Авторы

  • Ruxshona Norqulova
    Termiz iqtisodiyot servis universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49807

Ключевые слова:

Shaxs psixologiya maktabgacha yosh muhit oila maxilla shaxslararo munosabat motiv tarbiya.

Аннотация

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixalogiyasini o’rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha  yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularni o’rganilganlik sabablari o’rganilib tahlil qilingan va bartaraf etilgan yo’llari haqida malumotlar berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

46

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXALOGIYASINING

O’RGANILGANLIK XOLATI

Norqulova Ruxshona Dilshod qizi

Termiz iqtisodiyot servis universiteti

+998978444585

Zamiraturopova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13896890

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixalogiyasini o’rganilganlik

holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularni o’rganilganlik sabablari o’rganilib tahlil
qilingan va bartaraf etilgan yo’llari haqida malumotlar berilgan.

Kalit so’zlar

;

Shaxs,psixologiya, maktabgacha yosh, muhit, oila, maxilla, shaxslararo

munosabat, motiv, tarbiya.

Annotation

The article discusses the state of research on the psychology of preschool

children and the necessary recommendations for them. The psychology of
preschool children and the reasons for their learning are studies and analyzed,
and information is given about easy to eliminate them.

Key words;

Personalitiy, psychology, preschool age,environment, family, neighborhood,

interpersonal relationship, motivation, upbringing.

Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bo'lgan

munosabat keskin o'zgardi. Jamiyatning a'zosi bo'lgan har bir shaxs taqdiriga
alohida e'tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, inson hayotining kelajagiga tamal
toshi qo'yiladigan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish,
pedagogika va psixologiya, ijtimoiy psixologiya va maktabgacha yoshdagi bolalar
psixologiyasi fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi
shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har
qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so'ngra maktabgacha ta'lim
muassasida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida to'laqonli shakllanishi
imkoniyatlariga ega bo'lishi lozim bo'ladi.
Asosiy qism
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan, uzluksiz ta'lim tizimi
orqali, har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

47

tutadi. Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs sifatida shakllanishida uzluksiz
ta'limning boshlang'ich va joiz bo'lsa, asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblangan
maktabgacha ta'lim muassasasi muhim o'rin tutadi. Qolaversa, O'zbekistonda
ko'plab yangi sohalar qatori aholiga psixologik maslahatlar berish hamda
maktabgacha eshdagi bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga
bo'lgan muayyan ehtiyoj tobora ko'proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga
ehtiyoj bir tomondan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishga
xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning
ruhiy rivojlanishiga ota-onalar tomonidan ko'rsatiladigan e'tiborning samarasini
belgilaydi. Bolaning psixik jihatdan o'sishiga o'zlikni anglash, o'zini-o'zi baholash
va o'zaro munosabatlar xususiyatlari muhim hisoblanadi.
Bu eng avvalo inson shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning
emotsional-hissiy, intellektual, ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga zamin
yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga taalluqlidir. Bunda oiladagi
munosabatlar, xususan ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatning mohiyati,
o'zaro shaxslararo muloqot katta rol o'ynaydi. Oiladagi shaxslararo
munosabatlar xarakteriga ko'ra er-xotin o'rtasidagi munosabatlar, ota-
onalarning o'z farzandlari bilan shaxslararo munosabatlariga bo'linadi. Biz nikoh
juftligi hisoblangan er-xotin hamda farzand tarbiyalaetgan ota-onalarning
maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalari bilan munosabatlarining turli jihatlarini
eksperimental tadqiq etdik.
Bizni maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarning psixologiyasidagi shunday jihat
e'tiborimizni qaratdikki, ular aynan shu davrda o'z qiziqishlari, yetakchi faoliyati
bo'lgan syujetli-rolli o'yinlardagi harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy dunyoning,
avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va o'zaro munosabatlarga e'tiborli bo'lib,
aynan ota-onalikka xos qiliqlarni o'zlashtirishga kirishadilar. Bola bunda uning
oldida ro'y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va ishtirokchisiga
aylanib, bu jarayonlar qanchalik dinamik bo'lsa, shunchalik faol va qiziquvchan
bo'ladi, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ko'proq, to'laroq va
turli-tuman axborotlarni oladi, o'zlashtiradi va fikrlaydi.
Bunda "Oila" bola "men"ini shakllantiruvchi muhim sotsium - ijtimoiy muhitga
aylanib, o'zining ushbu muhitga aloqadorligini anglash muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu yerda shuni qayd etib o'tish joizki, ijtimoiy psixologlarning fikricha,
oiladagi shaxslararo munosabatlar tuzilmasida ota - ona - bola munosabatlari
evolyutsion jihatdan nisbatan kechki va mazmunan aniqroq hisoblanadi, chunki
ular shakllanib bo'lgan er-xotin munosabatlari asnosida vujudga keladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

