ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
108
XORAZM VOHASIDA XIVA XONLIGI DAVRIDA ICHKI VA TASHQI
SAVDO MUNOSABATLARI
Tajiyeva Gulnoza Saporbayevna
Urganch Innovatsion Universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tarix
mutaxasisligi I bosqich magistranti, Urganch tuman 2-son Politexnikum tarix
fani o‘qtuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14862725
Annatatsiya:
Ushbu tezisda Xiva xonligidagi ichi va tashqi savdo
munosabatlari, bozorlar faoliyati va savdo-sotiq mahsulotlari haqida bayon
qilingan.
Kalit so’zlar:
ichki savdo, tashqi savdo, karvonsaroy, bozor, mahsulot
turlari, ixtisoslashgan bozor
Аннотация:
Вданной диссертации описываются внутренние и
внешние торговые связи, деятельност рынок и торговля продуктами
Хивиниского ханства.
Ключевые слова:
Внутрипрадажа, внешняя торговля, Караван-
сарай, рынок типы продукта, специализированный рынок
Annotation
: This thesis describes the internal and external trade relations,
market activities and trade products in the Khiva Khanate.
Keywords
: ınternal trade, external trade,
caravanserai, market, product
types, specialized market
Xiva xonligida savdo-sotiq munosabatlari, O'rta Osiyoning tarixi va iqtisodiy
rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. XVI asrdan XX asrning
boshlarigacha faoliyat yuritgan Xiva xonligi, savdo yo'llarining kesishgan joyida
joylashgani bilan savdogarlar uchun muhim markazga aylanib, turli tovarlar va
g'oyalarni tarqatishda o'z rolini o'ynagan. Bu davrda Xiva shahrida tashkil
etilgan savdo bоzarlari va karvonsaroylar, savdo-sotiq aloqalarining
rivojlanishiga xizmat qilib, iqtisodiy va madaniy hayotning markazida bo'lgan.
Savdo-sotiq munosabatlari nafaqat mahsulotlar va xizmatlarni sotish va xarid
qilish jarayonini, balki madaniyat va ijtimoiy aloqalarni ham o'z ichiga oladi.
Shunday qilib, Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlarini o'rganish, nafaqat
iqtisodiy, balki madaniy va tarixiy jihatlarni ham o'z ichiga oladi.
Xiva xonligining tarixi, Elbarsxon tomonidan XVI -asrda asos solinganligi bilan
boshlanadi. Ushbu davrda Xiva shahridagi savdo bozarlari va karvonsaroylar
savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishiga muhim hissa qo'shgan. Xiva, asosan,
ipak va boshqa qimmatbaho tovarlar savdosi bilan mashhur bo'lgan. Xiva
shahridagi savdogarlar va hunarmandlar, o'z mahsulotlari bilan butun O'rta
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
109
Osiyoga tarqalgan, bu esa savdo-sotiq munosabatlarining madaniy va iqtisodiy
rivojlanishga ta'sirini oshirgan. Hozirgi kunda, Xiva xonligidagi savdo-sotiq
munosabatlari bo'yicha tadqiqotlar davom etmoqda. O'zbekistonda tarixiy savdo
yo'llari va ularning iqtisodiy ta'siri haqidagi ilmiy ishlar ko'paymoqda. Biroq,
tadqiqotlarda bir qator muammolar mavjud bo'lib, ular tarixiy manbalar
yetishmasligi va ba'zi ma'lumotlarning noaniqligini o'z ichiga oladi. Bu
muammolar, Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlarining to'liq tasvirini
yaratishga to'sqinlik qiladi.
Ushbu tadqiqot, Xiva xonligida ichki va tashqi savdo munosabatlarini
o'rganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi, Xiva xonligidagi savdo-
sotiq munosabatlarining tarixiy ahamiyatini aniqlash va ularning iqtisodiy va
madaniy rivojlanishga qo'shgan hissasini o'rganishdir. Shuningdek, bu tadqiqot,
Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlarining o'zgarishini va zamonaviy
tadqiqotlarda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni ko'rsatishga ham qaratilgan.
Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlari, nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki
madaniy almashinuvga ham zamin yaratgan. Bu munosabatlar tarixiy
ahamiyatga ega va ularni o'rganish orqali biz O'rta Osiyo tarixining muhim bir
qismini anglashimiz mumkin. Shu sababli, Xiva xonligidagi savdo-sotiq
munosabatlari bo'yicha tadqiqotlar davom ettirilishi va bu sohada mavjud
bo'lgan bo'shliqlarni to'ldirish zarur.
Asosiy qisim:
Xiva xonligi davrida ichki va tashqi savdo munosabatlari
muhim o‘rin tutgan. Xiva xonligi, asosan, O‘rta Osiyo va Xitoy, Eron, Rossiya,
Hindiston kabi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini olib brogan. Xiva, savdo va
qo‘rg‘onlar o‘rtasida joylashgan geografik holati sababli, bu savdo
marshurtlarining markazi bo‘lgan. Xiva xonligining ichki savdosi ko‘pincha
viloyatlar o‘rtasidagi mahsulot almashinuvi bilan cheklanardi. Xiva shahridagi
bozorlarda turli xil mahsulotlar, jumladan, paxta, ipak, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, jun va turli hunarmandchilik buyumlari bilan to‘ldirilgan. Tashqi
savdo bilan solishtirganda, ichki savdo ko‘proq kundalik ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan bo‘lib, odatda kichik miqyosda bo‘lgan.
Xiva xonligi tashqi savdosi ko‘pincha Qoraqolpog‘iston, Xitoy, Eron va
Hindiston bilan bog‘langan. Savdo yo‘llarida eng asosiy o‘rinni ipak va turli
to‘qimachilik mahsulotlari egallagan. Xiva shahridagi savdogarlar hamda
to‘qimachilar Xiva, Buxoro, Samarqand orqali ushbu mahsulotlarni olib o‘tishgn.
Rossiya imperiyasi bilan ham aloqalar o‘rnatilgan, lekin bu savdo o‘zining o‘rnini
XX asr boshlarida tobora kengaytirgan. Shu bilan birga Xiva xonligi Markaziy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
110
Osiyoning savdo markazi sifatida o‘rta va kichik savdogarlarga o‘z bozorlarini
ochgan va shu orqali o‘z iqtisodiyotini mustahkamlagan.
Xiva xonligining iqtisodiy xayotida hunarmandchilik bilan uzviy
aloqadorlikda rivojlangan soxasi savdo-sotiq bo‘lgan. Xiva shahri xonlikning
ichki savdo rivojlangan markazlaridan biri edi. Shahardagi ichki savdoda shahar
va uning atrofidagi axoli, qishloqlar va boshqa shaharlar axli bilan birga
ko‘chmanchi axoli savdogarlari xam faol ishtirok etganlar. Xiva bozorlarida
qoraqalpoq, Turkman, qozoq va qirg‘izlarning chorvachilik maxsulotlari bilan
savdo qilayotganligini ko‘rish mumkin edi. O‘troq axoli o‘zi yetishtirgan qishloq
ho‘jalik va hunarmandchilik maxsulotlarini chorvachilik maxsulotlariga
ayriboshlashardi.
[6]
Mamlakatda markazlashgan davlatning salohiyati susaygan davrlarda
iqtisodiy xayot, hususan, uning muhim tarmog‘i bo‘lgan savdoning izdan chiqishi
kuzatiladi. Xokimiyat tepasiga izchil ichki va tashqi siyosat olib boradigan
xukumdorlar kelganida iqtisodiy rivojlanish yuz bergan. Bu siyosatni iqtisodiy
barqarorlik tarafdorlari bo‘lgan axoli vakillari – hunarmandlar, savdogarlar keng
qo‘llab- quvvatlaganlar. Jumladan, Munisning yozishicha XVIII asr uchinchi
choragiga kelib mamlakatda Muhammad Amin inoqning sa’y- xarakatlari bilan
siyosiy barqarorlik o‘rnatildi. Buning natijasi o‘laroq xonlik bozorlarida
arzonchilik boshlandi.
[5]
Mamlakatda iqtisodiy faravonlik yuksalib borshini 1848-yili Xiva shahrida
bo‘lgan rus savdogari Abrosimov xam tasdiqlaydi. Uning yozishicha, Xivaning
bozorlarida xamma narsa Rossiya bozorlariga qaraganda arzon narxlarda
sotiladi.
[7]
Shaharda horijiy savdogarlarning yashashi uchun muayyan shart-
sharoitlar yaratib berilgan edi. Ular jumlasiga karvonsaroylarni kiritish mumkin.
