Авторы

  • Hikmatxon Ahmedova
    Ilmiy rahbar: O'zbekiston, Qo'qonDU dotsenti
  • Mubinabonu Yuldashaliyeva
    Qo'qonDU 401-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.70155

Ключевые слова:

Maqol matal naql masal zarbulmasasal otalar so‘zi hikmatli so‘z aforizm hikoyat hikmat burungilar so‘zi mashoyixlar so‘zi

Аннотация

Ushbu maqolada aforizmlarning ta'rifi, belgilari, farqlari,  kelib chiqishi va rivojlanishi haqida   ayrim mulohazalar bildirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

94

AFORIZMLARNING TA'RIFI, BELGILARI, FARQLARI, KELIB

CHIQISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR

Hikmatxon Ahmedova

Ilmiy rahbar: O'zbekiston, Qo'qonDU dotsenti

Yuldashaliyeva Mubinabonu

Qo'qonDU 401-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14974059

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aforizmlarning ta'rifi, belgilari, farqlari, kelib

chiqishi va rivojlanishi haqida ayrim mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar:

Maqol, matal, naql, masal, zarbulmasasal, otalar so‘zi, hikmatli

so‘z, aforizm, hikoyat, hikmat, burungilar so‘zi, mashoyixlar so‘zi

Aforizm grekcha so‘zdan olingan bo‘lib,

“aphorismos”

– qisqa, hikmatli so‘z

ma’nolarini anglatadi. Hikmatli so‘zlarga adabiyotlarda turlicha ta’riflar berib
o‘tilgan:

Aforizm – aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli

so‘zlar;

Aniq va ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap;

Ma’lum shaxslar tomonidan aytilgan yoki asarlarida ishlatilgan

ixcham, ma’nodor, ishlatishga qulay va quyma fikrlardir.
Adabiyotshunos olim Z.Toshpo‘latov o‘z tadqiqotida aforizmlar tabiati

haqida bildirilgan turlicha qarash va mulohazalarning ma’lum sabablarini
ko‘rsatib o‘tadi:

Ushbu janr dunyo xalqlarining barchasida mavjud va ular haqida jahon

paremiologiyasida turlicha fikr-mulohazalar bildirilgan;

Aforizmlarning badiiy shakli masalasida yagona hukmron fikr, yagona

konsepsiya yo‘q;

Ko‘pchilik olimlar aniq muallifga ega bo‘lgan chuqur mazmunli, ixcham

ifoda shakliga ega bo‘lgan hikmatli gaplarni aforizm deb hisoblasalar, ayrimlar
aniq muallifga ega bo‘lmagan qanotli iboralarni ham ushbu janr tarkibiga
kiritadilar.

Aforizmlar o‘zining juda qisqa va ma’nodorligi bilan qadim zamonlardan

beri kishilar ularning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan. Shuning uchun kishilar
ularni diqqat bilan to‘plaganlar va alohida to‘plam holida qayat-qayta nashr
etganlar.

Tarixiy manbalarda ham, xalq orasida ham xalqimizning aforistik ijodi turli-

tuman atamalar bilan nomlanib kelinadi.

Maqol, matal, naql, masal,

zarbulmasasal, otalar so‘zi, hikmatli so‘z, aforizm, hikoyat, hikmat, burungilar so‘zi,
mashoyixlar so‘zi

va boshqalar ana shunday atamalardandir. Bu terminlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

95

ko‘pchilik hollarda hozirgacha ham umuman aforistik ijodga nisbatan aralash
ishlatilib, birining o‘rniga ikkinchisi qo‘llanib kelmoqda.

Xalqimizning aforistik ijodi shu darajada murakkab, serqirra va ko‘p janrliki,

uning tabiatini birgina

“maqol”

yoki

“hikmatli so‘z”

atamasi bilan to‘la ifodalash

qiyin. Shuning uchun keyingi yillarda o‘zbek folklorshunosligida ham xalqimiz
yaratgan barcha aforistik va didaktik merosning janriy chegaralarini aniqlashga
urinish sezilayotir. Shu jihatdan qaraganda,

“maqol”, “matal”, “aforizm”, “naql”

kabi terminlarni adabiy janrlarning nomlari sifatida aforistik va didaktik ijodning
muayyan namunalariga nisbatan qo‘llash qat’iylashmoqda. Masalan,

“naql”

didaktik xarakterdagi kichik-kichik hikoyatlarga nisbatan qo‘llansa, aforizm yirik
ijodkorlar, olimlar, davlat arboblari asarlarida uchrovchi yoki yaratilishi jihatidan
shunday shaxslarga mansub bo‘lgan, ammo tilimizda faol qo‘llanuvchi hikmatli
so‘zlarga nisbatan ishlatilmoqda. “Maqol” va “matal”ning termin sifatida
qo‘llanish xususiyatlari haqida ham shu xilda mulohazalar bildirish mumkin.

