www.sci-p.uz
III SON. 2025
630
BARQAROR RIVOJLANISHNI TAʼMINLASHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘
RNI
Saidmurotova Tursunoy
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat intituti
ORCID: 0009-0003-1679-2938
saidmuradovatursunay@gmail.com
Yusupova Orzugul
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat intituti
ORCID: 0009-0005-2753-9676
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi
ko‘magida
O‘zbekiston
iqlim byudjetini markirovkalash modelini ishlab chiqish va joriy qilish asoslangan.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuv
tarixi yoritilgan. “Yashil”
byudjetlashtirish bo‘yicha sohalar kesimida markirovka qilingan
m
ablag‘lar
ning 2024-yil uchun
prognozi keltirilgan.
Kalit so
‘
zlar:
Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi, barqaror rivojlanish
konsepsiyasi, yashil iqtisodiyot, moliyaviy mexanizmlar, markirovka qilingan
mablag‘lar, iqlim
o‘zgarishi, ekologik muammolar.
РОЛЬ ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ
Саидмуротова Турсуной
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Юсупова
Орзугул
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Аннотация.
Данная статья основана на разработке и внедрении модели маркировки
климатического бюджета Узбекистана при поддержке Программы развития ООН. Освещена
история экономического подхода к концепции устойчивого развития. Дан прогноз средств,
предусмотренных на 2024 год по разделу отраслей «зеленого» бюджетирования.
Ключевые слов
a:
программа развития ООН, концепция устойчивого развития, зеленая
экономика, финансовые механизмы, целевые фонды, изменение климата, экологические
проблемы.
THE ROLE OF THE GREEN ECONOMY IN ENSURING SUSTAINABLE DEVELOPMENT
Saidmurotova Tursunoy
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Yusupova Orzugul
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
This article is based on the development and implementation of a climate budget
labeling model for Uzbekistan with the support of the United Nations Development Program. The
history of the economic approach to the concept of sustainable development is covered. A forecast of
funds provided for 2024 for the section of “green” budgeting sectors is given.
Keywords:
UN development program, concept of sustainable development, green economy,
financial mechanisms, trust funds, climate change, environmental problems.
UOʻK:
330.34.01
630-636
www.sci-p.uz
III SON. 2025
631
Kirish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD)
o‘zining
"O‘zbekiston
Respublikasida barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" loyihasi orqali
O‘zbekiston
Hukumatiga milliy rivojlanish rejalari strategiyalari va barqaror rivojlanish maqsadlarini
(BRM) amalga oshirish uchun Integratsiyalashgan milliy moliyalashtirish tuzilmaviy asosini
yaratishda ko‘
mak bermoqda. BMTTD loyihasi rivojlanishni moliyalashtirish uchun zarur
bo‘lgan
davlat va xususiy resurslarni safarbar qilishga yordam berishga qaratilgan
bo‘lib,
u
strategiyalar islohotlarning 2030-
yilgacha bo‘lgan kun tartibining iqtisodiy,
ekologik va
ijtimoiy o‘lchovlariga
ta’sirini
maksimal darajada oshirishga yordam berish uchun talab
qilinayotgan strategik tadqiqotlar va salohiyatni oshirishni
ta’minlaydi. O‘
zbekistonning 2030-
yilgacha bo
‘
lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini taʼminlashda barqaror
rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni
o
‘
zaro muvofiqlashtirish murakkab vazifa hisoblanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy komponentlar
jamiyat oldiga bir avlod mobaynida adolatga erishish va aholining kambag
‘
al guruhlariga
maqsadli yordam ko
‘
rsatish kabi yangi vazifalarni qo
‘
ymoqda. Iqtisodiy va ekologik
komponentlarning atrof-
muhitga tashqi taʼsiri qiymatini baholashning zarurligi bilan bog‘
liq
yangi g
‘
oyalar va yondoshuvlarning shakllanishiga olib keldi. Barqaror iqtisodiy rivojlanishning
ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar ichida va avlodlar o
‘rtasida tenglikni taʼminlash
kabi masalalarning dolzarbligini yanada oshirmoqda. Mamlakatimizda yashil iqtisodiyot
asos
ida barqaror rivojlanishni taʼminlashda O‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
2019-yil 4-
oktyabrda tasdiqlangan “2019–
2030-yillarda O
‘
zbekiston Respublikasining "yashil"
iqtisodiyotga o
‘tish strategiyasi” muhim dasturiy amal hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot”ga
o
‘
tishning muhim vazifalari qatoriga iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va
tabiiy resurslarni oqilona isteʼmol qilish kiradi. Ushbu belgilangan maqsadli indikatorlarga
texnologiyalarni modernizatsiya qilish va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali
erishiladi. 2030-yilgacha bo
‘
lgan davrda strategiyani amalga oshirish jarayonida yalpi ichki
mahsulot birligiga issiqxona gazlarining solishtirma chiqindilari, 2010-yil darajasidan o
‘
n
foizga kamayadi, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yuz foizga qadar zamonaviy, arzon va
ishonchli elektr taʼminotidan foydalanish taʼminlanadi. Ekologik jihatdan yaxshilangan motorli
yoqilg
‘
i va avtomobil ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish kengaytiriladi, elektr
transporti rivojlanadi (Vaxobov va boshq., 2020).
Adabiyotlar sharhi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuvga Lindal va Xikslar
(Smirnov, 2015) asos solishgan.
Xiks-Lindal yalpi daromadlarning maksimal oqimi nazariyasiga muvofiq daromad yalpi
kapitalni saqlab qolgan holda yaratilishi zarur. Bunda cheklangan resurslar va ekologik (tabiiy
resurslar, energiya va materiallarni tejovchi) texnologiyalardan oqilona foydalanish, ekologik
mahsulotlar yaratish, chiqindilarni boshqarish nazarda tutiladi. Ushbu masalani hal etishdagi
bosh muammo qaysi kapital (jismoniy, tabiiy yoki inson kapitali) saqlanib qolishi va turli xil
kapital turlari qanchalik o‘zaro o‘rin almashinishi
hamda ushbu aktivlar (ekologik resurslar)
qiymatini baholash muammosi hisoblanadi. Natijada iqtisodiy barqarorlikning quyidagi ikki
turi
paydo bo‘ldi:
-kuchsiz
–
vaqt bo‘yicha kamaymaydigan tabiiy va jamg‘arilgan kapital
iqtisodiy
barqarorlik;
-kuchli
–
tabiiy kapitalning kamaymasligiga (qayta tiklanmaydigan resurslarni sotishdan
tushgan foydaning bir qismi tiklanadigan tabiiy kapital qiymatini oshirishga
yo‘naltirilishi
zarurligiga) asoslangan iqtisodiy barqarorlik.
Barqaror rivojlanishning ijtimoiy tarkibi insonga qaratilgan
bo‘lib,
ijtimoiy va madaniy
tizimlarning barqarorligini
ta’minlashga yo‘naltirilgandir.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
632
“Yashil iqtisodiyot” iqtisodiy fan sifatida XX
-asr oxirlarida shakllangan bo
‘
lib,
iqtisodiyotning tabiiy muhitga bog
‘
liqligi, uning tarkibiy qismi ekanligi va tabiiy muhit
doirasida amal qilishini o
‘
rganuvchi fan hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot kontseptsiyasi
resurslarni tejashga yo
‘
naltirilgan iqtisodiyot, ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti,
yashil siyosat, xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
innovatsion iqtisodiyot kabi iqtisodiy fanlardagi ilmiy g
‘
oyalarni qamrab oladi.
“Yashil
iqtisodiyot” fan sifatida o‘
z shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlariga ega. Tabiiy
resurslarning cheklanganligi, takror ishlab chiqarilmasligi bilan bog
‘
liq muammolar
insoniyatning barcha faoliyat yo
‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy faoliyatiga jiddiy taʼsir
ko
‘
rsatadi.
Ushbu muammoni ilmiy jihatdan o
‘
rganish XX asrning 60-70-yillarida ommalasha
boshladi. Bu davrda iqtisodiy adabiyotda anʼanaviy iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan “atrof
-
muhit iqtisodiyoti”, deb nomlangan yangi yo‘
nalish paydo bo
‘
ldi. Ushbu yo
‘
nalish doirasida
iqtisodiy faoliyatning atrof-
muhitga taʼsiri natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy
-iqtisodiy
oqibatlarni eksternali, yaʼni tashqi samaralar s
ifatida talqin etish boshlandi. Unga muvofiq
ekologik muammolarni amaldagi iqtisodiy munosabatlar doirasida hal etish va xalqaro
darajada umumlashtirilishi zarur (Beder, 2011). Misol tariqasida atmosferaga chiqarilayotgan
issiqxona gazlarining xalqaro savdosini tashkil etish masalasini keltirish mumkin.
XX asrning 80-90-yillarida ekologik muammolarni tor doirada iqtisodiy yondashuvlar
orqali hal etishning muqobil varianti sifatida ekologiya iqtisodiyoti (ecological economics) fani
paydo bo
‘
ldi va jadal
surʼatlarda rivojlana boshladi. Аtrof
-muhit iqtisodiyotidan farqli ushbu
yoʼnalish iqtisodiyot fanining maxsus boʼlimi sifatida emas, balki ilmiy tadqiqotlarning mustaqil
sohasi sifatida talqin etiladi (Spash, 2011).
Аtrof
-muhit iqtisodiyoti va ekologiya iqtisodiyotining rivojlanishi asosida ilgari surilgan
tamoyillarning iqtisodiy siyosatga joriy etilishi natijasida “yashil iqtisodiyot” tushunchasi
shakllana boshladi. Ushbu atama ilk bor 1989 yilda Buyuk Britaniya hukumati uchun yetakchi
iqtisodchilar tomo
nidan “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish rejasi”, deb nomlangan hisobotda
foydalanilgan (Axborotnoma, 2023).
Аtrof
-
muhit iqtisodiyoti yoki ekologik iqtisodiyotdan farqli ravishda “yashil iqtisodiyot”
ko
‘proq amaliy xarakterga ega hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot” ilmiy fan sohasi emas, balki
ustun darajada real iqtisodiy siyosat, konkret faoliyat sohalari (energetika, inovatsiya, qishloq
xoʼjaligi va b.)ga taalluqlidir. Ushbu farqni “yashil iqtisodiyot”ning inglizcha economics
(iqtisodiy nazariya yoki environmental economics, ecological economics kabi iqtisodiy fanlar)
emas, balki economy (real iqtisodiy faoliyat) so
‘
zlari orqali ifodalanishida kuzatish mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada, Iqtisodiy darajada “yashil iqtisodiyot”ni boshqarish
jarayonlarining
natijalariga baho berilgan. Xo
‘
jalik yuritish va atrof-muhit o
‘
rtasidagi o
‘
zaro bog
‘
liqligi
yoritilgan. Iqtisodiy faoliyat tufayli uzoq istiqbolda atrof-muhitga yetkaziladigan zararni
minimallashtirish, ekologik va ijtimoiy omillarni qamrab oluvchi iqtisodiy tizimlarni
boshqarish usullari tadqiq etilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD)
ko‘magida
O‘zbekiston
iqlim
budjetini markirovkalash (IBM) modelini ishlab chiqish va joriy
qilish jarayonidan o‘tmoqda.
IBM rejalashtirilgan yoki ijro qilingan budjetning alohida moddalarini iqlim uchun
dolzarbligiga qarab belgilashni va keyin natijalarni nashr qilishni o‘z ichiga oladi.
IBMdan
strategiya ishlab chiquvchilarni
o‘zlarining budjetlashtirish qarorlarida iqlim
o‘zgarishi
masalalarini ko‘proq hisobga olishga undashi; iqlim o‘zgarishi bo‘yicha
strategiyalarni amalga
oshirishdagi o‘sishni kuzatishga yordam berishi; Hukumatning
iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq
faoliyati b
o‘yicha manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni
yaxshilashi kutilmoqda. Vaqt o‘tishi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
633
bilan bu afzalliklar mamlakatga iqlim sohasidagi
moliyalashtirish uchun qo‘shimcha
resurslardan foydalanish va samarali dasturlash imkonini beradi.
O‘zbekistonda 2022
-yilda o
‘tkazilgan
Iqlim
o‘zgarishi
bilan
bog‘liq
davlat xarajatlari va
institutsional tahlil (CPEIR) natijalariga mos keladi. 1-jadvalda CPEIR tahlili natijalari
ko‘rsatilgan
bo‘lib,
O‘zbekiston Davlat budjetining qariyb 11 foizi iqlim o‘zgarishi natijalarini
qo‘
llab-
quvvatlashga mo‘ljallanganligini, ularning katta qismi iqlim o‘zgarishiga moslashish
bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tahlil natijasida Davlat budjetining 0,5
foizidan
kam
bo‘lgan,
iqlim
o‘zgarishi
bilan
bog‘liq
faoliyat natijalariga zarar yetkazuvchi ("salbiy"
xarajatlar) xarajatlari ham aniqlangan.
2022-yildagi
O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjetining 10 foizidan
ortig‘i
iqlim
bilan
bog‘liq
faoliyatning yakuniy natijalarini ijobiy
qo‘llab
- quvvatlashga qaratilgan deb
baholangan.(1-jadval)
1-jadval
Manba:
iqlim
o‘zgarishi
bo‘yicha
moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning
texnologiyalarni uzatish
to‘g‘
risidagi. Milliy axborotnoma.
Biroq, O‘zbekiston Hukumati iqlim o‘zgarishiga qo‘shimcha ravishda bir qator
boshqa
ekologik (yoki yashil) masalalar barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning ajralmas qismi
sifatida qaraydi.
Iqlim o‘zgarishi
masalalarini hal etish
asosiy vazifalardan bo‘lib qolsa
-da,
davlat
xarajatlari to‘g‘risidagi qarorlar bilan yumshatish yoki murakkablashtirish mumkin
bo‘lgan
atrof-muhit bilan
bog‘liq
bir qator
o‘ta
ustuvor vazifalar ham mavjud. Masalan, ilmiy
tadqiqot doirasida to‘qqizta sayyora chegaralari aniqlangan: ular chuchuk suv
holatining
o‘zgarishi,
ozon qatlamining yemirilishi, atmosfera aerozolining yuklanishi, okeanning
kislotalanishi, yangi davr predmetlari (plastmassalar kabi), yer tizimining
o‘zgarishi, biosfera
yaxlitligi va iqlim o‘zgarishidan iborat.
O‘zbekiston o‘z budjeti iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan
atrof-muhit
muammolariga qanday
ta’sir
ko‘rsatishini
hisobga olish uchun IBM yondashuvini
kengaytirishni rejalashtirmoqda. 2023-yilda iqlimni moliyalashtirish va yashil iqtisodiyotga
o‘tish bo‘yicha bir
qancha loyihalar amalga oshirilishi natijasida natijada xalqaro tashkilotlar
mablag‘lari
jalb qilinmoqda.
Misol uchun 2023-yil 17-
may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa
tiklanish va
taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining “Muvofiqlikka
sarmoya
kiritish”
mavzusidagi 32-yillik
yigʼilishi
doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yevropa ittifoqi va
Fransiya taraqqiyot agentligi
o‘rtasida
“O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyot hamkorligi
bo‘yicha”
10,2 mln yevro
miqdorida texnik ko‘mak
mablag‘lari ajratilishiga qaratilgan kelishuv
imzolandi.
2022-yil
Jami iqlim
o‘zgarishi bilan
bog‘liq "ijobiy"
xarajatlar
Iqlim taʼsirini
yumshatish bilan
bog‘liq "ijobiy"
xarajatlar
Iqlim o‘zgarishiga
moslashish bilan
bog‘liq ijobiy
xarajatlar
Iqlim
o‘zgarishi
bilan bog‘liq
salbiy xarajatlar
(barchasi tasirini
yumshatish
bo‘yicha)
Milliard so‘m
26 302,4
612,7
25 414,8
1 006,0
Davlat
byudjetida foizi
ko‘rinishida
11,1%
0,3%
10,7%
0,4%
www.sci-p.uz
III SON. 2025
634
2-jadval
Asosiy
yo‘nalishlar
Moliyalashtirishning
taxminiy miqdori
*
(
mln AQSh doll.
