Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
243
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA
ZIYORATGOHLARNING AHAMIYATI
Eshiniyazov Berdiniyaz Ańsatbay ulı
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi
berdiniyaz.eshiniyazov@ndpi.uz
Saliev Erkin Polatbay ulı
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Geografiya o’qitish metodikasi
kafedrasi o’qituvchisi
Tursınbaev Alpamıs Kenesbaevich
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi
Nukus shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston
ANNOTATSIYA
Ayni paytda jahonda globallashuv davrida davom etayotgan barcha sohalardagi
o‘zaro integratsiya jarayonlari turizm sohasini yanada rivojlantirishga turtki
bo‘lmoqda. Ziyorat turizmi turizmning boshqa sohalari qatori alohida ahamiyatga
ega bo‘lib, barcha xalqlarning ma’naviy va moddiy madaniyatini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Shu bois dunyoning barcha davlatlari ushbu sohani rivojlantirish
uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda. Ziyorat turizmi nafaqat dunyo
xalqlariga o‘z milliy o‘zligini anglashda yordam beradi, balki ular o‘rtasidagi
madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga ham keng yo‘l ochadi. Ma’naviy
madaniyatning muhim tarkibiy qismi sifatida bu sohaning tobora rivojlanib borishi
xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’naviy munosabatlar uchun zamin yaratadi.
Kalit so’zlar:
turizm, ziyoratgohlar, ziyorat turizmi, madaniy-ma’naviy
munosabatlar, madaniy meros obyektlari.
ЗНАЧЕНИЕ СВЯТЫНЬ В РАЗВИТИИ ТУРИЗМА В РЕСПУБЛИКЕ
УЗБЕКИСТАН
АННОТАЦИЯ
В настоящее время продолжающиеся процессы взаимной интеграции во
всех сферах мира в эпоху глобализации стимулируют дальнейшее развитие
туристической сферы. Паломнический туризм, наряду с другими
направлениями туризма, имеет особое значение и служит развитию духовной
и материальной культуры всех народов. Поэтому все страны мира используют
все возможности для развития этой отрасли. Паломнический туризм не
только помогает народам мира осознать свою национальную самобытность,
но и открывает широкий путь для развития культурно-гуманитарных связей
между ними. Дальнейшее развитие этой области как важной составляющей
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
244
духовной культуры создает основу для культурных и духовных связей между
народами.
Ключевые слова
: туризм, святыни, паломнический туризм, культурно-
духовные связи, объекты культурного наследия.
THE IMPORTANCE OF SHRINES IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM
IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
ABSTRACT
Currently, the processes of mutual integration in all spheres, which are ongoing
in the era of globalization in the world, give impetus to the further development of the
tourism sector. Pilgrimage tourism, along with other areas of tourism, is of
particular importance and serves the development of the spiritual and material
culture of all peoples. Therefore, all countries of the world are using all opportunities
to develop this industry. Pilgrimage tourism not only helps the peoples of the world to
understand their national identity, but also opens a wide way for the development of
cultural and humanitarian relations between them. The growing development of this
field as an important component of spiritual culture creates a foundation for cultural
and spiritual relations between peoples.
Keywords:
tourism, shrines, pilgrimage tourism ,cultural and spiritual relations,
objects of cultural heritage.
