O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISH MASALALARI

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini joriy etish 
masalalari tahlil qilinadi. Unda mamlakatning moliyaviy tizimini diversifikatsiya 
qilish zarurati, Islom moliyasining asosiy tamoyillari va uning afzalliklari yoritilgan. 
Shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar, jumladan, 
huquqiy va me’yoriy bazaning yetishmasligi, malakali mutaxassislarning kamligi 
hamda aholining Islom moliyasi bo‘yicha yetarlicha xabardor emasligi muhokama 
qilinadi. Muallif, shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 
infratuzilma va mahsulotlar haqidagi tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola 
O‘zbekiston sharoitida Islom moliyasi imkoniyatlari va cheklovlarini chuqur 
o‘rganishga bo‘lib xizmat qiladi.

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alimuxamedova Zuhra Shavkat qizi, & Sa’dullayeva Gulnoza Usmanovna. (2025). O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISH MASALALARI. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(1), 57–61. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/64530
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini joriy etish 
masalalari tahlil qilinadi. Unda mamlakatning moliyaviy tizimini diversifikatsiya 
qilish zarurati, Islom moliyasining asosiy tamoyillari va uning afzalliklari yoritilgan. 
Shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar, jumladan, 
huquqiy va me’yoriy bazaning yetishmasligi, malakali mutaxassislarning kamligi 
hamda aholining Islom moliyasi bo‘yicha yetarlicha xabardor emasligi muhokama 
qilinadi. Muallif, shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 
infratuzilma va mahsulotlar haqidagi tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola 
O‘zbekiston sharoitida Islom moliyasi imkoniyatlari va cheklovlarini chuqur 
o‘rganishga bo‘lib xizmat qiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

57

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISH MASALALARI

Alimuxamedova Zuhra Shavkat qizi

Ilmiy rahbar Sa’dullayeva Gulnoza Usmanovna

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini joriy etish

masalalari tahlil qilinadi. Unda mamlakatning moliyaviy tizimini diversifikatsiya
qilish zarurati, Islom moliyasining asosiy tamoyillari va uning afzalliklari yoritilgan.
Shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar, jumladan,
huquqiy va me’yoriy bazaning yetishmasligi, malakali mutaxassislarning kamligi
hamda aholining Islom moliyasi bo‘yicha yetarlicha xabardor emasligi muhokama
qilinadi. Muallif, shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
infratuzilma va mahsulotlar haqidagi tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola
O‘zbekiston sharoitida Islom moliyasi imkoniyatlari va cheklovlarini chuqur
o‘rganishga bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: islomiy moliya, islom banki, islom iqtisodi, ribo, islom fiqhi,

mudoraba, murobaha, mushoraka.

Har qanday davlat yoki tashkilotni, uni tartibga solib turuvchi qonunlar mavjud

bo‘lgan taqdirda faoliyat yuritadi. Musulmon insonlarning hayot tarzini tartibga solib
turuvchi qonun - qoidalar majmui bu - shariatdir. Shariat bu 1500 yillik ma’naviy,
axloqiy va huquqiy hamda iqtisodiy tizim hamdir.Islom moliyasi manashu shariat
qonun - qoidalariga asoslangan iqtisodiy tizim hisoblanadi. Avval 622 – 661 - yillarda
islom moliyasi tamoyillari Arabistonning yarim Orollarida arablar tomonidan
qo‘llanilgan. Hatto payg’ambar Muhammad S.A.V ham vahiy tushmasdan avval shu
tamoyillardan foydalanib savdo qilganlar. Shu paytlarda ribo [ya’ni foizga asoslangan
moliyaviy munosabat] lar ancha avj olgan edi . Shunda olloh riboni xarom qildi, va
vahiy tushgandan so‘ng esa Muhammad S. A. V birinchi navbatda shu munosabatni
taqiqlaganlar.

Keyinchalik islom moliyasi bir necha bosqichlardan o‘tib xozirgacha yetib

keldi.Ushbu qonunlar 4 manbaga ega: 1. Muqaddas qur’on bo‘lib , u diniy bilimlarni
asl o‘zgarmas manbasi hisoblanadi . Qur’on payg’anbar Muhammad S. A .V orqali ,
Jabroil alayhissalom vositasida yetkazilgan Allohning vahiylarini o‘z ichiga olgan
bo‘lib, butun insoniyatga yo‘llangan ilohiy ko‘rsatma . 2. Hadis hisoblanadi .
Payg’ambar Muhammad S. A . V ning qavmlari yoki ular bilan bog’liq voqeliklarni
ifodalovchi rivoyat bo‘lib Muhammad S. A. V ning sunnatlari asosini tashkil etadi. 3.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

58

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ijmo - bu obroli islomiy olimlar tomonidan aniq bir masala yoki xolat uchun ishlab
chiqilgan yechim. Islom an’analarida Qur’on va sunnatdan mustaqil xulosa qilish
huquqiga ega inson,,Mujtaxid” deb ataladi. 4. Qiyos-bu atamaning asl ma’nosi
o‘lchash yoki ikki ashyo o‘rtasida taqqoslash o‘tkazish so‘zlaridan kelib chiqib, Qiyos
murakkab va munoarali masalalar bo‘yicha Qur’on va xadislarda bayon etilgan
asoslarga ko‘ra , mujtaxidlar tomonidan yangi yechimlarni ishlash va hukm
chiqarishdir .

Islom moliyasida bir qancha bitimlar bor ulardan asosiylari: Birinchi bitim –

“sarf”. Sarf bu tomonlar o‘rtasida moddiy qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning ,
masalan dinor ( oltin ) , dirham ( kumush ) yoki shularning zarb qilingan , quyma yoki
boshqa ko‘rinishlari, hamda hozirda muomalada bo‘lgan pul birliklari (valyutalar)ning
bir-biriga ayirboshlanishiga ya’ni olib-sotilishiga) aytiladi. Ikkinchi bitim –
“murobaha”. Murobaha bu sotuvchi yoki moliya muassasasining biror bir mahsulot
(masalan qandaydir uskuna) tannarxiga buyurtma bergan xaridor bilan kelishilgan
muayyan ustamani qo‘yib , ma’lum bir muddat ichida bo‘lib - bo‘lib to‘lash sharti bilan
shu xaridorga sotishidir .

Uchinchi bitim – “mudoraba”. Mudoraba sherikchilik bitimining bir ko‘rinishi

bo‘lib, bunda sarmoya egasi (rabb-ul mol), ish yurituvchi (mudorib) bilan sherikchilik
asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun sarmoya ajratadi . Bunday sherikchilikda
tadbirkorlik faoliyati to‘liq ravishda mudorib tomonidan boshqariladi . Faoliyat
davomida ko‘rilgan foyda oldindan kelishilgan nisbatda bo‘linadi, zarar esa faqat
sarmoya egasi zimmasiga tushadi. To‘rtinchi bitim – “salam”. Salam mahsulot uchun
to‘lov darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga yetkazib
berilishini ko‘zda tutadigan bitimdir (bunda, sotilayotgan mahsulot bitim tuzilayotgan
paytda mavjud bo‘lishi ham, mavjud bo‘lmasligi ham mumkin).

Salam shartnomasi ko‘proq qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Beshinchi bitim –

“istisna”. Istisna ham salam kabi hali ishlab chiqarilmagan mahsulotni sotish
shartnomasidir . Bu shartnoma , ishlab chiqaruvchi buyurtma berilgan mahsulotni o‘z
xom ashyosidan ishlab chiqarishini ko‘zda tutadi. Ushbu bitim huquqiy kuchga ega
bo‘lishi uchun, ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotning narxi, sifati va
xususiyatlari tomonlar o‘rtasida aniq kelishib olinishi kerak . Oltinchi bitim - ,,
mushoraka ” ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasidagi mulkiy sherikchilik bo‘lib,
bunda har bir sherik ma’lum miqdordagi pul yoki mol-mulk shaklidagi sarmoyasini
umumiy biznesga tikadi va ushbu biznes doirasida qurilgan foyda tomonlarning
kelishuviga asosan zarar esa xar bir sherikning umumiy sarmoyadagi ulushiga


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

59

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

mutanosib ravishda taqsimlanadi. Islom banklarinig an’anaviy banklardan farqi
shundaki, Islom banklarida :

1. Foyda yoki zarar bo‘lganda investor va tadbirkor o‘rtasida qancha ulushlarda

bo‘linishi kontraktda ko‘rsatiladi .

2. Foiz ( ribo ) qat’iyan taqiqlanadi. Uning o‘rniga daromaddan ulush oladi, agar

tadbirkor foyda emas zarar ko‘rsa kontrakt shartlariga muvofiq ulushlarda bank va
tadbirkor o‘rtasida bo‘linadi.