48

Biz shunga ishonch hosil qildikki, aynan nikoh juftligidagi er-xotin
munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurlarida bilvosita ifodalangan ota-onalik
munosabatlariga nisbatan moslashuvchan va dinamik bo'lib, shu sababli
bolaning ota-ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan
o'zgarishlarga zamin bo'ladi. Masalan, onalar va otalarda ota-ona
munosabatining umumiy ko'rsatkichlari mos kelish darajasi 0 dan 5 gacha
bo'lgan bir paytda oilaviy qadriyatlar iyerarxiyasida umumiy ko'rsatkichlarning
mos kelmaslik darajasi 1 dan 11 gacha, ya'ni ota-ona munosabatlarining xuddi
shunday ko'гsatkichiga nisbatan 2 baravaT katta bo'ldi. Oiladagi ichki
munosabatlar va ota-onaning bolaga munosabati ta'siri ostida shakllanuvchi
biriamchi o'ziga munosabat, o'zini identifikatsiyalashning barcha ko'гinisЫaгida
va kommunikativ faoliyat sub'yekti sifatida bolaning biriamchi kichik ijtimoiy
guruh sifatida oilada o'zini anglashi rivojlanishining hal qiluvchi omili
hisoblanadi.
Bog'cha tarbiyasini olgan bola bilan bog'chaga bormagan bolani solishtirganda,
ularning fikrlash darajasi o'гtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin
emas" degan edi. Maktabgacha yoshdagi bola^ psixologiyasi ilmida bu yoshdagi
bolalaráa sifat o'zgaгisЫaгi tezlashganligini inobatga olgan holda bu davrni uch
bosqichga taqsimlab o'гganish maqsadga muvofiq deb topilgan: kichik
maktabgacha davr (3-4 yosh); o'rta maktabgacha davr (4-5 yosh); katta
maktabgacha yosh (5-6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6-7 yoshgacha).
Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish jarayonida ajdodlari tomonidan
yaratilgan narsa va hodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida maxsus
munosabatga kirishadi. U insoniyat tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlarni faol
o'zlashtirib, egallab boradi.
XULOSA
Shuni aytish mumkinki, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya
yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og'ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va
onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga
yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo'yilganida esa
bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta'siri sezilarli bo'ladi. Ta'lim
muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to
hayotining so'nggi daqiqasigacha ta'qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy
munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga
erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va
ma'naviy takomilida ham muhim o'rin tutadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

49

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://president.uz/uz - Узбекистон Республикаси Прездентининг
расмий веб-сайти.
2. Урунтаева Г.А. Детская психология. - М.: «Академия», 2010. -C. 36.
3. Поддьяков Н.Н. Мышление дошкольника. - М.: «Педагогика», 1977. -C.
222.
4. Fозиев Э. Тафаккур психологияси. - Т.: «Укитувчи», 1990.
5. Каримова В.М., Суннатова Р. Мустакил фикрлаш. - Т.: «Шарк», 2000.
6. Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлаш. - Т.: «Фан», 2004.
7. Тихомиров О.К. Психология мышления. - М.: МГУ, 1984.
8. Венгер Л.А., Венгер А.Л. Домашняя школа мышления (для пятилетных
детей). - М.: «Знание», 1984.
9. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. - М.:
«Просвещение», 1991.
10. Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: «Педагогика», 1982
11.Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 |
UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-115-118

Библиографические ссылки

https://president.uz/uz - Узбекистон Республикаси Прездентининг расмий веб-сайти.

Урунтаева Г.А. Детская психология. - М.: «Академия», 2010. -C. 36.

Поддьяков Н.Н. Мышление дошкольника. - М.: «Педагогика», 1977. -C. 222.

Fозиев Э. Тафаккур психологияси. - Т.: «Укитувчи», 1990.

Каримова В.М., Суннатова Р. Мустакил фикрлаш. - Т.: «Шарк», 2000.

Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлаш. - Т.: «Фан», 2004.

Тихомиров О.К. Психология мышления. - М.: МГУ, 1984.

Венгер Л.А., Венгер А.Л. Домашняя школа мышления (для пятилетных детей). - М.: «Знание», 1984.

Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. - М.: «Просвещение», 1991.

Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: «Педагогика», 1982

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-115-118