ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
TIL- MILLAT KO‘ZGUSI
Yuldosheva Mohidil Shuhrat qizi
Perfect-University o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15554503
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilining bebaho boyligi haqida fikr yuritiladi. O‘zbek
tilining o‘ziga xos jozibasi, uning millat taraqqiyoti yo‘lidagi muhim vazifasi
ushbu maqoladan o‘rin olgan.
Abstract
This article discusses the invaluable wealth of the Uzbek language. The
unique charm of the Uzbek language, its important role in the development of
the nation is reflected in this article.
Kalit so‘zlar:
til, millat, shoir, e’tibor, turkiy til, o‘zbek tili, qadriyat, bebaho
boylik.
Key words:
non-standard task, non-standard exercises, problem situations,
role-playing games, non-traditional methods, non-traditional dictations.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun
milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk
qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini,
cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini,
ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va
hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.
Shavkat Mirziyoyev
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan
e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni,
ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz
qoidasiga aylantirishimiz kerak” deb ta’kidlaganlaridek ona tili qadriyatlarimiz
gultoji va bitmas tuganmas bebaho ma’naviy boyligimizdir. Til har bir millatning
o‘ziga hos belgisi, ulkan va betakror boyligi, ajdodlarning bebaho merosidir. Shu
bois ham “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Til bilgan el biladi” singari naqllarda ham
bir olam ma’no bor. Tilimizdagi ilk yozma manbalar milodiy V-VIII asrlarga
mansub. Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Boborahim Mashrab,
Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf singari buyuk so‘z san’atkorlari
tilimizda go‘zal va betakror nazm durdonalarini yaratib, uning umrboqiyligini
taminlab ketganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilimiz bizning
bebaho boyligimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-
oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 21-oktabr – O‘zbek tili
bayrami kuni deb belgilandi va respublikasimizda keng miqyosida nishonlanib
kelmoqda. Bu tarixiy hujjat ona tilimizning nufuzini oshirish bilan bir qatorda
xalqaro miqyosida uning obro‘- e’tiborini kuchaytirib yubordi. Hattoki,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambileyasida hamda xalqaro
anjumanlarda Prezidentimiz sof o‘zbek tilida ma’ruza qilishlari xalqaro
jamiyatning va xalqimizning e’tibori va e’tirofiga sazavor bo‘lmoqda. Mustaqillik
yillarida “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek
Milliy Ensiklopediyasi”, “Alisher Navoiy qomusi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur
Ensiklopediyasi”, “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati”, “Adabiyotshunoslik
lug‘ati” kabi ko‘plab kitoblarning nashr etilganligi tilimizga bo‘lgan e’tiborning
yuksak
namunasidir.
Ma’lumotlarga
ko‘ra,
yer
yuzida
o‘zbekcha
gaplashadiganlarning umumiy soni 50 milliondan oshdi. Bu sayyoramizda har
200 kishidan biri yoxud yarim foizi o‘zbekcha gaplashadi deganidir. Bugun
dunyoda tobora ommalashib borayotgan. O‘zbek kurashi ham “chala”, “halol”,
“yonbosh”, “dakki”, “tanbeh” singari o‘zbek tilidagi bir qancha so‘zlarning
xalqaro miqyosida qo‘llanishi uchun yo‘l ochmoqda.
Nazm mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy xalqimizning tili, milliy
an’analari, qadriyatlariga chuqur humat bilan yondashganlar:
Senga bor esa so‘z bilurdin mazoq,
Uzum sari boqma, so‘zim sari boq.
Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV arsda tilimiz himoyasiga
otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan qolishmasligini
ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini
turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o‘zbek tilining boyligini, uning
buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boyisi buyuk adabiyoti
bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonning qanday ma’naviyatga ega
ekani uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo‘ladi. Til millatning buyuk boyligi,
bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy,
ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analari tilda mujassam bo‘ladi. Shunday ekan
ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to‘liqligicha
yetkazishimiz kerak. Til millatning ma’naviy boyligidir. Inson go‘zalligi,
ma’naviyati, buyuk merosi, hatto, olam barqarorligining asosi ham bu tildir. Shu
sababli o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas
burchimizdir. Til – beqiyos kuch. Til har bir millat qiyofasining bir bo‘lagi. Til har
bil milllat madaniyatining o‘zagidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi,
urf-odat, an’analarini saqlaydi. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
“Insonni so‘z ayladi judo hayvondin Bilki guhari sharifroq yo‘q ondin” baytida
so‘zning buyukligi va qudrati ta’kidlangan. Ona tilimizni o‘z she’rlarida kuylab
o‘tdilar.
Alisher Navoiy bobomiz ona tilimizga buyuk baho berganlar
Shoir Jamol
Kamol aytganidek,
Keldilar Oybek, G‘afur,
Qahhor, Hamid-u, Zulfiya,
Har sadoying bo‘ldi dardlarga
davo, o‘zbek tilim.
Chaqnab ot surdi Erkin,
Keldi Abdullo keyin
Yangi avlod senga jon
etdi fido o‘zbek tilim.
Faxr etar ko‘rk-u kamolingni
ko‘rib, o‘g‘ling Jamol,
Chiq jahonning minbariga,
marhabo, o‘zbek tilim!..
O‘zbek tili xalqimizning eng aziz va bemisil boyligidir. Uni asrab-
avaylamog‘imiz, ko‘z qorachig‘idek asramog‘imiz, kelgusi avlodlarga ham
yetkamog‘imiz zarur. Ona tiliga bo‘lgan e’tibor va muhabbat xalq qalbida yonib
turgan alangadir. Bu alanga esa avlodlar qalbida, tilida va dilida mangu
sayqallanib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-5 jildlar. 2006-2008.
2. Davlat tilida ish yuritish: amaliy qo‘llanma / M.Aminov va boshq. - Т.:
“O‘zbekiston nashriyoti» DUK, 2020. - 528 b.
3. Nigmatov X., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. –
T.;O‘qituvchi, 1995.
4. Nurmonov A. So‘z haqida - so‘z//O‘zbek tili va adabiyoti, 1991 -№ 5.
