www.sci-p.uz
III SON. 2025
642
TURIZM SOHASINING AHOLI BANDLIK DARAJASINI OSHIRISHDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY
AHAMIYATI
Yunusova
Ugʻiloy
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning
ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy
-tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0005-8200-0446
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turizm sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlar tahlili, tarmoqda
aholi bandlik darajasi va uni oshirishga qaratilgan nazariy jihatlar o‘rganilgan.
Bundan tashqari,
turizm sohasida bandlik darajasini oshirish borasidagi amaliy takliflar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
bandlik, infratuzilma, turist, iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy faollik, xizmatlar sohasi,
daromad.
СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ СЕКТОРА ТУРИЗМА В ПОВЫШЕНИИ
УРОВНЯ ЗАНЯТОСТИ
Юнусова
Угилой
«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
В данной статье анализируются основные показатели сферы
туризма, изучается уровень занятости в секторе и теоретические аспекты,
направленные на его повышение. Кроме того, представлены практические предложения
по повышению уровня занятости в сфере туризма.
Ключевые слова:
занятость, инфраструктура, турист, экономический рост,
экономическая активность, сфера услуг, доход.
SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE OF THE TOURISM SECTOR IN INCREASING THE
EMPLOYMENT LEVEL
Yunusova Ugiloy
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems
of the Development of the Economy of Uzbekistan"
under Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the main indicators of the tourism sector, studies the level of
employment in the sector and theoretical aspects aimed at increasing it. In addition, practical
proposals are presented for increasing the level of employment in tourism sector.
Keywords:
employment, infrastructure, tourist, economic growth, economic activity, service
sector, income.
UOʻK:
379.85
642-647
www.sci-p.uz
III SON. 2025
643
Kirish.
Bugungi innovatsion rivojlanish davrida turizm sohasida aholi bandlik darajasi
iqtisodiyotning muhim ko‘rsatkichlaridan biriga aylanmoqda. Chunki ular t
omonidan
yaratiladigan xizmatlar, mahsulotlar davlatning YaIMI ni shakillantiradi. Davlat uchun ishlab
chiqarish sohasi orqali aholi bandligini taʼminlashdan koʻra xizmat koʻrsatish orqali ularning
bandligini oshirishga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirish samarali hisoblanadi
(Roziqovna, 2022).
Mamlakat iqtisodiyotida bandlik darajasini oshirishga qaratilgan qator qonun, qaror,
farmonlar qabul qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida mehnat bozorini shakllantirish va
aholining samarali bandligi darajasini taʼminlash jarayonida “Aholining ish bilan
bandligi
toʻgʻrisida”gi qonun
(Qonun, 1998)
hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
(2022) muhim huquqiy baza hisoblanadi. Bugungi kundagi holatdan kelib chiqqan holda
mamlakatimiz uchun samarali bandlik quyidagi mezonlar bilan belgilanadi:
milliy daromadning oʻsishi, mahalliy ishlab chiqarishning taraqqiyoti, jamiyat uchun
zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiyotning rivojlanishi;
aholi farovonlik darajasi hamda kasbiy malaka darajasining ortishi va mamlakatda ilmiy
texnikaviy rivojlanish holati;
ijtimoiy-
iqtisodiy oʻzgarishlar natijasi sifatida yangi ish oʻrinlarini yaratish
imkoniyatining mavjudligi;
davlat boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, korxonalarda ishchilar
uchun shart-sharoitlar yaratilganligi va hokazolar.
Harakatlar strategiyasida ham «yangi ish
oʻrinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo,
oʻrta maxsus va oliy oʻquv muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, mehnat bozori
mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish»
muhim yoʻnalishlar
dan biri sifatida belgilangan edi. Ayniqsa, global koronavirus pandemiyasi
sharoitida aholini bandligi va daromadlari darajasini oshirish orqali qoʻllab
-quvvatlashga,
oʻzini
-
oʻzi band qilishning yangi shakllarini ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratild
i va
qaratilmoqda.
Bundan tashqari, “2022
-
2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasi”ning Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash
bobi, 35-
maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doiras
ida mahalliy sayyohlar
sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar
sonini 9 million nafarga yetkazish belgilangan boʻlib, bu asosida:
-
toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy
qilish. 2026-
yilgacha turizm sohasida band boʻlgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming
nafarga yetkazish;
- turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan
ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha davlat dasturini qabul qilish;
-
Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha alohida
dastur ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan. Albatta bu vazifalarning ijrosini ta’minlash
maqsadida bir qator professor olimlar, tadqiqotchilar, turizm eksportlari tomonidan ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda (lex.uz, n.d.).