KIRISH
Davlatimiz doimo ko’plab madaniyatlar va sivilizatsiyalarning kesishish
markazi bo’lib kelgan, bu yerda turli dinlar targ’ib qilingan, shuning uchun ham
mamlakatimizda islom, buddizm va xristian dinlariga tegishli noyob yodgorliklar
saqlanib qolgan. Shu munosabat bilan mahalliy va xorijiy ziyoratchilar va sayyohlar
oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, respublikaning
ziyorat turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga
qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son
«Ichki va ziyorat turizmini Yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2022
yil 15 yanvardagi PF-52-son «Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini
Yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida», 2022 yil 28
yanvardagi pf-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonlari, 2022 yil 18 fevraldagi pq-135-son
«turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori,
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
245
o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 120-son
«muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh, masjid va qabristonlarni obodonlashtirish
ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida», 2021 yil 24 fevraldagi 100-son «ichki va
ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
qarorlarida belgilab berilgan vazifalar davlatimizda ziyorat turizmini yanada
rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
ASOSIY QISM
Ziyorat turizmi o’z sohasida juda ko’p davrlarni bosib o’tgan va bugingi kunda
turizmning eng daromadli sohalaridan biriga aylandi. Ziyorat so’zi arab tilidan
tarjima qilinganda “safar”, “sayohat” ma’nolarini anglatadi. Turkiy xalqlar tilida u
mahalliy ziyoratgohlarni diniy maqsadda ziyorat qilishni ifodalaydi. Lotinchadan
tarjima qilinganda “palmarius”, “palmovnik” – Palma (G’alaba daraxti )
palmanavdasini olib yurish so’zidan oilngan.
Diniy va Ziyorat turizmining nazariy masalalari, uning rivojlanishi hamda
hududiy hususiyatlari ko’plab iqtisodchi, geograf va tarixchi olimlar tomonidan
o’rganilgan. Jumladan bu masalada xorijlik olimlardan K.Griffin, G.Vilkinson,
D.H.Olsen, N.Nilson, R.Raj, S.Singh, S.Nolan, V.Vang, K.Huang, J.S.Chen,
X.Oxovat, L.E.Hudman, M.L.Nolan, R.Eid, R.H.Jekson kabi olimlarning
tadqiqotlarida Ziyorat turizmi masalalari tadqiq etilgan.
Shu jumladan MDH davlatlari olimlari A.V.Babkin, G.N.Gujina, T.T.Xrislov,
S.R.Erdavletov,
A.IZiryanov,
T.A.Prokopenko,
S.Y.Jitenov,
D.ATroitskiy,
T.L.Dubnik, T.V.Boyka, K.A.Mazin, S.V.Dusuyen, V.N.Yakunin, G.P.Doljenko,
L.B.Savenkovalarning ilmiy ishlarida diniy va ziyorat turizm sohasini rivojlantirish
masalalari o’rganilgan.
Hozirgi
kunda O‘zbekistonda tarixiy-madaniy ob’ektlar, muqaddas
qadamjolarga e’tibor kuchayib, ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratila boshlandi. Respublikamizda 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra jami 8 210
ta madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, shundan 7 827 tasi davlat mulki va 383
tasi xususiy mulk hisoblanadi.
Islom dini ta’limotiga ko‘ra aziz-avliyo va allomalarning maqbaralari va
qabrlarini ziyorat qilish mustahab, savobli amallardan sanalib, ziyorat orqali insonlar
o‘tmishdan ibrat olib, ularning qalblari yumshab, dunyoning o‘tkinchi ekanini anglab,
savobli va hayrli ishlar qilishga undaydi. Zero, islom dini ta’sirida ziyoratgohlar
haqidagi qarashlarning ilohiy jihatlari, ularning ajdodlardan avlodlarga o‘tib,
odamlarning ruhiy-ma’naviy tasavvurini boyishiga xizmat qilayotganligi muhimdir
Hozirgi kunda dunyoda 10 dan ortiq ziyorat turizmining yirik markazlari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
246
mavjud bo’lib, ular orasida Islom qadriyatlari yuqori bo’lgan O’rta Osiyo
davlatlarining borligi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlari
kattaligidan dalolat beradi.
