YASHIL IQTISODIYOTNING MOHIYATI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari, rivojlanish omillari va istiqbollari tahlil qilingan. Yashil iqtisodiyotga oʻtishning global tendensiyalari, uning atrof-muhit va iqtisodiy barqarorlikka taʼsiri koʻrib chiqilgan. Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqbolli yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Tahlil natijalari asosida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
345-351
20

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yusupova , O. (2025). YASHIL IQTISODIYOTNING MOHIYATI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(1), 345–351. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80196
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari, rivojlanish omillari va istiqbollari tahlil qilingan. Yashil iqtisodiyotga oʻtishning global tendensiyalari, uning atrof-muhit va iqtisodiy barqarorlikka taʼsiri koʻrib chiqilgan. Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqbolli yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Tahlil natijalari asosida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

345


YASHIL IQTISODIYOTNING MOHIYATI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Yusupova Orzugul Ravshanbek qizi

Toshkent t

oʻqimachilik va yengil sanoat

instituti

ORCID: 0009-0005-2753-9676

dreamflower8894@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari, rivojlanish

omillari va istiqbollari tahlil qilingan. Yashil

iqtisodiyotga oʻtishning global tendensiyalari, uning

atrof-

muhit va iqtisodiy barqarorlikka taʼsiri koʻrib chiqilgan. Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni

rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora

-

tadbirlar va istiqbolli yoʻnalishlarga alohida

eʼt

ibor qaratilgan. Tahlil natijalari asosida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor

yoʻnalishlari va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya, resurs

samaradorligi, ekologik innovatsiyalar, yashil kelishuv.

ПРИРОДА ЗEЛEНОЙ ЭКОНОМИКИ И ЕE ОСНОВНИE ХАРАКТEРИСТИКИ

Юсупова Орзугул Равшанбек кизи

Ташкентский институт текстилной и легкой промишленности


Аннотация

.

В

данной

статье

анализируются

основные

характеристики,

факторы

развития

и

перспективы

зеленой экономики. Рассмотрены глобальные

тенденции перехода к зеленой экономике, ее влияние на экологическую

и экономическую

стабильность. Особое внимание уделено мерам и перспективным направлениям

развития зеленой экономики в Узбекистане. По результатам анализа сформулированы

приоритеты и рекомендации по развитию зеленой экономики

.

Ключевые

слова:

зеленая

экономика,

устойчивое

развитие,

возобновляемые

источники

энергии,

ресурсоэффективность, экологические инновации, зеленая сделка.

NATURE OF GREEN ECONOMY AND ITS MAIN CHARACTERISTICS

Yusupova Orzugul Ravshanbek kizi

Tashkent Textile and Light Industry Institute

Abstract.

This article analyzes the main features, development factors and prospects of the

green economy. Global trends in the transition to a green economy, its impact on the environment
and economic stability have been considered. Particular attention is paid to the measures and

promising directions implemented in Uzbekistan for the development of the green economy.

Based on the results of the analysis, priorities and recommendations for the development of the

green economy have been developed.

Keywords:

green economy, sustainable development, renewable energy, resource

efficiency, environmental innovation, green deal.

UOʻK:

332.12

345-351


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

346

Kirish.

Ye

r yuzida insoniyat paydo boʻlibdiki, oʻzining yashashi, faoliyat koʻrsatishi

uchun zaruriy

boʻlgan

barcha boyliklarni tabiatdan oladi va shuning uchun ham insonlar

tabiatni eʼzozlab

«ona tabiat» deyish odat tusiga kirgan.

Lekin, vaqtlar oʻtishi bilan insonlar tabiatdan nooqilona

foydalana boshladi. Insoniyatning tabiatga koʻrsatadigan taʼsiri orqali tabiiy boyliklardan
rejasiz foydalanishi oqibatlari XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib salbiy natija koʻrsata

boshladi

va tabiat inson koʻmagiga muhtoj boʻlib qoldi. Insonning tabiatdan foydalanish

faoliyati XX asr boshlariga qadar mahalliy va keyinroq esa mintaqaviy xususiyatga ega boʻlgan

boʻlsa, bugungi kunda u

butun kurrai zaminni qamrab olib globallikni kasb etmoqda.

