Авторы

  • Mohidil Yuldosheva
    Perfect-University o‘qituvchisi
  • Nodira Shukurova
    Perfect-University o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.98903

Ключевые слова:

ikki tomonlama muloqot produktiv aspect nutqiy birlik audiolingualizm verbal javoblar.

Аннотация

Til bu o‘zaro muloqotni amalga oshirish tizimi bo‘lib, inson hayotida katta ahamiyatga ega. Muloqotni amalga oshirish uchun inson nutqiy ma’lumotlarni qabul qilish va ishlab chiqarish kabi ikki tomonlama til qobiliyatlari bilan ta’minlangan. Ular ichidan eng muhimi og‘zaki nutq. Ushbu maqolada og‘zaki nutqning o‘ziga xos bo‘lgan til malakasi ekanligi va u har qanday tilning birlamchi hisoblanishi haqidagi fikrlar yotitilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

OG‘ZAKI NUTQNING MOHIYATI

Yuldosheva Mohidil Shuhrat qizi

Perfect-University o‘qituvchisi

Shukurova Nodira Nazimovna

Perfect-University o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15554481

Annotatsiya

Til bu o‘zaro muloqotni amalga oshirish tizimi bo‘lib, inson hayotida katta

ahamiyatga ega. Muloqotni amalga oshirish uchun inson nutqiy ma’lumotlarni
qabul qilish va ishlab chiqarish kabi ikki tomonlama til qobiliyatlari bilan
ta’minlangan. Ular ichidan eng muhimi og‘zaki nutq. Ushbu maqolada og‘zaki
nutqning o‘ziga xos bo‘lgan til malakasi ekanligi va u har qanday tilning
birlamchi hisoblanishi haqidagi fikrlar yotitilgan.

Abstract

Language is a system of communication and is of great importance in

human life. In order to communicate, a person is provided with two-way
language skills, such as receiving and producing speech information. Oral speech
is the most important of them. This article discusses the idea that oral speech is
a unique language skill and that it is considered the primary language of any
language.

Kalit so‘zlar:

ikki tomonlama muloqot, produktiv, aspect, nutqiy birlik,

audiolingualizm, verbal javoblar.

Key words:

two-way communication, productive, aspect, speech unit,

audiolingualism, verbal responses.

Og‘zaki nutq boshqa ko‘nikmalardan farqli ravishda ikki tomonlama

muloqot vaziyatini talab qiladi, ya’ni og‘zaki nutqning voaelanishi uchun, albatta,
tinglovchi ishtiroki ham bo‘lishi kerak. Inson yakka holda matnni o‘qib
tushunishi, audioma’lumotni tinglab tushunishi, yozma nutq ifoda etishi
mumkin, ammo og‘zaki nutqni amalga oshirishda biror “sherik”ka muhtoj
bo‘ladi. Og‘zaki nutq malakasi tinglab tushunish bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu
ikki malaka birbirisiz shakllana va rivojlana olmaydi. Tilshunos olim Shervin
Kodi (2011) ta’kidlaganidek: “Agar rostdan ham qiziqarli va foydali soha lozim
bo‘lsa, bu o‘z ona tilida samarali yozish va gapirish san’atidir”. Agar kishi biror
tilda gapira olsa, u muloqot jarayonini maqbul tarzda davom ettira olishini
anglatadi. Shuningdek, til samarali o‘zlashtirilganligining mezoni interaktiv nutq
orqali pragmatik maqsadlarga erishish qobiliyatini namoyon etishdir.

Tadqiqotlarga nazar tashlasak, og‘zaki nutq mohiyatini aniqlashga oid 2 ta

asosiy yondashuv – pastdan yuqoriga (the bottom-up) va yuqoridan pastga (the


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

top-down) qabul qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Bigeyt (1987) pastdan
yuqoriga yondashuvini tushuntirarkan, asosiy e’tiborini og‘zaki nutq ishlab
chiqarilishini ta’minlaydigan motor sezuvchanlik qobiliyatiga qaratadi. Unga
ko‘ra, og‘zaki nutq tinglovchining verbal javoblarni yaratish uchun mo‘jallangan
audiosignallarni ishlab chiqarishi, deb ta’riflanadi.

