ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
160
ANTONIMLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
(OʻTKIR HOSHIMOVNING"IKKI ESHIK ORASI"ASARI MISOLIDA)
Hikmatxon Ahmedova
Ilmiy rahbar
O'zbekiston, Qo'qonDU dotsenti,
Karimova Go'zalxon
Qo'qonDU 401-guruh talabasi
karimovagozalxon1@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14937154
Annotatsiya
: Ushbu maqolada tilshunosligimizda antonimlarni belgilash
mezonlari boʻyicha qarashlar oʻz ifodasini topgan. Antonimlarning oʻziga xos
xususiyatlari Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari misolida yoritilgan. Ot
, sifat, ravish, fe'l soʻz turkumlari doirasidagi antonimik juftliklarga ushbu
asardan misollar keltirilgan. Asardagi leksik antonimlar va yasama antonimlar
alohida tahlil qilingan. Maqolada mantiqiy markaz prinsipi haqida maʼlumotlar
berilgan hamda bu prinsipga tilshunoslarimizning bildirgan fikrlari ham yoritib
borilgan.
Kalit soʻzlar
: antonim, mantiqiy markaz, ot, fe'l, ravish, sifat, leksik
antonim, yasama antonim.
Antonim atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, u «qarama-qarshi
nom», «zid nom» degan ma’nolarni bildiradi. Demak, antonimlar tillardagi
qarama-qarshi ma’noni anglatuvchi so'zlardir. Dunyoda hammanarsa juftlik
prinsipiga asoslanganligi ma’lum. Juftlik borligi uchun dunyoda taraqqiyot bor.
Lekin har qanday juftlik ham taraqqiyot, rivojlanishning asosi bo'la olmaydi.
Faqat bir birini bir vaqtning o'zida ham inkor qiladigan, ham taqozo qiladigan
juftlikkina rivojlanish va muvozanat asosi bo‘la oladi. Antonim so‘zlar tilni leksik
yarusidagi ana shunday juftlikning oddiy namunasidir Masalan, 1. Bizning
hovlimizning devori past , "Qora ammam"ning devori baland ( past- baland).2.
Mehr bilan qahr - orasi bir qadam ( mehr- qahr). 3. Oqsoqol bilan bobom uzun-
qisqa boʻlib koʻcha eshikdan chiqib ketishdi ( uzun- qisqa). Til birliklarining
oʻzaro zid munosabatdagi maʼnolarini anglatishi asosida guruhlanishiga
antonimiya deyiladi. Antonimiya ikki til birligi orasidagi munosabatga
asoslanadi. Bulardan biri ikkinchisiga nisbatan antonim boʻlib, ikkisi birlikda
antonimik juftlikni hosil qiladi. Sinonimiya qatorida ikki va undan ortiq til birligi
qatnashadi. Chunki ular ayni bir voqelikni nomlaydi, ifodalaydi. Antonimiya
munosabatida esa ikki til birligi qatnashadi, chunki bunday munosabat biri
ikkinchisining aksi boʻlgan voqelikni nomlaydigan til birliklari orasida voqe
boʻladi. Antonim juftliklarning har biri oʻz sinonimiga ega boʻlishi mumkin. Bu
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
161
ularning turli uslubga xosligidan kelib chiqadi. Sinonimlar va antonimlar oʻzaro
zid bogʻlangan. Til birliklarining uslubiy xoslanganlik qonuniyati sinonim va
antonimlarni oʻzaro bogʻlab turadi. Masalan : Yer bilan osmon antonimik juftlik.
Osmon leksemasi bilan sinonimik qator hosil qiladigan koʻk, falak kabi
leksemalar yer leksemasi bilan antonimik juftlik boʻla oladi. 1. Yerga qoʻysam
chang, osmonga qoʻysam gard yuqadi, deymi.2. Yoʻq! Zuhra kelin yerdayam yoʻq,
koʻkdayam !
