ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING LUG'AT
ZAXIRASINI BOYITISHDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLARNI
BARTARAF ETISH YO'LLARI
Nisanbayeva Akmaral Kaldibayevna
Nizomiy nomidagi TDPU professor
Tulegenova Araylim
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
IV bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14777862
Annotatsiya
: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'atini
boyitish qay darajada muhim ekanligi va lug'atini boyitishda yuzaga kelayotgan
kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari haqida so'z yuritilgan.
Tayanch so'zlar:
lug'at zaxirasi, lug'at boyligi, metodika, Milliy o'quv
dasturi, nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, lug'at ustida ishlash,
mashq turlari, didaktik o'yinlar, bilim, ko'nikma, malaka.
Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ona tili va o'qish
savodxonligi fani yuzasidan o'z oldiga qo'ygan vazifalaridan biri - bu erkin
fikrlay oladigan va fikrini nutqi orqali to'liq, aniq, ravon va ifodali bayon qila
oladigan o'quvchilarni yetishtirishdir. O'quvchilar nutqi rivojlanishi va nutqi
orqali fikrini to'liq shaklda, til vositalaridan foydalangan holda bayon eta olishi
uchun lug'at zaxirasi ham boyib borishi lozim. Biroq, o'quvchilar o'z lug'at
zaxirasini boyitishi, ularga aniqlik kiritishi va nutqida doimiy qo'llay olishi
uchun o'qituvchidan lug'at ustida ishlash talab etiladi. Metodikada ,,Lug'at ustida
ishlash o'quvchining lug'at boyligini oshirishdangina iborat emas, o'quvchining
diqqatini so'zning mazmuniga qaratish, so'zning semantikasini, ma'nosini
aniqlashtirish, so'zning boshqa so'z bilan semantik bog'lanishini, aloqasini
ochish, bog'lanishli nutqda har bir so'zning ma'nosiga ko'ra boshqa so'zlar bilan
bog'lanishlariga erishishdir” deyiladi.
Bundan tashqari, Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturiga ko'ra,
boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili va o'qish savodxonligi fanidan nutqiy
kompetensiya ( og'zaki nutq, yozma nutq, anglash (o'qish va tushunish, tinglab
tushunish)) va lingvistik kompetensiyalarni egallashi talab etiladi.
Xususan, lingvistik kompetensiyani egallashda:
- olinma so'zlar, atamalarning talaffuzi, imlosi va ma'nolarini bilish;
- so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarini o'zaro farqlash va
nutqda to'g'ri qo'llay olish;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
- lug'at va lug'at turlarini bilish, lug'atdan foydalanish qoidalariga rioya
qilish kabi jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Shunga qaramasdan, amalda o'quvchilar lug'ati yetarli darajada boy
emasligiga va zaxirasida bor so'zlarni ham nutqida o'rinli qo'llay
olmayotganliklariga guvoh bo'lamiz. Bu esa o'z-o'zidan fikrini to'liq bayon qila
olmasligiga sabab bo'ladi. O'quvchilarda kuzatilayotgan ushbu kamchiliklarni
bartaraf etish uchun o'qituvchilarga sinf o'zlashtirish darajasi, ularning yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda, fan va mavzudan kelib chiqib lug'at ustida
ishlashga doir turli xil mashq turlari va qiziqarli didaktik o'yinlardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Quyida boshlang'ich sinflardagi ona tili va o'qish savodxonligi darsliklarida
berilgan o'quv materiallari asosida ma'nodosh va zid ma'noli so'zlar bilan
o'quvchilar lug'atini boyitishga qaratilgan mashq turlari va didaktik o'yinlarni
keltirib o'tamiz.
1.“Ma'nodoshini top” o‘yini.
O'quvchilar qo‘llariga varoq tarqatiladi. “Ma’nodoshini top” sarlavhasi
ostida ikki ustundan iborat so‘zlar qatori beriladi. O‘quvchilar chap ustundagi
so‘zlarning ma’nodoshini o‘ng ustundagi so‘zlardan topib, strelkalar chizib
belgilashi lozim. Buni har bir o‘quvchiga yoki kichik-kichik guruhlarga tarqatma
shaklida berish maqsadga muvofiq. O‘quvchilar topshiriqni bajarib bo‘lishgach,
javoblarini izohlab berishlari so‘raladi. Kim ko‘p so‘zning ma’nosini to‘g‘ri
topgan bo‘lsa yoki qaysi guruh ko‘p so‘zning ma’nosini to‘g‘ri topgan bo‘lsa,
o‘sha o‘quvchi yoki guruh g‘olib sanaladi.
Bizga ma'lumki, 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida
( 2-qism 37-bet) berilgan ,,Yalqov va Qunduz " matn tarkibida, sifat
turkumiga oid: yalqov, yengil, bardam, tetik, sog'lom, saxovatli, musaffo so'zlari
va ot turkumiga oid: tabib, toqat, mador, istak, kasal, g'ubor, dangasalik,
tanballik, quyosh, hayot kabi izohtalab so'zlar qatnashgan. Ushbu so'zlarning
izohi tushuntirib berilgach, bu o'yinni tashkillashtirish mumkin.