Unda tovushlar tizimli ravishda, tilning o‘ziga xos tamoyillariga muvofiq

birlashtirib, mazmunli birliklar hosil qilinadi. Bu yondashuv audiolingualizm
tarafdorlari tomonidan qabul qilingan bo‘lib, ular og‘zaki nutqni shakllantirishni
pastdan yuqoriga tamoyiliga muvofiq, dastlab eng kichik til birliklarini –
tovushlarni, keyin esa so‘z va gaplarni o‘rgatishni taklif qilishadi (Kornblet va
Karter, 2001).

Ammo bu yondashuvda ba’zi muammolar mavjud, ya’ni unda nutqning

interaktiv va ijtimoiy jihati inobatga olinmagan va nutqni faqat psixomotor
tizimi mahsuli sifatida cheklaydi. Bundan tashqari, pastdan yuqoriga
yondashuviga asosan o‘rgatilgan tildan tabiiy nutq jarayonida samarali
foydalanishga o‘tish ham qiyin. Shu sababdan Bigeyt (1998) og‘zaki nutqni
muloqot jarayoni haqida qaror qabul qilishni o‘z ichiga olgan interaktiv
ko‘nikmalarga asosan ta’riflashni yoqlaydi. Uning bu fikrini qabul qilgan
tilshunoslar Ekkard va Kerniy (1981), Florez (1999), Hovart (2001) esa og‘zaki
nutqni g‘oyalar, ma’lumotlar va his-tuyg‘ularning haqiqiy muloqotini o‘z ishiga
olgan ikki tomonlama jarayon sifatida ta’riflaganlar. Yuqoridan pastga
yondashuvida og‘zaki nutqni 2 yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida muayyan
vaqt va tabiiy vaziyatdagi hamkorligining mahsuli, deb talqin qilishadi. Shunday
qilib, bu yondashuv tarafdorlari to‘g‘ri nutqiy birliklar tuzish, so‘ngra ularni
nutqda qo‘llashga o‘rgatish o‘rniga o‘quvchilarni og‘zaki nutq jarayonida ishtirok
etishga undash kerak, shunda ular kichik birliklarni tabiiy ravishda o‘zlashtirib
boradilar. Byurns va Joys (1997) nutqning interaktiv tabiatini tadqiq qilishgan.

Ular nutqni ma’lumot ishlab chiqarish, qabul qilish va qayta ishlashni o‘z

ichiga olgan ma’noviy butunlik yaratishning interaktiv jarayoni sifatida
ta’riflaganlar. Nutqning shakli va ma’nosi u aytilgan kontekstga, so‘zlovchining
o‘ziga, tabiiy muhitga, nutq maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Nutq odatda spontan
tarzda amalga oshadi, ikki tomonlama bo‘ladi va doimiy o‘zgaruvchidir. Shunga
qaramay, nutqni umuman taxmin qilib bo‘lmaydi, desak xato bo‘ladi. U ba’zan
muayyan nutqiy vaziyatlarda takrorlanishi mumkin bo‘lgan tilning shakllari
orqali aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi barcha ta’riflarni umumlashtirgan holda
og‘zaki nutq ko‘nikmasi ma’lum mazmundagi kontekstda fikrini og‘zaki tarzda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

129

izchil, ravon va to‘g‘ri ifodalay olish qobiliyati deyish mumkin. Og‘zaki nutqning
turli jihatlari tadqiq qilingan va uning quyidagi aspektlari aniqlangan:

a) og‘zaki nutq yuzma-yuz amalga oshadi. Suhbat ko‘rinishidagi nutq asosan

yuzma-yuz tarzda bo‘ladi, bu so‘zlovchiga bir vaqtning o‘zida tinglovchilar
reaksiyasini bilishga imkon beradi. Nutqiy muloqotda yuz ifodalari, imo-
ishoralar va hatto tana xatti-harakatlari ham ishtirok etadi. Shuningdek, og‘zaki
nutq suhbat ishtirokchilari real mavjud bo‘lgan vaziyatda sodir bo‘ladi.

b) og‘zaki nutq interaktivdir. Suhbat yuzma-yuz yoki telefon orqali amalga

oshganda, bir yoki bir necha kishi bilan sodir bo‘lganda ham og‘zaki nutq silliq
kechaveradi.

c) og‘zaki nutq real vaqtda sodir bo‘ladi. Suhbat davomida beriladigan

javoblar oldindan rejalashtirilmaydi, ya’ni o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi.