Turizm sohasining YaIM ga qoʻshayotgan hissasini aniqlash muhim hisoblanadi. Chunki
YaIM ning oʻsib borishi koʻplab iqtisodchi va siyotchi olimlar tamonidan iqtisodiy
rivojlanishning yakuniy maqsadi sifatida hisoblandi. Soʻnggi statistik maʼlumotlarni tahl
il
qiladigan boʻlsak, global miqyosda turizmning YaIM ga qoʻshayotgan hissasi ortib bormoqda.
2023 yilda sayohat va turizmning global yalpi ichki mahsulotga (YaIM) qoʻshgan umumiy
hissasi COVID-
19 pandemiyasidan oldingi 2019 yilga nisbatan qariyb toʻrt foi
zga kam
koʻrsatkichni tashkil etgan. Umuman olganda, sayohat va turizmning jahon yalpi ichki
mahsulotiga qoʻshgan hissasi 2023
-
yilda 9,9 trillion AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich
www.sci-p.uz
III SON. 2025
644
2024-yilda 11,1 trillion AQSh dollariga yetdi. Bu holat mamlakatlarning turizm sohasida ijobiy
oʻsishga erishayotganligidan va xizmatlar sohasining rivojlanib borishidan dalolat beradi.
Turizm sohasi rivojlanishining ijtimoiy ahamiyati shundaki, turizm bu
–
boʻsh vaqtdan
unumli foydalanish hisoblanadi yaʼni turizm bilan ijtimoiy hayotning integratsiyalashuvi sodir
boʻlishidir. Misol uchun, bir kishi boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun
yoki turizm
xizmatlaridan foydalana oladi yoki shunchaki oʻtkazib yuborishi ham mumkin. Mana shu
jarayonda turizm xizmatlarining diversifikatsiyalangan xizmatlar taklifi koʻp boʻlsa turist boʻsh
vaqtini mazmunli oʻtkazishga ehtimollar yuqori boʻladi. Natijada turizm ijtimoiy muhitga oʻz
taʼsir darajasini koʻrsata oladi.
Adabiyotlar sharhi.
Turizm sohasida yangi ish oʻrinlarini kashf etish hamda bandlik darajasini oshirishga
qaratilgan turli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ammo, turizmning rivojlanishi
qashshoqlikdan qutilishiga sabab boʻlishini isbotlaydigan tahlillar bugungi kunda oʻz
tadqiqotchisini kutmoqda. Zhao, Ritchielarning (2007) ta
’
kidlashicha Turizm iqtisodiyotini
rivojlantirish, sezilarli ravishda valyuta jalb qilish, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, soliq
tushumlarini koʻpaytirish va ish bilan taʼminlash uchun muhim vosit
a hisoblanadi. Kruz va
Vanegas (2008) Yengle va Grangerning koordinatsion yonndashuvidan foydalangan holda
iqtisodiy oʻsishni, qashshoqlikni kamaytirishni va turizmni koʻp oʻzgaruvchan tahlilida,
turizmni rivojlantirish Nikaraguada qashshoqlikni kamaytirishga yordam berganligini aniqladi.
Ush
bu tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, turizmni rivojlantirish rivojlanayotgan mamlakatlarda
daromadni oshirish, malaka oshirish va infratuzilmani rivojlantirish orqali qashshoqlikni
kamaytirishga yordam beradi. Hisoblanadigan umumiy muvozanat (SGE) modelidan
foydalangan holda, Bleyk, Arbache (2008)
taʼkidlashicha, turizmning rivojlanishi Braziliyada
qashshoqlikni kamaytirishga yordam bergan. Olimlarning bildirgan fikrlaridan xulosa
qiladigan boʻlsak, turizm sohasining rivojlanishi mamlakatni qashshoqlikdan qutqarish, yangi
ish oʻrinlarini yaratish, x
izmatlar turlarni oshirish, kichik biznesni rivojlantirishga yordam
beradi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turizm sohasi mehnat talab qiladigan va muhim bandlik manbaidir. U dunyodagi eng
yaxshi ish yaratuvchi sohalardan biri boʻlib, u turli darajadagi malakani talab qiladi va yoshlar,
ayollar va mehnat muhojirlari uchun ish oʻrinlarini tezroq topish va tezda
kirish imkoniyatini
beradi. Baʼzi mamlakatlarda turizmning bandlikdagi ulushi katta; Masalan, Hindiston turizm
sohasida ish oʻrinlari yaratish boʻyicha 25 million ish oʻrni bilan jahonda ikkinchi oʻrinda turadi.
