www.sci-p.uz
III SON. 2025
492
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA VALYUTA KURSI FARQLARINI HISOBGA OLISHNI
RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
i.f.d., prof.
Misrov Kamoliddin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
misirovkomoliddin0218@gmail.com
Po‘latov Sirojbek
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0006-3579-2767
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekiston sharoitida valyuta kursi farqlarini hisobga olishdagi
mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni raqamlashtirish asosida hal etish bo‘yicha amaliy va
metodologik takliflar ilgari surilgan. Xususan, kurslarni avtomatik yangilash,
“
Buxgalteriya
hisobi xalqaro s
tandarti (BHXS) 21" standartiga mos metodika ishlab chiqish va sun’iy intellekt
orqali monitoring tizimi yaratish zaruriyati asoslab berilgan.
Kalit so
‘
zlar:
valyuta kursi, kurs farqi, buxgalteriya hisobi, BHXS 21, raqamlashtirish.
ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ЦИФРОВИЗАЦИИ УЧЕТА КУРСОВЫХ РАЗНИЦ
В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА
д.э.н., проф
.
Мисиров Камолиддин
Ташкентский государственный экономический университет
Полатов Сирожбек
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В статье проанализированы существующие проблемы учета разниц
валютных курсов в Узбекистане и предложены практические и методологические
решения на основе цифровизации. В частности, обоснована необходимость
автоматического обновления курсов, разработки методики на основе МСФО 21 и
внедрения системы мониторинга с использованием искусственного интеллекта.
Ключевые слова:
валютный курс, курсовые разницы, бухгалтерский учет, МСФО 21
,
цифровизация
.
UOʻK:
336.761.5
492-496
www.sci-p.uz
III SON. 2025
493
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF DIGITALIZATION IN ACCOUNTING FOR FOREIGN
EXCHANGE DIFFERENCES IN THE CONTEXT OF UZBEKISTAN
DSc, prof.
Misrov Kamoliddin
Tashkent State University of Economics
Pulatov Sirozhbek
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the current challenges in accounting for foreign exchange
differences in Uzbekistan and presents practical and methodological solutions based on digital
transformation. The study emphasizes the importance of automating exchange rate updates,
developing a methodology aligned with IFRS 21, and implementing an AI-based monitoring
system to enhance accuracy, transparency, and compliance in financial reporting.
Keywords:
currency rate, exchange difference, accounting, IFRS 21, digitalization.
Kirish.
O‘zbekiston iqtisodiyoti tobora ochilayotgan global bozorlarga integratsiyalashib borar
ekan, xorijiy valyutadagi operatsiyalar hajmi sezilarli darajada
ortmoqda. Bu esa xo‘jalik
yurituvchi subyektlar buxgalteriyasida valyuta kursi farqlarini aniqlash va to‘g‘ri hisobga
olishni dolzarb masalaga aylantirmoqda.
So‘mning erkin konvertatsiyasi e’lon qilingan 2017
-yil 2-sentabrdagi PQ
–
3274-sonli
Prezident qarori, shuningdek, “2022–
2026-
yillarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”
va PF
–
230-sonli 2023-yilgi farmonlarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratni
raqamlashtirish zarurligi alohida qayd etilgan.
Ammo amaliyotda ko‘pchilik korxonalarda valyuta kursining o‘zgarishlari noto‘g‘ri
hisobga olinadi, kurs farqlari kechiktirib aks ettiriladi va eng muhimi, ushbu jarayonlar
hanuzgacha qo‘lda boshqarilmoqda.
Mazkur maqolada valyuta kursi farqlarini hisobga olishdagi mavjud muammolar tahlil
qilinadi hamda raqamlashtirish orqali ularni avtomatik, aniq va shaffof yuritish imkoniyatlari
o‘rganiladi.
Maqolaning asosiy maqsadi
–
O‘zbekiston buxgalteriya tizimida valyuta kursi farqlarini
hisobga olishni takomillashtirish yo‘llarini raqamlashtirish asosida ishlab chiqishdir.
Adabiyotlar sharhi.
Valyuta kursi farqlarini hisobga olish va uni raqamlashtirish masalasi bugungi kunda
global moliyaviy tizimning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy
olimlar bu borada turli ilmiy yondashuvlarni ilgari surishgan.
