ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
BIOSOLVENT PREPARATINI SHUDGOR VAQTIDA TUPROQQA
ARALASHTIRUVCHI TEXNIKANING LABORATORIYA SINOVLARINI
O‘TKAZISH.
Shodiyev Shuxrat Baqoyevich
Buxoro davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchi,
ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi direktori.
Hamroyev G‘iyosjon Fayzullo o‘g‘li
ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi “IT va STT”
laboratoriya mudiri.
Sharipov Armonbek Ergashovich
ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi “YMHBSOTT”
laboratoriya mudiri.
Hamroyev Ilxomjon Fayzullo o‘g‘li
Buxoro davlat texnika universiteti magistri
.
Jo‘rayev Fazliddin O‘rinovich
Ilmiy rahbar:
Buxoro davlat texnika universiteti professori., t.f.d.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16793732
Annotatsiya.
Meliorativ holati yomon, o‘rta va kuchsiz sho‘rlangan yerlarda
shudgorlash bilan bir vaqtda, shudgor yuzasi bo‘ylab biosolvent birikmasini 1 ga
yer maydoni uchun 200 liter suvga 5-10 liter biosolvent aralashtirib sepadigan va
orqa tomondan tuproqga aralashtirish vazifani bajaruvchi maxsus qurilmalar
bilan jihozlangan texnika va uning texnologik ish jarayoni ishlab chiqilgan.
Biosolvent tuproqni g‘ovakligini oshirib, suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash orqali,
tuproq tarkibidagi suvda oson eruvchi zararli tuzlarni chiqarib yuborish uchun
sharoit yaratadi hamda sho’r yuvishdagi suv miqdori sarfini kamayishiga
erishiladi. Buning natijasida suv iqtisod qilinib, yerlarning hosildorligini 7-10
sentnerga oshishiga imkoniyat ayratiladi.
Kalit so‘zlar:
Biosolvent, g‘ovaklik, shudgor, suv o‘tkazuvchanlik, tuproq, tuz
miqdori, o‘rta sho’rlangan yer, kuchsiz sho‘rlangan yer, texnika, texnologiya.
Аннотация.
На землях с неудовлетворительным мелиоративным
состоянием, средне- и слабозасоленных почвах разработаны способ и
технологический процесс его обработки, оснащенные специальными
устройствами, которые одновременно распыляют по поверхности плуга
смесь биорастворителя из расчета 5-10 л биорастворителя с 200 л воды на
1 га площади и перемешивают ее с почвой с обратной стороны. Увеличивая
пористость почвы и улучшая ее водопроницаемость, биорастворитель
создает
условия
для
выведения
из
почвы
вредных
солей,
легкорастворимых в воде, и достигается снижение расхода воды при
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
155
промывке солей. В результате экономится вода и повышается
продуктивность земель на 7-10 центнеров.
Ключевые
слова
:
Биорастворитель,
пористость,
плуг,
водопроницаемость, почва, содержание солей, среднезасоленная почва,
слабозасоленная почва, техника, технология.
Annotation.
In lands with poor melioration conditions, medium and weak
saline soils, a technique and its technological process have been developed,
equipped with special devices that simultaneously spray a biosolvent mixture of
5-10 liters of biosolvent mixed with 200 liters of water per 1 ha of land area along
the plow surface and mix it into the soil from the back. By increasing the porosity
of the soil and improving water permeability, the biosolvent creates conditions
for the removal of harmful salts that are easily soluble in water from the soil, and
a reduction in water consumption during salt leaching is achieved. As a result,
water is saved and land productivity is increased by 7-10 centners.
Keywords:
Biosolvent, porosity, plow, water permeability, soil, salt content,
moderately saline soil, weakly saline soil, technique, technology.
Jahonda yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini yaratish
hamda mavjud mashinalarni takomillashtirishda energiya va resurstejamkorlik
eng muhim masala hisoblanadi. «Dunyo miqyosida turli qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosilini yetishtirish uchun har yili 1,8 milliard gektardan ortiq maydonga ishlov
berilishini» [1] hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-
resurstejamkor tuproqqa ishlov beradigan mashina va qurilmalarni ishlab
chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanmoqda. Shu jihatdan shudgorlash bilan
bir vaqtda haydov osti qatlamini yumshatib ketadigan pluglarni ishlab chiqishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda rivojlangan xorijiy davlatlarda,
jumladan AQSh, Germaniya, Gollandiya, Angliya, Italiya, Rossiya Federatsiyasi,
Belorussiya, Ukraina va boshqa davlatlarda ma’lum yutuqlarga erishilgan [2,3].
Respublikamizning sug‘oriladigan yеr maydoni 4,3 mln gektardan iborat,
jami suv resurslari 52 mlrd.m
3
ni tashkil etsa, 41,0 mlrd.m
3
qo‘shma davlatlar
hududlarida shakllansa, 11,0 mlrd.m
3
O‘zbekiston hududida shakllanadi, shundan
o‘rtacha 90 foizi qishloq xo‘jaligida, 4,5 foizi, kommunal xo‘jalik sohasida, 4,3 foizi
sanoat va energetikada, 1,2 foizi baliqchilikda foydalanilgan yеr usti suv resurslari
49,9 mlrd.m
3
(96%). Yer osti suvlari 0,5 mlrd.m
3
(1%). Qaytar suvlar 1,6 mlrd.m
3
(3%).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
156
1-ramali suspenziya; 2 - pullug korpuslarini aylantirish uchun gidrotsilindr;
3 - rama; 4- pastki yumshatkich; 5- oldingi yumshatkichlar; 6 - pichoqlar; 7 -
katok.
1-rasm. Biosolvent preparatini sepadigan qurilma bilan jihozlangan
kombinatsiyalashgan plug sxemasi
Qo’sh yarusli plug ish jarayonida orqa tomonga o’rnatilgan biosolvent
birikmasini tuproqning yuza qatlamiga sepuvchi va uni quyosh nuri, shamol
hamda turli tabiy ta’sirlar natijasida kimyoviy tarkibini saqlab qolishi uchun
tuproq bilan aralashtiruvchi moslama (katok) bilan ishlov berilib, sho’r yuvish
jarayoni amalga oshirilganda biosolvent birikmasining tuproqga bo’lgan
kimyoviy ta’sirini saqlab qolish orqali tuproqni g’ovakligini oshirib zararli
tuzlarni yaxshi eritadi va sho’r yuvish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Sug‘orilаdigаn sho‘rlаngаn tuproqlаrning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi
jinslаrning xаrаktеrigа, tuproq tiplаrigа, sug‘orish dаvrlаrigа, sho‘rlаngаnlik
dаrаjаlаrigа hаmdа ulаrdа o‘tkаzilаyotgаn аgrotеxnik vа mеliorаtiv tаdbirlаrning
mаjmvаsigа bog‘liq. O‘zining kеlib chiqishigа ko‘rа sug‘orilаdigаn sho‘rlаngаn
tuproqlаr turli tiplаrigа, jumlаdаn och tusli bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi,
botqoq-o‘tloqi, tаqirli, tаqir-o‘tloqi vа boshqа bo‘lishi mumkin. Sho‘rlаngаn
sug‘orilаdigаn tuproqlаrdаgi suvdа oson eruvchi tuzlаr аsosаn uch kаtion (Nа
+
,
Cа
++
, Mg
++
) vа to‘rt аnion (Cl
-
, SO
4--
, HCO
3-
, CO
3--
) ning kimyoviy birikishi nаtijаsidа
hosil bo‘lgаn 12 xil tuzdаn iborаt (1-jаdvаl).
Tuproq-gruntlаrdаgi аsosiy suvdа oson eruvchi tuzlаr
1-jаdvаl
Xloridlаr
Sulfаtlаr
Kаrbonаtlаr
Bikаrbonаtlаr
NаCl
(nаtriy xlorid)
Nа
2
SO
4
(nаtriy sulfаt)
Nа
2
CO
3
(nаtriy kаrbonаt)
NаHCO
3
(nаtriy bikаrbonаt)
MgCl
2
(mаgniy xlorid)
MgSO
4
(mаgniy
sulfаt)
MgCO
3
(mаgniy kаrbonаt)
Mg(HCO
3
)
2
(mаgniy
bikаrbonаt)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
157
CаCl
2
(kаlцiy xlorid)
CаSO
4
∙2H
2
O
(kаlцiy sulfаt)
CаCO
3
(kаlцiy kаrbonаt)
Cа(HCO
3
)
2
(kаlцiy
bikаrbonаt)
Ushbu tuzlаrdаn 4 xili, ya’ni Mg(CO
3
)
2
, CаSO
4
∙2H
2
O, CаCO
3
vа Cа(HCO
3
)
2
tuzlаri dеyarli zаrаrsiz. Bulаr ichidа eng zаrаrsiz tuz gips (CаSO
4
) vа ohаk (CаCO
3
)
hisoblаnаdi. Qolgаn 8 xil tuzlаr o‘simliklаr uchun zаhаrli, аyniqsа eng xаvflisi
Nа
2
CO
3
vа kеyingi o‘rindа MgCl
2
toksik tuzlаri hisoblаnаdi.
Kam sho‘rlangan yer uchun tavsiya
2-jаdvаl
№
Yer maydon,
m
2
Sho‘r yuvish
uchun
beriladigan suv
miqdori, m
3
Biosolvent
aralashtirish uchun
beriladigan suv
miqdori, litr
Beriladigan
biosolvent
miqdori, litr
1
10 000m
2
2 500 m
3
200 litr
5 litr
O‘rta sho‘rlangan yer uchun tavsiya
2
10 000 m
2
2 500 m
3
200 litr
10 litr
Kam sho‘rlangan yer uchun o‘tkazilgan laboratoriya natijalari
3-jаdvаl
№
Maxsus
laboratoriya
idishi, m
2
Beriladigan
suv miqdori,
litr
Maxsus
aralashma uchun
suv miqdori, gram
Beriladigan
biosolvent miqdori,
gram
1
0,5 m
2
125 litr
10 gram
0,25 gram
O‘rta sho‘rlangan yer uchun o‘tkazilgan laboratoriya natijalari
2
0,5 m
2
125 litr
10 gram
0,5 gram
2-rasm. Laboratoriya jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha foto lavhalar
Biosolvent polimer kompozitsiyasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Innovatsion
rivojlanish vazirligi O‘zR FA Bioorganik kimyo institutida yaratilgan sho‘rlangan
tuproqlar tarkibidagi tuzlarni samarali yuvuvchi “Biosolvent” preparatini
tijoratlashtirishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bioorganik kimyo instituti qoshida OOO
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
158
“Innovatsion biotexnologiyalar” korxonasi tashkil qilingan bo‘lib, hozirda
“Biosolvent” preparatini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan [4].
