ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
80
RASMIY MULOQOT VA NOTIQLIK SAN’ATI: TARIXIY RIVOJLANISH
VA AMALIY AHAMIYATI
Radjapova Nafisa
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat
universiteti o‘qituvchisi
Vapayeva Bakposhsha
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch
davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15797557
Annotatsiya.
Ushbu maqolada notiqlik san’atining qadimiy ildizlari, tarixiy
rivojlanish bosqichlari hamda davlat, jamiyat va shaxs kamolotidagi o‘rni tahlil
etiladi. Yunoniston va Rimdagi klassik notiqlik asoslari bilan bir qatorda, Sharq
mutafakkirlarining notiqlikka oid qarashlari yoritilgan. Asarda voizlik san’ati,
chiroyli nutq so‘zlash, til madaniyati va so‘zning ijtimoiy ta’siri muhim o‘rin
egallaydi.
Kalit so‘zlar.
Notiqlik san’ati, voizlik, sharq mutafakkirlari, nutq ta’siri,
davlat boshqaruvi.
Annotation.
The article discusses the historical roots and evolution of the
art of rhetoric from ancient civilizations such as Babylon, Egypt, and India, to its
classical development in Greece and Rome. It further highlights the
contributions of Eastern scholars like Alisher Navoi and Yusuf Khos Khajib to
oratory traditions. The significance of rhetoric speech, linguistic precision, and
rhetorical skill in governance, society, and personal development is emphasized.
Key words.
Rhetoric, preaching, eastern philosophers, speech influence,
governance.
Аннотация
. В данной работе рассматриваются истоки и этапы
развития ораторского искусства от древнейших цивилизаций - Вавилона,
Египта и Индии, до классического риторического наследия Греции и Рима.
Особое внимание уделяется вкладу восточных мыслителей, таких как
Алишер Навои и Юсуф Хос Ходжиб. Подчёркивается роль искусства слова в
управлении государством, общественной жизни и личностном развитии.
Ключевые слова
. Ораторское искусство, проповедь, восточные
мыслители, влияние речи, государственное управление.
Uzoq tarixga ega notiqlik san’atining rivojlanish nuqtalari sifatida Rim va
Afina ko‘rsatilishiga qaramasdan, mazkur yo‘nalish Vavilon, Misr, Assuriya va
Hindistonda yuzaga kelganligi haqida ilmiy asoslar mavjud. Ushbu yo‘nalishning
yuzaga kelishi va rivojlanishiga asos bo‘lgan bir qancha omillar sifatida o‘sha
davrda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan savdo-sotiq, siyosiy va xalqaro aloqalar,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
81
sud ishlari, harbiy sohalar hisoblangan. Chunki insonlar orasida yuksak obro‘-
e’tiborga ega bo‘lish, yuqori mansabni egallash, yaxshi daromad orttirish uchun
notiqlik san’atini puxta egallash talab etilgan va hatto ushbu qobiliyat
sarkardalik mahorati bilan teng mavqeda ulug‘langan.
Rasmiy muloqotning rivojlanish nuqtasi esa notiqlik san’ati (ritorika) bilan
uzviy bog‘liqdir. Notiqlik san’atidan mohirona foydalanish, so‘zlovchining
tinglovchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishiga, ko‘zlangan maqsadga oson va
tez erishishiga, tinglovchilar auditoriyasining notiqni qo‘llab-quvvatlashlariga
yordam beradi.
Ritorika so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib,
notiq
yoki
so‘zlovchi
ma’nosini
anglatadi. Ritorika tushunchasi birinchi marotaba mil. avv. V-VI asrlarda
Yunonistonda vujudga kelib, keyinroq fan sifatida rivojlana boshlagan.
Yunonistonda yetishib chiqqan va jahon notiqlik san’atida o‘chmas iz
qoldirgan Demosfen, Aristotel, Perikl, Lisiylar notiqlik san’atining yirik
namoyandalari hisoblanadilar. Bundan tashqari, Sitseron va Kvintilian kabi
nazariyotchilarning ham mazkur soha rivojidagi hissalari beqiyosdir. Ayniqsa,
Aristotelning “Ritorika”, Sitseronning “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari,
M.F.Kvintilianning “Notiq bilimi haqida” asarlari mazkur davlatlarda notiqlik
san’atining yuksak darajada rivojlanganligiga misol bo‘la oladi
1
. Mazkur asarlar
nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham notiqlik san’ati rivojiga chuqur
ta’sir ko‘rsatgan nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Jahon sivilizatsiyasi, fan va madaniyati rivojiga Markaziy Osiyoda, xususan,
yurtimizda tug‘ilib, ijod etgan bir qancha olim-u mutafakkirlar – Alisher Navoiy,
Bobur, Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Farobiy, Koshg‘ariy, Husayn Voiz
Koshifiylarning hissasi katta ekanligini alohida ta’kidlash joizdir. Sharq tarixida
Uyg‘onish davri nomi bilan atalgan ushbu davr olim-u faylasuflar, mutafakkirlar,
shoir, san’atkorlarning mehnatlari natijasi hisoblanadi.
Ilm-fan bilan tengma-teng rivojlangan madaniyat, san’at sohalari
yurtimizda bir qancha shoirlar, voizlar yetishib chiqishi uchun zamin yaratdi.
Voizlik san’ati shoir va mutafakkirlar orasida tez rivojlandi. Ushbu davrda
yozuvchilar, davlat arboblari tomonidan yaratilgan durdona asarlar tarkibida
notiqlik san’ati, chiroyli nutq so’zlash, voizlik haqida go‘zal fikrlar bildirilgan.
Fikrimizning mantiqiy davomi sifatida, “Qobusnoma” asari muallifi Kaykovus o‘z
asarida o‘g‘liga qarata, “Ey farzand, so‘zning yuzin va orqasin bilg‘il va ularga
rioya qilg‘il, har na so‘z dеsang, yuzi bila dеgil, to suxango‘i bo‘lg‘aysan. Agar so‘z
aytib, so‘zning nеchuk ekanin bilmasang, qushga o‘xsharsanki, unga to‘ti dеrlar,
1
R. Rasulov va boshq. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Tosh.: 2006. –
5-b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
82
ul doim so‘zlar, ammo so‘zning ma‘nosin bilmas. Suxango‘y shul kishi bo‘lg‘ayki,
ul har so‘zni dеsa, xalqqa ma’qul bo‘lg‘ay va xalq ham har so‘z dеsa, unga ma’qul
bo‘lg‘ay. Bunday kishilar oqillar qatoriga kirg‘ay, yo‘q ersa, ul inson suratida
mavjud bo‘lg‘on bir hayvondur”
2
deb, o‘g‘lini har bir bildirmoqchi bo‘lgan fikrini
avval yaxshilab o‘ylab, mulohaza qilib, so‘ng gapirishga undaydi, bunday kishilar
tomonidan bildirilgan fikr xalq tomonidan ham to‘g‘ri va yaxshi qabul qilinishini
uqtiradi.
Turkiy xalqlar adabiyotining durdonasi hisoblangan “Qutadg‘u bilig” asari
muallifi Yusuf Xos Hojib ham so‘zlovchi tomonidan tanlangan har bir so‘z muhim
ekanligi, nutqdagi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash alohida ahamiyat kasb etishi haqida
fikr bildirib, “bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur”
3
deya ta’kidlagan.
Buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy ham o‘z bitiklarida
voizlik san’ati haqida to‘xtalgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”
4
asarida
yozilishicha, “so‘z go‘yoki bir durdir, durning doimiy makoni dengiz tubi bo‘lsa,
so‘zning muntazam makoni ko‘ngildir. Dur g‘avvos tarafidan dengiz tubidan
chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati javhariga ko‘ra baholansa, so‘z sohibi
ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so‘z
qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Durning
qiymatini g‘avvos unga jilva berish orqali oshirsa, so‘zning qadrini notiq to‘g‘ri
ishlata olish orqali oshadi” deb uqtiradi.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so‘zlaganda nutqni o‘ylab,
shoshilmasdan tuzishga, keraksiz, noto‘g‘ri so‘zlarni ishlatmaslikka, mazmundor
so‘zlashga chaqiradi. Noto‘g‘ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib
yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi:
O‘qub so‘zla so‘zni eva so‘zlama,
So‘zung qizla kedin, boshing qizlama.
Notiqlik san’atining davlat boshqaruvidagi ahamiyati, insonlarga ta’siri
haqida durdora bitiklar qoldirgan davlat arboblaridan biri Zahiriddin
Muhammad Bobur bo‘lib, u o‘g‘li Xumoyunga yozgan xatida birovga yuborilgan
maktubini muallifning o‘zi bir necha bor o‘qib ko‘rishga, uning ravonligiga,
so‘zlarning ko‘zda tutilgan ma’noni to‘g‘ri aks ettirganligiga ishonch hosil
qilganidan keyin jo‘natishga chaqiradi.
5
Notiqlik san’ati davlatchilikning ilk rivojlanish bosqichlarida uni
boshqarish, insonlarni davlat hokimiyatiga ergashtirish maqsadida qo‘llanila
2
Hamidov A. O`qituvchi nutq madaniyati. – Termiz, 2013. – B. 11.
3
Muhamedova S. Nutq madaniyati. – T., 2007. – B. 6.
4
Hamidov A. O`qituvchi nutqi madaniyati. – Termiz: 2013. – B. 12.
5
Muhamedova S. Nutq madaniyati. – T., 2007. – B. 7.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
83
boshlanganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zero, notiqning ilmiy salohiyati,
saviyasi va iqtidori, nutqining o‘ziga xosligi, ta’sir kuchi, uning chiroyli so‘zlarni
qo‘llay olishi tinglovchilar auditoriyasini unga ergashish yoki inkor etishiga
sabab bo‘ladi, bu esa uning ijtimoiy ahamiyatiga katta ta’sir qiladi. Qisqacha qilib
aytadigan bo‘lsak, notiqlik san’atining rivojlanishi nafaqat davlat va jamiyat
yuksalishiga, balki inson shaxsiy kamolotiga, til imkoniyatlarining yuksalishiga,
til madaniyatini shakllanishiga, dunyoqarashining kengayishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
R. Rasulov va boshq. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Tosh.: 2006. –
5-b.
2.
Muhamedova S. Nutq madaniyati. – T., 2007. – B. 7.
3.
Hamidov A. O`qituvchi nutq madaniyati. – Termiz, 2013. – B. 11.
4.
Muhamedova S. Nutq madaniyati. – T., 2007. – B. 6.