Ziyorat turizmi va ziyoratgohlarga oid qarashlar asosida muqaddas qadamjolar
va ziyoratgohlar asosan uch turga bo‘linadi. Bular quyidagilar:
- Xalqaro ahamiyatga ega ziyoratgohlar;
- Respublika ahamiyatiga ega ziyoratgohlar;
- Mahalliy ahamiyatga ega ziyoratgohlar
Mamlakatimiz turistik resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyoda,
xususan vatanimizda ham buyuk avliyolar, olimlar, yashab, dafn etilgan qadamjolar,
ziyorat maskanlari ham, ko’plab turistlarni o’ziga jalb etadi. Ko’pgina avliyolarning
dafn etilgan joylari va qabrlari qayta rekanstruksiya qilinib, asl holatiga
qaytarilmoqda. Butun jahonga tanilgan allomalarimizdan Imom al-Buxoriy,
G’ijdivoniy, Bahoviddin Naqshbandiy, Imom al-Moturidiy, Mahmudi A’zam,
Zangiota, Shayx Hovand Tohur kabi ko’plab aziz avliyolar, imomlar maqbaralari
musulmon ahli ziyorat qiladigan va ma’naviy oziqa oladigan maskanlarga
aylantirilmoqda. Imom Al-Buxoriy majmuosini muhim ziyoratgohga aylantirish
xalqaro ahamiyat ega bo’lib, musulmon olamida bu ziyoratgoh muhim va ahamiyatli
ziyoratgoh hisoblanadi. Ziyoratshi turistlarga infratuzilmalarni shakllantirish bilan
ularga qulay shart-sharoit yaratish, bugungi kunning muhim masalalaridan biridir.
Xorijiy davlatlar fuqoralari, ziyoratchi turistlarning mamlakatimiz ziyoratgohlariga
va boshqa turistik obyektlariga ortiqcha qiyinchiliklarsiz kelib ketishlarini ta’minlash,
samarali reklama tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha hukumatimiz tomonidan keng
qamrovli shora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Imom Al-Buxoriy ziyoratgohi
Musulmon olamining mashhur allomalaridan biri Imom al-Buxoriy 810-yil 21-
iyulda Buxoroda tavallud topgan, 870-yilda Samarqanddan (hozirgi Samarqand
viloyatining Chelak tumani) 25 km uzoqlikda joylashgan Xartang qishlogʻida vafot
etgan va u yerda dafn etilgan. Biroq, bu joy asrlar davomida qarovsiz qolgan edi lekin
davlatimiz mustaqillikka erishgach, majmua qayta tiklanib rekanstruksiya ishlari
amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati 1997-yil 29-aprelda Imom al-
Buxoriy tavalludining 1225 yilligini hijriy qamariy taqvim bo‘yicha nishonlash
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Respublikamiz hududida boshqa dinlar singari islom madaniyati va uning
so‘fiylik oqimiga oid ko‘plab muqaddas joylar mavjud. Eng qimmatbaho, noyob
yodgorliklar va qadamjolar YUNESKO ning Butunjahon merosi obyektlari sifatida
tan olingan. Ular orasida Islom olamida Muborak Buxoro maʼnosini anglatuvchi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
247
Buxoroyi-Sharif deb nomlangan Buxoro shahri, ko‘plab bebaho yodgorliklarga ega
Samarqand shahri, Amir Temurning vatani hisoblanuvchi Shahrisabz, shaharlari
qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, butun hayoti davomida jiddiy o‘zgarishlarga duch
kelgan. Hozirgi kunda O’zbekstonda O‘zbekistonda 10 dan ortiq muqaddas va
eʼzozlangan nasroniy va musulmon joylari, ziyoratgohlar mavjud.