Doupnik va Perera (2020) o‘z tadqiqotlarida xorijiy valyutadagi operatsiyalarni
avtomatlashtirilgan tizimlar orqali nazorat qilish, real vaqtli monitoring va AI yordamida
valyuta risklarini minimallashtirish zarurligini
ta’kidlaganlar. Ularning fikricha, kurs
farqlarining noto‘g‘ri hisoblanishi moliyaviy natijalarda salbiy og‘ishlarga olib keladi.
Nobes va Parker (2018) esa BHXS 21 standarti asosida xorijiy valyutadagi operatsiyalarni
hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirishning afzalliklarini yoritib bergan. Ular valyutali operatsiyalarni
funksional valyutada aks ettirish orqali xalqaro moliyaviy shaffofl
ikni ta’minlash mumkinligini
ko‘rsatadilar.
O‘zbekiston olimlaridan Muxiddinov (2021) buxgalteriya hisobi tizimini BHXS talablariga
muvofiqlashtirishda milliy normativ hujjatlarni takomillashtirish zarurligini asoslab bergan. U
dasturiy mahsulotlar orqali kurs farqlarini avtomatik aniqlashni ilgari suradi.
Nazarov (2021) o‘z maqolasida O‘zbekiston korxonalarida xalqaro standartlar asosida
valyutali operatsiyalarni aks ettirish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatgan. U 1C
kabi dasturlar bilan integratsiyani chuqurlashtirishni tavsiya qiladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
494
Savitskaya (2014) esa moliyaviy faoliyatni tahlil qilishda kurs farqlarining ta’siri va ularni
boshqarish metodologiyasiga e’tibor qaratadi. U kursdagi tebranishlar buxgalteriya
rentabelligiga bevosita ta’sir qilishini qayd etgan.
Balabanov (2014) valyuta riskini prognozlash va nazorat qilishda sun’iy intellekt va
analitik tizimlarning joriy etilishi orqali hisobotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish
mumkinligini asoslab bergan.
Ushbu manbalar shuni ko‘rsatadiki, valyuta kursi farqlarini hisobga olish jarayonida
raqamlashtirishning ahamiyati nihoyatda yuqori. U nafaqat inson xatolarini kamaytiradi, balki
xalqaro standartlarga mos, shaffof va ishonchli hisobotlarni ta’minlash imkon
ini yaratadi.
Tahlil va natijalar muhokamsi.
O‘zbekiston korxonalarida xorijiy sheriklar bilan faoliyat olib borish holatlari kengayib
bormoqda. Bu esa buxgalteriya amaliyotida xorijiy valyutadagi operatsiyalarni to‘g‘ri aks
ettirish va kurs farqlarini aniqlik bilan hisoblash zaruratini kuchaytirmoqda. Biroq amaliyotda
bir qator tizimli muammolar mavjud. Birinchidan, ko‘plab korxonalarda mahsulot yoki xizmat
xorijiy valyutada xarid qilinadi, biroq to‘lov keyinroq amalga oshiriladi va bu orada valyuta
kursi o‘zgaradi. Biroq kurs farqlari ko‘pincha umum
an aks ettirilmaydi yoki daromad va zarar
sifatida noto‘g‘ri tasniflanadi. Natijada moliyaviy hisobotlarda chalkashlik vujudga keladi va
korxonaning moliyaviy natijalari noto‘g‘ri ko‘rsatiladi. Ikkinchidan, ko‘plab buxgalteriya
tizimlarida (xususan, 1C yok
i Excel asosli yechimlarda) valyuta kursi qo‘lda kiritiladi. Bu esa
kursning yangilanmasligi, noto‘g‘ri raqam kiritilishi yoki kechikkan yozuvlar tufayli kurs
farqining noto‘g‘ri hisoblanishiga sabab bo‘lmoqda. Uchinchidan, BHXS 21 standarti nazariy
jihatd
an yaxshi yoritilgan bo‘lsa
-
da, amaliyotda cheklangan darajada qo‘llaniladi. Ko‘pchilik
buxgalterlar hali ham milliy me’yorlarga asoslanadi, bu esa funksional valyuta tushunchasining
e’tiborga olinmasligiga, qayta baholashlarning amalga oshirilmasligiga va
kurs farqlarining
moliyaviy hisobotda alohida band sifatida aks ettirilmasligiga olib kelmoqda. To‘rtinchidan,
kadrlar malakasi ham muhim muammo sifatida ajralib turadi. Ko‘plab xodimlar valyuta kursi
farqlarini qanday aniqlash, ularni qanday vaqt oralig‘
ida hujjatlashtirish, qanday tahlil qilish
kerakligini to‘liq tushunmaydi. Raqamli dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarining sustligi esa
xatolar, noaniqliklar va byudjetga salbiy ta’sirni keltirib chiqarmoqda. Beshinchidan, moliyaviy
hisobotlar ko‘pincha xalqaro talablarga to‘liq mos kelmaydi. Kurs farqlari alohida ajratilmaydi,
ularning daromad yoki zarar sifatida aks ettirilishi tizimli asosda yuritilmaydi va bu holat soliq
organlari uchun ham murakkablik tug‘diradi. Natijada investorlar yoki auditorlar o
ldida
korxona buxgalteriya hisobining ishonchliligi shubha ostida qoladi.
O‘zbekiston amaliyotida valyutali operatsiyalar va kurs farqlarini hisobga olishda
iqtisodiy faollik kuchaygani holda, buxgalteriya tizimi hali to‘liq tayyor emas. Raqamlashtirish
va avtomatlashtirishsiz bu jarayonlar inson xatolariga, ishonchsiz hisobotlarga va risklarga olib
kelmoqda.
O‘zbekiston korxonalarida valyuta kursi farqlarini hisobga olishdagi mavjud
muammolarni bartaraf etish uchun zamonaviy texnologiyalar, xususan raqamlashtirish asosida
ishlab chiqilgan tizimli yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, mavjud buxgalteriya
dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy valyuta kursi bilan avtomatik
integratsiya qilish zarur.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, raqamlashtirilgan yondashuv valyutali operatsiyalarni
hisobga olishda aniqlik, shaffoflik va xalqaro me’yorlarga moslikni ta’minlaydi.
Bu orqali kundalik valyuta kurslari inson ishtirokisiz tizimga avtomatik ravishda
yuklanadi va kurs farqlarining aniqligi hamda yangilanish tezligi ta’minlanadi.
Bundan tashqari,
valyuta kursi farqlarini avtomatik aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda daromad yoki
zarar sifatida tasniflab beruvchi algoritmik modullar ishlab chiqilishi lozim. Bu nafaqat
xodimlar ishini yengillashtiradi, balki inson xatosining oldini oladi hamda hisobotlarda aniqlik
va ishonchlilikni ta’minlaydi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
495
1-jadval
Valyuta kursi farqlarini hisobga olishda qo‘lda va raqamlashtirilgan
tizimlarning solishtirmasi
№
Ko‘rsatkichlar
Qo‘lda boshqariladigan
tizim
Raqamlashtirilgan tizim
1
Valyuta kursini kiritish
Xodim tomonidan qo‘lda
kiritiladi
Markaziy bank bilan
integratsiya orqali avtomatik
2
Kurs farqlarini aniqlash
Excel yoki qo‘lda hisob
-kitob
orqali
Avtomatik algoritmlar asosida
aniqlanadi
3
Xatolik ehtimoli
Yuqori
Nihoyatda past
4
Tahlil va monitoring
Qog‘ozda, cheklangan,
kechiktirilgan
Real vaqt rejimida, AI
yordamida
5
Hisobot shakllantirish
Kechikkan va ba’zida noto‘liq
Tezkor, to‘liq,
avtomatlashtirilgan
6
Standartlarga moslik
BHXS 21 to‘liq qo‘llanilmaydi
BHXS 21 asosida
moslashtirilgan
Kurs farqlari hisobini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish uchun BHXS 21 asosida
milliy moslashtirilgan metodikani ishlab chiqish va har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning
buxgalteriya siyosatida kurs farqlariga oid alohida bo‘limni joriy etish taklif qilinadi.
Shuningdek, valyuta riskini oldindan baholash va monitoring qilishda sun’iy intellekt
vositalaridan foydalanish orqali korxonalar valyuta operatsiyalarini iqtisodiy jihatdan qulay va
xavfsiz vaqt oralig‘ida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sun’iy intellekt tizimlari o‘tgan
davr kurslaridan kelib chiqqan holda prognozlar beradi, potensial zarar yoki foydani aniqlaydi
va rahbariyatni ogohlantiradi. Shuningdek, valyutali operatsiyalarni alohida-alohida
dasturlarda yuritish o‘rniga, buxgalteriya, soliq, bank va audit tizimlarini yagona raqamli
platforma orqali integratsiyalash zarur. Bu esa hujjat aylanishini tezlashtiradi, takroriy
hisoblarni oldini oladi va shaffoflikni oshiradi. Taklif etilgan yechimlar orqali valyutali
operatsiyalarning hisobda aks ettirilishi ancha soddalashadi, tizim avtomatlashtiriladi, inson
xatosi kamayadi va xalqaro amaliyotga yaqinlashgan buxgalteriya muhiti shakllanadi.