Ma'nodoshini top.
▪︎Tanballik • chang
▪︎Yengil • saxiy
▪︎Bardam • dangasalik
▪︎Saxovatli • tetik
▪︎Musaffo • betob
▪︎Istak • og'ir
▪︎G'ubor • sof
▪︎Hayot • xohish
▪︎Kasal umr
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
166
2. Tushirib qoldirilgan ma'nodosh so'zlarni o'z o'rniga qo'yib, matni
ko'chirish.
Bunda o'quvchilarga matn, she'r, maqol yoki topishmoq matnining ayrim
so'zlari tushirib qoldirilgan shaklda hamda foydalanish uchun tayanch so'zlar
bilan birgalikda beriladi. O'quvchilar tushirib qoldirilgan so'zlarni tayanch
so'zlarda berilgan ma'nodosh so'zlar qatoridan foydalanib matnni to'ldirib
ko'chirishlari zarur. Mashqni bajarib bo'lishgach, nima uchun aynan shu so'zlar
bilan to'ldirganliklari so'raladi. O'quvchilar izohlab berishlari lozim. O'qituvchi
esa javoblarni umumlashtirib, ma'nodosh so'zlar orasidagi ma'no farqlarini
tushuntirib, xulosalaydi.
Masalan, 1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida ( 2-qism 45-bet )
berilgan ,,Non olib keldim" she'ri o'quvchilarga tanishtirilgach, yuqoridagi
mashqni bajartirish mumkin.
Yolg’on emas, ... so'zim
... bir o'zim
Ko'cha ... yurib,
... narsani ko'rib
Qaytimni yo'qotmasdan
Kuchukka tosh otmasdan
Olib keldim ... non
Uyga kelganda mehmon.
Tayanch so'zlar: rost, qaynoq, ancha, do'kondan, ko'p, chekkasidan, chin,
chetidan, magazindan, issiq.
2.,,Harflardan so'z yasa" o'yini.
Bunda sinfdagi har bir o'quvchiga 1tadan harf yozilgan A4 varoq beriladi.
O'quvchilar xattaxta yoniga tizilib turishadi. O'yin sharti tushuntiriladi. Shartga
ko'ra, o'qituvchi so'z aytadi, o'quvchilar shu so'zga zid ma'noli so'zni topib, shu
so'zda qatnashgan harflarni olgan o'quvchilar ketma-ketlikda turib, so'zni hosil
qilib berishlari lozim. Javob to'g'ri bo'lgach, shu so'zni qatnashtirib og'zaki gap
tuzib berishlarini so'rash ham mumkin. O'yinning asosiy qoidasi tezkorlik talab
etilishidir.
Misol uchun, 3-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida ( 2-qism 40-41
bet) berilgan ,,Shirin so'z - Jon ozig'i" rivoyati va shu rivoyatdan so'ng keltirilgan
maqollar bilan tanishtirilgach, ular tarkibidan: rost, ko'p, uzoq, xursand, yaxshi,
sevdirgan, buzmoq, issiq, kulmoq kabi so'zlarni olib, o'quvchilarga zid ma'noli
so'zini hosil qilishini so'rash mumkin. Bu so'zlarni hosil qilishi uchun esa har bir
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
167
o'quvchiga 1 ta harf beriladi. Bular: Y, M, O, O, N, B, E, Z, D, G, R, F, A, I, S, V, U, Q,
G', L, X harflari.
Namuna: O'qituvchi: kulmoq so'ziga zid ma'noli so'z.
O'quvchilar: yig'lamoq so'zini hosil qilishadi. O'yin shu tartibda davom
etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, lug'at ustida ishlashga doir mashq turlari
va didaktik o'yinlar orqali o'quvchilar lug'atini boyitish va unga aniqlik kiritish,
zaxirasidagi so'zlarni nutqida doimiy qo'llay olish, fikrini aniq, ravon va ifodali
bayon eta olish, nutqiga ongli munosabatda bo'lish kabi ko'nikma va
malakalarini, shu bilan birga, so'zimiz boshida ta'kidlab o'tgan Milliy o'quv
dasturining lingvistik kompetensiyasida talab etilgan malakalarni egallashlariga
ham erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. Safo Matchonov, X.Bakiyeva, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G. Xolboyeva.
“Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi darslik”. -T.: Ishonchli
hamkor, 2021. 648-bet.
2. Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi. Ona tili ( 1-11-sinf ) 2020. 25-26
bet.
3. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun / K.
Mavlonova va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. 37-bet.
4. Ona tili va o‘qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 1-sinf uchun darslik / I. Azimova
va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. 45-bet.
5. Ona tili va o‘qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 3 -sinf uchun darslik / K.
Mavlonova va boshq. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. 40-41 bet.