Bu o‘rinda Munisning karvonsaroyda yashagan savdogarlar haqida ,, tijorat
rasmi bilan Xivaqg‘a kelib, karvonsaroyda iqomat qilib erdi’’ degan ma’lumoti
o‘rinlidir
.[5]
1823-yili shaxarning sharqiy qismida Muhammad Raximhon tomonidan
karvonsaroy qurilgan. Uning pastki qavatida 46 do‘kon va savdogarlar yashashi
uchun shuncha hona bor edi
.[5]
Ichki va tashqi savdo-sotiq aloqalarining kengayib borishi Xivada yangi
bozorlar tashkil topshiga olib keldi. A. Kalmikovning yozishicha, Xivaning turli
joylarida bozorlarni uchratish mumkin edi. Abulg‘ozihon ( 1645-1663) davrida
Xivada har kun bozor bo‘lib turgan. Manbalarga qaraganda har bir shaharda
haftaning ma’lum kunlarida ikki marta bozor tashkil qilingan. Bu turli shaxar
savdogarlarining bir manzildan ikkinchisiga borishlari va savdo qilishlarida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
111
imkon yaratgan va mamlakatdagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga olib
kelgan. Xaftaning qaysi kunlarida qaysi shaharda bozor bo‘lshini xonning
shaxsan o‘zi tasdiqlagan.
Shaxar devorlari oldidagi do‘konlarga xonlikning chekka qishloqlaridan
xam odamlar kelib, savdo qilishgan.
[3]
XX asr mualliflaridan birining yozishicha,
bunday bozorlarda qoramollar, tuyalar, otlar, qirg‘izlar keltiradigan qo‘ylar,
donli maxsulotlar, chopon, ipak va chit matolar, kiyimlar, o‘q-dori, qurollar,
belkurak va yerga ishlov berish asboblari, ikki g‘ildirakli aravalar, egar, ot
anjomlari, kemalar, yog‘och, ko‘mir, tuz va boshqalar bilan savdo amalga
oshirilgan
. [5]
Bu mollar ba’zida ayriboshlangan, bazida pulga sotilgan. Xivada
sotiladigan maxsulotlar turlariga qarab ixtisoslashgan bozorlar faoliyat yuritgan
XIX asrda ana shunday bozorlardan ,, paxta bozori’’( g‘ovocha), ,, kunjut bozori’’,
,,g‘alla bozori’’, ,, chigit bozori’’, ,, guruch bozori’’, ,, ro‘yan va tamaki bozori’’, ,,
qatiq bozori’’ni ko‘rsatish mumkin
.[1]
XIX asr oxiri XX asr boshlarida shaxarda 15 ta chorsu bo‘lib, asosan
taqinchoqlar, attorlik buyumlari, qand va choy sotilgan. Polvon chorsuda tayyor
kiyimlar, choponlar, ipak matolar, bo‘z, attorlik buyumlari bilan savdo amalga
oshirilgan. XIX asr Xiva xonligi arxiviga oid hujjatlarning ko‘rsatishicha poytaxt
shaxar bozorlariga mahalliy hunarmandlarning maxsulotlaridan tashqari
Buxoro, Xo‘qand, Misr, Rossiya, Eron, Fransiya kabi mamlakatlardan ham turli
hil maxsulotlar olib kelib sotilgan.
Ichki savdoning muxim qismi g‘alla savdosi xisoblangan. Bu turdagi savdo
asosan honing monopoliyasi hisoblanib, narx hon tamonidan belgilangan. Bunga
rioya qilmaganlarga o‘lim taxdid solgan
.[4]
Shaxarda xonlikning boshqa
markazlaridagi kabi bozor solig‘i mavjud bo‘lib, dexqonchilik maxsulotlari,
sotiladigan chorva mollari, o‘tin va boshqalar uchun sotuvchilar tagjoy solig‘ini
to‘laganlar. Soliq miqdori savdogarning oladigan foydasiga qarab belgilangan.