“Maqol”

termini arabcha “

qavlun”

(aytmoq, gapirmoq) so‘zidan olingan

bo‘lib, o‘zbek tilida u xalq donoligining namunasi bo‘lmish aforistik janrlardan
birining atamasiga aylangan va ma’qul aytilgan so‘z, gap yoki ibora ma’nolarini
anglatadi. Bunda “maqol” janr atamasi bilan uning poetik tabiati o‘rtasida
bevosita semantik aloqadorlik mavjudligi seziladi.

G‘.Salomov o‘zbek tilshunosligi uchun g‘oyat dolzarb muammolardan biri

bo‘lgan maqol va frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug‘ullandi, shu mavzuda
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, bir necha monografik tadqiqotlar
yaratdi. Olim o‘z ishlarida “frazeologik ibora”, “idioma”, “ibora” kabi atamalardan
sinonim sifatida foydalanadi, bunday til birliklarini maqol, matallardan farqlashga
intiladi.

G'.Salomovning ta’kidlashicha, “Maqol - xalq aql-idrokining mahsuli, uning

hukmi, ko‘p asrlik tajribalari majmui, turmushdagi turli voqea-hodisalarga
munosabatining ifodasidir. Maqol kundalik hayotda, kishilarning bir-birlari bilan
muomalada bo‘lishi jarayonida tug‘iladi. Xalq maqoli - xalqning mulkidir. Maqol
qayg‘usi - xalq qayg‘usi, maqol g‘azabi - xalq g‘azabi, maqol kulgisi - xalq kulgisi va
maqol kinoyasi - xalq kinoyasi demakdir. Maqol ishlatmagan bironta xalq, maqol
ijod qilmagan bironta til yo‘q. “Dunyoda tilsiz xalq bo‘lmagani kabi, maqolsiz til
ham yo‘q”, - deb ko‘rsatadi tatar yozuvchisi Noqiy Esanbat”.

Agar maqol - turmushda sinalgan, ma’lum ezgu, tugal, umumiy ma’no

anglatuvchi, ixcham bir shakldagi xalq hikmati bo‘lsa, “matal narsa va hodisalarni
obrazli ifodalovchi, tilda keng ishlatiladigan ibora va nutq oborotlaridir. Matal


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

96

so‘zlovchining o‘z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal kishining
xotirasida osonlik bilan saqlanib qoladi”.

Olim o‘zining “Tarjima nazariyasi asoslari” asarida maqol, matal va

idiomani farqlashga xizmat qiluvchi quyidagi sxemani keltiradi:

Maqol

Matal

Idioma

So‘zlovchi nodon bo‘lsa,
tinglovchi dono kerak.
Bir yigitga yetmish
hunar oz.
Do‘sting uchun zahar

yut.

O‘zini aka, echkisini
taka demoq.
Burgaga achchiq qilib,
ko‘rpani kuydirmoq.
Qo‘ynini puch yong‘oq

bilan to‘ldirmoq.

Tarvuzi qo‘ltig‘idan
tushmoq.
Oyog‘ini qo‘liga olib
qochmoq.
Onasini uchqo‘rg‘ondan

ko‘rsatmoq.

Bu ishda olim “frazeologizm” (“frazema”) atamasining mazmunini nihoyatda

keng tushunadi, uning tarkibiga maqol, matal va idiomalarni ham kiritadi:
“Frazeologizm (maqol, matal va idiomalar)ning ma’nosi kontekst ichida ochiladi.
Binobarin, muayyan iboraning ma’nosini ochish uchun uni kontekst ichida olib
qarash lozim. To‘g‘ri, ikki yoki bir nechta tilda ham shaklan, ham mazmunan, ham
ma’noviy tarafdan aynan muvofiq keladigan mutlaq ekvivalentlar ham topiladi”.