Tabiatdan foydalanishdagi mavjud kamchiliklar ustida fikr yuritadigan boʻlsak unga, eng

avvalo, tabiatni oʻzlashtirishdagi ommaviy ishlarda ham, ilmiy tadqiqotlarda ham bir

tomonlama yondashilayotganini koʻra

miz. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish

murakkab muammo boʻlib, uning hozirgi bosqichi ekologik ongni oshirish va insonning
tabiatga boʻlgan salbiy taʼsirini kamaytirish nuqtai nazaridan kelib chiqadigan boʻlsak, tabiiy

ilmiy nazariyasini ishlab chiqishni taqozo etadi.

XXI asrga kelib tabiat bilan bogʻliq ekologik muammolarni dunyo miqyosida birgalikda hal

qilish tobora ommalashmoqda. Bu tabiatga nisbatan umumbashariy qarashning shakllanishiga
bevosita yordam beradi.

Hozirgi kunda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit

muhofazasiga aloqador masalalar bilan alohida shugʻullanib kelmoqda

«Barqaror rivojlanish

konsepsiyasi» ham shu maqsadlarga xizmat qiladi. Barqaror rivojlanish maqsadlari BMT

tomonidan 2012 yilda ishlab chiqilgan va taklif etilgan dastur

boʻlib, ushbu dastur

insonlarning farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik

koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.

2015 yil 25-27 sentyabr kunlari davlat va hukumat rahbarlari

ishtirokida boʻlib oʻtgan Sammitda aynan Barqaror rivojlanish masalasi kun tartibiga qoʻyildi

va yaqin 15 yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi eʼlon qilindi. Mazkur maqsadlar BMTga aʼzo

barcha davlatlar tomonidan 2015-2030 yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga kiritilgan

boʻlib, unda dunyo ma

mlakatlarining etakchilari dunyoning barcha nuqtalarida barcha global

muammolarga batamom barham berishga vaʼda qilishi kutiladi

(

Q

aror,

2019

)

.

Oʻzbekistonning strategik maqsadi ham ekologik barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy

oʻsishning resurslar tejamkorligiga asoslangan “yashil” iqtisodiy

rivojovlanish

modeliga oʻtish.

Mamlakatimizda ham ekologik muammolarni hal qilish va barqaror iqtisodiy oʻsishni

taʼminlash borasida muhim qadamlar tashlanmoqda. Bugungi kunda inson faoliyatining

tabiatga boʻlgan taʼsiri va global iqlim oʻzgarishlari barcha davlatlarning iqtisodiyot ti

zimlarini

yashillik nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqishini talab qilmoqda.

Hozirda barqaror rivojlanishning asosi sifatida «yashil iqtisodiyot» qaralmoqda va uni

rivojlantiruvchi kuch «yashil» texnologiyalarga kiritilayotgan investisiyalar hisoblanadi. Ushbu
texnologiyalar energiya va resurslarning tejamkorligi, uglerod chiqindilarini kamaytirishni,

muqobil energiya manbalaridan foydalanishni, organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini

etishtirishni, chiqindilarni qayta ishlashni, umuman olganda iqtisodiyotning tabiat va atrof-

muhitga zarar keltirmasdan rivojlantirishiga hamda insoniyatning ekologik xavfsizligini

taʼminlashiga xizmat qiladi.


Adabiyotlar sharhi.

XX asr oxirlariga kelib, 1983 yilda Atrof-

muhit va rivojlanish boʻyicha Butunjahon

komissiyasi tashkil etildi. Tashkil etilgan komissiya jamoasi uch yil davomida dunyodagi

iqtisodiy, ijtimoiy-

madaniy va ekologik omillarning oʻzaro taʼsiri va aloqadorligi m

asalalarini

oʻrgandi. Mazkur jarayon “barqaror rivojlanish” (

sustainable development) tushunchasini

keng ommalashtirishga xizmat qildi.

«Yashil» iqtisodiyotning rivojlanish bosqichiga nazar tashlaydigan boʻlsak, «yashil»

iqtisod

bu XX asr oxirida yuzaga kelgan iqtisodiy yoʻnalish boʻlib, u iqtisodiy faoliyatning


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

347

atrof-

muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish zarurligini nazarda tutadi. “Yashil” iqtisodiyot

konsepsiyasi iqtisod fanining ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit iqtisodiyoti kabi

sohalari bilan integrasiyalashgan holda

“yashil iqtisodiyot” tushunchasi paydo boʻla boshladi.

“Yashil” iqtisodiyotning mazmun va mohiyatini Buyuk Britaniyalik iqtisodchi olimlar

D.Pirs va E.Barbierlar

oʻzlarining ““Yashil” iqtisodiyot uchun reja (

Blueprint for a Green

Economy

)” nomli asarida birinchilardan ochib berilgan

(Тол, 2009)

.

“Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga koʻplab olimlar, tadqiqotchilar oʻz taʼriflarini bayon

etishgan, nisbatan toʻliq taʼrif UNEP tomonidan taklif etilgan boʻlib, “yashil iqtisodiyot” –

bu

“insonlar farovonligi va ijtimoiy tengligining yaxshilanishi, ekologi

k risklar va ekologik

taqchillikni sezilarli darajada kamaytirish”ga olib keluvchi iqtisodiyotdir

(

Штайнер, Айрис, и

др:

(

2011

)

.

Richard Tol

(

2009

)

ekologik iqtisodchi olim, u yashil soliqlar va ekologiyaga asoslangan

tariflarni joriy qilish konsepsiyalarini rivojlantirgan. U resurslardan samarali foydalanish,

chiqindilarini kamaytirish va ekologik zararni cheklash uchun fiskal instrumentlardan, yaʼni

ekologik soliqlardan foydalanishni tavsiya qilgan.

XXI asr boshida BMTning «Global yashil yangi kurs» konsepsiyasi atrof -muhit dasturi

(2009 yil) taklif etildi (

Доклад, ЮНЕП, 2009

)

.

Vahobov va Xajibakievlar

(

2020

)

““Yashil” iqtisodiyotga oʻtishda Oʻzbekiston

energiyadan foydalanish

samaradorligiga erishish, “yashil” energetikaga oʻtish, er usti

transportlarini elektrlashtirish, chiqindilarni oqilona boshqarish, ichimlik suvi taʼminotini

yaxshilash, SO2 uglerod gaz chiqindilarni yumshatish, iqlim oʻzgarishiga moslashish va

bioxilma-xi

llikni saqlab qolish” kabi masalalarga katta eʼtibor qaratish kerakligini

taʼkidlaydilar.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot metodologiyasida keng

qoʻllaniladigan

usullardan foydalanildi. Yashil iqtisodiyot xususiyatlari va rivojlanish omillarini

oʻrganishda

umumiylikdan individuallikka va aksincha tartibda deduksion yoki induksion

usullardan foydalanish samara bersa, abstrakt-mantiqiy fikrlash usuli esa jarayonni tizimli

tahlil qilishda ahamiyatlidir. Ilmiy tahlil jarayonida ana shu ilmiy tadqiqot usullaridan, xususan,
kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilishda esa sintez va tahlil usullarini

keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Iqtisodiyotning shunday yoʻnalishi borki, energiya va resursni tejashga, atmosferaga

uglerod chiqarishni kamaytirishga, sof energiyadan foydalanuvchi transportga, energiyaning

muqobil manbaalariga

, organik qishloq xoʻjaligiga asoslanadi, bu ham boʻlsa “yashil”

iqtisodiyotdir.

“Yashil” iqtisodiyot –

bu kelajak iqtisodiyoti boʻlib, XXI asr iqtisodiy

taraqqiyotining

harakatga keltiruvchi kuchi boʻlishi kerak. Bizga maʼlumki, iqtisodiy oʻsishning anʼanaviy

modeli mavjud lekin “yashil” iqtisodiyot–

bu umumjahon strategiyasi hisoblanadi, u nafaqat

alohida milliy iqtisodiyotlarning, balki global iqtisodiyotining barqarorligini belgilab beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (Atrof-muxit

boʻyicha dastur –

United Nations

Environmental Programm

UNEP-YuNEP; Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy

komissiya

ESKATO va hokazolar), Global “yashil” oʻ

sish instituti (Global Green Growth

Institute

GGGI) kabi xalqaro tashkilotlar va koʻplab boshqa tashkilotlar “Yashil” oʻsish

strategiyasini va taktik dasturlarni amalga oshirishda barcha davlatlarning faol ishtirok etishini

targʻib qilib kelmoqda.

