Authors

  • Mexriban Usnatdinova
    О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli tаlаbаsi
  • Sarbinaz Kaipbergenova
    О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61533

Keywords:

ertak janr lirik qahromon

Abstract

Maqolada folklor, folklor eng kichik janrlari, folklorning  ertak  janri haqida soz  boradi. Folklorning ertak janri haqida ilmiy tadqiqot ishlar olib borgan olimlarning fikirlari taxlil qilinadi va munasabat bildiriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

204

ERTAK JANRINING O’ZIGA XOSLIGI

Usnatdinova Mexriban Marpetulla qızı

О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli tаlаbаsi

Kaipbergenova Sarbinaz

О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14506757

Tayanch so’zlar:

ertak, janr, lirik qahromon

Key words:

fairy tale, genre, lyrical hero

Annotaciya:

Maqolada folklor, folklor eng kichik janrlari, folklorning ertak

janri haqida so

z boradi. Folklorning ertak janri haqida ilmiy tadqiqot ishlar olib

borgan olimlarning fikirlari taxlil qilinadi va munasabat bildiriladi.
Ertak xalq og‘zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy namunasi hisoblanadi.
Har birimiz bolalik vaqtimizdan ertak eshitib o‘samiz. Bolalarni ovutish uchun
kattalar ertak aytib beradilar, bolalar ham ulg‘ayib, maktabga bora boshlagan
vaqtlaridan kichik-kichik ertaklarni o‘zlari ayta boshlaydilar. Bu bolaning bir-
biriga aytgan ertaklari qisman kattalardan eshitgani qisman esa o‘zi to‘qigani
bo‘ladi. Tadqiqotchi Yu. Sokolovlar shuni nazarda tutib bo‘lsa kerak:
«Bolalarning bir-birlariga aytib bergan ertaklari esa, deyarli yozib olinmadi»,
deb afsus qilgan edilar. Haqiqatan ham to‘plangan xalq ertaklarini aytib
beruvchilarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, aksariyat kattalar tomonidan
aytilganining guvohi bo‘lamiz. Har bir millatning, xalqning ertagi o'sha yurtning
tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini
boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urfodatlarini,
yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o'rganishda muhim manba
vazifasini o'taydi. Ertaklar o'z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion
qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro
etiladi. Kirish, boshlanish, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak
kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi. Ertaklarning an'anaviy kirish
bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak
xususiyat hisoblanadi. An'anaviy kirishning vazifasi tinglovchilar e'tiborini bir
nuqtaga jalb etish, ertak tinglashga hozirlashdir. An'anaviy kirishlar sujet
tabiatiga mos tushadigan xayoliy fon yaratishni, auditoriya, tinglovchilar qalbida
ko'tarinki ruh, xushchaqchaq kayfiyat paydo qilishni ko'zlaydi. Odatda,
ertaklarning kirish qismlari sajlangan nasriy parchalar shaklida bo'lib, zamon va
makon haqidagi ma'lumotlarni ifoda etadi. Misol uchun «Gulpari» ertagining
kirish qismida bu holatni ko’rishimiz mumkin. Quyida undan bir parcha
keltiramiz: «Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan,
g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, toshbaqa tarozidor ekan, qurbaqa