3. Tadbirkor kredit qaytarilishi kerak bo‘lgan muddatdan o‘tgan har bir kun uchun

qo‘shimcha foiz ( jarima ) to‘lamaydi .

4. Omonatga qo‘yilgan pullarni ma’lum muddatda foizi bilan olishni

kafolatlamaydi .

Bu bank daromadiga bog’liq. An’anaviy banklarda esa :

1. Investor bankka qo‘ygan pulini qancha foiz bilan qaytaribolishni oldindan

hisoblab ko‘rishi mumkin.

2. Pulni qarzga berish va uni foizi bilan qaytarib olish tijorat bankining asosiy

faoliyatidan biri hisoblanadi. Tadbirkorning biznesi muvoffaqiyatli yuradimi yoki
bankrot bo‘ladimi kreditni foizi bilan bankka to‘liq qaytarishi shart.

3. Tadbirkor kredit. qaytarilishi kerak bo‘lgan muddatdan o‘tgan har bir kun

uchun qo‘shimcha foiz (jarima) to‘laydi .

4. Omonatga qo‘yilgan pullarni ma’lum muddatda foizi bilan olishni kafolatlaydi.

Birinchi islom bankga 1963 – yilda misrda asos solingan . Reuter agentligining

ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda 300 dan ortiq Islom banklari va 200 dan ortiq
islomiy darchalar dunyoning 67 davlatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Islom banklarining
umumiy kapitali 2 tirillion aqsh dolloridan oshdi. Islom banklari saudiya arabistoni,
iroq, quvayt, malayziya, BAA, pokiston, bangladesh, turkiyada ancha rivojlangan.
Bundan tashqari Germaniya, Aqsh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya,
Irlandiya, Leyksenburg va boshqa davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyoning 130
dan ortiq universitetlarida islom banki va moliyasi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Shu jumladan, jahonning quyidagi eng mashhur universitetlarida ham maxsus kurslar
tashkil qilindi . Ularda bakalavr , magistratura, doktarantura bosqichida talabalar tahsil
olmoqda. O‘rta osiyo davlatlaridan birinchi bo‘lib qozog‘istonda 2010 – yil martda
birinchi islomiy bank “ al-hilol ” bank amaliyotini o‘tash uchun ruxsatnoma oldi. 2017


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

60

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

- yil 17 - avgustda “zamanbank” islomiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya oldi
va o‘z faoliyatini boshladi. 2009- yil aprelda qirg‘izistonda “ bank va bank faoliyati
to‘g‘risida ” gi Qirg‘iziston respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritish va boshqalar qabul qilindi. Mazkur tuzatishlar islomiy va “ islomiy darcha”ga
ega bo‘lgan an’anaviy banklarda moliyalashtirishning islomiy usullarini qo‘llash
uchun imkoniyatlar yaratdi.

Islom moliyasidagi eng katta taqiqlardan biri bu ribodir. Ya’ni ,, ribo ” - islom

moliyasidagi eng asosiy taqiqlardan biri, islom fiqhida esa eng katta gunohi kabiralar
qatoriga kiradi. ,,Ribo an-nasiya” qarz munosabati asosidagi almashinuv jarayonida
Kechiktirilgan muddat uchun qo‘shimcha qiymat ustam a olish orqali foydaga
erishishdir. A’naviy banklarning foiz asosidagi qarz berish amaliyoti ribo annasiya ayni
o‘zi bo‘lib , bunda qarzdor kredit shartnomasi bo‘yicha pul (foiz) xam to‘laydi.
Riboning xarom qilinishining xikmati nimada? Quvayt fiqh ensiklopediyasida ushbu
savolga javob sifatida quyidagi Muloxazalar keltirgan. Mufassir ulomolar riboning
xarom qilinishida bir qancha shar’iy sabablarni keltirishgan: Birinchidan ,,ribo‘’ –bir
inson boshqa bir insonning molini evassiz olishini taqozo etadi. Chunki kimdir bir
so‘mni ikki so‘mga sotsa (almashsa) u xox naqd bo‘lsin , xox nasiya xech qanday
evassiz ortiqcha bir so‘mni qo‘lga kiritayotgan bo‘ladi. Musulmon kishining moli
uning extiyojlariga bog’liq bo‘ladi va uning moli daxlsiz xisoblanadi. Payg’ambarimiz
muhammad (s.a.v) ning ,, musulmon molining xurmati uning qoning xurmati kabidir’’
( ya’ni qoniga tajovuz qilish xarom bo‘lganidek , uning moliga tajovuz qilish ham
xarom ) degan ma’noda xadislari bor. Foyda keltiradigan xar qanday qarz ribodir. Qarz
berganda odamlarga yordam berish, ularning xayotini yengillashtirish iroda qilinadi .
Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun
qarz beruvchi o‘zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina xaqqi bo‘ladi. Agar qarz
berishdan biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa xam, biror narsa qo‘shib berish
urfga kirib qolgan bo‘lsa, yoki kimdir qarz olib unga foyda qoshib berishni odat qilib
olgan bo‘lsa , olingan foyda xarom bo‘ladi. Birinchidan , bank kredit tizimida jiddiy
kamchilik hisoblanadi.

