XIVA XONLIGI DAVRIDA IQTISODIY SAVDO SOTIQ ALOQALARI VA RIVOJI

Annotasiya

Ushbu maqolada   Xiva xonligi davrida iqtisodiy savdo aloqalari haqida shuningdek savdo-sotiq munosabatlari va  karvon yo’llari haqida batafsil bayon qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Urganch Innovatsion Universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tarix mutaxasisligi I bosqich magistranti, Urganch tuman 2-son Politexnikum tarix fani o‘qtuvchisi
109-113
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tajiyeva , G. . (2025). XIVA XONLIGI DAVRIDA IQTISODIY SAVDO SOTIQ ALOQALARI VA RIVOJI. Академические исследования в современной науке, 4(39), 109–113. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/116198
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada   Xiva xonligi davrida iqtisodiy savdo aloqalari haqida shuningdek savdo-sotiq munosabatlari va  karvon yo’llari haqida batafsil bayon qilingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

109

XIVA XONLIGI DAVRIDA IQTISODIY SAVDO SOTIQ ALOQALARI VA

RIVOJI

Tajiyeva Gulnoza Saporbayevna

Urganch Innovatsion Universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tarix

mutaxasisligi I bosqich magistranti, Urganch tuman 2-son Politexnikum tarix

fani o‘qtuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15771530

Annatatsiya:

Ushbu maqolada Xiva xonligi davrida iqtisodiy savdo

aloqalari haqida shuningdek savdo-sotiq munosabatlari va karvon yo’llari
haqida batafsil bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiy savdo aloqalari, savdo yo‘llari, karvon, savdogarlar,

bozorlar va karvonsaroylar.

Аннотация:

В данной статье подробно описываются экономические

и торговые отношение во времена Хивиниского ханства, а также торговые
отнашения и караванные путию

Ключевые слова

: экономические и торговые отнашения, торговые

пути, караваны, купцы, рынки и караван-сараи

Annotation

: This article describes in detail the economic and trade

relations during the Khiva Khanate, as wel as trade relations and caravan routes.

Keywords

: economic trade relations,trade routes,caravan, merchants,

markets and caravanserais.

Kirish: Xiva xonligi XVI asr oxiridan XIX asr oxiri oraligida Markaziy

Osiyoning siyosiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri
bo‘lgan. Uning gegrafik joylashuvi, iqtisodiy faoliyatining xilma-xilligi va xalqaro
savdo aloqalari orqali mintaqa taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Ushbu
maqolada Xiva xonligi davridagi itisodiy aloqalar, savdo-sotiq tarmoqlari va
ularning tarixiy rivoji yoritiladi.

XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoning karvon yo‘llari va iqtisodiy-savdo

aloqalari yo‘nalishlaridan biri qator o‘zgarishlar yuz berdi. So‘nngi o‘rta asrlarda
O‘rta Osiyo karvon savdosi tarixida inqiroz xolatlari ko‘zga tashlanadi.
Yevropani Xindiston va Xitoy bilan bog’lovchi suv yo‘llari ochilishi, Buyuk ipak
yo‘li bo‘ylab savdo aloqalari zaiflashishi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar
rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan, ichki axamiyatga ega
karvon yo‘llaridan foydalanish davom etadi.

Bu davrda Xiva xonligining savdo yo‘llari, Xorazm voxasidan Xonqa yoki

Xazaraspdan Kukertli kechuvchi va Qizilqum orqali Buxoroga, shuningdek,
Marvga Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlariga o‘tgan yo‘nalishlar xam karvon
savdosida katta o‘rin tutgan.O‘rta Osiyo bilan savdo-sotiq Astrahan, Qozon,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

Nijniy Novgorod va Saratov kabi shaxarlar rivojiga yordam berdi. Shuni ta’kidlab
o’tish kerakki, XVII asrning oxirgi choragigacha o‘rta osiyolik savdogarlar
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarida asosiy vositachi xisoblanar,
Rossiyaga Balx, Buxoro va Xiva orqali xind mahsulotlarini ( choy, qimmatbaxo
toshlar, marvarid, shirinliklar va boshqalar) yetkazib berardilar.