[2]
Bozorlar faqatgina savd-sotiq ishlari bilan cheklanmas, ularda ijtimoiy va
madaniy xayot muamollari ham xal qilinardi. Masalan, xukumdorlarning
farmonlari o‘qib eshittirilar, gunohkor kimsalar jazolanardi. Xorazm bir necha
asr davomida Sharq va G‘arbni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lida joylashgan xudud
sifatida Eron,Xitoy, Xindiston, Arabiston, Kavkaz, Rossiya bilan siyosiy, iqtisodiy,
madaniy aloqalar o‘rnatgan.
So‘nggi o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Xivaning savdo-
iqtisodiy imkoniyatlari kengayib bordi. Shaxar nafaqat ichki savdo, balki transit
va tashqi savdo markazlaridan biriga aylandi
.[1]
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
112
Xivaning shirin mevalarini Eron, Turkiya, xatto Yevropadan topish mumkin
edi. Mevalardan Xazarasp olmasi, Xiva shaftolisi va anorlari, ayniqsa shirin
qovunlarining dovrug‘i Xitoygacha yetib brogan. Shuningdek boshqa
mamlakatlardan ham maxsulotlar olib kelib sotilgan. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Xitoy chinni buyumlari xon saroylari, amaldor va savdogarlarning
uylarini bezashda ham qo‘llanilgan.
Xonlikning yirik xamkori Buhoro edi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy
munosabatlar yaxshi bo‘lmaganda ham, ulardagi iqtisodiy xayot izdan chiqqan
davrlarda xam bu savdo aloqalari to‘htab qolmagan. Siyosiy ixtiloflar va davr
injiqliklariga qaramay, Buhoro va Xiva munosabatlari keying asrlarda ham
davom etdi. Xususan, XIX asrda Buhoro bilan Marv va Marv vohasi uchun olib
borilayotgan qirg‘inbarot urushlarga qaramay, savdo-sotiq rivoj topgan.
Xivaliklar Buhoroga borib maxalliy va horijiy mollarni olib qaytardilar.
Keltirilgan mollarning bir qismi mamlakatning boshqa markazlari kabi poytaxt
Xiva bozorlarida xam sotilar, qolgan miqdori Orenburg va Astrahan orqali
Rossiyaga olib borilar edi. Xiva savdogarlari Buhoro honligidan nafaqat maxalliy
maxsulotlarni, balki tranzit mollarni xam olib kelganlar. Ular jumlasiga yigirilgan
ip, gul bosilgan bo‘z, Kashmir shollari, ko‘k choy, tamaki, xitoy chinnisi, ipak
belbog‘lar, etiklar, qorako‘l, adras, baxmal, Buxoro ko‘rpalari, gilamlar,tamaki,
yong‘oq, dori-darmonlar va boshqa mollarni kiritish mumkin.
Eron va Afg‘oniston bilan xam faol savdo-sotiq amalga oshirilgan. XIX
asrning 40-60 yillaridan honlik va uning poytaxtiga Angiliyaning sanoat
maxsulotlari xam kirib kela boshlagan. Xiva garchi doimiy bo‘lmasada, Eron
bilan xam qizg‘in savdo aloqalarini olib brogan. Uning turli markazlaridan
honlikning boshqa shaharlari qatorida Xivaga ham qimmatbaxo gilamlar, idish-
tavoqlar, oltin va kumush buyumlar, firuza, marvarid,ip, jun matola, qurol-
aslahala, oziq-ovqat maxsulotlari va xind tranzit mollari olib kelingan.
Hozirgi kunda Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlariga oid tadqiqotlar
davom etmoqda. O'zbekiston va O'rta Osiyo mamlakatlarida tarixiy savdo
yo'llarini va ularning ta'sirini o'rganish bo'yicha ilmiy ishlar ko'paymoqda.
Arxeologik qazishmalar orqali Xiva shahridagi savdo joylari va ularning
ahamiyati yanada chuqurroq o'rganilmoqda. Bu tadqiqotlar savdo-sotiq
munosabatlarining Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy tarixidagi o'rnini
yaxshiroq
tushunish
imkonini
yaratmoqda.
Shunday qilib, Xiva xonligida savdo-sotiq munosabatlari faqat iqtisodiy aloqalar
emas, balki madaniyat va ijtimoiy rivojlanish uchun ham muhim manba bo'lgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
Ushbu munosabatlar tarixiy ahamiyatga ega va zamonaviy tadqiqotlar orqali
ularning ta'siri yanada chuqurroq o'rganilmoqda.
Xulosa va takliflar:
Xiva xonligida savdo-sotiq munosabatlari, shubhasiz, O'rta
Osiyoning iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim rol o'ynagan. Ushbu
tadqiqotda ko'rsatilganidek, Xiva xonligi XVI-XIX asrlarda savdo yo'llarining
kesishgan joyida joylashganligi sababli, savdogarlar uchun muhim markazga
aylangan. Xiva shahridagi savdo bozorlari va karvonsaroylar savdo-sotiq
aloqalarining rivojlanishida o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan. Ushbu
munosabatlar nafaqat mahsulotlar, balki g'oyalar va madaniy qadriyatlar
almashinuvi uchun ham platforma bo'lgan. Xiva xonligi davridagi savdo-sotiq
jarayonlarini yaxshiroq o‘rganish va tadqiq qilish uchun ko‘proq tarixiy
ma’lumotlarni izlab topish va maxalliy aholi bilan xam o‘zaro suhbatlar va
izlanishlarni olib borish kerak shunda savdo munosabatlarini ochilmagan
tamonlarini
yoritish
mumkin
deb
o‘ylayman.
Tadqiqotda ichki va tashqi savdo munosabatlarining o'zaro aloqalari batafsil
o'rganildi. Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlari nafaqat iqtisodiy o'sishga
xizmat qilgan, balki madaniy aloqalarni ham rivojlantirgan. Xiva
savdogarlarining mahsulotlari O'rta Osiyo bo'ylab tarqalib, o'z navbatida, bu
hududning
madaniy
merosini
boyitgan.
Biroq, tadqiqot jarayonida bir qator muammolarga duch kelindi. Tarixiy
manbalar yetishmasligi va ba'zi ma'lumotlarning noaniqligi, shuningdek,
zamonaviy tadqiqot usullarining qo'llanishidagi qiyinchiliklar, savdo-sotiq
munosabatlarining to'liq va aniq tasvirini yaratishga to'sqinlik qilmoqda.
Shuning uchun, Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlari bo'yicha tadqiqotlar
davom ettirilishi zarur. Bu, o'z navbatida, tarixiy voqealarni chuqurroq
tushunish va ularning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta'sirini aniqlash
imkonini beradi. Xiva xonligida savdo-sotiq munosabatlarining o'rganilishi,
nafaqat tarixiy kontekstda, balki zamonaviy iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy
jarayonlarda ham ahamiyat kasb etadi. O'rta Osiyodagi savdo yo'llarining tarixi
va ta'siri haqidagi tadqiqotlar, kelajakda yanada kengaytirilishi va
chuqurlashtirilishi kerak. Buning uchun, arxeologik qazishmalar va tarixiy
manbalarni o'rganish, shuningdek, zamonaviy tadqiqot usullarini qo'llash orqali
Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlarining ta'sirini yanada chuqurroq tahlil
qilish mumkin.Shu bilan birga, Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlari,
nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki bugungi kunda ham iqtisodiy rivojlanish,
madaniy almashinuv va ijtimoiy o'zgarishlar uchun muhim manba bo'lib
qolmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari, ayniqsa, O'zbekiston va O'rta Osiyo
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
mamlakatlaridagi iqtisodiy va madaniy rivojlanishni tayyorlashda foydali
bo'lishi mumkin. Shunday qilib, Xiva xonligidagi savdo-sotiq munosabatlari
bo'yicha tadqiqotlar davom ettirilishi, bu hududning tarixiy va madaniy
merosini saqlash va rivojlantirishga yordam beradi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Agzamova
G.So‘nggi
o‘rta
asralar
O‘rta
Osiyo
shaharlarida
hunarmandchilik va savdo 41-46 bet
2.
Sayid Islomxo‘ja dasturi –Ichon qala muzey qo‘riqxonasi fondi kp 3687
3.
Данилевский Г И Описание Хивинского Ханства записки русского
географического общества 1851 г c-69
4.
Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 гг гвардейского
Генерального штаба капитанаНикалая Мураввева с 81
5.
Shir Muhammad Mirob Munis and Muhammad Rizo Agahi ,, Firdavs al-
iqbol’’ 176-261-351-bet
6.
Юлдашев М К Истории крестьян Хивы века тошкент фан 1966 г с 21
7.
Рассказ торговца Абросимова о поездка его в Хиву с 32