www.sci-p.uz
III SON. 2025
75
OILAVIY UY MEHMONXONA XIZMATLARINING TASHKILIY MEXANIZMLARI
PhD, prof.
Aslanova Dilbar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Fattayev Jasur
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
“Oilaviy uy mehmonxona” xizmatlarini tashkil etish ma’
lum tartibli ketma-
ketlik va iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmlar asosida tashkil etilishi, faoliyat turining maqsadlari,
talab etiladigan sharoitlarni, iqtisodiy subyektlarning huquq va burchlari hamda asoslanadigan
mezonlarni belgilab olish.
Kalit so
‘
zlar:
oilaviy uy mehmonxona, xizmatlar, tashkiliy mexanizm, mezon, tartibli
ketma-ketlik, ilmiy kategoriya, qulay shakl, xavfsizlikni ta
’
minlash.
ОРГАНИЗАЦИОННЫЕ МЕХАНИЗМЫ УСЛУГ СЕМЕЙНОГО ДОМАШНЕГО
ГОСТИНИЧНОГО ОТДЕЛЕНИЯ
PhD
, проф
.
Асланова Дилбар
Самаркандский институт экономики и сервиса
Фаттаев
Жасур
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация
.
Организация услуг семейный гостевой домов организуется на основе
определенной последовательности и экономических и социальных механизмов, целей
вида деятельности, необходимых условий, прав и обязанностей хозяйствующих
субъектов, а также критериев, на которых они основаны.
Ключевые слова:
семейный гостевой дом, услуги, организационный механизм,
критерий, упорядоченность, научная категория, удобная форма, безопасность.
ORGANIZATIONAL MECHANISMS OF SERVICES OF FAMILY HOME HOTEL DEPARTMENT
PhD, prof.
Aslanova
Dilbar
Samarkand Institute of Economics and Service
Fattayev
Jasur
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
The organization of services of family guest houses is organized on based on a
certain sequence of economic and social mechanisms, goals of the type of activity, necessary
conditions, rights and obligations of economic entities, as well as the criteria on which they are
based.
Keywords:
family guest house, services, organizational mechanism, criterion, orderliness,
scientific category, convenient form, safety.
UOʻK:
338.1
75-78
www.sci-p.uz
III SON. 2025
76
Kirish.
Turizm sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanib borayotgan sohalaridan biri
ekanligi sir emas. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta
daromad manbaiga aylanib bormoqda, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish turizim
sohasining tarkibiy elementi hisoblanadigan “Oilaviy uy mehmonxona”
xizmatlarining tashkiliy
mexanizmlarini hamda
ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatlarini tadqiq qilishni talab
etmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki “Oilaviy uy mehmonxona” xizmatlarini tashkil etish
ma`lum tartibli ketma-ketlik va ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar asosida tashkil etish faoliyat
turining maqsadlari, talab etiladigan sharoitlarni, iqtisodiy subyektlarning huquq va burchlari
hamda asoslanadigan mezonlarni belgilab olishga yordam beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Yuqorida ko`rsatilgan mexanizmlarni belgilab olishdan avval, oilaviy uy mehmonxona
alohida ilmiy kategoriya sifatida dunyo olimlari tomonidan o`rganilayotganligini e`tirof etishni
ma`qul ko`rdim. Bugungi kunda mehmon uylari to‘g‘risida turlicha nazariy qarashlar mavjud
bo‘lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:
Nuriaxmetova Alina Faridovnaning (2014) fikricha, mehmonuylari bu -
ko‘pincha qishloq
joylarida sayyohlarni joylashtirish vositasidir va mehmonxonadan mehmon uyi uy sharoitida
yashash sharoitlarini ta'minlovchi parametrlar to‘plami bilan ajralib turadi.
Osipova Elena Eduardovnaning (2015) fikricha, mehmon uylari qishloq aholisi uchun
iqtisodiy jihatdan qulay shaklidir, shuning uchun biznesni rejalashtirishning dastlabki
bosqichlarida mehmon uyini to‘ldirish xarajatlarini hisoblash kerak.
Bundan tashqari, mehmon
uyining kelajakda egasi marketing asoslarini bilishi kerak. Buxgalteriya hisobi, pul
mablag‘la
rini boshqarish, soliqqa tortish tizimi, mehmonlarni qabul qilish tajribasi va
tavsiyalari, ularning ovqatlanishi va xizmatlarini o‘rganish.
Chupaxinaning (2019) fikricha, mehmon uyi bu -
ko‘pincha oilaviy mehmonlar uchun
qisqa muddatli xizmatlarni taqdim etish, shuningdek mehmonlar uchun dam olish faoliyatiani
tashkil etish, qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, yoki ko‘rsatma berish. Tur dasturlarini tashkil
etish b
o‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni taklif etadi.
