www.sci-p.uz
III SON. 2025
595
XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH MEXANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
Abduvoxidova Mohinur
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ORCID: 0009-0004-1137-8460
Annotatsiya.
Mazkur tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish
mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va uslubiy
asoslari chuqur o‘rganiladi. Xususan,
xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan kadrlarni shakllantirish zarurati hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish
omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot d
avomida xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning milliy sharoitga
moslashtirilgan modellar asosida qo‘llash imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, xizmat
ko‘rsatish yo‘nalishida malaka oshirish tizimini isloh qilish, kasbiy kompetensiyani baholash
mezonlari
va innovatsion yondashuvlar asosida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha
nazariy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi inson kapitalini
rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
xizmat ko‘rsatish sohasi, kadrlar salohiyati, malaka oshirish, nazariy
-uslubiy
asoslar, kasbiy kompetensiya, innovatsion yondashuv, inson kapitali, mehnat resurslari, kadrlar
tayyorlash tizimi.
ТЕОРЕТИКО
-
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ
ПОВЫШЕНИЯ КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА В СФЕРЕ УСЛУГ
Абдувохидов
a
Мохинур
Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова
Аннотация.
В данном исследовании глубоко изучаются теоретические и
методологические основы совершенствования механизмов повышения кадрового
потенциала в сфере услуг. В частности, анализируются особенности системы
обслуживания, необходимость формирования кадров, обладающих современными
знаниями и навыками, а также факторы эффективного использования трудовых
ресурсов. В ходе исследования был изучен зарубежный опыт и определены возможности
их применения на основе моделей, адаптированных к национальным условиям. Также
выдвигаются теоретические предложения по реформированию системы повышения
квалификации в сфере услуг, разработке эффективных механизмов на основе критериев
оценки профессиональной компетентности и инновационных подходов. Результаты
исследования имеют важное научно
-
практическое значение в развитии человеческого
капитала и подготовке конкурентоспособных кадров в сфере услуг.
Ключевые слова:
сфера услуг, кадровый потенциал, повышение квалификации,
теоретико
-
методологические основы, профессиональная компетенция, инновационный
подход, человеческий капитал, трудовые ресурсы, система подготовки кадров.
UOʻK:
330.566.622
595-603
www.sci-p.uz
III SON. 2025
596
THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE
MECHANISMS FOR INCREASING PERSONNEL POTENTIAL IN THE SERVICE SECTOR
Abduvokhidova Mokhinur
Samarkand State University named after Sharof Rashidov
Abstract.
In this study, the theoretical and methodological foundations of improving the
mechanisms for increasing personnel potential in the service sector are deeply studied. In
particular, the specific features of the service system, the need to form personnel with modern
knowledge and skills, and the factors of effective use of labor resources are analyzed. In the course
of the research, foreign experience was studied, and the possibilities of its application based on
models adapted to national conditions were determined. Also, theoretical proposals are put
forward for reforming the professional development system in the service sector, developing
effective mechanisms based on criteria for assessing professional competence and innovative
approaches. The research results have important scientific and practical significance in the
development of human capital and the training of competitive personnel in the service sector.
Keywords:
service sector, personnel potential, professional development, theoretical and
methodological foundations, professional competence, innovative approach, human capital, labor
resources, personnel training system.
Kirish.
Inson iste’moli uchun zarur bo‘lgan noz
-
ne’matlarning deyarli hammasi inson mehnati
tufayli, uning aqlu-
zakovati vositasida yaratiladi. Iqtisodiyotda band bo‘lganlarning faoliyati,
maqsad va intilishlari jamiyat manfaatlariga mos kelgan taqdirdagina, mehnatga layoqatli har
bir kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda faol, samara bilan, astoydil ishtirok etgandagina, jamiyat
oldida qo‘yilgan har qanday murakkab vazifalarni hal etish mumkin.
