www.sci-p.uz
III SON. 2025
3
INVESTITSION LOYIHАLАRNI MOLIYALАSHTIRISHDА BАNK KREDITLАRINING
ROLINI OSHIRISH Y
O‘LLАRI
prof.
Mamadiyarov Zokir
Ma
’
mun universiteti,
Alfraganus universiteti
ORCID: 0000-0002-1508-488X
Muxitdinov Sidikxo
‘
ja
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
ORCID: 0009-0000-9327-7161
Annotatsiya.
Ushbu maqolada investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank
kreditlarining roli va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hozirgi kunda
banklar investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda asosiy moliyaviy manbalardan biri bo‘lib
xizmat qilmoqda. Biroq moliyaviy tizimdagi turli muammolar, risklarni baholashdagi
qiyinchiliklar, garovga bo‘lgan talabning yuqoriligi va
uzoq muddatli resurslar yetishmasligi bank
kreditlaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada investitsion loyihalarni
moliyalashtirish manbalari, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish
manbalari bo‘yicha o‘zgaris
hi, bank kreditlarining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
doirasida kredit ajratish dinamikasi va tadbirkorlik faoliyatiga ajratilgan kreditlar ulushi
solishtirma jadvallar orqali tahlillar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bank
kreditlarining investitsiya jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va investitsion loyihalarni
moliyalashtirishda bank kreditlarining rolini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
investitsiya, investitsion loyiha, bank krediti, investitsion loyihalarni
moliyalashtirish, risk.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ РОЛИ БАНКОВСКИХ КРЕДИТОВ В ФИНАНСИРОВАНИИ
ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ
проф
.
Мамадияров Зокир
Университет Маъмуна,
Университет Альфраганус
Мухитдинов Сидикхужа
Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан
Аннотация
.
В статье анализируется роль банковских кредитов в финансировании
инвестиционных проектов и возможности повышения их эффективности. В настоящее
время банки служат одним из основных финансовых источников финансирования
инвестиционных проектов. Однако различные проблемы в финансовой системе,
трудности в оценке рисков, высокая потребность в залоговом обеспечении и нехватка
долгосрочных ресурсов препятствуют эффективному использованию банковских
UOʻK:
336.5
3-12
www.sci-p.uz
III SON. 2025
4
кредитов. В статье анализируются источники финансирования инвестиционных
проектов, динамика инвестиций в основной капитал по источникам финансирования,
динамика банковских кредитов в рамках программ развития семейного
предпринимательства, доля кредитов, направляемых на предпринимательскую
деятельность, с помощью сравнительных таблиц. По результатам исследований
разработаны научные предложения и рекомендации по расширению участия банковских
кредитов в инвестиционном процессе и повышению роли банковских кредитов в
финансировании инвестиционных проектов.
Ключевые слова:
инвестиции, инвестиционный проект, банковский кредит,
финансирование инвестиционных проектов, риск.
WAYS TO INCREASE THE ROLE OF BANK LOANS IN FINANCING
INVESTMENT PROJECTS
prof.
Mamadiyarov Zokir
Mamun University,
Alfraganus University
Mukhitdinov Sidikhoja
Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes the role of bank loans in financing investment projects and
the possibilities of increasing their effectiveness. Currently, banks serve as one of the main
financial sources in financing investment projects. However, various problems in the financial
system, difficulties in assessing risks, high collateral requirements and lack of long-term resources
hinder the effective use of bank loans. The article analyzes the sources of financing of investment
projects, changes in investments in fixed capital by sources of financing, the dynamics of bank
loans within the framework of family entrepreneurship development programs, and the share of
loans allocated to entrepreneurial activity through comparative tables. According to the results
of the study, scientific proposals and recommendations were developed to expand the
participation of bank loans in the investment process and increase the role of bank loans in
financing investment projects.
Keywords:
investment, investment project, bank loan, financing of investment projects, risk.
Kirish.
Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim rol o‘ynaydi, chunki
investitsiyalar bo‘sh moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan bozor subyektlari uchun foyda olish
maqsadida jamg‘armani samarali joylasht
irish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, aholini ishsiz qatlamlarini ushbu tarmoq korxonalarining ish
bilan ta’minlash hamda shu orqali aholi farovonligiga erishishga yordam beradi.
