11-12 JANUARY 2024, TASHKENT, UZBEKISTAN
17
VARIKOTSELENI DAVOLASH VA DIAGNOSTIKASIDA
ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR
Berdiyev E.A., Salimov Sh.T., Abdusamatov B.Z., Umarov Q.M.
Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Tashkent, OZbekiston
Kirish.
So‘nggi yillarda varikotseleni diagnostika va davolashi bilan bog‘liq turli xil muammolarni
ilmiy jihatidan o‘rganilib kelinmoqda. Kattalardagi varikotseleni tashxislash va davolash usullari
juda yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, lekin bolalar va o‘smirlardagi varikotselega bag‘ishlangan ilmiy
izlanishlar juda sayoz darajadadir.
Material va usullar.
Respublika Bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy
markazida 2016 - 2022 yillar maobayinida davolangan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 78 nafar
o‘g‘il bolalar tashkil etdi. Barcha bemorlarda chap tomonlama varikotsele 2-3 darajasi tashxisi bilan
davolanish uchun yotqizilgan. Tashxis anamnez, manual ko‘rik va tekshirish va yorg‘oqni
ultratovush tekshiruvi va doppler sonografiyasi bilan amalga oshirildi. Ulardan 30 nafar bemorlarga
Ivanissevich usulida operasiya qilingan, 48 nafar bemorlarga moyak arteriyasi va venasini
laparoskopik bog‘lash amalga oshirilgan. Operasiyalar rejalashtirilgan tarzda amalga oshirildi.
Natija va muhokamalar.
Endovideolaparoskopik jarrohlikdan so‘ng bemorlarni reabilitasiya
qilish muddati 3-4 kunni tashkil etdi. Operasiya qilingan bemorlar orasida faqat Ivanissevich
usulida operasiyasi o‘tkazilgan 7 nafar o‘smirlarda varikotselening qaytalanishi kuzatildi.
Endovideolaparoskopik jarrohlik o‘tkazilgan bemorlarda varikotseleni qaytalanishi kuzatilmadi.
Ivanissevich usuli yordamida operasiya vaqti o‘rtacha 7-10 minut tashkil etsa,
endovideolaparoskopik jarrohlik amaliyoti - 10-15 minut tashkil etdi. Endovideolaparoskopik
jarrohlik amaliyoti paytida 3 nafar bemorda invaginal churra borligi aniqlangan va bir vaqtning
o‘zida endovideolaparoskopik gernioplastika amaliyoti bajarilgan.
Xulosa.
O‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslanib, bolalar jarrohligi amaliyotida varikotseleni eng
samarali va muvaffaqiyatli jarrohlik davolash usuli bu endovideolaparoskopik jarrohlik usuli
ekanligi aniqlandi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Хакимов, М. А., З. Р. Рашидов, and Р. Т. Нигманов. "Мочеполовой туберкулез-
особенности клинических проявлений у ВИЧ-инфицированных больных." Туберкулез
и болезни легких 88.5 (2011): 208-208.
2.
Agzamkhodjaev, S. T., Abdullaev, Z. B., Terebaev, B. A., & Nosirov, A. А. (2019).
STRUCTURAL CHANGES OF URETEROPELVIC JUNCTION IN CHILDREN WITH
CONGENITAL HYDRONEPHROSIS. Central Asian Journal of Pediatrics, 2(1), 169-171.