So‘zlovchi ham nutqini gapirayotgan vaqtida ishlab chiqaradi. Bunday vaqt

cheklovi so‘zlovchinining nutqni rejalashtirish, tartibga solish va ishlatilayotgan
tilini nazorat qilish qobiliyatiga ta’sir qiladi. So‘zlovchilar biror narsani
gapirishni boshlab, to‘satdan fikrini o‘zgartirishi mumkin. Nutqdagi bu o‘zgarish
xató boshlanma deyiladi. Produktiv til malakalari sifatida og‘zaki va yozma nutq
ayrim xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi. Ammo ular orasidagi nozik
farqlarni tushunish, og‘zaki va yozma nutq ta’limini to‘g‘ri tashkil qilishda
yordam beradi.

Og‘zaki nutq 3 xususiyatga ko‘ra yozma nutqdan farq qiladi: rejalashtirish,

kontekstualizatsiya (vaziyatga moslashtirish) va rasmiylik. Og‘zaki nutq yozma
nutqdan farqli ravishda rejalashtirilmaydi, muayyan kontekstga ega va
norasmiydir. Bundan tashqari og‘zaki nutq quyidagi jihatlarga ko‘ra yozma
nutqdan farq qiladi:

1) nutq tuzilishi - og‘zaki nutq kirish va xulosa qismlari, ma’no va suhbat

tuzilmalarining interaktiv aloqasi jihatidan o‘ziga xos bo‘lib, unda yozma nutqda
qo‘llanilmaydigan va, lekin, baribir, to‘g‘ri kabi diskurs birliklaridan faol
foydalaniladi.

2) nutq oqimining tipik xususiyatlari – segment va ustsegment birliklar,

pauza, uzilishlar, noto‘g‘ri boshlanmalar va hokazo.

3) nutqning madaniy tabiati bilan bog‘liq xususiyatlar – og‘zaki nutq ko‘plab

ijtimoiy va kontekstual omillarni, shuningdek, pragmatik presuppozitsiyalarni
o‘z ichiga oladi.

4) grammatik va leksik xususiyatlar – og‘zaki nutqda norasmiy modal

so‘zlar, so‘z gaplar, tugallanmagan jumlalarni qo‘llash, gap bo‘laklarining nutq
maqsadiga ko‘ra o‘rin almashishi kuzatiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

130

Leksik jihatdan og‘zaki nutq nisbatan sayoz leksikonga ega, shuningdek, otli

biriklamalardan ko‘ra fe’lli birikmalar ko‘proq qo‘llaniladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, og‘zaki nutq tili yozma nutq tili

darajasida murakkab tuzilishga ega bo‘la olmaydi. So‘zlovchilarning og‘zaki
nutqida tez-tez uchrab turadigan takroriy ifodalar, ikkilanishni bildiruvchi
birliklar, o‘z-o‘zini tuzatish, takrorlar real vaqt talablarini yenggan holda
nutqning tushunarliroq bo‘lishiga yordam beradi. Bu xususiyatlarni
o‘quvchilarga tanishtirib boorish, ular og‘zaki nutq uchun tabiiy holat ekanligi,
hech qanday salbiy xususiyat emasligini uqtirish lozim. Bu o‘quvchilarning xato
qilishdan qo‘rqmay, faol muloqotda kirishishini osonlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Azimova I. “O‘zbek tilidagi gramatik afaziyada ot va fe’llarning ifodalanishi.
“So‘z san’ati” xalqaro jurnalidagi maqola. Toshkent – 2020 .
2. Azimova I. Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik
asosi. Global taʼlim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari. – Toshkent, 2019.
3. Azizxoʻjaeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.:
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti. 2006.
4. Biryukova O.A. (2017) Обучение говорению в вузе методом интервью на
уроке.
5. Brown, D. (1994). Teaching by principles: An interactive approach to language
pedagogy. New Jersey: Prentice Hall Regents.

Библиографические ссылки

Azimova I. “O‘zbek tilidagi gramatik afaziyada ot va fe’llarning ifodalanishi. “So‘z san’ati” xalqaro jurnalidagi maqola. Toshkent – 2020 .

Azimova I. Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi. Global taʼlim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2019.

Azizxoʻjaeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti. 2006.

Biryukova O.A. (2017) Обучение говорению в вузе методом интервью на уроке.

Brown, D. (1994). Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy. New Jersey: Prentice Hall Regents.