Butunjahon Turizm Tashkilotining maʼlumotiga koʻra, turizm sohasida oxirgi 2 yil ichida
ayollar bandlik darajasi yuqori koʻrsatkichni qayt etdi. 2023
-yilda turizm sohalarida band
boʻlganlarning 11 foizini (15
-
24 nafar) yosh ishchilar tashkil etgan boʻlsa,
bu ulush xizmatlar va
nomoliyaviy iqtisodiyotda 9 foizni tashkil etdi
(UNWTO ma’lumotlari)
. 2024-yilda turizm
sohasida dunyo boʻylab jami 2,9 mln kishi band boʻlgan bu 2023
-
yilga nisbatdan 9,7 % ga oʻsgan
(Lamoncloa.gob.es, 2025).
Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) taqdim etgan maʼlumotga koʻra, turizm sohasida
umumiy ish bilan band boʻlganlarning soni jihatidan Flippin davlati yetakchilik qilmoqda.
Oʻzbekistonda turizm sohasida bandlik darajasi boshqa koʻrsatkichlarga nisbatdan s
albiy
koʻrinishga ega. Turizm sohasida bevosita bandlikdan tashqari bilvosita bandlik darajasi ham
tarmoqda ishlaydigan aholi sonini ortishiga yordam beradi. Shunday ekan, biz koʻproq xizmat
koʻrsatish sanoatini rivojlantirishga eʼtibor qaratishimiz joizdi
r. Turizm sohasini
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida ish beruvchi tashkilotlarning yuqori
malakali kadrlarga ehtiyojlarini qondirish, aholi bandligini taʼminlash uchun yangi ish
oʻrinlarini yaratish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash
bilan birga mehnat resurslari
intellektual salohiyatini oshirish vazifalari hozirgi davrda hal etilishi lozim boʻlgan muhim
www.sci-p.uz
III SON. 2025
645
masalalardan biridir. Turizmning rivojlanishida malakali kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati jamiyatning iqtisodiy xizmatlar koʻrsatish talablariga asosan belgilanadi.
Turizmda malakali kadrlar tayyorlash jarayoni taʼlimning maqsad va vazifa
lari, usullari,
mazmuni, taʼlim tizimining samara¬dorligiga bevosita bogʻliq. Malakali kadrlar tayyorlashning
maqsadi kerakli yoʻnalishdagi bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislar, turli tarmoqlarda
faoliyat yurituvchi malakali kadrlarni tayyorlash yoki hududda kadrlar malakali qatlamini
yuzaga keltirish orqali jamiyatning umumiy bilim darajasini oshirish va boshqaruvini
takomillashtirishdan iborat.
1-
rasm. Dunyodagi ayrim davlatlardagi turizm tarmogʻida ishlaydiganlarning umumiy
soni (ming kishi), 2022 y.
Mamlakatimiz turizm sohasining tez
surʼatlarda rivojlanish darajasi boʻyicha yetakchi
davlatlar qatoridan oʻrin egallamoqda. Bu gaplarimizning isbotini yurtimizga tashrif
buyurayotgan sayyohlar sonining oshib borishidan koʻrishimiz mumkin (1
-jadval).
1-jadval.
O‘zbekistonga
2016-2024 yilda tashrif buyurgan sayyohlar soni (rejada va amalda)
No
Yillar
Turistlar soni (ming naf)
Foizda %
rejada
amalda
1
2016
2027,0
2
2017
2690,1
3
2018
5346,0
5346,2
100,0%
4
2019
6041,0
6748,5
111,7%
5
2020
7010,0
1504,1
21,5%
6
2021
1700,0
1881,3
110,7%
7
2022
2720,0
5232,8
192,4%
8
2023
7000,0
6626,3
94,7%
9
2024
10,500.0
7,288.0
69,4%
Manba:
tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
Turizm iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab oladi, bu esa ushbu sohada band boʻlgan
xodimlar sonini aniq hisoblashni qiyinlashtiradi. Xodimlar sonini real baholash muammosi
mehnatning oʻziga xos xususiyati va turizm sohasi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
oʻrtasidagi turli munosabatlar bilan murakkablashadi.
Bandlik statistikasiga koʻra, mehmonxonalar sanoatida ayollar ulushi 50 foizdan oshadi.
Turizmda ish oʻrinlari soni iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda 1,5 baravar tez
oʻsmoqda. Har 2,5 soniyada turizm sohasida yangi ish joyi yaratiladi
(Vavilova, 2005).
5350
2634
1688
880
588
568
215
51
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
FILIPPIN
ISPANIYA
TURKIYA
SAUDIYA ARABISTONI
CHILI
MARAKKO
CHEXIYA
UZBEKISTAN
www.sci-p.uz
III SON. 2025
646
Oʻzbekistonda turizm sanoatida 70 mingga yaqin kishi ishlaydi, bu mehnatga layoqatli
aholining taxminan 0,2 foizini tashkil qiladi. Oʻzbekiston turizm sanoatida tarkibiy oʻzgarishlar
boshlandi, ichki va kirish turizmining faol rivojlanishi kuzatilmoqda. Darhaqiqat, hozir
koʻrayotganimiz –
turizm sohasida import oʻrnini bosish jarayoni, mamlakatimizning ulkan
rekreatsion salohiyatini ochib berishdir. Turizmning barcha uch asosiy komponentini, yaʼni
infratuzilmani, turistik xizmatlar sifatini va turistik mahsulotni ilgari surishni bir vaqtda
rivojlantirish orqaligina jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishish mumkin. Zero, turizm
milliy iqtisodiyotning 53 tarmogʻi rivojiga turtki boʻlmoqda, kichik va oʻrta biznes rivojiga
xizmat qilmoqda. Turizm sohasi
da bir ish oʻrni uchun tegishli sohalarda beshtagacha ish oʻrni
yaratilmoqda.
2-
rasm. Turizm sohasidagi asosiy koʻrsatkichlar, 2024
Manba:
tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
Demografik jihatdan tahlil qilganimizda, mamlakatimizga 31-
55 yosh oraligʻidagi turistlar
tashrifi yuqori(yillar davomida oʻsish trendda) koʻrsatkichda. Bunday holatni biz Oʻzbekistonda
passiv turizmning jadal rivojlanib borayotganligidan deb izohlaymiz. Ayniqsa, Samarqand,
Buxoro, Xorazm viloyatlarida ziyorat turizmi, madaniy hamda milliy turizmning ildizlari
yoyilgan deb ayta olamiz. Shu sababli ham bu yosh orasidagi sayyohlar oqimi koʻrsatkichi
bizning mamlakatda yuqoridir.
2024 yil davomida turistik xizmatlar eksporti 3 mlrd. 184,5 mln. AQSh dollar (yillik reja-
2,5 mlrd dollar)ni tashkil etdi. 2023 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. Grafikdan maʼlumki,
xizmatlarni eksport qilish hajmi(1mlrd. 316 mln AQSH dollar) boʻyicha qoʻshni davlatlar
yetakchilik qilgan.
Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining boy madaniy va tarixiy
merosi, do‘stona xalqi va go‘zal tabiati bilan o‘zining sayohat va turizm sanoatini kengaytirishga
intilmoqda. Oʻzbekiston hukumati turizm sohasini yuqori rivojlanish saloh
iyatiga ega deb
hisoblaydi. Oʻzbekiston koʻp yillar davomida aksariyat davlatlar bilan viza borasidagi
cheklovlarga ega edi va hukumat turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida uning boy
madaniy va tarixiy merosiga kirishni ochish uchun islohotlarni boshladi. 2020-2021-yillarda
turizm sohasi pandemiyadan qattiq zarar koʻrdi va turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi
provayderlar va boshqa soha ishtirokchilari turli shakllarda davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlanmoqda. 2021-
yilning mart oyidan boshlab Oʻzbeki
stonda 90 ta davlat fuqarolari
uchun vizasiz rejim, 57 davlat, jumladan, AQSh fuqarolari uchun elektron vizalar oʻrnatildi.
Hukumatning maqsadi turizm xizmatlarini 2018-yildagi 1 milliard dollardan 2025-yilda 2,2
milliard dollargacha oshirishdan iborat. Buning uchun infratuzilmaga katta sarmoya kiritish
talab etiladi
–
2021yil fevralida Prezident turizm infratuzilmasini rivojlantirish,
17%
15%
49%
19%
Chet ellik sayyohlarning
demografiyasi, 2024
0 dan 18 yoshgacha
19 dan 30 yoshgacha
31 dan 55 yoshgacha
55 yoshdan oshgan
43%
23%
34%
Turizm xizmatlar eksporti
hajmi, 2024
Qo'shni davlatlardan
Qolgan MDH davlatlardan
Qolgan davlatlardan
www.sci-p.uz
III SON. 2025
647
mehmondoʻstlik taʼlimi hamda global mehmonxonalarni jalb qilish uchun 100 million dollar
ajratdi. Rivojlanish rejasida kamida 50 ta xonaga ega uch va toʻrt yulduzli mehmonxonalarni
davlat subsidiyasi asosida qurish, xonalarning umumiy sonini 20 200 tadan (2018 yil) 64 000
taga (2025) koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagi tahlillarimiz kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, turizm sohasi bugungi
shiddat bilan rivojlanib, zamonaviylashib borayotgan dunyo uchun katta imkoniyat eshigini
ochmoqda. Bu yuqori ilmiy salohiyat, sifatli va samarali ta’limning mevasi hisob
landi desak
adashmaymiz, chunki fikrimizni so‘nggi besh yillik ma’lumotlar isbotlab ko‘rsatmoqda.
Turizm sohasida bandlik darajasini oshirish borasidagi takliflar:
1.Respublikamizning har bir hududida turizm sohasidagi imkoniyatlaridan kelib chiqib
mahalliy turizm infratuzilmasini rivojlantirish lozim. Bu orqali o‘sha hududlarda turizm
sohasining yangi yo‘nalishlarini tashkil etishimiz hamda aholini ish bilan bandlik darajasini
oshishiga erishishimiz mumkin;
2. Bundan tashqari, turizm sohasida turistik tadbirlar va festivallarni ko’paytirish lozim.
Chunki bu bizga ichki turizmni rivojlantirishga, odamlar o’rtasida ijtimoiy ijobiy muhitni
shakillantirishga va eng muhimi xizmat ko’rsatish sohasini rivojlanishiga
yordam beradi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Abdurahmanovaning G.Q. (2023) “Turistik klasterlarning texnologik platformasini ishlab
chiqish”, Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, dekabr. Maxsus son.
Blake, A.; et al. (2008). Tourism and poverty relief. Ann. Tour. Res., 35, 107
Croes, R.; Vanegas, M. (2008) Cointegration and Causality between Tourism and Poverty
Reduction. J. Travel Res. 47, 94.
Eshtayev A.A. (2023), “Qoraqolpogʻiston Respublikasida turizm sohasining yangi
yoʻnalishlarini tashkil etish imkoniyatlari” ,Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, dekabr. Maxsus son.
Eshtayev A.A. (n.d.), “Oʻzbekistonda turizm sohasining rivojlanishiga global trendlarning
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/
Knut Scherhag, Jens Rüdiger, Axel Dreyer (2023) “Introduction to wine tourism” article.,
Decembe.
Kodeks (2022) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. –
T.: Adolat. -256 b.
Lamoncloa.gob.es. (2025). The tourism sector closes the year with 2.9 million people
employed,
9.7%
more
than
in
2023.
[online]
Available
at:
https://www.lamoncloa.gob.es/lang/en/gobierno/news/Paginas/2025/20250207-tourism-
employment.aspx.
Lex.uz (n.d.) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi
Qonun (1998) Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi
qonuni (yangi taxriri).
–
T.: Sharq.
Roziqovna N.X. (2022) “Turizm sohasi rivojlanishining aholi bandligini taʼminlashga taʼsiri”
monagrafiya.
Teodora Kiryakova-Dineva, et al. (2021) South-
West University “Neofit Rilski”, Blagoevgrad,
Bulgaria., “New Forms of Tourism: A Matter of Neologism Formation or Reality in the Tourism
Practice” “A Virtual Conference hosted by Politechnic Institute of Port
o, Portugal., 20-21 May.
Zhao, W.; Ritchie, J.R.B. (2007) Tourism and Poverty Alleviation: An Integrative Research
Framework. Curr. Issues Tour. 10, 119.
Вавилова Е.В. (2005) Основы международного туризма. —
М.: Гардарики, с . 160.