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Tilshunoslikda antonimlar mavzusi toʻla oʻrganilmagan temalardan
biridir. Uning tildagi ifodasi antonimiya nomi ostida talqin qilinib, koʻplab ilmiy
ishlar maydonga keladi.Antonimlar mavzusi boʻyicha rus tilshunosligida 30 dan
ortiq ilmiy ish yaratilgan. Rus tilida antonimlarga oid toʻplangan boy
materiallarning mahsuli sifatida, rus tilshunosligida birinchi marta 1971- yilda
taniqli tilshunos olim L.A.Vvedenskaya tomonidan yaratilgan. 1972- yilda
antonimik lugʻat nashr etildi. Turkologiyada antonimlar haqida bir qancha
maqolalar yozilgan, darsliklarda dastlabki umumiy ma'lumotlar berilgan boʻlsa-
da , mazkur temaga bagʻishlangan monografik asarlar 1970- yillar davomida
maydonga kela boshladi. Birinchi navbatda qozoq tili antonimlarini maxsus
oʻrgangan Musinning hamda ozarbayjon tilidagi antonimlarni tahlil qilgan
K.A.Talibovning ilmiy tekshirish ishlarini koʻrsatib oʻtish maqsadga muvofiqdir.
Oʻzbek tilshunosligida esa antonimlar haqidagi ilk qarashlar S. Mutallibov va
S.Usmonovlarning maqolalarida oʻz ifodasini topgan . Keyinchalik R.Shukurov
hamda B. Isabekovlar antonimlar mavzusida ilmiy ishlarni amalga oshirgan.
Antonimlarning tuzilishi jihatidan turlarga ajratish masalasi ham toʻliq oʻz
yechimini topmagan. Nemis tilidagi antonimlarni oʻrgangan V.M.Zavyalova va
ozarbayjon tilshunosi K.A.Galibovlarning ishlarida bu masalaga alohida etibor
berilgan. Zavyalova nemis tilidagi antonimlarni tuzilish jihatidan 8 turga boʻladi.
1) har ikki komponenti juft soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ;
2) bir komponenti tub, ikkinchisi yasama soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar;
3) bir komponenti tub, ikkinchi prefiksli soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar ;
4) bir komponenti suffiksli, ikkinchi prefiksli soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar ;
5) har ikki komponenti prefiksli soʻzlardan tashkil topgan antonimlar ;
6) bir komponenti suffiksli-prefiksli , ikkinchi prefiksli soʻzlardan tashkil
topgan antonimlar ;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
162
7) bir komponenti suffiksli , ikkinchi qoʻshma soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar )
8) har ikki komponenti qoʻshma soʻzlardan tashkil topgan antonimlar .
K.A. Talibov esa, ozarbayjon tilidagi antonimlarni tuzilish jihatdan 6
turga ajratadi:
1) har ikki komponenti tub soʻzlardan tashkil topgan antonimlar;
2) bir komponenti tub, ikkinchisi yasama soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar;
3) bir komponenti tub, ikkinchisi qoʻshma soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar;
4) bir komponenti yasama, ikkinchisi qoʻshma soʻzlardan tashkil topgan
antonimlar;
5) har ikki komponenti yasama soʻzlardan tashkil topgan antonimlar;
6) har ikki komponenti yasama soʻzlardan tashkil topgan antonimlar.
Tilshunos olim R.Shukurov oʻzbek tilidagi antonimlarni tuzilishi
jihatidan 30 dan ortiq turi mavjud ekanligini ko'rsatgan.
