SHAHAR HUDDUDI MISOLIDA ATMOSFERA HAVOSINI MONITORING QILISH USULLARI

Аннотация

Shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishida atrof-muhitining atmosfera havosi monitoringiga alohida o‘rin berilishi va harakatlanuvchi manbalarni atmosfera havosi ifloslanishiga qo‘shayotgan hissasini hisobga olgan holda atmosfera havosi holatini kuzatishni tashkil etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish asosida muammoni hal qilish taklif qilinadi. Maqolada shaharlar hududida atmosfera havosining ekologik monitoringi samaradorligini oshirish muhimligi ta‘kidlangan, olingan natijalari asosida kelgusida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
63-70
66

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qurbonova, S. (2024). SHAHAR HUDDUDI MISOLIDA ATMOSFERA HAVOSINI MONITORING QILISH USULLARI. Академические исследования в современной науке, 3(46), 63–70. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/49668
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishida atrof-muhitining atmosfera havosi monitoringiga alohida o‘rin berilishi va harakatlanuvchi manbalarni atmosfera havosi ifloslanishiga qo‘shayotgan hissasini hisobga olgan holda atmosfera havosi holatini kuzatishni tashkil etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish asosida muammoni hal qilish taklif qilinadi. Maqolada shaharlar hududida atmosfera havosining ekologik monitoringi samaradorligini oshirish muhimligi ta‘kidlangan, olingan natijalari asosida kelgusida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

63

SHAHAR HUDDUDI MISOLIDA ATMOSFERA HAVOSINI

MONITORING QILISH USULLARI

Qurbonova Shabnam Istamali qizi

magistirat

Qarshi muhindisllik iqltisodiyot instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14229683

Annotatsiya.

Shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishida atrof-

muhitining atmosfera havosi monitoringiga alohida o‘rin berilishi va
harakatlanuvchi manbalarni atmosfera havosi ifloslanishiga qo‘shayotgan
hissasini hisobga olgan holda atmosfera havosi holatini kuzatishni tashkil
etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish asosida muammoni hal qilish taklif
qilinadi. Maqolada shaharlar hududida atmosfera havosining ekologik
monitoringi samaradorligini oshirish muhimligi ta‘kidlangan, olingan natijalari
asosida kelgusida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish

Kalit so‘zlar

: atmosfera havosi monitoringi, zararli chiqindi gazlar, shahar

muhiti, chiqindi gazlarning zararli tarkibiy qismlari, monitoring tamoyillari,
detektorlar.

Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo‘lib, biosferada hayot mavjudligini

taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli
kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi.
Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va
kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi
taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat
bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera
qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar
bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert
gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan
kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi.
Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari
mavjud bo’lib, so'ngi yillarda inson tasirining kuchayishi natijasida gazlar
balansining o"zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdori
o’zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Oxirgi
yillarda atmosferaga o'nlab mlrd tonna karbonat angidrid gazining chiqishi
natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 0,5 c oshgaligi aniqlangan. «parnik
effekti» natijasida yer yuzi o'rtacha haroratining o’zgarishi og'ir ekologik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.Har yili yer yuzasida yonish
jarayonlariga qo'shimcha o'n milrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi.
Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar-yashil o'simliklar maydonining tez
qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi
muommosi yuzaga kelishi shubhasizdir.

Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning

qo'shilishi natijasiga uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi
tushuniladi, atmosfera tabiiy va suniy yo'llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi,
chang to'zonlar, o'rmon va dashtlardagi yong'inlar o'simlik changlari
mikroorganizmlar kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir.
Suniy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy
chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning suniy ifloslanish
darajasi oshib bormoqda .atmosferaning mahalliy, regional va global ifloslanishi
kuzatiladi. Agregat holatiga ko'ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni to'rt
guruhga bo'lish mumkin; qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar, havoni
ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, kurum,
azot oksidlari, uglerod oksidlari, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglevodorodlar,
metal oksidlari va boshqalar kiradi, Atmosferaga o'n minglab tonna modda va
birikmalar chiqarilgan bo’lib, ularning o'zaro birikib hosil qilgan aralashmalari
to'la urganilmagan. Bunday nomalum birikmalarning tirik jonzotlarga shu
jumladan inson sog'lig'iga tasiri aniq baholangan emas. Havoning kuchli
ifloslanishi bazi uy hayvonlarining nobud bo'lishiga olib keladi. Atmosfera
havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki
bilvosita zararli tasir ko’rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb
yuritiladi . Bunda zararli birikmalarning odam mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga
putur etkazmasligi nazarda tutiladi. Havo ifloslanishining muntazam REM dan
yuqori bo'lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi
yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko"rsatkichlari
bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM
ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish
mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3;
fenol-0,01 mg/m3; formaldegid0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo.
REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha
atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan,
shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular
uchun me'yorlar belgilangan. Atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan
o'ziga xos himoya qobig'iozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami insonlar va barcha
jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarini zararli ta'siridan himoya qiladi.
Freon, Xlorftoruglevodorodlar, ozot oksidlari ta'sirida ozon parchalanadi. Yer
yuzi qutublarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari
vujudga kelgan. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga
kelayotgan ekologik oqibatlarining oldini olish uchun mahalliy mintaqaviy va
umumjahon miqiyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 10-15 yil ichida
kislotali yomgirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi.
Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt
va ozot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu
birikmalar yomgirni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSH, Kanada,
Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda
kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshlagan.
Bunday yomg'irlar hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni
emiradi, inson sog'lig'iga zarar etkazadi. Kislotali yomg'irlarning uzoq masofaga
ko'chishi natijasida turli davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy xalqaro miqyosida
tadbirlar o'tkazilmoqda.

Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida

kuzatiladigan zaxarli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar
sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko’rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz
bergan smog oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, keyingi yillarda
dunyoning yirik shaxarlarida London tipidagi smog Los-Anjeles tipidagi smoglar
qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi
gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli brikmalarni xosil
qilishi tushuniladi. Jumladan ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil
bo'lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim
ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish
uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis
Batgan aytganidek: yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks xolda
tutun yer yuzida insonlarni kamaytiradi. Atmosfera havosining ifloslanishi turli
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi,
binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o'simlik va hayvonlarning nobud bo'lishi
va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning
ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30
mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o'z o'zini tozalash
xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o'zlari amalga oshirishlari
lozim bo‘lgan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning
turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli
korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini
o'zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish ushbu muammoni hal
qilishning eng istiqbolli yo'llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning
ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha 500
mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar
chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan
o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar
(benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo
ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi.
O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida
transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish,
metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa
tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim
ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning
ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O’zbeksiton Respublikasida atmosfera
havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi.
Shaharlarning asosan tog'oldi va tog'oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning
issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan
yuqori bo'lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi,
sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy
rayonlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari
bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy
shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli
birikmalar bo'yicha ko’rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan bu shaxarlarning
ba'zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud. O’zbekistonning bozor
munosabatlariga o'tishi va so'nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga
oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining
kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turgun
manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo'lsa, bu
ko’rsatkich 1995 yili 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan
chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va
transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog'liqdir.
O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan ifloslovchi birikmalar.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

O’zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli

birikmalarning 50 foizdan ortig'i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga to’g'ri keladi.
Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa qo'shni
mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So'ngi
yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar (O’zbekistonning tog'li rayonlarida,
Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10- 12% kamayganligini ko’rsatadi.
Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta
maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. O’zbekistonda atmosfera
havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini
kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Korxonalar uchun
havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to'lov va jarimalar
belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to'g'risida maxsus
qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan .

Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining

ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan. Havoning ifloslanishi inson
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, allergiya va nafas olish tizimi kasalliklarini
keltirib chiqaruvchi sabablardan biri hisoblanadi. Aynan shuning uchun biz
nafas olayotgan havoning sifatli bo‘lishi juda muhim. Deyarli har bir yirik shahar
atmosferasida yuqori miqdorda ifloslantiruvchi moddalar kuzatiladi, ular
ekotizim va aholi salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Xo‘jalik faoliyati natijasida
energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni qayta ishlash kabi sohalarda
havoga ifloslantiruvchi moddalar yoki kimyoviy birikmalar chiqariladi, ular turli
kimyoviy reaksiyalarga kirishib, atmosferada ikkilamchi ifloslanishga olib keladi.

