www.sci-p.uz
III SON. 2025
118
MINTAQALAR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH HOLATINI BAHOLASH:
TAHLIL VA USTUVOR YO‘NALISHLAR
PhD, dots.
Toshaliyeva Saodat
Termiz davlat universiteti
ORCID: 0000-0002-0271-6534
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanish holatini baholash
usullari va ustuvor yo‘nalishlar bayon etilgan. O‘zbekiston mintaqalar
ining iqtisodiy rivojlanish
holati dinamik va trend tahlil, klaster tahlil, SWOT tahlil va kompozit indekslar usullari orqali
tahlil qilinib, taqqoslama solishtirish orqali guruhlash asosida baholangan. Shuningdek,
mintaqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli strategiyalarini ishlab chiqish va ularni
samarali amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari taklif etilgan. Mintaqalar iqtisodiyotining
rivojlanish holatini baholash bo‘yicha mualliflik yond
ashuvlari ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
YAHM, hudud, mintaqa, mintaqa iqtisodiyoti, resurs, klaster, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish, indeks.
ОЦЕНКА СОСТОЯНИЯ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ РЕГИОНОВ: АНАЛИЗ И
ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ
PhD,
доц
.
Тошалиева Саодат
Термезский государственный университет
Аннотация.
В данной статье изложены методы оценки состояния развития
экономики регионов и приоритетные направления. Состояние экономического развития
регионов Узбекистана проанализировано с использованием методов динамического и
тренд
-
анализа, кластерного анализа, S
WOT-
анализа и методов составных индексов, а
также оценено на основе сравнительного сопоставления и группировки. Кроме того,
предложены перспективные стратегии дальнейшего развития регионов и основные
направления их эффективной реализации. Разработаны авторские подходы к оценке
состояния развития региональной экономики
.
Ключевые слова:
ВРП, территория, регион, региональная экономика, ресурс,
кластер, социально
-
экономическое развитие, индекс
.
UOʻK:
332.01
118-125
www.sci-p.uz
III SON. 2025
119
ASSESSMENT OF THE STATE OF REGIONAL ECONOMIC DEVELOPMENT:
ANALYSIS AND PRIORITY DIRECTIONS
PhD, assoc. prof.
Toshaliyeva Saodat
Termez State University
Abstract.
This article presents methods for assessing the state of regional economic
development and outlines priority directions. The state of economic development in the regions of
Uzbekistan is analyzed using dynamic and trend analysis, cluster analysis, SWOT analysis, and
composite index methods, and is evaluated through comparative grouping. Furthermore,
promising strategies for the further development of regions and key directions for their effective
implementation are proposed. Authorial approaches to assessing the development status of
regional economies have also been developed.
Keywords:
GRP, territory, region, regional economy, resource, cluster, socio-economic
development, index.
Kirish.
Ma’lumki, mamlakat har bir hududining iqtisodiy rivojlanishi uning barqaror va
muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy
farqlar, ularning resurs salohiyati va infratuzilmaviy imkoniyatlari rivojlanish sur’
atlariga
turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mintaqalarning iqtisodiy holatini to‘g‘ri baholash
samarali iqtisodiy islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy
shartlardan biri hisoblanadi.
Tabiiyki, har bir hududning o‘ziga xos salohiyati, resurs bazasi va geografik joylashuvi
unga nisbatan individual yondashuvni talab qiladi. Masalan, sanoatga ixtisoslashgan hududlar
uchun yuqori qiymatli texnologiyalar va logistika infratuzilmasi muhim bo‘
lsa, agrar hududlar
uchun sug‘orish, qayta ishlash klasterlari va eksport infratuzilmasi ustuvor ahamiyat kasb
etadi.
Shu bois, hududlarni iqtisodiy baholash natijalariga asoslanib, maqsadli va manzilli
hududiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarning hududlarda samarali
amalga oshishini ta’minlaydi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror va m
utanosib
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Hududlar salohiyatidan samarali foydalanish, mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini ob’ektiv baholash bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri sanaladi
(Mirziyoyev, 2021)
. Bularning barchasi mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar sharhi.
