ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
16
BOG‘ QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN UNIVERSAL
QURILMALARNING TAHLILLARI
Jo‘rayev Fazliddin O‘rinovich
Buxoro davlat texnika universiteti professori., t.f.d.
E-mail:fjuraev66@mail.ru
Saidova Guljamol Komilovna
Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti.
E-mail: guljamolsaidova30@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16881415
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bog‘ qator oralariga ishlov beradigan
universal qurilmalarning tahlillari keltirilgan bo’lib hozirgi vaqtda ishlatilib
keladigan mavjud qurilmalar yordamida yumshatilib begona o’tlardan
tozalanadi, tekislanadi, ekin turiga qarab pushta va juyaklar hosil qilinadi. Bu
tadbirlarni amalga oshirishda agregatlar bog’ qator oralarida alohida ishlatilib
kelinmoqda, bu esa energiya-resurslarni ortiqcha sarflanishiga va yerning
zichlanishi oqibatida unumdorligini kamayishiga olib keladi. Taklif qilinadigan
universal qurilma yuqoridagi texnologik jarayonni bitta universal ramaga
aylanuvchi mexanizim yordamida mahkamlanib amalga oshirish taminlangan va
ortiqcha resurslarni tejash orqali qishloq xo’jaligida yuqori iqtisodiy
samadorlikka erishilgan.
Kalit so’zlar:
uneversal, qurilma, rama, osish qurilmasi, ish organlar,
tayanch g‘ildirak, dala yuzasi, egat tubi, bog‘ qator oralari, energiya-resurslar,
aylanuvchi mexanizim.
Аннотация:
В этой статье представлен анализ универсальных
приспособлений для садовой междурядной обработки почвы с помощью
имеющихся в настоящее время приспособлений производится рыхление,
прополка, выравнивание, формирование борозд и борозд в зависимости от
вида культуры. При осуществлении этих мероприятий агрегаты
используются отдельно между садовыми рядами, что приводит к
перерасходу энергоресурсов и снижению плодородия земли из-за
уплотнения. Предлагаемое универсальное устройство предусматривает
реализацию вышеуказанного технологического процесса путем крепления
поворотного механизма к одной универсальной раме, а высокая
экономическая эффективность достигается в сельском хозяйстве за счет
экономии избыточных ресурсов.
Ключевые слова:
универсальный, устройство, рама, подвесное
устройство, рабочие органы, опорное колесо, поверхность поля, дно седла,
садовые междурядья, энергоресурсы, поворотный механизм.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
Annotation:
This article presents an analysis of universal devices that
work between garden rows, softening with the help of existing devices currently
in use is cleaned of weeds, leveled, and pustules and bruises are formed
depending on the type of crop. In the implementation of these measures,
aggregates are used separately between garden rows, which leads to an over-
expenditure of energy-resources and a decrease in productivity due to
compaction of the Earth. The proposed universal device is provided for the
implementation of the above technological process by tightening it using my
mechanism, which turns into a single universal frame, and high economic
efficiency is achieved in agriculture by saving excess resources.
Key words:
uneversal, device, rama, hanging device, working organs,
support wheel, field surface, egat bottom, garden row spacing, energy-resources,
rotating mechanism.
Kirish.
Yerlarga ishlov berish qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil
yetishtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlari ichida muhim o‘rinni
egallaydi. Bundagi asosiy vazifa yerlarni belgilangan chuqurlikka yumshatish,
dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qilish, tekislash va talab darajasida
zichlash yo‘li bilan paykallarda kuz-qish va erta bahorda to‘plangan namni
saqlab qolinishiga erishish, unib chiqayotgan begona o‘tlarni bartaraf etish va
eng muhimi urug‘larni bir tekis ekish va undirib olinishiga yetarli sharoit
yaratishdan iborat.
Respublika bo‘yicha jami 356 ming 338 gektar bog‘ va tokzorlar, shundan
257 ming 880 gektari bog‘ va 98 ming 457 gektar tok qator oralariga qishloq
xo‘jaligi ekinlarini ekish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan[1].
Demak, bugungi kunda mavjud yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat
xavfsizligini taʼminlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, mahsulot
yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan respublikada 2024-yil hosili uchun bog‘ va tok
qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekilishi ustidan doimiy nazorat
o‘rnatilgan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini
nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalardagi soha
mutaxassislar tomonidan hududlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalaridan
olingan maʼlumotlarga ko‘ra 2024- yilning 21-noyabr holatiga bir kunda 3 ming
719 gektar, mavsum boshidan buyon jami 339 ming 337 gektar yoki rejaga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
nisbatan 95,2 foiz bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi
maʼlum bo‘ldi[2].
