ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING NAZARIY-HUQUQIY
ASOSLARI
Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15754492
Annotatsiya
Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining kafolatlari institutining nazariy-
huquqiy asoslari har tomonlama tahlil qilinadi. Advokatlik institutining
mustaqilligi, daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi huquqiy mexanizmlar,
ularning konstitutsiyaviy me’yorlar bilan uyg‘unligi ilmiy asosda o‘rganilgan.
Maqolada advokatlik faoliyati mustaqilligini ta’minlashdagi amaliy muammolar
– advokatga bosim o‘tkazish holatlari, tergov va sud organlari bilan
munosabatlardagi muvozanatsizlik, himoya huquqining buzilishi kabi masalalar
ochib berilgan. Ushbu maqola natijalari advokatlik institutining huquqiy
maqomini yanada mustahkamlash, uni huquqiy davlat barpo etishdagi roli va
ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar
Advokat, advokatura, advokatlik faoliyati kafolatlari, advokat daxlsizligi,
advokat mustaqilligi.
Abstract
This article comprehensively analyzes the theoretical and legal foundations
of the institution of guarantees of advocacy. The legal mechanisms ensuring the
independence, inviolability, and professional freedom of the institution of
advocacy, their harmony with constitutional norms, have been studied on a
scientific basis. The article reveals practical problems in ensuring the
independence of advocacy - cases of pressure on lawyers, imbalances in
relations with investigative and judicial bodies, violations of the right to defense.
The results of this article serve to further strengthen the legal status of the
institution of advocacy, enhance its role and significance in building a state
governed by the rule of law.
Keywords
Lawyer, advocacy, guarantees of advocacy activity, lawyer's immunity,
lawyer's independence.
Globallashuv jarayoni va huquqiy davlat qurilishi sharoitida advokatlik
instituti davlat va jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida tobora
katta ahamiyat kasb etmoqda. Advokatlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini
himoya qilish, sudlarda ularning manfaatlarini ifoda etish, jinoyat ishlarida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
himoyani ta’minlash, shuningdek, fuqarolik, iqtisodiy va boshqa nizolarda
yuridik yordam ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, advokatlik
faoliyatining qonuniy kafolatlari va advokat shaxsining ijtimoiy jihatdan
himoyalanganligi
jamiyatdagi
huquqiy
barqarorlik
va
tizimning
mustahkamligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Advokatlik kasbi huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarning konstitutsiyaviy
huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda sud-huquq tizimining adolatli
ishlashida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining yangi
Konstitutsiyasi qabul qilinish jarayonida advokatura institutining jamiyatda
tutgan o‘rni alohida e’tiborga olinib, advokatlik faoliyatining asosiy kafolatlari ilk
bor konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarildi. Konstitutsiyada advokat faoliyatiga
aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, advokat va himoyalanayotgan shaxs o‘rtasidagi
muloqot uchun sharoitlar yaratilishi, advokatning sha’ni va kasbiy faoliyati
davlat tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlab qo‘yildi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Prezident tashabbusi bilan advokatura
tizimini takomillashtirish yo‘lida muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan,
2018-yil 12-mayda qabul qilingan PF-5441-sonli Prezident farmoni advokatura
institutining
samaradorligini
oshirish
va
advokatlar
mustaqilligini
kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy
Majlis va xalqga yo‘llagan Murojaatnomasida
1
inson huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida e’tirof
etilib, ushbu yo‘nalishda bir qator amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, davlat
hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash
tizimini joriy etish, advokatga jinoyat ishi ochilishi yoki tugatilishi haqida qaror
nusxasini taqdim etish, shuningdek, sudga jinoyat ishi ayblov bilan birga
himoyachining fikri asosida taqdim etilishi kabi mexanizmlarni joriy qilish taklif
etildi.
