Kriptorxizmni davolash va tashxislashda endovideolaparoskopiyani ahamiyati

  • Республиканский детский научно-практический центр малоинвазивной и эндоскопической хирургии
  • Республиканский детский научно-практический центр малоинвазивной и эндоскопической хирургии
  • Ташкентская медицинская академия image/svg+xml
  • Ташкентская медицинская академия image/svg+xml
CC BY f
16
0
0
Поделиться
Бердиев, Е., Салимов, Ш., Абдусаматов, Б., & Умаров, К. (2024). Kriptorxizmni davolash va tashxislashda endovideolaparoskopiyani ahamiyati . Первая международная конференция общества детских урологов Узбекистана, 1(1), 16. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/1st-society-pediatric-urology/article/view/29624
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Kriptorxizm o‘g‘il bolalarda urogenital tizimning eng keng tarqalgan anomaliyalaridan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarning xulosalariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan bolalar orasida kasallanish 1,6 dan 9,0% ni tashkil etadi. Ikki va bir tomonlama kriptorxizm bor bolalarning davolanishiga va jarrohlik amaliyotlarini o‘z vaqtida o'tkazilishiga qaramay, bu bemorlarning 40% i bepushtlikdan aziyat chekmoqda. Ishning maqsadi: moyakni abdominal va invaginal turlari bo'lgan bolalarda kriptorxizmni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat


background image

16

1

st

INTERNATIONAL CONFERENCE OF THE USPU

KRIPTORXIZMNI DAVOLASH VA TASHXISLASHDA

ENDOVIDEOLAPAROSKOPIYANI AHAMIYATI

Berdiyev E.A., Salimov Sh.T., Abdusamatov B.Z., Umarov Q.M.

Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent, OZbekiston

Kirish.

Kriptorxizm o‘g‘il bolalarda urogenital tizimning eng keng tarqalgan anomaliyalaridan biri

hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarning xulosalariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan bolalar orasida kasallanish 1,6
dan 9,0% ni tashkil etadi. Ikki va bir tomonlama kriptorxizm bor bolalarning davolanishiga va

jarrohlik amaliyotlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishiga qaramay, bu bemorlarning 40% i bepushtlikdan
aziyat chekmoqda. Ishning maqsadi: moyakni abdominal va invaginal turlari bo‘lgan bolalarda
kriptorxizmni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat

Material va uslublar.

Respublika bolalar minimal invaziv va endovizual jarrohligi ilmiy- amaliy

markazi tomonidan 2016-2022 yillarga mo‘ljallangan klinik materiallar tahlil qilindi va ular soni 107
nafar bolalarni tashkil etadi. Bemorlarning yoshi 2 yoshdan 15 yoshgacha. Ulardan 48 nafarida

moyaklarni abdominal turi, 59 nafarida esa bemorda esa invaginal turlari borligi aniqlandi.

Natija.

Barcha bolalar bir vaqtning o‘zida endovideolaparoskopik orxiopeksiya jarrohlik amaliyoti

bajarilgan. Operatsiya quyidagi bosqichlardan iborat edi: tutilish darajasini aniqlash uchun
diagnostik laparoskopiya, moyak va uning tomirlarini vizual baholash, parietal qorin pardaning
ichki invaginal halqa atrofida chegaralangan mobilizatsiyasi, tomirlar to‘plami va ductus deferens ni

mobilizatsiya qilish, Gunter shnurini kesish, yorg‘oq tubiga tunel hosil qilish, moyak yorg‘oq tubiga
fiksatsiya qilishdan iboratdir.

Xulosa.

Tezkor va uzoq muddatli natijalarning qiyosiy tahlili, jumladan, klinik, ultratovush va

Doppler ultratovush tekshiruvi moyak o‘lchamlarni nazorat qilish, kriptorxizmni abdominal shakli
va invaginal turlarini davolash endovideolaparoskopik texnologiyalardan foydalanish tanlov usuli

ekanligini ko‘'rsatdi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Фахритдинова, А. Р., Рашидов, З. Р., Бабажанов, Ф. К., & Болтаева, Н. Н. (2016).

Диагностическая ценность компьютерной томографии при туберкулезном
спондилите. Молодой ученый, (3), 323-329.

2.

Abdullaev, Z., Agzamkhodjaev, S., Chung, J. M., & Lee, S. D. (2021). Risk factors for fistula

recurrence after urethrocutaneous fistulectomy in children with hypospadias. Turkish
Journal of Urology, 47(3), 237.

3.

Bondarenko, S. G., Agzamkhodjaev, S. T., Boyko, A. V., & Kuzovleva, G. I. (2022). The shape
of the kidney pelvis in the fetus with hydronephrosis grade III as a predictor of surgical
treatment in postnatal period. Russian Journal of Pediatric Surgery, Anesthesia and Intensive

Care, 12(4), 419-428.

Библиографические ссылки

Фахритдинова, А. Р., Рашидов, 3. Р., Бабажанов, Ф. К., & Болтаева, Н. Н. (2016). Диагностическая ценность компьютерной томографии при туберкулезном спондилите. Молодой ученый, (3), 323-329.

Abdullaev, Z., Agzamkhodjaev, S., Chung, J. M., & Lee, S. D. (2021). Risk factors for fistula recurrence after urethrocutaneous fistulectomy in children with hypospadias. Turkish Journal of Urology, 47(3), 237.

Bondarenko, S. G., Agzamkhodjaev, S. T., Boyko, A. V., & Kuzovleva, G. I. (2022). The shape of the kidney pelvis in the fetus with hydronephrosis grade III as a predictor of surgical treatment in postnatal period. Russian Journal of Pediatric Surgery, Anesthesia and Intensive Care, 12(4), 419-428.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов