Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
244
28-iyun 2024-yil.
UDK: 636.086.1:636.92:615
GELIOTROP O‘SIMLIKLARNING TOKSIK TA’SIRINI O‘RGANISH VA UNGA
QARSHI KURASH CHORALARI
Sultanova I.Y.-
v.f.f.d.,
Isayev M.T.-
v.f.n.,
Abduraimova G.T.-
tayanch doktorant
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Annotatsiya:
Maqolada, lalmikor maydonlarda ytishtirilayotgan ozuqabop o‘simliklarining
ytilib ko‘payishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan geliotrop zaharli (kampirchopon, ko‘kmaraz)
o‘simligining toksik ta’sirini vegetativ davridan to ytilish generativ (urug‘lash) davrgacha bo‘lgan
muddatda toksik ta’sirini o‘rganish va unga qarshi zamonaviy pestitsidlar ENTOSTAR
(Tribenurolmetil), ENTOPIK (klodinafop tefuril) kabi vositalar bilan yo‘qotish choralari
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
geliotrop o‘simliklar, (Trichodesma incanum) kampirchopon, toksik ta’sir.
Mavzuning dolzarbligi.
Lalmikor maydonlarda ytishtirilayotgan bug‘doy, arpa kabi
ozuqabop o‘simliklarning o‘sishi va ytilishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan geliotrop o‘simliklarning
tarqalishi hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki qishloq xo‘jalik hayvonlari va
parrandalarning barcha kasalliklari ichki yuqumsiz kasalliklar shu jumladan zaharlanishlar
yitakchi o‘rinni egallaydi va chorvachilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Lalmikor maydonlarda ozuqabop o‘simliklar bilan birgalikda o‘sadigan geliotrop
o‘simliklarning tarqalishi avvalgi asrimizning 20-yillarida Silmat va Robertsonlarning birinchi
marta Janubiy Afrika aholisi orasida geliotrop toksikozi kasalligini aniqlagan. Kasallikni
keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash natijasida barcha olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar
olib borilganda, asosan ozuqabop o‘simliklar bilan birgalikda o‘sadigan (kampirchopon,
eshakmiya, ko‘kmaraz) kabi begona o‘tlarning urug‘larini iste’mol qilish natijasida ichki
zaharlanishlar kelib chiqishi aniqlangan (B.H.Vafaqulov va b. 1981).
Geliotrop o‘simliklardan biri kampirchopon kabi o‘simliklar may oyining oxiri iyun
oylarining boshida vegetativ davri boshlanadi va sentyabr oyigacha ytilib pish adi. Bu o‘simlik
O‘zbekistoning deyarli barcha lalmikor yirlarida tarqalgan bo‘lib poyasi oq tuklar bilan
qoplangan, barglari tuxumsimon, gullari sarg‘ish-oqimtir rangli hisoblanadi, yirning gektorida
450 dan 550 tupgacha, ba’zi joylarda 40 ming tupgacha ham o‘sadi. Bir tup kampirchopon 150
dan 2000 tagacha urug‘ tugadi. Urug‘ida 2,7 %, barg va poyasida 1,5 % alkaloid saqlaydi (V.E.
Kreysberg 1955).
Mavzuning maqsadi.
Xususiy fermer xo‘jaliklarida ozuqabob mahsulotlarinig ytilib
o‘sishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan zaharli geliotrop o‘simliklarining o‘sishi va ushbu ozuqaviy
aralashmani hayvonlarning iste’mol qilishi natijasida ularning organizmiga kuchli toksikologik
o‘zgarishlarni keltirib chiqishi tufayli iste’molchi qishloq xo‘jalik hayvonlarga amiakli zarari kam
bo‘lgan zamonaviy pestitsidlar orqali zaharli o‘simliklarni yuqotish maqsadga muvofiqdir.