UNEP tashkiloti tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni iqtisodiyotning bir yoʻnalishi deb

taʼriflaydiki, unda u uzoq muddatli istiqbolda insonlar farovonligini yaxshilaydi, ijtimoiy


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

348

tengsizlikni kamaytiradi va boʻlgʻusi avlodlar uchun ekologik

havflar hamda taqchillikni jiddiy

ravishda kamaytiradi.

1-rasm.

“Yashil” iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari

Manba:

muallif tomonidan shakllantirildi.

Resurslardan oqilona foydalanish

Innovasion texnologiyalardan foydalanish orqali chiqindi

chiqishini kamaytirish, sirkulyar iqtisodiyotga oʻtish.

Energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish

Energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan keng foydalanishni.

“Yashil” texnologiyalarni joriy etish

Ekologiyaga salbiy ta'sir etkazmaydigan texnologiyalarga

koʻproq investisiya kiritish va rivojlantirish.

“Yashil” ish oʻrinlarini yaratishga alohida e'tibor

qaratish

"Yashil" texnologiyalardan foydalanuvchi tarmoqlarni

rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish.

Ekologik yoʻnalishdagi investisiyalar hajmini oshirish

Ekologik yoʻnalishdagi loyihalarga investisiyalarni keng jalb

qilish va samaradorligini baholab borish.

Ekologiya boʻyicha ta'lim va ongni rivojlantirish

dastaklarini qoʻllash

Ekologiya sohasi boʻyicha aholi madaniyatini oshirish, ta'lim

berish, targʻibot va tushuntirish ishlarini jadallashtirish.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

349

Shunga alohida eʼtibor qaratish kerakki, har bir mamlakat oʻzining iqtisodiy holati,

joylashgan makoni, tabiiy va mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqib,

oʻzining “yashil” iqtisodiyot dasturini yaratadi va amalga oshiradi. Sababi,

dunyo mamlakatlari

uchun namuna boʻladigan “yashil” iqtisodiyot modeli mavjud emas.

1-jadval

Xorij mamlakatlarida “yashil” iqtisodiyot modelini amalga oshirish

“Yashil” iqtisodiyot dasturi

Dasturni amalga oshirishdagi vazifalar

Yevropa Ittifoqi (EI)

Yashil kelishuvga erishish

EI iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda barcha imkoniyatlaridan

foydalangan holda 2050 yilgacha "uglerod neytralligi"ga erishish

maqsadida "Yashil kelishuv" strategiyasini qabul qildi va taktik
vazifalarni amalga oshirish.

Sirkulyar(siklli)

iqtisodiyotni rivojlantirish

Sanoat korxonalarida resurslarni samarali boshqarish va chiqayotgan

chiqindilarni yuqori darajada qayta ishlash orqali tabiatga boʻlayotgan

salbiy taʼsirni kamaytirish dasturlaridan foydalanish.

Qayta tiklanuvchi energiya

manbaalarini

rivojlantirish

Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari

boʻlgan quyosh, shamol va

gidroenergetika kabi qayta tiklanuvchi manbalarga katta eʼtibor

qaratish.

Janubiy Koreya

Yashil taraqqiyot milliy

strategiyasi

2009 yilda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun milliy strategiya ishlab

chiqilgan va ushbu strategiya energetika sohasidagi innovasiyalarga

asoslanish.

Qayta tiklanuvchi energiya

yoʻnalishidagi

texnoparklarni

rivojlantirish

Mamlakat ekologiyaga zarar etkazmaydigan “yashil” ishlab chiqarish

innovasion

texnologiyalarini rivojlantirishga koʻproq

investisiya

kiritish.

Xitoy

“Yashil” energetika

Mamlakat xududini

chuqur tahlil etgan holda togʻli va choʻl

xududlariga

quyosh panellarini, shamol yoʻlaklariga shamol energiyasi ishlab
chiqaruvchi qurilmalarni oʻrnatish.

