www.e-itt.uz
II SON. 2024
161
FINLANDIYA VA ROSSIYA FEDERATSIYASI TAJRIBALAR ASOSIDA O‘ZBEKISTON
MAKTABLARIDA MOLIYAVIY SAVODXONLIK OSHIRISH
PhD, dots.
Shamansurova Zilola Abduvahitovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-5152-3518
Ahmadjonov Abdulloh Ahadjon o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-8368-1435
Annotatsiya.
Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida moliyaviy
savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni
o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlyandiya va Rossiya Federatsiyasining moliyaviy savodxonlik
dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy
savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan
holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va
malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd
etilgan. Finlyandiya va Rossiya Federatsiyasi tajribalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar
O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar:
moliyaviy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik markazi, maktab ta’limi, iqtisodiy
fanlar, moliyaviy bilimlar, Finlandiya ta’lim tizimi, Rossiya Federatsiyasi ta’lim tizimi.
ПОВЫШЕНИЕ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ В ШКОЛАХ УЗБЕКИСТАНА НА
ОСНОВЕ ОПЫТА ФИНЛЯНДИИ И РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ
PhD, доц.
Шамансурова Зилола Абдувахитовна
Ташкентский государственный экономический университет
Ахмаджонов Абдуллoх Ахаджонович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотaция.
Данная статья посвящена рассмотрению важных вопросов повышения
уровня финансовой грамотности в системе образования Узбекистана, особенно в школьном
образовании, а также изучению передового зарубежного опыта. В статье анализируются
программы финансовой грамотности Финляндии и Российской Федерации и изучаются пути
их адаптации к условиям Узбекистана. Подчеркивая, что финансовая грамотность
положительно влияет на экономическую стабильность и благосостояние населения, в
исследовании отмечается необходимость сотрудничества государственного и частного
сектора, организации специальных курсов и обучения в образовательных учреждениях, а
также использования современных технологии и интерактивные методы. Предложения и
рекомендации, разработанные на основе опыта Финляндии и Российской Федерации, имеют
большое значение при формировании практических программ, направленных на повышение
финансовой грамотности в системе школьного образования Узбекистана.
Ключевые слова:
финансовая грамотность, центр финансовой грамотности,
школьное образование, экономические науки, финансовые знания, система образования
Финляндии, система образования Российской Федерации.
UOʻK:
336.012.23(075)
161-168
www.e-itt.uz
II SON. 2024
162
INCREASING FINANCIAL LITERACY IN UZBEKISTAN SCHOOLS BASED ON THE
EXPERIENCES OF FINLAND AND THE RUSSIAN FEDERATION
PhD, assoc. prof.
Shamansurova Zilola Abduvahitovna
Tashkent State University of Economics
Akhmadjonov Abdullokh
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article is dedicated to the consideration of important issues of increasing the
level of financial literacy in the educational system of Uzbekistan, especially in school education,
and to the study of advanced foreign experiences. In the article, the financial literacy programs of
Finland and the Russian Federation are analyzed and ways of their adaptation to the conditions
of Uzbekistan are studied. Emphasizing that financial literacy has a positive effect on the economic
stability and well-being of the population, the research notes the need for public and private sector
cooperation, the organization of special courses and training in educational institutions, as well
as the use of modern technologies and interactive methods. Proposals and recommendations
developed on the basis of the experiences of Finland and the Russian Federation are of great
importance in the formation of practical programs aimed at increasing financial literacy in the
school education system of Uzbekistan.
Keywords:
financial literacy, financial literacy center, school education, economic sciences,
financial knowledge, education system of Finland, education system of the Russian Federation.
Kirish.
O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikni oshirish masalasi hali yangi bo‘lsa-da, bu
yo‘nalishda qator muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Lekin bu jarayonni yanada samarali amalga
oshirish uchun yetakchi mamlakatlar tajribasidan o‘rganish lozim. O‘zbekiston maktablarida
moliyaviy savodxonlikni oshirish, aholi orasida iqtisodiy barqarorlik va farovonlikni
ta’minlashda muhim qadamdir. Bunda yetakchi mamlakatlar tajribasi asosida o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish, o‘qituvchilarni tayyorlash va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash
orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. So‘ngi yillarda O‘zbekistonda aholining moliyaviy
savodxonligini oshirish davlat siyosati darajasida qaralmayotgan bo‘lsa-da, yirik moliyaviy
institutlar tomonidan aholida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Markaziy Bank tasarufida 2021-
yilda “Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti” ochilgan bo‘lib,
departmentning asosiy vazifalaridan biri turli yosh guruhlari uchun zamonaviy o'quv
materiallarini tayyorlash va sinovdan o'tkazish, shuningdek, Markaziy bankning moliyaviy
savodxonlik bo'yicha axborot-ta'lim resursini ishlab chiqish va yuritib borish hisoblanadi.
Mazkur departament aholining moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasi doirasida finlit.uz
web saytini ishga tushirgan. Lekin bu sayt asosan yoshi katta kontingent uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, maktab yoshidagilar uchun moslashtirilmagan.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy savodxonlik hozirgi kunda global iqtisodiy barqarorlik va farovonlikka
erishishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bu bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va
adabiyotlar tahlili moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalarni ishlab
chiqish imkonini beradi.
Moliyaviy savodxonlik – bu shaxsning moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni egallaganlik darajasi. Lusardi va Mitchell (2014) tadqiqotlari
moliyaviy savodxonlikning iqtisodiy ahamiyatini o‘rganib, uning shaxsiy farovonlik va iqtisodiy
barqarorlikka ta’sirini baholab ko‘rsatdi. Atkinson va Messy (2012) tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar esa OECD/INFE (International Network on Financial Education) dasturi doirasida
www.e-itt.uz
II SON. 2024
163
moliyaviy savodxonlikni baholash natijalarini taqdim etdi va moliyaviy bilimlarning aholi
farovonligiga ta’sirini tahlil qilgan.
Moliyaviy savodxonlikni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish zamonaviy ta’limning
muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. OECD (2013) moliyaviy savodxonlik ta’limini maktab
dasturlariga kiritish usullari haqida ma’lumot beradi va bu jarayonning turli mamlakatlarda
qanday amalga oshirilishini tahlil qilgan. Mandell (2008) o‘z tadqiqotlarida AQSh maktablarida
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etishni
tavsiya etgan.
Kanada va Yaponiya davlatlarining moliyaviy savodxonlik ta’limidagi tajribalari bu
borada yaxshi natijalar ko‘rsatgan. OECD (2017) va APEC (2019) hisobotlari ushbu
mamlakatlarda moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish uchun qabul qilingan strategiyalar va
dasturlarni batafsil o‘rganilgan. Kanadada moliyaviy savodxonlik dasturlari maktabgacha
ta’limdan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirilsa, Yaponiyada qisqa muddat ichida
moliyaviy ta’lim berish samaradorligi oshirilgan.
O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikning hozirgi holati, mavjud muammolar va
imkoniyatlar tahlili davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar aholining
moliyaviy bilim darajasini oshirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida
ma’lumot beradi. World Bank (2014) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar esa O‘zbekistonda
moliyaviy ko‘nikmalarni oshirish uchun taklif qilingan strategiyalarni batafsil bayon etgan
Moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalar va yondashuvlar tahlili
davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirishni, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishni va interaktiv usullarni tatbiq etishni o‘z ichiga oladi. Lusardi va boshqalar (2017)
tadqiqotlarida moliyaviy bilimlarning ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashdagi o‘rni
ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu bilimlarni oshirish orqali iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish
mumkinligi ta’kidlangan.
Moliyaviy savodxonlikka oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy bilimlar va
ko‘nikmalarni oshirish shaxsiy va ijtimoiy farovonlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ilg‘or xorijiy
tajribalarni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish orqali maktab ta’lim
tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish
mumkin. Shu bilan birga, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish va interaktiv usullarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotimiz maktab oʻquvchilarini turli oʻyinlar orqali moliyaviy bilimlarni oʻrgatish
orqali moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorij tajribalari
oʻrganamiz. Bu borada
ulkan tarixiy tajribaga ega boʻlgan Finlandiya va Rossiya Federatisyasi davlatlarining pedagogik
tajribalari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Maktab oʻquvchilari doirasida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishda Finlandiya va
Rossiya Federatisyasi ta’lim tajribasini o‘rganish uchun bir qancha sabablar mavjud.
Birinchidan, Finlandiya ta’lim tizimining asosiy vazifasi asosan keng jamoatchilik orasida
moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan birga, moliyaviy savodxonlik boʻyicha milliy strategiyani
ishlab chiqish va uni amaliyotga integratsiya qilishdan iborat hisoblanadi.Bundan tashqari
Finlandiya ta’lim tizimi dunyoda yetakchilaridan biriligi ham ma’lum ma’noda bu
mamlakatdagi ta’limga tizimida ham bevosita moliyaviy savodxonlikni o‘qitish tajribasi
yuqoriligini bilish mumkindir. Ikkinchidan, Rossiyada maktab taʼlimida oʻquvchilarga sifatli
moliyaviy taʼlim berish maqsadida ishlab chiqilgan koʻplab interaktiv oʻyinlar Rossiya
Federatsiyasi xalq taʼlim vazirligi, Rossiya Markaziy Banki va koʻplab moliya institutlari bilan
hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, maktablarda oʻqituvchilar tomonidan dars jarayonlarida
faol foydalanib kelinmoqda. Oʻquvchilarni yoshiga, bilim darajasiga, maktabdagi moddiy texnik
www.e-itt.uz
II SON. 2024
164
bazaga va mavzuga qarab oʻqituvchilar tomonidan oʻyinlar tanlanishi mumkin. Bu oʻyinlarni
Rossiya Markaziy Bank va koʻplab tijorat banklari va koʻplab taʼlim sayti va platformalaridan
topish mumkin. Albatta, bu Oʻzbekiston maktablarida boshlangʻich va oʻrta sinflarda taʼlim
olayotgan oʻquvchilarga moliyaviy taʼlim berish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish
uchun xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida erishilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston maktablarida
moliyaviy savodxonlik ta’limini berishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mos
deb hisoblanganlarini maktab ta’limiga joriy qilish juda muhim. Shuningdek, bu jarayon ta’lim
usullarini aniqlash va vaqt hamda resurslarni tejashga yordam beradi. Maktablarda moliyaviy
savodxonlikni oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etish zarur. Bu kurslar turli
yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.Bundan tashqari, moliyaviy
savodxonlikni oshirish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarur. Bu
jarayon zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni tatbiq etishni o‘z ichiga olishi zarur.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Rossiya Federatsiyasi ham maktab taʼlimi boʻyicha oʻziga xos oʻringa ega davlat
hisoblanadi. Rossiya taʼlim boʻyicha jahonda 27-oʻrinda turadi (OECD, 2018). Rossiya
Federatsiyasi aholisining moliyaviy savodxonligi darajasi ancha past. Aholining qarz yuki
koeffitsienti oshib bormoqda, banklar oldida qarzdor boʻlgan bankrot jismoniy shaxslar soni
ham ortib bormoqda. Koʻpgina fuqarolar turli xil moliyaviy instrumentlar bilan bogʻliq xavflarni
inobatga olmaydi, oʻzlarining moliyaviy qarorlari va moliyaviy bozorlarda yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar uchun risklarni baholay olmaydilar. Rossiya fuqarolarining oz
qismi oʻzlarining shaxsiy mablagʻlarini toʻgʻri boshqara oladigan yaʼni moliyaviy
instrumentlardan oqilona foydalangan holda oʻzlarining passiv daromadlarini shakllantirish
imkoniga ega hisoblanadilar. Ular daromadlari va xarajatlarini rejalashtirishadi, moliyaviy
xizmatlarni tahlil qiladilar, kutilmagan vaziyatlarda uzoq muddatli jamgʻarmalar yaratadilar
6
.
Shularni inobatga olgan holda moliyaviy savodxonlik oʻrganish, moliyaviy rivojlanish va
boshqarishni oʻrgatishning bir qator vositalardan foydalanilmoqda. Bu vositalar oʻquvchilarga
moliyaviy koʻnikmalar va tushunchalarni oʻrgatish uchun ishlab chiqilgan.
Rossiya Federatsiyasida 2016-yil aprel oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasi Moliya
vazirligi qoshida “Umumiy va oʻrta taʼlim tizimida moliyaviy savodxonlik federal metodik
markaz”i ochildi. Bu markaz oldiga bir qancha asosiy vazifalar belgilab berildi, bu vazifalar
federatsiyada maktab taʼlimida moliyaviy savodxonlikni oʻquvchilarga oʻrgatishdan tashqari
aholi orasida ham moliyaviy savodxonlikni keng koʻlamda yoyish uchun xizmat qilib kelmoqda.
Federal uslubiyot markazni asosiy vazifalar quyidagilar
7
:
-
fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy madaniyatini
rivojlantirishga tizimli yondashuvni taʼminlash, moliyaviy xavfsizlik darajasini, shu jumladan
moliyaviy kiberxavfsizlikni oshirish;
-
moliyaviy savodxonlik va moliyaviy madaniyat darajasini oshirishga qaratilgan taʼlim
dasturlari mezonlari va talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, amalga oshirilayotgan dasturlar
sifatini monitoring qilish;
-
Rossiya
Federatsiyasi taʼlim tizimiga moliyaviy madaniyatni shakllantirishni
taʼminlaydigan oʻquv dasturlari, oʻquv va uslubiy materiallarni joriy etish, ularni oʻz vaqtida
yangilash
-
moliyaviy savodxonlik profilida maktab oʻquvchilari uchun "Yuqori standart"
Umumrossiya olimpiadasini oʻtkazish;
6
Janubiy Ural universitetining dotsenti Yuliya Butrinaning moliyaviy savodxonlik maktabda majburiy fanga
aylanishi kerak maqolasidan, 2021.13.09
7
SberBank. Kelajak uchun sarmoya web sayti. vbudushee.ru
www.e-itt.uz
II SON. 2024
165
-
moliyaviy savodxonlik elementlarini oʻz ichiga olgan taʼlim dasturlarini oʻrgatuvchi
oʻqituvchilar uchun kasbiy tanlovlar oʻtkazish orqali moliyaviy savodxonlikni oʻrgatishning
ilgʻor pedagogik tajribalarini aniqlash va targʻib qilish;
-
moliyaviy savodxonlik va moliyaviy madaniyat masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini
tahlil qilish, jamiyatning moliyaviy savodxonlik va moliyaviy madaniyat sohasida bilim olishga
boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va tegishli murojaatlarga oʻz vaqtida javob berishni taʼminlash
kabi vazifalar belgilar berilgan.
Markaz haqida va uning amaliy tajriba natijalari haqida ochiq maʼlumotlar ularning web
sahifalarida doimiy yoritib boriladi. Web sahifada markaz tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy
ishlanmalar, oʻquv dasturlar, vebinarlar, ochiq darslar boʻyicha namunalar keltirib oʻtilgan
8
.
Har bir sinf boʻyicha hamda oʻquvchilarning yosh toifalaridan kelib chiqib alohida
mavzular ishlab chiqilgan va bu mavzular boʻyicha video yoʻriqnomalar ham web sahifaga
yuklab qoʻyilgan. Bu mavzular oʻquvchilarga oʻrgatilayotgan fanlar va oʻqitilayotgan moliya-
iqtisod boʻyicha fanlardagi mavzulardan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Markaz tomonidan 2017-yildan boshlab moliyaviy savodxonlik olimpiadalari ham doimiy
ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Bunday tashabbus Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi
tomonidan ilgari surilgan. Olimpiada oʻtkazishdan asosiy maqsad maktab oʻquvchilarning
moliya sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga boʻlgan qiziqishini oshirish, moliya bozorlarining
ishlash mexanizmi haqida ilmiy bilimlarni ommalashtirish, maktab oʻquvchilarga kasbiy yoʻl-
yoʻriq koʻrsatish, shaxsiy moliyani oqilona boshqarish koʻnikmalarini egallashdan iborat.
Olimpiada oʻquvchilar uchun muhim tarbiyaviy funksiyani ham bajaradi, yaʼni oʻquvchilarni
ota-onalar oʻrtasida moliya sohasidagi bilimlarni tarqatish va xavfsiz moliyaviy bilimlarni
egallashga yordam beradi. Moliyaviy savodxonlik olimpiadasida 7-11 sinf oʻquvchilar va oʻrta
umumiy taʼlimning taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishni tugatmagan oʻrta maxsus taʼlim
tashkilotlar (texnikum, kollejlar) oʻquvchilar ishtirok etadilar. Oʻquvchilar uchun bu
olimpiadada qatnashish nafaqat moliyaviy savodxonlik boʻyicha bilimlarni sinab koʻrishiga,
balki universitetlarga ham kirish uchun imtiyozlarga ega boʻlishlariga zamin yaratishi mumkin.
Olimpiadada tushgan har yilgi savollar va topshiriqlar doimiy ravishda markaz web sahifasiga
yuklab boriladi, bu esa olimpiadada qatnashmagan yoki kelgusida qatnashmoqchi boʻlgan
oʻquvchilar yoki ustozlar uchun dars jarayonlarida qoʻshimcha moliyaviy savodxonlikni
oʻzlashtirish uchun asos koʻmakchi boʻlib xizmat qiladi
9
.
Rossiyada maktab taʼlimi, davlat tomonida tartibga solingan va turli bosqichlarda
oʻquvchilarni tayyorlash tizimi ichiga oladi. Rossiyada maktab taʼlim tizimi oʻzining oʻziga xos
metodika va dasturlarga ega hisoblanadi va bir qancha bosqichlardan iborat.
1.
Boshlangʻich taʼlim sinflari
.
Boshlangʻich taʼlim 6-7 yoshdan boshlab, 10-11 yoshgacha boʻlgan yosh guruhlar uchun
moʻljallangan. Boshlangʻich taʼlim oʻquvchilarga oʻqishga motivatsiya berish, oʻquvchilarning
ijodiy va badiiy qobiliyatlarining rivojlantirish va dunyo bilan tanishishlarini taʼminlash
maqsadida tuziladi. Bu bosqichda oʻquvchilarga moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun
matematika, mantiqiy fikrlash kabi fanlar oʻqitiladi.
Boshlangʻich taʼlim sinflari uchun bir qancha moliyaviy savodxonlikka oid oʻyinlar ishlab
chiqilgan. “Yosh moliyachi”, “Moliyaviy teatr biznes oʻyini”, “Pulni qanday sarflash kerak”, “Yosh
soliqchilar”, “Moliyaviy risklardan qanday himoyalanamiz?” kabi moliyaviy oʻyinlar mavjud
10
.
2.
Oʻrta taʼlim sinflari
.
Oʻrta taʼlim 10-11 yoshdan 15-16 yoshgacha boʻlgan yosh guruhlar uchun moʻljallangan
boʻlib, oʻquvchilarning umumiy oʻrta taʼlimni olish uchun moʻljallangan. Oʻrta taʼlim sinflari,
oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlimni olish, analitik fikr qobiliyatlarini rivojlantirish va
oʻzgaruvchanliklarga moslashish maqsadida taʼlim jarayonlari tashkillashtiriladi. Mazkur yosh
9
Rossiya Federatsiyasining taʼlim vazirligi rasmiy sayti, edu.gov.ru
10
https://www.suomenpankki.fi/en/learn-economy/learn-economy/financial-literacy-project/
www.e-itt.uz
II SON. 2024
166
bosqichida taʼlim olayotgan oʻquvchilar moliyaviy matematika, iqtisodiyot, moliyaviy
boshqaruv kabi fanlar oʻqitiladi.
Oʻrta taʼlim sinflari uchun ham quyidagi moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish uchun
moliyaviy oʻyinlar mavjud: “Tadbirkorlik”, “Oilaviy budjetni” biznes oʻyini, “Moliyaviy bozor”
oʻyinlar, “Shaxsiy biznes rejani tuzish”, “Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish” biznes oʻyini
singari moliyaviy oʻyinlar mavjud
11
.
3.
Yuqori taʼlim sinflari
.
Yuqori oʻrta taʼlim esa 15-16 yoshdan boshlab 17-18 yoshgacha boʻlgan yosh guruhlar
uchun moʻljallangan boʻlib, ular asosan oliy taʼlimga tayyorlash uchun oʻqitiladi. Yuqori oʻrta
taʼlim sinflari, oʻquvchilariga oliy taʼlimga tayyorgarlik va oʻzlarining tanlagan yoʻnalishda
kengroq bilim olish imkonini berish maqsadida taʼlim jarayonlari tashkil etiladi. Yuqori taʼlim
sinflariga ehtimollar nazariyasi, biznes va moliyaviy soha kabi moliyaviy fanlar oʻqitiladi.
Bunday oʻyinlardan dars mashgʻulotlarida foydalanish oʻquvchilarda moliyaviy bilimlarni
kengroq egallashda yordam beradi, lekin baʼzi oʻyinlar maʼlum darajada oʻziga yarasha
infrastrukturani talab qilishi va moddiy texnik bazani ham talab qilishi mumkin.
Quyidagi usullar Rossiya maktablarida moliyaviy savodxonlikni oʻrgatishda amaliyotda
foydalanib kelinmoqda:
-
Moliyaviy oʻyinlar va simulyatsiyalar.
Moliyaviy oʻyinlar va simulyatsiyalar, oʻquvchilarga moliyaviy koʻnikmalarni oʻrganishda
va ularning amaliyotda qoʻllashda yordam beradi. Bu oʻyinlar moliyaviy xarajatlarni
rejalashtirish, passiv daromadlarni shakllantirishga kabi mavzularni qamrab oladi.
-
Moliyaviy taʼlim darslari. Moliyaviy taʼlim darslari oʻquvchilarga moliyaviy
konsepsiya
larni nazariy va amaliy ravishda oʻrgatishda yordam beradi. Bu darslar moliyaviy
hujjatlarni tushunish, moliyaviy maʼlumotlarni hisoblash, jamgʻarma shaklida fondlarni tuzish,
investitsiyalar va boshqa moliyaviy koʻnikmalarni oʻrgatishga yoʻl ochadi.
-
Moliy
aviy kichik guruhlar tuzish orqali. Moliyaviy kichik guruhlar oʻquvchilarga
moliyaviy tajribalarni shakllantirish va ularning moliyaviy koʻnikmalarini rivojlantirish
imkonini beradi. Bunday kichik guruhlar moliyaviy munosabatlar boʻyicha jamoaviy ishlash v
a
muzokaralar oʻtkazish, moliyaviy koʻnikmalar ustida oʻquv mashgʻulotlar tashkil etishadi.
-
Biznes va moliyaviy innovatsiyalar boʻyicha tanlovlar. Biznes va moliyaviy
innovatsiyalar boʻyicha tanlovlar va qoʻllanmalar, oʻquvchilarga moliya sohasida innovats
ion
fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Bu tanlovlar oʻquvchilarga yangi biznes gʻoyalarni
ishlab chiqish, biznes rejalar tuzish va boshqa moliyaviy savollar ustida oʻylash imkoniyatini
beradi
12
.
Rossiyada maktab taʼlimida oʻquvchilarga sifatli moliyaviy taʼlim berish maqsadida ishlab
chiqilgan koʻplab interaktiv oʻyinlar Rossiya Federatsiyasi xalq taʼlim vazirligi, Rossiya
Markaziy Banki va koʻplab moliya institutlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib,
maktablarda oʻqituvchilar tomonidan da
rs jarayonlarida faol foydalanib kelinmoqda.
Oʻquvchilarni yoshiga, bilim darajasiga, maktabdagi moddiy texnik bazaga va mavzuga qarab
oʻqituvchilar tomonidan oʻyinlar tanlanishi mumkin. Bu oʻyinlarni Rossiya Markaziy Bank va
koʻplab tijorat banklari va koʻplab taʼlim sayti va platformalaridan topish mumkin.
Moliyaviy savodxonlik markazi Finlandiya Banki huzurida 2022-yil yanvar oyidan faoliyat
koʻrsatishni boshladi. Markazni asosiy vazifasi asosan keng jamoatchilik orasida moliyaviy
savodxonlikni oshirish bilan birga, moliyaviy savodxonlik boʻyicha milliy str
ategiyani ishlab
chiqish va uni amaliyotga integratsiya qilishdan iborat hisoblanadi. Bu markazni oldiga
qoʻyilgan asosiy vazifa 2030
-yilga kelib Finlandiya dunyodagi eng yaxshi moliyaviy
savodxonlikka ega boʻlgan davlat boʻlishi uchun taʼlim tizimida moli
yaviy savodxonlikni
oʻquvchilar orasida kengroq yoyishdan iborat hisoblanadi. Buning uchun bugungi kunda har
11
https://www.suomenpankki.fi/en/learn-economy/learn-economy/games-in-financial-education/
12
www.e-itt.uz
II SON. 2024
167
bir bosqichdagi oʻquvchilarini dars mashgʻulotlariga muayyan moliyaviy oʻyinlarni joriy qilib
kelinmoqda
13
.
Finlandiya maktab tizimi uchta asosiy bosqichga ajratilgan.
1.
Boshlangʻich taʼlim. Bu bosqichida sinf darajalari 1
-
6 sinflar orasida boʻladi, yosh
oraligʻi esa 7
-
13 yoshni qamrab oladi. Boshlangʻich taʼlim majburiy boʻlib, umumiy bilimlar
asosiga ega boʻlishga qaratilgan hisoblanadi. Ushbu bosqichda oʻquvchilar yozish, matematika,
tabiiy fanlar kabi bir nechta fanlar oʻrgatiladi.
2.
Oʻrta taʼlim. Bu bosqichida sinf darajalari 7
-
9 sinflar orasida boʻladi, yosh oraligʻi esa
14-
16 yoshni qamrab oladi. Bu bosqichda oʻquvchilarga koʻproq ixtisoslashgan f
anlar
oʻrgatiladi.
3.
Oʻrta maxsus taʼlim. Yosh oraligʻi 16
-19 yoshni tashkil etadi. Bu bosqich 2 ta qismga
boʻlinadi.
3.1.
Akademik yoʻnalishdagi oʻrta taʼlim. Universitetga kirishni maqsad qilgan oʻquvchilar
uchun moʻljallangan. Bu yerda oʻquvchilar umumiy fanlar boʻyicha chuqurroq bilim oladi va
yakuniy imtihonlar topshiradilar.
3.2.
Kasbiy taʼlim. Ish bozoriga toʻgʻridan
-
toʻgʻri kirishni xohlagan oʻquvchilar uchun
moʻljallangan. Bu yerda oʻquvchilar kasbiy koʻnikmalarni va amaliy tajribani egallaydilar.
Har bir bosqichda oʻquvchilarning sinflari, yoshlari, oʻrgatilayotgan fanlardan kelib chiqib,
oʻquvchilarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir “Moliyaviy savodxonlik markazi”
tomonidan mexanizm ishlab chiqilgan. Bu mexanizmlar aynan markaz tomonidan maktablarda
o‘quv dasturlarni aynan moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar va
mutahassislar tomonidan berilgan tavsiyalardan kelib chiqan holda ishlab chiqilgan. O‘quv
dasturlarda aniq va ijtimoiy fanlar kesmida, fanlardagi mavzulardan kelib chiqgan holda, mavzu
doirasida moliyaviy savodxonlik o‘quvchilarga o‘rgatiladi. O‘quvchilarning yoshi hamda qaysi
sinf bosqichida o‘qiyotganligidan kelib chiqan holda pul operatsiyalarini harakatini boshqarish,
foiz stavkalar, investitsiya, kreditlar, soliq tizimi, iqtisodiyot kabi tushunchalar va bu
tushunchalar mazmunini amaliyot bilan bog‘lagan holda moliyaviy matematik misollar orqali
yanada chuqurroq o‘quvchilarga o‘rgatilib kelinmoqda. Markaz tomonidan tavsiya qilingan
metodologik mexanizmlarni eng katta foydasi shunki, moliyaviy bilimlarni iqtisodiy, matematik
fanlardagi mavzular bilan integratsiya qilib o‘quvchilarga yetkazishda har turdagi moliyaviy
o‘yinlardan keng foydalanib kelishmoqda. Bu o‘yinlar orqali dars mashg‘ulotlarini olib borish
o‘quvchilarga oldindan to‘g‘ri qarorlar qabul qilish hamda bu pul mablag‘larni to‘g‘ri
boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishda juda samarali foyda keltiradi. Bunday
moliyaviy o‘yinlarni dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda ham o‘ynash uchun alohida
maktablar qoshida maxsus kurslar tashkil qilingan bo‘lib, ular ham o‘quvchilarda moliyaviy
savodxonlikni shakillantirishda juda samarali yordam berib kelmoqda. Moliyaviy savodxonlik
markazi tomonidan ishlab chiqilgan mexanizmda faqat o‘quvchilar maktab tomonidan
berilayotgan bilimlar va fan mavzulari bilan cheklanib qolmasligi ta’minlangan. O‘quvchilarda
yanada ko‘proq va keng ko‘lamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni
shakillantirishda ishlab chiqarishni jalb qilish va oilaviy muhitni ham hisobga olish muhim omil
sifatida qayd etib qo‘yilgan. Ya’ni jarayon bo‘yicha kichik biznes loyihalar ishlab chiqish va
ularni moliyalashtirish bo‘yicha eng optimal variantlarni o‘ylash, o‘quvchilar o‘zlarini kundalik
xarajatlari to‘g‘ri boshqarish, moliya muassalari bilan o‘quvchilarni qiziqishlarini hisobga olgan
holda seminar-treninglar tashkil etish kabi tushunchalar berib boriladi (Pana Kalmi, 2022).
Ushbu ilmiy ishni yozish davomida O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik ta’limini berish
jaroyoni bo‘yicha quyidagi asosiy savollar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston sharoitida maklab
yoshidanoq moliyaviy savodxonlik ta’limini berishni qanday tashkillantirilsa yuqori
samaradorlikka erishish mumkin? Yoshlarni moliyaviy savodxonlik darajasini maktab
yoshidan oshirish uchun darslardan bo‘sh vaqtlari ularni qanday jalb qilish mumkin? Bu borada
13
www.e-itt.uz
II SON. 2024
168
xorijiy tajribalardan nimalarni o‘rganishimiz zarur? Mazkur tadqiqotni amalga oshirish
davomida ushbu savollarga ilmiy asoslangan javoblar shakllantirildi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston maktablarida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishda
ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston uchun mos deb hisoblanganlarini
maktab taʼlimiga joriy erish juda muhim. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish
moliyaviy taʼlimni berishning samarali usullarini aniqlashga qaratilgan pedagogik tadqiqotlar
uchun sarflanadigan moliyaviy resurslarni va vaqtni tejashga imkon beradi. Allaqachon jahon
amaliyotida mavjud boʻlgan amaldagi taʼlim usullar va texnikalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimiga
joriy etish kelajak avlodni moliyaviy savodxonlik darajasini oshishiga, pirovardida moliyaviy
barqaror va farovon avlodni yetishtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida quydagi takliflar ishlab chiqildi.
-
O‘quvchilarga moliyaviy bilimlarni o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalar va interaktiv
usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu raqamli moliya ko‘nikmalarini o‘rgatishni o‘z ichiga
oladi.
-
Moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha davlat va xususiy sektorlar hamkorligini
kuchaytirish lozim. Moliyaviy institutlar va ta’lim muassasalari hamkorlikda turli tadbirlar va
musobaqalar tashkil etishi mumkin.
-
Moliyaviy ta’lim resurslarini yaratish zarur. Bu kitoblar, darsliklar, onlayn kurslar va
turli o‘yinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’lim tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga
qaratilgan amaliy dasturlarni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or xorijiy
tajribalar asosida ishlab chiqilgan dasturlar va yondashuvlar yosh avlodning moliyaviy bilim va
ko‘nikmalarini oshirishda samarali bo‘ladi. Bu tavsiyalar asosida ta’lim tizimini isloh qilish,
o‘quv
dasturlarini takomillashtirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference
:
APEC (2019). Financial Education in Japan: Current State and Challenges. APEC Policy
Support Unit.
Atkinson, A., & Messy, F. A. (2012). Measuring Financial Literacy: Results of the OECD /
International Network on Financial Education (INFE) Pilot Study. OECD Working Papers on
Finance, Insurance and Private Pensions.
Lusardi, A., & Mitchell, O. S. (2014). The Economic Importance of Financial Literacy: Theory
and Evidence. Journal of Economic Literature.
Lusardi, A., Michaud, P. C., & Mitchell, O. S. (2017). Optimal Financial Knowledge and Wealth
Inequality. Journal of Political Economy.
Mandell, L. (2008). Financial Literacy of High School Students. In Handbook of Consumer
Finance Research. Springer.
OECD (2013). Financial Education in Schools. OECD Publishing.
OECD (2017). PISA 2015 Results (Volume IV): Students’ Financial Literacy. OECD Publishing.
OECD (2018). Financial Education in Schools. OECD Publishing.
Pana Kalmi (2022). The effects of game-based financial education: New survey evidence
from lower-secondary school students in Finland. The Journal of Economic Education Volume 53,
Issue 2.
World Bank (2014). Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan. World
Bank Report.
