KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI TIJORAT BANKLARI ORQALI MOLIYALASHTIRISHNING AQSH TAJRIBASI

Annotasiya

Mazkur maqolada AQShdagi Small Business Administration (SBA) tajribasi asosida kichik biznes subyektlarini tijorat banklari orqali moliyalashtirish mexanizmlarining samarador jihatlari o‘rganilgan. AQShdagi kredit kafolatlari, foiz stavkalarini tartibga solish, maslahat markazlari va raqamli infratuzilmalar asosida O‘zbekiston sharoitlariga mos strategik takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, kredit kafolatlarini kuchaytirish, “raqamli kafolat portali”ni joriy etish, maslahat markazlari tashkil etish, foiz stavkalarini tartibga solish va monitoring tizimini takomillashtirishga oid takliflar asoslab berilgan. Takliflar O‘zbekistonda kichik biznes kreditlash mexanizmlarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nematulloyev , S. (2025). KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI TIJORAT BANKLARI ORQALI MOLIYALASHTIRISHNING AQSH TAJRIBASI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(3), 200–204. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/124019
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada AQShdagi Small Business Administration (SBA) tajribasi asosida kichik biznes subyektlarini tijorat banklari orqali moliyalashtirish mexanizmlarining samarador jihatlari o‘rganilgan. AQShdagi kredit kafolatlari, foiz stavkalarini tartibga solish, maslahat markazlari va raqamli infratuzilmalar asosida O‘zbekiston sharoitlariga mos strategik takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, kredit kafolatlarini kuchaytirish, “raqamli kafolat portali”ni joriy etish, maslahat markazlari tashkil etish, foiz stavkalarini tartibga solish va monitoring tizimini takomillashtirishga oid takliflar asoslab berilgan. Takliflar O‘zbekistonda kichik biznes kreditlash mexanizmlarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

200


KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI TIJORAT BANKLARI ORQALI

MOLIYALASHTIRISHNING AQSH TAJRIBASI

PhD,

dots.

Nematulloyev Suxrob

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0001-7100-5533

suxrobnematullayev@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada AQShdagi Small Business Administration (SBA) tajribasi

asosida kichik biznes subyektlarini tijorat banklari orqali moliyalashtirish mexanizmlarining

samarador jihatlari o‘rganilgan. AQShdagi kredit kafolatlari, foiz stavkalarini tartibga so

lish,

maslahat markazlari va raqamli infratuzilmalar asosida O‘zbekiston sharoitlariga mos strategik

takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, kredit kafolatlarini kuchaytirish, “raqamli kafolat portali”ni

joriy etish, maslahat markazlari tashkil etish, foiz stavkalarini tartibga solish va monitoring

tizimini takomillashtirishga oid takliflar asoslab berilgan.

Takliflar O‘zbekistonda kichik biznes

kreditlash mexanizmlarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, moliyalashtirish, tijorat banklari, SBA, kredit kafolati, maslahat

xizmati, O‘zbekiston, AQSh, moliyaviy inklyuziya.

ОПЫТ США В ФИНАНСИРОВАНИИ МАЛОГО БИЗНЕСА ЧЕРЕЗ

КОММЕРЧЕСКИЕ БАНКИ

PhD,

доц

.

Нематуллоев Сухроб

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье проанализирован опыт Администрации малого

бизнеса США (SBA) в финансировании субъектов малого предпринимательства через

коммерческие банки. На основе механизмов предоставления кредитных гарантий,

регулирования процентных ставок, консультационных центров и цифровой
инфраструктуры разработаны стратегические предложения, адаптированные к

условиям Узбекистана. В частности, обоснована необходимость усиления гарантийной

системы, внедрения цифрового портала гарантирования, создания консультационных

центров и совершенствования мониторинга. Предложенные меры направлены на

повышение эффективности механизмов финансирования малого бизнеса в Узбекистане.

Ключевые слова:

малый бизнес, финансирование, коммерческие банки, SBA,

кредитные гарантии, консультации, Узбекистан, США, финансовая инклюзия.

UOʻK:

336.713

200-204


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

201

US EXPERIENCE IN FINANCING SMALL BUSINESSES THROUGH

COMMERCIAL BANKS

PhD, assoc. prof.

Nematulloyev Sukhrob

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article analyzes the experience of the U.S. Small Business Administration

(SBA) in financing small business entities through commercial banks. Based on SBA practices such

as credit guarantees, interest rate regulation, business development centers, and digital

infrastructure, strategic recommendations tailored to Uzbekistan’s context are proposed. These

include strengthening credit guarantee systems, launching a digital guarantee portal,

establishing advisory centers, regulating interest rates, and improving monitoring systems. The

proposed measures aim to enhance the efficiency of small business financing mechanisms in
Uzbekistan.

Keywords:

small business, financing, commercial banks, SBA, credit guarantee, advisory

service, Uzbekistan, USA, financial inclusion.


Kirish.

Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy o‘sish hamda bandlikning muhim drayveri hisoblanadi.

Ushbu subyektlarning moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi ko‘p jihatdan tijorat banklari orqali

kredit olish imkoniyatlariga bog‘liq. Ko‘plab davlatlar kichik biznesni moliyalashtirishda tijorat

banklari ishtirokini qo‘llab

-quvvatlash uchun maxsus siyosat va institutlar shakllantirgan.

Ushbu maqolada AQSh misolida kichik biznesni tijorat banklari orqali moliyalashtirish siyosati

va amaliyoti tahlil qilinadi. Har bir mamlakatda hukumat va banklar o‘rtasidagi hamkorlik

mexanizmlari, jumladan, kredit kafolatlari, foiz stavkalarini subsidiyalash, maxsus kredit

liniyalari va boshqa instrumentlar ko‘rib chi

qiladi. Shu bilan birga, har bir davlat tajribasining

afzallik va kamchiliklari tahlil qilinib, kichik biznesni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish

bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Adabiyotlar sharhi.

Berger va Black (2019)

kichik biznes kreditlarining iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sirini tahlil

qilib, banklarning rolini “moliyaviy accelerator” sifatida tavsiflaydi. Ular davlat tomonidan

kafolatlangan kreditlarning kredit tavakkalini kamaytirishini va bu orqali banklar kichik

biznesga faolroq xizmat ko‘rsatishini isbotlaydi.

Beck, Demirgüç-Kunt va Singer (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotda 130 ta

davlatdagi kichik biznesni moliyalashtirish infratuzilmasi o‘rganilgan. Tadqiqotchilar kichik

biznes uchun moliyaviy xizmatlar mavjudligini uch omilga bog‘laydi: (1) bank tizimi rivoji, (2)

huquqiy muhit va kafola

tlar tizimi, (3) davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlovchi siyosatlar.

Mallett, Wapshott va Vorley (2020)

Britaniya misolida moliyalashtirishga oid

institutsional yondashuvni tahlil qilib, kichik biznes kreditlarining faqat moliyaviy ko‘mak

emas, balki strategik maslahat bilan qo‘llab

-

quvvatlanganda samaraliroq bo‘lishini ta’kidlaydi.

Torre, Pería va Schmukler (2021) esa banklarning kichik biznesga kredit ajratishda

yuzaga keladigan axborot assimetriyasi va monitoring xarajatlari bo‘yicha qiyinchiliklarini

yoritadi. Ularning fikricha, davlat tomonidan taklif qilinadigan kredit kafolatlari bank

tavakkalini kamaytirishda muhim vosita hisoblanadi.

Zavertiaeva va Kotova (2022) Rossiya misolida olib borgan tadqiqotlarida, milliy

darajadagi kredit kafolat tizimi (uch pog‘onali model) kichik biznes kreditlash hajmiga bevosita
ijobiy ta’sir qilganini aniqlaydi. Ular davlat kafolatlarining qamrovini kengaytirish kredit

faolligini oshiradi, degan xulosaga keladi.

Mahalliy olimlardan Umarova,

(

2025

)

o’z maqolasida O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes

subyektlarini kreditlash tizimining amaldagi holati tahlil qilinadi. Muallif xalqaro tajriba va


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

202

empirik izlanishlar asosida kichik biznesni moliyalashtirishda uchraydigan asosiy cheklovlar,
kredit axborot infratuzilmasini rivojlantirish, garovsiz kreditlash mexanizmlari, raqamli

moliyalashtirish vositalari va davlat kafolatlarini kuchaytirishga doir strategik takliflarni ilgari

suradi.

Xursanaliyev,

(

2024

)

Muallif kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan

qo‘llab

-

quvvatlashda xorijiy tajribalarni o‘rganib, O‘zbekistonda bu sohadagi tartibga solish

jarayonini tahlil qiladi. Maqolada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy

tajribalarni tadbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda kichik biznesni tijorat

banklari orqali moliyalashtirishda bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular orasida garov

ta'minoti yetishmasligi, yuqori foiz stavkalari, ayollar tadbirkorligining moliyalashtirilishidagi

gender tengsizliklar va mikromoliya tashkilotlarining roli kabi masalalar ajralib turadi. Shu

bilan birga, xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish orqali

ushbu muammolarni hal etish imkoniyatlari mavjud.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borishda analitik taqqoslash, tadqiqotning mantiqiy va

taqqoslama tahlil ma’lumotlarni guruhlash, ularni bir

-

biri bilan solishtirish yo‘li bilan statistik

qayta ishlash usuli, miqdor va

sifat ko‘rsatkichlar hisoblash kabi uslublardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

AQShda kichik biznes asosan xususiy tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi, biroq

hukumat kichik biznesning kreditga erishishini osonlashtirish uchun muhim qo‘llab

-

quvvatlovchi tuzilmalarni yaratgan. Bunday asosiy institut

AQSh Kichik biznes ma’muriyati

(Small Business Administration, SBA) bo‘lib, u tijorat banklariga qisman kredit kafolati beradi.

Ya’ni, banklar tomonidan ajratiladigan kichik biznes kreditlarining muayyan foizi davlat (SBA)

tomonidan kafolatlanadi, bu esa banklar uchun kredit xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Odatda, SBA 7(a) dasturi doirasida kredit summasining 75

85% qismi kafolatlanadi (kredit

miqdoriga bog‘liq holda), bu esa banklarni yetarli garovi yoki kredit tarixi bo‘lmagan kichik

tadbirkorlarga ham qarz berishga rag‘

batlantiradi. Natijada, SBA banklar bilan hamkorlikda

kichik biznesning kapitalga erishishini yengillashtiradi

SBA bevosita kredit bermaydi, balki

banklar orqali berilgan kreditlarga kafolat va metodik yordam ko‘rsatadi (Small Business

Administration).

AQShning kichik biznesni moliyalashtirish siyosati institutsional jihatdan to‘laqonli

shakllangan. SBAning 7(a) eng yirik kredit dasturi bo‘lib, ishlayotgan biznesni kengaytirishdan

tortib startapgacha bo‘lgan turli maqsadlar uchun kreditlar ajratiladi. Ma

salan, 2023-moliya

yilida SBA 7(a) dasturi doirasida 57 mingdan ortiq kreditga kafolat berilib, ushbu kreditlarning
umumiy hajmi $27,5 mlrd ni tashkil etdi. Shuningdek, 504-dastur orqali SBA uzoq muddatli

asos vositalar (uskuna, bino-inshoot) xaridi uchun past foizli, uzoq muddatli moliyalashni

ta’minlaydi –

bu dasturda kreditlar hamkor Certified Development Company (CDC)lar orqali

berilib, qisman SBA kafolatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, SBA mikrokredit dasturi orqali

maxsus o‘rta bo‘g‘indagi institutsi

onal kreditorlar (mikroqarz tashkilotlari) orqali $50

minggacha bo‘lgan kichik kreditlar ajratilishini moliyalashtiradi.

Hukumat va tijorat banklari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmi AQShda asosan kredit

kafolatlari va maxsus dasturlar orqali yo‘lga qo‘yilgan. Banklar odatdagi tartibda qarz

oluvchilarni baholaydi va kredit ajratadi, biroq ushbu kredit SBA tomonidan kafolatlangani

tufayli banklar uchun yo‘qotish xavfi kamayadi. Buning evaziga SBA kredit shartlarini belgilaydi
(masalan, foiz stavkasi uchun chegara o‘rnatadi) va kreditning qaytarilishi monitoringida

qatnashadi. Foiz stavkalarini subsidiya qilish odatda qo‘llanilma

ydi

kreditlar bozor

stavkalarida (yoki SBA belgilagan chegara doirasida) ajratiladi, lekin kafolat tufayli banklar bu

stavkalarni pastroq darajada ushlab turishi mumkin. Shunga qaramay, ayrim shtatlar yoki


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

203

alohida federal dasturlar (masalan, State Small Business Credit Initiative, SSBCI) doirasida

tijorat banklari beradigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qisman qoplash yoki kredit

xavfini kamaytirish choralari ham mavjud. Lekin umumiy oqimda SBAning kafolat sxemasi

asosiy o‘rinda turadi va bozor mexanizmlarini saqlagan holda davlat ishtirokini ta’minlaydi.

SBA (Small Business Administration

Kichik biznes ma’muriyati) orqali kreditlash

statistikasi AQShda kichik bizneslarni tijorat banklari orqali moliyalashtirishda

SBA asosiy

moliyaviy vositachi sifatida

qatnashadi. SBA bevosita kredit bermaydi, balki

tijorat banklari

tomonidan ajratilgan kreditlarga kafolat

beradi.

1-jadval

SBA (Small Business Administration

Kichik biznes ma’muriyati)ning

7(a) krediti

asosiy dasturi tahlili

Moliyaviy yil

Kreditlar soni

(dona)

Umumiy hajm

(mlrd. dollar $)

O‘rtacha kredit

miqdori (dollar $)

2020

42,302

22,55

533,000

2021

51,856

36,51

704,000

2022

47,678

25,69

539,000

2023

57,312

27,50

479,900

7(a)

dasturi AQShdagi eng yirik kichik biznes kredit dasturi bo‘lib, umumiy hajmning 70–

80% ini tashkil etadi. Kreditlar ko‘p hollarda

80

85% gacha SBA tomonidan kafolatlanadi

,

bu esa tijorat banklari uchun tavakkalni kamaytiradi.

2-jadval

504 dasturi (asbob-uskunalar, bino-inshootlar uchun) tahlili

Yil

Kreditlar

soni

Umumiy hajm

(mlrd.dollar $)

Maksimal kredit (dollar$)

2021

9,868

9,22

5 million

2022

9,254

8,64

5,5 million

2023

10,217

9,98

5,5 million

504

dasturi ko‘proq uzoq muddatli, asosiy vositalarga mo‘ljallangan moliyalashtirish

bo‘lib,

foiz stavkalari past

, muddati 10

–25 yilgacha bo‘ladi.

AQSh tajribasining afzalliklari va kamchiliklari:

Afzalliklar:

Kichik biznesni

moliyalashtirish tizimi asosan bozor tamoyillariga tayangan, ko

plab xususiy banklar o

rtasida

raqobat mavjud. Davlat (SBA) kafolatlari tufayli yuqori tavakkalli deb qaraladigan kichik

tadbirkorlar ham kredit olishi mumkin. Kredit turlari xilma-xil va moslashuvchan (aylanma

mablag

uchun qisqa muddatli kreditdan tortib, investitsiya loyihalari uchun 25 yilgacha

kreditlar mavjud). 2022-yilda SBA dasturlari orqali rekord darajada

jami $43 mlrd

qiymatdagi 62 mingdan ziyod kredit va investitsiyalar kichik biznesga yetkazildi, bu katta

ko

lamdagi qo

llab-quvvatlashdir. SBA dasturlari ayniqsa ayollar, ozchilik guruhlar va

startaplar kabi an

anaviy moliyalashtirishda qiynaluvchi segmentlarga alohida e

tibor qaratadi,

bu esa inklyuzivlikni oshiradi.

Kamchiliklar:

Kredit olish jarayonlari ba

zan murakkab byurokratik talablarga ega (SBA

kafolati uchun hujjatlar to

ldirish va tasdiq jarayoni uzoqroq bo

lishi mumkin). Kichik kreditlar

(masalan, $50 mingdan kichik) bo

yicha ham banklar ko

pincha ehtiyotkorlik bilan yondashadi

va har doim ham erkin resurslarini kichik biznesga yo

naltirishga qiziqmaydi

garchi davlat


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

204

kafolati bo

lsa ham, bank uchun daromadlilik past bo

lishi mumkin. Shuningdek, SBA kafolati

bo

lmagan sohalarda yoki kreditlash me

zonlariga to

g

ri kelmaydigan bizneslar (masalan, juda

yangi startaplar yoki noan

anaviy biznes modellari) uchun bank kreditiga erishish hamon qiyin

bo

lib qolmoqda. Foiz stavkalari bozor darajasida bo

lgani uchun, kreditlar qiymati kichik

biznes uchun qimmat tushishi mumkin

davlat faqat xavfni bo

lishadi, lekin foizni pasaytirib

bermaydi (istisno tariqasida, ayrim dasturlarda subsidiyalar bo

lishi mumkin, biroq keng

tarqalgan emas).

Xulosa va takliflar.

AQSh

tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik biznesni moliyalashtirish samaradorligi

kredit resurslari hajmiga emas, balki kredit muhitining sifati, kafolat va maslahat

infratuzilmasi, tavakkalni boshqarish mexanizmlariga bog‘liq. O‘zbekistonda mavjud tizim

davlat tomonidan moliyaviy resurslarni ajratish orqali faoliyat yuritmoqda, biroq bu usul uzoq
muddatli bozor mexanizmlariga asoslanmagan.

Shu bois, SBA modelining asosiy elementlari

kafolatlar, maslahatchilik, monitoring va

raqamli texnologiyalar

O‘zbekistonda amalda sinovdan o‘tkazilishi va milliy sharoitga

moslashtirilgan holda joriy etilishi lozim. Bu kichik biznes subyektlarining tijorat banklari bilan

barqaror moliyaviy munosabatlar o‘rnatishiga, moliyaviy inklyuziya kengayishiga va iqtisodiy

o‘sish drayverlarining faollashuviga zamin yaratadi.

Adabiyotlar/ Литература/Reference:

Beck, T., Demirgüç-Kunt, A. and Singer, D.

,

(2020). Financial institutions and small and

medium enterprises: Financial infrastructure and policy tools

.

The World Bank Research Observer,

35(1), pp.49

76.

https://doi.org/10.1093/wbro/lkz003

.

Berger, A.N. and Black, L.K.

,

(2019). Small business lending: credit channel, loan guarantees

and economic growth

.

Journal of Financial Intermediation, 40, pp.100-115.

https://doi.org/10.1016/j.jfi.2018.07.002

.

De la Torre, A., Pería, M.S.M. and Schmukler, S.L. (2021). Bank involvement with SMEs:

Beyond relationship lending

.

Journal of Banking & Finance, 123, 106044.

https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2020.106044

.

Mallett, O., Wapshott, R. and Vorley, T.

,

(2020). How do small business owners make financial

decisions? Towards a demand-side perspective on finance

.

Small Business Economics, 55(3),

pp.639

656.

https://doi.org/10.1007/s11187-019-00141-8

.

SBA (Small Business Administration) tomonidan e'lon qilingan 2023-yilgi Yillik Hisobotdan

https://www.sba.gov

.

Umarova, I.S., (2025). O‘zbekistonda kichik biznesni kreditlash mexanizmlarini

takomillashtirish

yo‘nalishlari.

Sci-P.uz

,

II-son,

348-bet.

https://www.researchgate.net/publication/390819799

.

Xursanaliyev, B., (2024). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlanishida xorijiy tajriba.

Qo‘qon Universiteti Xabarnomasi

, 10(10), 21-24-bet. DOI:

10.54613/ku.v10i10.899

https://www.researchgate.net/publication/380832953

.

Zavertiaeva, M. and Kotova, E. (2022). Credit guarantee schemes and SME finance in Russia:

Evidence from a regional policy experiment

.

Journal of Small Business Management, 60(4),

pp.812

832.

https://doi.org/10.1080/00472778.2021.1938094

.


Bibliografik manbalar

Beck, T., Demirgüç-Kunt, A. and Singer, D., (2020). Financial institutions and small and medium enterprises: Financial infrastructure and policy tools. The World Bank Research Observer, 35(1), pp.49–76. https://doi.org/10.1093/wbro/lkz003.

Berger, A.N. and Black, L.K., (2019). Small business lending: credit channel, loan guarantees and economic growth. Journal of Financial Intermediation, 40, pp.100-115. https://doi.org/10.1016/j.jfi.2018.07.002.

De la Torre, A., Pería, M.S.M. and Schmukler, S.L. (2021). Bank involvement with SMEs: Beyond relationship lending. Journal of Banking & Finance, 123, 106044. https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2020.106044.

Mallett, O., Wapshott, R. and Vorley, T., (2020). How do small business owners make financial decisions? Towards a demand-side perspective on finance. Small Business Economics, 55(3), pp.639–656. https://doi.org/10.1007/s11187-019-00141-8.

SBA (Small Business Administration) tomonidan e'lon qilingan 2023-yilgi Yillik Hisobotdan https://www.sba.gov.

Umarova, I.S., (2025). O‘zbekistonda kichik biznesni kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari. Sci-P.uz, II-son, 348-bet. https://www.researchgate.net/publication/390819799.

Xursanaliyev, B., (2024). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida xorijiy tajriba. Qo‘qon Universiteti Xabarnomasi, 10(10), 21-24-bet. DOI: 10.54613/ku.v10i10.899 https://www.researchgate.net/publication/380832953.

Zavertiaeva, M. and Kotova, E. (2022). Credit guarantee schemes and SME finance in Russia: Evidence from a regional policy experiment. Journal of Small Business Management, 60(4), pp.812–832. https://doi.org/10.1080/00472778.2021.1938094.