Investitsiyalarni moliyala
shtirish ayrim manbalarining o‘rni va roli, ko‘p jihatdan,
makroiqtisodiy muvozanat hamda o‘sish barqarorligi, mulkchilik shakllarining rivojlanish
darajasi va o‘zaro nisbatlari, bank
-moliya tizimining rivojlanganligi va boshqalar bilan
belgilanadi. Invest
itsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda iqtisodiyotning moliya
sektorining rivojlanishidagi obyektiv shart-sharoitlarni, investitsiya qarorlarini qabul qilishga
aniqlik kiritadigan va ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy vositachilik darajasini, ulard
an foydalanish
vositalari hamda mexanizmlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Har qanday iqtisodiyotning barqaror va uzoq muddatli rivojlanishi uchun investitsiyalar
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xususan, investitsion loyihalar
–
yaʼni, yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini yaratish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va innovatsion
texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tashabbuslar
–
mamlakatning sanoat salohiyati,
eksport imkoniyatlari va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Bunday loyihalarni
www.sci-p.uz
III SON. 2025
5
samarali amalga oshirish esa moliyaviy resurslar bilan taʼminlas
hga, xususan, bank
kreditlarining mavjudligi va maqbul shartlar bilan taqdim etilishiga bevosita bog‘liq.
Bank kreditlari investitsion faoliyatni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan va
strategik ahamiyatga ega manbalaridan biridir. Ular orqali loyihala
rni boshlang‘ich bosqichdan
amaliy ijrogacha olib borish, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun juda muhimdir.
Shu bilan birga, kredit resurslaridan samarali foydalanish loyihaning moliyaviy barqarorligi,
kapital oqimi va qaytarish qobiliyatini talab qiladi. Har bir investitsion loyiha muayyan
tavakkalchiliklar va noaniqliklar bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, banklar bunday moliyalashtirish
qarorlarini qabul qilishda atroflicha tahlil va baholash ishlarini olib boradilar.
Investitsion
loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining o‘rnini tahlil qilish, avvalo,
bank tizimi qanday moliyaviy vositalar orqali bunday loyihalarni qo‘llab
-quvvatlayotganini
o‘rganishni talab etadi. Shu bilan birga, kredit siyosatining shartlari –
foiz stav
kalari, to‘lov
muddatlari, kafolatlar va risklar nizomi
–
loyihaning umumiy samaradorligiga taʼsir ko‘rsatadi.
Bunday sharoitda, davlat siyosati, jumladan, imtiyozli kredit dasturlari, kafolat jamg‘armalari
va subsidiyalar ham banklar faoliyatiga ijobiy ta
ʼsir ko‘rsatishi mumkin.
Аyniqsa, o‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda bank sektorining investitsion
loyihalarni moliyalashtirishdagi roli juda muhimdir. So‘nggi yillarda mamlakatda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, banklar faoliyatini liberallashtirish, xorijiy kapital
ishtirokini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash kabi chora-tadbirlar ushbu jarayonni
jadallashtirmoqda. Shu bois, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining
real ahamiyati, imkoniyatlari va mavjud muammolarini tahlil qilish bugungi kun uchun dolzarb
hisoblanadi.
Mazkur maqolada bank kreditlarining investitsion loyihalarga taʼsiri, ular orqali amalga
oshirilgan loyihalarning samaradorligi, tavakkalchilikni boshqarish mexanizmlari hamda
banklar
va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik muammolariga eʼtibor qaratiladi. Shuningdek,
xorijiy tajriba asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy usullari va
tavsiyalari ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu tahlil investitsion muhitni yaxshilash va
loyihalarni
moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining roli xalqaro va mahalliy
iqtisodchilar tomonidan keng
o‘
rganilgan masalalardan biri hisoblanadi. Investitsion
loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlarining roli ahmiyatli bo‘lib, u bank kredit portfelini
optimallashtirishda, risklarni boshqarishda muhum sanaladi. Bank kreditlari investitsion
loyihalarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ularning moliyaviy
moslashuvchanligidadir.
Bank kreditlari loyihani moliyalashtirishda, ayniqsa yirik, uzoq muddatli investitsiyalar
uchun muhim ahamiyatga ega. Banklar bu orqali nafaqat zarur kapitalni taqdim etadilar, balki
loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishida maslahatchi rolini ham bajaradi (Power & Mbianda,
2022).
Bank kreditlari investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lsa
-da,
ularning samaradorligiga turli omillar, jumladan, normativ-huquqiy baza, iqtisodiy sharoitlar
va turli tarmoqlarning o‘ziga xos ehtiyojlari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nigeriyada, nobank kredit institutlar ham bank kreditlarini ajratishda muhim rol o‘ynaydi,
bu turli xil moliyaviy ekotizimlar investitsiya nati
jalarini yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatadi
(Nnaemeka va Dara, 2022). Bu investitsiya loyihalarini samarali qo‘llab
-quvvatlash uchun ham
rasmiy, ham norasmiy moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida mujassam etgan muvozanatli
yondashuv muhimligini ta’kidlay
di.
Avramovic (1995) oʻzining tadqiqotida rivojlanayotgan mamlakatlarda bank kreditlari
orqali investisiyalarni moliyalashtirishda yuzaga keladigan toʻsiqlar, jumladan, yuqori foiz
stavkalari, notoʻliq kafolat tizimi va moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi
samarasizliklarga
www.sci-p.uz
III SON. 2025
6
e'tibor qaratadi. Uning fikricha, markazlashtirilgan bank siyosati va qulay moliyaviy muhit
investisiya faolligini oshiradi.