“Biosolvent”
preparatidan Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo,
Toshkent, Jizzax, Farg‘ona Namangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasida
sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda foydalanildi va samarali
natijalarga erishildi [4].
Tarkibi:
Polimer kompozitsiya tarkibida polimalein kislota va uning
sopolimeri - 20-35%; anion tipidagi sirt - faol modda - 1,2-4,5%; aminospirt
tipidagi bufer va neytrallovchi qo‘shimcha - 0,4-13%; qolgan qismini neytral-
inert modda va suv tashkil qiladi.
Biosolvent preparati bilan ishlov berish uchun ko‘rsatma:
Sho‘rlangan
yer maydonlarini sho‘rini yuvish jarayonida tuproqning sho‘rlanganligi
darajasidan kelib chiqib, kuchsiz sho‘rlangan dalalar uchun 5 l/ga, o‘rtacha
sho‘rlangan dalalar uchun 10 l/ga Biosolvent preparatini qo‘llash tavsiya etiladi.
Sho‘r yuvishdan oldin Biosolvent preparati 200–600 l suvda suyultirilib dalaga
sepiladi, so‘ngra sho‘r yuvish ishlari bajariladi. Shuningdek, ekinlarni sug‘orish
jarayonida ham Biosolvent preparatini qo‘llash mumkin. Bunda sug‘orishdan
oldin preparat birga yigirma nisbatida suyultirilib, yer yuzasiga purkash orqali
sepiladi va sug‘oriladi. Biosolvent preparati vegetatsiya davrida qo‘llanilganda 0-
70 cm.gacha qatlamda bo‘lgan tuzlarni zararli ta’siri sezilarli darajada kamaydi,
tuzsizlanish effekti vegetatsiya davri oxirigacha saqlanib qolinadi.
Sho‘rlangan maydonlarni “Biosolvent” preparati bilan yuvish natijasida,
oddiy suv bilan yuvilganiga qaraganda, zararli ionlar miqdori: xlor - 35-42%,
sulfat - 13-16%, kalsiy - 21-28%, natriy - 21-23% yuvilganligi aniqlandi. Magniy
ionlarining miqdori esa kontrolga nisbatan 63-68% ga oshganligi aniqlandi.
Xulosa.
Hozirgi kunda tuproqqa asosiy ishlov berishda shudgorlash bilan birga
yerlarga turli biopreparatlarni sepadigan texnologik jarayonini bir vaqtda amalga
oshirish agregatning dalada xarakatlanishlar sonini qisqarishi hamda jarayon
uchun sarflanadigan xarajatlar, ayniqsa yonilg‘i sarfi kamayishiga imkon beradi.
Respublikamiz tuproq-iqlim sharoiti uchun shudgorlash va biosolvent
preparatini shudgor vaqtida bir vaqtda sepadigan qurilmaning texnologik ish
jarayonini asoslovchi tadqiqotlarni o‘tkazishni talab etadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
https://old.gov.uz/oz/news/view/23943
2.
Jo’rayev F.O‘., Hamroyev G‘.F., Hamroyev I.F. Biosolvent preparatini
sepadigan purkagichlar bilan jihozlangan tuynukli drenaj hosil qiluvchi qurilma
// xalqaro an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani. Buxoro, 7-son - 2022 y. B. 105-109.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
159
3.
Jo‘rayev F.O‘., Hamroyev G‘.F., O’rinov E.F., Hamroyev I.F. Biosolvent
preparatini sepadigan purkagichlar bilan jihozlangan tuynukli drenaj hosil
qiluvchi qurilma // “Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop
jurnal. Buxoro, 1(12)-son 2022-yil B. 4-11.
4.
Mamatov F.M., Jo‘rayev F.O‘., Shodiyev Sh.B., Hamroyev G‘.F., Jo’rayev J.T.
Takomillashgan qiya ustunli tuynukochgich chuquryumshatkich qurilma ishchi
organining parametrlarini asoslash // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. № 3
(15) 2024 – B. 66-70.
5.
Sh.B Shodiyev, G‘.F Hamroyev. Sug‘orishning zamonaviy usullari
agrotexnologiyasi // Mirovaya nauka, 2022. 12 (69). c. 122-125.
6.
Sh.B Shodiyev, G‘.F Hamroyev. Suvni tejovchi intensiv sug‘orish
texnologiyalarining afzalliklari // Ekonomika i sotsium, 2022. 10-2 (101). c. 629-
636.