www.sci-p.uz
III SON. 2025
101
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KORPORATIV
MADANIYATNING TA’SIRI
PhD
Akramova Nazokat
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-6986-6748
Annotatsiya.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni takomillashtirish
yo‘nalishlarini aniqlash uchun uning afzalliklari va muammolariga e’tibor qaratish lozim.
Samarali korporativ madaniyat aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va uzoq muddatli istiqbollariga
b
evosita ta’sir qiladi. Bunday madaniyat aksiyadorlik jamiyatlari muvaffaqiyatining eng muhim
omillaridan biri bo‘lib, raqobatdosh ustunlikni saqlab turishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, u
korxonadagi shaxslarning axloqiy fazilatlariga, fidoyiligiga, mehnat unumdorligiga, jismoniy
sog‘lig‘iga va jamoada ishlaydigan odamlarning hissiy farovonligiga ta’sir qiladi. Ushbu
maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida uchrayotgan korporativ madaniyat muammolari tahlil
qilingan va ularga samarali yechimlar to
pish yo‘llarini belgilab berilgan. Hamda korporativ
madaniyatning muhimligi va uning kompaniya faoliyatidagi o‘rni, shuningdek, madaniyatning
iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Muammolar sifatida korporativ madaniyatning
yetarli darajada shakllanmagani, xodimlar o‘rtasidagi muloqotning zaifligi, etika va
qadriyatlarga rioya qilinmasligi kabi jihatlar tahlil qilingan. Yechimlar sifatida esa korporativ
madaniyatni
shakllantirishda strategik yondashuvlar, muntazam ta’lim va tarbiya dasturlari,
ochiq muloqot va ishonch muhitini yaratish, shuningdek, etika kodekslarini ishlab chiqish va joriy
etish taklif qilingan. Tadqiqot aksiyadorlik jamiyatlari uchun korporativ madaniyatni yaxshilash
va samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni beradi.
Kalit so‘zlar:
korporativ madaniyat, korporativ boshqaruv, xodimning qoniqishi,
kompaniya missiyasi, tashkiliy xulq, transformatsiya, kompaniya samaradorligi, aksiyadorlik
kompaniyasi, raqobatbardoshlik, so‘rovnoma, boshqaruv organlari
ni raqamlashtirish.
ВЛИЯНИЕ КОРПОРАТИВНОЙ КУЛЬТУРЫ НА ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ
АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВ
PhD
Акрамова Назокат
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Для выявления направлений совершенствования корпоративной
культуры в акционерных обществах необходимо уделить внимание её преимуществам и
проблемам. Эффективная корпоративная культура напрямую влияет на деятельность
акционерных обществ и их долгосрочные перспективы. Она является одним из ключевых
факторов успеха компаний и играет важную роль в сохранении конкурентного
преимущества. Кроме того, культура воздействует на нравственные качества,
преданность и производительность труда работников, на их физическое
здоровье и
эмоциональное благополучие в коллективе. В статье проанализированы проблемы
корпоративной культуры, характерные для акционерных обществ, и предложены пути
их эффективного решения. Рассмотрена значимость культуры, её место в
UOʻK:
338.24:658
(575.1)
101-110
www.sci-p.uz
III SON. 2025
102
деятельности компании и влияние на экономические показатели. Среди проблем
выделены недостаточно сформированная культура, слабая коммуникация между
сотрудниками, несоблюдение этики и ценностей. В качестве решений предлагаются
стратегические подходы к формированию корпоративной культуры, регулярные
программы обучения и воспитания, создание атмосферы открытого диалога и доверия,
а также разработка и внедрение кодексов этики. Исследование даёт практические
рекомендации по улучшению и эффективному управлению корпоративной культурой в
акционерных обществах.
Ключевые слова:
корпоративная культура, корпоративное управление,
удовлетворённость сотрудников, миссия компании, организационное поведение,
трансформация,
эффективность
компании,
акционерное
общество,
конкурентоспособность, анкетирование, цифровизация органов управления.
IMPACT OF CORPORATE CULTURE ON ENHANCING THE EFFICIENCY
OF JOINT-STOCK COMPANIES
PhD
Akramova Nazokat
Tashkent State University of Economics
Abstract.
Identifying ways to improve corporate culture in joint-stock companies requires
close attention to both its advantages and its shortcomings. An effective corporate culture directly
influences a company’s operations and long
-term prospects. It is one of the key drivers of success
and plays a decisive role in maintaining competitive advantage. Corporate culture also affects
employees’ moral qualities, commitment, productivity, physical health and emotional well
-being
within the team. This article analyses the corporate-culture problems typical of joint-stock
companies and sets out practical solutions. It considers the importance of culture, its place in
corporate activity and its impact on economic indicators. The problems identified include an
underdeveloped culture, weak communication among staff, and failure to observe ethical
standards and values. Proposed remedies include strategic approaches to shaping culture, regular
training and educational programmes, fostering an atmosphere of open dialogue and trust, and
developing and implementing codes of ethics. The study offers practical recommendations for
improving and effectively managing corporate culture in joint-stock companies.
Keywords:
corporate culture, corporate governance, employee satisfaction, company
mission, organizational behaviour, transformation, company efficiency, joint-stock company,
competitiveness, survey, digitalisation of management bodies.
Kirish.
Hozirgi vaqtga kelib, jahon iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan taraqqiy etib bormoqda. Bu
jarayonda katta korxonalar, korporatsiyalar va firmalarning roli nihoyatda muhimdir.
Jumladan, ularning idora etish jarayonini samarali va maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish eng
zarur vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada korporativ boshqaruv tizimini amalga oshirish
va m
ulkni shaffoflashtirish eng ma’qul usuldir. Bugungi kunda korporativ boshqaruv tizimi
korxonalarni boshqarishning zamonaviy falsafasi va samaradorligini ta’minlovchi asosiy
texnologiyaga aylangan. Rivojlangan korporativ boshqaruv tizimi tufayli iqtisodiy q
o‘shilgan
qiymat va sof foyda ko‘rsatkichlarida sezilarli oshish, samaradorlikning yuksalishi va riskning
kamayishi kuzatilmoqda, bu holat ko‘plab tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Xususan, taniqli
ekspertlarning tadqiqotlari natijasida, samarali korporat
iv boshqaruvni qo‘llagan
kompaniyalarda iqtisodiy qo‘shilgan qiymat miqdori korporativ boshqaruv standartlaridan
foydalanmagan kompaniyalarga nisbatan yuqori ekani aniqlangan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
103
Bugungi iqtisodiy sharoitlarda, aksiyadorlik jamiyatlari murakkab iqtisodiy tizimning
muhim bo‘lagi sifatida o‘zining muhim xususiyatlariga ega. Iqtisodiyotda aksiyadorlik jamiyati,
bir qator jismoniy va yuridik shaxslarning kapitalini birlashtirish orqali tashkil etilgan tijorat
sub’ekti sifatida belgilanadi. Bunday jamiyatlar material va boshqaruv jihatidan turli shaxslarni
birlashtirib, korxona faoliyatidan keladigan asosiy iqtisodiy va moliyaviy manfaatlarni olishadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari, biznes su
b’ekt sifatida, tuzilmalarini strategik maqsadlar atrofida
jamlash orqali o‘z vazifalarini bajaradigan iqtisodiy elementlarga ega
.
Adabiyotlar sharhi.
Aksiyadorlik jamiyatlarda korporativ madaniyatning funksiyalarini o‘rganish bilan
bog‘liq
holda korporativ madaniyat tushunchasi talqinini o‘rganamiz. Ilmiy adabiyotlarda
korporativ madaniyatga turli xil ta’riflar berilgan bo‘lib, ularni turli xil guruhlarga bo‘lish
mumkin: falsafiy va mafkuraviy, me’yoriy, funksional
-
tashkiliy ta’riflardan ibo
rat.
K
orporativ madaniyat ma’lum bir korxonaga xos bo‘lgan, uning individualligini va ijtimoiy
va moddiy muhitda o‘zini va boshqalarni idrok etishini aks ettiruvchi, xulq
-
atvorida, o‘zaro
ta’sirida, idrokda namoyon bo‘ladigan bir
-
biri bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi moddiy va ma’naviy
qadriyatlar tizimi hisoblanadi (Spivak, 2001). Korporativ madaniyati korxona madaniyatiga
mos kelmasligi mumkin. Sababi korxonada olib boriladigan korporativ madaniyat
tashkillashtirilgan madaniyat bilan farq qiladi
ya’ni u korporativ madaniyatga nisbatan
kengroq va chuqurroq tushuncha hisoblanib, bu tashkilotda
“shakllantirilgan”
siyosatdir
(Yablonskene, 2010). Korporativ madaniyatni tashqi muhitga moslashish va ichki integratsiya
muammolarini hal qilishni o‘rganayotganda ma’lum bir guruh tomonidan o‘z
-
o‘zidan
shakllangan, o‘rganilgan yoki ishlab chiqilgan asosiy harakatlarning to‘plamidir (Sheyn, 2011)
.
Korporativ madaniyatni tashkilotdagi xatti-harakatlar turini shakllantiradigan umumiy
qadriyatlar va me’yorlar tizimi sifatida tushun
iladi (Jeffkins va Yadinlar, 2015). Korxonalarda
korporativ madaniyatning to‘rtta darajasi mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat: qadriyatlar
-
bu korxona va uning yutuqlari haqida uning barcha a’zolari tomonidan baham ko‘riladigan
g‘oyalar; qahramonlar
- eng muhim tashkiliy qadriyatlar
ni o‘zida mujassam etgan namuna
bo‘lgan korxona a’zolari; marosimlar
- korxona uchun muhim voqealarni belgilash va ularga
yangi a’zolarni tanishtirish maqsadida o‘tkaziladigan ramziy ma’noga to‘la marosimlar;
munosabatlarni jipslashtirish -
bu korxona a’zo
lari korporativ qadriyatlar, qahramonlar,
marosimlar haqida ma’lumot oladigan norasmiy aloqa kanallari bo‘yicha ta’minlashdan iborat
(Deal va Kennedy, 2020). Korporativ madaniyat
–
bu ijtimoiy progressiv rasmiy va norasmiy
qoidalar va faoliyat me’yorlari, urf
-
odatlar va an’analar, guruh manfaatlari, ma’lum bir tashkiliy
tuzilma xodimlarining xulq-atvor xususiyatlari, yetakchilik uslubi, ishchilarning mehnat
shar
oitlaridan qoniqish ko‘rsatkichlari, o‘zaro hamkorlik darajasidir
(Smirnov, 2008).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada turli xil usullardan foydalanildi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati
samaradorligini oshirishda korporativ madaniyatning rolini oshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan
ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash
va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyal
ash, ma’lumotni guruhlash, analiz va sintez,
induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlili va natijalar muhokamasi.
Korporativ madaniyat parametrlarini o‘zgartirishning murakkabligi bir qator omillarga
bog‘liq. Shunday qilib, jamoa fikrlashdagi bo‘lajak o‘zgarishlarning murakkab tabiati
menejerlardan aksiyadorlik jamiyatining ichki hayotini o‘zgartirish uchun ustuvorlik
lar va
qadamlar ketma-ketligini aniq belgilashni talab qiladi. Boshqaruv amaliyotiga yangi rasmiy va
norasmiy qoidalar va faoliyat me’yorlarini joriy etish xodimlarning qarshiligini keltirib
chiqaradi, bu esa uni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish zarurati natijasidir. Ichki tashkiliy
www.sci-p.uz
III SON. 2025
104
muhitning moddiy va nomoddiy jarayonlari va hodisalarini isloh qilish bilan bog‘liq moliyaviy
xarajatlarni unutmasligimiz kerak. Korporativ madaniyatni o‘zgartirish mexanizmini
shakllantirishda menejment, shuningdek, transformatsiyalar boshlangan paytdan boshlab
aksiyadorlik jamiyat ichidagi muhitni o‘zgartirish uchun samarali vositalarni olishgacha
bo‘lgan ma’lum vaqt kechikishini hisobga olishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatining ijtimoiy-
ma’naviy sohasini o‘zgartirish yo‘nalishlari Edgar
Sheynning korporativ madaniyati modeliga nisbatan ko‘rib chiqamiz.
Taqdim etilgan rasmning yuqori qismidan modelning tavsifidan boshlasak, uning
ko‘rinadigan qismi, talqini unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki kundalik faoliyatimizda biz
doimo korporativ madaniyatning ob’ektiv ko‘rinishlariga duch kelamiz. Piramidani
ng
poydevoriga qarab harakat qilsak, tahlil metodologiyasi yanada murakkablashadi, chunki
keyingi darajalarda biz xodimlar xulq-atvorining mavjud tashkiliy modellarining tobora
sub’ektiv asoslarini aniqlashimiz va talqin qilishimiz kerak bo‘ladi.
1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatining ijtimoiy-
ma’naviy sohasini o‘zgartirish yo‘nalishlari
Amaldagi texnologiyalar va tashkiliy makon arxitekturasidan tortib korporativ
jarayongacha bo‘lgan aniq tashqi ko‘rinishlarni o‘z ichiga olgan yuzaki daraja transformatsion
o‘zgarishlarga osonlikcha mos keladi. Korporativ madaniyat parametrlarini o‘zgartir
ish uchun
boshqaruv harakatlarining yo‘nalishi haqida taassurot olish uchun xodimlarning xati
-
harakatlarini o‘zgartirishga qaratilgan ba’zi idoralarda keng tarqalgan taqiqlangan so‘zlar va
iboralarning ehtimolli ro‘yxatlari mavjud.
Korporativ madaniyat aksiyadorlik jamiyatlari qabul qilgan maqsadlar va qadriyatlarni,
portfel va funksional strategiyalari, uning ichki hujjatlarida aks ettirilgan axloqiy qarashlarni
va axloqiy qadriyatlarni maqsadli ravishda tuzatgan taqdirda yanada jiddiy va uzoq muddatli
islohotlarga duch keladi. Aksiyadorlik jamiyatlari qadriyatlari darajasi o‘zgartirish tabiatan
ongli va tashkiliy o‘zgarishlar loyihasining barcha xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Bunday
loyihani muvaffaqiyatli yakunlash xodimlarning aksiyadorlik jamiyatdagi hayot va ishning
mazmuni haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirish uchun barcha tarkibiy bo‘linmalarning ongli,
irodali va maqsadli ishlarini o‘z ichiga oladi.
Korporativ madaniyat xodimlar almashinuvini bashorat qilish uchun kompensatsiyadan
10 baravar muhim hisoblanadi. Menejerlar va xodimlar o‘rtasidagi madaniyatni saqlash muhim
www.sci-p.uz
III SON. 2025
105
ahamiyat kasb etadi. Aksiyadorlik jamiyat korporativ madaniyatiga mos keladigan to‘g‘ri
xodimlarni yollash alohida rol o‘ynaydi. Ularning qadriyatlari, tamoyillari va maqsadlari
korxona maqsadlariga mos kelishi kerak. Menejerlar tomonidan xodimlarni ortiqcha baholash
va ularga va’dalar berish bilan cheklanmasdan, xodimning munosib kasbiy fazilatlarini aniqlash
uchun barcha kerakli tanlov usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Maxsus bonuslar,
xodimlar va ularning oilalari sog‘lig‘ini qo‘llab
-quvvatlaydiga
n imtiyozlar tizimini o‘z ichiga
olgan raqobatbardosh kompensatsiya paketini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
Xodimlarning doimiy ehtiyojlarini hisobga olish, samaradorlikka o‘z hissasini qo‘shayotgan
xodimlarga mukofot bilan munosabatda bo‘lish, kompensatsiyalash jarayonida adolatli bo‘lish
asnosida ish olib borilsa, ular o‘zlariga g‘amxo‘rlik qiladigan korxonanini tark etish ehtimoli
keskin kamayadi.
Korporativ madaniyat ta’siri doirasida ishchilarning barqarorligi turli xil sohalarda
turlicha amal qiladi. Xodimlarning barqarorligi darajasi eng kamida 15-20% ni tashkil etishi
lozim. Korxonalarda korporativ tadbirlarni amalga oshirish bevosita korporativ barqarorlikka
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Q
u
‘yidagi jadvalda sohalar kesimidagi ishchilar barqarorligini ko‘rib
o‘tamiz.
1-jadval
Sohalar kesimidagi ishchilar barqarorligi
№
Tadbirkorlik sohasi
Ishchilar barqarorligi %da
2018
2019
2020
2021
2022
1
Davlat korxonalari
5
–
8
7-9
9-11
11-12
6-8
2
Xizmat
ko‘rsatish
15 17
11-13
13-15
13-15
7-8
3
Ishlab chiqarish
15
–
20
11-13
13-15
12-14
10-12
Manba:
muallif ishlanmasi.
Korporativ madaniyat ma’lum vaqt va shartlar uchun maqbul bo‘lishi mumkin.
Ishchilari
barqaror ish faoliyatini olib boradigan korxona bo‘lish uchun tashqi raqobatga bardosh bera
oladigan, davlat tomonidan tartibga solish mezonlariga bo‘ysinadigan, tezkor iqtisodiy
o‘zgarishlar va yangi texnologiyalar sharoitidagi o‘zgarishlariga
moslasha oladigan, korxona
madaniyatini ijobiy o‘zgartirish xayrihoh tarzda amaliy ish olib borish natijasida uning
samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Aynan shu ko‘nikmalar, qobiliyatlar,
munosabatlar, korporativ kodeks qoidalari birgalikda korxona samaradorligini oshirishi
mumkin bo‘lgan korxonaning korporativ madaniyatini yaratadi. Korxonaning muvaffaqiyati
boshqa ko‘plab omillariga qaraganda ko‘proq korporativ madaniyatning ijobiyligiga bog‘liq.
Ijobiy korporativ madaniyatlar muloqot va qaror qabul qilishni osonlashtiradi, ishonchga
asoslangan hamkorlikni soddalashtiradi.
2-
rasmda korxonada qaysi sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shash holati mavjudligini
o‘rganamiz.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, korxona ishchilari asosan, korporativ madaniyat pastligi, olib
borilayotgan innovatsion siyosat talablariga javob bera olmayotgani, hamda “Uzsalaman” AJ
ning korporativ kodeksi qoidalariga bo‘ysunishni xohlamaganlari sababli ish
dan
bo‘shatilganlar. Quvonarlisi shundaki yildan yilga ushbu ko‘rsatish pasayib borishi kuzatilgan.
Korporativ madaniyatning mavjudligi, u korxonada do‘stona vaziyatni aks ettiradi.
Korporativ madaniyatning kompaniya faoliyatiga ta’sir qilish mexanizmlari xodimlar bilan
bo‘lgan vaziyatning rivojlanishini bashorat qiladilar, ularga nisbatan xati
-harakatlarining
modellarini qurishga yordam beradi. Ularni o‘z faoliyatiga tatbiq etish orqali aksiyadorlik
jamiyati faoliyatini kuchaytiradi va shu bilan ularga mos vaziyatlarni yaratadi. Korporativ
madaniyatning mazmuni ko‘pchilik xodimlar uchun kasbiy va mehnat
faoliyatining shaxsiy
ahamiyati darajasi bilan belgilanadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
106
Maxamcorp International S.L. Ispan kompaniyasi 2007 yilda «O‘zkimyosanoat» bilan
birgalikda 2 ta qo‘shma korxona —
«Maksam-Chirchiq» va «Ammofos-Maksam»larni tashkil
etgan.
Maxam kompaniyasi tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarmaslik qo‘shma
korxonalar faoliyatiga va modernizatsiya va kengaytirish qobiliyatiga sezilarli darajada
to‘sqinlik qiladi.
2-rasm.
“Uzsalaman” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning ishdan bo‘shashi
sabablari (kishi)
Manba:
muallif ishlanmasi.
«O‘zkimyosanoat» va agentlik har doim birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi tegishli
kelishuvlarga va O‘zbekistonning amaldagi
qonunchiligiga muvofiq ish yuritgan hamda hech
qanday shartnoma yoki boshqa majburiyatlarni buzmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, Maxam
kompaniyasi bilan kelishmovchilikni do‘stona va vijdonan hal qilish tarafdori bo‘lgan va hozir
ham shundayligi, har doim barcha faoliyatida inson va mehnat huquqlarini hurmat qilish
hamda himoya qilishga intilib kelgani ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda qo‘shma korxonalar faoliyatidan olinadigan foyda sezilarli darajada
oshgani, mavjud quvvatlar modernizatsiya qilinib, faoliyatda yaxshilanishlar kuzatilayotganini
alohida ta’kidlandi. Bunga investor va uning vakillari ishtirokisiz faqat O‘
zbekiston tomonining
sa’y
-harakatlari evaziga erishilgani qayd etildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari tashqi aloqalar ya’ni mijozlar, raqobatchilar, sheriklar, yetkazib
beruvchilar, aholi, umuman jamiyat bilan munosabatlari bo‘yicha munosabatlarni e’tiborga olib
borishi lozim.
Xodimlar o‘zlarining ishlarida va ish joylarida biron bir narsani o‘zgartirishni istamaslik,
rivojlanish va o‘rganishga quvonch etmaslik bilan bog‘liq yuqori sifatli korporativ madaniyatni
saqlab qolishning zarurati haqida umuman tasdiqlanmagan tushunchalarga ega. Aksiyadorlar
jamiyatining rahbari va menejerlari esa korxonadagi korporativ madaniyat darajasini
1
https://www.gazeta.uz/uz/2023/04/05/uzkimyosanoat/
0
1
2
3
4
5
6
7
2022 y.
2021 y.
2020 y.
2019 y.
2018 y.
“Uzsalaman” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning ishdan
bo‘shashi sabablari (kishi)
Aksiyadorlik jamiyatda korporativ madaniyat past darajadaligidan ishdan
bo‘shaganlar soni
Aksiyadorlik jamiyat tomonidan olib borilayotgan innovatsion siyosatga bardosh
bera olmasdan ishdan bo‘shaganlar soni
Aksiyadorlik jamiyati korporativ kodeksi qoidalariga bardosh bera olmasdan
ishdan bo‘shaganlar soni
www.sci-p.uz
III SON. 2025
107
boshqacha baholaydilar. Bu taxminni tasdiqlash maqsadida ishchilar va rahbariyatni so‘roq
qilib, korporativ madaniyat darajasini tahlil qilish lozim. Ushbu so‘rov korporativ madaniyat
indeksini ballarning umumiy miqdori bo‘yicha aniqlash, shuningdek, aksiy
adorlik jamiyatining
zaif tomonlarini bo‘limlar bo‘yicha aniqlash imkonini beradi: ish, aloqa, boshqaruv, motivatsiya
va axloq kabilar.
Har qanday komponent bo‘yicha 4 balldan past ko‘rsatkich ushbu ish sohasidagi va
ishlarning shaxslararo muloqotidagi noqulay
vaziyatni ko‘rsatadi. Umumlashtirilgan test
natijalari keying jadvalda keltirilgan.
2-jadval
“MaxamChirchiq” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari, kuzatuv kengashi va
menejerlarning korporativ madaniyati darajasini baholash
№
Rahbariyat
Jami 10
ball
O‘rtacha
ball
1.
Ishchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi
10
5
2.
Ish haqi bo‘yicha xodimlarning noroziligi
10
7
3.
Korxonaning iqtisodiy barqarorligi
10
5
4.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqaruvi bo‘yicha ijobiy qarorlar
10
8
5.
Aksiyadorlik
jamiyatini boshqaruvi bo‘yicha qarorlarning qabul
qilinishida aksiyadorlarning ishtiroki
10
8
6.
Aksiyadorlar va menejerlar munosabati
10
8
7.
Korporativ nizolar
10
5
8.
Aksiyadorlik jamiyatlarida axborot uzilishlari
10
6
9.
Aksiyadorlarning kuzatuv kengashi va ijroya organlari bilan munosabati
10
8
10.
Rag‘batlantirish tizimi holati
10
5
Jami
100
65
Manba:
Ekspertlar xulosalari asosida tuzilgan.
Shunday qilib, ekspert xulosakari ishchilar va kuzatuv kengashi va ijroiya organi
tomonidan
korporativ madaniyatni baholash darajasini ko’rsatdi. A
ksiyadorlik jamiyati
aksiyadorlari, kuzatuv kengashi va menejerlarining
berilgan xulosaga ko’ra korporativ
madaniyat darajasini o‘rtacha 65 ball deb tavsiflaydi. Quyida “Uzsalaman” aksiyadorlik jamiyati
aksiyadorlari, kuzatuv kengashi va menejerlarning korporativ madaniyati darajasini baholash
umumlashtirilgan ekspert xulosalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
3-jadval
“Uzsalaman” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari, kuzatuv kengashi va menejerlarning
korporativ madaniyati darajasini baholash
№
Rahbariyat
Jami 10 ball
O‘rtacha ball
11.
Ishchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi
10
6
12.
Ish haqi bo‘yicha xodimlarning noroziligi
10
7
13.
Korxonaning iqtisodiy barqarorligi
10
6
14.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqaruvi bo‘yicha ijobiy qarorlar
10
9
15.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqaruvi bo‘yicha qarorlarning
qabul qilinishida aksiyadorlarning ishtiroki
10
9
16.
Aksiyadorlar va menejerlar munosabati
10
9
17.
Korporativ nizolar
10
7
18.
Aksiyadorlik jamiyatlarida axborot uzilishlari
10
7
19.
Aksiyadorlarning kuzatuv kengashi va ijroya organlari bilan
munosabati
10
8
20.
Rag‘batlantirish tizimi holati
10
6
Jami
100
74
Manba:
Ekspertlar xulosalari asosida tuzilgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
108
Shunday qilib, aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari, kuzatuv kengashi va menejerlarning
korporativ madaniyati darajasini ekspertlar tomonidan
baholash bo‘yicha o‘tkazgan
savolnomasida
“MaxamChirchiq” aksiyadorlik jamiyati
korporativ madaniyat darajasini
o‘rtacha 65 ball va “Uzsalaman” aksiyadorlik jamiyati korporativ madaniyat darajasini o‘rtacha
74 deb baholangan.
Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining motivatsiyasini tahlil qilganimizda paydo bo‘lgan
xulosa shundaki, samarali motivatsiya uchun me'yorlarni qayta tekshirish va ish haqining
yanada moslashuvchan tizimini yaratish lozim. Korporativ madaniyat darajasining yuqoriligi
odatda aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, buni biz
quyidagi quyidagi jadval ma’lumotlarida ko‘rishimiz mumkin.
4-jadval
“Uzsalaman”
aksiyadorlik jamiyati
iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlarining tahlili
№
Ko‘rsatkichlar
2018y
2019y
2020 y
2021y
2022 y
1.
Korxonaning mustaqillik koeffitsienti
0,321
0,397
0,461
0,447
0,709
2.
Qarz va o‘z mablag‘lari
ning munosabati
ko’rsatkichi
1,110
1,112
1,171
1,237
0,409
3.
Korxonadagi jami mulkning
xarakatchanligi koeffitsienti
0,286
0,291
0,374
0,441
0,461
Manba:
“
Uzsalaman
” А
J moliyaviy hisobotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Biz taxlil
qilayotgan “Uzsalaman” AJda iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlari oldingi
yillarga nisbatan o‘sish surati kuzatilmoqda.
Shu jumladan mustaqillik koeffitsienti 2020 yili 0,461ni tashkil etgan. Bu degani jami
aktivlarda korxonaning xususiy kapitali ulushi 46,1 % ga teng. 2021 yili esa koeffitsient 0,447ni
tashkil etgan. Bu degani jami aktivlarda korxonaning xususiy kapitali ulushi 44,7 % ga teng.
Ushbu yillari korxona tashqi qarzlarga qaram bo‘lgan, ya’ni iqtisodiy beg‘arazlikka erisha
olmagan.
“Uzsalaman” AJ iqtisodiy mustaqillik koeffitsienti 2022 yili
0,709 ni tashkil etgan. Bu
degani jami aktivlarda korxonaning xususiy kapitali ulushi 70,9 % ni tashkil etib, iqtisodiy
barqarorlikga erishgan.
“Uzsalaman” AJda uch yil davomida qarz va o’z mablag’larining munosabati ko’rsatkichi
ham 2020 va 2021 yillari boshqa sub’ektlarga qaram ekanligidan dalolat beradi.
Tez likvidlililik koeffitsienti “Uzsalaman” Ajning qisqa muddatlar bo’yicha
majburiyatlarini mavjud debitorlik qarzdorligi hamda pul mablag‘lari
bilan qay darajada
qoplanganlik darajasini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2022 yili ham ancha
Xulosa qilib aytganda, korporativ madaniyatni ijobiy shakllantirish muhimligiga e’tibor
qaratish lozim, chunki korporativ madaniyat o‘zgarishiga xodimlarning qarshiligini
yengishning ko‘rib chiqilayotgan usullarini amalga oshirish va qo‘llash samaradorligi
aksiyadorlik jamiyat kelajagi haqida optimizm ortishini ta’minlaydi. Zamonaviy korporativ
boshqaruv parametrlarini shakllantirishda xodimlarni o‘zgarishlar zarurligiga ishontirish, aniq
islohot takliflarini qo‘llab
-quvvatlash uchun qayta aloqa mexanizmlarini yaratish, norasmiy
aloqa kanallarini yaratish va qo‘llab
-
quvvatlashga ko‘maklashish, o‘zgarishlarga e’tirozlarni
hisobga olish kerak.
Shunday qilib biz tomonimizdan xulosaga kelindiki, korporativ madaniyatni oshirish
aksiyadorlik jamiyatining foydasining oshishiga, qarzdorlik holatini bartaraf etishga,
aksiyadorlik jamiyatning tashkiliy tuzilmasini optimallashtirishga, aksiyadorlik jamiyatining
aksiyadorlari, menejerlari va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar, ushbu jamiyatning iqtisodiy
samaradorligiga, ya’ni uning to‘lov qobiliyatiga va uning mustaqilligiga ta’sir qiladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
109
Xulosa va takliflar.
Aksiyadorlik jamiyatlarida samarali korporativ madaniyatni shakllantirishning eng
muhim omillaridan biri bu sohaga tegishli “jamoa”ning mavjudligidir. Agar uning atrofidagi
maqsadlarni tushunishda ishonchli va birlashgan jamoa bo‘lmasa, aksiyadorlik jamiya
ti
rahbariyati va menejerlari uchun qiyin jarayon kechadi. Jamoaning roli va undagi munosabatlar
menejment tizimida mavjud bo‘lgan muammolarni yechishga yordam beradi. Ushbu ishlarda
"jamoa" tushunchasi barcha xodimlar umumiy maqsadlar va qadriyatlarga sod
iq bo‘lgan yaxlit
ishchi guruhini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu rahbar atrofida birlashgan hamfikrlar
jamoasidan iborat bo‘lib, unda norasmiy munosabatlar rasmiy munosabatlar kabi muhim
bo‘lgan tuzilma sifatida ishlaydi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni shakllantirishning asosiy
vazifalaridan biri korporativ me’yorlar va qadriyatlarni quyi darajadagi xodimlarga
yetkazishdir. Buning uchun bunday jamoa a’zolari o‘zlarining to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri funksional
vazif
alarini bajarishdan tashqari, doimiy ravishda o‘zlarini ma’lum bir nuqtai nazardan
ko‘rsatishlari kerak: zarur korporativ etikaning tashuvchisi sifatida, kompaniya qadriyatlariga
doimo g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Shu bilan birga, jamoa a’zolari tomonidan ha
r doim ham
ko‘rsatilmaydigan va ilgari surilmaydigan korporativ me’yorlar va qadriyatlar aslida ularning
shaxsiy e’tiqodlarini rivojlantirish borish maqsadga muvofiqdir. Bunday jamoa a’zolarida
odatda oddiy xodimlardan faqat jamoa a’zolariga ma’lum bo‘lgan
va ular tomonidan birgalikda
qo‘riqlanadigan korxona “sirlar” mavjud bo‘ladi. Shunga qaramay, jamoa haqiqiy e’tiqodlar
asosida harakat qiladimi yoki shunchaki o‘z rolini o‘ynaydimi, yaxshi tashkil etilgan va
birlashgan jamoa korxona korporativ madaniyatining asosiy tarkibiy qismlarini samarali
shakllantirish yoki o‘zgartirishga qodir.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatning shakllanishi murakkab va uzoq
davom etadigan jarayon bo‘lib, unda aniq yoki noaniq jarayonlar, tushunarli yoki tushunarsiz
holatlarga duch kelinadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatini shakllantirish
faqat rahbarlarning ixtiyoriy qarorlari bilan emas, balki ko‘p jihatli aksiyadorlar,
buyurtmachilar, xodimlarning tasodifiy natijasidan ham kelib chiqadi. Natijada, aksiyadorlik
jamiyatlari korporativ madaniyati korxonaning rivojlanish jarayonida ishlab chiqilgan optimal
xulq-atvor usullaridan foydalaniladi, ular pirovardida aksiyadorlik jamiyatlarining madaniy
paradigmasini tashkil qiladi.
Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, yetakchi olimlarning ishlarini o‘rganish asosida
korporativ madaniyatning kompaniya mahsulotlarining sifati, savdo hajmi o‘sishi, xodimlar
almashinuvi va mehnat samaradorligiga ta’sirini aniq tasdiqlaydi. Korporativ madaniyatni
yangilash zarurati aniqlanga
nidan so‘ng, kompaniyaning oliy darajadagi rahbariyati kelgusi
o‘zgarishlarni rejalashtirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqishi lozim. Korporativ madaniyatni
tahlil qilish metodlari, aksiyadorlik jamiyatining ichki muhitining holati va tashqi
ishbilarmonlik muhitidagi tahdidlarni farqlash uchun ishlatilishi mumkin. Bu usullar,
tashkilotning ichki iqlimini va tashqi muhitdagi potensial xavflarni aniqroq tushunishga
yordam beradi. Yuqori darajadagi korporativ madaniyatning samaradorligi uning
maqsadlariga qanchalik mosligi bilan baholanadi. Bu baholash, tashkilotning rivojlanish
sikllarini va ularning hayotiy konsepsiyalarini chuqur o‘rganish asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy, moddiy va iqtisodiy rag‘batlantirish usullarini yanada qo‘llash ishchilar va
aksiyadorning xati-
harakatlarini korxona xohlagan yo‘nalishda tartibga solish imkonini beradi.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, aksiyadorlik jamiyati korporativ madaniyatini
yaxshilashning iqtisodiy aspektlariga e’tibor berish orqali, korxona rahbari xodiml
ar
boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni
rejalashtiradi. Bu chora-tadbirlarning amaliyotga tatbiqi korxonaning korporativ madaniyati
sifatini oshirishga va shu bilan birga umumiy samaradorlikni yuksaltirishga olib kelishi
mumkin.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
110
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Akramova N.I. (2022) Aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi faoliyatida mustaqil
direktorlar rolini oshirish masalalari. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy
-elektron jurnali. 4/2022;
2022-
08-31.
Akramova N.I. (2022)
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish va
rivojlantirish. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
-elektron jurnali. 3 /2022 may, iyun
(№ 0005 9).
Akramova N.I. (2023) Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatning shakllanish
zarurligi. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar (Economics and Innovative Technologies),
2023-y.
https://orcid.org/0000-0002-6986-6748
DOI:
https://doi.org/
10.55439/EIT/vol11_iss1/a2
0. (08.00.00 № 10)
Akramova N.I. (2023) Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni samarali
boshqarishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy
-elektron jurnali.
2023-yil 1-son.
(08.00.00 №
11)
Akramova N.I. (2023) Theoretical principles of formation of corporate culture of joint stock
companies. Scientific discussion (Praha, Czech Republic) ISSN 3041-4245, 50-53 p, VOL 1, No 73, ,
Index Copernicus (12).
Deal T. E. and Kennedy, A. A. (1982, 2000) Corporate Cultures: The Rites and Rituals of
Corporate Life, Harmondsworth, Penguin Books, 1982; reissue Perseus Books; 2000. P.17-40
R
ы
chkova A.A. (2015) Korporativnaya kultura sovremennoy kompanii. Genezis i tendensii
razvitiya. Kazan, ISBN: 978-5-9906219-9-2, izdatelstvo: Array Litagent «Buk».305s.
Sadikova M.A., Akramova N.I., va b. (2023) The transformation of organizational culture to
corporate culture in joint stock companies. International Scientific Conference “Construction
Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO
- 2023)
doi:10.1051/e3sconf/202340103055. E3S Web of Conferences.
Sheyn E. (2011) Korporativnaya kultura i liderstvo.
–
SPb: Piter, 248 s.
Smirnov E. A. (2008) Osnov
ы
teorii organizatsii M.: YuNITI, -211 s.
Spivak V.A. (2001) Korporativnaya kultura. - SPb.: Piter, - 345s.
Yablonskene A. (2006) Corporate culture of the modern university. University Management:
Practice and Analysis. (2):7-25.