Urbanizatsiya (shaharlashish) jarayonlarining tezlashishi ham havo

ifloslanishining kuchayishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bugun aholining
yarmidan ko‘pi shaharlarda yashaydi, shaharlar bir tomondan ko‘pincha
ifloslanish manbai bo‘lsa, boshqa tomondan, aynan shu yerda havo
ifloslanishining oqibatlari ayniqsa kuchli seziladi.
Atmosfera tabiiy tarkibining inson faoliyati natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlari
havoning ifloslanishiga olib keladi, ushbu ifloslanish ko‘lamini faqat atmosfera
havosini monitoring qilish yordamida aniqlash mumkin. Monitoringni tashkil
qilish havo sifatini baholash, uning sifatini yaxshilash bo‘yicha samarali
choralarni rejalashtirish uchun juda muhimdir.

Atmosfera tabiiy tarkibining inson faoliyati natijasida ro‘y bergan

o‘zgarishlari havoning ifloslanishiga olib keladi, ushbu ifloslanish ko‘lamini faqat
atmosfera havosini monitoring qilish yordamida aniqlash mumkin. Monitoringni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

tashkil qilish havo sifatini baholash, uning sifatini yaxshilash bo‘yicha samarali
choralarni rejalashtirish uchun juda muhimdir.

Har qanday yirik shaharlar uchun atrof-muhit holatini kuzatish, tabiiy

jarayonlar fonida kuzatuvlar o‘tkazish, baholash va o‘zgarishlarni bashorat
qilishga asoslanadi. Atrof-muhit monitoringi tizimida atmosfera havosini
nazorat qilish alohida o‘rin egallaydi. Shahar hududining atmosfera havosi turli
manbalardan juda ko‘p miqdordagi ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi
tufayli atrof-muhitning eng zaif tarkibiy qismi hisoblanadi. Sanoat va ishlab
chiqarish korxonalari bilan bir qatorda atmosfera havosini ifloslantiruvchi
asosiy manbalar an‘anaviy ravishda mobil manbalar hisoblanadi. Ma’lumki yirik
megapolislar, shaharlar va aholi punktlarida avtomobil transporti tomonidan
atmosfera havosining ifloslanishiga qo‘shgan hissasi umumiy chiqindilarning 80
foiziga yaqinni tashkil qiladi. Avtomobil transportining chiqindilari zararli
komponentlari soniga uglerod oksidi, oltingugurt va azot oksidi, aldegidlar,
uglevodorodlar va boshqa uchuvchan birikmalar kiradi. Ushbu zararli
moddalarning maksimal miqdori transport vositalarining harakati, shuningdek
chorrahalarda, svetoforlarda to‘xtab turish jarayonida atmosfera havosini
ifloslantiradi. Shahar hududlari infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida yo‘l
tarmoqlarining murakkabligi ortib boradi, avtomobil transporti motorlarining
ishlash rejimini o‘zgartirish chastotasi ko‘tariladi (signal bilan boshqariladigan
chorrahalarda, shuningdek piyodalar o‘tish joylaridagi to'xtab turishlar
natijasida) va atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanish ehtimoli
ortib boradi. Shuning uchun, bugungi kunda atmosfera havosi holatining
ekologik monitoringiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Atmosfera havosi
holatining samarali monitoringini tashkil etish shaharning turli hududlarida
ifloslanish darajasi to‘g‘risida ishonchli va aniq ma‘lumotlarni olish va to‘plash
imkonini beradi. Kelajakda ushbu ma’lumotlar atmosfera havosi ifloslanishini
kamaytirish bo‘yicha tizimli va aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ko‘chma
manbalarning chiqindi gazlarini zararli tarkibiy qismlardan tozalash
texnologiyalarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tanlash uchun asos bo‘ladi
n. Hozirgi vaqtda atmosfera havosining ifloslanishini mobil manbalar orqali
baholashning mavjud usullari, qoida tariqasida, amalda uzoq va ko‘p vaqt talab
qiladi. Xususan, atmosfera havosining holatini to‘g‘ri baholash uchun juda ko‘p
ma’lumotlar to‘plami zarur bo‘ladi. Shu sababli ular atrof-muhit monitoringi
maqsadlari uchun aslida yaroqsiz. Shahar hududlari atmosfera havosi
ifloslanishining mobil manbalar monitoringi tizimi quyidagilar bilan ifodalanadi:
bo‘sh turgan mobil manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