Zero, bugungi kunda respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalaridan biri - bu ishlab chiqarish korxonalarining
raqobatbardoshligini oshirish, tashqi va ichki bozorlar uchun sifatli, raqobatbardosh
mahsulotlarni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish va sotishda zamonaviy savdo
xizmatlarini tashkil qilish hamda ushbu xizmat imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi (Xolbekova, 2020). Bu esa mamlakatimiz mintaqalari iqtisodiyotining
rivojlanish holatini tahlil qilish va baholashni taqozo etadi.
Albatta, bugungacha mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanish holatini baholash bo‘yicha
ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bu borada nazariy qarashlar va amaliy
ko‘nikmalar ham mavjud. Xususan, bu borada quyidagilarni keltirish mumkin.
Har bir mintaqaning o‘ziga xos iqtisodiy salohiyati mavjud bo‘lib, uni to‘g‘ri baholash va
undan samarali foydalanish mintaqaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi
(Qulmatov,
2020).
www.sci-p.uz
III SON. 2025
120
Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga baho berish va rivojlanish darajasidagi
differensiyalashuvni aniqlash ikki blok: iqtisodiy va ijtimoiy bloklar bo‘yicha hisoblash mumkin
(Sodiqov, 2024).
Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini,
iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy
ustunliklarini baholashning yagona tizimi joriy etildi (Fazliddinova, 2024).
Mintaqaning rivojlanish yo‘llarini real baholash, bu rivojlanishning maqbul boshqaruv
echimlarini ilmiy asoslash uchun ustuvor variantlarni aniqlashdir (Berkinov va boshq., 2010).
Hududlar salohiyatidan samarali foydalanish, mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini ob’ektiv baholash bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri sanaladi
(Rajabov, 2024).
Mintaqalar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rvojlanishini baholashda esa mintaqalardagi
umumiy demografik vaziyatni, atrof-muhitning holatini, real rivojlanish darajasini tavsiflovchi
integral koʻrsatkichlardan foydalangan
(Grishina, Polynev, 2021).
Demak, Har bir hududning tabiiy, iqtisodiy va inson kapitali resurslaridan to‘liq va
samarali foydalanish
–
rivojlanishda hal qiluvchi omildir. Shuningdek, hududlarning iqtisodiy
rivojlanishtni baholashda statistik ma’lumotlar, raqamli texnologiyalar, ekspert xulosalari va
tizimli tahlil usullari o‘zaro uyg‘unlashgan holda qo‘llanilishi kerak. Bu esa mamlakatda
barqaror va muvozanatli hududiy siyosat yuritishga xizmat qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda statistik kuzatish, taqqoslama tahlil, sintez, mantiqiy fikrlash, statistik
jadval, dinamik va trend tahlil usullari, klaster tahlil usuli, SWOT tahlil usuli va kompozit
indekslar usullaridan foydalanilgan. Statistik tahlil uchun O‘zbekis
ton Respublikasi Milliy
statistika qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlari olingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mintaqaviy iqtisodiyotni baholashning asosiy maqsadlari sifatida mintaqalarda iqtisodiy
o‘sish sur’atini aniqlash, resurslardan samarali foydalanish darajasini baholash, investitsiyaviy
jozibadorlikni baholash, ishsizlik va bandlik darajasini tahlil qilish hamda tarmoqlararo
muvozanatni baholash kabilar olinadi.
Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini baholashda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi:
1. Dinamik va trend tahlil usullari;
2. Klaster tahlil usuli;
3. SWOT tahlil usuli;
4. Kompozit indekslar usuli.
Dinamik va trend tahlil usullari.
Ushbu usullarda vaqt oralig‘idagi iqtisodiy
ko‘rsatkichlar asosida rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi. Jumladan, mintaqadagi YAHMning
o‘sish yoki pasayish tendensiyalari, iqtisodiy islohotlar ta’siri, investitsiya oqimlarining
dinamikasi tahlil qilinadi.
