International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor
Volume-12| Issue-2| 2024
Published:
|22-02-2024|
223
Publishing centre of Finland
DIVERSIFIKATSIYALASH SANOAT KORXONALARIDA
SAMARADORLIKNI OSHIRISH OMILI SIFATIDA.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10695201
Maraimova Kamola Shuhratovna
JIDU, katta o’qituvchisi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash orqali samaradorligini
oshirish haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar
Iqtisodyot,
diversifikatsiyalash, sanoat, tarmoq, korxona, globallashuv, diversifi catio.
Har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uning hududlarini muvozanatli
va barqaror rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. Mintaqalar va ularning hududlarini
barqaror rivojlanishida esa sanoat tarmoqlarining ahamiyati yuqoridir. Chunki
sanoat tarmoq
lari iqtisodiy o‗sish sur‘atini ta‘minlash bilan bir qatorda, ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalash va mahalliylashtirilishini rag‗batlantirish orqali
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o‗sishiga zamin yaratadi. Sanoat sohasida
qazib olingan, ishlab chiqarishda yaratilgan barcha xomashyolarni qayta ishlash,
ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga diversifikatsiyalashuv
jarayonlari takomillashadi. Dunyo tajribasida rivojlangan va yuqori o‗sish
sur‘atlariga ega bo‗lgan mamlakatlar amaliyoti ko‗rsatishicha, ular muvaffaqiyatlari
asosan sanoat tarmoqlarida, xususan qayta ishlovchi sanoat korxonalaridagi
tuzilmaviy o‗zgarishlar natijasida yuzaga kelgan. Sanoatning boshqa tarmoqlardan
farqli jihati -
yuqori darajadagi qo‗shimcha qiymat yaratishidadir. Qo‗shimcha
qiymat
–
bu aniq turdagi mahsulotni yaratish, qayta ishlash, marketing faoliyatini
olib borish va pirovard iste‘molga chiqarilgunga qadar ishlab chiqarish
jarayonining ketma-ketligidir.
Ayni paytda globallashuv shiddatli kechayotgan davrda bozor
munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishi, mamlakatning jahon hamja
miyatiga
integrasiyalashuvi hamda iqtisodiy tizimdagi axborot rolining o‘sishi, yangi
texnologiyalar,
kapital
bozorlari
o‘rtasidagi
aloqalarning
kuchayishi
iqtisodiyotning innovasion ri
vojlanish yo‘liga o‘tishini taqozo etmoqda. Dunyoning
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari tajribasini o‘rganish, shuningdek,
respublikamizning boy tabiiy va ijtimoiy resurslari, ishlab chiqarish va ilmiytexnik
International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor
Volume-12| Issue-2| 2024
Published:
|22-02-2024|
224
Publishing centre of Finland
salohiyatini hisobga olib, innovasion
rivojlanish yo‘lini tanlab olish muhim
ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mamlakatimiz rivojlanishini maksimal darajada
tashkil etish uchun, eng avvalo, innovasion hamda ilmiy-texnik salohiyatdan
samarali foydalanishga jiddiy e‘tibor qaratish lozim. Bu borada
mamlakatimizning
kompleksli innovasion siyosatini shakllantirish bo‘yicha qonunchilik asoslarini
yaratish zarur.
O‗zbekiston Respublikasini 2017
-2021 yillarda va 2030 yilgacha uzoq muddatli
istiqbolda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish va ―Sanoatni
rivojlantirish va uning
raqobatbardoshligini oshirish‖ga qaratilgan davlat dasturlarida mintaqalar
sanoatini o‗stirishni ta‘minlash, iqtisodiy faoliyat alohida turlarini rivojlantirishda
haddan tashqari tabaqalashuvni yo‗qotishning samarali vositasi sifati
da
diversifikatsiyalashga katta e‘tibor qaratilmoqda. Sanoatni diversifikatsiyalash
vazifasi ob‘ektiv xususiyatga ega, u ―bilimlarga asoslangan‖ axborotlashgan
jamiyatga va iqtisodiyotga o‗tish bilan bog‗liq ravishda texnologik ta‘limotlarning
almashinishi
, globallashuv bilan ilg‗orlashgan XXI asr voqeliklari bilan belgilanadi.
Ushbu maqolaning maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishga innovasion
yondashuv sifatida sanoatda diversifikatsiyalashning mazmuni va ahamiyatini
yoritishdan iborat. Qo‗yilgan maqs
ad asosida diversifikatsiya jarayoni
tushunchasining mazmunini, ushbu jarayonning rivojlanish bosqichlarini tavsiflash
hamda O‗zbekistonda rivojlanish manbalarini ajratish ishning vazifalari
hisoblanadi.
Diversifikatsiya (lot. diversifi catio —
o
ʻ
zgarish, xilma-xil taraqqiyot)
—
korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari
turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori
samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b.
maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning
(sanoat, qishloq xo
ʻ
jaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish
tarmoqlari, xizmat ko
ʻ
rsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan
sohalarga kirib borishi ularning xo
ʻ
jalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini
kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan,
xizmat ko
ʻ
rsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band bo
ʻ
lgan keng
tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan o
ʻ
zaro bog
ʻ
lan-magan majmualar
(masalan, agrosanoat majmui, o
ʻ
rmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab
chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari uning kredit diversifikatsiya
ko
ʻ
rinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablag
ʻ
lar xavf-
xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman ob
ʼ
yektlar
o
ʻ
rtasida
taqsimlanadi).