Ko‘pgina tadqiqotchilar maqoldan matalning farqini ko‘rsatishga, ularning

chegaralarini belgilashga uringanlar. Shundaylardan biri XIX asrning ulkan
lug‘atshunosi V. Daldir. U o‘zining mashhur “Пoслoвисы русcкого гарода”
to‘plamining kirish qismida shunday yozgan edi: “Matal, xalqning ta’rificha,
g‘uncha, maqol esa, meva; bu ta’rif juda ham to‘g‘ri”. Uning fikricha, “maqol to‘liq,
tugal mazmun, hukm anglatuvchi gap bo‘lsa, matal ko‘chma ma’no ifodalovchi
ibora; u maqolning yarmidir”. M. A. Ribnikova ham matalga nutq parchasi, ibora,
hukm elementi, maqolga esa tugal hukm, to‘liq fikr ifodachisi sifatida qaraydi.
Bizningcha, maqol va matallar o‘zaro farqlanuvchi jihatlarga asoslangan ikki
mustaqil, lekin bir-biriga o‘tib turuvchi folklor janrlari hisoblanadi.

Maqol”

va

“matal”

so‘zlarining turkiy xalqlar tilida ishlatilish doiralari, ular

anglatgan ma’nolarning xilma-xilligi ham bu fikrni to‘la tasdiqlaydi.

“Matal” so‘zi turkiy xalqlar orasida turlicha ma’nolarda qo‘llaniladi. U

topishmoq, hikmatli so‘z, ertak, masal, umuman, hikoya qilish, naql qilish, hikmat
aytish ma’nolarida ishlatiladi. U termin sifatida o‘zbek folklorshunosligida
paremalarning bir turini ifodalashi jihatidan differensiyalashib bormoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

97

O‘tgan asrning 90-yillarida tadqiqotchi olim B.Sarimsoqov ilmiy

jamoatchilikka badiiy adabiyotning uch turi (poeziya, proza va dramaturgiya)dan
tashqari to‘rtinchi turi – paremiya turini tavsiya etgan edi. Ayni shu masala
bo‘yicha olim yanada jiddiyroq shug‘ullanib, “Yangi adabiy tur haqida” nomli
ikkinchi maqolasini e’lon qildi. B.Sarimsoqov “Badiiylik asoslari va mezonlari”
nomli ilmiy risolasida bu masalaga chuqurroq yondoshib, badiiylik mohiyati
hamda ruhiy va aqliy asoslariga tayangan holda lirika, epos, drama va paremiya
turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil izohlab berdi. Olimning talqiniga
ko‘ra, “hayotiy kuzatishlar asosida yuzaga kelgan paremik kechinma aqliy
mulohaza jarayonida pishib, ixcham va izchil xulosalar sifatida barqarorlashadi.
Ana shu lo‘nda fikr va xulosalar esa faqat ixcham, kristall shaklda ifodalanishni
talab etadi. Chunki paremik kechinmada hissiy komponent ikkinchi planga
ko‘chib, aqliy komponent birinchi planga chiqadi...”.

Qadimiy Yunonistonning buyuk tabibi Gippokrat (yangi eradan avvalgi 400-

500-yillarda yashagan)ning hikmatli so‘zlari 1525-yilda lotin tilida nashr etilgan,
1814-yilda esa rus tiliga tarjima qilingan. Nemis olimi G.Byuxmanning bundan
yuz yil avval bosilagan kitobi yigirma yetti marta qayta nashr bo‘ldi. Nemis
mutaffakiri G.K.Lixtneberg (1742-1799) maqollari esa jahonning juda ko‘p
mamlakatlarida ma’lum va mashhurdir. Mashhur Eron olimi Mirzo Ali Akbar
Dehxudo tuzgan to‘rt tomlik “Amsolu hikam (Maqollar va hikmatlar)” asari ingliz
tiliga tarjima qilingan. Aforizm to‘plamlari Fransiya, Angliya, Hindiston, Misr,
Xitoy va dunyoning qator boshqa o‘lkalarida keng tarqalgan. Rus adabiyoti
tarixida aforizmlarni ko‘plab nashr etish, ilmiy jihatdan o‘rganish alohida o‘rin
tutadi.

Keyingi yillarda Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlari tillarida

aforizmlarning bir necha to‘plamlari nashr etildi.

O‘rta Osiyo xalqlarining aforizmlari ustida so‘z yuritar ekanmiz, o‘zbek xalqi

bilan qadimdan birga yashab, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va adabiy hamkorlikda
bo‘lib kelayotgan tojik xalqining dono pand-u hikmatlari xususida to‘xtalmasdan
o‘tib bo‘lmaydi. Fors tojik adabiyotida Firdavsiy, Hofiz Sheroziy, Sa’diy Sheroziy,
Abdurahmon Jomiy, Bedil va boshalarning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va ta’limiy
sohalaridagi o‘lmas fikrlari, badiiy va ma’naviy durdonalari – aforizmlari
insoniyatning badiiy va ma’naviy fikr xazinasini boyitishda salmoqli o‘rin tutadi.
Mazkur siyomolarning shoh baytlari, shoh misralari eron va tojik xalqlari, hatto
turkiy tillarda so‘zlovchi xalqlar orasida keng yoyilib maqollarga aylanib ketgan.
Dehxudo to‘plamining 97% yozma adabiyotdan olingan aforizmlardir.
To‘plamning faqat uch foizigina folklor materialardan olingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

98

O‘zbek va fors-tojik adabiy aloqalarining qadimdan davom etib kelishi, fors-

tojik adabiyoti durdonalarining o‘zbek adabiyoti namoyondalari tarafida ko‘plab
tarjima qilinishi va o‘zbrk xalqi orasida keng tarqalishi natijasida fors-tojik
shoirlarning hikmatli so‘zlari o‘zbek xalqi orasida keng yoyilib mashhur bo‘lib
ketgan.

Olim Shoislom Shomuhammedov fors-tojik klassikalarining dono

hikmatlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Sh.Shomuhammedov o‘z tarjimlalaridan
ikki to‘plam tuzib nashr ettirdi. Muallif 1965-yilda nashr etilgan “Ming bir
hikmat” nomli kitobida fors-tojik klassikalarining inson haqidagi, insonning
oliyjanob xislatlari, ilm, mehnat, baxt-saodat haqidagi dono so‘zlarini to‘plab
kitobxonga taqdim etgan. XV asr fors tojik adabiyoti taraqqiyotiga o‘zining forsiy
tildagi ulkan lirik merosi (“Devoni Foniy”) bilan kata hissa qo‘shgan buyuk o‘zbek
mutaffakir shoiri Alisher Navoiy aforizmlari mazkur to‘plamdagi har mavzuga
unvon (sarlavha) bo‘lib kirgan.

Yuqoridagi fikrlardan quyidagicha xulosalarga kelindi:

Aforizm ta’rifidagi yirik farqlar quyidagi belgilarda ko‘rishimiz mumkin.

Bular quyidagilar: Mualliflik mavjudligi; Paradoksning mavjudligi; Aytilgan fikrga
isbot talab etilmaslikning mavjudligi; Tafakkur qilishga undashning mavjudligi.

Hikmatli so‘zlarga adabiyotlarda turlicha ta’riflar berib o‘tilgan: Aforizm –

aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so‘zlar; Aniq va
ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap; Ma’lum shaxslar
tomonidan aytilgan yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma’nodor, ishlatishga
qulay va quyma fikrlardir.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

1. Саломов Ғ. Мақол ва идиомалар таржимаси. –Т.: ЎзФА, 1961. –B.162;
2. Саломов Ғ. Тил ва таржима //бадиий таржиманинг умумфилологик ва
баъзи лингвистик масалалари. – Т.: Фан, 1966. – Б.237-340.
3.Toshpo‘latov Z. Aforizmlarning janr xususiyatlari va badiiyati. N.D. –T.: 2006.
4. Hakimova M.X. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini DD. –T.: 2001.
5.Hakimov M. O’zbek pragmalingvistikasi asoslari.-T.:Akademnashr.2013.143-b.
6. H.Ahmedova. Analysis and Deseription of Ancient Sourees of Speech Culture .
Journal of Advanced Zoology, Volume 44 Issue 04 Y
https//jazindia.com [scops ear2023 Page.
7. Х.Т.Ахмедова. Взгляды Алишера Наваи на культуру речи и ораторскую
духовность. Ученый XXI века 46, 2017.
http://www.all-aforizmy.ru
http ://w ww. wisdom s. ru

Библиографические ссылки

Саломов Ғ. Мақол ва идиомалар таржимаси. –Т.: ЎзФА, 1961. –B.162;

Саломов Ғ. Тил ва таржима //бадиий таржиманинг умумфилологик ва баъзи лингвистик масалалари. – Т.: Фан, 1966. – Б.237-340.

Toshpo‘latov Z. Aforizmlarning janr xususiyatlari va badiiyati. N.D. –T.: 2006.

Hakimova M.X. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini DD. –T.: 2001.

Hakimov M. O’zbek pragmalingvistikasi asoslari.-T.:Akademnashr.2013.143-b.

H.Ahmedova. Analysis and Deseription of Ancient Sourees of Speech Culture . Journal of Advanced Zoology, Volume 44 Issue 04 Y

https//jazindia.com [scops ear2023 Page.

Х.Т.Ахмедова. Взгляды Алишера Наваи на культуру речи и ораторскую духовность. Ученый XXI века 46, 2017.

http ://w ww. wisdom s. ru