Shundan, bog‘ qator oralariga 244,1 ming gektar yoki 94,7 foiz (jumladan,
52,8 ming gektar piyoz, 11,4 ming gektar sarimsoqpiyoz, 30,5 ming gektar sabzi,
11,8 ming gektar lavlagi, 36,4 ming gektar ko‘kat, 8,9 ming gektar karam va 92,1
ming gektar boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari) ekilganligi hamda tok qator
oralariga esa 95,1 ming gektar yoki 96,7 foiz maydonlarga (jumladan, 24,9 ming
gektar piyoz, 4,2 ming gektar sarimsoqpiyoz, 12,5 ming gektar sabzi, 2,1 ming
gektar lavlagi, 9,5 ming gektar ko‘kat, 2,4 ming gektar karam va 39,3 ming gektar
rezavor ekinlar ekilganligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda bog‘ qator oralariga ishlov
beradigan universal qurilma ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
KZE-15 chizel-kultivatori ham seriyali ishlab chiqarilib amaliyotga joriy
etilgan boʻlib (1-rasm), 18 cm gacha ishlov beradi. Qurilmaning ish organlari va
ramasining mustahkamligi oshirilganligi hamda konstruksiyada zamonaviy
tayyorlash texnologiyalaridan foydalanilganligi bilan farq qiladi. Bundan
tashqari chizel-kultivatorning qamrash kengligi 3 m ni tashkil etadi. KZE-15
chizel-kultivatoridan tuproqni ekish oldidan yumshatishdan tashqari shudgor
osti qatlamiga ishlov berishda ham foydalanish mumkin[3].
1-rasm. KZE-15 chizel-kultivatori
Bu chizel-kultivator faqat yumshatkich panjalar bilan jihozlanganligi
tufayli undan begona oʻt bosgan dalalarga ishlov berishda foydalanib boʻlmaydi.
Bundan tashqari ushbu chizel-kultivatorning ish unumi pastligi hamda ogʻir
boʻlganligi uchun undan bogʻdorchilikda keng foydalanilmaydi.
Turkiyaning “Alpler” korxonasi tomonidan ish organlarini ramada surish
yoʻli bilan qurilma qamrash kengligini oʻzgartirish imkoniga ega boʻlgan “AKL
13” markali kultivator qurilmasi taklif etildi. Ushbu “AKL 13” qurilmaning
massasi 727 kg boʻlib 80–100 ot kuchiga ega boʻlgan traktorlar bilan
agregatlanadi va 15 cm chuqurlikkacha ishlov beradi (2-rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
19
2-rasm. “AKL 13” markali kultivatorning umumiy koʻrinishi
“AKL 13” markali kultivatorning ish organlari 2 qator etib prujinalarga
mahkamlangan. Har ikki qatorda ham oʻqyoysimon panjalar oʻrnatilgan. Ushbu
qurilmaning narxi hamda transportirovka qilish harajatlari qimmatligi uning
asosiy kamchiligi hisoblanadi[4].
Belarusiyaning “Kerland” korxonasi tomonidan «OK-500» markali
kultivator pushta olgich qurilmasi ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma osma boʻlib
rama va beshta seksiyadan tashkil topgan [5]. «OK-500» markali kultivator
pushta olgich kichik konturli maydonlarga ishlov berishga moʻljallangan boʻlib,
20 ot kuchiga teng boʻlgan traktorlar bilan osma usulda agregatlanadi (3-rasm).
3100 mm
3-rasm. «OK-500» markali kultivator pushta olgichning umumiy koʻrinishi
«OK-500» markali kultivator pushta olgich qurilmasining asosiy kamchigi
shundaki, oʻqyoysimon panjalar yordamida ishlov berilgandan soʻng,
mexanizator har bir seksiyadagi pushta olgichlarni oʻrnini qoʻl kuchi yordamida
almashtirib chiqishi kerak. Albatta bunga koʻp vaqt va qoʻl kuchi talab etiladi (4-
rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
20
4-rasm. «OK-500» markali kultivator pushta olgichning ish organlari
Polshaning Weremczuk kompaniyasi tomonidan UFO 97 olti qatorli va
NUJ 097/1 ikki qatorli kartoshka uchun moʻjallangan dalalarda joʻyak va
pushta hosil qilib ketuvchi qurilma tavsiya qilingan. Mashina ixcham va kuchli
dizaynga ega boʻlib, kartoshka hosiliga foydali taʻsir koʻrsatadigan optimal
shakldagi joʻyak va pushtalarni shakllantirishda yuqori tezlikda ishlashga
imkon beradi (5-rasm).
