ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
12
IJODKOR SHAXSI VA PSIXOPOETIKA
Axmedova Aziza Komilovna
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti,
f.f.f.d, Ph.D., Jahon adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
eternalworldlanguages@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15532032
Annotatsiya.
Maqola filologiyaning muhim tushunchalaridan biri
psixopoetikani zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishga
bag‘ishlangan. Maqolada ijodkor shaxsi va ruhiyatining ilmiy tadqiq etilishi
sabablari asoslab berilgan. Mazkur masala evropatologiya yo‘nalishida faol
tadqiq etilayotganligi zamonaviy ilmiy ishlar misolida izohlangan.
Kalit so‘zlar:
psixopoetika, evropatologiya, psixologik tahlil metodlari,
ijodkor shaxsi
Psixopoetika adabiyotshunoslik va ruhiyat ilmi kesishadigan poetika
yo‘nalish bo‘lib, badiiy qonuniyatlarni nafaqat estetik, balki ruhiy-biologik
mezonlar orqali ham tadqiq etishga ixtisoslashgan. Ijodkor shaxsini ilmiy
o‘rganishga xizmat qiladigan qator metodlar, ilmiy maktablar, oqimlar mavjud
bo‘lsa-da, psixopoetika mazkur vazifani psixologiya va psixiatriyaga oid
tushunchalar, atamalar, ilmiy xulosalarga tayangan holda tadqiq etishi bilan
ajralib turadi. Badiiy asar mohiyatini talqin qilishda ijodkor ruhiyati tahliliga
o‘tish kerakmi? Aynan shu savol psixopoetika yo‘nalishidagi ko’plab
tadqiqotlarga zamin hozirlagan. Emil Enneken, A.Potebnya, D.N.Ovsyaniko-
Kulikovskiy, N.A. Rubakin, Z.Freyd, Karl Yung va boshqa olimlarning qarashlari
muallif shaxsi ruhiyatini chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi. Yozuvchi
shaxsi ruhiyatini o‘rganish nafaqat muayyan adibning ijodiy o‘ziga xosligini,
shuningdek, san’at psixologiyasini anglashga zamin hozirlaydi.
Ijodkorning badiiy obraz yaratish mahoratiga nafaqat ijtimoiy-estetik
ideallari shuningdek, yozuvchining psixotipi ham salmoqli darajada ta’sir
qiladiki, mazkur jihatni inobatga olish badiiy obrazning chuqur idrok etishga,
obyektiv talqin qilishga imkoniyat beradi.
Evropatologiya buyuk shaxslar ruhiyatini ijodiy faoliyati bilan bog‘liq
ravishda o‘rganadigan yo‘nalish. Mazkur yo‘nalishda Zigmund Freyd, Karl Yung
kabi psixiatr olimlarning qarashlari poydevor bo‘lgan. Bunda Z.Freydning
sublimatsiya haqidagi qarashlari, ijodni bir xastalik sifatida baholab, ijodkor
shaxsini faoliyati orqali ong osti istaklaridan forig‘ bo‘lishini asoslab berganligi
san’atning talqinida uzoq muddat ahamiyatga ega bo‘lgan. Ya’ni, Freyd san’at
asariga ijodkordagi nevrozning sublimatsiyasi sifatida qaragan. Umuman
olganda, qator, psixoanalitiklarning san’atga patologik hodisa deb
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
yondashganliklari sabab ehtimol san’atshunoslar, adabiyotshunoslar orasida
ushbu nazariya keng qo‘llab quvvatlanmagan. Sublimatsiya nazariyasi 1950-
yillargacha psixoanalizda hukmron bo‘ldi, biroq “ego psixologiyasi kashf etilishi
bilan nevrotik san’atkor g‘oyalari psixoanalizda barham topdi”, deb yozadi Jon
Frederickson maqolasida, “..shunday qilib san’at asari kasallikning emas, balki,
kuchli, sog‘lom egoning mahsuli sifatida ko‘riladigan bo‘ldi . Frederikson xulosa
qilishicha, san’atning mifologik sinoat emas, kreativlik sifatida qabul
qilinayotganligi uning demokratizatsiyasidan dalolat beradi.
Nega aynan yozuvchilarning ruhiy olami ilmiy o‘rganilishi kerak degan
savolga psixiatr olim E. Krechmer quyidagicha javob beradi: “ “Ijodkorlik
bo‘yicha tadqiqotlarda doimo shoirlar va umuman adabiy faol insonlarga
ustunlik beriladi, va bu ularning boshqa ijodkorlar guruhlariga nisbatan
ma'naviy ustunligidan emas, balki vaqt davomida saqlanib qolgan asl psixologik
hujjatlarning o‘ziga xos boyligi bilan izohlanadi, ular bizga shoirning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va bilvosita o‘zini ifoda etish usullarini beradi, shoirning yozish uslubi
muallifning shaxsiyati bilan ancha sub’ektiv bog‘langan va olimnikiga nisbatan
osonroq talqin qilinadi, shuningdek rassom yoki musiqachining ifoda
vositalariga nisbatan ancha tushunarliroqdir”
Ijodkorning poetik mahoratini ilmiy o‘rganishda uning psixotipini ham
hisobga olish chuqur tahlil imkoniyatlarini beradi. Xususan, markaziy qahramon
obrazida muallifning ruhiyati albatta bo‘y ko‘rsatadi. Ushbu masalani
I.O.Mazirka «Психолингвистические основы вербальной характеристики
личности и языковой картины мира героев художественной литературы»
nomli tadqiqotida tahlilga tortgan. Mazirka muallif va adabiy qahramonning
o’zaro ruhiy jihatdan tig‘iz aloqasi mavjudligini ta’kidlaydi hamda ijodkor
shaxsining badiiy asardagi ifodasini lingvistik jihatdan o‘rgangan. Mazirka badiiy
obrazlarni shaxs strukturasi bo‘yicha tahlil qilib, obrazlar ruhiyatida aks etgan
biologik, ijtimoiy va biosotsial determinantlarni, xarakter aksentuatsiyasini
qator asarlar, jumladan, Sinkler Lyuis romanlari misolida ham tadqiq etgan.
Demak, psixopoetika yo‘nalishi ijod psixologiyasiga oid yangi qarashlarni
shakllantirmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Золотухина О.Б. Психологизм в литературе: пособие по спецкурсу для
стул. спец. / О.Б.Золотухина. - Гролно: ГрГУ, 2009. –179 с.
2.
Есин, А.Б. Психологизм русской классической литературы : Книга для
учителя / А.Б.Есин. - M.: Просвещение, 1988. - С. 55.
3.
Белянин В. Введение в психиатрическое литературоведение. Verlag
Otto Sagner, München. 1996. – 284 с.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
4.
Иезуитов А.Н. Проблема психологизма в эстетике и литературе/
Проблемы психологизма в советской литературе. – Л.: 1970. – С. 30.
5.
Выготский Л.С. Психология искусства. Ростов -на-Дону.: «Феникс»,
1998, – 480 с.
6.
Гиндин В.П. Психопатология в русской литературе. — М.: ПЕР СЭ,
2012.- 224 с.
7.
Мазирка
И.О.
Психолингвистические
основы
вербальной
характеристики личности и языковой картины мира героев
художественной литературы. Дисс. …док. филол. наук. –М.:2008.
