ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
SO‘ROQ TUZILMALARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK
XUSUSIYATLARI
Xolmatova Vazira Narzullaevna
,
Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti
Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
( "Karshi Engineering-Economics Institute" 60112403 )
E-mail: vazira8707@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14059160
Annotatsiya:
So‘roq gaplarining javob replikasiga bo‘lgan munosabati va
har doim ham yangi ma’lumot olishga yo‘naltirilavermasligi so‘roq intensiyasi
darajasi har xil bo‘lishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, bir xil funksional turga
kiruvchi nutqiy tuzilmalarning kommunikativ –pragmatik imkoniyatlari har xil
ko‘rinish olishidan xabar beradi.
Kalit so‘zlar:
nutqiy tuzilmalar, so‘roq tuzilmalari, kommunikativ maqsad,
semantika, sintaksis, kommunikativ-pragmatik imkoniyatlar, transformatsiya
Turli tillarda bitilgan grammatikaga oid darsliklarda til tizimida savol
olmoshi ishtirok etmaydigan va to‘g‘ri so‘z tartibiga ega so‘roq tuzilmalar
uchrashi haqida qisqacha ma’lumotlar berilsa-da, lekin ushbu turdagi tuzilmalar
tizimli ravishda o‘rganilmagan. Bunday tuzilmalar qatoriga quyidagilar kiradi:
―That’s better?
―Much better (G.Green. The Quiet American).
―You wrote both the letter and the headman’s answer?
―Yes sir (B. Shaw. Too true to be good);
―You are glad of that?
―Glad indeed (Osborne. J. Look back in anger).
Ushbu turdagi tuzilmalarning savol intensiyasiga egaligini formal jihatdan
ifodalovchi yagona vosita yozuvda savol belgisining qo‘yilishi bo‘lsa, ogzaki
nutqda esa intonatsiya va javob talab qilinishidir.
Ingliz tili grammatikasiga oid asarlarda ushbu ko‘rinishdagi tuzilmalar
an’anaga binoan umumiy savollar (general questions), “ha” yoki “yo‘q”
javoblarini talab qiluvchi savollar (“yes-no” questions), fe’l savollar (verbal
questions), olmoshsiz savollar deb atalib kelinadi (Jacobs 1993:255; Palmer
1989:263; Curme 1972: 352).
Tadqiqotchilar o‘zbek tili tizimida ham umumiy savollarni alohida guruhga
ajratadilar va ularning shakllanishida intonatsiyaning roli alohida ekanligini
ta’kidlaydi. Masalan:
―Gapur, –dedi Sharof –Mirzo Anvar, osiy Anvar deyapti chog‘i?
Qobil yana javob bermadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
―Zaboning bor, axi, burodaringni tutganlarchi?
―Yo‘q (Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon):
Sultonalining ko‘zi olalatib, peshonasida qator ajinlar zohir bo‘ldi.
―Adashib kirdi?
―Ha (Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon).
Ammo o‘zbek tilida umumiy so‘roqlar yana bir formal ko‘rsatkichga, ya’ni –
mi so‘roq alomatiga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan, U.Yusupov “U
ishlayaptimi?”, “Yordam beraymi?”, “U talabami?” kabi tuzilmalarni umumiy
so‘roq gaplar guruhiga qo‘shish tarafdori (Yusupov 2013: 163; Yusupov 2015:
187).
Xullas, ko‘pchilik tilshunoslar ingliz va o‘zbek tillarida so‘roq olmoshisiz
shakllangan va to‘g‘ri so‘z tartibiga ega bo‘lgan so‘roq tuzilmalari mavjudligiga
e’tibor qaratishib, bunday tuzilmalarning ayrim jihatlarini tavsiflashga harakat
qilib kelishmoqda. Biroq ularning lisoniy maqomi va til tizimida tutgan o‘rni va
kommunikativ-pragmatik imkoniyatlari hozirgacha to‘liq aniqlangani yo‘q.
Fikrimizcha, so‘roq olmoshi ishtirokisiz tuzilgan to‘g‘ri so‘z tartibiga ega
so‘roq gaplarining funksional-semantik xususiyatlarini to‘liq yoritish uchun
ularni teskari so‘z tartibidagi gaplar bilan chog‘ishtirib tahlil qilish lozim bo‘ladi.