Tadqiqotlarga ko‘ra ziyoratgohlar ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatiga ko‘ra quyidagi
4 turga bo‘lgan holda tasniflandi:
1. Kishilarni vatanparvalik, mardlik, jasurlik ruhida tarbiyalashga da’vat etuvchi
avliyo va ulamolarning ziyoratgohlari. Ya’ni, bunday ziyoratgohlarga tashrif
buyurgan ziyortachilar o‘zlarida jasurlik va mardlik tuyg‘ularini va ulamolarning
bunday fazilatlarini mujassam etishga intiladilar. (masalan, Najmiddin Kubro, Amir
Temur, Pahlavon Maxmud, Mirzo Ulug‘bek, Muxammad Raximxon Feruz va
boshqalar);
2. Kishilarda adolat, sahovat, mehnatsevarlik, mehr-oqibat tuyg‘ularini
ta’minlashga xizmat qiluvchi ulamolarning ziyoratgohlari. Bunday ziyoratgohlarga
tashrif buyurgan insonlar o‘tmish ajdodlarimizdagi sahovat, mehr muruvvat,
mehnatsevarlik singari ezgu tuyg‘ularni o‘zlarida mujassam qilishga intiladilar
(masalan, Baxovuddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Xoja Axrori Valiy, Xoja
Muxammad Porso, Ahmad Yugnakiy va boshqalar);
3. Kishilarni diniy e’tiqodga, diniy axloq va sadoqat, vafodorlik ma’naviyat va
ma’rifatga chaqiruvchi avliyolarning ziyoratgohlari (Imom al-Buxoriy, Imom al-
Moturidiy, Shayx Hovandi Toxur, Ahmad Yassaviy, Imom at-Termiziy, Hakim at-
Termiziy, Abul Muin an-Nasafiy, Hazrati Imom (Xasti Imom), Zangi Ota, Maxdumi
A’zam va boshqalar);
4. Kishilarni ilm-ma’rifatga chaqiruvchi avliyolarning ziyoratgohlari. Ya’ni,
bunday fazilatli avliyolarning avliyolik darajasiga etishida ilmga intilish, tinimsiz
mehnat yotganligi bois ziyoratchilarda ilmli bo‘lishga intilish, mehnatga bo‘lgan
munosabat, ilm-ma’rifatga nisbatan hurmat-ehtirom shakllanadi. (Abu Ali Ibn Sino,
Burxoniddin al-Marg‘inoniy, Abu Bakr al-Xorazmiy, Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy va boshqalar).
XULOSA
O’zbekston hududida joylashgan ziyoratgoh maskanlardan xalqaro darajada
turizm maqsadlarida foydalanish uchun imkoniyatlar serob. Davlatimiz rahbari
tomonidan turizmni isloh qilish uchun bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ammo, uchbu farmon va qarorlarning ijrosi mahalliy hokimyatlar tomonidan va
hududiy turizm boshqarmalari tomonidan ijrosi sust darajada olib borilmoqda.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
248
Prezident tomonidan o’tkazilgan selektorda tanqidiy xulosalar bildirilib kelajakda
turizm imkoniyatlarini oshirishni vazifa qilib belgilab berdi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI: (REFERENCES)
1.
Egamberdiev, F., & Eshiniyazov, B. A. (2022). Turizmniń rawajlanıwındaǵı
geografiyalıq kórsetkishler. In
International conferences
(Vol. 1, No. 21).
2.
Egamberdiev, F. B., & ulı Eshiniyazov, B. A. (2022). TURIZM
TARAWLARINIŃ GEOGRAFIYALÍQ TIYKARLARÍ. In
INTERNATIONAL
CONFERENCES
(Vol. 1, No. 21, pp. 243-246).
3.
Iskenderov, A. B., & ulı Eshiniyazov, B. A. (2023). ÓZBEKSTAN
AYMAǴINDA TURIZMNIŃ JAŃA TÚRLERINIŃ RAWAJLANÍWÍ.
Educational
Research in Universal Sciences
,
2
(6), 217-220.
4.
Iskenderov, A. B., & ulı Eshiniyazov, B. A. (2023). TURIZMDI
RAWAJLANDÍRÍWDA
TURIZM-REKREACIYALÍQ
RESURSLARDÍŃ
ÁHMIYETI.
Educational Research in Universal Sciences
,
2
(6), 212-216.
5.
Iskenderov
A.B.,
Saliev
E.P.,
Eshiniyazov.B.A.
GEOGRAFIYA
SABAQLARINDA TURIZM TARAWLARINIŃ ÚYRENILIWI//Aniq va tabiiy
fanlarni masofaviy oıqitishning dolzarb masalalari. – 2023. С.125-128.
