ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
149
YOSHLARNING ONGIDA VATANPARVARLIK, FAOL HAYOTIY
POZITSIYASINI MUSTAHKAMLAShDA MA’RIFATPARVAR
JADIDCHILARNING O‘RNI
Urinov Farmon Saydullaevich
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi,
kafedra sikli dotsenti, dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.14166902
Ushbu maqola
Turkistonda
ma’rifatparvar “
Jadidchilik” harakatining
tutgan o‘rni va roli hamda hozirgi kunda
yoshlarni
vatanparvarlik ruxida
tarbiyalash va faol hayotiy pozitsiyasini yanada mustahkamlashda
ma’rifatparvar “
Jadidchilik”ning
ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Turkiston, Jadidchilik, jadid, Oʻrta Osiyo, Panturkizm,
Buxoro, Xiva.
В данной статье подробно описываются место и рол
просветителского движения «Джадидизм» в Туркестане, а также эе
значении в деле воспитания молодежи в духе патриотизма, укреплению в
сознании наших молодежи активной жизненной позиции.
Ключевые слова.
Туркистон, Жадидизм, жадид, Средняя Азия,
Пантуркизм, Бухоро, Хива.
Jadidchilik
yoki
jadidizm
jadid
–yangi) – XIX-asr oxiri XX-asr
boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb
эtgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab XIX-asrning 80-
yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda
tarqalgan.
Jadidchilikning asosiy
gʻoya va maqsadlari
quyidagilardan iborat bo‘lgan:
Turkistonni o‘rta asrchilik va feodal qoloqchilik, xurofotlardan ozod qilish;
usuli qadimni inkor etgan xolda, millatni, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga
olib chiqish; milliy davlat bunyod etish; konstitutsion, parlament va prezident
idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish; Turkiy tillarga davlat tili
maqomini berish; milliy qo‘shin (armiya) tuzish.
Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga
koʻra,
uchga
boʻlinadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi.
jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha
tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil
“Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq – mening
o‘limim, sening uchun o‘lmoq – mening tirikligimdur”
Fitrat
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
150
qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga
qarshi kurashning
oldingi
saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning
dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.
jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy
sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi (1-rasm) asosan Buxorodagi shahar
aholisining
taraqqiyparvar qismi:
ziyolilar,
mullavachchalar,
mayda
doʻkondorlar
va
maʼmurlar,
hunarmandlar,
savdogarlardan iborat
edi.
Jadidlarning
dehqonlar va askarlar
oʻrtasida
nufuzi
avvaliga past boʻlgan.
Jadidlar iqtisod va
boshqaruv
sohasida
bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular
dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi.
Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi.
Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik
va islohotlarning dushmani boʻlgan qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr
boshlarida Buxoro jamiyati ikki guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi
taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiylarga boʻlingan
edi.
1908-yil “Buxoroi sharif shirkati” tuzilib, darsliklar nashr etish va kitob
savdosi bilan shugʻullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmonxoʻja
Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Homidxoʻja Mehriy, Abdulvohid Burhonov,
Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Saʼdiy shirkatning
tashkilotchilari edi. 1909-yil dekabrda jadidlar Buxoroda “Tarbiyai atfol”
(“Bolalar tarbiyasi”) maxfiy jamiyatini tuzishdi (asoschilari: Abdulvohid
Burhonov, Homidxoʻja Mehriy, Ahmadjon Hamdiy, Mukammil Burhonov, Hoji
Rafe). Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi “Buxoro
taʼmimi maorif jamiyati” boʻlimiga oʻqishga joʻnatdi. Xorijdagi taʼlim yoshlar
1-rasm. O‘rta Osiyo (Turkiston) jadidlari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
151
dunyoqarashida tubdan burilish yasadi. Jadidchilik Buxoro va Turkistonda bir
vaqtda boshlangan boʻlsa ham, amirlikdagi ogʻir muhit uning taraqqiyotini
tezlashtirdi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus oldi
va “Tarbiyai atfol” maxfiy jamiyati asosida partiya tashkil topdi [1,2].
Xiva jadidchiligi.
XX-asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir
qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan
ikkita oqimdan iborat edi. Uning oʻng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-
sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini oʻziga
birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxoʻja
boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon
hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali
erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yoʻl ochib berishni maqsad
qilib qoʻygan edi.
Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar
va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan boʻlib, qozikalon Bobooxun
Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil
qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini oʻstirish maqsadini qoʻyishgan
edi. 1904-yil “jamiyati xayriya” tuzilib, uning koʻmagi bilan Xiva shahrida
dastlabki yangi usul maktabi ochildi (1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari
maʼrifiy ishlar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash ham
olib bordilar. Birinchi jahon urushigacha Xiva jadidlarining yagona markazi va
dasturiy hujjatlari boʻlmagan. Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida katta
ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib, 1914-yil avgustda u partiya shaklini olgan [3].
Panturkizm.
1917-yil jadidchilik harakati oʻzining yangi bosqichiga qadam
qoʻydi. Fevral inqilobidan soʻng oʻzbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd
qiladilar va “Turon” uyushmasi zaminida “Shuroi Islomiya” jamiyati tuzildi
(asoschilari Munavvarqori, Abduvohidqori Abduraufqoriyev, Ubaydullaxoʻja
Asadullaxoʻjayev) [4]. 1917-yil mart oyida ish boshlagan bu jamiyat qishloq va
shaharlarga targʻibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib
borish, saylov toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan shugʻullandi. Uning dasturini
Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda “Shuroi Islomiya” tizimi
yaratilishining tashabbuskori boʻldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini
berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi.
1917-yil may oyida Moskvada boʻlgan Butun Rossiya musulmonlarining
birinchi
qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada
jiddiylashdi. 1917-yil 12-14-iyulda Fargʻonada boʻlib oʻtgan musulmon
tashkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar koʻrib chiqildi. Unda “Turk
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
152
Adami Markaziyat (Federalistlar)” firqasining dasturi (maromnomasi) va 22
moddadan iborat nizomi qabul qilindi [5].
1917-yil sentabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston va Qozogʻiston
musulmonlarining qurultoyida “Shuroy Islomiya” va “Shoʻroi Ulamo”, “Turon” va
boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yoʻli bilan “Ittifoqi muslimin” siyosiy
partiyasini tuzishga kelishildi.
Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil noyabr oyida
Qoʻqonda boʻlgan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda
to‘rtinchi
qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish
fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi –
Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi.
Fitrat, Choʻlpon, Hamza singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab,
satrlar bitishdi.
Soʻnggi yillari.
Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar
bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar (“Oʻn sakkizlar
guruhi”, “Inogʻomovchilik”, “Qosimovchilik”, “Badriddinovchilik” va boshqa)
tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil
noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi
(keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli
zarba berildi.
Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar
firqasi darajasiga koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va
dasturiga koʻra, shoʻro adabiyotlarida aytilganidek, “bir hovuch boylar
manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari” emas, balki
Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik
jarayonning namoyandalari edi.
Turkistonda sovet xokimiyati zoʻravonlik yoʻli bilan oʻrnatilgach,
jadidlarning bir qismi faol siyosiy xayotdan chetlashib, faqat badiiy ijod bilan
shugʻullandi (Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy va
boshqalar). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-maʼrifiy shohobchalarida
mehnat qilishdi (Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Hamza,
Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar). Baʼzi
jadidlar “mahalliy kommunistlar” sifatida yuqori davlat va hukumat
lavozimlarida ishlashni davom ettirdi (Fayzulla Xoʻjayev, Abdulqodir
Muhiddinov, Nizomiddin Xoʻjayev va boshqalar). Ayrim jadidlar boʻlsa,
Turkistondagi istiqlolchilik harakati saflariga borib qoʻshildi va xorijga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
153
muhojirlikka joʻnab ketdi (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sadriddinxon
Sharifxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va boshqalar).
Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan
tashqari)
30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirgʻin natijasida
halok boʻldi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida “
millatchilik
”, panturkizm,
panislamizm tamgʻalari bosilib, qoralandi. Jadid adabiyotini oʻqish taqiqlandi.
Oʻzbekiston mustaqilligidan keyingi talqin
. Sovet davrida yozilgan
adabiyotlarda jadidchilikka “
burjua-liberal harakat
” deb taʼrif berilgan. SSRI
tarqakib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi
qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos,
sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini
oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat,
Choʻlpon, Abdulla Avloniyning ikki jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy
Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning bir jildli, shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev,
Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning
20 ta mashhur vakili kiritilgan “Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining
namoyandalari” (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning
faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi [5].
1999-yil 16-18-sentyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo XX-asr boshida:
islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik,
Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)” mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda
AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va
boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik
harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan
oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati
jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada
ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi [6].