nazorat qilish tizimi; statsionar kuzatuv stansiyalari orqali olingan ma’lumotlar
tizimi. Stantsiyalar shahar havosining statsionar va ko‘chma manbalar
chiqindilari bilan ifloslanishini va uning tarqalish sharoitlarini dastlabki
o‘rganish ma’lumotlari asosida joylashtiriladi. Bunda mavjud kuzatuv
stansiyalari asosan fon va sanoat korxonalri tomonidan hosil bo‘ladigan
ifloslanishni kuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, shahar atmosferasining ko‘chma
transport vositalari bilan ifloslanishini hisobga olish deyarli amalga
oshirilmaydi. Bunday stantsiyalarning kuzatuvlari natijasida olingan
ma’lumotlardan taxminiy foydalanish mumkin, chunki transport oqimining
bilvosita xususiyatlarini hisobga olmasdan, avtomobil transportining shahar
atmosferasiga ta’sirini baholash mumkin emas.
Xulosa. Demak, ekologik monitoringni tashkil etishda biz taklif qilgan tamoyillar
uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Kuzatishlar natijalari esa havo
ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ko‘chma
manbalar chiqindi gazlarining zaharli tarkibiy qismlaridan tozalash
texnologiyalarini tanlash uchun asos bo‘ladi..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I. Vigdorovich, N.V. Gabelko, R.V. Spasskiy, Pollution of the Air of the City of
Tambov with Exhaust Gases, Bulletin of Udmurd University. 8 (2005) 79-86.
2. В.Ю. Ананьев, Д.С. Жигаев, П.Ф. Кику, Л.В. Кислицина, Оценка риска
здоровью населения при воздействии химических веществ атмосферного
воздуха города Владивостока, Здоровье, Медицинская экология, Наука. 52
(2013) 29-32.
3. F.F. Dautov, R.F. Hakimova, N.Z. Yusupova, Atmosfera havosining
ifloslanishining yirik sanoat shahridagi bolalarda allergik kasalliklarning paydo
bo'lishiga ta'siri, aholi salomatligi va atrof-muhit.. 2 (2007) 10-12.
4. A.A. Gorbatenko, Methods of Evaluation of the Quality of Urban Territories,
Bulletin of Sou. Ur. St. Univ. Ser. Construction and Architecture. 1 (2013) 84-86.
5. К.А. Черепанов А. В. Влияние экологических характеристик городских
территорий на формирование городской среды // Известия технических
наук в России и за рубежом: материалы IV междунар. ученый конф. (2015)
99-105.
6. Э.В. Петерс, Основы территориально-пространственного развития
городов: рабочая тетрадь, Кузбасс, ул. техн. ун-т, Кемерово, 2010.
7. Г.А. Демиденко, Д.Ф. Жирнова, Экологический мониторинг загрязнения
окружающей среды формальдегидом и бензапиреном, Вестник КрасГАУ.
10 (2013).


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

8. Э.Г. Крушель, Экологический мониторинг атмосферного воздуха малых
городов, модели и алгоритмы, Наука, Москва, 2012.

Библиографические ссылки

I. Vigdorovich, N.V. Gabelko, R.V. Spasskiy, Pollution of the Air of the City of Tambov with Exhaust Gases, Bulletin of Udmurd University. 8 (2005) 79-86.

В.Ю. Ананьев, Д.С. Жигаев, П.Ф. Кику, Л.В. Кислицина, Оценка риска здоровью населения при воздействии химических веществ атмосферного воздуха города Владивостока, Здоровье, Медицинская экология, Наука. 52 (2013) 29-32.

F.F. Dautov, R.F. Hakimova, N.Z. Yusupova, Atmosfera havosining ifloslanishining yirik sanoat shahridagi bolalarda allergik kasalliklarning paydo bo'lishiga ta'siri, aholi salomatligi va atrof-muhit.. 2 (2007) 10-12.

A.A. Gorbatenko, Methods of Evaluation of the Quality of Urban Territories, Bulletin of Sou. Ur. St. Univ. Ser. Construction and Architecture. 1 (2013) 84-86.

К.А. Черепанов А. В. Влияние экологических характеристик городских территорий на формирование городской среды // Известия технических наук в России и за рубежом: материалы IV междунар. ученый конф. (2015) 99-105.

Э.В. Петерс, Основы территориально-пространственного развития городов: рабочая тетрадь, Кузбасс, ул. техн. ун-т, Кемерово, 2010.

Г.А. Демиденко, Д.Ф. Жирнова, Экологический мониторинг загрязнения окружающей среды формальдегидом и бензапиреном, Вестник КрасГАУ. 10 (2013).

Э.Г. Крушель, Экологический мониторинг атмосферного воздуха малых городов, модели и алгоритмы, Наука, Москва, 2012.