6.
Iskenderov A.B., Uzaqbaev Q.K., Sharibaev A.m., Djanabaev I.B. “Turizm hám
rekreaciyalıq geografiya” páninen oqıw-metodikalıq qollanba. Nókis- 2019, 128 bet.
7.
Eshiniyazov , B. A. uli, Saliyev, E. P. uli, & Egamberdiev, F. B. (2023).
TURIZM
TARAWLARINIŃ
ILIMIY
TIYKARLARINIŃ
ÚYRENILIWI.
Educational Research in Universal Sciences
,
2
(4), 821–825. Retrieved from
http://erus.uz/index.php/er/article/view/2237
8.
Eshiniyazov, B.A. ÓZBEKSTAN EKONOMIKALIQ HÁM SOCIALLIQ
GEOGRAFIYASIN
ÚYRENIWDE
TURIZMDI
RAWAJLANDIRIW
MÁSELELERI//
Aniq va tabiiy fanlarni masofaviy oıqitishning dolzarb masalalari
. –
2023. С.128- 131.
9.
Orziqulov
Bahrom Xolmuradovich. O’zbekistonda ziyorat turizmini
rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy asoslari// Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PHD) dissertatsiyasi. – Toshkent-2023.
10.
Ешиниязов,
Б.А.
КОРАКАЛПОГИСТОНДА
САНОАТНИНГ
РИВОЖЛАНИШИДА МИНЕРАЛ РЕСУРСЛАРИНИГНГ АХАМИЯАТИ//
Aniq
va tabiiy fanlarni masofaviy oıqitishning dolzarb masalalari
. – 2023. С.134-137.
11.
Эралиев Б. Остонақулов И, Абдулахатов Н. Ўзбекистон зиёратгоҳлари ва
қадамжолари (Андижон ва Наманган вилоятлари). – Тошкент: Турон замин зиё,
2014.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
249
12.
Қурбаниязов А., Искендеров А.Б., Айтмуратов Б. Қорақалпоғистон
Республикасида рекреация ресурсларидан фойдаланиш масалалари// Жанубий
Ўзбекистонда география мактабининг шаклланиши ва ривожланиши. Илмий-
амалий конф.материаллари. – 2006.-Б.116-117.
13.
Баллиева, Руза; Искендеров, Алишер. История исследования природных
ресурсов и природопользования в Приаралье// Актуальные проблемы
современной науки. -2003/2. С.22-25.
14.
Искендеров, А.Б. Тәбийий ресурслардан пайдаланыўдың географиялық
тийкарлары// 2009-жыл «Аўылды раўажландырыў ҳәм абаданластырыў»
жылына бағышланған 2008-жыл илим-изертлеў жумысларының нәтийжелери
бойынша профессор-оқытыўшылар ҳәм аспирантлардың илимий-теориялық
конференция материаллары. -2009. Б.124-125.
15.
Искендеров А.Б. Инженерлик географияда табиий ресурслардан
фойдаланиш масалалари// География ҳәм геоэкология пәниниң регионаллық
машқалалары атамасындағы Республикалық илмий-әмелий конференция
материаллары. Н.ҚМУ.2009. Б.-244-245.
16.
Искендеров А.Б. Султон-Увайс тоғи минерал ресурсларининг географик
жойлашишини ўрганиш масалалари (металли фойдали бойликлар мисолида)//
Қўҳна ва навқирон география. Илмий-амалий конф.материаллари. –Т.,ЎзМУ,
2009. Б.-107-108.
17.
Искендеров А.Б. Табиий ресурслардан фойдаланишда инженер
географиянинг аҳамияти// География: тарих, назария, методлар, амалиёт.
Иқтидорли талабалар ва ёш олимларнинг республика илмий-амалий
конференцияси материаллары. Т.,ЎзМУ.2010. Б.-72-74.
18.
Искендеров А.Б. Султон-Увайс тоғи минерал ресурсларининг географик
жойлашиши ва хўжаликдаги аҳамияти// Ўзбекистон География жамияти
ахбороти, № 37.-Т., 2011.-Б. - 47-49.