Levine (2005) bank tizimi va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi munosabatni tahlil qilar ekan,
samarali banklar invest
isiya resurslarini toʻgʻri taqsimlash orqali iqtisodiy oʻsishga ijobiy ta’sir
koʻrsatishini ta’kidlaydi. Uningcha, banklar faqat qarz beruvchi emas, balki investision
qarorlarda ishtirok etuvchi muassasa sifatida qaralishi kerak.
Demirgüç
-Kunt va Maksimovic (2002) bank kreditlari va korporativ investisiya faoliyatini
oʻzaro bogʻliq holda oʻrganib, bozor sharoitida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun banklar
tomonidan taklif etilayotgan kreditlarning hajmi va shartlari ularning loyihaviy faolligiga
bevosita ta'sir qilishini isbotlaydilar.
Mahalliy olimlardan Haydarov (2020) oʻz tadqiqotlarida Oʻzbekistonda investisiya
loyihalarini moliyalashtirishda banklar rolini tahlil qilib, ayniqsa, yirik infratuzilmaviy
loyihalarda tijorat banklarining moliyaviy vosit
achi sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
U joriy bank tizimida investisiya kreditlarini berishdagi mavjud byurokratik toʻsiqlar va
qaytarish muddatlarining uzoqligini asosiy muammo sifatida koʻrsatadi.
Ergashev (2019) esa investision faollikni oshirish uchun banklar faoliyatida innovasion
moliyalashtirish vositalarini
–
masalan, sindikatlashgan kreditlar, investisiya jamgʻarmalari
bilan hamkorlik kabi
–
keng joriy qilish zarurligini taklif etadi.
Xalqaro amaliyotda World Bank (2021) hisobotiga koʻra
, investision loyihalarni
moliyalashtirishda banklar tomonidan berilgan kreditlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi
ish oʻrinlarini yaratish va umumiy iqtisodiy oʻsishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga,
yuqori risk, uzoq muddatli qaytarish va m
a’lumotlarning etishmasligi kabi omillar banklarni
investisiya kreditlaridan ehtiyot boʻlishga majbur qiladi.
Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD, 2023) tomonidan taqdim etilgan tahlilda esa
bank kreditlarining samarali boʻlishi uchun ilgʻor moliyav
iy baholash tizimlari, kredit
tavakkalchiliklarini xedjirlash va davlat tomonidan kafolatlash mexanizmlarini joriy qilish
tavsiya etilgan.
Ayniqsa makroiqtisodiy beqarorlik kuzatilgan hududlarda tartibga solishda ham bank
kreditining ahamiyati sezilarlidir
. Bu investitsiya jarayonlariga to‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy
bo‘lmagan omillar va tarkibiy muammolarni hal qilishni o'z ichiga oladi (Mazloev va boshq.,
2023).
Bugungi kunda banklar kreditlar orqali kredit va investitsiya portfellarini
optimallashtirish natijasida investitsiyalardagi rolini oshirishlari mumkin. Bu foydani
ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni qo'llab
-
quvvatlash uchun qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit
bozori o'rtasida resurslarni taqsimlashni muvozanatlashni o‘z ichiga oladi (Shtefan, n.d.).
Investitsion loyihalarni faol qo‘llab
-quvvatlash uchun banklar moliyaviy risklarni samarali
boshqarish zarur. Investitsion kredit oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholash va
moliyaviy risklarni yanada samarali boshqarish uchun risklarni boshqarish
bo‘yicha ilg‘or
xorijiy tajribalar qo‘llanilishi mumkin (Mamadiyarov, 2022; Makhmudov va boshq., 2024;
Toshtemirovich, 2021).
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolada investision loyihalarni moliyalashtirish xususan, bank kreditlari orqali
moliyalashtirishning ahamiyati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek,
tadqiqot metodologiyasi sifatida ilmiy, tarixiy va amaliy manbalarni qiyosiy tahlilida ilmiy
abstraksiyalash, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish va segmentli tahlil
usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tijorat banklari tomonidan investitsiya operatsiyalarini amalga oshirishning ahamiyatini
quyidagicha izohlash mumkin:
www.sci-p.uz
III SON. 2025
7
- bank operatsiyalari turlarini kengaytirish, diversifikatsiyalash orqali;
- bank opratsiyalarini kengaytirish hisobiga bank risklarini qisqartirish;
-
bankning qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirkochi bo‘lishini ta’minlash;
-
bankning mijozlarini ko‘proq jalb qilinishini ta’minlash;
- bankning daromad manbalarini kengaytirish.
Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning
daromadliligi va likvidliligini ta’minlashdan iborat.
1-jadval
Investision loyihalarni moliyalashtirish manbalari
Tashqi manbalar
Ichki manbalar
Shariklik asosidagi
manbalar
Xalqaro moliya institutlari
(Jahon banki, OTB va h.k.)
Davlat byudjeti mablagʻlari
Davlat-xususiy sheriklik
(DXSh)
Tashqi investorlar
Mahalliy bank kreditlari
Venchur mablagʻlar
Tashqi qarzlar (suveren
va korporativ)
Korxonaning oʻz mablagʻlari
(amortizasion ajratmalar, sof foyda)
Kraudfanding
platformalari
Qimmatli qogʻozlar chiqarish
(aksiyalar, obligasiyalar)
Manba:
mualliflar tomonidan tuzildi.
Investision loyihalarni moliyalashtirishda tashqi manbalar mamlakat tashqarisidan jalb
qilinadigan moliyaviy resurslarni oʻz ichiga oladi. Ulardan birinchisi, Xalqaro moliya institutlari
boʻlib ya'ni Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro
m
oliyaviy tashkilotlar boʻlib ular uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar, grantlar yoki texnik
yordam shaklida mablagʻ taqdim etadi. Bu manbalar ayniqsa infratuzilma va ijtimoiy loyihalar
uchun muhimdir. Ikkinchisi, tashqi investorlar boʻlib, ular chet el investorlar boʻlib, shu
jumladan strategik va portfel investorlar, toʻgʻridan
-
toʻgʻri investisiyalar orqali loyihalarga
kapital kiritish orqali ishtirok etadi. Uchinchisi, tashqi qarzlar boʻlib, bu suveren (davlat) va
korporativ (korxonalar tomonidan olinadi
gan) qarzlarni oʻz ichiga oladi. Ular xalqaro moliya
bozorlari yoki ikki tomonlama shartnomalar asosida jalb qilinadi.
Ichki moliyalashtirish manbalari mamlakat ichidagi iqtisodiy sub'ektlar orqali
moliyalashtiriladi. Bular davlat byudjeti mablagʻlari, mahalliy bank kreditlari, korxonaning oʻz
mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Investision loyihalarni moliyalashtirishda davlat va xususiy sektor, yoki jamoatchilik
orqali amalga oshirish ham mumkin. Bunda davlat va xususiy sektor hamkorlikda loyiha
amalga oshirishi va moliyalashtirishi orqali infratuzilma va kommunal xizmatlarda keng
qoʻllaniladi. Yangi va yuqori texnologiyali loyihalar uchun yuqori tavakkalchilik asosida
moliyalashtirish. Venchur kapital loyihaning oʻsish po
tensialini baholab investisiya qiladi.
Jamoatchilikdan onlayn platformalar orqali mablagʻ yigʻish usuli. Bu usul asosan kichik va
innovasion loyihalar uchun mos keladi.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investitsion siyosati bank
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini ta’minlashda
asosiy rol o‘ynaydi. Xalqaro amaliyotning ko‘rsatishicha, tijorat banklarining investitsion
faolligini oshirish natijasida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, banklar faoliyatini
yanada diversifikatsiyalash va kengaytirish hamda yangi daroamad manbalarining yuzaga
kelishiga sharoit yaratadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
8
2-jadval
Asosiy kapita
lga kiritilgan investisiyalarning moliyalashtirish manbalari boʻyicha
oʻzgarishi, mlrd
.
soʻmda
Moliyalashtirish manbalari
2022 yil
2023 yil
Oʻzgarish,
foizda
Jami investisiyalar
269 857,5
352 064,1
22,1
Markazlashgan investisiyalar
41 548,1
44 806,8
-0,7
Byudjet mablagʻlari
20 910,1
20 447,0
-11,4
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari
2 447,9 1
554,2
-42,0
Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar
15 256,5
21 153,4
30,3
Markazlashmagan investisiyalar
228 423,6 307 257,3
26,2
Korxonalarning oʻz mablagʻlari
84 513,9
84 936,4
-2,7
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investisiya va kreditlar
97 095,4
166 731,4
56,2
shu jumladan, toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investisiyalar
37 006,3
84 311,6
96,4
Aholi mablagʻlari
25 738,1
33 321,7
8,9
Tijorat banklari kreditlari
21 076,2
22 267,8
17,9
Manba:
mualliflar tomonidan tuzildi.
Xususan, 2023 yilda iqtisodiyotdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan
oʻzlashtirilgan investisiyalar hajmi 2022 yilga nisbatan real hisobda 22,1 foizga oʻsib, 352,1 trln
soʻmga etdi. Bunda, markazlashmagan investisiyalar hajmi 2022 yilga nisbatan 26,2 foizga oʻsib
307,3 trln soʻmni, markazlashgan investisiyalar esa 0,7 foizga qisqarib 44,8 trln soʻmni tashkil
etdi.
2023 yilida oʻzlashtirilgan investisiyalarning moliyalashtirish manbalari tarkibida
markazlashmagan investisiyalarning ulushi 2022 yildagi 84,6 foizdan 87,3 foizgacha oshgan
boʻlsa, markazlashgan investisiyalar ulu
shi esa 15,4 foizdan 12,7 foizgacha qisqargan.
Markazlashmagan investisiyalarning oʻsishi toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investisiyalar hajmining
qariyb 2,0 barobarga hamda tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablagʻlarining 17,9
foizga, aholi mablagʻla
rining 9 foizga oshganligi hisobiga shakllangan. Markazlashgan
investisiyalar hajmining real oʻsishi qariyb oʻtgan yil darajasida saqlanib qolgan boʻlsada, uning
tarkibida hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 1,3 barobarga koʻpaydi.
Tadbirkorlik muhitining yanada yaxshilanib borishi hamda muqobil moliyalashtirish
manbalarining cheklanganligi sharoitida xususiy sektorning investisiya loyihalarini
moliyalashtirishda bank kreditlariga boʻlgan talab yuqoriligicha qolmoqda.
Ushbu yuqori talabni qondirish
va tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab
-quvvatlash
maqsadlariga jami 251,4 trln soʻm (2022 yilga nisbatan qariyb 24 foizga koʻp) kredit mablagʻlari
yoʻnaltirilib, jami kredit qoʻyilmalari qoldigʻi qariyb 497 trln soʻmga etdi.
Ajratilgan kreditlar ha
jmining oʻsishi barcha iqtisodiyot tarmoqlarida kuzatilgan boʻlib,
kredit qoʻyilmalari qoldigʻi sanoat sohasida (oʻsish 10,7 foiz) 140,2 trln soʻmni, qishloq
xoʻjaligida (12,3 foiz) 47,3 trln soʻmni, transport va kommunikasiya sohasida (15,7 foiz) 34,3
trl
n soʻmni, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida (12,5 foiz) 32,5 trln soʻmni hamda qurilish
sohasida (18 foiz) 12,3 trln soʻmni tashkil qildi.
Soʻnggi yillarda bir tomondan, tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi hamda iqtisodiyotda
davlat ulushining qisqarib borishi, ikkinchi tomondan, muqobil moliyalashtirish manbalarining
cheklanganligi sharoitida xususiy sektorning investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun
bank kreditlariga boʻlgan talabi yuqoriligicha qolmoqda.
Ushbu yuqori talabni qondirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllabquvvatlash maqsadlariga
tijorat banklari tomonidan 2023 yilda 581 mingdan ortiq loyihalarga jami 160 trln soʻm
m
iqdorida yoki 2022 yilga nisbatan 1,3 barobarga koʻp kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
9
1-rasm. 2023-yilda toifalar kesimida tadbirkorlik faoliyatiga ajratilgan
kreditlar ulushi
Manba:
mualliflar tomonidan tuzildi.
Ushbu rasmda 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida
ajratilgan kreditlar dinamikasini oylar kesimida koʻrsatadi. Kredit ajratish faoliyati yil boshidan
yil oxirigacha turlicha boʻlib, may oyida eng yuqori darajaga etib, 1 496,0 mlrd soʻmni tashkil
etgan. Bu
oydagi yuqori koʻrsatkich, ehtimol, mavsumiy talab, davlat dasturlarining amaliy
faollashuvi yoki yangi moliyaviy mexanizmlarning joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Har bir oyda xotin-
qizlar uchun ajratilgan kreditlar miqdori yuqori boʻlib, de
yarli barcha
oylarda eng katta ulushni tashkil qilgan. Masalan, may oyida xotin-
qizlarga 719 mlrd soʻm
miqdorida kredit ajratilgan. Bu holat xotin-
qizlar tadbirkorligini ragʻbatlantirish siyosati
samaradorligidan dalolat beradi.
Yoshlar uchun ham yil davom
ida barqaror ravishda kreditlar ajratilgan boʻlib, ayniqsa
aprel va may oylarida ulushi yuqori boʻlgan (masalan, aprel —
438 mlrd soʻm, may —
570 mlrd
soʻm). Bu yoshlar tadbirkorligini qoʻllab
-
quvvatlash mexanizmlari samaradorligini koʻrsatadi.
Boshqa guru
hlarga ajratilgan kreditlar umumiy kredit miqdoriga nisbatan kamroq boʻlsa
-
da, barqaror saqlangan. Eng yuqori koʻrsatkich may oyida 206 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Yanvardagi juda past koʻrsatkich (54,8 mlrd soʻm) va maydagi yuqori daraja mavsumiylik
omilla
rining muhimligini koʻrsatadi. Yanvar —
yil boshi, rejalashtirish va tayyorgarlik davri
boʻlsa, may —
faol investisiya va amalga oshirish bosqichi boʻlishi mumkin.
