BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH

Abstract

Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish  jarayonida, o’qitish metodlarini qo’llash, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
5-8
38

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sharipova , S. (2025). BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH. Academic Research in Modern Science, 4(2), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/62163
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish  jarayonida, o’qitish metodlarini qo’llash, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH

Sharipova Sevara Erkin qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi magistranti

Tel: +998 99 6642040

sharipovasevara0111@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14642930

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish

jarayonida, o’qitish metodlarini qo’llash, innovatsion texnologiyalardan keng
foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan

.

Kalit so’zlar

: innovatsiya, o’qitish metodlar, ta’limda innovatsiya,

innavatsion texnalogiyalar, adashgan so’z metodi

«lnnovatsiya» so'zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish,

o'zgartirish, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Innovatsiya deb yangi
ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi. Bu holatni ilmiy-ijodiy
faoliyatdagi

muhitga

muvofiqlashtirish,

uning

samarasini

oshirish

respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga katta yordam
beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng ratsional faoliyatiga
qaratiladi. Chunki innovatsion g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda kuchli
samara beradi. Bunday g‘oyalami rivojlantirishda novatorlikning o‘rni katta.
O'qitish metodlari – bu ta'lim jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarni
o'quvchilarga yetkazish va rivojlantirishda foydalaniladigan usullar va
uslublardir. O'qitish metodlari ta'limning samaradorligini oshirishda muhim rol
o'ynaydi. O‘qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko‘rishimiz

mumkin.
1. Аktiv metod - dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va

voqelikka

nisbatan fikrlashga-mulohaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod - dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu

bo‘yicha

bir tomonlama tushuncha hosil bo‘lishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o‘qituvchi

birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.

Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik

ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi

Ta’limdagi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish;

O’quvchilarning kognitiv faolligini faollashtirish;

Ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish samaradorligini

oshirish;

O'quv materialining metodika va didaktika nuqtai nazaridan

o'zgartirishlari.

Ta‘limga yondashuv - bu yangi texnologiyalar uchun asos

bo‘lgan asosiy tamoyil, talablar va maqsadlar to‘plami.

Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o’ziga

xosligi
shundaki, ular o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga
oshiriladi. O’qitish jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchilar faoliyatini o’z ichiga
oladi.O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilish, o’quvchilarning
fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini
shakllantirish,o’quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish,
ularning bilim, ko’nikmava malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.

Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari:

1.

O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqishni oshiradi.

2.

Ta’lim jarayonini jonli va interaktiv qiladi.

3.

Bilimlarni tezroq o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash imkonini

beradi.

4.

O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatadi.

5.

O‘quvchilarning

mustaqil

o‘rganish

ko‘nikmalarini

rivojlantiradi.

Ona tili darslarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish va

o‘quvchilarda mustaqil ishlash, shuningdek, ijodiy fikrlash kompetensiyasini

shakllantirishda “Juftlikda ishlash”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “ Daraxt

yechimi”, “Tugallanmagan gap mashqi”, “Charxpalak”, “Adashgan so‘zni topish”,
“Chalkash ma’lumotlar”, “Alifbo”, “Tarozi”, “Loto”, “Qora quti” kabi metodlardan
foydalanish o‘quvchi mehnati samaradorligini ta’minlaydi

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida

adashgan soʻzni topish metodi

oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish, eʼtiborini mustahkamlash va grammatik
qoidalarni yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi. Ushbu metod innovatsion
va interaktiv usul sifatida qoʻllaniladi.

Adashgan soʻzni topish metodining mohiyati

Dars jarayonida oʻqituvchi

yoki dasturiy taʼminot yordamida matn yoki gap ichida ataylab notoʻgʻri yozilgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

yoki mavzuga aloqasiz soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar esa ushbu adashgan soʻzni
topib, uni toʻgʻri holatga keltirishi yoki izoh berishi kerak.

Ushbu metodning turlari

1

.

Matndan adashgan soʻzni toppish


Oʻqituvchi kichik matn taqdim qiladi. Oʻquvchilar ushbu matndan mantiqan yoki
grammatik jihatdan notoʻgʻri boʻlgan soʻzni aniqlaydi.

Misol:

Bahor kelganda daraxtlar gullab, qushlar qaytib keladi.

Oyoq kiyim

sotuvchi

bozorda koʻpchilikni jalb qildi.