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

205

undan qarzdor ekan. Qadim zamonlarda Gulzor degan bir mamlakat bo'lgan
ekan. Shu mamlakatda donishmandlikda tengi yo'q chol-u kampir yashagan
ekan».[1] Ayrim ertaklarning kirish qism ayrim hollardagina ertak boshlanishiga
ulansa boshqa vaqtda mustaqil holda qolaveradi. Ertakda boshlama sujet
chizig'ida doimiy element hisoblansada, sujet rivojiga aloqador emas, balki
harakatning tashkil topishiga turtki bermaydi. U qahramonlar haqid a ma'lumot
beradi. Sujet chizig'ida sodir bo'ladigan voqea-hodisalarning qaysi zamon va
makonda kechajagidan xabar beradi. Boshlama sujet yo'nalishida noaniqlik va
umumiylik kasb etadi. «Bor ekanda, yo'q ekan. Och ekanda, to'q ekan. Qadim
zamonda bir podsho o'tgan ekan» kabi. Boshlamalar har gal bir-birini inkor
etuvchi muddaoni ifodaetadi. Ularda voqea va hodisalarning bo'lib o'tgan o'rni
noma'lum bo'lib, nomi aytilmaydi, ularda noaniqlik hukmronlik qiladi: «Bir
shahar, bir mamlakat» deb ta'kidlanadi, xolos.[2] Sehrli ertaklar boshlanishida
asosiy qahramonlar nomi sir saqlanadi, laqabigina izohlanadi: «Uch og'ayni bor
ekan. To'ng'ichining oti — Yulduz sanar, o'rtanchasining oti — Daryo bog'lar,
kenjasining oti — Qilich qora ekan».[3] Ertak boshlamalari ko'rinishiga ko'ra
uzun yo qisqa bo'lib, voqea hodisalarning kelajak o'rni va vaqti haqida noaniq,
umumiy va mavhum ma'lumot beradi. Ba'zan boshlama ertak voqeligi bilan
qo'shib yuborilishi ham kuzatiladi: «O'tgan zamonda uch aka-uka botirlar bo'lib,
ular o'z omadlarini sinab ko'rish niyatida uzoq safarga yo'lga chiqibdilar».
Bunday holatdagi boshlamalar ertakdagi voqealar rivojining tezlashishiga va
keskinlashuviga, ziddiyatlarning kuchayishiga zamin hozirlaydi. Ertak tuguni
voqealar rivojini yuzaga keltiradi, natijada sujetning shakllanish jarayoni sodir
bo'ladi. Ertaklarning sujeti, odatda, ikki asosiy qismdan tashkil topadi: birinchisi
— bayon qismi, ikkinchisi — sarguzasht qismi. Birinchisida sujet voqealarining
rivojini ta'minlovchi asosiy ziddiyatlar aytilsa, ikkinchisida shu ziddiyatlar
bevosita ochib beriladi. Ertaklarning oxirida tugallama keladi, ular ertakning
yakuniy qismini ta'riflaydi va hamisha optimistik ruhdagi intiho sifatida
xalqning yengilmas ruhi va qudratini namoyish etadi. Qadimgi zamonlardan
og`izdan-og`izga o`tib kelayotgan ertaklar zamonning o`zgarishi natijasida ro`y
bergan yangiliklarni ham o`ziga singdirib boradi. Xalq og`zaki ijodini o`rganuvchi
olimlarning ta`kidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlarda keng tarqalgan janr
ertakdir. Sehrli ertaklarning yaratilishida umumiy o`xshashlik yana ham
kuchliroq seziladi. Ertaklarning bu turi qadimdan yaratilganligidan, turli xalqlar
maishiy hayotida o`xshashliklarning ko`pligidan darak beradi.[4] Folklorshunos
M.Jo‘raev esa afsona, rivoyat va og‘zaki hikoya janrlariga oid matnlarni aytuvchi
kishilarning folklor asarlarini ommalashtiruvchi professional ijrochilikka daxli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

206

yo‘qligini qayd qilar ekan, quyidagi muhim xulosani bayon qiladi: «Ertak, latifa
yoki naql ijrochisi o‘rni kelganda afsona yoki rivoyatlarni ham hikoya qilaveradi.
Ammo ma'rifiy nasr janrlariga mansub asarlarni aytuvchi har qanday odam xalq
ertaklarini professonal ertakchi darajasida maromiga yetkazib aytolmaydi»[5].
Xulosa qilib aytsak, turli janrlarga oid asarlar ijrosi davomida doimiy ravishda
takrorlanuvchi an`analar muhim rol’ o’ynaydi. Bizning fikrimizcha,
folklorshunoslikda matniy an`analarga e`tibor berish muhimroq hisoblanadi.
Shu o`rinda doston, ertak janrlariga mansub asarlarning nasriy va nazmiy
shakllarini, asar boshlanmasidagi an`anaviy o`rinlarni nazarda tutamiz.
Adabiyotshunoslikda obraz yaratish, konflikt badiiy tasvir vositalari kabi
tushunchalar etakchi xususiyatlar sanaladi. Ertaklar obraz yaratish, voqeani
bayon qilish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kabilar o`ziga xos
ko`rinishlarga egadir. Ertaklar ning paydo bo’lishi va yratilishi haqidagi
fikrimizni davomi sifatida, ular og'izdan og'izga o'tib, sayqal toppish orqali,
avloddan avlodga yetkazilar ekan, bu jarayonda ular sujetidagi ayrim motivlar,
obrazlar tushib qolishi yoki aksincha ko'payib borishi tabiiy. Hatto goho bir xalq
ertagiga xos sujet motivlari boshqa bir xalq ertagiga ko'chib o'tishi va buning
oqibatida bir necha o'xshash sujetli ertak paydo bo'lishimumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbek xalq ijodi. O‘zbek xalq ertaklari. Gulpari. –T.: Cho’lpon, 1969.

2.

Imomov K. O‘zbek xalq ertaklari \ O‘zbek folklorining epik janrlari. –T.:

Fan, 1981. –B.62-69.
3.

O‘zbek xalq ertaklari. Ikki jildlik. 2-tom. –T.: Adabiyot va san'at nashriyoti,

1964. – 516 b.
4.

Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining janrlar sostavi // O‘zbek folklori

ocherklari. 1-tom. - Toshkent.: Fan, 1988.-B.63-84.
5.

Jo‘raev M. O‘zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari // O‘zbek tili

va adabiyoti, 1996, №5. -B.32.

References

O‘zbek xalq ijodi. O‘zbek xalq ertaklari. Gulpari. –T.: Cho’lpon, 1969.

Imomov K. O‘zbek xalq ertaklari O‘zbek folklorining epik janrlari. –T.: Fan, 1981. –B.62-69.

O‘zbek xalq ertaklari. Ikki jildlik. 2-tom. –T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1964. – 516 b.

Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining janrlar sostavi // O‘zbek folklori ocherklari. 1-tom. - Toshkent.: Fan, 1988.-B.63-84.

Jo‘raev M. O‘zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1996, №5. -B.32.