BADIIY PSIXOLOGIZM TAHLILIDA PSIXOANALIZ METODINING AHAMIYATI

Аннотация

Maqola psixoanaliz metodining kelib chiqishi, badiiy psixologizmni o’rganishdagi ahamiyatini yoritadi. Bunda Zigmund Freyd nazariyalarining san’atga, xususan, sana’tkor shaxsini o’rganishda qanday rol o’ynaganligi tahlil qilinadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
131-133
38

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Axmedova , A. . (2024). BADIIY PSIXOLOGIZM TAHLILIDA PSIXOANALIZ METODINING AHAMIYATI. Академические исследования в современной науке, 3(34), 131–133. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/50059
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqola psixoanaliz metodining kelib chiqishi, badiiy psixologizmni o’rganishdagi ahamiyatini yoritadi. Bunda Zigmund Freyd nazariyalarining san’atga, xususan, sana’tkor shaxsini o’rganishda qanday rol o’ynaganligi tahlil qilinadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

131

BADIIY PSIXOLOGIZM TAHLILIDA PSIXOANALIZ METODINING

AHAMIYATI

Axmedova Aziza Komilovna

f.f.f.d, Ph.D.

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

Toshkent, O’zbekiston

aziza.ahmed@inbox.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.13789613

Annotatsiya

Maqola psixoanaliz metodining kelib chiqishi, badiiy psixologizmni

o’rganishdagi ahamiyatini yoritadi. Bunda Zigmund Freyd nazariyalarining
san’atga, xususan, sana’tkor shaxsini o’rganishda qanday rol o’ynaganligi tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

psixoanaliz metodi, psixologizm, san’at, ijodkor, badiy obraz

Psixologizm adabiyotshunoslik va psixologiya kesishadigan mavzulardan

biridir. Badiiy psixologizm so’z san’atida ruhiyat tadqiqi va tasviridan iboratdir.
Ya’ni bunda ijodkorning ham ruhshunoslik tajridasi ham ana shu tajribadan
orttirilgan bilimlarni asarga jo qilish mahorati o’rganiladi. Bunda psixoanaliz
metodi alohida diqqatga sazovor.
O‘tgan asr boshlarida Z.Freyd ta'limoti ta'sirida

psixoanalitik

tadqiq metodi

adabiyotshunoslikka kirib keldi. Psixoanalitik tahlilda badiiy asar “ongsizlik
(bessoznatel'noe) psixologiyasi bilan birgalikda talqin etiladi” [1., b.181]. Z.
Freyd, K. Yung, E.Bern, J.Lakan, E.Fromm kabi olimlarning qarashlari badiiy
tahlilda faol qo’llaniladi. Psixoanalizni filolog olim V.Belyanin qo’yidagicha
izohlaydi: “..badiiy adabiyot va san’at asarlari talqinida

subjektiv

yondashuv turi

bo’lib, badiiy matn elementlari va ijodkor shaxsi psixikasi o’rtasida korrelyatsiya
mavjudligiga asoslanadi. Shundan kelib chiqib, badiiy matn — ijodkor ongosti
borlig’ining verbal ro’yobga chiqishidir ” [2,b.37]. Demak, badiiy asarda muallif
o’zi anglamagan, ehtimol tasvirlashni niyat qilmagan holatlarning ham aksi
borki, ularni psixoanalitik tahlil yuzaga chiqaradi. Psixoanalitik tahlilda freydizm
quyidagi hodisalarga e’tibor qaratadi:

Psixikaning “Id”, “Ego” va “Super Ego” kabi uch komponenti tahliliga;

“anglanmaganlik/ongsizlik” hodisasiga;

Shaxs jinsiy rivojlanishining turli bosqichlari ta’snifiga;

Nevroz turlarining kelib chiqishiga;

Tushlar talqiniga.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

132

Xavotir turlari va undan himoyalanishning mexanizmlari (“siqib chiqarish,

projeksiya, almashtirish, ratsionalizatsiya, regressiya, sublimatsiya”[3.]