Bunday
diversifikatsiya
tarmoklararo
kapital
International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor
Volume-12| Issue-2| 2024
Published:
|22-02-2024|
225
Publishing centre of Finland
konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan
bog
ʻ
liq.
F. Kotlerning fikricha, diversifikatsiya yangi tarmoqlarga birlashish hisobiga
firmaning o‗sishini amalga oshirish usuli hisoblanadi. Hozirgi zamon lug‗ati
quyidagi ta‘rifni beradi: ―Diversifikatsiya (lot. diversus —
turli + facere
—
qilmoq
so‗zidan
olingan):
1) xilma-xillik, har tomonlama rivojlanish;
2) ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, transport, qurilish) boshqa ishlab
chiqarish tarmoqlari, xizmat sohalariga birlashishi; diversifikatsiya natijasida ko‗p
tarmoqli majmualar vujudga keladi;
3) is
hlab chiqariladigan buyumlar va ko‗rsatiladigan xizmatlar turlari va
assortimentining kengayishi yuz beradi‖.
I.Ansoff tomonidan berilgan umumiy ta‘rif quyidagicha: diversifikatsiya —
bu
aniq olingan korxonalar tomonidan mavjud resurslarni boshqa faoliyat sohalariga
qayta taqsimlash jarayoniga nisbatan qo‗llaniladigan tushunchadir. Ushbu jarayon
yangi texnologiyalarga o‗tish, yangi bozorlarga qo‗shilish va yangi ishlab chiqarish
tarmoqlariga joriy qilish imkoniyatiga tegishlidir. Kelajakda ishlab chiqariladigan
mahsulot mutlaqo yangi, uni ishlab chiqarish uchun investisiya zarur bo‗ladi.
T. Kononing fikricha, bir kompaniyaning mahsuloti juda tor qo‗llanishga ega
bo‗lsa, bunday kompaniya ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Agar ular xilma
-
xil qo‗llanishini topsa, diversifikatsiyalashgan kompaniya bo‗ladi. Biroq bozor
munosabatlarining rivojlanishi aniq olingan vaqtda korxonani vaqt dinamikasida
ixtisoslashgan korxona diversifikatsiyalashganiga yoki aksincha, o‗zgarishi
mumkinligi sababli birinchi yoki ikkinchi turga mutloq va nisbiy jihatdan
kiritilishiga majbur qiladi.
Sanoat sektori iqtisodiyotidagi salbiy tendensiyalarni bartaraf qilish uchun
diversifikatsiya jarayonini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish zarur.
Diversifikatsiya g‗oyasi sanoat
siyosatining aniq maqsadi va vazifalarini belgilaydi
hamda sanoatni rivojlantirishning strategik yo‗nalishlarini ishlab chiqishni taqozo
etadi. Shu bilan bog‗liq ravishda ―sanoat siyosati haqidagi‖ qonunni qabul qilish
hamda sanoatni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq hisoblanib, uning doirasida diversifikatsiyalash jarayonini boshqarish
yo‗nalishlari shakllantirilishi zarur. Ushbu strategiya to‗g‗ri boshqaruv qarorlarini
qabul qilish, tarkibning muvozanatli holatini shakllantirish uchun sanoat
tarmog‗ini yanada rivojlantirish yo‗nalishlarini belgilash imkonini beradi.
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai nazaridan-mintaqa sanoati
raqobatbardoshligini oshirish, o‗z imkoniyatlari hisobiga ichki talabni qondirish,
International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor
Volume-12| Issue-2| 2024
Published:
|22-02-2024|
226
Publishing centre of Finland
hududlararo, respublika va xalqaro bozorlar ulushini kengaytirish, sinergetika
samarasini olish, resurs tejamkor siyosatni ishlab chiqish, byudjet yig‗imlarini
ko‗paytirish, moliyaviy barqarorlik va hududlar mustaqilligini ta‘minlash muhim
hisoblanadi. Shunday qilib, sanoat majmuasini diversifikatsiyalash hududlarni
nafaqat bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‗rsatishga yuqori moslashtirish,
zaruriy mahsulotga o‗z ehtiyojlarini qondirish, mavjud sanoat salohiyatidan yuqori
foydalanish va hududlarning raqobatbardoshlik maqomini oshirish, balki uning
ijtimoiy rivojlanishi muammosini ham hal qilish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Ansoff I., McDonell E. Implanting Strategic Management. Prentice Hall,
1990.
—
568 r.www.stat.uz
2. Isakov, M. (2020). MI Abdurahim Ortiqov, Musaxon Isakov. Industrial
iqtisodiyot. O ‗quv qo ‗llanma.
-T. TDIU, 2019.
Архив
научных
исследований
, (27)
3. R.A.Brealey, S.C.Myers, F.Allen ―Principles of Corporate Finance*, 11th
Global Edition. 1341 p. 65-p.
53 Чеботарь Ю.М. Корпоративные финансы и
корпоративный контроль: монография /—
М.: Автономная некоммерческая
организация «Академия менеджмента и бизнес
-
администрирования», 2016 —
250 с., С. 8.
4.
Т.Г.
Философова,
В.А.
Быков.
Конкуренция.
Инновации.
Конкурентоспособность: учеб.пособие для студентов. 2е изд., перераб. И доп.
–
М.: ЮНИТИ
-
ДАНА, 2008. –
295 с.
5. Бовин А. А. Управление инновациями в организации: учеб.пособие /–
М.: Омега –
Л, 2006. –
415 с. 211
-
212 с.