Mazkur islohotlar natijasida advokatlarning kasbiy faoliyati va ularning
ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalasi nafaqat yuridik, balki ijtimoiy, iqtisodiy
va siyosiy barqarorlikni mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham dolzarb
ahamiyat kasb eta boshladi. Shu jihatdan, bu sohani ilmiy asosda chuqur
o‘rganish zarurati yuzaga keldi.
Ilmiy maqola usullari va metodalari
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
Ushbu ilmiy maqolada Ilmiy maqola maqsad va vazifalariga erishish hamda
Ilmiy maqola boʻyicha samarali natijalar olish uchun normativ-huquqiy tahlil
usuli, qiyosiy huquqiy tahlil usuli, tahliliy va kritik yondashuv, tavsiya va
prognozlash metodlaridan foydalanildi.
Munozara
Advokatlik faoliyati huquqiy davlat va fuqaro jamiyati institutlarining
ajralmas boʻlagi hisoblanadi. Mazkur faoliyatning mohiyati insonning asosiy
huquq va erkinliklarini himoya qilish, sudlarda va boshqa organlarda adolatli
yuridik yondashuvni taʼminlashdan iborat. Shu bois, advokatlar faoliyatining
erkin, mustaqil va xavfsiz amalga oshirilishi demokratik huquqiy davlat barpo
etishning muhim shartlaridan biri sanaladi.
Birinchi navbatda, “advokatlik faoliyati” soʻz birikmasidagi faoliyat soʻzining
lugʻaviy maʼnosiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak. Bir guruh olimlarning fikriga koʻra
“faoliyat insonning muayyan muhitdagi muayyan subyektlarga nisbatan maxsus
munosabatlari yigʻindisi boʻlib, uning mazmuni jamiyat manfaatlaridan kelib
chiqqan holda oʻzgarishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi bilan
bogʻliq boʻladi. Faoliyat oʻz ichiga maqsad, vosita, natija va tegishli jarayonlarni
qamrab oladi”
2
.
Mazkur tarifdan kelib chiqqan holda, advokatlik faoliyatiga “qonun
doirasida belgilangan maqsadlar asosida advokat maqomiga ega boʻlgan shaxs
tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek, jamiyat va davlat
manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli vakolatlarni amalga oshirish
jarayoni”, deb qayta tarif berishimiz mumkin hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va
advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisda”gi Qonuniga murojaat etadigan
boʻlsak, advokatlik kafolatlari tushunchasiga berilgan tarifni topa olmaymiz.
Advokatlik faoliyati kafolatlari deganda, advokatlarning oʻz kasbiy vazifalarini
qonuniy, mustaqil va erkin amalga oshirishiga imkon beruvchi
huquqiy,
tashkiliy, ijtimoiy va protsessual normalar tizimi
tushuniladi. Bu kafolatlar
advokatni har qanday noqonuniy aralashuv, bosim, taʼqib va cheklovlardan
himoya qiladi hamda ularning kasbiy mustaqilligini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va
advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasida mazkur
tushuncha huquqiy jihatdan belgilab qoʻyilganini ko‘rish mumkin.
Advokatlik faoliyati kafolatlarining huquqiy mohiyati – bu advokatning
kasbiy erkinligi, mustaqilligi va huquqlarini taʼminlovchi normativ-huquqiy
2
Д.Турдиалиев.
Конституционные основы гарантий адвокатской деятельностию. Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2024) / ISSN 2181-1415
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
mexanizmlar majmuasidir. Aynan shu kafolatlar orqali advokat o‘z kasbiy
vazifalarini qonun doirasida erkin bajara oladi, tashqi bosim va aralashuvlardan
himoyalanadi hamda sud-huquq tizimida adolatli himoyani amalga oshiruvchi
asosiy subyekt sifatida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 141-142-moddalarida
bevosita Advokatlik faoliyatining kafolatlarining konstitutsiyaviy asoslar bilan
mustahkamlanganligini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasida “Har kimga malakali yuridik
yordam koʻrsatish huquqi kafolatlanadi. Har bir shaxs jinoyat protsessining har
qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi
amalda cheklangan paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan
foydalanish huquqiga ega”, deb koʻrsatib oʻtilgan. Bundan koʻrinib turibdiki,
advokat oʻz himoyasidagi shaxsning dastlabki tergovdagi yoki suddagi nuqtai
nazarini qoʻllab quvvatlashi shart
3
.
Baʼzi olimlar qarashlariga koʻra advokat uchun ishonch bildiruvchi shaxs
manfaatlari doimo birinchi oʻrinda boʻlmogʻi lozim. Xususan, V.Burobin fikricha,
“advokat uchun “ishonch bildiruvchi shaxs – doimo haq” degan qoida imperativ
xarakterga ega”.
4
Mazkur fikrga qoʻshimcha tarzda S.Shirinskiy esa “advokat
himoya pozitsiyasi borasida ishonch bildiruvchi shaxsdan yozma rozilik olishi
zarur” ekanligini taʼkidlaydi
5
. Mazkur fikrlarga nisbatan oʻz pozitsiyamizni
bildiradigan boʻlsak, albatta, ushbu fikrlaning asosli ekanligini taʼkidlashimiz
lozim. Biroq, advokat tomonidan “ishonch bildiruvchi shaxsning manfaatlari
ustunligi” prinsipiga amal qilishda qonun doirasida ish tutish hamda uning
manfaatlarini himoya qilish uchun noqonuniy usullardan foydalanmasligi
lozimligini yodda saqlash zarur.
V.A.Velgoretskayaning fikricha
6
, advokatlik faoliyatining kafolatlari — bu
faqat advokatning huquqiy maqomini belgilab beruvchi me’yorlar yig‘indisi
emas, balki sud-huquq tizimining barqaror va izchil faoliyat yuritishini
ta’minlovchi muhim huquqiy mexanizmdir. Huquqiy doktrinada bu tushuncha
murakkab va ko‘p qirrali huquqiy kategoriya sifatida baholanadi. Ushbu
kafolatlar, eng avvalo, advokatga o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil va erkin tarzda
amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari yoki boshqa shaxslarning
3
Голованов Сергей Сергеевич
.Гарантии независимости и неприкосновенности адвокатов. Вопросы современной
юриспруденции. № 5 (66), 2017 г.
4
Буробин В. Адвокатская деятельность. – М:. МНЭПУ, 2001, -Б. 56.
5
Ширинский С.Ф. Адвокат не вправе вредить своему подзащитному. // Адвокатю -2000. -№5. -Б. 25.
В.А. Вельгорецкая Адвокатская тайна: необходимост сущеуствования и сущность [Qayd daftari] // Территория
науки. - 2015 yil. - bet. 170-176
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
aralashuvisiz mijoz manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilish imkonini
beradigan normalar tizimi sifatida qaraladi.
Oʻzbekistonda advokatlik faoliyati kafolatlarini taʼminlashga doir ma’lum
huquqiy asoslar mavjud boʻlsa-da, ularning amalda to‘liq va izchil qo‘llanilishi
yo‘lida hali hanuz qator muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, ba’zi
holatlarda advokatlar sud majlislariga yoki tergov harakatlariga oʻz vaqtida jalb
etilmaydi, zarur hujjatlarga to‘liq kirish imkoniyatidan mahrum boʻladi yoki
ularning himoya nuqtai nazari yetarlicha inobatga olinmaydi. Bunday holatlar
huquqiy kafolatlarning mavjudligini emas, balki amaldagi huquqiy madaniyat
darajasini ochib beradi.
Masalan, 2021-yilda Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan anonim
soʻrovnoma natijalariga koʻra, advokatlarning himoya ostidagi shaxs bilan
uchrashishiga toʻsqinlik qilish holatlari surishtiruv bosqichida 461 ta, tergov
jarayonida esa 328 ta holatni tashkil etgan
7
. Holbuki, amaldagi qonunchilikda
advokatga surishtiruv yoki tergov bosqichlarida himoya qilinayotgan shaxs bilan
hech qanday ruxsatsiz, cheklovlarsiz va to‘siqlarsiz uchrashish huquqi
kafolatlangan. Ushbu qonuniy huquqning buzilishi esa advokatlik faoliyati
kafolatlarining jiddiy buzilishi sifatida e’tirof etilishi lozim.
Baʼzi hollarda, Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonalarida
advokatning himoyasidagi shaxs bilan uchrashuvi uchun order va
guvohnomadan tashqari tergovchi, sud yoki tergov boshqarmasi ruxsatini talab
qilish holatlari uchramoqda.
Holbuki, Jinoyat protsessual kodeksining 53-moddasi 2-qismiga ko‘ra,
himoyachi qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan hech qanday ruxsatisiz va
cheklovlarsiz – uchrashuvlar soni va muddati bo‘yicha chegaralarsiz – erkin
uchrashish huquqiga ega.
Shuningdek, IIVning 2456-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tergov
hibsxonalari ichki tartib qoidalarining 150-bandida ham bunday uchrashuvlar
erkin va cheklanmagan bo‘lishi belgilangan. Biroq ba’zan hibsxona maʼmuriyati
ushbu talablarni buzgan holda ruxsatnoma so‘raydi yoki uchrashuvni
kechiktiradi, bu esa qonundagi “moneliksiz va ruxsatsiz” tamoyiliga zid bo‘lib,
to‘laqonli himoyani amalga oshirishga to’sqinlik qiladi.
Advokatlik faoliyatining mazmunan ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhim
ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, ushbu faoliyatning mustaqilligini
taʼminlash har qanday huquqiy davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.
Х.O’roqova. ““Huqularimiz qo’pol ravishda buzilmoqda” – Qashqadaryodagi advokatlar muammolari qachon barham
topadi?”//Advokat press – 2022-yil avgust. №8 (19). 8-9-bet
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
Advokatlar oʻz faoliyatida quyidagi asosiy prinsiplar asosida faoliya olib
borishi lozim hisoblanadi:
Advokatning mustaqilligi;
Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va qasamyodiga rioya
etishi;
Qonunda taqiqlanmagan usullar va vositalarni qoʻllash.
Mazkur prinsiplar ichida albatta advokatning mustaqilligi alohida oʻrin
tutadi. Chunki, advokatlik kasbining oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlmish
jinoyat ishlarida himoyachilik funksiyasi aksariyat hollarda davlat bilan
ziddiyatga kirishgan, yaʼni manfaatlari toʻqnashgan shaxslarning huquqlarini
himoya qilishni taqozo etadi
8
.
Bizning fikrimizcha, advokat mustaqilligi va advokatura mustaqalligi
tushunchalari eshitilishi jihatidan bir-biriga yaqin tuyulsa ham, aslida bir biridan
farqli tushunchalar hisoblanadi.
Advokat mustaqilligi – bu advokatning oʻz faoliyatini hech qanday
noqonuniy taʼsir, bosim yoki aralashuvsiz, faqat qonunga va professional etikaga
asoslangan holda amalga oshirishi kafolatlanishidir. Advokat mustaqilligi
advokatning yakka individ sifatidagi oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda
boshqa davlat organlari va tashkilotlariga boʻysunmasligi va ulardan
mustaqilligini anglatadi.
Advokatura mustaqilligi deganda esa bu advokatura institutining davlat
hokimiyati organlaridan va boshqa tashqi bosimlardan xoli holda, oʻzini-oʻzi
boshqaruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritishi hisoblanadi. Ushbu tushuncha
bevosita advokatlarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hisoblangan Advokatlar
palatasi va uning hududiy boshqarmalarining davlat hokimiyati organlaridan
mustaqil tarzda faoliyat olib borishini bildiradi.
Demak, “Advokat mustaqilligi” hamda “Advokatura mustaqilligi
tushunchalari bir-biridan
subyekti, mazmuni hamda himoya qilinadigan
holat
jihatidan farqlanadi.
Advokatlik faoliyati mustaqilligi kafolatlaridan yana biri sifatida advokatlik
sirini oshkor etilishini man etishni tushunishimi mumkin. Advokat oʻz kasbini
bajarish paytida himoyasidagi shaxsning yoki uni vakil qilib yollagan ichki
sirlaridan, yaʼni jinoyat yoki maʼmuriy ishga daxldorlik darajasi, shuningdek,
oilaviy, mulkiy nizolarda – begona shaxslar bilishi lozim boʻlmagan holatlar,
xoʻjalik va tadbirkorlik ishlarida esa – xoʻjalik yurituvchi subʼektning tijorat
8
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
(tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja olish uchun – M:. Toshkent – 2005.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
34
sirlaridan voqif boʻlishiga toʻgʻri keladi
9
. Bu esa oʻz navbatida ushbu maʼlumotlar
daxlsizligini taʼminlash ehtimolini kuchaytiradi.
Advokat siri oshkor etilishini man etilishini taʼminlash yoʻllaridan biri
sifatida – advokat, uning yordamchisi va stajorining surishtiruv va dastlabki
tergovda advokat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatuv yoxud
boshqacha tushuntirish berishni taqiqlash hisoblanadi. M.S.Strogovich
advokatning guvoh sifatida soʻroq qilinish mumkin emasligi haqida “himoyachi
guvoh sifatida soʻroq qilinishining taʼqiqlanishi – fuqarolarning advokaturaga
boʻlgan ishnonchini oshirishga, advokatlar yordamidan foydalanish erkinligini
kafolatlashga xizmat qiladi”
10
, deb asosli taʼkidlagan. Lekin, baʼzi bir olimlar
jumladan, A.R.Mixaylenkoning “agar xizmat vazifasini bajarish tufayli
himoyachiga ayblanuvchining yoki boshqa shaxslarning tayyorlanayotgan yoki
sodir boʻlgan jinoyati haqida maʼlum boʻlib qolsa, bu haqida u tegishli
mansabdor shaxslarni xabardor qilishi lozim va shu munosabat bilan advokat
sirni oshkor qilish mumkin”ligi toʻgʻrisidagi fikrlariga mening fikrimcha,
qoʻshilib boʻlmaydi.
Chunonchi, advokat oʻz faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlardan
mustaqil faoliyat yuritib, uning asosiy funksiyasi fuqarolar va yuridik shaxslarga
yuridik yordam koʻrsatish hisoblanadi. Ushbu funksiyaning samarali amalga
oshirilishida,
advokatning
huquqni
muhofaza
qiluvchi
organlardan
mustaqilligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning yuqorida
keltirilgan advokatlik sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni bevosita dastlabki
tergov va surishtiruv mansabdor shaxslariga oshkor etishi, fuqarolarning
advokaturaga nisbatan ishonchinining kamayishiga, shuningdek, sudda
tortishuv prinsipining buzilishiga olib keladi.
Natijalar
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, advokatlik faoliyatining kafolatlari
huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurilishining ajralmas elementi bo‘lib, u
advokatning mustaqilligi, daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi asosiy
huquqiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Quyidagi asosiy ilmiy va amaliy
xulosalarga keldik:
1.
Advokatlik faoliyati kafolatlari – bu faqat nazariy tushuncha emas, balki
amaliyotda advokatning kasbiy huquqlarini himoya qilish va uning faoliyatiga
aralashishga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydigan normativ-huquqiy mexanizmlar
9
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
(tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja olish uchun – M:. Toshkent – 2005
10
Строгович М.С. Зашита по уголовным делам. – М.: Госюрхизмат, 2012. С: 38-39
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
tizimidir. Bu tizim advokatga o‘z faoliyatini erkin, qonuniy va xavfsiz ravishda
amalga oshirish imkonini beradi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 141 va 142-
moddalarida advokatlik faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlari ilk bor alohida
belgilab berilishi ushbu institutning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati
yuksalayotganini ko‘rsatadi. Bu esa advokatura institutining mustaqilligini
huquqiy jihatdan yanada mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
3.
Amaliy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud huquqiy asoslar yetarli
darajada rivojlangan bo‘lishiga qaramay, advokatlik faoliyatiga oid qonun
normalarining amaliyotda to‘laqonli tatbiq etilmayotgani muammoli jihatlarni
yuzaga keltirmoqda. Jumladan, tergov va surishtiruv bosqichida advokatlarning
himoyasidagi shaxs bilan erkin uchrashuvlariga sun’iy to‘siqlar qo‘yilmoqda.
4.
Qonunchilikda belgilanganidek, advokatning himoyasidagi shaxs bilan
erkin va ruxsatsiz uchrashish huquqining cheklanishi — nafaqat qonunchilikni
buzish, balki himoya huquqining buzilishi va sud-huquq tizimiga ishonchni
pasaytiruvchi xavfli omil sifatida e’tirof etilishi lozim.
5.
Advokatlik faoliyatining kafolatlarini mustahkamlash uchun quyidagi
takliflar ilgari surildi:
“Advokatlar faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi to’g’risida”gi qonunning 6-moddasi quyidagi qo’shimcha band bilan
to’ldirish: “Advokatga nisbatan jinoyat ishi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy
Malaka komissiyasining xulosasi asosida qo’zg’atilishi lozim”.
Jinoyat protsessual kodeksi 115-moddasi birinchi qism ikkinchi bandi
quyidagi talqinda o’zgartirilishi lozim: “Jinoyat ishi yuzasidan o‘z vazifalarini
bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida —
himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy
javobgarning vakilini hamda guvoh advokatini”
Advokatlik faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha alohida
statistik monitoring tizimini joriy etish;
Advokatlarning kasbiy huquqlari bo‘yicha sud amaliyotini tizimli
ravishda tahlil qilish va ommalashtirish;
Yuqoridagi natijalar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, advokatlik
faoliyatining kafolatlari faqatgina huquqiy jihatdan emas, balki ijtimoiy, siyosiy
va axloqiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kafolatlarning
to‘laqonli va izchil ta’minlanishi huquqiy davlatning mustahkam asosi sifatida
qaralishi lozim.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Д.Турдиалиев. Конституционные основы гарантий адвокатской
деятельностию. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации –
Society and innovations Special Issue – 01 (2024) / ISSN 2181-1415.
2.
Голованов
Сергей
Сергеевич.
Гарантии
независимости
и
неприкосновенности адвокатов. Вопросы современной юриспруденции. №
5 (66), 2017 г.
3. Буробин В. Адвокатская деятельность. – М:. МНЭПУ, 2001.
4. Ширинский С.Ф. Адвокат не вправе вредить своему подзащитному. //
Адвокатю -2000. -№5.
5. B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari
va advokatlarning ijtimoiy himoyasi (tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d
ilmiy daraja olish uchun – M:. Toshkent – 2005.
6. Х.O’roqova. ““Huqularimiz qo’pol ravishda buzilmoqda” – Qashqadaryodagi
advokatlar muammolari qachon barham topadi?”//Advokat press – 2022-yil
avgust. №8 (19).
7. В.А. Вельгорецкая Адвокатская тайна: необходимост сущеуствования и
сущность [Qayd daftari] // Территория науки. - 2015 yil. - bet. 170-176.
8. Строгович М.С. Зашита по уголовным делам. – М.: Госюрхизмат, 2012
9.. www.lex.uz
10. www.prezident.uz