Xizmat ko‘rsatish sohasi o‘z mohiyatiga ko‘ra inson bilan bevosita muloqot va muomala
asosida shakllanadigan, yuqori darajadagi kasbiy madaniyat, til va psixologik tayyorgarlikni
talab qiladigan yo‘nalishlardan biridir. Shu bois, ushbu sohada faoliyat yurituvchi kadrlarning
kasbiy salohiyati, bilim va ko‘nikmalari, xizmat ko‘rsatish madaniyati va kommunikativ
kompetensiyasi yuqori bo‘lishi shart. Aks holda, iste’molchila
rning talab va ehtiyojlariga mos
ravishda xizmat ko‘rsatish darajasiga erishish qiyin bo‘ladi. Bu esa, bevosita xizmat ko‘rsatish
korxonalari va umuman iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish
asosida aholi bandligini oshirish, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida bandlikdan
olinadigan daromadlarni aholi daromadlarining asosiy manbaiga hamda uning turmush
darajasini shakllantirishning muhim omiliga aylantirish imkoniyatlarini ishlab chiqishni talab
etadi. Ushbu muammoning dolzarbligi va o‘ta muhimligi mamlakat taraqqiyotining hozirgi
bosqichida ishga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash zaruriyati, mehnat bozorida talab va
taklif o‘r
tasida nomutanosiblikning saqlanib turganligi bilan belgilanadi. Mehnatga layoqatli
har bir kishining ijtimoiy ishlab chiqarishda, turlituman noz-
ne’matlar yaratishda faol ishtirok
etishini to‘la ta’minlay olgan, aholi faolligini oshirishning samarali mexa
nizmlarini yaratib,
ulardan iqtisodiy yuksalishning amaliy vazifalarini hal etishda unumli foydalana olgan
jamiyatgina taraqqiyotga yuz tutadi, o‘z xalqining farovon hayot kechirishiga erishadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasining qam
rovi kengayib, turli
yo‘nalishlarda —
savdo, transport, turizm, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, moliya,
sog‘liqni saqlash, ta’lim, maishiy xizmatlar kabi yo‘nalishlarda yuksalish kuzatilmoqda. Shu
bilan birga, sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi, mehnat bozori
talablariga mosligi, malaka oshirish tizimining takomillashuvi va innovatsion
yondashuvlarning amaliyotda yetarlicha qo‘llanilmasligi kabi bir qator muammolar mavjud.
Bunday sharoitda xizmat ko‘rsatish sohasi uchun zarur bo‘lgan kadrlar salohiyatini oshirish,
www.sci-p.uz
III SON. 2025
597
ularning malaka va kompetensiyasini doimiy rivojlantirib borish, zamonaviy kasb-
hunar ta’limi
va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Jahon ta
jribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, rivojlangan davlatlar xizmat ko‘rsatish
sohasida mehnat qiluvchi kadrlarning salohiyatini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratib
kelmoqda. Bu borada Germaniya, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlarda xizmatlar
sektori uchun maxsus malaka standartlari, modular o‘quv dasturlari, xizmat ko‘rsatish
madaniyati va etiketiga oid uzluksiz treninglar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, mijoz bilan
ishlash psixologiyasi, xizmat sifati menejmenti, raqamli texnologiyalarni q
o‘llash bo‘yicha
doimiy ravishda kadrlar tayyorlash va ularni qayta o‘qitish amaliyoti keng qo‘llaniladi. Bunday
ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish orqali soha
samaradorligini oshirish mumkin (Report, 2023).
Tahlil
lar shuni ko‘rsatadiki, xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish faqat
ularni malakali o‘qitish yoki attestatsiyadan o‘tkazish bilan cheklanib qolmasligi kerak. Bu
jarayon kompleks yondashuvni tizimli ravishda professional o‘sish, kasbiy r
ivojlanish,
motivatsiya tizimi, mehnatga rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya mexanizmlari, mehnat
sharoitlarini yaxshilash kabi omillarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish
sohasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olib, unga xos bo‘
lgan malaka mezonlari va baholash
indikatorlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, uni zamonaviy
texnologiyalar asosida tashkil etish, aholiga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish
borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin mavjud holat xizmat ko‘rsatish tizimi
uchun kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish mexanizmlarini chuqur tahlil qilish,
zamonaviy yondashuvlar aso
sida takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, hozirda
mavjud ta’lim dasturlarining amaliyotga yaqinligi, zamonaviy texnologiyalarga mosligi, xizmat
ko‘rsatish sohasidagi yangi kompetensiyalarni shakllantirish darajasi qoniqarli emas.
Mazkur tadqiqot aynan mana shu ehtiyoj va mavjud muammolardan kelib chiqqan holda,
xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish mexanizmlarining nazariy va uslubiy
asoslarini ilmiy jihatdan o‘rganishni, ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilishni hamda u
larni milliy
amaliyotga moslashtirish orqali takomillashtirilgan yondashuvlar ishlab chiqishni maqsad
qilgan. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi inson kapitalini rivojlantirish,
zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan kadrlarni shaklla
ntirish, malaka oshirish
tizimini innovatsion asosda tashkil qilishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodchi olimlar Rindermann, Seylar va Tompsonlar (2009) o‘zlarining tadqiqotlarida
ijtimoiy
taraqqiyotning omillariga e’tibor qaratib, unda aql va bilimga asoslangan omilni
alohida tadqiq etishgan. Ularning xulosalariga ko‘ra xalqning (IQ
-intelligence quotient -
intellekt darajasi) intellekt darajasi koeffitsienti bir punktga oshishi YaIMning kishi boshiga
229 AQSh dollarga oshishini asoslab bergan. Demak, mamlakatda tayyorlanayotgan kadrlar
jarayoniga katta e’tibor berish lozim.