)
1-komponent: Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish
1.1-subkomponent: UNFCCC talablari asosida monitoring,
hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish
Issiqxona gazlari kadastri
(
rasmiy statistika ma’lumotlariga
aoslangan issiqxona gazlarining chiqarilishi va tutib qolinishini
tavsiflovchi tizimlashtirilgan
ma’lumotlar
jamlanmasi)
6,00
Issiqxona gazlari reyestri
(issiqxona gazlarining chiqarilishi
to‘g‘risida
hisobotlarni
o‘z ichiga olgan axborot tizimi)
Uglerod birliklari reyestri
(“yashil” loyihalar ro‘yxatdan
o‘tkaziladigan, uglerod birliklari va ular bilan bog‘liq operatsiyalar
hisobi
yuritiladigan axborot tizimi)
Ma’lumot
va axborot markazi
1.2-
subkomponent: “Yashil” o‘sish va uglerod savdosi
bo‘yicha
quyidagi vazirlik va idoralarning salohiyatini oshirish:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar,
sanoat va savdo vazirligi, Strategik islohotlar agentligi,
Gidrometeorologiya xizmati agentligi
2,00
1.3-subkomponent: Parij bitimi 6-moddasiga muvofiq
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Loyihani amalga oshirish
guruhini tashkil etish
(issiqxona gazlari emissiyasi savdosi, loyihalarni
ko‘rib chiqish,
MRV, iCRAFT loyihalarini muvofiqlashtirish, monitoring
yuritish va boshqalar)
7,00
Milliy qonunchilik bazasini tayyorlash
Loyihani amalga oshirish guruhi (markazi)ning nizomini
tayyorlash
UNFCCC talablari asosida loyihani
ko‘rib
chiqishning milliy
qoidalarini tayyorlash
Xalqaro bozorlarda birinchi uglerod sotilishiga qadar
moliyalashtirish (ish haqi, texnika)
“Yashil
energiya”
sertifikatlari yagona elektron platformasini
ishga tushirish
2-komponent: Iqlim
o‘zgarishi
oqibatlarini yumshatish natijalarini sotib olish
2-komponent: Iqlim
o‘zgarishi
oqibatlarini yumshatish
natijalarini sotib olish
18,00
2.2-subkomponent: Energiya tariflari (subsidiya) islohotlari
va unga taalluqli
bo‘lgan aloqa
kampaniyalari
2,00
Samarali tarif siyosati, narxlarni shakllantirish va amalga oshirish
Aloqa kampaniyalarini ishlab chiqish
2.3-subkomponent: Ijtimoiy zaif uy
xo‘jaliklarini
nergiya
tariflari islohotlaridan himoya qilish
bo‘yicha
ijtimoiy yordam
faoliyati
(ijtimoiy xavfsizlik
tarmog‘i
tizimini, ijtimoiy
ro‘yxatlarni
va
boshqalarni kuchaytirish)
5,00
2.4-subkomponent: Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish
(uy-joylarga quyosh panellari, quyosh suv
isitkichlarini
o‘rnatish va boshqalar)
hamda energiya samaradorligini
oshirish choralarini
(issiqlik nasoslari, quyosh suv isitkich va
sovitkich tizimi va boshqalar)
ishlab chiqish va pilot loyihalarini
amalga oshirish
5,00
Manba:
iqlim
o‘zgarishi
bo‘yicha
moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning
texnologiyalarni uzatish
to‘g‘risidagi. Milliy
axborotnoma.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
635
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 8
-
avgustdagi
Jahon banki ishtirokida
“energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash”
loyihasini amalga
oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi
PQ-271-son qarori bilan 2030-
yilgacha O‘zbekiston
Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni
ta’minlash
dasturida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning kam uglerodli rivojlanishini
ta’minlash maqsadida “Energetika
islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini
qo‘llash”
(iCRAFT) loyihasini
amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan O‘zbekiston Respubl
ikasiga
46,25 mln AQSh dollari
miqdorida mablag‘ ajratilishi ma’qullandi. Loyiha
20,0 mln AQSh
dollari
miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib
olish
shartnomasi”
komponenti hamda
25,0 mln AQSh dollari
miqdoridagi moliyalashtirish
hajmiga ega
“Oqibatlarni
yumshatish natijalarini sotib olish
shartnomasi”
komponentidan
iborat. Ushbu loyiha doirasida ajratilgan
mablag‘lar
quyidagi yo‘nalishlarga
sariflanishi
belgilangan edi.(2-jadval)
BMTning Taraqqiyot da
sturi ko‘magida amalga oshirilgan yana bir loyiha
doirasida
“O‘zbekistonda
budjetni
“Yashil”
markirovkalash (BYAM) metodologiyasi va
yo‘l xaritasi”
ishlab
chiqildi. Loyihaning asosiy tadbirlari:
-davlat budjetini shakllantirish jarayonining barqaror rivojlanish maqsadlarini samarali
tarzda amalga oshirishni
qo‘llab
-quvvatlashini
ta’minlash;
-
O‘zbekistonda “Iqlim budjetini markirovkalash” modelini ishlab chiqish va
joriy etish
hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi ilk bor
4,25 trln
so‘m
miqdoridagi
“yashil”
suveren xalqaro
obligatsiyalar hamda
660 mln dollar
miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond
birjasida joylashtirdi.
“Yashil”
obligatsiyalar
bo‘yicha
kelib tushadigan
mablag‘lar
suv tejovchi
texnologiyalarni joriy qilish, temir
yo‘l
transporti va metro transportini rivojlantirish, sanitar
tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni
ta’minlash,
shamol eroziyasiga va
suv
xo‘jaligi
obyektlarining qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish kabi yashil
loyihalarni moliyalashtirish uchun
yo‘naltiriladi. Bundan
tashqari, BMT Taraqqiyot dasturi
bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish monitoringining shaffofligini ta'minlash,
investorlar va keng jamoatchilikka
investitsiyalarning Oʻzbekistonning "yashil" va barqaror
rivojlanish sohasidagi vazifalariga
ta’siri
toʻgʻrisida
barcha zarur
ma’lumotlarni
taqdim etish
boʻyicha
ishlar olib boriladi.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi
vazifalarni hal etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-yashil iqtisodiyot konsepsiyasini mavafaqqiyatli amalga oshirishdagi bosh muammo
yashil iqtisodiyot tushunchasini energiya va resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalar,
muqobil energetikani rivojlantirishga
qo‘shimcha
investitsiyalar
yo‘naltirish
yoki yashil
o‘sish
sifatida soddalashtirish hisoblanadi.
-yashil iqtisodiyotga
o‘tish
zarurligini ilmiy asoslashning murakkabligi, ekologik
muammolarni prognozlashning yuqori darajada noaniqligi ushbu konsepsiyani tushunarli,
sodda tarzda tushuntirishda qiyinchiliklar
tug‘diradi.
Jumladan, issiqxona gazlarini
atmosferaga
chiqarish muddati va darajasini pasaytirish bo‘yicha yagona keli
shuv mavjud
emas. Issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish hajmi esa ortib bormoqda.
-yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanish
o‘rnini
bosa olmaydi, yashil iqtisodiyot barqaror
rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi mezon hisoblanadi.
-barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni yaxlit,
o‘zaro
bog‘liqlikda
rivojlantirishni taqozo etadi.
-
yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida
ahamiyat kasb etib,
tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kabi xususiyatlarga
bevosita bog‘liq holda
sodir bo‘ladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
636
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Axborotnoma (2023) Iqlim
o‘zgarishi
bo‘yicha
moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va
xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish
to‘g‘risidagi. MI
LLIY AXBOROTNOMA.
Toshkent 2023.
Beder, S. (2011), 'Environmental economics and ecological economics: the contribution of
interdisciplinary to understanding, influence and effectiveness', Environmental Conservation, vol.
38, no. 2, pp. 140-150.
Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 4-
oktyabrdagi “2019 —
2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini
tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ
-4477- son Qarori.
Smirnov, D. (2015). The concept of sustainable development as a methodological base to
form strategy for enterprises of oil complex. MIR [World] (Modernization Innovation Research),
6(4-2), pp.362
–
367. doi:https://doi.org/10.18184/2079-4665.2015.6.4.362.367.
SPASH (2011). Social Ecological Economics: Understanding the Past to See the Future. The
American Journal of Economics and Sociology. Volume70, Issue2 April 2011.
https://doi.org/10.1111/j.1536-7150.2011.00777
Вахабов
A.B,
Хажибакиев
Ш.Х.
ва
бошқалар. яшил
иқтисодиёт дарслик
–Тоshkent.:
“Universitet”,
2020. -262
б.