Sho‘ro davri tarixiy adabiyotlarida ,, Moskva davlatining O‘rta Osiyo

xonliklari bilan savdo munosabatlari ikki tomonning xam xayotiy extiyojlarini
qondiraradi’’, deb xisoblangan. Birgina XVII asrda Buxoro va Xiva elchilari o‘n
olti marta Maskva va rus chegara shaharlariga tashrif buyurgan bo’lsa, rus
elchilari bu davrda to’qqiz marta O‘rta Osiyoga kelganlar. Bu elchilik
missiyalarining barchasi, asosan, savdo maqsadlarini ko’zlab amalga oshirilgan
edi. Lekin Moskva xukumatining O‘rta Osiyoga qurol-yaroq va xarbiy anjomlarni
chiqarishga ruhsat bermaganliklari e’tiborni tortadi. Xususan Astrahanda O‘rta
Osiyolik savdogarlarga sotish taqiqlangan maxsulotlar ro‘yxatida oltin, kumush,
temir, qalay, o‘q uchlari, mihlar va boltalar ko‘rsatilgan.

Xiva xonligining iqtisodiy asoslari asosan qishloq xo‘jaligi va

hunarmandchilikka tayangan. Amudaryo bo’ylarida joylashgan yerlar sug’orilib,
ularda bug’doy, arpa, paxta, poliz ekinlari yetishtirilgan. Ayniqsa paxtachilik va
qorako‘lchilik mahsulotlari savdo uchun muhim sanalgan.

Hunarmandchilik tarmoqlari- kulolchilik, temirchilik, zargarlik, yog’och

o‘ymakorligi va gilamdo‘zlik aholining asosiy tirikchilik mashg’ulotlaridan biri
bo‘lgan. Bu mahsulotlar ichki bozorlarda sotilgan, bir qismi esa eksport qilingan.

Xiva xonligida olib kiruvchi va olib chiquvchi savdo yo’llari ikki asosiy

yo’nalishda rivojlangan.

1.

Sharq-g’arb yo‘nalishi ( Buyuk ipak y ‘li tarmog’i) bu yo‘l Xitoydan

boshlab, Markaziy Osiyo orqali Eron va Yaqin Sharqqa borib taqalgan. Xiva
xonligi bu yo‘lda karvonlar uchun asosiy to‘xtash maskani bo‘lgan. Ipak, choy,
ziravorlar, keramika kabi mahsulotlar bu yo‘l orqali yetkazilgan.

2.

Shimoliy-janubiy yo‘nalish-bu yo‘l Rossiya, Qozog’iston orqali O‘rta

Osiyo hududlariga, xususan, Xiva xonligiga olib kiruvchi va olib chiquvchi yo‘l
bo‘lib, unda chorva mollari, paxta, terilar va boshqa mahsulotlar savdosi yo‘lga
qo‘yilgan.

Ichki savdo-sotiq munosabatlarida Xiva shahrida va boshqa yirik

qishloqlarda haftalik bozorlar faoliyat yuritgan. Bu bozorlarda nafaqat mahalliy
aholining ehtiyojlari uchun mahsulotlar, balki uzoq hududlardan olib kelib
tovarlar ham sotilgan. Karvonsaroylar, bozorlar va savdo rastalari savdoning
markazi hisoblangan. Ichki savdo mahsulotlarining asosiy qismini oziq-ovqat


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

111

mahsulotlari, to‘qimachilik, uy-ro‘zg’or buyumlari va chorvachilik mahsulotlari
tashkil etgan.

Tashqi savdo va xalqaro aloqalar Xiva xonligi Buyuk Ipak yo’lining g’arbiy

tarmoqlari orqali Buxoro, Qo’qon, Eron, Afg’oniston, Hindiston va Rossiya bilan
savdo aloqalarini yo’lga qo’ygan. Ayniqsa XIX asrda Rossiya bilan bo’lgan savdo
aloqalari kuchatgan.

Eksport qilinadigan mahsulotlar: paxta, qorako‘l teri, gilam va matolar, ipak

va ipak mahsulotlari.

Import qilinadigan mahsulotlar: temir va mis buyumlar, chinni, oynavand

mahsulotlar, dori-darmon, kiyim kechaklar.

Rossiya bilan savdo asosan Orenburgv va Astraxan orqali olib borilgan.

1820-1870-yillar davomida Rossiyalik savdogarlar Xivaga yiliga bir necha
marotaba tashrif buyurib, ikki tamonlama aloqalarni rivojlantirgan.

Afsuski, Xiva xonligida qul bozorlari mavjud bo’lgan. Asosan Eron,

Qozog’iston va Rossiya hududlaridan asir olingan odamlar Xivada sotilgan. Bu
holat Rossiya imperiyasining keskin noroziligiga sabab bo’lgan. 1873-yilda
Rossiya imperiyasi Xiva xonligini bosib olib, uni o’z protektoratiga aylantirgach,
qul savdosiga chek qo’yilgan va bu iqtisodiyotda muhim burilish bo‘lgan.

Savdogarlar Xiva xonligining iqtisodiy rivojida asosiy kuchlardan biri

bo’lgan. Ular mahalliy mahsulotlarni paxta, ipak, gilam, teri, hunarmandchilik
buyumlarini tashqi bozorlarga sotishgan va boshqa mahsulotlarni olib kelishgan.
Qadimiy Ipak yo’li va boshqa savdo yo’llari orqali Xiva va qo’shni davlatlar
o’rtasida tovarlarni aylantirgan.

Uzoq safarlarga chiqib, yangi bozorlar izlab, xalqaro savdo aloqalarini

kengaytirgan. Savdogarlikdan katta daromad olib, jamiyatda nufuzli qatlam
hisoblanishgan.

Savdogarlar asosan karvonlarda yurib, Amudaryo, Buxoro, Qo‘qon, Rossiya,

Eron va Hindiston hududlariga tovar yetkazgan. Karvonsaroylar savdogarlar
uchun dam olish va xavfsiz joylashish imkonini yaratgan. Xiva xonligida
savdogarlar odatda hurmatga sazovar bo‘lib, ular orasida boy va ta’sirli oilalar
paydo bo‘lgan. Bazi savdogarlar xonlik xazinasiga moliyaviy yordam ko‘rsatib,
davlat ishlarida ishtirok etgan.

Karvon yo‘llarining va umuman savdo-sotiqning eng muhim elementlaridan

bo‘lgan karvonsaroylar tuzilishini o‘rganish, xalqimizning boy memorchilik
tarixini o‘rganishga xam katta hissa qo‘shadi. Karvonsaroylar odatda, savdo
markazlari bo‘lgan shaharlarda, muxim karvon yo‘llari bo‘yida barpo etilgan
bo‘lib, ular tuzilishi, hajmi va ayrim hollarda bajaradigan funksiyasiga ko‘ra xam


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

bir-biridan farqlanadi. Xorazm voxasida karvonsaroylar to‘rtburchak shakildagi
ichki hovliga bazi karvonsaroylar ikkita xovliga ega bo‘lgan va uning atrofida
joylashgan yashash honalariga ega bo‘lgan. Yirik karvonsaroylarda
savdogarlarning maxsulotlari saqlanadigan mahsus honalar va xatto masjid
ham bo‘lgani ma’lum. Karvonsaroylar savdo yo‘llari ustida joylashagn bo‘lib, ular
orqali mintaqaviy va xalqaro savdo aloqlari rivojlangan. Ular nafaqat karvonlar
uchun, balki savd-sotiq kelishuvlari, uchrashuvlar va hamkorlik o‘rnatish uchun
ham markaz bo‘lib xizmat qilgan.

Bozorlar va karvonsaroylarning iqtisodiy roli savdo faoliyatini

rivojlantirish, mahsulotlarning tez va samarali almashinuvi uchun shart-sharoit
yaratgan.

Bu joylarda turli millat va xalqlardan kelgan odamlar uchrashib, o‘zaro

madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashgan. Karvonsaroylar
savdogarlarga yo‘l davomida xavfsizlikni ta’minlab, savdo jarayonini
barqarorlashtirgan.

Xiva va uning atrofidagi shahar va qishloqlarda muntazam haftalik bozorlar

faoliyat yuritgan. Bu bozorlarda paxta, ipak, meva-sabzavotlar, to‘qimachilik
buyumlari, gilam, temir buyumlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar sotilgan.
Bozorlar aholi uchun oziq-ovqat va kundalik ehtiyojlarni ta’minlash markazi
bo‘libgina qolmay, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish uchun ham muhim
platforma vazifasini o‘tagan.

Xiva xonligi davrida bozorlar va karvonsaroylar iqtisodiy hayotning

ajralmas qismi bo‘lgan. Ular mahalliy va mintaqaviy savdoni rivojlantirishda,
xalqaro savdo aloqalarini o‘rnatishda katta rol o‘ynagan. Bugungi kunda Xiva
shahridagi qadimiy karvonsaroylar va bozorlarning qoldiqlari tarixiy-madaniy
meros sifatida saqlanib qolgan va o‘rganilmoqda.

Xulosa: Xiva xonligi o‘z davrida o‘ziga hos iqtisodiy tizimga ega bo‘lgan

davlat edi. Qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiq faoliyati orqali ichki
ehtiyojlar ta’minlangan, tashqi aloqalar esa davlat iqtisodiyoti rivojiga xizmat
qilgan. Savdo yo‘llarining ustida joylashganligi xonlikka iqtisodiy ustunlik
bergan bo‘lsada, siyosiy mustaqillikning yo‘qolishi va tashqi bosimlar natijasida
bu rivoj barqaraor bo‘lib qolmadi. Biroq tarixiy nuqtai nazardan, Xiva
xonligining iqtisodiy merosi bugungi O‘zbekiston iqtisodiy- madaniy tarixida
muhim o‘rin egallaydi. Xiva xonligining iqtisodiy merosi bugungi kun
O‘zbekiston tarixining muhim bo‘lagidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Aгзамова Г. А. О караванных путях из Хивы в Оренбург ОНУ Тошкент

1991- 12 –с 43-46


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

2.

A. Sagdullayev, O’.Mavlonov, D. Maxkamova O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar

savdo-sotiq tizimi. Akademiya Toshkent 2012.
3.

М. А. История завоевания Средней Азии СПБ 1906-Т 1-3

4.

Юлдашев М. Ю. К истории торговых и посольских связей Средней

Азии с Россией в ХVI – XVII вв – Тошкент Фан 1964
5.

O'ktam Mavlonov Markaziy Osiyoning qadimgi yo'llari: shakillanishi va

rivojlanish bosqichlari. Akademiya Toshkent 2008.
6.

Ziyoyev X.Z. O‘rta Osiyo va Sibir ( XVI –XIX asrlar). Toshkent Fan, 1962-

342-b

Bibliografik manbalar

Aгзамова Г. А. О караванных путях из Хивы в Оренбург ОНУ Тошкент 1991- 12 –с 43-46

A. Sagdullayev, O’.Mavlonov, D. Maxkamova O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar savdo-sotiq tizimi. Akademiya Toshkent 2012.

М. А. История завоевания Средней Азии СПБ 1906-Т 1-3

Юлдашев М. Ю. К истории торговых и посольских связей Средней Азии с Россией в ХVI – XVII вв – Тошкент Фан 1964

O'ktam Mavlonov Markaziy Osiyoning qadimgi yo'llari: shakillanishi va rivojlanish bosqichlari. Akademiya Toshkent 2008.

Ziyoyev X.Z. O‘rta Osiyo va Sibir ( XVI –XIX asrlar). Toshkent Fan, 1962-342-b