Shvandara (2006) xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsion faoliyat –
bu bozorda
sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan xizmatni yaratish uchun ilmiytexnikaviy faoliyat
natijalaridan amaliy foydalanish. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsion faoliyat bozorga
sifat jihatidan yangi yoki takomillashtirilgan xizmatlarni taqdim etish orqali o‘zini namoyon
qilishi mumkin. O
‘z navbatida, bu nafaqat sifat jihatidan yangi xizmat, balki xizmat
ko‘rsatishning tubdan yangi xususiyatlari ham bo‘lishi mumkin deb keltirgan
Xolmo’minov (2018) radrlar ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni hamda ular o‘rtasidagi
nisbatni hozirgi va k
elajakdagi holatini o‘rganibgina qolmasdan, aholining ish bilan bandligini
tartibga soluvchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida ham xizmat qiladi. Uning yordamida zarur
axborotlarni to‘plash va tahlil qilish bilan birga, mehnat bozori kon’yunkturasini o‘r
ganish,
www.sci-p.uz
III SON. 2025
598
zarur mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni aniqlash va ularni tayyorlash hamda malakasini
oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda keng miqyosda faoliyatini olib borish
imkoniyatlariga ega bo‘ladi deb keltirgan
Urunbayeva (2024) “Xizmat ko‘rsatish” iqtisodiy terminiga ta’rif olimlarimiz o‘rtasida
turli qaralganligini inobatga olib, ushbu tushunchani nazariy jihatdan tadqiq qilgan holda,
uning ta’rifi takomillashtirildi va quyidagicha ifodalash tavsiya qilindi: Xizmat ko‘rsatish –
bu
aholi har bir qatlamining (ehtiyoj sezganda) moddiy-
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan faoliyatdir. Turmush darajasining yuksalishi aholining
mehnat va ijtimoiy faoliyatini kuchaytiradi, ishlab chiqarishda inson omilining roli va ahamiyati
tobora kuchayib boradi. Xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarini modernizatsiyalash va yangidan
jihozlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash asosida sifatni oshirish, assortimentni kengaytirish
va hajmni ko‘paytirish aholi ehtiyojlarini to‘liqro
q qondirishning muhim sharti hisoblanadi.
Mardonov (2020) O‘zbekistonda kadrlar muammosi va salohiyati iqtisodiy islohotlarning
asosiy negizini tashkil qiladi. Ular iqtisodiyotning barcha sohalarida asosiy omil sifatida
ishtirok etadi, ya’ni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi texnika va
texnologiyalar kiritilgan bo‘lsa
-
yu, uni amalga oshiradigan malakali mutaxassislar bo‘lmasa,
iqtisodiy samaradorlikni oshirib bo‘lmaydi. Xizmat ko‘rsatish sohasida aylanma mablag‘larning
tez aylanishi, ushbu sohada tadbirkorlikni rivojlanishi ishlab chiqarish sohasiga qaraganda
oson kechishi, doimo xizmatlarga extiyojning paydo bo‘lishi kabi xususiyatlari sohani milliy
iqtisodiyotda jadal rivojlanishiga imkon beradi deb hisoblaydi.
To’rabekov (2025) bugungi global iqtisodiy sharoitda aholi bandligini ta’minlash masalasi
barcha davlatlar uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, xizmatlar sohasi
so‘nggi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida strategik tarmoq sifatida
shakllanib, mehnat bozoridagi muammolarni hal etishda muhim ijtimoiyiqtisodiy vazifani
bajarmoqda. Xizmatlar sohasi nafaqat ish o‘rinlari yaratish, balki inson kapitalining samarali
faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, raqobatbardosh iqtisodiyot barpo etish va
fuqarolar turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish
mexanizmlarini chuqur tahlil qilish uchun kompleks yondashuvlar qo‘llanildi. Birinchid
an,
mavzuga oid ilmiy nazariyalar, strategik hujjatlar va xorijiy tajribalar ilmiy-abstrakt va
kontseptual tahlil asosida umumlashtirildi. Ikkinchidan, sistemali va funksional tahlil orqali
kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimining mavjud holati baholandi. Uchinchidan,
taqqoslama metod asosida rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilib, milliy sharoitga mos
takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot davomida shuningdek mantiqiy tahlil, empirik kuzatuvlar va
mavjud statistik ma’lumotlardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasi tobora muhim ahamiyat kasb etib
bormoqda. Mavjud statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu soha mamlakat yalpi ichki
mahsulotining qariyb 35 foizini tashkil etmoqda, aholi bandligining esa 48 foizga yaqini aynan
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat olib bormoqda. Xususan, savdo, transport, turizm,
maishiy xizmatlar, axborot texnologiyalari, moliyaviy xizmatlar kabi yo‘nalishlarda xizmatlar
qamrovi kengayib, mazkur sohada raqobat
kuchaymoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xizmat sifatini
oshirish, mijozlar ehtiyojini qondirish va xalqaro standartlarga mos xizmatlar ko‘rsatish
imkonini beruvchi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda.
World Bank (2024)
hisobotiga ko‘ra,
O‘zbekistonda xizmatlar sektorida quyidagi asosiy
muammolar mavjud: Ishchi kuchining 60% i past malakali sohalarda (chakana savdo,
transport, mehmonxona xizmatlari) ishlaydi, bu esa produktivlik past bo‘lishiga sabab
bo‘lmoqda. Global innovator xizmatlari
(IT, consultatsiya, professional xizmatlar) faqat ishchi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
599
o‘rinlarning taqriban 4–5% ini tashkil etadi, lekin YAIMga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Tijorat
bilan shugullanadiganlarga, logistika va axborot xizmatlari raqobatga qarshi cheklovlar,
infratuzilma m
uammolari va ma’lumotlarning mahalliy saqlanishi talablaridan aziyat
chekmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sohaning barqaror o‘sish sur’atlari mavjud bo‘lsa
-da, xizmat
ko‘rsatish korxonalarining aksariyatida kadrlar salohiyatining yetarli emasligi muhim
muammo bo‘lib qolmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatish
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarning katta qismi nazariy jihatdan tayyorlangan
bo‘lsa
-
da, amaliy ko‘nikmalar yetishmaydi.
Bu holatni quyidagi faktlar bilan asoslash mumkin:
−
Ko‘plab xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan olib borilgan ichki audit natijalariga
ko‘ra, yangi ishga qabul qilingan xodimlarning 60 foizdan ortig‘i dastlabki 3 oy ichida qayta
o‘qitish yoki amaliy treninglardan o‘tkazishni talab
qiladi.
−
Malaka oshirish kurslarining aksariyati yillik reja asosida o‘tkaziladi, ammo bu kurslar
mazmuni amaliyotga mos emas va interaktiv yondashuvdan yiroq.
−
Kadrlar tayyorlash tizimida xizmat ko‘rsatish madaniyati, kommunikativ
kompetensiyalar, mijozlar bilan ishlash psixologiyasi, xizmat sifati menejmenti kabi
yo‘nalishlar yetarlicha qamrab olinmagan.
Shuningdek, xorijiy tajriba tahlili ham kadrlar salohiyatini oshirishda tizimli va
zamonaviy yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, Singapurda xizmat ko‘rsatish sohasi
uchun mo‘ljallangan
“
SkillsFuture”
dasturi orqali har bir xodimga davlat tomonidan taqdim
etilgan imtiyozlar asosida o‘qish, qayta tayyorlanish va malaka oshirish imkoniyati yaratilgan.
Bu tizim orqali nafaqat malaka darajasi oshiriladi, balki xodimning kasbiy motivatsiyasi ham
rag‘batlantiriladi.
Germaniyada esa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun
maxsus kasb-hunar akademiyalari faoliyat yuritadi. U yerda har yili ishchi kuchi tarkibi mehnat
bozor
ining real ehtiyojlariga mos ravishda o‘rganilib, o‘quv dasturlar muntazam yangilanadi.
Bunday tizim O‘zbekiston sharoitida hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, mavjud o‘quv kurslari
aksariyat hollarda eskirgan standartlarga asoslanadi.
Xizmatlar sohasini riv
ojlantirish orqali aholi bandligini oshirishda ta’lim, raqamlashtirish
va bozorga mos kadrlar tayyorlash asosiy drayverlar hisoblanadi. Jadvaldan
ko‘rinib
turibdiki,
rivojlangan va yuqori iqtisodiy
o‘sishga ega davlatlar:
1.
Inson kapitalini amaliyotga yaqinlashtirgan (Germaniya),
2.
Raqamli xizmatlarni ijtimoiy inklyuzivlik bilan
bog‘lagan
(Janubiy Koreya),
3.
Kasbiy malaka bilan tezkor bozor moslashuvini
ta’minlagan
(Hindiston).
Ushbu mexanizmlar O‘zbekistonda xizmatlar sektori orqali faqat ish o‘rinlarining sonini
emas, balki sifatini ham oshirishda, mehnat unumdorligini kuchaytirishda, va ijtimoiy tenglikni
ta’minlashda keng qo‘llash mumkin.
1-jadval
2020
–
2024-
yillarda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi, band
aholidagi hissasi
va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi
dinamikasi
Yillar
YaIMda xizmatlar ulushi
(%)
Band aholi sonida
xizmatlarning
ulushi (%)
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi,
ming so‘m
2020
41,6
43,5
6 423,1
2021
41,8
44,7
8 145,1
2022
44,2
46,3
10 292,0
2023
46,2
47,0
17 845,7
2024
47,4
47,2
22 017,6
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
shakllantirildi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
600
Ushbu ko‘rsatkichlar xizmatlar sohasining nafaqat yangi ish o‘rinlari
yaratishi, balki
mehnat bozorida gender va yoshlar inklyuzivligini ta’minlashdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
Ayniqsa aholi jon boshiga xizmatlar hajmida kuzatilayotgan o‘sish alohida
e’tiborga
loyiq. 2020-
yilda ushbu
ko‘rsatkich
6 423,1 ming
so‘mni
tashkil
etgan bo‘lsa,
2024-yilga kelib 22 017,6 ming
so‘mgacha
ortgan,
ya’ni
3,4 barobarga oshgan.
Bunday o‘sish xizmatlar tarmog‘iga kapital kirib
kelishi, raqamli iqtisodiyot elementlarining joriy etilishi, davlat tomonidan kichik va o‘rta
biznesni qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ijtimoiy
-iqtisodiy dasturlar bilan
bevosita bog‘liq. Xususan, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, mikrofinans va startaplarni
qo‘llab
-quvvatlash dasturlari natijasida xizmatlar sohasi ish
o‘rinlarin
ing nafaqat soni, balki
sifati jihatdan ham o‘sishga erishmoqda, deb hisoblaymiz. Ushbu tendensiyalar shuni
ko‘rsatmoqdaki, xizmatlar sohasi O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi hamda
aholi bandligini diversifikatsiya qiluvchi muhim sektorga aylanmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotida bandlikning tarmoqlar bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlari milliy
mehnat bozori dinamikasini baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkichlar mamlakatda kadrlar salohiyati, sohaga investitsiya jal
b qilinishi, hududiy
rivojlanish va iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 2
-jadval
ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–
2023-
yillar davomida O‘zbekistonda xizmatlar sektoridagi bandlik
izchil o‘sib borgan va bu ko‘rsatkich 2023
-yi
lda 7 447,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, bu
2020-
yilga nisbatan 110%ga o‘sishni anglatadi. Xizmatlar sohasidagi bandlikning o‘sishi aholi
uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, kichik va o‘rta biznes faoliyatini kengaytirish, hamda
raqamli iqtisodiyot
ning kengayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nnggi yillarda sanoat sektorida ham sezlirli o‘zgarishlar
kuzatilgan. Jumladan, qurilish sohasida bandlik 2020-yildagi 1 305,6 ming kishidan 2023-
yilda 1 502,2 ming kishigacha o
rtgan bo‘lib, 115% o‘sish kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda
infratuzilmaviy loyihalar va shaharsozlik jarayonlarining faollashganidan dalolat beradi. Shu
bilan birga, tosh-kon sanoatida sezilarli pasayish qayd etilgan
—
2020-yilda 92,5 ming kishi
bo‘lgan bo‘lsa, 2023
-
yilda 58,9 ming kishiga tushgan. Bu 36,4%lik kamayishni ko‘rsatadi va bu
sohada avtomatlashtirish, ixtisoslashgan texnologiyalar va resurs sarfining qisqarishi bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agrar sektorda esa kamayish mavjud bo‘lib, 2020
-yildagi 3 499,2 ming
kishi 2023-
yilda 3 344,0 ming kishiga tushgan, ya’ni 95,6% darajada qolgan (Turabekov, 2025).
Xizmatlar sohasi jadal raqamlashmoqda, lekin O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida
xizmatlar sohasi uchun zarur kadrlar (IT, biznes-analitika, elektron logistika, raqamli
marketing)ni tayyorlash yetarli emas. 2024-yilda IT sohasida ishga qabul qilinganlarning 65%i
mustaqil o‘rgangan yoki qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan bo‘lib, akademik
tayyorgarlikka ega emas (UNDP, 2023). Bu ta’lim tizimi bilan mehnat bozori o‘rtasidagi
uzilishni ko‘rsatadi.
2-jadval
O‘zbekiston bo‘yicha milliy ko‘rsatkichlari
Xizmat turi
2024-yil
2025-yil
O‘sish sur’ati
Aloqa va axborotlashtirish
317,6 mlrd
407,1 mlrd
+18,9 %
Moliyaviy xizmatlar
1 190,1 mlrd
1 603,1 mlrd
+30,5 %
Transport
1 401,6 mlrd
1 727,2 mlrd
+9,0 %
Yashash va ovqatlanish
2 248,4 mlrd
2 696,4 mlrd
+6,6 %
Savdo
1 759,0 mlrd
2 017,5 mlrd
+9,1 %
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
shakllantirildi.
2024-
yilgi rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibida
xizmatlar sohasi yetakchi sektor sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
Xususan, xizmatlar sohasi yalpi ichki mahsulot (YAIM) tarkibidagi ulushi 47,4 foizga yetdi. Bu
www.sci-p.uz
III SON. 2025
601
ko‘rsatkich 2023
-yildagi 46,2 foizlik ulushga nisbatan ijobiy dinamikani aks ettiradi va
xizmatlar sohasining iqtisodiy o‘sish drayveriga aylanganini ko‘rsatadi.