Madaniy o‘simliklar orasida, shuningdek, yaylov va lalmikor maydonlarda o‘sadigan
begona o‘tlar bilan birgalikda zaharli o‘simliklarning o‘sishi xavfli tus olib, dehqonchilik fermer
xo‘jaliklariga salbiy ta’sir qilishi bilan birgalikda chorvachilikga katta iqtisodiy zararga sabab
bo‘lmoqda. Shulardan biri bu hozirda keng tarqalib kelayotgan kampirchopon zaharli o‘simligi
bo‘lib poyasi oq tuklar bilan qoplangan, barglari tuxumsimon, gullari sarg‘ish-oqimtir rangli
bo‘yi 50 sm dan to 1 m gacha yitadi (1-rasm). Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra
o‘simliklar lalmikor maydonlarda 10-15 foizgacha tarqalmoqda. Respublikamizning g‘alla
ekiladigan maydonlarida turli xil zaharli o‘simliklar ham juda ko‘p o‘sadi. Bular jumlasiga
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
245
28-iyun 2024-yil.
kampirchopon, ko‘kmaraz, eshakmiya, kakra, oqquray, mingboshi, oqsanoq, sarigul va boshqalar
kiradi. Ko‘rsatilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi zaharli ta’siri yitarli darajada o‘rganilmagan.
1-rasm.
Kampirchoponning lalmikor maydonlarda, vegitativ
davrida tarqalishi.
2-rasm.
Kampirchoponning oq-ko‘kish gullari.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
246
28-iyun 2024-yil.
Ma’lumki zaharli o‘simliklarda alkaloidlar, glyukozoidlar, laktonlar, efir yog‘lari, bo‘yovchi
moddalar mavjud. Shuning uchun ularni oz miqdori ham organizmga tushsa og‘ir zaharlanish
chaqirmasa ham, ammo immunobiologik xususiyatini keskin pasaytirib yuboradi, yuqumli
kasalliklarga qarshi emlash natija bermaydi. Mollarda surunkali tuberkulyoz, brutsellez,
pasterellyoz, kolibakterioz singari kasalliklar ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu kasalliklarga ayniqsa
zotli chetdan keltirilgan qoramollar o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham g‘allani yaxshi
tozalash, zaharli o‘simliklar urug‘lari qo‘shilgan g‘alla chiqindilarini mollar ozuqasiga qo‘shmaslik
yoki omuxta yimga qo‘shish me’yorini ishlab chiqish chorvachilik uchun dolzarb masala
hisoblanadi. Ammo, don tozalash zavodlarida, xirmonlarda ajratilgan zaharli o‘simliklar urug‘lari,
barglari va poyalari, puch g‘alla donlari chiqindi ko‘rinishida yig‘ilib qoladi va keyinchalik
hayvonlar uchun tayyorlanadigan omuxta yimga aralashtirib yuboriladi, Bir sezonda chiqindi 10-15
foizgacha yig‘iladi. Bu miqdor g‘alla maydonini ko‘p yoki ozligiga, hamda joylashgan hududga,
suvlik yoki lalmikorlikga bog‘liq. Masalan O‘zbekiston Respublikasining ko‘pgina viloyatlarida
havfli chiqindilar juda ko‘p yig‘iladi. Avvalgi vaqtlarda bug‘doy, arpa yaxshi tozalanmasdan
iste’mol qilinar edi. Natijada zaharlanishlar ko‘p uchraydi, hayvonlar va odamlar zaharlanib nobud
bo‘lishgan.
Hozirgi kunda esa yovvoyi va zaharli o‘simliklarni yo‘qotishda pestitsidlarning ko‘p
turlari ishlatilmoqda lekin ularni ham qo‘llash yo‘riqnomasiga asosan ishlatish lozim. Aks holda
masalan gektariga 1 kg o‘rniga yaxshi mahsuldorlikni olish maqsadida 2 kg ishlatish bu
qonunga xilof ishlangan bo‘ladi hamda hayvonlar va odamlar organizmini pestitsidlar bilan
zaharlanishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Hozirda zaharli va yovvoyi o‘simliklarni
o‘sishini oldini olish maqsadida pestitsidlarning ENTOSTAR (Tribenurolmetil) bu preparat
keng bargli begona o‘tlarni yo‘qotishga qaratilgan, ENTOPIK (klodinafop tefuril) boshoqli
begona o‘tlarga qaratilgan peritroitlar bilan zaharli o‘tlarga qarshi kurashish mumkin. Ushbu
preparatlar ozuqabop o‘simliklarga zarari kam bo‘lib istemolga tez ishlatilsa bo‘ladi.
Biz tadqiqotlarimizda kampirchopon zaharli o‘simligini toksik ta’sirini hayvonlar
organizmiga vegitativ va generativ davrlarining qaysi vaqtida zaharlilik darajalari yuqori
ekanligini aniqlash maqsadida o‘simliklarning poyasi, bargi va urug‘idan laboratoriyada
mavjud quyonlarning ozuqasiga qo‘shib berildi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki quyonlar ozuqasiga kampirchoponing poyasi,
bargi qo‘shib berilgan guruhga nisbattan urug‘i tuyib berilgan quyonlarda zaharlanishlar kuchli
ta’siri natijasida ikkinchi haftadan boshlab klinik belgilar kuzatildi. Tajribalardan aniqlandiki
birinchi guruh 3 bosh quyonlarda tez-tez siydik ajratish, bezovtalanish, tez-tez nafas olish,
ishtahasizlik, burun va og‘iz qismidan sarg‘ish suyuqlikning ajralishi hamda uchinchi haftada
umumiy ahvolining og‘irlashishi natijasida o‘lim bilan yakunlandi. Ikkinchi guruhlarda ham
zaharlanishning klinik belgilari bir oydan keyin namoyon bo‘lib, umumiy ahvolining og‘irlashishi,
orriqlash, ishtahasizlik kuzatildi, lekin o‘lim holatlari kuzatilmadi.
Xulosa:
1. Lalmikor maydonlarda ozuqabop o‘simliklarning ytilib pishishiga to‘sqinlik qilib
kelayotgan geliotrop o‘simliklarning tarqalishini oldini olishda hayvonlar organizmiga zaharliligi
bo‘lmagan pestitsidlar bilan yo‘qotish mumkin.
2. Kampirchopon o‘simligining vegitativ davridan generativ davrida hayvonlar organizmiga
toksik ta’siri yuqori ekanligi aniqlandi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
B.H.Vafakulov, S.O.Oripov, P.M.Lerner, V.F.Sapojnikov // Yovvoyi o‘tlar va ulardan
zaharlanishning oldini olish // “Meditsina” Toshkent-1981.
2.
B.Q.Muhammadiyev // O‘simliklarni oziqlantirish va zararkunandalardan himoya qilish //
ToshDAU Nashriyot tahririyat bo‘limi 2016.
3.
V.E.Kreysberg // Zaharli o‘tlarni yo‘qotaylik // O‘z DAV nashr Toshkent-1955.
4.
Г.В.Вқгодчикова, Л.И.Медведя // Вопросқ гигиенқ и токсикологии пестицидов //
Издательство “Медицина” Москва-1970.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
247
28-iyun 2024-yil.
5.
Н.Х.Шевченко, Ф.И.Ибадуллаев // Триходесмотоксикоз сельскохозяйственных
животных и птиц // Издательство “ФАН” Узбекской Ташкент-1974.
6.
Элмуродов, Б., Ниязов, Ф., & Ибадуллаев, Ф. (2006). Ассоцированное течение
некоторых бактериальных болезней птиц.
in Library
,
3
(3), 347-348.
7.
Purdy, C. W., Raleigh, R., Straus, D., & Elmurodov, B. (2006, September). Water pathogens
present in the wastewater flow of a large dairy in the summer and winter. In
Research Workers in
Animal Diseases Conference Proceedings
(pp. 20-23).
8.
Элмуродов, Б., & Муминова, Щ. (2006). Вредное воздействие растения лебеды на
организм уток.
in Library
,
3
(3), 215-217.
9.
Элмуродов, Б., & Абдалимов, С. (2006). Диплококкоз овец и ягнят.
in Library
,
3
(3), 25-
26.
10.
Элмуродов, Б., Курбанов, Р., Япаров, Э., & Абдалимов, С. (2006). Листериоз овец в
Узбекистане.
in Library
,
3
(3), 171-172.
11.
Элмуродов, Б., Пурди, К., & Ралеих, Р. (2006). Водные патогены присутствуют в
сточных водах крупного молочного завода летом и зимой.
in Library
,
1
(1), 20-23.
12.
Элмуродов, Б. (2005). Болезни кур.
in Library
,
2
(2), 32-32.
13.
Джураев, О., Элмуродов, Б., & Шокиров, Л. (1996). Гематологические и
биохимические изменения, происходящие в организме овец при смешанных инфекционных
заболеваниях.
in Library
,
3
(3), 2-3.
14.
Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. CALVES AND THE EFFECT ON THE IMMUNE
SYSTEM.
15.
Purdy, C. W., Raleigh, R., Straus, D., & Elmurodov, B. (2006, September). Water pathogens
present in the wastewater flow of a large dairy in the summer and winter. In
Research Workers in
Animal Diseases Conference Proceedings
(pp. 20-23).
16.
Navruzov, N. I. The role of immunostimulants in the prevention of colibacillosis,
salmonellosis and pasteurellosis in calves.
International Journal on Integrated Education
,
3
(8),
232-234.
17.
Рузимуродов, М., Исматова, Р., Кувватов, Б., & Улугмурадов, А. (2018). Создание
коллекции эталонов производственных мтаммов бруцелл для конструирования
отечественных противобуруцеллёзных препарптов.
in Library
,
18
(4), 9-11.
18.
Ruzimurodov, M. A., & Nematov, A. S. (2005). Brucellosis as a natural focal infection in
Uzbekistan.
Actual problems of infectious pathology. Thesis: Tashkent
, 9-10.
19.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Рузимуродов, М. (1999). Сравнительная
эффективность туберкулина ППД и туберкулина SQJ в аллергической диагностике
туберкулеза крупного рогатого скота.
in Library
,
1
(1), 110-111.
20.
Джураев, О., Мамадуллаев, Г., & Рузимуродов, М. (1999). Сравнительная
эффективность ППД-туберкулина и SKJ-туберкулина в аллергодиагностике туберкулеза
крупного рогатого скота.
in Library
,
1
(1), 109-111.
21.
Рузимуродов, М., & Улугмурадов, А. (2023). Дезинфекционные мероприятия при
бруцеллезе животных (анализ литературы).
in Library
,
4
(4), 8-10.
22.
Улугмурадов, А. Д., Рузимуродов, М. А., & Мухтаров, Ф. Н. (2023).
ИСТОРИЯАЛЛЕРГОДИАГНОСТИКИБРУЦЕЛЛЕЗАЖИВОТНЫХ.
Scientific
Impulse
,
1
(9),
820-823.
23.
Рузимуродов, М., & Улугмурадов, А. (2023). Разработка инновационных методов
получения аллергенов и испытания их активности и специфичности в лабораторных
условиях.
in Library
,
1
(2), 2146-2149.
24.
Рузимуродов, М., Рузимуродов, М., Улугмурадов, А., & Куватов, Б. (2023).
Совершенствование средств диагностики бруцеллёза сельскохозяйственных животных в
Узбекистане.
in Library
,
4
(4), 16-24.
25.
Рузимуродов, М., & Амантурдиева, Н. (2022). Современные подходы к этиологии,
эпизоотологии, диагностике и профилактике бруцеллёза мелкого роготого скота.
in
Library
,
22
(4), 7-11.