Umuman olganda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat siyosatining
segmentlangan yondashuvini aks ettiradi. Xotin-qizlar va yoshlar uchun kredit ajratishning
yuqori ulushi inklyuziv iqtisodiy siyosatni, shuningdek, aholining iqtisodiy faol qatlamlarini
moliyaviy qoʻllab
-
quvvatlash mexanizmlarining samaradorligini koʻrsata
di.
2023 yilida kichik va oʻrta tadbirkorlikni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish, xotin-
qizlar va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab
-
quvvatlash maqsadlari uchun 573 mingdan ortiq loyihalarga jami 73 trln soʻm miqd
orida kredit
mablagʻlari ajratildi.
Tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha 2023 yilda tijorat banklari
tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan hududlarda 16 mingga yaqin loyihalar uchun 3,2
mlrd dollarlik kreditlar ajratilgan, jumla
dan, toʻgʻridan
-
toʻgʻri (davlat kafolatisiz) jalb qilingan
mablagʻlar hisobidan 2,7 mlrd dollar (jami xorijiy kredit liniyalarining 86 foizi) miqdorida
kreditlar yoʻnaltirildi. Bunda, 1,2 mlrd dollar miqdoridagi mablagʻlar kichik va xususiy
tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun ajratildi.
2023 yilida sohalar kesimida xorijiy kredit liniyalari mablagʻlarining yoʻnaltirilishi qishloq
xoʻjaligiga hamda xizmat koʻrsatish sohalariga oʻtgan yilga nisbatan deyarli oʻzgarishsiz qolgan
boʻlsa, sanoatga
1,5 barobarga, qurilishga 2,7 barobarga, savdo va umumiy ovqatlanish 1,6
barobarga va transport sohasiga 3,3 barobarga oshdi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
10
Global iqtisodiy noaniqliklar va jahon bozorida asosiy xomashyo mahsulotlari
narxlarining keskin tebranishlari sharoitida ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan
uzluksiz ta'minlashga erishish uchun ushbu sohani moliyaviy qoʻllab
-quvvatlash davom
ettirilib, 2024 yil 1 yanvar holatiga oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq
loyihalarga jami ajratilgan kreditlar qold
igʻi 23,8 trln soʻmni tashkil qildi.
Ushbu kreditlarning 12,3 trln soʻmi issiqxona (52 foiz), 4,2 trln soʻmi chorvachilik (18
foiz), 2,4 trln soʻmi muzlatgichli omborxona (10 foiz), 2,0 trln soʻmi parrandachilik (8 foiz), 1,3
trln soʻmi bogʻdorchilik (5 foiz), 591 mlrd soʻmi baliqchilik (2 foiz), 557 mlrd soʻmi sabzavot va
poliz mahsulotlarini etishtirish (2 foiz) va 372 mlrd soʻmi goʻsht va sutni qayta ishlash
loyihalarini (2 foiz) moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan.
2023 yilda tijorat banklari tomonidan savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik
sub'ektlarining qariyb 39 mingdan ortiq loyihalarini moliyalashtirish uchun 53,7 trln soʻm
miqdorida kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi.
Ushbu mablagʻlarning 23 trln soʻmi xizmatlar sohasidagi loyihalarga, 16,9 trln soʻmi savdo
faoliyatiga va 13,8 trln soʻmi xizmatlar sohasidagi tadbirkorlarning aylanma mablagʻlarini
toʻldirish uchun ajratilgan.
Turizm faoliyatini qoʻllab
-quvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 3 548 ta
tadbirkorlik sub'ektlariga 3,5 trln soʻmda
n ortiq kreditlar berildi. Ushbu ajratilgan
kreditlarning 1,3 trln soʻmi –
mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish, 896,7 mlrd soʻmi –
restoranlar faoliyati, 449,3 mlrd soʻmi –
yoʻlovchi tashish xizmatlariga, 112,8 mlrd soʻmi –
sport
va sogʻlomlashtirish turizmi hamda 43,1 mlrd soʻmi –
turistik agentlik va oromgohlar faoliyati
uchun yoʻnaltirilgan.
2023 yilda ham Dasturlar amalga oshirilishi davom ettirilib, asosiy e'tibor, yoshlar va
xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga qaratildi va hokim yordamchilari
tavsiyalari asosida 472 mingdan ortiq loyihalariga jami 9,9 trln soʻmdan ortiq imtiyozli
kreditlar ajratildi.