Xizmatlar sohasi hajmi 2024-yil
yakuniga kelib 657 trillion 348,5 milliard so‘mni tashkil
etdi. Bu raqam nafaqat sektorning keng qamrovli iqtisodiy salohiyatini, balki xizmatlar turining
doimiy diversifikatsiyalashib borayotganini ham anglatadi. Bu hajmda savdo, transport, moliya,
axborot-
aloqa, turizm, ijtimoiy va maishiy xizmatlar kabi yo‘nalishlar yetakchilik qilmoqda.
Ayni paytda, sektor ichidagi ayrim tarmoqlarning keskin o‘sish sur’atlari iqtisodiyotda
muayyan tarkibiy siljishlar yuz berayotganini ko‘rsatmoqda.
Eng katta o‘sish moli
yaviy xizmatlar sohasida qayd etilib, 2025-yilning dastlabki uch
oyida bu yo‘nalishdagi xizmatlar hajmi 1 603,1 milliard so‘mga yetdi. Bu 2024
-yilning shu
davriga nisbatan 30,5 foizlik o‘sishni tashkil etdi. Ushbu o‘sish bank sektori tomonidan joriy
etilga
n innovatsion mahsulotlar, mobil banking va elektron to‘lov tizimlarining kengayishi,
shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha aholining savodxonligi oshgani bilan
bog‘liq. Shu bilan birga, fintex kompaniyalari va raqamli moliyalashtirish vo
sitalarining
ommalashuvi ham mazkur sektordagi faollikni kuchaytirdi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida ham yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi. 2024
-yilning
shu davrida 317,6 milliard so‘mni tashkil etgan bu tarmoqdagi xizmatlar hajmi 2025
-yil
birinchi
choragida 407,1 milliard so‘mga yetib, 18,9 foizga oshdi. Bunga davlat tomonidan
amalga oshirilayotgan raqamlashtirish siyosati, keng polosali internet infratuzilmasining
rivojlanishi va IT-
xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishi asosiy turtki bo‘ldi. Axboro
t
texnologiyalari sohasidagi islohotlar, masofaviy xizmatlar, elektron hukumat va raqamli savdo
tizimlarining kengayishi bu o‘sishni qo‘llab
-quvvatladi.
Transport xizmatlari ham barqaror o‘sishni namoyon etdi. Ushbu yo‘nalishda xizmatlar
hajmi 1 727,2 mill
iard so‘mni tashkil etib, 2024
-yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi.
Transport infratuzilmasiga kiritilayotgan investitsiyalar, xalqaro logistika yo‘nalishlarining
faollashuvi hamda ichki yuk tashish va yo‘lovchi tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj
ning ortishi
mazkur tarmoqda o‘sishni ta’minlagan omillar sirasiga kiradi.
Yashash va ovqatlanish xizmatlari esa 2 696,4 milliard so‘mga yetib, 6,6 foizlik o‘sish
sur’atini qayd etdi. Bu tarmoqdagi o‘sish, asosan, turizm sektorining jonlanishi, urbanizatsi
ya
jarayonlari, mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga bo‘lgan talabning ortishi
bilan bog‘liq. Davlat tomonidan mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘llab
-
quvvatlash mexanizmlari va turizm sohasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
2025-
yilning birinchi choragidagi bozor xizmatlari turlaridagi o‘sish mamlakatda
xizmatlar iqtisodiyoti bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganini anglatadi. Har bir
yo‘nalishda texnologik yangilanish, xizmat sifati, iste’molchilarga yo‘naltirilganlik va
innovatsiyalar asosiy rivojlanish omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bois, xizmatlar sohasini
yanada takomillashtirishda kadrlar salohiyatini oshirish, muqobil moliyalashtirish manbalarini
jalb qilish va raqamli xizmatlar ta
rmog‘ini kengaytirish strategik ahamiyat kasb etadi.
Barkamol avlodni tarbiyalash va ishchi kuchi sifatini oshirish mamlakatimiz ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonning
xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘
rni, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning
ichki hamda tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligi birinchi galda ishchi kuchi sifati bilan
belgilanadi. Ishchi kuchi sifatini oshirishda ta’lim xizmatlarining roli oshib borayotgani
kuzatilmoqda. Keyingi paytlarda inson kapitali, ishchi kuchi sifati muammolariga va ularning
samarali yechimlarini izlab topishga butun dunyo, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlar tomonidan katta e’tibor qaratilayotgani ham bejiz emas.