Mazkur usullar asosida 2010-2024-yillar mobaynida YAHM va aholi jon boshiga
YAHMning o‘sish sur’atlari bo‘yicha tahlillar amalga oshirildi.
Natijalarga ko‘ra, mintaqalar bo‘yicha umumiy iqtisodiy faollik quyidagicha baholandi:
- yuqori
iqtisodiy faollik: Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona;
-
pasayish yo‘nalishida: Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo;
- barqaror holat: Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida
kuzatilgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
121
1-jadval
Hududlar bo‘yicha YAHM hajmining dinamik va trend tahlil natijalari
(2010-2024-yilarda)
Hudud
Trend yo‘nalishi (YAHM)
Izoh
Qoraqalpog‘iston
⬇️
pasayish
2010-2016 yuqori, keyinchalik sustlashgan
Andijon
barqaror
O‘zgarishlar katta emas
Buxoro
barqaror
O‘sish, lekin juda sekin
Jizzax
barqaror
Kichik farqlar bilan
Qashqadaryo
⬆️
o‘sish
So‘nggi yillarda sezilarli
Navoiy
⬆️
o‘sish
Pasaygan, keyin tiklangan
Namangan
barqaror
O‘zgarishlar kichik
Samarqand
⬆️
o‘sish
Trend doimiy ijobiy
Surxondaryo
⬇️
pasayish
O‘sish sur’ati kamaygan
Sirdaryo
barqaror
O‘zgarish kam
Toshkent viloyati
barqaror
Tendensiya ijobiy
Farg‘ona
⬆️
o‘sish
O‘sish sur’ati yaxshi
Xorazm
barqaror
O‘rtacha ko‘rsatkichlar
Toshkent shahri
⬆️
o‘sish
Eng yuqori trendlardan biri
Manba:
muallif tahlillari asosida tuzilgan.
Klaster tahlil usuli.
Ushbu usulda o‘xshash iqtisodiy xususiyatlarga ega hududlar
aniqlanadi va klasterlarga bo‘linadi.
Quyida O‘zbekistonning 14 ta hududi uchun “Klaster tahlil” usuli orqali iqtisodiy o‘xshash
xususiyatlari bo‘yicha hududlarni guruhlash (klasterlash) amalga oshiriladi. Ushbu tahlilda
YAHM, aholi jon boshiga YAHM, sanoat mahsulotlari va yaratilgan xizmatlar
ning o‘sish
sur’atlari hamda investitsiya faolligi kabi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar asos qilib olindi.
2-jadval
O‘zbekiston hududlarining
klasterlash mezonlari asosida tahlili
Klasterlar
Tarkibi
Xususiyatlari
1-klaster:
Yirik
iqtisodiy drayver
hududlar
Toshkent shahri,
Toshkent,
Samarqand,
Farg‘ona
Yuqori xizmatlar sohasi rivoji, YAHM va aholi
jon boshiga YAHM bo‘yicha yuqori o‘sish,
kuchli sanoat va transport-logistika
infratuzilmasi, innovatsion salohiyat va biznes
faolligi yuqori
2-klaster:
Sanoat va
xom ashyo salohiyatiga
tayanuvchi hududlar
Navoiy,
Qashqadaryo,
Buxoro,
Surxondaryo
Sanoat va qazilma boyliklarga tayanilgan
iqtisodiyot, investitsiya faolligi o‘rta yoki past,
lekin barqaror o‘sish, YAHM o‘sishi mavjud,
ammo xizmatlar sohasi zaif
3-klaster:
Agrar va
eksportga
yo‘naltirilgan hududlar
Xorazm, Andijon,
Namangan, Jizzax
Qishloq xo‘jaligiga tayangan iqtisodiyot, ishlab
chiqarish kichik biznesda to‘plangan, xizmatlar
sohasi o‘sib bormoqda, lekin sekin sur’atda,
ishsizlik va migratsiya salohiyati mavjud
4-klaster:
Barqarorlikka
erishayotgan va
strategik hududlar
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
Sirdaryo
O‘zgaruvchan o‘sish dinamikasi, infratuzilma
zaif, lekin so‘nggi yillarda sezilarli rivojlanish
(Xususan, Qoraqalpog‘istonda 2023
-2024
yillarda YAHM o‘sishi 108 % dan yuqori),
iqlimiy va geografik murakkabliklar ta’sirida
rivojlanish notekis
Manba:
muallif tahlillari asosida tuzilgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
122
3-jadval
Hududlar bo‘yicha umumlashtirilgan SWOT tahlili
Hudud
Kuchli tomonlar
(S)
Zaif tomonlar
(W)
Imkoniyatlar
(O)
Tahdidlar (T)
Qoraqalpog‘iston
Tabiiy resurslar
(gaz, uran),
Amudaryo
Iqlim
muammolari,
ekologik inqiroz
(Orol), past aholi
zichligi
Eko-turizm,
muqobil
energetika,
irrigatsiya
Suv muammosi,
migratsiya,
ekologik tahdid
Andijon
Yirik sanoat
markazi, transport
infratuzilmasi
rivojlangan
Yer resurslari
cheklangan,
ortiqcha aholi
zichligi
Chegara savdosi,
xizmatlar sohasi
kengayishi
Ishsizlik,
migratsion
bosim
Buxoro
Turizm salohiyati
(tarixiy shahar),
tabiiy gaz
Sanoat zaif
rivojlangan, suv
tanqisligi
Madaniy turizm,
gaz sanoati
modernizatsiyasi
Iqlim isish,
investitsiyaviy
cheklovlar
Jizzax
Qulay agroiqlim,
erkin iqtisodiy
zona
Kam
sanoatlashtirilgan,
ish o‘rinlari
yetishmasligi
Yangi korxonalar
uchun hududiy
imkoniyatlar
Yoshlar
ishsizligi,
infratuzilma
zaifligi
Qashqadaryo
Sanoat (neft-gaz),
yirik aholi bazasi
Transport va
logistika tizimi
cheklangan
Sanoat
klasterlari,
agrosanoat rivoji
Tabiiy resurslar
tugashi, muhit
ifloslanishi
Navoiy
Tog‘
-kon sanoati
(oltin, uran),
NKMK
Ijtimoiy
infratuzilma sust,
yashash sifati past
Tog‘
-kon
eksporti,
energetika
loyihalari
Resurslarga
haddan ortiq
tayanish
Namangan
Kichik biznes va
hunarmandchilik
rivojlangan
Yirik sanoat zaif,
ijtimoiy bosim
yuqori
Savdo-logistika
rivojlanishi,
texnoparklar
Kadrlar
yetishmovchiligi
Samarqand
Turizm, yirik aholi
va madaniyat
markazi
Transport
tirbandligi,
ekologik yuklama
Xalqaro turizm,
xizmatlar
eksporti
Infratuzilma
yetishmovchiligi
Surxondaryo
Qishloq xo‘jaligi,
Afg‘oniston bilan
savdo
Uzoq geografik
joylashuv,
xavfsizlik
muammolari
Tashqi savdo
eshiklari,
chegaraviy
loyihalar
Siyosiy
tahdidlar,
energetika
qaramligi
Sirdaryo
Agrotexnologiyalar
uchun qulaylik,
Markaziy joylashuv
Maydoni kichik,
sanoat bazasi sust
Logistika
markazi,
agroinnovatsiya
Suv resurslariga
qaramlik
Toshkent
viloyati
Katta sanoat
salohiyati,
poytaxtga yaqinlik
Ichki resurslarga
bosim, ko‘chmas
mulk bosimi
Innovatsion
texnoparklar,
sanoat hududlari
Demografik
bosim, ekologik
xavflar
Farg‘ona
Yirik iqtisodiy
makon, ishlab
chiqarish va
madaniyat
Ijtimoiy tengsizlik,
tabiat resurslari
bosimi
Kichik biznes,
transport
koridorlari