Xulosa
qilib aytganda, jadidlar Turkistonni, jumladan, O‘zbekistonni
mustaqil davlat holida ko‘rishni orzu qilganlar. Ular shu yo‘lda jon fido qilgan
holda kurash olib bordilar. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda,
“Tilda, fikrda,
ishda birlik”
degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz
xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan
qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni
egallashda, deb bildilar. Ular shu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatib, yangi usul maktablari,
teatr va kutubxonalar, nashriyotlar ochdilar. Jamiyat a’zolarining dunyoqarashi
va turmush tarzini o‘zgartirish maqsadida gazeta va jurnallar nashr etdilar.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
Yoshlarni ilg‘or davlatlarga o‘qishga yubordilar. Yurtimizda ushbu yo‘nalishda
muhim farmon va qarorlar qabul qilinib, har yili 31 avgust – Qatag‘on
qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanmoqda.“Shahidlar xotirasi”
yodgorlik majmuasi va jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi,
uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda hududiy bo‘limlari
faoliyat olib bormoqda.
Buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-
siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar
o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga,
milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va
tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat
namunasidir. Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga
osonlik bilan erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni
ko‘z qorachig‘iday asrashga doimo da’vat etib turadi. Ana shu ishlarimizning
mantiqiy davomi sifatida Buxoro shahridagi tarixiy maskanda Jadidchilik tarixi
muzeyi tashkil etildi.
Chunonchi,
Jadidchilik harakati Markaziy Osiyo mintaqasidagi
uchinchi renessansni yaratmoqchi bo‘lgan
. Prezidentimizining bunga e’tibor
qaratishi juda yaxshi. Chunki butun o‘zbek millatning taraqqiy etishida aynan
jadidlarning g‘oyalari muhim ahamiyatga ega.
Bugungi O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishida, shak-
shubhasiz, ularning ham hissasi bor. Turkiston muxtoriyatchilarining muayyan
qismida bo‘lgan sustkashlikni ham qayd etish lozim. Jumladan, qon to‘kilmasligi
uchun nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rish tarafdori bo‘lgan.
Mustaqillik tufayli. O‘zbekiston xalqining erki, mustaqilligi, milliy
davlatchilik g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak
nomlari tiklandi, asarlari chop etildi.
Hozirgi
kunda
vatanimiz
va
insoniyat
taraqqiyotning
yangi
bosqichiga qadam bosar
ekan, ilm-fanning yangi
turlarini kashf etmoqda.
Chunki ilm-fan har doim
zamon
ruhini
o‘zida
oynadek aks ettirgan. Yangi
texnologik
(2-rasm)
2-rasm. Sun’iy intellekt yordamida o‘zbek jadidlarining
ko‘rinishi. (H. Ubaydullaev tasviri)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
155
yutuqlarning ilm-fannga ham kirib kelishi insonlarga o‘tmish va kelajak, hayot
va xayol o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldirishga imkon yaratmoqda. Masalan, sun’iy
intellekt yordamida yaratilayotgan tarixiy video yoki sur’at barchamizni o‘sha
davrga bevosita olib kirib ketadi [6]. Siz o‘zingizda tarix ruhiyatini his etasiz va
bevosita voqelik ishtirokchisiga aylanasiz. O‘zbekiston tarixida o‘tgan
shaxslarning qiyofasi sun’iy intellekt yordamida yaratilib, bizlarga taqdim etib
borilmoqda. Bularning asosiy maqsadi – yoshlarni sun’iy intellekt yordamida
yaratilgan san’at asarlari orqali o‘z tarixlariga qiziqtirish. Hozirda jadid
bobolarimizni tasvirlashga harakat qilindi. Bundan keyin O‘zbekiston tarixida
o‘tgan har bir buyuk hukmdor, sarkarda va san’at arboblarini ko‘rinishi
yaratiladi.
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi”da yoshlarni
milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga
Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, tariximiz
va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida
fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib
bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish kabilar asosiy vazifalar,shuningdek, harbiy
xizmatchilarning
ongida
vatanparvarlik,
faol
hayotiy
pozitsiyasini
mustahkamlashda ma’rifatparvar jadidchilarning o‘rni cheksiz deb bilamiz va
o‘rganamiz.
Manbalar:
1. Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov, Qahramon (2000-2005). “Jadidchilik”.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
2. “Jadidizm”. Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi
bosh redaksiyasi. 1988. p. 271.
3. “Jadidizm”. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 4. Toshkent: Oʻzbek sovet
ensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1973. 278-279 b.
4. Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va
mustaqillik uchun kurash, Toshkent, 2001.
5. Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka
qadar, Toshkent, 1998
6. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash,
Toshkent, 1999.