Natijalar va muhokama
Hamma so‘zlarning antonimi bor deyish mumkin emas. Tillarda
antonimi yo'q bo‘lgan so‘zlar ko‘p uchraydi, masalan: ruchka, sinf, olma, don va
boshqalar. Hamma gap shundaki, antonimlar to‘g‘risida so‘z borganda, ularni
ikkiga, ya’ni asliy leksik antonimlar va yasama antonimlarga ajratib olish
maqsadga muvofiqdir. Asliy leksik antonimlar til paradigmatikasida tabiiy
mavjud bo‘ladi. Masalan : 1.Yo Xudo, doʻst - dushman oldida yuzimni yorugʻ qil,
Xudoyim!( doʻst- dushman) 2. Mayli, har kimning gunoh- savobi oʻziga ( gunoh-
savob). 3. Oʻsha katta tashvish bilan boʻlib, dardimni ozmi-koʻpmi
unutgandirman ( oz- koʻp).4. Avval yigʻib olsin, keyin tushasiz ( avval-
keyin).Yasama antonimlar chegara bilmaydi. Ular inkor ma’nosini anglatadigan
til vositalari yordamida yasalib, har qanday so'zning antonimini ifodalashga
xizmat qiladi. Bu vositalar so'zlarning oldidan yoki ketidan kelib, narsa, hodisa,
sifat, belgi, ish-harakat, holat va hokazolarni inkor etadi va shu yo‘l bilan aks,
qarama-qarshi ma’no yasaydi . Masalan : toʻgʻri - notoʻgʻri, haq - nohaq, baxtli-
baxtsiz , badbaxt, aybsiz - aybdor. 1. Lekin toʻgʻri gapirasanmi, notoʻgʻrimi,
baribir ta'zim qilib turadi . 2. Koʻpincha odam oʻzini haq deb biladi-yu, aslida
nohaq boʻladi. 3. Eng baxtli odam - eng baxtsiz odam. 4. Odam bir kunning oʻzida
dunyoda ham eng baxtli,ham eng badbaxt kimsaga aylanib qolishi mumkinligiga
ishonasizmi? 5. Aybsiz aybdor odam.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
163
Antonimlar mavhum ma’noni ifodalaydigan so‘zlarda ko'proq ( yaxshi -
yomon, issiq - sovuq. 1.Erim yaxshi-yu qaynonam yomon, qaynonamni tuzatib
bering. 2. Urush boʻlayotgan joylarda sovuq erta tusharkan shekilli,
bisotimizdagi hamma issiq kiyimlarni topshirdik), aniq tushunchalarni
ifodalaydigan so'zlarda kamroq uchraydi.
Tilshunoslikda antonimlarni belgilash mezonlari bo'yicha munozarali
qarashlar ham bor. Xususan, ayrim manbalarda opa va singil, aka va uka,tog'a va
xola kabi so'zlar antonimlar deb baholanadi. Shu soha bo'yicha maxsus ilmiy
tadqiqot ishlari olib borgan B.lsabekov esa ularni antonimlar emas, korrelativ
so'zlar deb baholaydi, buni yuqoridagi leksemalarning ma’nolari qarama-qarshi
emas, balki bir-biriga juda yaqindir deb asoslaydi. Fe’lning bo'lishli va bo'lishsiz
shakllari (bordi va bormadi, boray va bormay, ko'rgan va ko'rmagan kabi
formalari) ayrim adabiyotlarda «antonimlarning alohida bir tipi...» deb qaraladi
biroq tilshunos Sh.Rahmatullayev bu fikrga qo'shilmaydi. Uningcha, «Oddiy
inkorning o'zi hali antonim emas. Masalan, ayt va aytma, aytar va aytmas kabilar
biri ikkinchisining inkori. Ammoularni o'zaro antonimlar deb bo'lmaydi. Asli
bular ikki leksema emas, balki ayni bir leksemaning ikki (bo'lishli va bo'lishsiz)
shakllaridir. Antonimiya esa ikki leksema orasidagi ma’no munosabatidir...»
Antonimiyani ayni shunday tushunish ayrim ilmiy manbalarda ham bor.
Antonimiya mezonini belgilashda Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov va
R.Shukurovlar tomonidan tavsiya etilgan mantiqiy markaz prinsipiga tayanish
yaxshi natija beradi. Bu prinsipga ko'ra ikkita ma’no o'rtasidagi oraliq tushuncha
(mantiqiy markaz) aniqlanadi va shu markazning ikki tomonidan oʻrin olgan
tushunchalar oʻzaro antonimik munosabatlarda deb qaraladi Masalan, 1.
Yongʻoqzor shunaqangi qalinki, bahorda birovning sigiri adashib qolsa, kuzda
oʻzi qaytib chiqmaguncha egasi topolmasmish.
Ushbu gapdagi bahor va kuz oʻzaro antonimlik hosil qila oladimi? Kuz bilan
bahor orasida qish bor, demak, kuz va bahor leksemalari oʻzaro antonimlar deb
qaraladi, ammo kuz bilan qish — antonim leksemalar emas, chunki bu ikki
leksema orasida oraliq tushuncha (mantiqiy markaz) yoq; shuningdek, qish
bilan bahor antonim emas (oraliq tushuncha yoʻq), qish bilan yoz oʻzaro
antonim: 2. Qishin - yozin Abzinikidan odam arimaydi(oraliq tushuncha —
«bahor»); ajdod va hozir antonimlar emas (oraliq tushuncha yoʻq), avlod bilan
ajdod antonimlar: 3. Gapga ustasiz- ku , avlod- ajdodingiz bilan ! (oraliq
tushuncha — «hozir») kabi. Lekin M.M. Mirtojiyev bu fikrlarga qoʻshilmaydi. U
mantiqiy markaz prinsipi haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Yuqoridagi gʻoyani
ilgari surgan mualliflar uning " har qayerda" oʻtavermasligini oʻzlari ham
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
tushunadilar va "ba'zi antonimik juftliklarda mantiqiy markazni bildiruvchi
alohida soʻz boʻlmaydi"- deydilar. Har xolda mantiqiy markazni bildiruvchi soʻz
ba'zi antonimik juftliklarda emas, deyarli juftliklarda qayt etilmaydi. Shu oʻrinda
bir qator tilshunoslarning "antonim faqat yopiq juftliklardan iborat" degan qat'iy
fikriga qoʻshilish ancha toʻgʻri boʻladi. Soʻzlar oʻzaro antonim boʻlishi uchun ular
qarama - qarshi leksik ma' noga egalik qilishi, qat' iyan soʻz juftligidan tarkib
topishi shart. Antonimik soʻzlar oʻrtasidan mantiqiy markaz izlash behuda va uni
belgilash mantiqsizlikdir. Soʻzlarning oʻzaro antonim boʻlishi uchun shartlardan
biri ularning juft soʻzdan tarkib topishidir. Bu haqida bir qator tilshunoslar
aytishgan. Rus tilshunosi V.I.Koduxov esa:
".....antonimlar sinonimlarga oʻxshab qatorga emas, juftlikka birlashadilar"-
deydi.
Antonimlar asosan sifat, ravish, ot va feʼl soʻz turkumiga xos soʻzlardan hosil
boʻladi. Shu bilan birga antonimlar boshqa soʻz turkumlaridan masalan,
undovlarda ham boʻlishi mumkin: ma- pish-pish pisht ( mushukka nisbatan),
chu-u- dir-r ( ot va eshakka nisbatan) va boshqalar.
Ot so‘z turkumlariga oid antonimlar: toʻy - ma'raka, yer - osmon, mehr-
qahr, oʻlik - tirik kabi. 1.Qishloqda toʻy boʻladimi, ma'rakami, Abzi hammadan
oldin yetib keladi, samovor qoʻyadi. 2.Yer- olov, osmon- olov, qirtishlab oʻrib
olingan bugʻdoyzordagi guvalalar- olov. 3. Mehr bilan qahr- orasi bir qadam.4.
Yoʻq! Zuhra kelin yerdayam yoʻq, koʻkdayam!
Fe’l so‘z turkumiga oid antonimlarga yigʻlamoq- kulmoq, tugʻilmoq- oʻlmoq,
kelmoq- ketmoq kabi feʼllarni misol qilishimiz mumkin.1.Kimdir yigʻlaydi,
kimdir kuladi, bormoq- kelmoq. 2.Bahor bir aylanib kelguncha birov tugʻiladi
birov oʻladi. 3. Oʻzing aytgansan- ku, birga kelganmiz, birga ketamiz. 4.Men hozir
,boraman- u kelaman.