Ushbu imtiyozli kreditlar hisobidan, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab
-
quvvatlash maqsadida 174 mingdan ortiq loyihala
rga 3,8 trln soʻm va xotin
-qizlarning 262
mingdan ortiq loyihalariga 4,6 trln soʻm yoʻnaltirildi. Dasturlar doirasida ajratilgan
kreditlarning 369 mlrd soʻmi (4 foizi) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, 9,5 trln
soʻmi (96 foizi) oʻzini
-
oʻzi
band qilgan jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi. Dasturlar
doirasida barcha jarayonlar elektron imzo yordamida toʻliq raqamlashgan holda: –
kredit
uchun ariza berish, qarz oluvchini skoring tahlil qilish, hokim yordamchilari tomonidan tavsiya
berish, kredit hujjatlarini rasmiylashtirish, mahsulotni buyurtma qilish, monitoring hamda
arizachini identifikasiyalash oilakredit.uz platformasi;
–
mahsulot va asbob-uskunalar xarid
qilish hamda xizmatlarga buyurtma berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtiris
h erkin tanlov va
raqobat muhitiga asoslangan “marketpleys” elektron savdo maydoni (smart
-market.uz) orqali
amalga oshirilmoqda.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonda banklarning investitsion faoliyatini rivojlanish istiqbollari quyidagicha:
-
banklarning investitsion riskini sug‘urtalash tizimini ishlab chiqish va qo‘
llash,
investitsiya va risklarni sug‘urtalash fondini tashkil etish;
-
qimmatli qog‘ozlar bozorida banklar faoliyatini reyting baholashini ishlab chiqish va
qo‘llash;
- qimmatli
qog‘ozlar bozorida banklar va sug‘urta kompaniyalarning investitsion
faoliyatini faollashtirish;
-
milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini xalqaro fond birjalar bilan integratsiyalashuvini
ta’minlash, bu esa banklarning investitsion faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuni ta’kidlash joizki tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi hamda sifati
yaxshilanishini ta’minlash, investitsiyalarni bank kreditlari hisobiga moliyalashtirishni
www.sci-p.uz
III SON. 2025
11
takomillashtirishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik borasida quyidagi keltirib o‘tilgan takomillashtirish yo‘llarini amalga oshirish
maqsadga muofiq bo‘lar edi.
- loyihalarni tanlash, ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimi takomillashtirish zarur,
bunda invest
itsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashni tashkil etish bo‘yicha
tijorat banklarining maxsus xizmatlari malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash kerak
bo‘ladi;
- jahonning eng barqaror banklari tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan
zamonaviy uslubiyotlar asosida banklar mijozlarining kreditga layoqatliligini skoring-tahlil
qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda huddi manshu jarayonni ichki nazorat qilishni amalga
oshirish;
- tijorat banklari kredit portfeli monitoringini amalga oshirish mexanizmi yanada
kuchaytirish va takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish. Bunda garovga olingan
mulkning doimiy bozor qiymatini hisobga olgan holda berilgan kreditlar ustidan monitoringni
kuchaytirish va garovdagi mulk bahosi tushib ketgan vaziyatda zudlik bilan tegishli choralar
ko‘rish borasida tegishli ishlar amalga oshirish;
- banklar kredit portfelini diversifikatsiya qilishni kuchaytirish, risklarning bir qarzdorda
(yoki o
‘
zaro bog
‘
liq qarzdorlar guruhi), kreditlash obyektida, faoliyat turi va tarmoqda
to
‘
planishini nazorat qilish mexanizmlari yanada takomilashtirish;
-
har bir kredit ajratilayotgan loyiha bo‘yicha pul oqimi va daromadlar etarli darajada
bo‘lishiga alohida e’tibor berish;
- birgalikda yangi xizmat turlarini yaratish va tavakkalchilikni diversifikatsiyalashda
tijorat banklari bir birlar bilan va sug‘urta kompaniyalarining birgalikdagi amaliyotlari yanada
kengaytirish;
- banklar kapitallashuv darajasini oshirish, bank sohasiga xususiy kapitalni jalb etish,
qo‘shimcha aktsiyalarni chiqarish va ularni fond bozorlarida joylashtirish orqali banklarning
jami kapitalini yil mobaynida kamida 20 foizga o‘sishini ta’minlash borasida tegishli ishlar
amalga oshirish;
-
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan aholi
hamda xo‘jalik subyektlarining bo‘sh mablag‘larini bank aylanmasiga keng jalb etishda
ta’sirchan rag‘batlantirish choralari amalga oshirish;
- kreditlashning resurs manbalarini shakllantirishda asosiy e
’tibor ichki imkoniyatlarga,
ya’ni aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank aktivlariga jalb
qilish hamda uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida
joylashtirishga qaratirish;
- tijo
rat banklari tomonidan xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan investitsion
loyihalarning loyiha va boshqa xujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha injiniring kompaniyalarni
tashkil etish ishlari olib borish;
- moliya bozori infratuzilmasini yanada m
ustahkamlash yo‘li bilan aholi hamda xo‘jalik
subyektlarining bo‘sh mablag‘larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo‘yicha tizimli chora
-
tadbirlar amalga oshirish;
-
tijorat banklarni o‘zgaruvchan bozor holatiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri baho berish
qobiliy
atiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida tijorat banklari
xodimlarining uzluksiz ravishda o‘quv kurslar va seminarlarda malaka oshirilishi ta’minlash
zarurdir.
Adabiyotlar
Литература
/Reference:
Avramovic, D. (1995). Capital markets and investment financing in developing countries.
Washington, D.C.: World Bank.
Demirgüç
-Kunt, A., & Maksimovic, V. (2002). Funding growth in bank-based and market-
based financial systems: Evidence from firm-level data. Journal of Financial Economics, 65(3),
www.sci-p.uz
III SON. 2025
12
337
–
363. https://doi.org/10.1016/S0304-405X(02)00144-9
Ergashev, S. (2019). Zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlari orqali investitsion faollikni
oshirish yo‘llari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (2), 112–
118.
European Bank for Reconstruction and Development (EBRD). (2023). Transition Report
2023: Business Unusual. London: EBRD. https://www.ebrd.com/news/publications/transition-
report.html
Haydarov, B. (2020). Investitsion loyihalarni tijorat banklari orqali moliyalashtirishda
dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari. Bank ishi va moliya, (4), 45–
51.
Levine, R. (2005). Finance and growth: Theory and evidence. In P. Aghion & S. N. Durlauf
(Eds.),
Handbook
of
Economic
Growth
(Vol.
1A,
pp.
865
–
934).
Elsevier.
https://doi.org/10.1016/S1574-0684(05)01012-9
Makhmudov, S., Imomkulov, T., Khamdamov, S. J., Mamadiyarov, Z., Mambetjanov, K. K.,
Najimadinov, R., ... & Narbekova, Z. T. (2024, July). The Effect of Inflation and Credit Interest Rates
on Investment Activities in Emerging Economies: A Case Study of Uzbekistan. In International
conference on WorldS4 (pp. 547-556). Singapore: Springer Nature Singapore.
Mamadiyarov, Z. (2022). Рақамли Трансформация Жараёнида Банк Хизматларини
Масофадан Кўрсатишни
Инновацион Ривожлантириш Истиқболлари Зокир
Мамадияров.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting.
Mamadiyarov, Z., Maxmudov, R., Qurbonbekova, M., Mahmudova, M., & Sattorova, N. (2022).
Ensuring the Stability of Banks During Covid-19 Pandemic. Journal of Financial Technology and
Innovation, 1(2), 15-21.
Mazloev, V., Fiapshev, A. B., & Kumekhov, K. K. (2023). Bank credit and its role in real
investments of non-financial organizations in conditions of macroeconomic instability and
regional differentiation.
Экономика Сельскохозяйственных и Перерабатывающих
Предприятий,
2, 39
–
48. https://doi.org/10.31442/0235-2494-2023-0-2-39-48
Nnaemeka, N., & Dara, B. I. (2022). The role of bank loan and informal financial institution
financing on investment: evidence from nigeria. American Journal of Economics, 6(2), 1
–
25.
https://doi.org/10.47672/aje.1022
Power, G. J., & Mbianda, D. C. T. (2022). Should lenders also advise? Evidence from project
loans. Journal of Financial Research, 45(4), 961
–
985. https://doi.org/10.1111/jfir.12304
Shtefan, N. M. (n.d.).
Bank’s Credit and Investment Portfolio Structure Optimization.
https://doi.org/10.33271/ebdut/76.145
Toshtemirovich Mamadiyarov, Z., Adhambek ugli Sulaymanov, S., Anvar ugli Askarov, S., &
Bakhtiyor kizi Uktamova, D. (2021, December). Impact of Covid-19 Pandemic on Accelerating The
Digitization and Transformation of Banks. In Proceedings of the 5th International Conference on
Future Networks and Distributed Systems (pp. 706-712).
Toshtemirovich, M. Z. (2021). Innovative Approaches of Remote Banking Types Services in
the Process of Transformation of Banks to E-Commerce. International Journal of Innovations in
Engineering Research and Technology, 1, 1-9.
World Bank. (2021). Financing for development: Unlocking investment for stronger growth.
World Bank Publications. https://www.worldbank.org/en/publication
Мамадияров ЗТ. Тижорат банкларида масофавий банк хизматларини
ривожлантиришдаги муаммолар. Экономика и финансы (Узбекистан). 2019(3):18
-27.
Мамадияров, З. (2023). Ўзбекистонда банк хизматларини рақамли трансформация
қилишга таъсир этувчи омиллар таҳлили.
Страховой рынок Узбекистана,
1(4), 39-45.