Xulosa va takliflar.
Maqolada O‘zbekiston sharoitida valyuta kursi farqlarini hisobga olishdagi mavjud holat
tahlil qilinar ekan, bu jarayon amaliyotda yetarlicha tizimlashtirilmaganligi, raqamli
integratsiyalashuv darajasining pastligi va xalqaro standartlarning to‘liq tatbiq
qilinmaganligi
aniqlandi. Ayni paytda iqtisodiy islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi
hisob-kitob operatsiyalarida xorijiy valyutadan foydalanish hajmini oshirib, buxgalteriya
tizimiga bo‘lgan talabni keskin kuchaytirgan. Amaliy kuzat
uvlar natijasida aniqlanishicha,
valyutali operatsiyalar bilan bog‘liq ma’lumotlar aksariyat hollarda qo‘lda qayd etiladi, kurs
farqlari noto‘g‘ri yoki kechikib aks ettiriladi va BHXS 21 standartining asosiy tamoyillari amalda
qo‘llanilmaydi. Buning oqibatida moliyaviy hisobotlarda aniqlik yo‘qoladi, soliq va audit
jarayonlarida tushunmovchiliklar yuzaga keladi hamda investitsion ishonchlilikka putur
yetadi.
Mazkur maqolada ilgari surilgan takliflar valyutali operatsiyalarni avtomatik ravishda
qayd etish, kurs farqlarini real vaqt rejimida aniqlash, sun’iy intellekt asosida monitoring qilish,
BHXS 21 asosida milliy metodika ishlab chiqish va buxgalteriya tizimlarini raqamli
integratsiyalash orqali mavjud muammolarni samarali hal etishga xizmat qiladi. Taklif etilgan
raqamlashtirish asosidagi yondashuvlar valyutali operatsiyalar hisobi va tahlilida aniqlik,
tezkorlik va shaffoflikni ta’minlash bilan birga, O‘zbe
kistonning xalqaro buxgalteriya muhiti
bilan uyg‘unlashuv darajasini ham oshiradi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
496
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
BHXS 21 (2020) Xalqaro buxgalteriya standartlari
–
BHXS 21. “Valyuta kurslarining ta’siri”.
–
IFRS Foundation.
Doupnik T., Perera H. (2020) International Accounting.
–
New York: McGraw-Hill Education,
–
540 b.
Farmon (2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–
87-sonli farmoni. 2022-yil
24-
fevral. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”.
Farmon (2023)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–
230-sonli farmoni. 2023-yil
28-
dekabr. “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish chora
-
tadbirlari”.
Nobes C., Parker R. (2018) Comparative International Accounting.
–
London: Pearson
Education,
–
450 b.
Qaror (2017)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–
3274-sonli qarori. 2017-yil
2-
sentabr. “Valyuta siyosatini liberallashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”.
Абдурахмонов А.А.
(2020)
Бухгалтерия ҳисоби ва молиявий ҳисоботнинг халқаро
стандартлари. –
Тошкент: Иқтисодiyot, –
240 б.
Қурбонов И.Ж.
(2023)
Молиявий ҳисобда рақамлаштиришнинг аҳамияти ва
истиқболлари // Иқтисодий тараққиёт журнали. –
№2. –
Б. 45–
50.
Мухиддинов Қ.Қ.
(2021)
Бухгалтерия ҳисобини халқаро стандартларга
мослаштириш масалалари // Тошкент молия институти илмий журнали. –
№4.
–
Б. 28–
33.
Назаров Б.Б.
(2021)
Ўзбекистон корхоналарида БҲХС асосида валюта
операцияларини ҳисобга олиш // ТДИУ магистрлар журнали. –
№3. –
Б. 31–
36.
Раҳимов М.
(2022)
Бухгалтерия ҳисобида курс фарқларининг солиққа таъсири //
ТДИУ илмий
-
амалий журнали. –
№1. –
Б. 52–
58.
