir kanalda barcha abonentlar uchun doimiy aloqa zarur bo‘lganida,
masalan ishlab-chiqarishdagi ulkan mashinalarning harakatlanish doirasini to‘gri boshqarish yoki
beriladigan buyruqlarni tartibli mexanizmlashtirishda;
• Favqulotda vaziyatda darhol ulanish: jamoatchilik, aholiva davlat xavfsizligi, qutqaruv
xizmatlari, aeroportlarda, portlarda va shu kabilarda;

• Manyovrlar paytida komandalarni tez bajarish kerak bo‘lganida: harbiy va ichki ishlar

idoralarida;

Radioaloqa mobil aloqa xizmati turlariga nisbatan ancha arzon. Uyali telefon aloqasi uchun

ekspluatatsion harajatlar, masalan: ta‘rif va trafik narxi qo‘shimcha kundalik, oylik, yillik
abonentlik to‘lovi bilan belgilanadi. Radioaloqada harajatlar, radiostantsiya va radioaloqa
tarmog‘ini qurishga ishlatiladigan sanoqli (ko‘chma) o‘rnatiladigan detallarni sotib olish va
kanallarni sozlashga ketadi, .
(Mobil telefon va radialoqa) tarmogini solishtirganimizda uzoq muddatli texnologik
amartizatsiya va modernizatsiya harajatlari radioaloqada ancha arzon bo‘lib chiqadi [1].

DPRni guruhlarda ishlatish, foydalanish

DPR bajara oladigan foydalanuvchilarning shunday o‘ziga xos talablari bor bo‘lib, ularni

mobil aloqa boshqa turlari bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ulardan asosiysi – bu harakatdagi
foydalanuvchilar ishlarini boshqarishni ta`minlash uchun guruhli aloqaga talablar. Faoliyat
guruxlarda ish olib borish bilan bog‗liq tashkilotlar mehnat samaradorligini oshirish uchun,
o‘zgaradigan sharoitlarga tezlik bilan moslashish va bajariladigan amallarni soddalashtirish
uchun guruhlarda operativ va ishonchli mobil aloqa bo‘lishidan manfaatdorlar. Bu ayniqsa,
xizmat ko‘rsatish sohasida juda muhimdir. Foydalanuvchilarga har qanday vaqtda va har qanday

Библиографические ссылки

Pedagogik texnologiya: muammo va istiqbollar (zamonaviy pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari).Mualliflar guruhi./T.:OO‘MQHTRM, 320-bet;

Ergashev R.N,Ergasheva G.M, Eshonqulova M.X. Boshlang‘ich ta'lim pedagogikasi.innovatsiya va integratsiyasi. T.:Toshkent,2021.-119bet;

Ibragimov X.,Abdullayeva Sh.Pedagogika nazariyasi.-T.:”Fan va texnologiya”,2008.-225-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов