“O‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA MILLIY VALYUTA BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tashkil etuvchi huquqiy jihatdan belgilangan maqsadlar majmui bayon etilgan. Bu maqsadlar qatoriga milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, mamlakat aholisi daromadlarini oshirish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish, import qilinadigan tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; inflyatsiyaning o‘rtacha darajasini saqlab qolish, xalqimiz turmush darajasini oshirish, mamlakatimizni “o‘rtacha daromaddan yuqori” davlatlar qatoriga kiritish kabilar kiradi.
Bu strategiya oldin qabul qilingan strategiyalardan farqli o‘laroq uzoq muddatga qabul qilinganligi va unda erishilishi kutilayotgan maqsadlarga hozirgi kunda qilinayotgan islohotlar chambarchas bog‘liqligi va mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan yilga o‘sib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shamansurova, Z., & O‘rinboyev, U. (2025). “O‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA MILLIY VALYUTA BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 1(3), 100–106. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/65557
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tashkil etuvchi huquqiy jihatdan belgilangan maqsadlar majmui bayon etilgan. Bu maqsadlar qatoriga milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, mamlakat aholisi daromadlarini oshirish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish, import qilinadigan tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; inflyatsiyaning o‘rtacha darajasini saqlab qolish, xalqimiz turmush darajasini oshirish, mamlakatimizni “o‘rtacha daromaddan yuqori” davlatlar qatoriga kiritish kabilar kiradi.
Bu strategiya oldin qabul qilingan strategiyalardan farqli o‘laroq uzoq muddatga qabul qilinganligi va unda erishilishi kutilayotgan maqsadlarga hozirgi kunda qilinayotgan islohotlar chambarchas bog‘liqligi va mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan yilga o‘sib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

100



“O‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA MILLIY VALYUTA BARQARORLIGINI

TA’MINLASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

PhD

Shamansurova Zilola Abduvahitovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0009-5152-3518

z.shamansurova@tsue.uz

O‘rinboyev Ulug‘bek Otabekovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0002-0723-7097

u.orinboyev@tsue.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tashkil etuvchi huquqiy

jihatdan belgilangan maqsadlar majmui bayon etilgan. Bu maqsadlar qatoriga milliy valyuta

barqarorligini ta’minlash, mamlakat aholisi daromadlarini oshirish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o‘tish orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini

ta’minlash, eksport hajmini oshirish, import qilinadigan tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish,

mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
inflyatsiyaning o‘rtacha darajasini saqlab qolish, xalqimiz turmush darajasini oshirish,

mamlakatimizni “o‘rtacha daromaddan yuqori” davlatlar qatoriga kiritish kabilar kiradi.

Bu strategiya oldin qabul qilingan strategiyalardan farqli o‘laroq uzoq muddatga qabul

qilinganligi va unda erishilishi kutilayotgan maqsadlarga hozirgi kunda qilinayotgan islohotlar

chambarchas bog‘liqligi va mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan yilga o‘sib borayotganini ko‘rishimiz

mumkin.

Kalit so‘zlar:

milliy valyuta, eksport, import, pul, inflyatsiya, pul – kredit siyosati, investitsiya,

chet el valyutasi, pul massasi.

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СТАБИЛЬНОСТИ НАЦИОНАЛЬНОЙ

ВАЛЮТЫ В РАМКАХ СТРАТЕГИИ "УЗБЕКИСТАН-2030"

Шамансурова Зилола Абдувахитовна

Ташкентский государственный экономический университет

Уринбоев Улугбек Отабекович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В этой статье мы обеспечиваем стабильность национальной валюты в

экономике нашей страны, увеличиваем доходы населения нашей страны, обеспечиваем

конкурентоспособность продукции, производимой в нашей стране, путем поэтапного

перехода к рынку. Экономика, увеличение объемов экспорта, локализация производства
импортных товаров, снижение уровня инфляции Стратегия «Узбекистан – 2030»

представляет собой комплекс законодательно определенных целей, которые необходимо

достичь, таких как поддержание того же стандарта, повышение стандарта жизни нашего
населения, и включение нашей страны в ряды «стран с доходом выше среднего».

Мы видим, что эта стратегия, в отличие от ранее принятых стратегий, была

принята на длительный срок и что нынешние реформы тесно связаны с целями, которые
предполагается в ней достичь, а экономика нашей страны растет из года в год.