Suv resurslari
nizolari
Xorazm
Meva-sabzavot
eksporti, turizm
salohiyati
Transport
aloqalari sust,
iqlim muammolari
Agroturizm, IT
xizmatlari
Suvsizlik,
yoshlar
migratsiyasi
Toshkent shahri
Iqtisodiy,
moliyaviy va ilmiy
markaz
Aholi zichligi,
ekologik yuklama
Texnologik
rivojlanish,
xorijiy
sarmoyalar
Ijtimoiy
beqarorlik,
ortiqcha
urbanizatsiya
Manba:
muallif tahlillari asosida tuzilgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
123
Yuqoridagi klaster tahlil usuli asosida amalga oshirilgan O‘zbekiston hududlarining
klasterlash mezonlari asosida tahlil natijalaridan kelib chiqib, mamlakatimiz mintaqalarining
iqtisodiy xususiyatlari bо‘yicha umumiy qilib aytganda, 1
-klaster
–
markazlashgan iqtisodiy
hududlar, 2-klaster
–
resursga boy, lekin diversifikatsiyasi sust hududlar, 3-klaster
–
agrar va
hunarmandchilik salohiyatiga ega, aholi zichligi yuqori hududlar hamda 4-klaster
–
iqtisodiy
barqarorlikka chiqayotgan, lekin rivojlanishda hali ham ortiqcha ehtiyoj seziladigan hududlar
kiritilganligini kuzatish mumkin.
SWOT tahlil usuli.
Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashda
kuchli (S), zaif (W) tomonlar, imkoniyatlar (O) va tahdidlar (T) baholanadi.
Yuqoridagi hududlar bo‘yicha umumlashtirilgan SWOT tahlili natijalaridan kelib chiqib
aytish mumkinki, kuchli tomonlar aksariyat hollarda tabiiy resurslar, madaniy meros va sanoat
salohiyatiga bog‘liq bo‘lsa, zaif tomonlar ijtimoiy infratuzilma, ishsizlik,
ekologik xavf va
iqtisodiy monostrukturaga bog‘liq. Imkoniyatlar esa xizmatlar sohasi, turizm, texnologiyalar va
eksportni kengaytirishdan iborat, shuningdek tahdidlarga suv tanqisligi, iqlim o‘zgarishi,
migratsiya va investitsiyaviy xavflarni ko‘rsatish
mumkin.
Kompozit indekslar usuli.
Bu yondashuvda bir nechta ko‘rsatkichlar bitta indeksga
birlashtiriladi. Jumladan, iqtisodiy barqarorlik indeksi, infratuzilma rivojlanish indeksi va inson
kapitalining taraqqiyot indeksi shular jumlasidan.
Jahon amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan asosiy usullardan biri “Iqtisodiy barqarorlik
indeksi” (IBI) usulidir. Mazkur indeks YAHM o‘sish sur’ati, ishsizlik darajasi, inflyasiya darajasi,
davlat byudjeti balansi, tashqi investisiyalar o‘sish sur’ati, eks
port-import muvozanati (saldo)
va soliq tushumlari o‘sish sur’ati bo‘yicha hisoblanadi.
min
max
min
'
x
x
x
x
x
−
−
=
(1)
Ushbu formula orqali barcha ko‘rsatkichlar 0 bilan 1 orasiga keltiriladi. Ijobiy ta’sir
qiluvchi ko‘rsatkichlar (masalan, YAHM o‘sishi, investisiya) to‘g‘ri, salbiylar (jumladan,
inflyasiya, ishsizlik) teskari meyorlashtiriladi. Chunki, har bir ko‘rsatkich
ning umumiy
indeksga ta’siri bir xil emas. Shuning uchun ularga vazn (w) beriladi (vaznlar yig‘indisi 1 bo‘lishi
kerak).
=
=
n
i
i
i
x
w
IBI
1
'
)
(
(2)
Bu yerda,
i
w
–
i
-
ko‘rsatkich vazni,
'
i
x
–
meyorlashtirilgan
i
-
ko‘rsatkich,
n
–
ko‘rsatkichlar soni.
Amaliyotda “Iqtisodiy barqarorlik indeksi” bo‘yicha baholashda quyidagi chegaraviy
mezonlar qabul qilingan:
1) 0,80
–
1,00
–
yuqori barqarorlik;
2) 0,60
–
0,79
–
barqaror;
3) 0,40
–
0,59
–
o‘rtacha barqaror;
4) 0,20
–
0,39
–
barqaror emas;
5) 0,00
–
0,19
–
xavfli barqarorsizlik.
“Iqtisodiy barqarorlik indeksi” bo‘yicha O‘zbekistonning 2024
-yildagi umumiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlari YAIM o‘sish sur’ati 6,5 %, inflyatsiya darajasi 10,6 %, ishsizlik darajasi (o‘rtacha
hisobda) 4,5 % va davlat byudjeti defitsiti YAIMning 3,3 foizini tashkil etgan.
Mazkur indeks asosida ayrim hududlar bo‘yicha tahlillar quyidagi natijalarini ko‘rsatdi:
1. Yuqori barqarorlikka ega hududlar:
- Toshkent shahri
–
YAHM o‘sish sur’ati 10,0 %;
www.sci-p.uz
III SON. 2025
124
-
Farg‘ona viloyati –
YAHM o‘sish sur’ati 106,7 %, investitsiyalar o‘sish sur’ati 134,7 %,
sanoat o‘sish sur’ati 107,4 %, xizmatlar o‘sish sur’ati 111,0 %;
- Samarqand viloyati
–
YAHM o‘sish sur’ati 106,3 %, investitsiyalar o‘sish sur’ati 133,7 %,
sanoat o‘sish sur’ati 105,0 %, xizmatlar o‘sish sur’ati 114,0 %.
2. O‘rtacha barqarorlikka ega hududlar:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi –
YAHM o‘sish sur’ati 104,3 %, investitsiyalar o‘sish
sur’ati 124,6 %, sanoat o‘sish sur’ati 103,1 %, xizmatlar o‘sish sur’ati 107,3 %;
- Qashqadaryo viloyati
–
YAHM o‘sish sur’ati 105,4 %, investitsiyalar o‘sish sur’ati 87,2 %,
sanoat o‘sish sur’ati 105,7 %, xizmatlar o‘sish sur’ati 111,2 %;
- Surxondaryo viloyati
–
YAHM o‘sish sur’ati 105,0 %, investitsiyalar o‘sish sur’ati 101,7
%, sanoat o‘sish sur’ati 103,6 %, xizmatlar o‘sish sur’ati 110,5 %.
Tahlillardan kelib chiqib umumiy qilib aytganda, mamlakatimiz hududlarining 2024-
yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari umumiy jihatdan ijobiy bo‘lib, ko‘plab hududlarda iqtisodiy
barqarorlik kuzatilmoqda. Xususan, Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyat
lari yuqori
iqtisodiy barqarorlikka ega bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlarida o‘rtacha barqarorlik kuzatilmoqda.
Xulosa va takliflar
.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, mamlakatimiz mintaqalarini yanada
rivojlantirishning istiqbolli strategiyalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirilishida quyidagi
yo‘nalishlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq:
- mintaqaviy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish. Bunda hududiy ixtisoslashuvni,
aholining ehtiyoj va manfaatlarini inobatga olish, infratuzilmani rivojlantirish, investision
muhitni yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, sohaviy diversifikasiy
a va innovasiyalar,
klasterli yondashuv va kooperasiya, samaradorlik va monitoring tizimlariga alohida e’tibor
qaratish lozim;
-
infratuzilmaviy investisiyalarni yo‘naltirish. Bunda hududiy talab va ehtiyojlarga
asoslangan yondashuv, iqtisodiy faollik nuqtalariga bog‘lash, transport va logistika
tarmoqlarini yaxshilash, energetika ta’minotini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish, agrar infratuzilmani rivojlantirish, raqamli infratuzilma, hamkorlik asosida
moliyalashtirish mexanizmlari hamda ekologik barqarorlik va inklyuzivlikka yo‘naltirilgan
investisiyalar salmog‘ini oshirish kerak;
-
hududlararo iqtisodiy tenglikni ta’minlash. Jumladan, hududlar rivojlanishidagi
nomutanosiblikni aniqlash, iqtisodiy ixtisoslashuv va kooperasiyani rag‘batlantirish,
infratuzilmani teng rivojlantirish, soliq va investisiya siyosatini hududiy diversifikasiyalash,
ijtimoiy adolat va imkoniyatlar tengligi, ta’lim va mehnat bozorini moslashtirish, davlat
moliyaviy yordamini hududlar kesimida maqsadli taqsimlash hamda hududiy siyosatda
monitoring va baholash tizimini joriy etish shart;
-
maqsadli subsidiyalar va soliq imtiyozlari berish. Bunda aniq maqsadga yo‘naltirilganlik,
iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash, hududiy nomutanosiblikni kamaytirish, sohaviy ustuvor
yo‘nalishlarni rag‘batlantirish, vaqtinchalik va bosqichma
-bosqich amal qilish, ochiqlik va
shaffoflik, byudjetga yuklama darajasini nazorat qilish, soliq mafkurasi va raqobat muhitini
saqlash kabi tamoyillarga asoslanishi lozim.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini baholash
murakkab bo‘lib, ammo juda muhim jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonda statistik
ma’lumotlar, ekspert baholari va zamonaviy tahliliy usullardan foydalanish talab etiladi.
Chun
ki, mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini to‘g‘ri baholash muvaffaqiyatli hududiy
siyosatning asosini tashkil etadi.
Mintaqalarni baholashda kompozit indekslar, klaster tahlil, SWOT tahlil, dinamik va trend
tahlillari kabi uslublardan foydalanish, turli hududlarning iqtisodiy holati, ustuvor yo‘nalishlari
hamda muammolarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, hududlararo
www.sci-p.uz
III SON. 2025
125
iqtisodiy tenglik, infratuzilmaviy investisiyalar, maqsadli subsidiyalar va imtiyozlar,
shuningdek inklyuziv rivojlanish tamoyillari ham hisobga olinishi zarur.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Berkinov B.B. va boshq. (2010) Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash.
O‘quv qo‘llanma –
T.: TDIU, 216 b.
Fazliddinova Z.A. (2024) Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini raqamli
texnologiyalar asosida tahlil qilish uslublari. by cedradminuz - Oktabr 4,
Grishina I.V., Polynev A.O. (2021) Assessment of the Socio-Economic Situation of the Regions
as a Tool for Realizing the National Development Goals of Russia. Part of the book series: Lecture
Notes in Networks and Systems (LNNS,volume 200, 2021), Springer, Cham, pp. 793-800.
Mirziyoyev Sh.M. (2021) Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. Toshkent: “Oʻzbekiston”,
131-170 b.
Qulmatov A.A. (2020) Mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barqaror rivojlanish
omillari // Iqtisod va moliya / Экономика и финансы, 2(134) 152
-158 b.
Rajabov A.X. (2024) Mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini klasterli
yondashuvlar asosida tahlili // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and
Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. 2/2024, 133-140 b.
Sodiqov A.M. (2024) Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini kompleks o'rganish
va baholash. (Elektron resurs)
https://pdfbox.uz/doc/iqtisodiyot/16411-hududlar-ijtimoiy-
iqtisodiy-rivojlanish-darajasini-kompleks-organish-va-baholash.
Xolbekova F.R. (2020) Mintaqalar iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar
tahlili // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. No 3, may
-
iyun,. 115 б.