5-rasm. UFO 97 toʻrt qatorli joʻyak va pushta hosil qilish qurilmasi
Oʻtkazilgan adabiyotlar tahlili hamda olib borilgan izlanishlarimiz asosida
bogʻ qatorlari oraliga ishlov beradigan universal qurilma (keyingi oʻrinlarda
qurilma) asosiy rama 1 (6-rasmlar), aylanuvchan rama 2, tuproqni
yumshatadigan ish organlari, yaʻni yumshatkich 3 va oʻqyoysimon panjalar 4,
tekislagich 5, pushta olgich 6, mahkamlovchi halqa 7 va asosiy ramani osish
mexanizmi 8 hamda tayanch gʻildiraklar 9 lardan tashkil topgan etib ishlab
chiqildi[6].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
21
1-osma rama; 2-tayanch gʻildirak; 3-ishchi organlarni aylantirish imkonini
beruvchi vtulkali bogʻlanish; 4-tekislagich; 5-oʻqyoysimon panja; 6-iskanasimon
panja; 7-joʻyak va pushta hosil qiluvchi ishchi organ
6-rasm. Qurilmaning konstruktiv chizmasi
Qurilmaning yumshatkichi va oʻqyoysimon panjalari, tekislagichi va
pushta olgichlari aylanma rama atrofida jamlangan va uning oʻqi atrofida
aylantirilib, navbatma-navbat ish holatiga oʻtkaziladi va mahkamlovchi halqa
orqali asosiy ramaga mahkamlanadi. Qurilma qoʻllanilib bogʻ qatorlari orali
yumshatiladi, tekislanadi va ularda pushta hosil qiladi.
Хulosa.
Respublikamiz bogʻdorchilikga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari hamda
klasterlarda yangi bogʻlar tashkil etilayotganligini va bogʻ qator oralaridan
unumli foydalanishni hisobga olsak, qator oralariga sifatli ishlov beradigan
texnika vositalar yaratilsh muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kunda bogʻ qator
oralarida qoʻllaniladigan chet el texnikalarining narxini qimmatligi va
respublikamizda mavjud texnikalar esa turli xil paxtachilik va polizchilikda
qoʻllaniladigan texnika vositalari ulishiga toʻgʻri kelmoqda. Ilgari bajarilgan
ilmiy-tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili, shuningdek bogʻdorchilik texnika
vositalarining konstruksiyalari va ish jarayonlarini oʻrganish natijasi shuni
koʻrsatdiki, bogʻ qator oralariga ishlov beradigan texnika vositalarini yonilgʻi
sarfi, ishchi kuchi va boshqa iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga bogʻ qator
oralariga ishlov beradigan universal qurilma yaratish va joriy etish orqali
erishish mumkin. Bogʻ qator oralariga universal ishlov beradigan
mashinalarning mavjud emasligi muammodir. Bogʻdorchilik traktorlari bilan
agregatlanadigan bogʻ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilma ishlab
chiqish va qoʻllash yoʻli bilan yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bogʻ qator oralariga ishlov beradigan
universal qurilma ish organlarining parametrlari va ish rejimlarini asoslashga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
22
qaratilgan maqsadli tadqiqotlarni oʻtkazish ko’rsatib o’tilgan muammolarni haq
qilish mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Saidova G.K. Bog’ qator oralariga ishlov beradigan universal qurilmaning
tadqiqot maqsadi, vazifalari va dastlabki tajriba – sinov natijalari. Masters
scientific journal/ 27 december/2024/12-number.-144p.
2. F.O‘.Jo’rayev, G.K. Saidova. Bog‘ qator oralarida ishlov beradigan universal
qurilmaning tadqiqot maqsadi, vazifalari va dastlabki tajriba-sinov natijalari. //
International Interdisciplinary Research Journal Development & Science &
Education 27 December / 2024/12- Number. - B. 14-20.
3. Карпенко, А. Н. Сельскохозяйственные машыны / А. Н. Карпенко, В. М.
Халанский - М.: Колос, -1983. -495c.
4.https://www.alpler.com.tr/en/products/1072/spring-
cultivators/1024/spring
5. https://kerland.ru/navesnoe-oborudovanie/kultivator-okuchnik-kerland-ok-
6. https://www.perkins.com/en_GB/products/sectors/agriculture/case
7. F U Zhurayev, G' F.Khamroyev, I F.Khamroyev, Z. Khaydarova, I.Ibodov. THe
usage of a combined machine in the process of preparing the land for planting //
conmechydro - 2021. IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering
Scopus.
8. FU Juraev, Sh B Shodiev, GF Khamroev, JT Juraev, IF Khamroev. Mathematical
modeling formation of wole drainage under soil deformations // E3S Web of
Conferences, 2023. E3S Web of Conferences 419, 02005. e3s-conferences.org