Adashgan soʻz:

Oyoq kiyim

(Matn mavzusi bahor va tabiat haqida, bu yerda

mavzuga aloqasiz soʻz ishlatilgan).

2.Grammatik xatolarni toppish
Gap yoki matn ichida ataylab grammatik xato kiritiladi. Oʻquvchilar uni

topib, toʻgʻrilashi kerak.

Misol:

Men kitob oʻqishni yoqtiramok.

Adashgan soʻz:

yoqtiramok

(Toʻgʻri shakli:

yoqtiraman

).

3.Lugʻaviy adashgan soʻzlar
Soʻzlar orasiga lugʻaviy jihatdan mavzuga toʻgʻri kelmaydigan soʻz qoʻshiladi.

Misol: Maktabimiz

bogʻida olma, gilos,

toʻrtburchak

, oʻrik daraxtlari bor.

Adashgan soʻz:

toʻrtburchak

(Bu soʻz daraxt nomlari orasida mavzuga toʻgʻri

kelmaydi).

4.Matnda ortiqcha soʻzni toppish
Oʻquvchilardan matnda ortiqcha boʻlgan, keraksiz yoki takrorlangan soʻzni

aniqlash soʻraladi.

Misol: U bugun juda, juda charchagan edi.
Ortiqcha soʻz:

juda

(takrorlangan).

Darsda qoʻllash usullari
1.

Juftlik yoki guruhlarda ishlash

o

Oʻquvchilar juftlik yoki kichik guruhlarda adashgan soʻzlarni topib,

muhokama qilishadi.

2.

Raqamli texnologiyalar yordamida

o

Quizizz, Kahoot kabi platformalarda test shaklida berish.

3.

Matn bilan ishlash

o

Kichik hikoya yoki maqolalar berib, ulardan adashgan soʻzni

aniqlash va tuzatish.

4.

Oʻyin shaklida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

o

Oʻqituvchi adashgan soʻzlar yozilgan kartochkalarni tarqatadi va

oʻquvchilar ularni toʻgʻrilashadi.

Adashgan soʻzni topish metodining foydali jihatlari

Oʻquvchilarda eʼtiborni oshiradi va tezkor fikrlashni rivojlantiradi.

Grammatik va lugʻaviy bilimlarni mustahkamlaydi.

Oʻquvchilarning xatolarni topish va tahlil qilish koʻnikmalarini

shakllantiradi.

Oʻyin va interaktiv mashgʻulot shaklida boʻlgani uchun darsni qiziqarli

qiladi.

Bu metodni turli yoshdagi oʻquvchilar bilan ishlatish mumkin. Har bir

mavzuga mos ravishda adashgan soʻzlar tanlanadi va taʼlim jarayonida samarali
natijaga erishiladi

Xulosa qilib aytganda,ta’limda innovatsion texnologiyalar har bir

o'quvchining qobiliyati va o'rganish sur'atiga moslashtirilgan ta'lim tizimini
yaratish imkonini beradi, o'quvchilarning ta'lim jarayoniga bo'lgan qiziqishini
kuchaytiradi, ushbu jihatlar innovatsion texnologiyalardan foydalanishning
ta'lim sifatini oshirish, o'quvchilar faoliyatini samarali tashkil etish va kelajakda
raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdagi ahamiyatini ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Oliy ta’limda faol va interaktiv ta’lim texnologiyalari (darslarni o‘tkazish
shakllari): darslik / komp. T.G.Muxin.-Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013.-97 p.
2. Gushchin Yu.V. Oliy ta'limda interfaol o'qitish usullari // "Dubna" Xalqaro
tabiat, jamiyat va inson universitetining psixologik jurnali, 2012. - No 2. - B. 1-
18.. 3 Olimov S.S. THE INNOVATION PROCESS IS A PRIORITY IN THE
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL SCIENCES. – 2021.
4 Hamroyev A. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish :
Monografiya
5 www.ziyonet.uz

References

Oliy ta’limda faol va interaktiv ta’lim texnologiyalari (darslarni o‘tkazish

shakllari): darslik / komp. T.G.Muxin.-Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013.-97 p.

Gushchin Yu.V. Oliy ta'limda interfaol o'qitish usullari // "Dubna" Xalqaro

tabiat, jamiyat va inson universitetining psixologik jurnali, 2012. - No 2. - B. 1-18..

Olimov S.S. THE INNOVATION PROCESS IS A PRIORITY IN THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL SCIENCES. – 2021.

Hamroyev A. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish : Monografiya

www.ziyonet.uz