va

boshqalar)
Badiiy asarlarning barini psixologik tahlil qilish imkoniyati mavjudligini ishonch
bilan aytish mumkin, ammo, psixoanalitik tahlil qo’llanilishi uchun ko’rinib
turibdiki, asarda muayyan hodisalar, tahlilga izn beradigan vaziyatlar bo’lishi
talab etiladi. Garchi psixoanaliz san’atga xos qonuniyatlarni anglashda salmoqli
hissa qo’shgan bo’lsada, panseksualizmda aydlanishi ham asossiz emas, bu
haqda L.S. Vigotskiy o’rinli fikr bildirgan “Jinsiy hissiyotning roli individual
psixologiyadan ijtimoiy psixologiya doirasiga o’tkazilganda, ayniqsa, o’ta oshirib
yuboriladi..…Haykaltarosh birorta o’gil bolaning qomatini yaratayotgan bo’lsa
yoki shoir o’smirlardagi qaynoq do’stlikni kuylasa, psixoanalitik shu ondayoq
bunda eng keskin shakldagi gomoseksualizmni ko’rishga tayyor turadi…Bunday
analitiklarning asarlarini o’qiganingda barcha ruhoniy hayot faqatgina noinsoiny
dahshatli mayllardan iborat ekanday taassurot uyg’otadi” [3., b.107].
San’at asarini muallif ruhiyatiga bog’lab o’rganish Zigmund Freydning
psixoanaliz bo’yicha qarashlariga borib taqaladi. Freyd san’at asariga
ijodkordagi nevrozning sublimatsiyasi sifatida qaragan. Umuman olganda qator,
psixoanalitiklarning san’atga patalogik hodisa deb yondoshganliklari sabab
ehtimol san’atshunoslar, adabiyotshunoslar orasida ushbu nazariya keng qo’llab
quvvatlanmagan. Sublimatsiya nazariyasi 1950-yillargacha psixoanalizda
hukmron bo’ldi, biroq “ego psixologiyasi kashf etilishi bilan nevrotik san’atkor
g’oyalari psixoanalizda barham topdi”, deb yozadi Jon Frederickson maqolasida,
“..shunday qilib san’at asari kasallikning emas, balki, kuchli, sog’lom egoning
mahsuli sifatida ko’riladigan bo’ldi [4.]. Frederickson xulosa qilishicha,
san’atning mifologik sinoat emas, kreativlik sifatida qabul qilinayotganligi uning
demokratizatsiyasidan dalolat beradi. Va bunda psixoanaliz muhim rol
o’ynagan, deb hisoblaydi olim.
Zamonaviy adabiyotshunoslikda Freydning ruhiy jarohatlar, travmatik nevroz
haqidagi g’oyalari yangi badiiy talqin yo’nalishiga asos soldi. Bunda ruhiy
jarohatning insonning xotirasiga, olamni qabul qilishiga, o’tmishni talqin
qilishiga, o’zini identifikatsiya qilishiga ta’siri lingvistik ifodani tahlil qilish
orqali o’rganiladi. “Trauma Studies” deb nomlangan badiiy talqin yo’nalishi
1990-yillarda Cathy Caruth, Shoshana Felman, Geoffrey Hartman ishlari orqali
ommalashgan. Mazkur talqin uchun psixik jarohat va uning lisoniy ifodasi,
xotiraga ta’siri, anglanmaganlik bilan aloqasi kabi masalalar markaziy
ahamiyatga ega. Trauma Studies psixoanalitiklari asosan Freydning “Studies on


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

133

Histeriya” (1895, “Isteriyaning kelib chiqishi”), “1920, “Beyond the Pleasure
Principle” kabi asarlaridagi g’oyalarga tayanadilar. Individual va jamoaviy ruhiy
jarohat turlari farqlanadi. Xususan, jamoaviy ruhiy jarohat bo’yicha qilingan
ilmiy-badiiy tahllilar xalqlar tarixidagi repressiya, quldorlik, mustamlaka
siyosati, rasizm va boshqa turdagi zulmkorliklarning, ijtimoiy bo’hronlarning
tarixiy xotiraga, o’z-o’zini anglashga ta’sirini hamda lisoniy ifodasini o’rganishi
bilan ahamiyatli. “The Future of Trauma Studies: Contemporary Literary and
Cultural Criticism” [5.] nomli to’plamda yo’nalishning istiqbollari mufassal
yoritilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Каримов Б. Руҳият алифбоси. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа

ижодий уйиб, 2018. – 364 б.
2.

Белянин В. Введение в психиатрическое литературоведение. Verlag

Otto Sagner, München. 1996. – 284 с.
3.

Фрейд З. Психоанализ ҳақида бешта маъруза. Тарж.Х.Алимов. –

Тошкент, “Muharrir nashriyoti”, 2019.– 140б.–Б.33.
4.

Frederickson, J. (1987). The Artistic Personality in Psychoanalytic Theory.

American Imago, 44(3/4), 257–273. http://www.jstor.org/stable/26304648
5.

Buelens G., Durrent S., Eaglestone R. The Future of Trauma Studies:

Contemporary Literary and Cultural Criticism. London: Routledge. 2014. –181 p.

Библиографические ссылки

Каримов Б. Руҳият алифбоси. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйиб, 2018. – 364 б.

Белянин В. Введение в психиатрическое литературоведение. Verlag Otto Sagner, München. 1996. – 284 с.

Фрейд З. Психоанализ ҳақида бешта маъруза. Тарж.Х.Алимов. –Тошкент, “Muharrir nashriyoti”, 2019.– 140б.–Б.33.

Frederickson, J. (1987). The Artistic Personality in Psychoanalytic Theory. American Imago, 44(3/4), 257–273. http://www.jstor.org/stable/26304648

Buelens G., Durrent S., Eaglestone R. The Future of Trauma Studies: Contemporary Literary and Cultural Criticism. London: Routledge. 2014. –181 p.