Авторы

  • Nafisa Radjapova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi
  • Shohida Qadamova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115737

Ключевые слова:

Tilshunoslik paradigma qiyosiy tadqiqot struktura antropotsentrizm til va tafakkur.

Аннотация

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi ilmiy paradigma tushunchasi, uning tarixiy ildizlari va asosiy turlari - qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik paradigmalar haqida batafsil so‘z yuritiladi. Paradigmalar orasidagi farqlar, ularning tadqiqot usullariga ta’siri va zamonaviy tilshunoslikdagi ahamiyati izohlanadi. Ayniqsa, antropotsentrik paradigma til va inson o‘rtasidagi uzviy aloqani ochib beruvchi nazariy asos sifatida taqdim etiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA ILMIY PARADIGMALAR: NAZARIY

ASOS VA YO‘NALISHLAR

Radjapova Nafisa

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch

davlat universiteti o‘qituvchisi

Qadamova Shohida

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch

davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15796244

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi ilmiy paradigma

tushunchasi, uning tarixiy ildizlari va asosiy turlari - qiyosiy-tarixiy, sistem-
struktur va antropotsentrik paradigmalar haqida batafsil so‘z yuritiladi.
Paradigmalar orasidagi farqlar, ularning tadqiqot usullariga ta’siri va zamonaviy
tilshunoslikdagi ahamiyati izohlanadi. Ayniqsa, antropotsentrik paradigma til va
inson o‘rtasidagi uzviy aloqani ochib beruvchi nazariy asos sifatida taqdim
etiladi.

Kalit so‘zlar.

Tilshunoslik, paradigma, qiyosiy tadqiqot, struktura,

antropotsentrizm, til va tafakkur.

Annotation.

This article provides a detailed overview of the concept of

scientific paradigms in linguistics, exploring their origins and classification into
comparative-historical, system-structural, and anthropocentric types. It
discusses how these paradigms influence research methodologies and
theoretical perspectives. Particular attention is given to the anthropocentric
paradigm, which studies language in relation to human cognition, culture, and
communicative behaviour.

Key words.

Linguistics, paradigm, comparative analysis, structure,

anthropocentrism, language and cognition.

Аннотация.

В данной статье рассматривается понятие научной

парадигмы в лингвистике, её происхождение и основные типы:
сравнительно-историческая,

системно-структурная

и

антропоцентристская. Освещается влияние парадигм на методы
исследования и современные направления языкознания. Особое внимание
уделяется антропоцентристской парадигме, как теоретической основе
анализа языка через призму человеческого мышления, культуры и
социального поведения.

Ключевые слова.

Языкознание, парадигма, сравнительный анализ,

структура, антропоцентризм, язык и мышление.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

19

Tilni ilmiy tadqiq etish maqsadida tilshunos olimlar bir qancha metod va

paradigmalarga murojaat qilganlar.

Paradigma

(yunoncha “misol, na’muna”

ma’nolarini anglatadi) fan obyektini, uning muayyan davrda hokim bo‘lgan
nazariy tushunchalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan va shu asosda fanning turli
bo‘limlarida o‘xshash bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan muayyan tadqiqot
metodlarining majmuidir. U ilmiy metodologiya va ilmiy metodlardan farqli
o‘laroq, aniq tarixiy xususiyatga va ijtimoiy-madaniy tarqalish chegarasiga ega.

1

“Paradigma” atamasi ilk bor fanga amerikalik faylasuf va tarixchi

T.Kunning 1962-yilda e’lon qilingan “Ilmiy inqiloblar strukturasi” asari orqali
ilmiy muomalaga kiritildi. Lingvistik nuqtai nazardan qaraganda, paradigmalar
bir-birini inkor etmaydi, balki biri ikkinchisini to‘ldirib, umumlashib, ayni
damda leksik, grammatik va fonetik jihatdan kategoriyalarni farqlashga va ular
yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borishga xizmat qiladi. Umumiy tilshunoslikda
ilmiy paradigmalar uchta turga ajratiladi:

1.

qiyosiy-tarixiy paradigma;

2.

sistem-struktur paradigma;

3.

antropotsentik paradigma.

Qiyosiy-tarixiy paradigma tilshunoslikdagi eng birinchi ilmiy

paradigma hisoblanib, ilmiy tadqiqotning qiyosiy-tarixiy metodi ushbu
nazariyaga asoslangan holda yaratilgan. Qiyosiy-tarixiy paradigma hozirgi
kunda qiyosiy tilshunoslikda olib borilayotgan deyarli barcha tadqiqotlarning
mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. O‘z navbatida, kommunikativ tilshunoslikdagi
til va nutq paradigmalari qiyosiy muloqotdagi og‘zaki til va adabiy me’yorlarga
asoslangan yozma til, nutq va tilning fonetik, leksik va grammatik
xususiyatlarining qiyosiy tadqiqiga zamin yaratgan.

Sistem-struktur paradigmaning asosiy tadqiqot obyekti narsa-buyum,

tadqiqot predmeti sifatida olingan so‘zning o‘zi hisoblanib, butun e’tibor so‘z
strukturasi va u ifodalagan ma’noga qaratilgan. Sistem-struktur paradigma
talqini va unga yondashuvlar bugungi kundagi semantika, pragmatika, struktur
tilshunoslik va konseptologiyaga oid tadqiqotlar ko‘lamida muhim o‘rin
egallaydi. Sistem-struktur paradigma so‘z va leksik tarkib masalalarini qamrab
oladi. Bunda so‘z oilasi (word family) bir leksemaning turli shakllari o‘rtasidagi
munosabatni ifodalaydi, shuning uchun bir leksemaning barcha shakllari bo‘lgan
so‘zlar bu turkumga misol bo‘ladi:

nation (millat), national (milliy), nationalise

(milliylashtirmoq), international (millatlararo), nationality (millat)

va hokazo.

Leksik to‘plam (lexical set) bir xil va turdagi so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni

1

Umurzoqova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan uslubiy qo

llanma. –T., 2021. – B. 31.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

20

ifodalaydi. Ular ko‘pincha giponim bo‘ladi. Masalan,

sher (lion), yo‘lbars (tiger),

yaguar (jaguar), silovsin (lynx), pantera (panther)

mushuksimonlarning barcha

turlari bo‘lib, leksik to‘plamni tashkil qiladi. Leksik maydon (lexical field) bir
matnda tez-tez uchrab turadigan so‘zlarni tavsiflaydi. Misol uchun, agar biz
salomatlik haqida gapiradigan yoki yozayotgan bo‘lsak, biz

kasal, shifokor,

og‘riqli, hayot uchun xavfli, kasalxona, davolanish, hamshira, tez yordam

kabi

so‘zlarni ayni matn yoki suhbatda topishimiz mumkin. Bu matnning leksik
tuzilmasini tashkil qilib, uning mazmuni bilan bog‘liq bo‘ladi.

2

Antropotsentrik

paradigma

tilshunoslikda

antropotsentrizm

yo‘nalishining yaralishiga sabab bo‘lgan. “Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida
tilni undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati,
yoshi, jinsi kabilar bilan bog‘liq holda o‘rganishga, tilning inson nutqiy faoliyati
jarayonida kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy e‘tibor
qaratilmoqda. Buning natijasida XX asrning oxirida tilni shaxs omili bilan bog‘liq
holda o‘rganish metodologiyasiga asoslangan va o‘ziga xos tahlil usullariga ega
antroposentrik tilshunoslikning turli yo‘nalishlari ajralib chiqdi. Bugungi kunda
kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika,
neyrolingvistika kabi zamonaviy yo‘nalishlar o‘z tadqiq obyekti, predmeti, aniq
qo‘yilgan maqsad, vazifalari, tahlil usullariga ega.”

3

D.Lutfullayeva

ta’kidlaganidek, antropotsentrik tilshunoslik tilni undan foydalanuvchi shaxs
omili bilan bog‘liq holda o‘rganuvchi fan tarmog‘idir.

4

Antroposentrizm

so‘zi

yunoncha

anthropos

– odam hamda lotincha

centrum

– markaz ma’nosini

bildiruvchi so‘zlar birikuvidan hosil bo‘lgan.

5

Ushbu atama inson koinotning

markazi, butun borliqning asosiy nutqasi sifatida qarashni yoqlovchi nazariya
sifatida yuzaga kelgan.

Tilshunoslikning asosiy tadqiqot usullaridan hisoblangan antropotsentik

metod til va inson o‘rtasidagi munosabatlarni, insonni tilda, tilni esa insonda
tahlil etuvchi nazariy yondashuv bo‘lib, mazkur yo‘nalish buyuk nemis tilshunos
olimi va faylasufi Vilgelm fon Gumboldt tomonidan fanga kiritilgan. Olimning
fikricha, til insonning ma’naviy va ichki dunyosini ko‘rsatib beruvchi, uning
olamga bo‘lgan fikrlarining ko‘zgusi sifatida tasvirlanadi. Olim tilni xalq ruhi
bilan chambarchas holda yashovchi va rivojlanuvchi omil sifatida ko‘rsatadi,
ularni bir-biridan ajratib bo‘lmasligi va ayro holda rivojlanmasligini ta’kidlab,

2

https://www.eltconcourse.com/training/tkt/tktmodule1/tkt_m1_lexis.html#:~:text=A%20word%20family%20describ

es%20the,the%20same%20kind%20and%20type

.

3

Lutfullayeva D.E. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi. –Toshkent, 2017.

– B. 3.

4

O`sha manba. – B. 3.

5

https://oefen.uz/uz/documents/slaydlar/umumiy/fomal-substansial-va-antroposentrik-tilshunoslikda-sintaksisga-

oid-tadqiqotlar-tahlili-haqida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

21

“biz xalq ruhida tillarning farqlarini aniqlaydigan aniq belgilovchi tamoyil va
asosni ko‘rishimiz kerak, chunki millatning ma’naviy kuchi faqat eng muhim va
mustaqil asos bo‘lib, til unga bog‘liqdir”, deya ta’kidlaydi

6

. Shu bois,

antropotsentik yondashuv tilshunoslikda tilni inson tafakkuri, madaniyati va
ijtimoiy ongining in’ikosida tahlil qilishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Lutfullayeva D.E. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi. –Toshkent, 2017. – B.

3.
2.

Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi: Monografiya. – T.,

2013. – B. 13.
3.

Umurzoqova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan uslubiy qo‘llanma. –T.,

2021. – B. 31.
4.

Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – T.:Yoshlar matbuoti. 2009. – 263 b.

5.

Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.: “Sharq” NMAK, 2010.

–174 b.

6

Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi: Monografiya. – T., 2013. – B. 13.

Библиографические ссылки

Lutfullayeva D.E. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi. –Toshkent, 2017. – B. 3.

Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi: Monografiya. – T., 2013. – B. 13.

Umurzoqova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan uslubiy qo‘llanma. –T., 2021. – B. 31.

Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – T.:Yoshlar matbuoti. 2009. – 263 b.

Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.: “Sharq” NMAK, 2010. –174 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)