Mehmon uylari xar tomonlama qulayligi va xamyonbobligi bilan sayyohlar e'tiborini
tortadi va sayyohlar bilan gavjum bo`ladi. Mehmon uylaring avzallik tomonlari yana shundaki
mehmon uylarida uy egalari sayyohlar istagan paytlari qo‘shimcha xizmatlarni takli
f eta oladi.
Balashovaning (2022) fikricha, mehmon uyi bu -
albatta, sifatli xizmat ko‘rsatish buyicha
yetakchidir. Bunday uy egasi mehmonlarni "uyda bo‘lgani kabi" shiori ostida sizni vaqtinchalik
yashash qulay muhitiga imkon qadar yaqinlashtirishga harakat qiladi va mehmon uyining
ijobiy hissiyotlarini qabul qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida induktsiya va deduktsiya, ilmiy abstraktlash, tizimli va qiyosiy tahlil,
monografik hamda ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Ushbu usullar oilaviy uy
mehmonxonalari ko‘rsatadigan xizmatlarga mohiyati, tavsifi va tasniflanishining nazariy
jihatlarini yoritib berishga yordam beradi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oilaviy uy mehmonxonalari ko‘rsatadigan xizmatlarga talablar quyidagi maqsa
dlarda
qo‘yiladi:
•
Mehmon uyining vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmat (keyingi o‘rinlarda xizmatlar
deb ataladi) ko‘rsatish sohasiga muvofiqligini tasdiqlash:
•
Mehmon uylarida uning egasi tomonidan qayd etilgan ko‘rsatiladigan xizmatlar va
zarur moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlash;
www.sci-p.uz
III SON. 2025
77
•
Xizmat ko‘rsatishning zarur darajadagi sifatini va tashrif buyuruvchilarning
(turistlarning) xavfsizligini ta'minlash.
Me
hmon uylari tashkil etilganda unda quyidagi sharoitlar bo‘lishi kerak:
•
Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiena qulayliklarini tashkil etish;
•
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta'minlash;
•
Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun sharoitlar
tashkil qilish.
Shuningdek, mehmon uylarni jihozlash borasida qo‘shimcha xizmatlarning tavsiya
etilgan ro‘yxati ham mavjud. Biroq tavsiyalar majburiy hisoblanmaydi va ularni Reestrga
kiritishda
n rad etishga asos bo‘la olmaydi.
Mehmon uy egalarining huquqlari.
•
Ijarada turuvchilarni (turistlarni) mehmon uyiga ularni butunjahon Internet axborot
tarmog‘i va axborot
-
turistik markazlari orqali, ular mavjud bo‘lmagan hollarda esa, bildirish
tartibida h
ududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yo‘li bilan ro‘yxatga qo‘yish orqali
ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan joylashtirish;
•
Tashrif buyuruvchilar (turistlar) tomonidan jamoat tartibi me'yorlari buzilgan
hollarda joylardagi huquqni muhofaza
qilish organlari bilan o‘zaro bog‘lanib harakat qilish;
•
Turizm faoliyati sub'ektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan
tartibda foydalanish.
Mavsumiy bo‘lmagan davrda mehmon uylarining egalari ro‘yxatga olish va soliq
organlariga mehmon u
yi faoliyati vaqtincha to‘xtatish va ular o‘z faoliyatini vaqtincha amalga
oshirmaydigan qayd etilgan davrga soliq hisoblanishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida
ariza berish yo‘li bilan vaqtincha o‘z faoliyatlarini to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladil
ar.
Mehmon uy egalarining majburiyatlari: faoliyatini qat'iy ravishda qonunchilik hujjatlariga
muvofiq amalga oshirishi sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlari, shuningdek,
epidemiyaga qarshi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini
ta'minlashi mehmon
uylari reestriga kiritilgan ma'lumotlar o‘zgarganligi, shuningdek, o‘z faoliyatini tugatganligi
to‘g‘risida uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda
xabardor qilishlari shart.
Vakolatli davlat organi quyidagilarga majbur:
•
Vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi bilan tanishtirish uchun,
shuningdek, rejali asosda mehmon uylari xodimlarining bilimi va malakasini oshirish imkonini
beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni
tashkillashtirish mehmon uylarining samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish va
ta'minlashda har tomonlama yordam ko‘rsatish manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda
mehmon uylarining egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan tanishtirish;
•
Mehmon uylarining egalarini turizm sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar va normativ
hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida xabardor qilib borish zamonaviy axborot
-
kommunikasiya t
exnologiyalarini mehmon uylari bilan o‘zaro munosabatlar sohasiga faol
ravishda joriy qilib borish.