Bunday qiyosdan ko‘zlanayotgan maqsad ushbu turdagi savol tuzilmalar bir
qator xususiyatlari bilan o‘zaro farq qilishini ko‘rsatish va ularning sintaktik
variantlar sifatida talqin qilish imkoniyati chegaralanganligini isbotlashdir.
Ma’lumki, gapning har bir kommunikativ tipi va har bir kommunikativ
maqsadga alohida gap strukturasi mos keladi. Gap kommunikativ turi
o‘zgarganida uning shakliy tuzilishi o‘zgarishiga sabab tug‘diradi. Shu bois,
so‘roq gaplarining struktur tuzilishiga ham e’tibor qaratish lozim. Bunda a) so‘z
tartibi va fe’l shakli, b) intonatsiya, v) modal so‘zlar va kiritmalarning ishlatilishi,
g) noaniq olmoshning qo‘llanishi, d) transformatsiya imkoniyati kabilarga
ahamiyat berish muhim.
Tahlil qilinayotgan so‘roq tuzilmalarining eng muhim struktur
ko‘rsatkichlari so‘z tartibi va fe’lning shaklidir.
Badiiy adabiyotlar sahifalarida uchragan quyidagi misollarni qiyoslaymiz:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
144
Inversiya tuzilishidagi savol
To‘g‘ri so‘z tartibiga ega savol
1.Did you ask Miss French for
money?
2. Do you recognize that coat?
3. Have you finished that one
yet?
1. You got something hot?
2. You recognize him?
3. You have read this paper, I think?
Ingliz tili grammatikalarida inversiya tuzilishidagi savol gapi me’yoriy deb
qaralsa, to‘g‘ri so‘z tartibi darak gaplariga xos bo‘lib, savol gapi uchun me’yordan
chekinish sifatida talqin qilinadi. Ushbu gaplardan birinchi turdagilari tarkibida
fe’lning analitik shakli ishtirok etadi. To‘g‘ri so‘z tartibiga ega so‘roq gaplarida
esa, fe’l asosan Present va Past Indefinite shaklini oladi.
Demak, You recognize him? Ko‘rinishidagi tuzilmalar to‘liqsiz gap
bo‘lmasdan, balki to‘liq shakldagi to‘g‘ri so‘z tartibiga ega savol gapi
namunasidir.
Bundan so‘roq gaplari nafaqat sintaktik tuzilish jihatidan, balki morfologik
jihatdan ham, ya’ni fe’lning turli zamon shakllarini olishi bilan farqlanadi degan
xulosaga kelish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Green G. The Quiet American. –New-York, 1983.
2.
Shaw B. Too True To be Good. Four Plays. –M.: , 1992.
3.
Osborn J. Look back to in Anger: Modern English Plays. –M.: , 1996.
4.
Jacobs R. English Syntax. A Grammar for English Language Professionals. –
Oxford: Oxford University Press, 1993.– 378 p.
5.
Palmer H., Stanford F. A Grammar of Spoken English. – Cambridge:
Cambridge University Press, 1989. – 579 p.
6.
Curme J. A Grammar of the English Language Syntax. Vol.3. –Boston,
1972.
7.
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. –T.: Ilm-ziyo-zakovat, 2019.– 320 b.
8.
Yusupov U. Ingliz va o‘zbek tillarining chog‘ishtirma lingvistikasi. –
T.:Akadem nashr, 2013.– 288b.
9.
Yusupov U. Inglizcha –o‘zbekcha grammatik diaformalar. –T.: Akadem
nashr, 2015.– 256 b.
10.
Xolmatova V. Pragmatika tushunchasining talqini haqida. //Xorijiy
filologiya. –Samarqand, 45-49, 2019.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
145
11.
Kholmatova Vazira Narzullaevna. Different Shades Of Pragmatic Meaning
Of Agreement Formed By Modal Words. European Journal of Molecular &
Clinical Medicine 7 (06), 2020, 2020.
12.
Xolmatova V. N. Tilshunoslikda gapning pragmatik mazmuni va
kommunikativ mo‘ljal tushunchalari. O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va
ilmiy tadqiqotlar jurnali. Vol. 2 No. 19 (2023).
13.
Xolmatova V.N. Nutqiy aktlar mazmunini voqelantiruvchi vositalar.
//Science and Education 4 (3), 917-922, 2023