“Yashil” texnologiyalar

Mamlakatda elektromobillardan koʻproq foydalanish, sanoat

korxonalarida elektr energiya kam sarf qiluvchi texnologiyalarni joriy

etish, qayta tiklanuvchi elektr energiya ishlab chiqaruvchi

infratuzilmalarga koʻproq

investisiyalarni jalb qilish.

Oʻzbekistonda ham “yashil” iqtisodiyotga oʻtish imkoniyatlari va asosi oʻziga

hos

boʻlib,

boshqa davlatlardan tabiiy resurslarga boyligi, yil davomida oʻrtacha 300

-320 quyoshli kun va

haroratning oʻrtacha miqdori +42

s

boʻlishi, kunning uzunligi 16 soatni tashkil etishi bilan

ajralib turadi. Oʻzbekistonning «Yashil» iqtisodiyot tizimiga oʻtish imkoniyati

etarlicha

manbaga ega boʻlganligi uchun mamlakatimiz “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda oʻz milliy
strategiyasiga ega boʻlib, ushbu strategiya quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:

ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish;

uy-joy-kommunal

xoʻjaliklarida energiya samaradorligini oshirish;

qishloq xoʻjaligida organik mahsulotlarning ishlab chiqishini ommalashtirish

da xorij

tajribalaridan foydalanish;

chiqindilardan mahsulot va biogaz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish

va sirkulyar

iqtisodiyotni rivojlantirish;

aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish

.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

350

“Yashil iqtisodiyot” atrof muhitni, bioxilmaxillikni va ekotizim xizmatlarni saqlash,

“yashil” ish oʻrinlari tashkil etish imkoniyatini va qashshoqlik muammosi hal etilishini

taʼminlovchi barqaror taraqqiyot masalalarini qamrab oladi.

Yuqoridagi “yashil” iqtisodiyot strategiyalariga asoslanib, real sektor

korxonalariga yashil

iqtisodiyotga oʻtishda quyidagi tavsiyalarni berishimiz mumkin:

Birinchidan, korxona va tashkilotlar

“yashil”

iqtisodiyot

boʻyicha strategik dastur ishlab

chiqishi, ushbu dastur avvalo, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarish usullarini,

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani

tejashga qaratilgan strategik rejalarni oʻz

ichiga olishi zarur.

Ikkinchidan, korxonalar ishlab chiqarish jarayonida energiya tejamkorligiga intilishlari

lozim. Buning uchun energotexnologiyalar va energetik samaradorlikni oshirishga qaratilgan

qadamlar ishlab chiqilishi kerak.

Uchinchidan,

“yashil” iqtisodiyotga oʻtishda

innovasiyalar

katta rol oʻynaydi, ekologiyaga

zarar etkazmasdan yangi texnologiyalardan foydalanishga eʼtibor berishlari, yaʼni energiya

tejovchi va atrof-muhitga zararsiz texnologiyalarga investisiya kiritishlari lozim.

Toʻrtinchidan, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va chiqindilarni qayta ishlashga

katta ahamiyat berish zarur. Qayta ishlangan materiallar va mahsulotlar ishlab chiqarishda

keng qoʻllanilishi kerak.

Beshinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbaalariga, masalan, quyosh energiyasidan

foydalanish, elektr energiyasini ishlab chiqarishda kam zarar keltiradigan texnologiyalarni

joriy etish kerak.

Oltinchidan, atrof-

muhitga eʼtibor berish bilan birga, ijtimoiy barqarorlikni ham

taʼminlashlari kerak. Yashil iqtisodiyotga oʻtish shunchaki ekologiyaga emas, balki ijtimoiy

yaxshilanishga ham xizmat qilishini taʼminlashi muhim.

Xulosa va takliflar.

