ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
ADVOKATLARNING IJTIMOIY HIMOYASI BOʻYICHA XALQARO
STANDARTLAR TAHLILI
Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15754805
Advokatlar inson huquqlarini himoya qilishda yetakchi oʻrinni egallagani
bois, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqaviy darajadagi advokatlik
faoliyatining mustaqilligi hamda xavfsizligiga oid qonun va meʼyorlarni samarali
joriy etish va qoʻllash butun dunyo boʻylab inson huquqlarini ragʻbatlantirish va
himoya qilishning asosini tashkil etadi.
Xalqaro huquqiy hujjatlar va sud amaliyotida odil sudlov huquqi hamda
erkinlik va xavfsizlik huquqi bilan bir qatorda tan olingan advokatdan
foydalanish huquqi
1
, huquqshunoslik kasbining qonun ustuvorligini taʼminlash
va inson huquqlarini himoya qilishdagi markaziy oʻrnini aks ettiradi.
1990-yilda qabul qilingan Advokatlar roli haqidagi asosiy tamoyillar
("Asosiy tamoyillar") va 1993-yilda qabul qilingan Inson huquqlari boʻyicha
Vena deklaratsiyasi, keyinchalik BMT Inson huquqlari kengashi (BMT IHK) va
Bosh Assambleyasida (BMT BA) bir qator davlatlarning qarorlari bilan
tasdiqlangan holda, huquqshunoslik kasbining mustaqilligini demokratik
tizimning asosiy belgisi sifatida mustahkam oʻrnatadi. Ular "inson huquqlarini
toʻliq va kamsitishsiz amalga oshirish uchun muhim" hamda "demokratiya va
barqaror rivojlanish jarayonlari uchun zarur" boʻlgan mustaqil va xolis sud
tizimi hamda mustaqil advokatlik faoliyatini kafolatlash boʻyicha davlat
majburiyatining poydevorini tashkil etadi
2
.
Xalqaro huquqda advokatlar faoliyatining kafolatlarini belgilab beruvchi
quyidagi asosiy hujjatlarni keltirib oʻtishimiz mumkin: Advokatlarning roli
toʻgʻrisidagi asosiy tamoyillar (1990) (keyingi oʻrinlarda “Asosiy tamoyillar”);
Yuridik kasb mustaqilligiga oid Xalqaro Advokatlar Assotsiatsiyasi standartlari
(1990) (keyingi oʻrinlarda “IBA standartlari”); BMTning Inson huquqlari
himoyachilari toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi (1998); Jinoiy odli sudlov tizimida
huquqiy yordamdan foydalanish boʻyicha BMT tamoyillari va koʻrsatmalari
(2012).
Advokatlarning roli toʻgʻrisidagi asosiy tamoyillar BMT tomonidan qabul
qilingan boʻlib, advokatlar, umuman olgan huquqshunoslik kasbi bilan
1
International Covenant on Civil and Political Rights (ICCPR) (2015), Art 14.3 (b) and (d)
2
UNHRC, ‘Independence and Impartiality of the Judiciary, Jurors and Assessors, and the Independence of
Lawyers’ (2017) UN Doc A/ HRC/35/12, 7th preambular paragraph.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
shugʻullanuvchi shaxslarning faoliyati kafolatlarini xalqaro darajada tartibga
soluvchi huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Xususan mazkur tamoyillarning
muqaddima qismida “Ushbu tamoyillar, tegishli hollarda, rasmiy advokat
maqomiga ega boʻlmagan holda advokatlik vazifalarini bajaruvchi shaxslarga
nisbatan ham tatbiq etiladi.”, deb keltirilgan. Bu esa oʻz navbatida mazkur
tamoyillarning keng maʼnoda advokat maqomiga ega boʻlmasa ham advokatlik
funksiyalarining maʼlumm bir qismini bajaruvchi yuristlar yoxud
yuriskonsultlarga ham tadbiq etilishini bildiradi.
Asosiy tamoyillar muqaddimasi va Xalqaro Advokatlar assotsiatisyasi
(
International Bar Association,
IBA) standartlarida advokatlarning professional
uyushmalari "oʻz aʼzolarini taʼqib va nooʻrin cheklovlar hamda
huquqbuzarliklardan himoya qilishda [...] muhim rol oʻynashi" taʼkidlangan.
Inson huquqlari boʻyicha kengash buni yana bir bor tasdiqlagan
3
. Asosiy
tamoyillarning 25-tamoyilida yana shunday koʻrsatma berilganki, ushbu
uyushmalar "advokatlar oʻz ishonch bildiruvchilariga qonun doirasida, tan
olingan kasbiy standartlar va axloq meʼyorlariga muvofiq, hech qanday nooʻrin
aralashuvlarsiz maslahat berish va yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega
boʻlishlarini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik qilishlari shart".
Advokatlar uyushmalarining vakolatlari advokatlik faoliyatini toʻgʻridan-
toʻgʻri tartibga solishdan tortib, hech qanday tartibga solish vakolatiga ega
boʻlmagan va faqat vakillik vazifalarini bajarishgacha boʻlgan keng koʻlamni
qamrab oladi
4
. Bu ikki chekka nuqta orasida turli xil modellar mavjud. Taxminan
har beshinchi mamlakatda advokatlar hayʼati advokatlik faoliyatini qisman yoki
toʻliq tartibga solish vakolatiga ega. Garchi advokatlarni himoya qilish barcha
advokatlar uyushmalari uchun umumiy ustuvor vazifa boʻlsa-da, bu ayniqsa
hayʼat tartibga solish vakolatlariga ega boʻlganda yanada muhimroq ahamiyat
kasb etadi. Bunday holatlarda advokatlar hayʼati advokatlik sohasiga qabul
qilishni nazorat qilish yoki kuzatib borish, advokatlik faoliyati uchun axloq
meʼyorlarini qabul qilish hamda intizomiy choralarni qoʻllash orqali advokatlik
kasbining mustaqilligini bevosita kafolatlash vazifasini bajaradi.
Xalqaro huquqda, huquqshunoslik kasbiga taʼrif berishda “huquqshunos”
(lawyer)
hamda “inson huquqlari himoyachisi”
(human rights defender)
tushunachalari keng qoʻllaniladi.
IBA standartlariga koʻra "Huquqshunoslik kasbi" deganda maʼlum bir
yurisdiksiyada yoki sud oldida huquqni amalga oshirish uchun malakali va
3
UNHRC, ‘Independence and Impartiality of the Judiciary, Jurors and Assessors, and the Independence of
Lawyers’ (2017) UN Doc A/ HRC/35/12, 15th preambular paragraph.
4
UNGA,(United Nations General Assembly) A/HR/73/365, para 46.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
litsenziyaga ega boʻlgan, shuningdek, qonuniy tashkil etilgan kasbiy tashkilot
yoki davlat hokimiyati organi tomonidan nazorat qilinadigan advokatlar jamoasi
yoki ularning har qanday tashkil etilgan guruhi tushuniladi
5
.
Yevropa kengashi tavsiyalariga koʻra esa advokatga quyidagicha taʼrif
berilgan: "milliy qonunchilikka muvofiq oʻz mijozlari nomidan arz qilish va
harakat qilish, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish, sudlarda ishtirok etish
yoki yuridik masalalar boʻyicha oʻz mijozlariga maslahat berish va vakillik qilish
huquqiga ega boʻlgan shaxs."
6
Inson huquqlari himoyachilariga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, BMTning Inson
huquqlari himoyachilari toʻgʻrisidagi deklaratsiyasida "xalqlar va alohida
shaxslarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarining barcha buzilishlarini
samarali bartaraf etishga koʻmaklashadigan shaxslar, guruhlar va uyushmalar"ni
inson huquqlari himoyachilari sifatida (Muqaddima, toʻrtinchi xatboshi) nazarda
tutilgan. Deklaratsiyaning 1-moddasi quyidagilarni eʼtirof etadi: "Har bir inson
yakka tartibda va boshqalar bilan birgalikda inson huquqlari va asosiy
erkinliklarini milliy va xalqaro darajada himoya qilish va amalga oshirishga
koʻmaklashish va intilish huquqiga ega."