Tijorat banklariga Mehmon uylari yagona reestriga kiritilgan xususiy tadbirkorlar va
oilaviy tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalariga binoan eng kam oylik ish haqining 300
barobarigacha miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori
bo‘lmagan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya
qilindi. Bunda tijorat banklari
tomonidan ajratilayotgan foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasining 1,5 barobaridan ortiq bo‘lmagan kreditlar bo‘yicha foizlar
miqdorining yarmi O‘zbekiston Respublikasi Tur
izm va madaniy meros vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Turizm faoliyatini qo‘llab
-
quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari
hisobidan qoplanadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
78
Joylashtirish vositalarning o`rtasidagi farq asosan quyidagi mezonlarga asoslanadi:
maqsad, joylashuv, taqd
im etilgan xizmatlar turlari, xizmat ko‘rsatish darajasi.
Standart mehmonxonadan mehmon uylarining farqi quyidagilarda nomoyon buladi:
•
Mehmon uylari mehmonxonalardan farqli o‘laroq, lisenziyani talab etmaydi.
•
Mehmon uyi odatda, ikki yoki uch qavatli buladi nomerlar soni 10-15 tani tashkil etadi.
•
Mehmon uyi belgilangan standart asosida tashkil etilmaydi.
•
Mehmon uyida odatda mezbon yoki uy egasining oila a'zolari ishlaydi va xizmat
ko‘rsatadi.
•
Mehmon uyida mehmonlarga xizmat ko‘rsatishning narxi ancha past bo‘ladi.
•
Ko‘pincha mehmon uylari shaharda va shahar chetida joylashgan ,mehmon xona esa
shaharda joylashgan bo‘ladi.
•
Mehmon uylarining
qulaylik darajasi mehmonxonadan farq qiladi va o‘z ichiga
quyidagilarni oladi: maxsus hammom, dush, sochlarini quritadigan fen mashinasi, suv isitgich,
o‘choq va boshqalar.
Mehmon uylarida eng asosiysi mehmon o‘zini o‘z uyidagidek xis qila oladi. Agar turist
yuqoridagi qulayliklarga, uy sharoitlari, shaxsiy yondashuv, oilaviy yoki guruh bilan dam
olishni xohlasa, mehmon uyini tanlashi mumkin.
Xulosa va takliflar.
Mehmon uylari bu-mazkur mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yashash
tamoyili bilan bir qatorda shinam va milliy xonalar, milliy shirin taomlar va xonadon
egalarining iliq munosabatlari sayyohlarga o‘z vaqtida turli tuman xizmatlarni ko‘rsat
ilishi
mehmon uylarining qulayligi, shinamligi, hamyonbobligi boshqa mehmonxonalarga
oxshamaganligi bilan sayyohlar talablariga javob bera olishi bilan e'tiborini tortadi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan e`tirof etilishicha ushbu mexanizmlar asosida oilaviy uy
mehmonxona xizmatlarni tashkil etish mehmonxona faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligini oshirishning metodologik asosi sifatida tadbiq etilishi mumkin.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Alimova Mahasti Ilxomovna. (2020) Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini takomillashtirish
yo’llari(Samarqand viloyati misolida) magistrlik dissertatsiyasi. SamISI
.
Nizom (2018) 2018-yil 7-
avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish
to'g'risida»gi 631
-
sonli qaroriga ilova qilingan “Oilaviy mehmon uy
lari faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi Nizom
.
Osipova H.E. (2015) Determination of bacteriolytic activity and measurement of enzyme
sorption by cells in the system of living Lactobacillus plantarum/
в
журнале
Moscow University
Chemistry Bulletin,
издательство
Allerton Press Inc. (United States),
том
70, № 6, с
. 292-297.
Ozodbek, J. (2023). IN THE INNOVATIVE DEVELOPMENT OF THE REGIONAL ECONOMY
FOREIGN EXPERIENCE. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(7),
146-151.
Raximov Z
.O., Norkulova D.Z. (2019) Mehmonxona xoʻjaligida rejalashtirish. O`quv
qoʻllanma.
- Samarqand: SamISI, -188 bet.
Safarov, Bahodirhon, and Djumaqulov O. Sh. (2020) "Tourism industry development is
increasing, new jobs will increase incomes and living standards."
Архивариус
2 (47): 105-107.
Нуриахметова А.Ф. (2014) Управления рисками в России // Экономика и менеджмент
инновационных
технологий.
№
4
[Электронный
ресурс]
.
URL:
https://ekonomika.snauka.ru
/2014/04/4789 (дата обращения: 16.05.2025).
