ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
47
BADIIY ADABIYOT-MILLI G`OYANI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM
OMILI
Bayeshanov Abdulla
Guliston davlat universiteti o`qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14584149
Xalqimizning tarbiya borasidagi yetuk milliy ma’naviyati hamma vaqt
umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib
qolaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning
asosiy maqsadlaridan biri sifatida yoshlarning bilim va manaviyatini yanada
oshirish, ularning ham ma’nan ham jismonan sog‘lom dunyoqarashga ega
bo‘lishlari uchun yetarli tarzda sharoitlarni ta’minlashdir. Ayniqsa keyingi
yillarda yoshlar dunyoqarashini shakllantish uchun badiiy adabiyotning
ta’sirchan kuchidan ijobiy foydalanish ancha samarali bo‘lmoqda.
O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharofiddinov aytganlaridek: “Men bir
narsaga hayron bo‘laveraman, qachon qaramang, to‘rtta odam yig‘ilsa farzand
tarbiyasining og‘irligi, ularni odam qilishning azobligi to‘g‘risidagi hasratga duch
kelamiz. O‘-o‘-v birodarlar, buni eng oson, eng arzon, eng samarali yo‘li-usuli
shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob o‘qishga o‘rgating, uning
ko‘nglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uyg‘oting, farzandlaringizga uch-
to‘rt so‘mni qizg‘anmay munazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham
aqlliroq, undan ham donoroq biron ustozni topib bo‘ladimi? Axir kitoblarda yo‘q
narsaning o‘zi yo‘q-ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch qudrat, hikmat,
go‘zallik, aql va odob kitoblarida “Mana-man” deb turibdi-ku! Nahotki, bu buyuk
nematdan, bebaho boylikdan bebahra bo‘lib ham odam bo‘lish mumkin deb
o‘ylasangiz?!”
Badiiy adabiyot azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik,
Vatanga muhabbat, rostgo‘ylik va halollik, mehnatevarlik, xushmuomalalik va
kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik esa barkamol shaxs qiyofasida aks
etuvchi sifatlarni yanada boyitadi. Zero, ijtimoiy taraqqiyotning muayayn
bosqichida tashkil etiladigan faoliyatning ijobiy natijaga ega bo‘lishida ushbu
ikki xislat asosiy mezonlar sifatida e’tirof etilmoqda.
Insoniyat tomonidan asrlar davomida qadrlanib kelinayotgan, ijobiy
mazmun kasb etgan, g‘oya, qarash va nazariyalarning amaliy faoliyatini tashkil
etishda yetakchi tamoyillar sifatida e’tirof eta oluvchi, o‘y-fikrlari, maqsadi va
xatti-harakatlarining salbiy xususiyatlardan holi bo‘lishiga erisha oladigan
shaxsgina komillik darajasiga ko‘tarila oladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
48
Mustaqillik bizga o‘tmishdagi boy ma’naviy merosimiz durdonalarini haqiqiy,
ilmiy ma’noda o‘rganish baxtiga musharraf etdi.
Badiiy adabiyot insondagi xush xulq-atvor pokiza, adolatli sa’i-xarakatlarni
xalqdan ajralmasdan, avval o‘zida paydo qilish orqali komillik darajasiga
yetishishni, so‘ngra esa boshqalarni ham halollik, mehr-muruvvat, ezgulik,
adolatlilikka chaqirishga da’vat etadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyat sohasidagi fundamental
asarlari bo‘lmish “Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch” asarida badiiiy adabiyot
mavzusiga to‘xtalib: “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir
qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning
insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb
ta’riflanishi bejiz emas, albatta” [1]
Badiiy adabiyot inson ma’naviyati va e’tiqodini shakllantiruvchi vositadir.
Chunki badiiy asarlarning qahramonlari timsolida muayyan millatga mansub
eng ezgu va go‘zal fazilatlar aks ettiriladi. Buning ustiga, millatning ijobiy
sifatlari shunchaki aytib qo‘yilmaydi, balki kishining tuyg‘ulariga ta’sir
ko‘rsatadigan, uni loqayd holdan chiqarib yuboradigan tarzda aks ettiriladi.
Badiiy adabiyot insonning tafakkuriga qalbi orqali ta’sir ko‘rsatadi va aqli bilan
anglaganlarini uning tabiyatiga singdirib yuborishga xizmat qiladi. Ya’ni
adabiyot kishining xarakter xususiyatlarini shakllantirishda, uning tuyg‘ular
tizimini qaror topdirishda qator avzalliklarga ega bo‘lgani uchun ham shaxs
estetik tarbiyasini shakllantirishida katta samara berishi tabiiydir. Turli
davrlarda, turli ijodkorlar tamonidan yaratilgan matnlarni o‘qish jarayonida
insonda, yoshlarimizda iftixor, g‘urur tuyg‘usi paydo bo‘ladi, u yoki bu hayotiy
hodisaga o‘z nuqtaiy nazari bilan qaray boshlaydi, nimanidir yoqlab, nimanidir
inkor etadi, qaysi bir adabiy qahramonga o‘xshagisi kelsa, o‘zgasidan
nafratlanadi. Shu bois badiiy adabiyot shaxs estetik tarbiyasida eng avvalo so‘z
va ruhiyat sanati bo‘lib xisoblanadi. U inson ruhiyatiga nihoyatda nozik tovlanish
va ohanglarni ilg‘ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Eng yuksak pag‘onalarga
chiqa oladigan badiiy adabiyot na’munalari insoniyatini to‘lqinlantiradigan,
hayajonga soladigan, o‘y fikrlar, kechinmalar, orzu umidlarni ifodalaydi.
Badiiy adabiyotning falsafiy axloqiy-estetik g‘oyalari milliy istiqlol mafkurasi
uchun negiz, poydevor bo‘lganligi uchun uni tadqiq etish dolzarb masaladir.
Shuning uchun ham bugungi kunda badiiy adabiyotning falsafiy, axloqiy-estetik
qirralarini o‘rganish fan, maorif, ma’naviy ijtimoiy sohalarga olib kirish dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
49
Inson ma’naviy olamni his-tuyg‘ulari, aql idroki va iroda ixtiyori yordamida
o‘zlashtirib boradi. Shaxs his-tuyg‘ularini shakllantirish va tarbiyalash, go‘zallikka
nisbatan mehr uyg‘otish bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan.[2]
Tarixiy tajribamiz shuni ko`rsatmoqdaki, aniq maqsadni ko`zlagan,
ishonchli g‘oya bilan qurollangan xalqgina jahon siyosiy maydonida o`z o`rniga
ega bo`la oladi.Milliy g`oyamizni yoshlar ongiga singdirishda badiiy adabiyot
bizning asosiy qurollarimizdan biri bo`lishi lozim.Chunki:
Birinchidan, badiiy adabiyot milliy g‘oyamizning badiiy, ma’naviy ildizidir.
Badiiy adabiyot mustaqil O‘zbekistonda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq
farovonligi, o‘zaro hamkorlik va yosh avlodni tarbiyalashda asosiy vositalardan biri
bo‘lib xizmat qila oladi;
Ikkinchidan, badiiy adabiyotdagi go‘zallikni bilish, idrok etish inson badiiy
estetik tafakkurini o‘stiradi. Badiiy adabiyot namoyondalarining estetik qirralarini
o‘rganish, baholash, ibratli tomonlarini ko‘rsatish hozirgi davr shaxsini komil inson
qilib shakllantirishda alohida o‘rin egallaydi;
Uchinchidan, badiiy adabiyot bizni xalqdan ajralmasdan, insonning nafaqat
jismoniy va ichki ruhiy, ma’naviy dunyosini mukammal tarbiyasini qamraganligi
bilan ham yuqori kamolot darajasiga – ya’ni komil inson bo‘lishiga erishish uchun
xizmat qiladi;
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash mumkinki, o‘zining mohiyati bilan
bunyodkorlikka undagan, mehr-shafqat, odamiylik, vatanparvarlik, ezgulik ruhi
bilan sug‘orilgan badiiy adabiyot, hozirgi zamon kishisida ham shunday go‘zal
xulqlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.:Ma’naviyat, 2009.
2. Husanov B.E. Shaxs va jamiyat munosabatlarida go`zallikning namoyon bo`lish
xususiyatlari. Falsafa fanlari nomzodi, diss. Avtoreferati. – Toshkent, 2002. 4 bet.
3. Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy
funksional tahlili. Общество и инновации, 2(11/S), 273-279.
4. Karimova, S. (2022). MAFKURAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA MILLIY
MEROSIMIZNING ORNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI, 2(1), 485-488.
5. Mustafayevich, B. A. (2021). Use of Fiction in the Formation of the Worldview
of Youth. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(5), 37-
40.
6. Bayeshanov, A. (2022). BADIIY ADABIYOT YOSHLAR TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA. TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR,
97-99.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
50
7. Bayeshanov, M. M. (2022). Only the heart can see the truth. Eurasian Journal
of Humanities and Social Sciences, 15, 22-28.