Asosiy tamoyillar shuni tan oladiki, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini
yetarli darajada himoya qilish barcha shaxslar uchun mustaqil advokatlik
tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmatlardan samarali
foydalanishni talab qiladi. Advokatlar oʻz vazifalarining ajralmas qismi sifatida
"milliy va xalqaro huquq tomonidan tan olingan inson huquqlari va asosiy
erkinliklarini himoya qilishga intilishlari" kerak.
Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha BMTning maxsus
maʼruzachisining 2016-yilgi maʼruzasida Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini
himoya qilishda oʻz mijozlari nomidan harakat qilishda, advokatlar ham inson
huquqlari himoyachilari sifatida koʻrib chiqilishi kerak va bu rolda ular
Insonning umumeʼtirof etilgan huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirish
va himoya qilish boʻyicha shaxslar, guruhlar va jamiyat organlarining huquqlari
va majburiyatlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning himoya doirasiga kirishi
kerakligini bildirgan.
7
Biroq, mazkur maʼruzada aniq taʼkidlanganidek, barcha advokatlar ham
"faqatgina kasbiy mansubligiga koʻra" inson huquqlari himoyachilari
hisoblanmaydi. Garchi barcha advokatlardan oʻz yuridik amaliyotlarida inson
5
IBA, International Principles on Conduct for the Legal Profession (2011), p 34
6
CoE Recommendation No R(2000)21, Preamble, last paragraph.
7
UNGA, ‘Report of the Special Rapporteur on the Independence of Judges and Lawyers, Mónica Pinto –
Protecting the independence of lawyers and the legal profession’ (2016) UN Doc A/71/348, para 35.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
huquqlariga hurmat va ularni himoya qilishni taʼminlashlari kutilsa-da, bu
masalalar yuzaga kelganda, amalda vaziyat boshqacha boʻlishi mumkin. Natijada,
advokatlar BMTning Inson huquqlari himoyachilari toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi
asosida himoyalanadilar, ammo bu faqat ular haqiqatan ham inson huquqlarini
himoya qilish va ragʻbatlantirish bilan shugʻullanganda, xoh doimiy, xoh
vaqtinchalik asosda, va bu ularning yuridik amaliyotiga bogʻliq boʻlishi yoki
boʻlmasligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Xalqaro huquqda quyidagilar advokatlar faoliyatining kafolatlari sifatida
himoya qilinishini koʻrishimiz mumkin: himoyachiga boʻlgan huquq; qoʻrqitish,
taʼqib qilish, toʻsqinlik qilish yoki nooʻrin aralashuvlarsiz advokat sifatida
faoliyat yuritish huquqi; advokatlar daxlsizligi; advokatlarni mijozlarining ishi
bilan tenglashtirilmaslik tamoyili; ishonch bildiruvchining himoyasini tayyorlash
uchun yetarli vaqt, sharoitlar va barcha tegishli maʼlumotlardan foydalanish
huquqi; advokatning mijoz bilan muloqotida maxfiylik huquqi.
Mazkur huquqlar kafolatlarining taʼminlanishi bevosita advokatlar
faoliyatining samarali amalga oshishida, ular tomonidan fuqarolar huquq va
manfaatlarini himoya qilinishi samarasini oshirishda muhim ahamiyatga ega
boʻlib, milliy va xalqaro darajada taʼminlanishi muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. International Covenant on Civil and Political Rights (ICCPR) (2015).
2. UNHRC, ‘Independence and Impartiality of the Judiciary, Jurors and Assessors,
and the Independence of Lawyers’ (2017) UN Doc A/ HRC/35/12.
3. UNHRC, ‘Independence and Impartiality of the Judiciary, Jurors and Assessors,
and the Independence of Lawyers’ (2017) UN Doc A/ HRC/35/12.
4. UNGA,(United Nations General Assembly) A/HR/73/365.
5. IBA, International Principles on Conduct for the Legal Profession (2011)
6. CoE Recommendation No R(2000)21.
7. UNGA, ‘Report of the Special Rapporteur on the Independence of Judges and
Lawyers, Mónica Pinto – Protecting the independence of lawyers and the legal
profession’ (2016) UN Doc A/71/348, para 35.