“Yashil” iqtisodiyot —

bu iqtisodiy rivojlanishning bir

koʻrinishi boʻlib, u barqarorlik,

ekologiyani asrash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy taraqqiyotga

yoʻnaltirilgan iqtisodiyotdir. Ushbu konsepsiya iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, ekologik zararsiz

va barqaror rivojlanishga qaratilgan.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish —

bu tabiiy resurslardan

oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini

rivojlantirish orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishni anglatadi.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish faqat ekologik jihatdan emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy

jihatdan ham muhimdir. U resurslarni tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yangi ish

oʻrinlarini yaratish va kelgusi avlodlarga qulay shart

-sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim

qadam hisoblanadi. Shunga muvofiq, davlatlar va korxonalar ushbu yoʻnalishdagi

investisiyalar, qonunchilik va siyosatlarni yanada rivojlantirishga ahamiyat berishni talab
etadi.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishda quyidagi qadamlarni tashlash maqsadga muvofiqdir:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish-

mamlakatlar, shu jumladan,

Oʻzbekistonda quyosh, shamol va biomassa energiyasini ishlab chiqarish loyihalarini

rivojlantirish kerak. Bu nafaqat ekologik, balki iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun chiqindilarni qayta ishlash, resurslarni tejash va

ekologik xatarlarni kamaytirishga qaratilgan sirkulyar iqtisodiyot modellarini yaratish zarur.

Bu erda ishlab chiqarishda qayta ishlanadigan materiallardan foydalanish va chiqindilarni

qisqartirishga alohida eʼtibor qaratish muhim.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishda ekologik soliqlar, yashil tariflar va subsidiyalar

sistemasini oʻrnatish maqsadga muvofiq. Bu orqali korxonalar ekologik samaradorlikka

yoʻnaltirish, chiqindilarni kamaytirish va energiyani tejashga boʻlgan harakat tezlashad

i.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

351

“Yashil” iqtisodiyot sohasida yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va ish oʻrinlarini

yaratish. Yangi ekologik texnologiyalarning rivojlanishi ishlab chiqarishda, energetika va

transportda ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning global muammo ekanini hisobga olib, xalqaro

hamkorlik va texnologiyalar almashish juda muhim. Bu, ayniqsa, barqaror rivojlanish va

ekologiyani himoya qilishga yoʻnaltirilgan

investisiyalar

bilan qoʻllab

-

quvvatlanadi. “Yashil”

iqtisodiyotga oʻtish —

bu yangi iqtisodiy modellarni joriy qilish va tabiiy resurslardan samarali

foydalanish orqali barqaror rivojlanishga erishishning muhim qadami hisoblanadi.

Adabiyotlar / Literatura/Reference:

Qaror (2019) 2019-

2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga

oʻtish strategiyasini

tasdiklash

toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4

oktyabrdagi PQ-4477-son qarori.//Lex.Uz.

Vaxobov A.V. va boshq. (2020)

“Yashil” iqtisodiyot. Darslik

.

T.,

295 b.

Доклад

,

ЮНЕП

,

(2009)

Глобальный

зеленый

новый

курс

.

www.unep.org/greeneconomy/portals/30/docs/GGNDpolicy-brief_Russian.pdf

Тол, Ричард С. Дж.

(2009)

. «Экономические последствия изменения климата».

Журнал экономических перспектив , 23 (2): 29–

51 . DOI: 10.1257/jep.23.2.29.

Штайнер А., Айрис Р., Бэсса С. И др: (2011) Навстречу «зелёной» экономике: пути к

устойчивому развитию и искоренению бедности / Штайнер А., Айрис Р., Бэсса С. И др:

ЮНЕП/Грид Арендаль, С. 17.

Bibliografik manbalar

Qaror (2019) 2019-2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiklash toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4477-son qarori.//Lex.Uz.

Vaxobov A.V. va boshq. (2020) “Yashil” iqtisodiyot. Darslik. – T., – 295 b.

Доклад, ЮНЕП, (2009) Глобальный зеленый новый курс. www.unep.org/greeneconomy/portals/30/docs/GGNDpolicy-brief_Russian.pdf

Тол, Ричард С. Дж. (2009). «Экономические последствия изменения климата». Журнал экономических перспектив , 23 (2): 29–51 . DOI: 10.1257/jep.23.2.29.

Штайнер А., Айрис Р., Бэсса С. И др: (2011) Навстречу «зелёной» экономике: пути к устойчивому развитию и искоренению бедности / Штайнер А., Айрис Р., Бэсса С. И др: ЮНЕП/Грид Арендаль, С. 17.