Ravish so‘z turkumiga ertalab - kechqurun, avval-keyin, erta- kech, oz- koʻp
kabi ravishlarni misol qilishimiz mumkin. 1. Avval sen uning oyogʻiga yiqilasan ,
keyin u senikiga yiqiladi. 2. Erta ketadi, kech keladi. 3. Ertalab bobom ishga
ketayotib tayinladi.- Kechqurun tabibnikiga bor.Yangi dori tayyorlab
qoʻyganmish. 4. Oʻsha katta tashvish bilan boʻlib,dardimni ozmi-koʻpmi
unutgandirman.
Sifat so‘z turkumiga oid yangi- eski, qaygʻuli- quvonchli, uzun- qisqa ,
issiq- sovuq. 1. Yangida! Abduvaliniki eski : Mavluda opasidan qolgan jildi.2.
Bittasi quvonchli, bittasi qaygʻuli. 3. Ertaga uzun qisqa boʻlib boshimga kelishadi.
4. Issiq - sovugʻimdan xabar olib turibdi, buyam oʻzimning qizim- da!
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
Antonim soʻzlar yordamida badiiy adabiyotda tazod va antiteza sanʼati hosil
qilinadi. Biroq antonimlarni tazod va antitezaga tenglashtirib, birxillashtirib
qoʻymaslik kerak. Chunki antonim boʻlmagan soʻzlar ham bu sanʼatni hosil
qilaveradi.
Xulosa
Xulosa qilib shularni aytishimiz kerakki, qarama-qarshi maʼnoda
ishlatiladigan har qanday soʻzni antonim deb boʻlmaydi. Masalan, ota-ona, aka-
uka, keldi- kelmadi, bordi - bormadi shaklidagi soʻzlar antonimik juftliklarni
hosil qila olmaydi. Ota-ona, aka-uka korrelyativ soʻzlar. Keldi-kelmadi, bordi
bormadi fe'lning boʻlishsiz shakli.
Tilimizdagi hamma soʻzlarning antonimi mavjud deb boʻlmaydi.
Antonimlarni topishda mantiqiy markaz prinsipi katta yordam beradi.
Antonimlar faqat turli oʻzakli soʻzlardan emas, bir xil oʻzakli soʻzlardan ham
hosil qilinadi. Bunday antonimlar asosan sifat soʻz turkumi doirasida hosil
qilinadi. 1. Lekin toʻgʻri gapirasanmi, notoʻgʻrimi, baribir ta'zim qilib turadi. 2.
Koʻpincha odam oʻzini haq deb biladi-yu, aslida nohaq boʻladi. 3. Eng baxtli
odam- eng baxtsiz odam. 4.Odam bir kunning oʻzida dunyoda ham eng baxtli,
ham eng badbaxt kimsaga aylanib qolishi mumkinligiga ishonasizmi? 5. Aybsiz
aybdor odam.
Antonimlar va sinonimlar oʻzaro zid bogʻlangan. Lekin ular uslubiy
xoslanganlik qonuniyati asosida oʻzaro bogʻlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H. Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili .T: :"Talqin" 2005
2. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 1- tom. T : " Fan "- 1966.
3. M.M.Mirtojiyev .Oʻzbek tili semiasiologiyasi. T :" Mumtoz soʻz"- 2010.
4. M.T.Irsqulov . Tilshunoslikka kirish. T:"Yangi asr avlodi" 2009
5. R.Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M.
Abduzalova . Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T:" Fan va texnologiya " 2010
6. R.Shukurov.Oʻzbek tilida antonimlar. T:" Fan" 1977.
7. U.Tursunov, A.Muxtorov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T : " Oʻzbekiston" 1992.
8. Sh. Rahmatullayev . Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T: "Universitet" 2006
9. Sh. Rahmatullayev, Mamatov M., Shukurov R. O‘zbek tili antonimlarining izohli
lug‘ati. T : "O‘qituvchi"- 1980.