Ключевые слова:

национальная валюта, экспорт, импорт, деньги, инфляция, денежно-

кредитная политика, инвестиции, иностранная валюта, денежная масса.

UOʻK: 336.743.2

100-106


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

101


PRIORITY DIRECTIONS FOR ENSURING NATIONAL CURRENCY STABILITY WITHIN THE

FRAMEWORK OF THE "UZBEKISTAN-2030" STRATEGY

Shamansurova Zilola Abduvahitovna

Tashkent State University of Economics

Urinboyev Ulugbek Otabekovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article outlines the set of legally-defined goals that constitute the "Uzbekistan

- 2030" strategy. These goals include ensuring the stability of the national currency, increasing

the income of the country’s population, ensuring the competitiveness of products manufactured

within the country through a gradual transition to a market economy, increasing the volume of

exports, localizing the production of imported goods, maintaining a moderate level of inflation,
improving the living standards of our people, and placing our country among the "above-average

income" states.

Unlike previously adopted strategies, this strategy has been adopted for the long term, and

we can see that the current reforms are closely linked to the expected goals, as well as the growing
year-on-year development of our country’s economy.

Keywords:

national currency, exports, imports, money, inflation, monetary policy,

investment, foreign currency, money supply.

Kirish.

Dunyo bo‘ylab hozirgi kunda iqtisodiy o‘shishlar pasayotgan bir davrda Mamlakatimiz

iqtisodiyoti yildan yilga oshib borayabdi. Bu iqtisodiyotimizning o‘sishining asosiy

sabablaridan biri bo‘lib albatta Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning to‘g‘ri tashkil

qilinganligi, boshqaruv tizimi samarali boshqarilayotganligi, Mamlakatimiz hududidda
iqtisodiy o‘sish uchun qulay shart – sharoitlar yaratilayotganlini ko‘rishimiz mumkin. Lekin

shuni esdan chiqarmasligimiz kerak:

Mamlakat hududida har qanday islohotlarni o‘tkazishdan oldin bu islohotlarni huquqiy

jihatdan mustahkamlab olish lozim. Huquqiy tarafdan mustahkam bo‘lmagan islohotlarning
samaradorlik ko‘rsatkichlari juda past darajada bo‘ladi. Iqtisodiyotimizda islohotlar

Mamlakatimiz mustqaillikka erishgach yillar mobaynida qilinib kelinmoqda bu albatta

iqtisodiyotimizning hozirgi darajada bo‘lishining asosiy sabablardan biridir. Oxirgi yillarda

qilinayotgan islohotlar Mamlakatimiz iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqdi. “ O‘zbekiston
– 2030 ” strategiyasining qabul qilinishi uchun ham dastlab bu strategiya uchun zamin yaratildi.

Dastlab 2017 – yil 5 – sentabrda “ Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi

navbatdagi chora – tadbirlar to‘g‘risida” gi PF - 5177 – sonli Prezident Farmoni qabul qilindi

(Farmon, 2017). Bu Farmonga ko‘ra valyuta bozorini yanada liberallashtirish va aholiga qulay

shart sharoitlar yaratish ustuvor vazifa sifatida qabul qilindi. Endilikda chet el valyutasining
milliy valyutamizga bo‘lgan kursini bozor instrumentlariga asoslangan holda belgilanish chora
– tadbirlari ishlab chiqildi. Bu esa o‘z o‘zidan Markaziy bank operatsiyalarini bozor sharoitiga

moslashtirish va huquqiy tarafdan Markaziy bank mustaqil bo‘lishiga olib keldi. 11 – noyabr

2019 – yidal qabul qilingan “ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida ” gi O‘RQ –
582 – sonli Qonun esa Markaziy bankning bozor munosabatlariga kirishi va milliy valyuta

barqarorligiga erishishning dastlabki qadamlaridan biri bo‘ldi (Qonun, 2019). Qonunning

asosiy maqsadi sifatida Markaziy bankning faoliyatini tartibga solish, mamlakatdagi pul –

kredit siyosatini amalga oshirish, nazorat qiluvchi, mamlakat hududida narxlarning, bank
tizimining, to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlash qabul qilindi.

Iqtisodiyotimizda inflatsiyani jilovlash maqsadida 2019 – yil 19 – noyabrda “ Inflatsion

targetlash rejimiga bosqichma – bosqich o‘tish orqali pul – kredit siyosatini takomillashtirish

to‘g‘risida ” gi 5877 – sonli Prezident Farmoni qabul qilindi (Farmon, 2019). Bu Farmonning


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

102


mazmuni va mamlakatimiz iqtisodiyotida inflatsion targetlash rejimining joriy qilinishi haqida
Dotsent Shomansurova va O‘rinboyevning (2023) “ Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda

inflatsion targetlash usulining ahamiyati va o‘rni” mavzusidagi maqolasida o‘z izlanishlarini

olib borishgan va o‘zlarining xulosalarini berib o‘tishgan. Bu huquqiy – normativ hujjatlarning

qabul qilinishi va iqtisodiy islohotlarning samarali olib borilganligi natijasida 2023 – yil 11 –
sentabr kuni Prezidentimizning PF – 158 – sonli “ O‘zbekiston – 2030 ” strategiyasi to‘g‘risida

Farmoni qabul qilindi (Farmon, 2023). Farmonda mamlakatimizda 100 ta maqsadni amalga

oshirish va 2030 – yilga borib Mamlakatimiz iqtisodiyotining ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Bu 100 ta mqasad Yurtimizning ijtimoiy hayotidan tortib mudofa tizimini mustahkamlashgacha
bo‘lgan soxalarni qabrab oldi. Bizning izlanishlarimiz asosan 2 – yo‘nalish “ Barqaror iqtisodiy

o‘sish orqali aholi faravonligini ta’minlash” yo‘nalishida olib boriladi.

Adabiyotlar sharhi.

Mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi bu albatta ko‘plab omillarga aloqador bo‘ladi. Bu

omillar o‘z navbatida iqtisodchi olimlarning izlanishlari natijasida yuzaga kelgan nazariyalar
orqali tartibga solish uchun hukumat tomonidan eng muqobil nazariyalar tanlanib ular ustida

izlanishlar olib boriladi. Bu borada Fridman va Keyns nazarialarining o‘rni beqiyosdir. Fridman
nazariyasiga ko‘ra: – “ mamlakat iqtisodiyotida inflatsiya har doim va har yerda monetar hodisa

bo‘lib hisoblanib, inflatsiyaning asosiy omili sifatida muomilada pul massasining ortishi, pul

massasini nazorat qilish orqali narxlar barqarorligiga erishish, valyuta kursini bozor

mexanizmlari orqali o‘zini o‘zi tartibga solish ” kabi nazariyalarni ilgari surgan (CFI Team,

2022). Ingliz iqtisodchisi Keyns nazariyasiga ko‘ra: – “ hukumat xarajatlarni ko‘paytirish va
soliqlarni kamaytirish orqali muntazam ravishda iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlashda foal

bo‘lishi, xarajatlar ko‘payishi natijasida taqchillik yuzaga kelsa ham, aholining bandlik

darajasini oshirish kerak va bu normal holat sifatida qaralgan ”

(Corporate Finance Institute,

n.d.). Iqtisodch olim Svensson (2010) nazariyasiga ko‘ra: “ iqtisodiyotda inflatsion targetlash
rejimini qo‘llash orqali foiz stavkalarini boshqarish, pul massasini nazorat qilish, valyuta

kursini tartibga solish, mamlakat iqtisodiyotining qisqa va o‘rta muddatli prognozlashtirish,

monetar siyosat samaradorligini oshirish kabi omillarni samarali tashkil qilish va iqtisodiy

o‘sishga erishish mumkinligini ” keltirib o‘tgan. “O‘zbekiston – 2030 ” strategiyasi ham
olimlarning izlanishlari va nazariyalari bilan jahon mamlakatlari tajribalari o‘rganilib,

umumlashtirilib bu rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilgan. “ O‘zbekiston – 2030 ” strategiyasi

bu Mamlakatimizning 2030 – yilgacha bo‘lgan rivojlanish yo‘li. Bu strategiyani qabul

qilinishidan oldin yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek dastlab iqtisodiyotimizda bozor
mexanizmlariga o‘tish, valyuta bozorini tartibga solish, Markaziy bankning mustaqilligini

ta’minlash, inflatsiyani jilovlash uchun jahon tajribalaridan kelib chiqib inflatsion targetlash

rejimini joriy qilish, chet el mamlakatlari bilan o‘zaro savdo – sotiq munosabatlarini yaxshilash,

eksport qiluvchi korxonalar uchun qulayliklar yaratish, import tovarlarini o‘rnini bosuvchi

mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirish orqali mamlakatimizning ishlab chiqarish
hajmini oshirish, aholining bandligini ta’minlash, chet el investitsiyalarini kirib kelishini
jadallashtirish va qulay shart sharoitlar yaratish va boshqa ko‘plab islohotlar o‘tkazilishi

natijasida bu strategiyani qabul qilishimiz uchun shart sharoitlar yaratilgan va islohotlarni

yangi pag‘onaga olib chiqish va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun bu strategiya
qabul qilingan. Mamlakatimiz iqtisodiyotida inflatsion targetlsh rejimiga bosqichma bosqich

o‘tish orqali iqtisodiyotimizda inflatsiya miqdorini jilovlash orqali milliy valyuta barqarorligini

ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan, shunga ko‘ra: Markaziy bank tomonidan Inflatsion

targetlash natijasida ko‘zlangan maqsadga erishish uchun muqobil bo‘lgan pul – kredit
siyosatini yuritmoqda. Bu yilgi yillik inflatsiya miqdori Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra

10,5 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ko‘zlangan

maqsadga ko‘ra 2030 – yilga borib iqtisodiyotimizda yillik inflatsiya miqdori 5 – 6 foiz tashkil

qilishi ko‘zda tutilgan. 2024 – yil 20 – noyabr bo‘lib o‘tgan Mamlakatimiz Prezidenti


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

103


ishtirokidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Yurtimiz iqtisodiyoti ilk bor 100
milliard dollardan oshganligi, aholi jon boshiga 3 ming dollarga yetishi kutilmoqdaligi 2018

yilda bu ko‘rsatkich 1

600 dollar bo‘lganligi, Jahon banki tomonidan Yevropa va Markaziy

Osiyoda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlarning 3 taligiga kiritilganligi,

yurtimizda kambag‘allik darajasi songi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushganligi, Yurtimizning
eksport salohiyati qariyb 2 martaga oshib 25 millard dollardan, oltin valyuta zaxiramiz esa 40

milliard dollardan oshganligi, xorijiy invetitsiyalar miqdori 6 karraga ko‘payib buning

natijasida 1,5 million ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi, Yalpi ichki mahsulotimiz miqdorida

investitsiyalar miqdori 30 foiz darajasida ta’minlangani ta’kidlanib o‘tildi (Oʻzbekiston
Respublikasi Soliq qoʻmitasi, 2025). Bu erishilayotgan natijalardan ko‘rishimiz mumkinki

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida ko‘zlangan maqsadlarga birin ketin maqsadimizdan

og‘ishmagan holatda mamlakatimiz iqtisodiyotida muntazam ravishda islohotlar

qilinayotganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “
O‘zbekiston - 2030 ” strategiyasi haqida:

“O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun rivojlanish strategiyasi

" yurt ravnaqining bosh yo‘nalishlarini belgilab beradi. Uning asosiy maqsadi - odamlarning

tinchligi, osoyishtaligi va farovonligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash,
mamlakatni barqaror demokratik rivojlanish yo‘lidan izchil olib borish, jahon hamjamiyatida

munosib o‘rin egallashdan iborat. Strategiyada ularning farovon, barqaror va xavfsiz hayot

kechirishi, huquqlari va erkinliklarini kafolatlanadigan shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishidagi

chora-tadbirlar nazarda tutilgan ”

(Claude.ai, 2025) .

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy izlanish jarayonida tahlil va yondashuv, o‘zaro solishtirish, mantiqiy va o‘zaro tahlil

qilish, guruhlashtirish va umumlashtirish, baxolash va prognozlashtirish, o‘zaro va qiyosiy

taqqoslash usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Izlanishlarimiz natijasida shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mazkur strategiya

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yangi pag‘naga olib chiqish mumkin. Buning uchun albatta
Strategiyada ko‘zda tutilgan islohotlarning o‘tkazilishi va aniq hisob kitoblarga asoslangan

holda, chet elda ro‘y berayotgan voqea hodisalarni inobatga olib islohotlar samarali tashkil

qilinishi kerak. “ O‘zbekiston – 2030 ” strategiyasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha islohotlar olib

boriladi. Bular quyidagilar:

-

Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharitlar yaratish

-

Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi faravonligini ta’minlash

-

Suv resurslarini tejash va atrof – muhitni muhofaza qilish

-

Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish

-

Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish

Mavzumiz miliiy valyuta barqarorligini ta’minlash bo‘lgani uchun izlanishlarimiz asosan

iqtisodiy sohaga yo‘naltirilgan. Demak 2030 – yilga borib mamlakatimizda yillik inflatsiyani 5

– 6 foiz darajasida ta’minlash, pul – kredit tizimini, fizkal va tashqi savdo siyosatini o‘zaro

integratsiya qilish, Tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaratish, qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish orqali investitsion muhitning jozibadorligini oshirish, eksport mahsulotlarini

ko‘paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga, aholining jon boshiga to‘g‘ri

keladigan daromadni 4 ming dollarga yetkazish kabi iqtisodiy islohotlar o‘tkazish ko‘zda

tutilgan. Quyidagi jadvalda Mamlakatimizda 2020 – yil yanvar oyidan boshlab inflatsiya
ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin. Ko‘rsatkichlar Markaziy bankning rasmiy saytidan

olingan.


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

104


1-rasm. Markaziy bank tomonidan taqdim qilingan inflatsiya ko‘rsatkichlari

(Cbu.uz, 2024)

1-rasmdan shuni ko‘rishimiz mumkinki 2020 – yil I choragida inflatsiya darajasi 14,3

foizni tashkil qilganini va 2024 – yil sentyabr oyi inflatsiya ko‘rsatkichi 10,5 foizni tashkil
qilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu bir qarashda yaxshi ko‘rsatkichdek ko‘rinadi, lekin 2024 – yil

I choragida 8 foizdan sal ko‘proq bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Inflatsiya darajasi har doim

Mamlakatning iqtisodiy holatiga qarab o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Sentyabr

oyida yoqilg‘I mahsulotlarining narxida oshish kuzatilgan. Xususan, Propan narxi 52,1 foiz,
metan narxi 35,8 foiz va shuningdek temir yo‘l chiptalari narxi 45,5 foiz, tovarlar o‘rtacha 5

foizga, xizmatlar narxi 28,7 foizga oshgan (Muxtorova, 2024). Bu oyga kelib inflatsiya

darajasining oshishiga ta’sir qiluvchi omil sifatida eksport hajmining qisqarganini ham o‘z

ta’sirini ko‘rsatadi. Quyidagi jadval ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin.

1-jadval

O‘zbekiston 2022-yil, 2023-yil yanvar va avgust oylarida Markaziy Osiyo davlatlariga

eksport hajmi (mln dollar)

(kun.uz, 2024)

Davlatlar

2022-yil

2023-yil

2023-yil

Qozog‘iston

882,1

950,6

872,5

Qirg‘iziston

601,6

491,5

365,8

Tojikiston

308,7

289,1

329,6

Turkmaniston

147,3

118,4

78,3

1

0

,5

1

0

,5

1

0

,5

1

0

,6

1

0

,6

8

,1

8

8

,3 8

,6 8,

8

8

,8 9 9

,2

9 8,

9

9

1

0

,4 11

1

1

,7 12

,2

1

2

,2

1

2

,3

1

2

,3

1

2

,2

1

2

,2

1

2

,3

1

2

,3

1

2

,2

11

1

0

,4

1

0

,5

9

,7 9,

8 10 1

0

,3 10

,6

1

0

,8 11

,1

1

1

,1

1

0

,9

1

0

,9

1

0

,7

1

0

,9 11

,4

1

1

,6

1

1

,1

1

1

,3

1

1

,5

1

1

,7

1

1

,7

1

4

,4

1

4

,2

0

1

4

,5

1

3

,6

1

3

,5 1

4

,3

INFLYATSIYA DARAJASI


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

105


Jadvaldan shuni ko‘rishimiz mumkinki, sentyabr oyining boshiga eksport hajmining

Markaziy Osiyo davlatlariga kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Barcha qo‘shni

mamlakatlarimizga yil boshiga nisbatan kam eksport mahsulot qilingan. Eksport hajmining

kamayishini Investitsiya va Sanoat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra bu eksport diversifikatsiyasi

bilan bog‘liqligini aytgan ya’ni xarid qobilyati yuqori bo‘lgan mamlakatlarga eksport
yo‘naltirilayotganlini aytgan. Lekin bu ko‘rsatkichlar 2022 – yil eksport hajmidan ham tushib

ketishi albatta salbiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Inflatsiyaga ta’sir sifatida yana bir ko‘rsatkich bu

muomiladagi pul massasining ko‘payishi ham inflatsiya ko‘rsatkichining oshishiga olib keladi.

2-rasm. Markaziy bank tomonidan pul agregatlari to‘g‘risidagi ma’lumot

(O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki, 2025)

Albatta iqtisodiyot rivojlanar ekan muomilada pul ko‘payishi tabiiy hol. Lekin

muomiladagi pulning ko‘payishi narxlar o‘sih davrida yuz bersa bu albatta inflatsiyaning

oshishiga, iste’mol narxlarining ko‘tarilishiga va aholining tumush darajasining pasayishiga olib
keladi. Jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki har oyda pul agregatlari o‘sib borayotgani, bunga

mutanosib ravishda naqd pullar ham o‘sayotganini ko‘rishimiz mumkin. Markaziy bank

ma’lumotlariga tayanadigan bo‘sak yil yakunida Yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 6 – 6,5

foiz, yillik inflatsiya 9,5 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Xulosa va takliflar.

Ilmiy izlanishlarimizdan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, hozirgi kunda

mamlakatimizing iqtisodiy o‘sish suratlari dunyoda bo‘layotgan siyosiy vaziyatlar davrida

boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda ancha barqaror o‘sish suratlarini qayd etmoqda. “
O‘zbekiston – 2030 ” strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarga samarali iqtisodiy islohotlar

orqali mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish orqali ko‘zda

tutilgan natijalarga bemalol erisha oladigan iqtisodiyotga ega mamlakatdir. Yurtimiz

iqtisodiyoti 2025 – yilda Yalpi ichki mahsulot 1 kvadrillion 630 trillion so‘mdan oshishi,
Yaimning o‘shishi esa mos ravishda 2025 – yilda 6 foiz, 2026 – yilda 6,3 foiz va keyingi yilda 6,3

foiz bo‘lishi, inflatsiyaning yillik ko‘rsatkichi 2025 – yilda 7 foiz. 2026 – yilda 5 – 6 foiz va keyingi

yildan 5 foiz, mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib kelayotgan investitsiyalar miqdori ham oshishi

kutilmoqda. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov bildirganidek: “ keyingi yillarda

0

50 000

100 000

150 000

200 000

250 000

300 000

Pul agregatlari (mlrd so'm)

Кенг маънодаги
пул массаси
(М2) 2=3+8

Миллий валютадаги
пул массаси 3=4+7

Муомаладаги
нақд пуллар
(М0) 5


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

106


mamlakatimizda yoqilg‘i resurslarining oshishi yuqoridagi ko‘rsatkichlarning hisob kitobiga
olingan va biz buning uchun zarur shart sharoitlar yaratgan holda bu ko‘rsatkichlarga

erishishni maqsad qilganmiz” (kun.uz, 2024). Demak kuchli iqtisodiy islohotlar orqali

mamlakatimizning iqtisodiyotini 2030 – yilga qadar “ daromadi yuqori bo‘lgan davlatlar ”

qatoriga kirita olamiz.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference.

Cbu.uz. (2024). Yillik, yil boshidan va oylik inflyatsiya - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

banki.

[online]

Available

at:

https://cbu.uz/uz/monetary-policy/annual-

inflation/indicators/?print=Y

CFI Team (2022). Friedman Doctrine. [online] Corporate Finance Institute. Available at:

https://corporatefinanceinstitute.com/resources/equities/friedman-doctrine/

.

Claude.ai. (2025). Claude. [online] Available at:

https://claude.ai/chat/cd338c7d-7c67-

4453-bb7d-e87f45db4e32

Corporate Finance Institute. (n.d.). John Maynard Keynes. [online] Available at:

https://corporatefinanceinstitute.com/resources/economics/john-maynard-keynes/

.

Farmon (2017) “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora –

tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 5-sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmon.

Farmon (2019) “Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul- kredit

siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida ” PF-5877 sonli Farmon.

Farmon (2023) “ O‘zbekiston – 2030 ” 2023 – yil 11 – sentabrdagi PF – 158 – sonli Farmon

kun.uz (2024). ‘Валюта курсининг 1 фоизга қадрсизланиши инфляцияга 0,3-0,4 фоиз

таъсир кўрсатиши мумкин’ - МБ раиси. [online] Kun.uz. Available at:

https://kun.uz/kr/58916747

kun.uz (2024). Ўзбекистоннинг Марказий Осиё мамлакатларига экспорти кескин

қисқарди. Нега? [online] Kun.uz. Available at:

https://kun.uz/kr/34036412

Lars E.O. Svensson (2010) “ Inflation targeting ” Sveriges Riksbank, Stockholm University,

CEPR and NBER Journal of Monetary Economics, October . 66 b.

Mirziyoyev SH.M. (2021) “ Yangi O‘zbekiston Strategiyasi ” Toshkent, O‘zbekiston, 464 b.

Muxtorova H. (2024). O‘zbekistonda yil davomida propan narxi 52,1 foizga, metan esa 35,8

foizga oshdi. [online] Kursiv Media Uzbekistan. Available at:

https://uz.kursiv.media/uz/2024-

10-01/ozbekistonda-istemol-narxlari-yil-davomida-105-foizga-oshdi/

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2025). Pul agregatlari. [online] Available at:

https://cbu.uz/oz/statistics/dks/847195/

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi. (2025). Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida

Oliy

Majlis

Qonunchilik

palatasining

majlisi.

[online]

Available

at:

https://gov.uz/oz/soliq/news/view/28081

Qonun (2019)“ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida ” 2019 – yilda 11-

noyabr O‘RQ-582-sonli Qonun.

Shomansurova Z. va O‘rinboyev U. (2023) “ Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda

inflatsion targetlash usulining ahamiyati va o‘rni ” maqola.

Bibliografik manbalar

Cbu.uz. (2024). Yillik, yil boshidan va oylik inflyatsiya - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. [online] Available at: https://cbu.uz/uz/monetary-policy/annual-inflation/indicators/?print=Y

CFI Team (2022). Friedman Doctrine. [online] Corporate Finance Institute. Available at: https://corporatefinanceinstitute.com/resources/equities/friedman-doctrine/.

Claude.ai. (2025). Claude. [online] Available at: https://claude.ai/chat/cd338c7d-7c67-4453-bb7d-e87f45db4e32

Corporate Finance Institute. (n.d.). John Maynard Keynes. [online] Available at: https://corporatefinanceinstitute.com/resources/economics/john-maynard-keynes/.

Farmon (2017) “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora – tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 5-sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmon.

Farmon (2019) “Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul- kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida ” PF-5877 sonli Farmon.

Farmon (2023) “ O‘zbekiston – 2030 ” 2023 – yil 11 – sentabrdagi PF – 158 – sonli Farmon

kun.uz (2024). ‘Валюта курсининг 1 фоизга қадрсизланиши инфляцияга 0,3-0,4 фоиз таъсир кўрсатиши мумкин’ - МБ раиси. [online] Kun.uz. Available at: https://kun.uz/kr/58916747

kun.uz (2024). Ўзбекистоннинг Марказий Осиё мамлакатларига экспорти кескин қисқарди. Нега? [online] Kun.uz. Available at: https://kun.uz/kr/34036412

Lars E.O. Svensson (2010) “ Inflation targeting ” Sveriges Riksbank, Stockholm University, CEPR and NBER Journal of Monetary Economics, October . 66 b.

Mirziyoyev SH.M. (2021) “ Yangi O‘zbekiston Strategiyasi ” Toshkent, O‘zbekiston, 464 b.

Muxtorova H. (2024). O‘zbekistonda yil davomida propan narxi 52,1 foizga, metan esa 35,8 foizga oshdi. [online] Kursiv Media Uzbekistan. Available at: https://uz.kursiv.media/uz/2024-10-01/ozbekistonda-istemol-narxlari-yil-davomida-105-foizga-oshdi/

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2025). Pul agregatlari. [online] Available at: https://cbu.uz/oz/statistics/dks/847195/

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi. (2025). Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi. [online] Available at: https://gov.uz/oz/soliq/news/view/28081

Qonun (2019)“ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida ” 2019 – yilda 11-noyabr O‘RQ-582-sonli Qonun.

Shomansurova Z. va O‘rinboyev U. (2023) “ Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda inflatsion targetlash usulining ahamiyati va o‘rni ” maqola.