19.
Искендеров А.Б. Ландшафттаныўда тәбиятдан пайдаланыўды болжаў
мәселелери// «Жоқары билимли ҳәм интелектуаллығы раўажланган әўладты
тәрбиялаў-елди турақлы раўажландырыў және модернизациялаўдың әҳмийетли
шәрти» темасындағы илимий-теориялық конференция материаллары топламы.
Нөкис. 2012. -Б.-184-185.
20.
Искендеров А.Б., Сатимов Т.Қ., Таженов А. Табиий ресурслардан
фойдаланишнинг баъзи масалалари// География: тарих, назария, методлар,
амалиёт. Иқтидорли талабалар ва ёш олимларнинг республика илмий-амалий
конференцияси материаллары. Т.,ЎзМУ.2010. Б.-35-38.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
250
21.
Искендеров А.Б., Собиров М. Табиатдан фойдаланишнинг таълим-
тарбиявий жиҳатлари// Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий
университетида ўтказилган «География: инновацион ғоялар, технологиялар ва
лойиҳалар» мавзусидаги республика илмий –амалий конференцияси
материаллари. Т.,ЎзМУ, 2012. -Б.-304-306.
22.
Вахобов Хурбой Вахобович, Искендеров Алишер Базарбаевич. Развитие
инженерного направления в физической географии// Вестник ККО АН РУз. –
2003. С. 40-41.
23.
Вахобов Хурбой Вахобович, Вахобов Улугбек Хурбоевич, Искендеров
Алишер
Базарбаевич.
Типизация
горнодобывающих
и
горно-
перерабатывающих сооружений по степени их влияния на окружающую среду//
Табиий географиянинг регионал муаммолари Илмий конференция материалари
тўплами. – 2002. С.103-105.
24.
Искендеров Алишер, Атананазаров Курал, Турдымамбетов Изимбет.
Загрязнение природной среды Республики Каракалпакстан в связи с ростом
антропотехнический
нагрузки//
Материалы
международной
научно-
практической конференции посвященной “Теоретические и прикладные
проблемы географии на рубеже столетий”. Часть-I Алма-Ата, КазНУ, 2004.-С.
91-93.
25.
Искендеров, А. Б., & Абдираманов, Б. С. У. (2022). ЖАНУБИЙ
ОРОЛБЎЙИДАГИ
ТАБИИЙ
ГАЗ
КОНЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШ
МАСАЛАЛАРИ.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(10), 335-339.
26.
Искендеров, А. Б., & Длимбетов, Қ. Ж. (2022). ЎЗБЕКИСТОН
РЕСПУБЛИКАСИ НЕФТЬ-ГАЗ ТАБИИЙ РЕСУРСЛАРИДАН КЕЛАЖАК
ФОЙДАЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol.
1, No. 21, pp. 251-254).
27.
Баллиева Р., Искендеров А.Б. Значение топонимии для изучения
природопользования Приаралья в XIX и началеXXвв // Аспирант и Соискатель
М. 2002 №3. -С. 29-30.
28.
Iskenderov A. B., uli Saliyev E. P., ulı Abdiramanov B. S. SANAATTI
RAWAJLANDIRIWDA
TÁBIYIY
SHÁRAYAT
HÁM
TÁBIYIY
RESURSLARDIŃ POTENCIALLARI //Educational Research in Universal Sciences.
– 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 826-830.
29.
Eshiniyazov.
B.
TOURISM
POTENTIAL
OF
REPUBLIC
OF
KARAKALPAKSTAN
AND
PROSPECTS
FOR
ITS
DEVELOPMENT//
Экономика и социум. -2023. T.111. - №.8. – C.76-78.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
251
30.
Iskenderov
A.B.,
Eshiniyazov
B.A.
DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM ON THE TERRITORY OF THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
// Экономика и социум. -2023. T.112. - №.9. –
C.138-141.