Rivojlangan mamla
katlarda ta’lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi –
moddiy-
texnika bazaga, 20 foizi
–
axborot resurslariga, 64 foizi
–
inson omiliga bog‘liq. Iqtisodiy
adabiyotlarda ham bu masalalar e’tirof etilmoqda. Globallashuv jarayonlari va jahon bozoridagi
o‘ta
keskin raqobat barcha kompaniya va firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishni,
www.sci-p.uz
III SON. 2025
602
personalning yuqori malakaga ega bo‘lishini talab etmoqda. Hozirgi paytda AQShda yuqori
malakaga ega ishchilar jami ishchilarning 45 foizini, Germaniyada esa 55 foizini tashkil etadi
(Kushnir, 2023).
Shunga qaramasdan kompaniyalar va firmalar ishchi kuchi sifatini oshirishga va kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirishga bo‘lgan e’tiborini susaytirmaydi. Xizmat ko‘rsatish
sohasi tarmoqlari tizimining aholi turmush darajasi
ga ta’sirini o‘rganish maqsadida amalga
oshirgan nazariy tadqiqotlarimiz bu sohada bir qator muhim vazifalarni belgilab olish
imkoniyatini berdi:
–
xizmat ko‘rsatish sohasi, uning ayrim tarmoqlari va aholi turmush darajasi hamda sifati
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochishga doir chuqur va keng qamrovli ilmiy
-tadqiqotlar olib
borilishi lozim. Ushbu vazifani bajarish xizmat ko‘rsatish sohasi va uning ayrim tarmoqlariga
makroiqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan aholi turmushini ko‘tarish imkoniyatlarini
sezilarli
darajada oshiradi;
–
xizmat ko‘rsatish va moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida mutanosiblikni
ta’minlash. Ushbu vazifa bajarilishi jarayonida xizmatlarning mamlakat yalpi ichki
mahsulotidagi va aholi bandligidagi ulushi rivojlangan mamlakatlarga tobora yaqinlashib
boradi.
2025-yilning yanvar
–mart oylari holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning bozor xizmatlari sektori
dinamik rivojlanishda davom etmoqda. Statistika qo‘mitasi va xalqaro tashkilotlar
ma’lumotlariga tayansak, so‘nggi yillarda xizmatlar tarmog‘i mamlakat yalpi ichki mahsulotida
(YAIM) sezilarli o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. Biroq, bu sohada hali ham muayyan tizimli
muammolar mavjud: past malakali ishchi kuchi ulushining yuqoriligi, innovatsion
xizmatlarning cheklanganligi, infratuzilmadagi uzilishlar, hamda tartibga solishdagi
murakkabliklar sohaning to‘liq potensialini ochishga to‘sqinlik qilmoqda.
Eng dolzarb muammolardan biri bu - xizmatlar sohasida band aholining katta qismi past
samaradorlikka ega bo‘lgan segmentlarda (savdo, transpo
rt, umumiy ovqatlanish) ishlashidir.
Ayni paytda IT, konsalting, moliyaviy xizmatlar kabi yuqori qo‘shimcha qiymatli xizmat turlari
juda cheklangan va bu yo‘nalishlarda malakali kadrlar tanqisligi mavjud. Bundan tashqari,
logistika, axborot texnologiyalari
va moliyaviy xizmatlar tarmog‘ida davlat monopoliyalarining
yuqori ulushi xususiy sektorga kirishni murakkablashtirmoqda. Shu sababli, xizmatlar
sohasidagi tizimli islohotlar nafaqat iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, balki yuqori daromadli
ish o‘rinlar
i yaratish nuqtai nazaridan ham dolzarb hisoblanadi.
Mazkur muammolarning yechimi sifatida bir necha ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.
Avvalo, infratuzilmani modernizatsiya qilish zarur. Bu borada keng polosali internet, raqamli
kommunikatsiya vositalari va logistika tarmoqlarini qamrab olgan tizimli investitsiyalar
alohida ahamiyatga ega. Raqamli infratuzilmaning rivoji xizmat ko‘rsatish turlarining geografik
qamrovini kengaytirish, masofaviy xizmatlar va elektron savdo segmentlarini faollashtirish
imkonini beradi. Shu bilan birga, transport-logistika tizimidagi modernizatsiya eksport-import
xizmatlarining tezligini va samaradorligini oshiradi.
Ikkinchi yo‘nalish
- xizmatlar sohasida raqobat muhitini kuchaytirish. Bunda davlat
monopoliyalarini bosqichma-bosqich kamaytirish, litsenziyalash va tartibga solish tartiblarini
soddalashtirish orqali xususiy sektorni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, axborot
texnologiyalari, telekommunikatsiya, moliyaviy xizmatlar va xalqaro savdo xizmatlari
sohalarida ochiqlik darajasini oshirish zarur. Bu nafaqat xizmatlar sifati va turining
kengayishiga olib keladi, balki xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshiradi.
Uchinchi yechim
–
xizmatlar sektorida ishlovchi kadrlar salohiyatini oshirish. Bugungi
kunda
oliy ta’limda qamrov darajasi past bo‘lib, IT va professional xizmatlarga yo‘naltirilgan
kasb-
hunar ta’limi yetarli emas. Shu bois, professional va texnik ta’limni kengaytirish,
zamonaviy kompetensiyalar asosida malaka oshirish tizimlarini joriy qilish dolzarb masaladir.
