Диагностика и эпизоотология эмериоза кроликов

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
366-368
1
0
Поделиться
Расулов, У., Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2024). Диагностика и эпизоотология эмериоза кроликов. in Library, 1(2), 366–368. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/29025
Уткир Расулов, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий

Доцент - Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины,
животноводства и биотехнологий

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается современное кролиководство в Булунгурском и Джомбойском районах Самаркандской области. проведены обследования по эймерозу кроликов в хозяйствах и зафиксировано состояние экстенсивности и интенсивности инвазии. сделанный


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

366

Maxsus son 5. 2023

UDK:616-093:636.92

Davlatov

R.B.,

professor,

Rasulov O‘.L,

dotsent v.b.,

Xushnazarov A.X.,

tayanch doktorant,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Quyon eymeriozining diagnostikasi va epizootoologiyasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining Bidung ‘ur va Jomboy tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslash- gan

xo ‘jaliklarda quyon eymerozi uchun tekshirish ishlari amalga oshirilgan bo ‘lib invaziyaning ekstensivlik va intensivlik holati bayon
qilingan.

Kalit so‘zlar.

Quyon, eymerioz, eymeriya, protozoa, apicomplexa, sporozoa, coccidiida, ootsista, invaziya, Darling usuli, ekstensivlik,

intensivlik.

Mavzuning dolzarbligi.

O‘zbekiston Respublika- si

Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qarorida
O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 2026-yillarga
mo‘ljallangan dasturi tasdiqlangan bo‘lib, mamlakatda
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish
hisobiga oziq-ovqat xavfsi- zligini ta’minlash, ishlab
chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali
qo‘shilgan qiy- mat zanjirini yaratish, kooperatsiya
munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning
tarmoqlarini

davlat

tomonidan

qo‘llab-quvvatlash,

shuningdek,

mazkur

sohada

zamonaviy

axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan
samarali foyda- lanishni tashkil etish maqsadida: chorvachilik
sohasi va uni tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinganda
bugun- gi kunda respublikamizda 254 ta quyonchilik xo‘jaligi
faoliyat yuritayotganligi ilg‘or xorijiy tajriba asosida
chorvachilik sohasining quyonchilik tarmoqlarida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish; quyon go‘shti
mahsulotlarining

ichki

va

tashqi

bozor-

lardagi

raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlami
xalqaro sifat talablariga moslashtirish; quyon go‘shtining
tavsiya etilgan minimal iste’mol normalarini qayta ко‘rib
chiqish, shuningdek, aholin- ing sog‘lom ovqatlanish
madaniyatini oshirish; quyonchilik tarmog‘ini yanada
rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot
ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish.

Ushbu ustuvor yo‘nalishlar doirasida respublikamizda

sifatli quyon go‘shtini iste’mol qilish darajasini ko‘tarish
hamda umumiy go‘sht mahsulotlari hajmi- da uning ulushini
oshirish nazarda tutilgan va ijrosi bo‘yicha barcha mas’ul
tashkilot va korxonalaming faoliyatini jadallashtirish talab
etilgan.

Dastumi amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish yo‘nalishida: quyon
go‘shtini yetishtirish hajmi 100 tonnadan 23 ming tonnaga
yetkazish aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish
hajmini 3 kilogrammdan oshirishga im- koniyat yaratadi;
quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida

respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini
tashkil etish va naslli quyon- lar bosh sonini ko‘paytirish
choralarini ko‘rish; go‘sht yo‘nalishidagi quyon zotlarini
mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik
bo‘rdoqichilik

xo‘jaliklarini

tashkil

etish

hisobiga

kooperatsiya tizimi- ni joriy etish va qo‘shilgan qiymat
zanjirini yaratish choralarini ko‘rish; ilm-fan va ishlab
chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish,
innovatsion tex- nologiyalami amaliyotga keng joriy etish,
quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali mutaxassislarga
bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda
kadrlar tayyorlash, ulaming malakasini oshirish maqsadida
o‘quv-uslubiy qo‘llanma va amaliy tavsiyalar tayyorlash, chop
etish zaruriyati mavjud.

Ayni paytda quyonlaming kasallanishida parazitar

kasalliklaming salmog‘i ham sezilarli darajada osh- moqda,
bunga asosiy sabab quyonchilik bilan shug‘ul- lanuvchilarning
malakasini yetishmasligi, veterinariya mutaxassislarining jalb
etilmaganligi, zoogigyena va sanitariya qoidalariga rioya
etmaslik, parazitar kasal- liklarga qarshi rejali profilaktika
choralari ko‘rilmasli- gidir.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa

hisoblangan hozirgi davrda quyonchilik tarmog‘ini ham
samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
dolzarb

vazifani

bajarishda

quyonlarda

uchraydigan

kasalliklami oldini olish va samarali davolash usullarini joriy
etish ushbu tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi zarurat
hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda Respublikamizda
quyonlaming

parazitar

va

boshqa

kasalliklari

ilmiy

izlanuvchilar tomonidan deyarli o‘rganilmagan.

Tadqiqotning

maqsadi.

Samarqand

viloyatining

Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida ko‘paytirilayotgan naslli
(Hycole zotli) quyonlar orasida eymeriozni di- agnostikasi
hamda epizootologik holatini o‘rganishdan iborat.


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

Maxsus son 5. 2023

367

Tadqiqot ob’ekti va uslublari.

Tadqiqotlar Samar- qand

viloyatining Bulung‘ur hamda Jomboy tumanlar- idagi shaxsiy
yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari, “Bo‘riboy Mustaev
zamin nur” F/X hamda “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa
xizmati” MCHJ larida ko‘pay- tirilayotgan turli yoshdagi
spontan (tabiiy) zararlangan quyonlarda olib borildi.
Tadqiqotlarda quyonlardan ol- ingan tezak namunalarini
tekshirishda Darling usulidan foydalanildi.

Muammoning

urganilganlik

darajasi.

Quyon

eymeriozining qo‘zg‘atuvchisi sistematika bo‘yicha

Protozoa

hayvonot olamiga,

Apicomplexa

tipiga,

Spo- rozoa

sinfiga,

Coccidiida

turkumiga,

Eimeriidae

oilas- iga,

Eimerinae

kichik

oilasiga va

Eimeria

avlodiga mansub. Ushbu koksidiyalar

turlaridan biri

Eimeria stiedae

quyon jigarida parazitlik qiladi

va eymeriozni keltirib chiqaradi, boshqa turlari

E.perforans,

E.media, E. magna, E.irresidua

lar esa ichakda parazitlik qilib,

patologik jarayon uzoq vaqt davom etadi (30-50 kun).

Barcha sporalilar kabi quyon eymeriozi ham uchta

taraqqiyot davrini boshdan kechiradi: 1 davr shizogoni- ya
yoki jinssiz ko‘p marta bo‘linish yo‘li bilan ko‘pay- ish; 2 davr
gametogoniya yoki jinsiy ko‘payish; 3 davr sporogoniya yoki
jinssiz ko‘payish yo‘li bilan spo- rozoitlar hosil qilish va ulami
bir xo‘jayin ishtirokida rivojlanuvchilarida tashqi muhit
taassurotidan himoya qiluvchi spora hosil qilish davrlari bilan
ko‘payadi.

Eymeriyalami hay von ozganizmida joylashuviga bog‘liq

ravishda quyon eymerozining uch shakli farqla- nadi: 1. Ichak,
2. Jigar, 3. Aralash shakllari. Amaliyotda invaziyaning aralash
shakli muhim o‘rin tutadi. Kasal- likning boshlanishida
quyonning

ichaklari

zararlanib,

keyinchalik

jigari

invaziyalanadi va natijada aralash shakl boshlanadi.
Invaziyaning

yashirin

davridan

key

in

quyonchalar

loxaslanadi, odatdagidek harakatchanli- gi yo‘qolib, qomini
yerga berib yotadi. Ishtahasi pas- ayib, ozuqa yemay qo‘yadi.
Qorin bo‘shlig‘i shishadi va og‘riq beradi, axlati suyuqlashib,
bazan shilliq va qon aralash bo‘ladi. Kasai quyonlar o‘sishdan
qoladi, oriqlaydi, jun qoplami hurpayib turadi. Siydik ajralishi
tezlashadi. Ba’zan so‘lakajralishkuchayib, burun shilliq
pardasi kataral yallig‘lanadi va kon’yuktivit rivojlanadi.
Jigarda yalligTanish jarayonlarini boshlanishi bilan or- ganizm
nimjonlashib, quyon tashqi muhitga e’tiborsiz bo‘lib qoladi va
uzoq yotadi. Ishtahasi yo‘qoladi, qomi shishgan bo‘lib, o‘ng
tomonini bosib ko‘rganda og‘riq sezadi. Ko‘rinarli shilliq

pardalari sarg‘ayadi, oyoqlari va bo‘yin mushaklari shol
bo‘lib, qaltiray boshlaydi, so‘ngra esa 7-10 kunda nobud
bo‘ladi.

Tadqiqot usullari va natijalari.

Tadqiqotlarimiz

Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy tuman- larida
o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqot davomida eksperimen- tal,
mikroskopik va statistik usullardan foydalanildi. Ka- sallikka
gumon qilingan va kasallangan quyonlaming 3-5 gr tezak
namunasi suv bilan zichlik darajasi yarim suyuq holatga
kelguncha aralashtirildi, sentrifuga pro- birkalariga suzildi va
1-2 daqiqa davomida sentrifugan- ing 1000-1500 tezlik/min
davomida sentrafuga qilindi. Suyuqlik qismi to‘kib tashlandi,
cho‘kmaga glitserin va osh tuzining to‘yingan eritmasidan teng
miqdorda tayyorlangan aralashmadan qo‘shildi, sentrifuga
probir- kasi yaxshilab chayqatilib, qaytadan 2 daqiqa
davomida 1000-1500 tezlik/minutda sentrafuga qilindi.
Suyuqlik yuzasiga qalqib chiqqan eymeriya ootsistalari simli
ilm- oq bilan olinib, buyum oynasiga qo‘yilib, mikroskopda
tekshirildi. Tekshirilgan quyonlaming tezak namunasi- da
eymeriya ootsistalari mavjudligi aniqlandi.

Ushbu jadval ma’lumoti bo‘yicha “Bo‘riboy Mustaev

zamin nur” F/X da parvarishlanayotgan 355 bosh quyonlaming
24 boshida eymeriyalar bilan zararlan- ganligi tekshiruv
natijasida aniqlanib, invaziyaning ek- stensivligi 6,2 % ni
tashkil qildi.

Jomboy tumanidagi “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa

xizmati” MCHJ da ko‘paytirilayotgan 125 bosh quyonlaming
36 boshi eymerioz bilan kasallanganligi koprologik usul
yordamida aniqlanib invaziyaning ek- stinsivligi 28,8 ni tashkil
etdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra kasallikni ikki tuman- dagi

tarqalish holati, saqlash sharoiti, oziqlantirish va profilaktika
tadbirlarini rejali amalga oshirish ko‘rsat- kichlariga bog‘liq
bo‘lib, “Bo‘riboy Mustaev zamin nur” F/X da oxirgi
zamonaviy texnologiyalardan un- umli foydalanganlik va
oziqlantirish uchun boyitilgan qo‘shimchalari mavjud oziqa
berilganligi, profilaktika maqsadida eymerostatik vositalardan
foydalanilganligi natijasida kasallik ko‘rsatgichi nisbatan past
ko‘rsat- kichda bo‘lsa, “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa
xizmati” MCHJ esa invaziya ekstensivligi yuqori
ko‘rsatkichda qayd etildi, chunki ushbu MCHJ quyonxonasida
asrash uchun yetarli gigiyenik qulayliklar yaratilmaganligi,
profilaktika maqsadida eymerostatiklarni qo‘llamaslik va

Xo‘jalik nomi

Quyonlar bosh soni

Tekshirish usuli

Invaziyaning ekstensivligi

soni

foyizi

“Bo‘riboy Mustaev zamin nur” F/X

355

koprologik

24

6,2

“Jomboy ko‘chatchilik tomorqa

xizmati” MCHJ

125

koprologik

36

28,8

1-jadval.

Quyon eymeriozini koprologik tekshirish natijalari


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

368

Maxsus son 5. 2023

oziqlantirish uchun sifatli omuxta

yemdan foydala-

nilmaganligi asosiy sabab hisoblanadi.

Xulosa.

Ushbu tadqiqot bo‘yicha olingan ma’lu- motlarga

ko‘ra

“Bo‘riboy

Mustaev

zamin

nur”

F/X

da

parvarishlanayotgan 355 bosh quyonlaming 24 boshida
eymeriyalar bilan zararlanganligi tekshiruv

natijasida

aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 6,2 % ni Jomboy
tumanidagi “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati” MCHJ
da ko‘paytirilayotgan 125 bosh quyonlaming 36 boshi
eymerioz bilan kasallanganligi koprologik usul yordamida
aniqlanib invaziyaning ekstinsivligi 28,8 ni tashkil etdi.

Foydalanilagan adabiyotlar

1.

Ахмадалиев, H. T, Хушназаров, A. X., & Давлатов,

P.

Б.

(2023).

ЦУЁН

ЭЙМЕРОЗИНИНГ

ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ.

2.

Berdiyevich, D. R., Khudoiyberdi o‘g‘li, K. A., &

Ilhomovna, К. M. (2022). EPIZOOTOLO- GY OF
EIMERIOSIS

(COCCIDIOSIS)

OF

RABBITS,

TREATMENT AND PREVENTIVE MEASURES. Лии.

For.

Res,

65(1), 602-607.
3.

Davlatov, R. (2023). КУЁНЛАРНИ АСРАШ,

ОЗИЦЛАНТИРИШ, КАСАЛЛИКЛАРИНИ ДАВОЛАШ
BA ОЛДИНИ ОЛИШ.

inlibrary, uz.

4.

Давлатов, P. Б., & Хушназаров, A. X. (2022). КУЁН

ЭЙМЕРИОЗИ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ ДАВОЛАШ BA
ПРОФИЛАКТИКА ЧОРА-ТАДБИР-

ЛАР1А. AGROB

IOTEXNOLOGJ YA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY
JURNALI,

181-184.

5.

Ergashov, S. 1., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R.

B.

(2023).

QUYONLAR

EYMERIOZN1

DAVO-

LASHDAKENG QO ‘LLANILADIGAN PREPARAT- LAR.

Journal of new century innovations, 22(3),

58-64.

6.

Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023).

DIAGNOSTICS OF RABBIT EMERIOSIS.

Journal of new

century innovations, 22(3),

72-77.

7.

O‘G‘LI, X. A. X. (2021). КУЁНЧИЛИКНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВР ТАЛАБИ.

Veterinariya

meditsinasi.

8.

Хушназаров, A. X., Райимкулов, И. X., Эшкораев,

A.

M.,

&

Давлатов,

Р.

Б.

(2023).

КУЁН

ЭЙМЕРИОЗИНИНГ

КИМЁПРОФИЛАКТИКА-

СИ.

SCHOLAR,

7(2), 56-62.

9.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Куён

эймериозининг таркалиши ва патологоанатомик ташх,иси.

in Library,

7(1), 15-17.

10.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Куён

эймсриозини

даволашда

янги

эймсриостатикнинг

самарадорлиги.

in Library,

22(1), 28-29.

11.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022).

Пастдартом ва ургут туманларида куён эймериозининг
эпизоотик х,олати.

in Library,

22(1), 31-32.

12.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Quyon

eymeriozini davolashda vazuril preparatining samaradorligi.

in

Library, 22(2),

173-174.

13.

Хушназаров, A. X., Эшкораев, A. M.,

Ахмадалиев, H. T, & Давлатов, P. Б. (2023).
ЭПИЗООТОЛОГИЧЕСКИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИЕ И
ПРОФЕЛАКТИЧЕСКИЕ

ДАННЫЕ

ЭЙМЕРИОЗ

КРОЛИКОВ.

Innovations in Technology and Science

Education,

2(7), 1068-1080.

Библиографические ссылки

Ахмадалиев, H. T, Хушназаров, A. X., & Давлатов, P. Б. (2023). ЦУЁН ЭЙМЕРОЗИНИНГ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ.

Berdiyevich, D. R., Khudoiyberdi o‘g‘li, K. A., & Ilhomovna, К. M. (2022). EPIZOOTOLO- GY OF EIMERIOSIS (COCCIDIOSIS) OF RABBITS, TREATMENT AND PREVENTIVE MEASURES. Лии. For. Res, 65(1), 602-607.

Davlatov, R. (2023). КУЁНЛАРНИ АСРАШ, ОЗИЦЛАНТИРИШ, КАСАЛЛИКЛАРИНИ ДАВОЛАШ BA ОЛДИНИ ОЛИШ. inlibrary, uz.

Давлатов, P. Б., & Хушназаров, A. X. (2022). КУЁН ЭЙМЕРИОЗИ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ ДАВОЛАШ BA ПРОФИЛАКТИКА ЧОРА-ТАДБИР- ЛАР1А. AGROB IOTEXNOLOGJ YA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI, 181-184.

Ergashov, S. 1., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). QUYONLAR EYMERIOZN1 DAVO- LASHDAKENG QO ‘LLANILADIGAN PREPARAT- LAR. Journal of new century innovations, 22(3), 58-64.

Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023). DIAGNOSTICS OF RABBIT EMERIOSIS. Journal of new century innovations, 22(3), 72-77.

O‘G‘LI, X. A. X. (2021). КУЁНЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВР ТАЛАБИ. Veterinariya meditsinasi.

Хушназаров, A. X., Райимкулов, И. X., Эшкораев, A. M., & Давлатов, Р. Б. (2023). КУЁН

ЭЙМЕРИОЗИНИНГ КИМЁПРОФИЛАКТИКА- СИ. SCHOLAR, 7(2), 56-62.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Куён эймериозининг таркалиши ва патологоанатомик ташх,иси. in Library, 7(1), 15-17.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Куён эймсриозини даволашда янги эймсриостатикнинг самарадорлиги. in Library, 22(1), 28-29.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Пастдартом ва ургут туманларида куён эймериозининг эпизоотик х,олати. in Library, 22(1), 31-32.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Quyon eymeriozini davolashda vazuril preparatining samaradorligi. in Library, 22(2), 173-174.

Хушназаров, A. X., Эшкораев, A. M., Ахмадалиев, H. T, & Давлатов, P. Б. (2023).

ЭПИЗООТОЛОГИЧЕСКИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИЕ И ПРОФЕЛАКТИЧЕСКИЕ ДАННЫЕ ЭЙМЕРИОЗ КРОЛИКОВ. Innovations in Technology and Science Education, 2(7), 1068-1080.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов