www.sci-p.uz
III SON. 2025
637
NAVOIY VILOYATINING TURISTIK SALOHIYATIDAN FOYDALANISHDA GID-
EKSKURSAVODLAR TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Talibova Aziza
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0000-0003-3650-5871
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Navoiy viloyatining turistik salohiyatidan foydalanishda
gid-ekskursavodlar tayyorlashda
mamlakatning barcha hududlarida ekskursovodlarni
sertifikatlash va
akkreditatsiya qilish tizimlari hamda O‘zbekistonda ichki turizm jadal
rivojlanayotgani sababli, sifatli ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan talab ortishi va ularning
samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan
islohotlar va rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
ichki turizm, gid-ekskursavod, ekskursiya xizmatlari, Navoiy viloyati, madaniy
meros obyektlari.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПОДГОТОВКИ ГИДОВ
-
ЭКСКУРСОВОДОВ В
ИСПОЛЬЗОВАНИИ ТУРИСТСКОГО ПОТЕНЦИАЛА НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ
Талибова Азиза
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В данной статье изучены системы сертификации и аккредитации
экскурсоводов во всех регионах страны при подготовке гидов
-
экскурсоводов для
использования туристического потенциала Навоийской области, а также повышение
спроса на качественные экскурсионные услуги и их эффективность в связи с быстрым
развитием внутреннего туризма в Узбекистане. Также освещены проводимые в
Узбекистане реформы и перспективы развития в этой сфере.
Ключевые слова
:
внутренний туризм, гиды
-
экскурсоводы, экскурсионные услуги,
Навоийская область, объекты культурного наследия.
INCREASING THE EFFECTIVENESS OF TRAINING GUIDE-
EXCURSIONISTS IN USING THE
TOURISM POTENTIAL OF THE NAVOI REGION
Talibova Aziza
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
In this article, the system of certification and accreditation of tour guides in all
regions of the country in the training of guide-excursionists for the use of the tourism potential of
the Navoi region, as well as the increase in demand for quality excursion services and their
effectiveness due to the rapid development of domestic tourism in Uzbekistan, were studied. The
reforms being carried out in Uzbekistan and the prospects for development in this area were also
highlighted.
Keywords:
domestic tourism, guide-excursionists, excursion services, Navoi region, cultural
heritage sites.
UOʻK:
338.48
637-641
www.sci-p.uz
III SON. 2025
638
Kirish.
O‘zbekistonning turizm sohasi keng ko‘lamli islohotlar va davlat siyosati yo‘nalishlarining
tubdan qayta ko‘rib chiqilishi jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu o‘zgarishlar mamlakat
iqtisodiyotining barcha
tarmoqlarini jadal rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va xalq
farovonligini oshirishga qaratilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida turizm sohasini tubdan takomillashtirishga
qaratilgan bir qator huquqiy-
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, yangi “Turizm
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, bu esa sohani bosqichma
-bosqich isloh qilish uchun
mustahkam huquqiy asos yaratib, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay muhit va zarur shart
-
sharoitlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda mam
lakat rahbariyati, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoev tomonidan turizm sohasini jadal rivojlantirish, uni strategik yo‘nalishga aylantirish
bo‘yicha keng ko‘lamli chora
-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Adabiyotlar sharhi
.
Tadqiqotimiz davomida bir qator taniqli xorijiy olim va tadqiqotchilar tomonidan
madaniy meros
ob’ektlari
va turizm sohasiga oid nazariy-
uslubiy masalalar o‘rganildi.
Turizm sohasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ekskursiya
xizmatlarining sifati va samaradorligi, avvalo, ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi kadrlar,
xususan, gid-
ekskursovodlarning tayyorgarlik darajasi bilan bevosita bog‘li
qdir. Xalqaro tajriba
shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda (masalan, Germaniya, Italiya, Yaponiya kabi) gidlar
tayyorlash tizimi qat’iy sertifikatlash, doimiy malaka oshirish va innovatsion yondashuvlar
asosida yo‘lga qo‘yilgan (Smith
va Robinson, 2006).
Taniqli olim C. Cooper va uning hamkorlari tomonidan turizm nazariyasi va amaliyotiga
oid olib borilgan tadqiqotlarda (Cooper et al., 2008) ekskursovodning turistik tajriba
yaratishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Ularning fikricha, gidlar nafaqat tarixiy ma’lumotlarni
yetkazuvchi shaxs, balki mahalliy madaniyat va an’analarni xorijiy mehmonlarga tushuntirib
bera oladigan madaniy vositachilar hisoblanadi.
Mintaqaviy darajada olib borilgan tadqiqotlar esa Navoiy viloyati kabi turistik salohiyatga
ega, biroq sayyohlik infratuzilmasi sust rivojlangan hududlarda gid-ekskursovodlar rolini
yanada muhimlashtiradi. Mahalliy olimlar (To‘xtayeva, 2021; Abdurahmonova, 2022)
tomonidan ekskursovodlar faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda, ushbu mutaxassislarni
ng
yetishmasligi, til bilish kompetensiyasining pastligi hamda innovatsion yondashuvlarning
kamligi soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar sifatida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizm sohasini rivojlantirishga doir qaro
rlarida
(masalan, PQ
–
4095-
son, 2018 yil 5 dekabr) gidlar tayyorlash va ularni qayta o‘qitish bo‘yicha
aniq topshiriqlar belgilangan. Bu esa, davlat siyosatida ham ekskursovodlar tayyorlash muhim
yo‘nalish sifatida e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.
Shuning
dek, UNWTO (BMTning Jahon Turizm Tashkiloti) tomonidan e’lon qilingan
metodik qo‘llanmalarda gidlar faoliyatini kasbiy me’yorlar asosida tashkil etish va ularni
zamonaviy ko‘nikmalar bilan ta’minlash asosiy ustuvor yo‘nalishlar qatorida tilga olingan
(UNWTO, 2020).
Tadqiqot metodologiyasi
.
Tadqiqot jarayonida abstraksiya, tahlil va sintez, monografik kuzatish, taqqoslash,
statistik guruhlash, tizimli tahlil, grafik ifodalash va boshqa usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, Yangi O‘zbekistonni
rivojlantirish strategiyasi (2022
–
2026 yillar) doirasida Turizm va madaniyat vazirligi oldida
muhim vazifalar qo‘yilgan. Ushbu strategiyaga muvofiq, ichki turizmni 12 m
illiongacha
www.sci-p.uz
III SON. 2025
639
oshirish, xorijiy sayyohlar oqimini esa 9 millionga yetkazish kabi aniq maqsadlar belgilab
berilgan. Buning uchun mamlakatda infratuzilmani takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish
va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday tashabbuslar nafaqat mamlakat turizm sohasini rivojlantirishga, balki
iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga
keng yo‘l ochadi.
Mamlakatning asosiy turistik shaharlarida inklyuziv turizm infratuzilmasini keng joriy
etish va 2026 yilga qadar turizm sohasida band aholi sonini 520 ming nafarga yetkazish
rejalashtirilgan. Shubhasiz, sohadagi islohotlar va uning jadal o‘sishi kadrlar salohiyatiga
yuqori talab qo‘ymoqda.
Hozirgi kunda turizm sohasi mehnat bozorida gid-
ekskursovodlar misli ko‘rilmagan
darajada talabgor bo‘lib, ular faqat an’anaviy sayyohlik markazlarida emas, balki ichki va xorijiy
turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lgan hududlarda ham k
atta ahamiyat
kasb etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar natijasida 2022 yilda gidlar soni 2016 yilga nisbatan
33%ga o‘sdi.
Madaniy meros ob’ektlarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy
-tadqiqot instituti
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha 2500 nafar gid,
ekskursovod, tarjimon-
gid va yo‘lboshchi instruktorlar faoliyat yuritmoqda. Ulardan eng katta
ulushi:
Samarqand viloyati
–
36,7%,
Toshkent shahri
–
28,9%,
Buxoro viloyati
–
16,7%,
Xorazm viloyati
–
8,6% ni tashkil etadi.
Bunday o‘sish tendensiyasi turizm sohasidagi davlat siyosati samaradorligini hamda
kadrlar tayyorlash masalasining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Genderiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi gidlar orasida 54% erkaklar, 46%
ayollar tashkil etadi. Shuningdek, gidlarning eng katta qismini 22-35 yoshlilar (54%) tashkil
qiladi. Bu yosh guruhi mehnat bozorida faol, jismonan sog‘lom, harakatchan va yangi bozor
talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislardan iborat. Ular nafaqat ekskursiya
faoliyatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi, balki sohaning kelgusi rivoji uchun ham
mustahkam asos hisoblanadi.
O‘zbekistonda ekskursiyalar hozirda 20 ta tilda o‘tkaziladi. 2022 yilda eng talabgor gidlar
o‘zbek, rus, ingliz, turk va koreys tillarini biladigan mutaxassislar bo‘ldi. Til bilish darajasiga
ko‘ra, gidlarning:
54%
–
faqat bir tilda xizmat ko‘rsatadi,
33%
–
ikki tilda,
11%
–
uch tilda,
2%
–
to‘rt va undan ortiq tilda ekskursiya o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Bunday ko‘rsatkichlar
sohadagi raqobatni kuchaytirib, gidlar uchun zamonaviy talablarga
mos ravishda ko‘proq tillarni egallash muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu esa mamlakatdagi
turistik xizmatlarning xalqaro bozorda yanada raqobatbardosh bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Ichki turizm
ekskursiya marshrutlarisiz to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ular
hududning tarixiy va madaniy merosini o‘rganish hamda mehmonlarga tez va samarali
ma’lumot taqdim etish imkonini beradi. Bu jarayonda ekskursovod muhim rol o‘ynab,
mehmonlar va hudud
o‘rtasida bog‘lovchi vosita hisoblanadi. Uning kasbiy mahorati, bilim va
tayyorgarlik darajasi turistik xizmatlar sifati hamda sayyohlarning qoniqishini ta’minlashda
katta ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ichki turizm jadal rivojlanayotgani sababli, sifatli e
kskursiya xizmatlariga
bo‘lgan talab ortib bormoqda. Biroq, ayrim hollarda sayyohlar ekskursiya xizmatlarining past
darajada tashkil etilganiga duch kelishadi. Buning asosiy sabablaridan biri
–
sohada yagona
davlat tartibga solish tizimining to‘liq shaklla
nmaganidir. Hozirgi kunda mamlakatning barcha
www.sci-p.uz
III SON. 2025
640
hududlarida ham ekskursovodlarni sertifikatlash va akkreditatsiya qilish tizimi to‘liq yo‘lga
qo‘yilmagan. Shu bilan birga, ba’zi ekskursovodlar zamonaviy texnologiyalar va innovatsion
ekskursiya uslublarini o‘zlashtirishga yetarlicha e’tibor qaratmayapti, bu esa xizmatlar sifatiga
ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu muammoning bir necha asosiy sabablari mavjud. Avvalo, O‘zbekistonning ayrim
sayyohlik kam rivojlangan hududlarida ekskursovodlar o‘rtasida raqobat past darajad
a
qolmoqda. Shuningdek, yoshlar ushbu kasbni egallashga yetarlicha qiziqish bildirmaydi.
Bundan tashqari, ekskursovodlarning mehnat haqi hududdagi o‘rtacha maoshga nisbatan
pastligi ham sohaga bo‘lgan talabni pasaytirmoqda. Shu bilan birga, nodavlat ta’lim
markazlarida ekskursovodlar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarining yuqori
narxda ekanligi ularning kasbiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, bu sohani
samarali boshqarish va rivojlantirish mexanizmlarini aniqlash maqsadida ilgari ushbu kasbni
tartibga solish va boshqarish tajribasini tahlil qilish zarur. Bu orqali hozirgi sharoitga mos
keluvchi eng maqbul boshqaruv uslublari aniqlanishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekistondagi ijtimoiy
-iqtisodiy islohotlar va investitsiyaviy
im
koniyatlar ichki turizm rivoji uchun keng yo‘l ochmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida turizm
sohasiga e’tibor ortib, hududning madaniy va tarixiy merosini targ‘ib qilishga intilish
kuchaymoqda. Shu nuqtai nazardan, ekskursovodlik faoliyatining ijtimoiy-psixologik jihatlarini
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda ekskursiya xizmatlari yangi shakl va uslublarda rivojlanib, Navoiy
viloyatida ham xususiy gidlarga bo‘lgan talab ortmoqda. Bu esa ekskursavodlar uchun malakani
oshirish va zamonaviy y
ondashuvlardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
Jamiyatda yangi formatdagi ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan
holda, turizm sohasidagi ijtimoiy-
psixologik jarayonlarni chuqur o‘rganish zarur. Bu nafaqat
xizmat ko‘rsatish sifati oshi
shiga, balki Navoiy viloyatining turistik jozibadorligini
kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Navoiy viloyati O‘zbekistonning boy madaniy va tabiiy merosga ega hududlaridan biri
bo‘lib, u turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega. Hududda tarixiy y
odgorliklar,
arxeologik ob’ektlar, tabiiy go‘zalliklarga boy maskanlar mavjud. Ayniqsa, Sarmishsoy
petrogliflari, Nurota majmuasi, Raboti Malik karvonsaroyi va boshqa joylar ichki va xalqaro
sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otadi.
Shu bilan birga, turist
ik salohiyatdan to‘liq foydalanishda gid
-ekskursovodlarning roli
katta. Zamonaviy talablarga javob beradigan, bir nechta tilda erkin so‘zlasha oladigan,
hududning tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklarini yuqori darajada taqdim eta oladigan
ekskursovodlar sonini oshirish hududiy turizmni rivojlantirishda hal qiluvchi omillardan
biridir.
Navoiy viloyati O‘zbekistonning strategik ahamiyatga ega hududlaridan biri bo‘lib,
nafaqat sanoat markazi, balki ekologik, tarixiy va ziyorat turizmi uchun ham ulkan salohiyatga
ega. Viloyat hududida Sarmishsoy petrogliflari, Nurota majmuasi, Raboti Malik karvonsaroyi,
Chashma ziyoratgohi kabi madaniy-
tarixiy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, ular nafaqat
mahalliy, balki xalqaro sayyohlar uchun ham qiziqarli hisoblanadi. Shu bilan birga, viloyatdagi
tabiiy landshaftlar, cho‘l ekotizimi va tog‘li hududlar ekoturizm va sayohat turizmi uchun ham
muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, Navoiy viloyatida turizmni yanada rivojlantirish va uni raqobatbardosh
sohaga aylantirish uchun ekskursiya xizmatlarining sifatini oshirish, gid-ekskursovodlarni
tayyorlash va malakasini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirda mazkur
yo‘nalishda mavjud kamchiliklardan biri —
gidlar yetishmovchiligi, ekskursiya xizmatlarining
zamonaviy talablarga javob bermasligi va gidlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish
imkoniyatlarining cheklanganligidir.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
641
Xulosa va takliflar.
Navoiy viloyati turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, hozirda gidlar
tayyorlash va ekskursiya
xizmatlarini takomillashtirishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Bu
esa viloyatda sayyohlar oqimining oshishini ta’minlashda muayyan to‘siqlar tug‘diradi. Shuning
uchun gid-ekskursovodlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularning malakasini oshirish,
xorijiy tillarni bilish darajasini yaxshilash va ekskursiyalar o‘tkazishda innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish viloyatning turistik jozibadorligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Gidlar tayyorlash samaradorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish zarur:
maxsus ta’lim kurslarini tashkil etish bo‘yicha
–
gidlar tayyorlashga ixtisoslashgan
markazlar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quv dasturlarini xalqaro
standartlarga moslashtirish;
interaktiv ekskursiya uslublarini joriy etish bo‘yicha
–
zamonaviy ekskursiya
metodikalaridan, jumladan, audio-gidlar va virtual turlardan foydalanish orqali ekskursiyalar
samaradorligini oshirish;
xorijiy til o‘rgatish tizimini takomillashtirish bo‘yich
a
–
gidlarning ingliz, rus, turk va
boshqa xorijiy tillarda faoliyat yuritish malakalarini oshirish uchun maxsus o‘quv dasturlari va
intensiv kurslar tashkil etish;
gidlar faoliyatini rasmiylashtirish va tartibga solish bo‘yicha
–
ularni akkreditatsiya va
litsenziyalash jarayonlarini osonlashtirish, shuningdek, gidlar faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy
-huquqiy bazani takomillashtirish.
Agar yuqoridagi takliflar amalga oshirilsa, Navoiy viloyati nafaqat mahalliy, balki xalqaro
turistlar uchun ham yirik
sayyohlik markaziga aylanishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida,
hududdagi iqtisodiy o‘sishga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va umumiy turistik xizmatlar
sifatining oshishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, gid
-ekskursovodlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish nafaqat Navoiy viloyatida, balki butun mamlakat turizm sohasida barqaror
rivojlanishni ta’minlaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Abdurahmonova, S. (2022). Ekskursovodlarning til kompetensiyasi va innovatsion
yondashuvlar. Madaniyat va turizm, 10(1), 23
–
30.
Amriddinova R.S. (2025). Ekskursiyashunoslik va gid hamrohligi [Matn]: darslik /
Samarqand iqtisodiyot va servis institute. Samarqand. "STEP-SEL" MCHJ nashriyoti, 306 bet. M.
Cooper, C., et al. (2008). Tourism: Principles and Practice (4th ed.). Pearson Education.
Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF
-
158-son
Hisobot (2023) Madaniy meros ob’ektlarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy
-
tadqiqot instituti hisobotlari.
Qaror (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–
4095-sonli qarori. (2018, 5
dekabr). Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida.
Smith, M., & Robinson, M. (2006). Cultural Tourism in a Changing World. Channel View
Publications.
Strategiya (2022) Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi (2022–
2026).
UNWTO (2020). Guidelines for Tour Guide Quality and Professionalism. United Nations
World Tourism Organization.
