QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI

Annotasiya

Ushbu mavzuda Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmning rivojlanish, uning imkoniyatlari, bugungi kunda turizm sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, gastronomik turizm resurslari tahlili olib borilgan. Bunda asosiy e’tibor qoraqalpoqlarga tegishli milliy taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyasi, uni turizm marshrutlariga kiritish, milliy taomlarning turlari va tavsifi keltirib oʻtilgan. Shuningdek, qoraqalpoqlarning eng asosiy taomlari roʻyxati muallif tomonidan izlanishlar asosida tuzib chiqilgan va tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tursunova , G. (2025). QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(3), 561–567. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/124058
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu mavzuda Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmning rivojlanish, uning imkoniyatlari, bugungi kunda turizm sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, gastronomik turizm resurslari tahlili olib borilgan. Bunda asosiy e’tibor qoraqalpoqlarga tegishli milliy taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyasi, uni turizm marshrutlariga kiritish, milliy taomlarning turlari va tavsifi keltirib oʻtilgan. Shuningdek, qoraqalpoqlarning eng asosiy taomlari roʻyxati muallif tomonidan izlanishlar asosida tuzib chiqilgan va tahlil qilingan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

561


QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISH

IMKONIYATLARI

dots.

Tursunova Gulmira

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0008-6519-4164

tursunovaguli1703@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu mavzuda Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmning

rivojlanish, uning imkoniyatlari, bugungi kunda turizm sohasi uchun yaratilayotgan shart-

sharoitlar, qolaversa, gastronomik turizm resurslari tahlili olib borilgan. Bunda asosiy e’tibor

qoraqalpoqlarga tegishli milliy taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyasi, uni turizm

marshrutlariga kiritish, milliy taomlarning turlari va tavsifi keltirib oʻtilgan. Shuningdek,
qoraqalpoqlarning eng asosiy taomlari roʻyxati muallif tomonidan izlanishl

ar asosida tuzib

chiqilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

:

gastronomik turizm, milliy taomlar, qoraqalpoq oshxonasi, ekologik toza va

tabiiy mahsulotlar.

ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ ГАСТРОНОМИЧЕСКОГО ТУРИЗМА В РЕСПУБЛИКЕ

КАРАКАЛПАКСТАН

доц.

Турсунова Гульмира

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В данной теме проведен анализ развития гастрономического туризма

в Республике Каракалпакстан, его потенциала, условий, создаваемых в настоящее время

для сферы туризма, а также ресурсов гастрономического туризма. При этом основное

внимание уделяется национальным блюдам каракалпаков, технологии их
приготовления, включению их в туристические маршруты, видам и описанию

национальных блюд. Кроме того, автор на основе исследований составил и

проанализировал перечень основных блюд каракалпакской кухни.

Ключевые слова:

гастрономический туризм, национальная кухня, каракалпакская

кухня, экологически чистые и натуральные продукты.

OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF GASTRONOMIC TOURISM IN THE

REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN

assoc. prof.

Tursunova Gulmira

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article analyzes the development of gastronomic tourism in the Republic of

Karakalpakstan, examining its potential, the conditions currently being created for the tourism

sector, and the resources available for gastronomic tourism. The main focus is on the national
dishes of the Karakalpaks, including their preparation techniques, incorporation into tourist

routes, and descriptions of various traditional foods. Additionally, based on research, the author

has compiled and analyzed a list of key dishes in Karakalpak cuisine.

Keywords:

gastronomic tourism, national cuisine, Karakalpak cuisine, environmentally

friendly and natural products.

UOʻK:

338.48

561-567


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

562

Kirish.

So‘nggi yillarda gastronomik turizm dunyo bo‘ylab katta e’tiborga sazovor bo‘lib, turistlar

orasida o‘ziga xos trendga aylanib bormoqda. Ushbu turizm turi orqali nafaqat mazali taomlar

tatib ko‘riladi, balki milliy madaniyat, urf

-odatlar va hayot tarzining chuqur qatlamlari bilan

tanishish imkoniyati yuzaga keladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqa hududlardan oʻzining qal’alari, boy tarixiy va

madaniy merosga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, o‘ziga xos oshxonasi bilan ham ajralib turadi.

Qoraqalpogʻiston gastronomik turizm boʻyicha hali oʻzining to‘liq imkoniyatlarini ochmagan

hududlardan biri hisoblanadi.

Faqatgina Ayozqal’a, Tuproqqal’a, Qoyqirqilganqal’a va Qizilqal’a

kabilar joylashgan hududlardagina turizm faoliyati mavjudligini koʻrishumiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022

-2026-

yillarga mo‘ljallangan yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida” 2022

-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli

Farmonida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining

turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va xorijiy turizm bozorlari uchun hududning

jozibadorligini oshirish, turizm, madaniy meros, madaniyat va san’at sohalari infratuzilmasini

yaxshilash, yangi turizm xizmatlarini joriy qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turlarini

ko‘paytirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasi qaror qiladi. Ushbu qarorga asosan gastranomik turizmni rivojlantirish uchun turli

koʻrgazmalar va tadbirlar amalga oshi

rildi (Lex.uz, 2022).

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyaning

“Gesellschaft für internationale Zusammenarbeit

-

GIZ” tashkiloti bilan yaqindan hamkorlikda

Qoraqalpogʻiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish yuzasi

dan bir qator ishlar

tashkil etilmoqda. Jumladan, ikki tashkilot hamkorligida Qoraqalpogʻiston Respublikasini

noyob sayyohlik yoʻnalishi sifatida namoyon etuvchi “2023

-2026-

yillarda Qoraqalpogʻiston

Respublikasida turizmni barqaror rivojlantirish” strategiyasi ishlab chiqildi. Qoraqalpogʻiston

Respublikasining strategik maqsadi-turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va xizmatlar

sifatini koʻtarish, infratuzilmani yaxshilash, yangi sayyohlik yoʻnalishlarini yaratish, eksportni

oshirish va tashqi turiz

m bozorlarida targʻibot ishlarini olib borish, yangi ish oʻrinlarini

yaratishga yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston hududida mehmonxonalar tizimini diversifikatsiya qilish,

yaʼni hududda yulduz toifali, shu jumladan, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarn

i tashkil etish,

mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun transport-logistika tizimini yaxshilash, xususan, mahalliy

hamda xorijiy avia/temir yoʻl qatnovlarni tashkil etish hisoblanadi. Kelgusida

Qoraqalpogʻistonni mamlakatning turizm shaharlari, jumladan, Xiva

, Buxoro va Samarqand

shaharlari bilan transport aloqalarini oʻrnatish belgilandi. Bundan tashqari, tajriba va bilimga

ega boʻlgan ingliz, rus, nemis, fransuz, italyan, turk, ispan tillarida soʻzlashuvchi gidlarni

tayyorlash, turizm sohasida kasb-hunar va

oliy taʼlim sifatini oshirish, ushbu hududda

sayyohlarning qolish davomiyligi (tunash) va ular tomonidan sarflanadigan xarajatlarni yiliga

oʻrtacha 7

-10 %ga oshirish, 2026-

yilga kelib esa Qoraqalpogʻistonga keluvchi xorijiy turistlar

sonini 180000 (2022-yilda 50 ming) va mahalliy turistlar sonini 1 million nafarga yetkazish

(2022-yilda 552 ming), turizm xizmatlari eksportini 13,5 dan 60 million dollarga yetkazish,

joylashtirish vositalarida xonalar sonini 1005 tadan 1905 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Xususan, eko, etno, madaniy-tarixiy, ziyorat, arxeologik, gastronomik va safari turizm

yoʻnalishida yangi mahsulotlar yaratish hamda turistik dasturlar ishlab chiqish, Xorazm viloyati

bilan qadimiy qalʼalar boʻylab turizm marshrutini rivojlantirish, Sovetsky

muzeyi, Orol dengizi,

Sudochye koʻli va Ustyurt platosi imkoniyatlaridan samarali foydalanib, marketing choralarni

koʻrish va xalqaro sayyohlik platformalarida Qoraqalpogʻiston turizm mahsulotlarini
joylashtirish koʻzda tutilgan

(yuz.uz, 2023).

Ushbu imkoniyatlardan kelib chiqib,

Qoraqalpogʻistonda

boshqa turizm turlari kabi

gastronomik turizmni ham rivojlantirish ushbu hudud uchun yana bir imkoniyatlar eshigini

ochadi deb hisoblaymiz. Ma’lum bir hududda gastronomik turizmni rivojlantirishdan maqsad,


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

563

t

uristlarning ma’lum bir mamlakat yoki hududga sayohat qilishi asnosida, oʻsha hududning

milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham yaqindan tanishishidir. Gastroturistlar

birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan milliy va anʼan

aviy taomlarni,

uning tayyorlanish jarayonini, dasturxonga tortish usullari-yu, madaniyatini, ovqatlantirish

tartib-

qoidalarini koʻrish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining tarixi, urf

-odatini

hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini oʻrganishadi. Turistlar o‘zga yurtdagi yoki mintaqadagi

an’anaviy taomlar, milliy oshxonasining pishirish usullari, texnologiyasi, taom uchun

ishlatiladigan masalliqlar va ovqatlanish madaniyatini o‘rganishni xohlashadi.

Qolaversa, gastronomik turizm orqali o‘sha

joyning tarixiy, diniy va madaniy

qadriyatlarini chuqurroq anglashlari, klassik turistik joylardan tashqari, chekka qishloqlar,

fermer xo‘jaliklari, mahalliy bozorlarga borish orqali o‘ziga xos sayohatni kashf qilishlari,

mahalliy oshpazlar, fermerlar, kichik oshxonalar faoliyati bilan tanishishlari hamda turli millat

vakillarining bir hududda yashashlari natijasida oshxona madaniyatining uylashlashgani, turli
urf-odatlarni gastronomik turizm orqali bilishlari har bir turistga katta taassurot qoldira oladi.

Adabiyotlar sharhi.

Gastronomik turizm, gastroturlar va gurmanlar kabi

tushunchalar xorijiy hamda

mahalliy olimlar va tadqiqotchilar tomonidan

ko‘p

marta oʻrganilgan boʻlsada,

lekin mahalliy

va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqotlar

ida bu tushunchalarga berilgan ta’riflar,

qarashlar,

yondashuvlar qoʻshimcha manba sifatida xizmat qiladi.

Jumladan, xorijiy olimlardan Ivanov “Gastronomik turizm bu

-

milliy taomlarning o‘ziga

xos xususiyatlari, ularning tayyorlanishi va ishlab chiqarilishi bilan tanishish maqsadida

qilinadigan sayohat. Bu turizmning katta rivojlanish istiqbollariga ega bo‘lgan yangi turi

hisoblanadi”

-

deb ta’rif beradi.

Balinin (2017)

o‘zining “Gastronomik turizmni diversifikatsiya qilish jihatlari”

maqolasida gastronomiya bugungi kunda nafaqat ommalashgan madaniyat sohasi, balki

daromad manbai ham ekanligini ta’kidlaydi. Gastronomiya turistik va moliyaviy oqimlarga

ta’sir ko‘rsatuvchi, hududlarning barqarorligi va barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim

omil sifatida qaraydi.

Veretennikov va Solomaxina (2016)

“Gastronomik turizm” maqolasida gastronomik

turizmning zamonaviy holatini ko‘rib chiqib, uning iqtisodiyotdagi muhim rolini ta’kidlaydilar.

Efremovaning fikricha, “gastronomik sayohat nafaqat mahall

iy taomlar bilan tanishish,

balki mamlakat madaniyatini o‘rganish va u haqidagi tasavvurni o‘zgartirish uchun turtki bo‘lib

xizmat qiladi”.

Gastronomik turizmda mahsulotlarning sifati ham muhim rol o‘ynaydi. Bu masalaga

Kushcheva va Terexovaning (2017)

“Or

ganik mahsulotlar gastronomik turda ovqatlanish

xizmatining muhim tarkibiy qismi sifatida” maqolasi bagʻishlangan.

Bundan tashqari

Oʻzbekistonda turizmning maqsadli turlarini oʻrganish va

gastronomik

turizm haqida Tuxliyev (2021), Safarov, Qahhorov va boshqa olimlar tomonidan ishlab

chiqilgan ta’riflar,

olib bo

rilgan tadqiqotlar o‘rganildi.

Jumladan, Tuxliyev va

Safarovlar “gastronomiya turizmi

-

bu mamlakatlar va qit’alar

boʻylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyat

lari bilan tanishish

hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib koʻrishga imkon yaratish.
Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat boʻlib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa

biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega boʻ

lgan masalliqlardan tarkib topgan,

ma’lum bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib koʻrishga qaratilgan tadbirlar majmuiga

kiradi”.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot ishi mobaynida qiyosiy tahlil va tizimli qiyoslash, ilmiy abstrakt fikrlash,

mantiqiy yondashuv kabi usullardan foydalanilgan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

564

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bugungi kunda Qoraqolpogʻiston Respublikasi hududlariga turistlarning tashrifi

hududning madaniyati, tarixi va hayot tarzini chuqurroq oʻrganish imkonini beradi. Ayniqsa,

ko‘plab turistlar nafaqat takrorlanmas qoraqolpoq qal’alari

-yu tarixiy yodgorliklarin

i koʻrishni

istaydi, balki o‘sha hududning o‘ziga xos betakror taomlarini tatib ko‘rishni, pazandachilik

an’analarini o‘rganishni va mahalliy oshpazlar bilan bevosita muloqot qilishni, shu bilan birga

animatsion dasturlarni gastronomik turizm turi bilan be

vosita bogʻlashlarini xohlashadi.

Qoraqalpoq xalqining oshxonasi asosan ekologik toza, tabiiy mahsulotlarga asoslangan bo‘lib,

asrlar davomida shakllangan an’analarga tayanadi. Qoraqalpoq milliy oshxonasi boshqa

hududlar oshxonasidan taomlarning keng assortimenti, nomlanishi, koʻrinishi, t

ayyorlanish

texnologiyasi, ishlatiladigan masalliqlari hamda qoraqalpoqcha nomlanishi bilan ajralib turadi.

Qoraqalpoq oshxonasi Amudaryo va Orolbo‘yi mintaqasining tabiiy iqlimi, xalqning

yashash tarzi va tarixiy omillari bilan uzviy bogʻliqdir. Mahalliy

aholining taomnomasida qo‘y,

tuya, qoramol goʻshtlaridan tayyorlanadigan taomlardan shubat, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan

dimlama, beshbarmaq, qovurdoq kabi maxsus taomlar, qo‘lda tayyorlanadigan nonlar, masalan,

tandir nonlari, qoraqalpoq baliqli taomlari

dan boʻlgan buglama kabi taomlar hamda sut

mahsulotlaridan tayyorlanadigan qaymoq, ayron, qurut, suzma, mahalliy o‘simliklar va

ziravorlardan, masalan, shuvoq, yantoq, bargli choylar muhim oʻrin tutadi. Qazi, qurt, bo‘rek,

kuymaq kabi taomlar esa allaqachon mehmonnavozlik ramziga aylangan.

Goʻshtli taomlar

uchun asosan

mol goʻshti, qoʻzichoq, tuya, ot goʻshti, quyon va parranda goʻshtlaridan

foydalaniladi. Qoʻzi va mol goʻshtidan tayyorl

angan taomlari esa juda mashhur. Qoraqalpoqlar

musulmon

xalq boʻlganligi sababli choʻchqa goʻshti tanovul qilishmaydi. Taom tayyorlash

uchun ishlatiladigan don,

bugʻdoy uni

, tariq, guruch, loviya,

joʻxori

kabi masalliqlar qoraqolpoq

oshxonasining ajralmas mahsulotlari sifatida eʼtirof etiladi. Taomlarida

kartoshka va

sabzavotlar

koʻproq ishlatiladi. Taomlari asosan qovurish va pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi.

Qoraqalpoq oshxonasining asosini koʻproq qovurilgan goʻsht va qaynatilgan

xamir

aralashmasidan iborat taoml

ar tashkil etadi. Deyarli barcha taomlar bugʻdoy va joʻxori unidan

tayyorlangan dumaloq nonlar

bilan birga isteʼmol qilinadi.

Ovqatlanish davomida choy tortiq

qilinadi. Bular asosan sutli, yashil yoki qora choy

turlaridir. Bu odat oʻrta asrlarda

koʻchmanchilar

orasida keng tarqalgan boʻlib, bugungi kunda u nafaqat qoraqalpoqlar, balki

oʻzbek, qozoq, turkmanlar va qirgʻizlar orasida ham mavjud.

Qoraqalpoq oshxonasi ko‘plab O‘rta Osiyo xalqlari: o‘zbeklar, turkmanlar, qozoqlar

oshpazlik san’atining qiziqarli aralashmasidir. Markaziy Osiyoning boshqa ko‘plab xalqlari

qatori qoraqalpoqlar ham palov, sho‘rva, manti,

kabob, somsa, la

gʻmon,

moshkichiri,

moshxoʻrda

, chuchvara kabi

boshqa ko‘plab sharq xalqlariga oid boʻlgan milliy taomlarni

pishirib keladilar. Albatta, qoraqalpoq oshxonasining o‘ziga xos xususiyatlari ham inobatga

olinadi. Masalan, a

nʼanaviy taomlaridan gurtik, shaule (shavla), kespas, boʻrek (chuchvara),

aksaulak, karma, goʻje,

qovurdoq,

qatiqli shoʻrva, ugra (lapsha), chalop

qatiq asosidagi sovuq

shoʻrva,

shavla

kirmish, goʻsh nan, zagara nan (zogʻora non) va boshqalarni aytish mumkin

(uz.wikipedia.org, 2023a). Qoraqalpoqlarning eng keng tarqalgan milliy taomlaridan biri juveri

gurtik

(joʻxori unidan tayyorlangan beshbarmoq) va may gurtik (sariyogʻli beshbarmoq)dir. Bu

taomlar qadimiy taom boʻl

sa-

da, uni hozirgacha koʻplab qoraqalpoq ayollari tayyorlashadi.

Shunisi ma’lumki, koʻpchilik ushbu taomni odatda beshbarmoq bilan adashtirib yuborishadi

(uz.wikipedia.org, 2023b)

. Bugʻdoy unidan katta xamirli chuchvara tayyorlash faqat

qoraqalpoq oshxonas

iga xos boʻlib, boshqa turkiy xalqlarda, xususan, qozoq, qirgʻiz va

boshqirdlarda uchramaydi. Qimiz

-

ot sutidan olinadigan anʼanaviy ichimlik turi hisoblanadi.

Tuya suti juda mazali va to‘yimli sut mahsulotidir. Oppoq, bir oz shirinroq ta’mga ega bo‘lgan

tuya suti jonzotning qanday ozuqa bilan oziqlangani va ichgan suvining sifatiga qarab uning

mazasi o‘z

garib turishi mumkin.

Izlanishlarimiz asosida quyidagi 1-

jadvalda qoraqalpoqlarga xos boʻlgan milliy

taomlaining ayrimlari bilan tanishish maqsadida taomlar roʻyxatini tuzib chiqdik. Ushbu

jadvaldagi ma’lumotlarda milliy taomlarning nomi va tayyorlanish j

arayonlari haqidagi

ma’lumotlar keltirib oʻtilgan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

565

1-jadval

Qoraqalpoq milliy oshxonasida tayyorlanadigan milliy taomlar

Taomlar nomi

Tayyorlanish texnologiyasi

1.

Shalma

Bugʻdoy va go‘shtdan tayyorlanadigan sho‘rva turlaridan biri boʻlib, ko‘pincha
bayramlarda tayyorlanadi va iste’mol qilinadi.

2.

Kespe

Qo‘l bilan yoyiladigan lapshali sho‘rva boʻlib, ayniqsa, qish oylarida sevib iste’mol

qilinadigan taomlardan biridir.

3.

Juveri gurtik

Qoraqalpoq oshxonasining joʻxori unidan tayyorlanadigan milliy taomi. U

Qoraqalpoq

oshxonasida keng tayyorlanadigan taom sirasiga kiradi. Taomni odatda beshbarmoq
bilan adashtirib yuborishadi.

Joʻxori gurtikni tayyorlashda asosan un va maxsus

yormadan foydalaniladi. Un Qoraqolpogʻiston hududida barqaror oʻsimlik boʻlgan
joʻxori donidan tayyorlanadi. Taom uchun maydalanib yumaloq shaklga keltirilgan

piyoz, kartoshka va sabzi

qoʻshilgan goʻsht

aralashmasi kerak boʻladi. Bu taom bir

qarashda chuchvaraga

xshab ketadi. Joʻxori gurtik asosan qoʻzichoq yoki kurka goʻshti

aralashmasidan hozir boʻlgan masalliqni joʻxori unidan tayyorlangan tanga shaklidagi

xamirni tugish orqali pishiriladi (uz.wikipedia.org, 2023c).

4.

May gurtik

Sariyogʻli beshbarmoq

5.

Palau

Qoraqalpoqcha palov, o‘ziga xos yogʻ, guruch va go‘sht bilan tayyorlanadi

6.

Dimlama

Qo‘y go‘shtidan tayyorlangan

7.

Beshbarmak

Beshbarmoq atamasi

pazandachilik bilan bogʻliq ekzotik soʻzlarning katta guruhidan

olingan tushuncha boʻlib,

“besh barmoq” degan maʼnoni anglatadi, chunki

koʻchmanchilar anʼanaviy ravishda bu taomni qoʻllari bilan isteʼmol qilganlar. Bu taom

qirgʻiz, qozoq va boshqa baʼzi xalqlarda keng tarqalgan, “mayda tugʻralgan goʻsht
boʻlaklari va bulondan quyilgan xamir” maʼnosini bildiradi.

Beshbarmoq qozoqchada

narin, qoraqalpoqchada turama,

qirgʻizl

arda beshbarmak, Markaziy Osiyo oshxonasiga

mansub taomdir. U Shinjon,

Oʻzbekiston

,

Qirgʻiziston

va

Qozogʻistonda

norin,

Qoraqalpogʻiston

, Shimoliy Kavkaz va Turkmanistonda turama yoki dograma,

Boshqirdiston va Tataristonda kullama nomlari bilan ham tanilgan. Bu

Qirgʻiziston

,

Qoraqalpogʻiston

va

Qozogʻistonning

asosiy

milliy

taomlaridan

biridir

(uz.wikipedia.org, 2022).

8.

Durama

Qoraqalpoqlarning eng mashhur anʼanaviy goʻshtli taomi durama (turama

-maydalash

so‘zidan olingan) boʻlib, u mayda to‘gʻralgan koʻp goʻshtli taomlar sirasiga kiradi. Taom
uchun asosan bugʻdoy unidan foydalaniladi. Qaynatilgan go‘shtni odatda katta yoshli

er

kaklar, ichaklarni esa boshqa ishtirokchilar maydalaydilar. Shundan soʻng, mayda

toʻgʻralgan goʻsht va ichaklar aralashtiriladi. Uch va undan ortiq kishiga bir kosadan
durama tortiladi, ustiga sho‘rva quyiladi. Turamaga bulondan tashqari, baʼzan duzliq

zir

avori beriladi. Bu maydalangan piyozning sho‘rva yogʻi bilan aralashmasi

hisoblanadi. Durama boshqa O‘rta Osiyo mamlakatlari pazandachiligiga xos bo‘lmagan
noyob qoraqalpoq taomidir. Ushbu taom boshqa xalqlarda masalan, noʻgʻay turamasi,

qozoq norini

, oʻzbek norini kabilarga oʻxshatish mumkin. Bu taom oʻz navbatida

beshbarmoqning boshqa turi hisoblanadi (uz.wikipedia.org, 2023a).

9.

Shurpa

(go‘shtli

sho‘rva)

Qoraqalpoqcha tayyorlanadigan sabzavotli, go‘shtli mazali sho‘rva

10.

Kuyrdak

Jigar, yurak va boshqa ichki organlardan tayyorlanadigan issiq taom.

11.

Baqsima

Go‘shtli guruchli taom, sovuq

shaklda ham tortiladi

12.

Do‘lma

Do‘lma turkiy so‘z bo‘lib “to‘ldirilgan” yoki “biror bo‘shliqni egalla” degan maʼnoni
anglatadi. Mol yoki qo‘y go‘shtining lahm joyidan kesib olinib, mayda to‘gʻrab yoki

qiymalab, ba’zida guruch qo‘shib, karam, bolgar qalampiri, qovoq, pomidor, tok bargi,

baqlajon,

charvi do‘lma, ismaloq do‘lma, tuxum do‘lma, bedana do‘lma, jigar do‘lma,

sabzavotli do‘lma kabilardan birining ichiga qiymani solib, bugʻlab yoki dimlab

tayyorlanadigan quyuq taom hisoblanadi. Asosan Yaqin Sharqda va uning atrofida
Bolqon, Kavkaz, Rossiya va Markaziy Osiyo

kabi hududlarda isteʼmol qilinadi.

2017-

yilda Ozarbayjon Respublikasi

do‘lmani YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi

ro‘yxatiga kiritdi.

Aslida bu taom bulgʻor, rumin, venger oshpazligiga taalluqli bo‘lib,

bizga rus va Kavkaz oshxonasi ta’sirida XX asrning 30

-40-yillarida rus pazandaligi

orqali kirib kelgan va o‘sha yillardan e’tiboran O‘zbekistonda bulgʻor garmdorisi ham

ekila boshlangan. Tansiq taomligi shundaki, u yoz va kuz

oylarida to‘ylarda,

bayramlarda aziz mehmon dasturxoniga atab tayyorlanadi (uz.wikipedia.org, 2013).

Manba:

muallif tomonidan ma’lumotlar asosida qayta ishlangan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

566

Birlashgan Arab Amirliklari va O‘rta Osiyoda tuya suti shifobaxsh xususiyati bilan

qadimdan mashhur. Arablar tuya sutini har kuni iste’mol qilishadi. Undan qimiz, pishloq, hatto

muzqaymoq va kakao tayyorlanadi.

Eramizdan 2000 yil avval

Arabistonda tuyalar qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilgan.

Shundan beri uzoq vaqt suvsizlikka chidamli, beminnat yuk tashuvchi, go‘shti va suti, juni bilan
qadrlanadigan ikki yoki bir o‘rkachli tuyalar insonning eng yaqin hamrohiga aylandi. Cho‘lu

biyobond

a savdogarlar karvonini betalofat qum bo‘ronlari va qishning izgʻirini, yozning

jaziramasidan bepisand manzilga etkazgani uchun tuyani odamzod “sahro kemasi” ham deb

atay boshladi. Sahroda asosan tuyalar yantoq bilan oziqlanishadi. Bu cho‘l o‘simligi ham

s

hifobaxsh xususiyatga ega. Uning tarkibida juda ko‘p miqdorda mineral va biologik faol

moddalar mavjud (shifo.uz, 2025).

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmni

rivojlantirish uchun katta salohiyat

mavjud. Qoraqalpogʻistonda gastronomik turizmni

rivojlantirish nafaqat iqtisodiy daromad topish yo‘li, balki xalqning qadimiy madaniyati va urf

-

odatlarini saqlab qolishning eng samarali usullaridan biridir. Mahalliy oshxona resurslari,
ekologik toza mahsu

lotlar va qadimiy pazandachilik an’analari sayyohlar uchun juda jozibador,

lekun tizimli yondashuv yoki mexanizm endi shakllanmoqda. Buning uchun faqatgina hukumat

emas, balki qoraqalpoq tadbirkorlari, yoshlari va mutaxassislari birgalikda harakat qilishsa,

Qoraqalpogʻiston gastronomik turizmi O‘zbekistonning eng qiziqarli turistik yo‘nalishlaridan

biriga aylanishi mumkin.

Adabiyotlar/

Литература

/References:

Farmon (2022)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022

-2026-yillarga

mo‘ljallangan

yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida” 2022

-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli

Farmoni

Lex.uz. (2022). 545-

сон 28.09.2022. 2022

-2026-

yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining

turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shim

cha chora-

tadbirlar to‘g‘risida. [online]

Available at: https://lex.uz/uz/docs/-6212913

Shifo.uz. (2025). Tuya suti

tabiatning tansiq ne’mati yoki uning turli xastaliklarda

qo‘llanishi xususida | Shifo.uz. [online] Available at: https://shifo.uz/article

/tuya-suti-tabiatning-

tansiq-ne-mati-yoki-uning-turli-xastaliklarda-qo-llanishi-xususida

Tursunova G.R. (2024) Mehmonxonalarda ovqatlanishni tashkil etish. Darslik. -S.:STAP-SEL

MCHJ nashriyoti. -503b.

Tuxliyev I.S., Abduxamidov S.A. (2021) Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik.-

T.: “Fan va

texnologiyalar nashriyot-

matbaa uyi”, 424 bet.

uz.wikipedia.org

(2013).

Doʻlma.

[online]

Wikipedia.org.

Available

at:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Do%CA%BBlma

uz.wikipedia.org (2022).

qozoq, qoraqalpoq va qirg’iz xalqlarining milliy taomi. [online]

Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Beshbarmoq

uz.wikipedia.org (2023a). Qoraqalpoq oshxonasi. [online] Wikipedia.org. Available at:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Qoraqalpoq_oshxonasi

uz.wikipedia.org (2023b).

Qoraqalpoq oshxonasining joʻxori unidan tayyorlanadigan milliy

taomi.

[online]

Wikipedia.org.

Available

at:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Jo%CA%BBxori_gurtik

uz.wikipedia.org

(2023c). Gurtik.

[online]

Wikipedia.org.

Available

at:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Gurtik

yuz.uz (2023). Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi. [online]

https://yuz.uz. Available at: https://yuz.uz/uz/news/qoraqalpogiston-turizmini-rivojlantirish-

strategiyasi-taqdim-etildi


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

567

Балынин К.А.

(2017)

Аспекты диверсификации гастрономического туризма / К. А.

Балынин // Сервис в России и за рубежом.

-

Т. 11, № 1 (71).

-

С.

97-108.

Веретенников А.Н.

,

Соломахина Е.А.

(2016)

Гастрономический туризм /

А.Н.Веретенников, // Экономика. Инновации. Упр. качеством.

-

№ 2 (15).

-

С. 36

-38.

Ефремова Е.В.

(2016)

Гастрономический туризм в контексте продвижения

национальных идей и традиций /

Е.В.Ефремова // Глобализация и русский мир : сб. ст.

участников Всерос. науч.

-

практ. конф.

-

Н. Новгород : Интерконтакт,

-

С. 90

-94.

Иванов В.Д.

(2018)

Гастрономический туризм как популярное направление в

туристической индустрии. Челябинский государственный

университет, Челябинск,

Россия. Физическая культура. Спорт. Туризм. Двигательная рекреация.. Т. 3, № 2

.

Кущева Н.Б. Терехова В.

.

И

(2017)

Органические продукты как важная составляющая

услуги питания в гастрономическом туре / Вестн. евразийс. науки.

-

Т. 9,

№ 2.

-

С. 33.

Bibliografik manbalar

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni

Lex.uz. (2022). 545-сон 28.09.2022. 2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. [online] Available at: https://lex.uz/uz/docs/-6212913

Shifo.uz. (2025). Tuya suti – tabiatning tansiq ne’mati yoki uning turli xastaliklarda qo‘llanishi xususida | Shifo.uz. [online] Available at: https://shifo.uz/article/tuya-suti-tabiatning-tansiq-ne-mati-yoki-uning-turli-xastaliklarda-qo-llanishi-xususida

Tursunova G.R. (2024) Mehmonxonalarda ovqatlanishni tashkil etish. Darslik. -S.:STAP-SEL MCHJ nashriyoti. -503b.

Tuxliyev I.S., Abduxamidov S.A. (2021) Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik.-T.: “Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi”, 424 bet.

uz.wikipedia.org (2013). Doʻlma. [online] Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Do%CA%BBlma

uz.wikipedia.org (2022). qozoq, qoraqalpoq va qirg’iz xalqlarining milliy taomi. [online] Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Beshbarmoq

uz.wikipedia.org (2023a). Qoraqalpoq oshxonasi. [online] Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Qoraqalpoq_oshxonasi

uz.wikipedia.org (2023b). Qoraqalpoq oshxonasining joʻxori unidan tayyorlanadigan milliy taomi. [online] Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Jo%CA%BBxori_gurtik

uz.wikipedia.org (2023c). Gurtik. [online] Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Gurtik

yuz.uz (2023). Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi. [online] https://yuz.uz. Available at: https://yuz.uz/uz/news/qoraqalpogiston-turizmini-rivojlantirish-strategiyasi-taqdim-etildi

Балынин К.А. (2017) Аспекты диверсификации гастрономического туризма / К. А. Балынин // Сервис в России и за рубежом. -Т. 11, № 1 (71). -С. 97-108.

Веретенников А.Н., Соломахина Е.А. (2016) Гастрономический туризм / А.Н.Веретенников, // Экономика. Инновации. Упр. качеством. -№ 2 (15). -С. 36-38.

Ефремова Е.В. (2016) Гастрономический туризм в контексте продвижения национальных идей и традиций / Е.В.Ефремова // Глобализация и русский мир : сб. ст. участников Всерос. науч.-практ. конф. -Н. Новгород : Интерконтакт, -С. 90-94.

Иванов В.Д. (2018) Гастрономический туризм как популярное направление в туристической индустрии. Челябинский государственный университет, Челябинск, Россия. Физическая культура. Спорт. Туризм. Двигательная рекреация.. Т. 3, № 2.

Кущева Н.Б. Терехова В..И (2017) Органические продукты как важная составляющая услуги питания в гастрономическом туре / Вестн. евразийс. науки. -Т. 9, № 2. -С. 33.