Islom iqtisodiyotida foyda me’yori-foiz stavkasidan farqli ravishda, resurslarni

taqsimlashning yanada samarali va oqilona mexanizmi zamonaviy iqtisodiyotning
ko‘plab salbiy tendensiyalari ( monopollashtirish , boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi
keskin farq , moliyaviy inqirozlar va boshqalar)ga qarshi turuvchi tizim bo‘lganligi
uchun ham jiddiy o‘rganishga loyiqdir. Islom moliyasi sohasi oldida turgan boshqa
qator muammolarni ham sanab o‘tish mumkin, negaki ,,murakkablik va muammolar”
har qanday tizimga xos. Muammolarni anglab yetish va tan olish samarali yechimlar


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

61

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

topish yo‘lida boshlang’ich nuqta hisoblanadi. Bu esa tizimning o‘zi va uning barcha
,,tarkibiy qisimlarini” sog’lomlashtiradi. Agar soha vakillari yuqorida aytib o‘tilgan
muammolarning hech bo‘lmasa bir qismini hal qilishsa ham, bu- tizimning rivojlanishi
va yuksalishida ulkan qadam bo‘lar edi.

REFERENCES

1. Ahmed, S. (1989), Islamic Banking and Finance, Journal of Monetary

Economics, Vol 24, pp. 157-167.

2. Blitz, R. and Long, M. (1965), The Economics of Usury Regulation. Journal of

Political Economy, Dec., pp. 608-619.

3. Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli

iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.

4. AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT

TUSHUNCHASI,

AFZALLIKLARI

VA

AMALIY

AHAMIYATI.

АХБОРОТКОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ

ВА

ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРНИНГ ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАРИ ВА
ЕЧИМЛАРИ ОНЛАЙН РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ТЕХНИК АНЖУМАНИНИНГ
МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ, 2 (6), 794

5. Akhmadjonov, A Abdullayev, A Abdupattayev, M Sultonov. (2021). ISLAMIC

BANKING MANAGEMENT, ASSETS AND LIBILITIES. Scientific progress, 2 (6),
1525-1532.

6. M Mamadjonov, A Abdullayev, I Abdurahmonov, A Mamadaliyev. (2021).

CHALLENGES OF MANAGEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scientific
progress, 2 (6), 1533-1537.

7. MMQ Tojiyeva, AAU Abdullayev. (2021). THE USE OF MODERN

TECHNOLOGIES IN STATISTICAL DATA COLLECTION. Asian Journal of
Multidimensional Research 10 (12), 250-254.

Bibliografik manbalar

Ahmed, S. (1989), Islamic Banking and Finance, Journal of Monetary

Economics, Vol 24, pp. 157-167.

Blitz, R. and Long, M. (1965), The Economics of Usury Regulation. Journal of

Political Economy, Dec., pp. 608-619.

Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli

iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.

AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT

TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI.

АХБОРОТКОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА

ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРНИНГ ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАРИ ВА

ЕЧИМЛАРИ ОНЛАЙН РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ТЕХНИК АНЖУМАНИНИНГ

МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ, 2 (6), 794

Akhmadjonov, A Abdullayev, A Abdupattayev, M Sultonov. (2021). ISLAMIC

BANKING MANAGEMENT, ASSETS AND LIBILITIES. Scientific progress, 2 (6),

-1532.

M Mamadjonov, A Abdullayev, I Abdurahmonov, A Mamadaliyev. (2021).

CHALLENGES OF MANAGEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scientific

progress, 2 (6), 1533-1537.

MMQ Tojiyeva, AAU Abdullayev. (2021). THE USE OF MODERN

TECHNOLOGIES IN STATISTICAL DATA COLLECTION. Asian Journal of

Multidimensional Research 10 (12), 250-254