Masalan, “One Million Uzbek Coders” kabi dasturlarni kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sohasida
www.sci-p.uz
III SON. 2025
603
til, madaniyat, kommunikatsiya va IT bo‘yicha zamonaviy modul asosida ta’lim berish bu
borada muhim qadam hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekiston xizmatlar sohasi so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sishning muhim drayveriga
aylanayotgan bo‘lsa
-
da, tizimli muammolar uning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarishga
to‘sqinlik qilmoqda. Ayniqsa, malakali kadrlar yetishmasligi, infratuzil
madagi uzilishlar,
raqobat muhitining cheklanganligi va innovatsion xizmatlar turlarining sust rivojlanganligi
sohaning modernizatsiyasini talab qilmoqda.
Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xizmatlar sohasida barqaror va samarali
rivojlanis
hga erishish uchun quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega:
−
Kadrlar salohiyatini oshirish
–
zamonaviy kompetensiyalarga ega bo‘lgan, raqamli
texnologiyalarni egallagan va mijozga yo‘naltirilgan yondashuvga ega mutaxassislarni
tayyorlash zarur.
−
Raqobatni kuchaytirish va tartibga solishni soddalashtirish
–
xususiy sektor uchun
erkin va ochiq muhit yaratish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish xizmatlar sifatini oshiradi.
−
Infratuzilmani modernizatsiya qilish
–
internet, transport, logistika va moliyaviy
xizmatlar infratuzilmasini zamonaviylashtirish orqali xizmatlar geografiyasini kengaytirish va
samaradorligini oshirish mumkin.
−
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish
–
masofaviy ta’lim, onlayn xizmatlar, mobil
ilovalar va sun’iy intellektga
asoslangan yechimlar yordamida xizmatlar sohasi
transformatsiyalashadi.
−
Hududlararo tenglikni ta’minlash
–
xizmatlar sohasi faqat markaziy hududlarda emas,
balki chekka viloyatlar va qishloq joylarida ham rivojlantirilishi kerak.
−
Xizmatlar sohasi milliy i
qtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida alohida
rivojlantirilishi lozim, ayniqsa IT, raqamli savdo, onlayn ta’lim va telemeditsina yo‘nalishlarida.
−
Xizmatlar sohasiga oid kadrlar tayyorlash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga
moslashtirish, jumladan,
kasbiy ta’limni ushbu sektor talablariga integratsiya qilish.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Mardonov B.B., Erdonov M.E. (2020) Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlanishida kadrlar masalasi
//Экономика и финансы (Узбекистан). –
№.
1 (133).
–
С.
104-111.
Report
(2023)
World
Economic
Forum
–
Future
of
Jobs
Report.
https://www.weforum.org/reports/future-of-jobs-report-2023
Rinderman H., Sailer M., Thompson J. (2009) The impact of smart fractions, cognitive ability of
politicians and average competence of peoples on social development// Talent Development & Excellence.
Vol.1.No.1.pp.3-25. UNDP (2023) Uzbekistan, Digital Skills Report.
Urunbaeva Yu.P., Xamdamova N.A. (2024) Xizm
at ko‘rsatish sohasini rivojlantirish–
aholi turmush
darajasini oshirishning muhim omili //Journal of innovations in scientific and educational research.
–
Т
. 7.
–
№. 9. –
С
. 98-103.
World Bank (2024) https://tashkenttimes.uz/finances/14438-world-bank-urges-reforms-in-
uzbekistan-s-services-sector-to-drive-growth-jobs-and-global-trade-integration?
Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich va boshqalar (2018). Qishloq joylarida ishchi kuchiga bo‘lgan
talab va taklif bo‘yicha kadrlar marketingi tadqiqotlari asoslari//Экономика
и
финансы
(Uzbekistan).
2018. №8. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/ishlo-zhoylarida-ishchi-kuchiga-b-lgan-talab-va-taklif-
b-yicha-kadrlar-marketingi-tad-i-otlari-asoslari.
Кушнир (2023) И.В. Мировая экономика//
http://www.be5.Biz/ekonomika/ mo13/tech.htm
Тўрабеков,С. (2025). Возможности повышения занятости населения за счёт развития
сферы услуг в Узбекистане. Экономическое развитие и анализ, 3(4), 417–424. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/91644
Урунбаева Ю. (2024). Развитие сферы услуг –
ключевой фактор в решении важных
стратегических
задач.
in
Library,
22(4),
23–26.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35180
Швандара
В
.
А
.,
Горфинкая
В
.
А
. (2006)
Инновационный
менеджмент
.
Учебник / Под. Ред.
Проф.
-
М.: Вузовский учебник.
-
382 с.
